Mineral moddalarni tadbiq qilish uslublari

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

27,1 KB


 
 
 
 
 
 
Mineral moddalarni tadbiq qilish uslublari 
 
Mineral moddalar almashinuvi. Aralash holdagi hayvonot va o’simliklar  
ozuqalaridagi (sabzavotlar, mevalar, sut, go’sht, tuxumlarda) mineral moddalarning 
miqdori organizmni talabini to’lig’icha qoplaydi. Bundan faqatgina osh tuzi 
mustasno, ya’ni voyaga yetgan odamlar ovqatiga bir-kecha kunduzda o’rtacha 10-
15  g qo’shiladi. O’rtacha osh tuziga bo’lgan talab 21 g ni tashkil qilsa, og’ir jismoniy 
ish bajarganda 25-30 g.gacha ortishi mumkin. Voyaga yetgan odamlar 
organizmidagi osh tuzining zahirasi 100-120 g.ni tashkil etadi. Mineral 
moddalarning fiziologik ahamiyati juda katta. Ular oqsillar, skelet suyaklari, 
fermentlar, gormonlar tarkibiga kiradi. Organizmdagi mineral moddalarning 
umumiy miqdori, tana og’irligining 4,5 % ini tashkil etadi, ularning 5/6 qismi 
suyaklar tarkibida bo’ladi. 
Mineral moddalar organizmdagi barcha funksiyalarni mo’’tadil bajaralishini 
ta’min etadi. Mineral moddalarning ionlari to’qima va qonning osmotik bosimini, 
ishqor-kislota muvozanatini va faol reaksiyasini doimiyligini ta’min etadi. Ular asab 
tizimi faoliyati, qon ivishi, so’rilish, gazlar almashinuvi, sekresiya va ayiruv 
jarayonlari uchun juda zarur, lekin ular energiya manbai hisoblanmaydi. Ovqatlar 
tarkibida osh tuzining miqdori normadan ortiqcha bo’lganida terida natriy xloridning 
zahirasi yuzaga keladi va osh tuziga taqchil ovqatlar iste’mol qilinganida ulardan 
foydalaniladi. 
Jigarda va to’qimalarda temir saqlanadi, suyaklarda kalsiy va fosfor, 
muskullarda esa kaliy saqlanadi. 
Xloridlar, fosfatlar, sulfatlar, karbonatlar va silikatlarning anionlari va natriy, 
kaliy, kalsiy, temir, magniy va misning kationlari ancha jiddiy ahamiyatga egadir.
Mineral moddalarni tadbiq qilish uslublari Mineral moddalar almashinuvi. Aralash holdagi hayvonot va o’simliklar ozuqalaridagi (sabzavotlar, mevalar, sut, go’sht, tuxumlarda) mineral moddalarning miqdori organizmni talabini to’lig’icha qoplaydi. Bundan faqatgina osh tuzi mustasno, ya’ni voyaga yetgan odamlar ovqatiga bir-kecha kunduzda o’rtacha 10- 15 g qo’shiladi. O’rtacha osh tuziga bo’lgan talab 21 g ni tashkil qilsa, og’ir jismoniy ish bajarganda 25-30 g.gacha ortishi mumkin. Voyaga yetgan odamlar organizmidagi osh tuzining zahirasi 100-120 g.ni tashkil etadi. Mineral moddalarning fiziologik ahamiyati juda katta. Ular oqsillar, skelet suyaklari, fermentlar, gormonlar tarkibiga kiradi. Organizmdagi mineral moddalarning umumiy miqdori, tana og’irligining 4,5 % ini tashkil etadi, ularning 5/6 qismi suyaklar tarkibida bo’ladi. Mineral moddalar organizmdagi barcha funksiyalarni mo’’tadil bajaralishini ta’min etadi. Mineral moddalarning ionlari to’qima va qonning osmotik bosimini, ishqor-kislota muvozanatini va faol reaksiyasini doimiyligini ta’min etadi. Ular asab tizimi faoliyati, qon ivishi, so’rilish, gazlar almashinuvi, sekresiya va ayiruv jarayonlari uchun juda zarur, lekin ular energiya manbai hisoblanmaydi. Ovqatlar tarkibida osh tuzining miqdori normadan ortiqcha bo’lganida terida natriy xloridning zahirasi yuzaga keladi va osh tuziga taqchil ovqatlar iste’mol qilinganida ulardan foydalaniladi. Jigarda va to’qimalarda temir saqlanadi, suyaklarda kalsiy va fosfor, muskullarda esa kaliy saqlanadi. Xloridlar, fosfatlar, sulfatlar, karbonatlar va silikatlarning anionlari va natriy, kaliy, kalsiy, temir, magniy va misning kationlari ancha jiddiy ahamiyatga egadir.
 
 
Bundan tashqari fosfor, oltingugurt, yod, rux, brom, ftor organizmdagi barcha 
fiziologik jarayonlarni bajarilishida ishtirok etadi. 
Voyaga yetgan odamlarning bir kecha-kunduzlik  mineral moddalarga bo’lgan 
talabi (grammda) Na-4-6, Ca-1 (homilador ayollar va emizikli onalar –1,5-4), K-3-5 
, P-1,5-2,  S-1, Mg-0,5-0,7. erkaklar uchun bir kecha-kunduzlik temirga bo’lgan 
talabi – 0,9-1,2 mg, ayollar uchun 1,3-2,5 mg, homiladorlik paytida esa – 5 mg.ni 
tashkil etadi. 
Fosforning kalsiyga bo’lgan nisbati 1,5;1,0 ga teng va bu nisbat o’zgarganida 
organizm tomonidan fosforning o’zlashtirilishi buziladi. Jismoniy ish bajarganida 
sutkalik fosforga bo’lgan talab 1,5-2 martagacha ortadi va 3-4 g.yetadi. 
Sitoplazmaning 
asosiy 
qismini 
tashkil 
qiluvchi 
mineral 
moddalar 
makroelementlar (Na, Ca, P va boshqa.) deb ataladi, juda kam miqdorda 
saqlanuvchilarni 
esa 
(foizning 
mingdan 
bir 
bo’lagidan 
kam 
bo’lgani) 
mikroelementlar (Mn, Co,  Zn, Br,  J, Cr, Fp, mishyak, molibden, temir va boshq.) 
deb yuritiladi. 
Mikroelementlar organlarda notekis jamlanadi; masalan, mis-jigar va qizil 
ilikda, xrom, marganes va brom-gipofizda, rux-asosan jinsiy bezlarda gipofiz va 
me’daosti bezida, nikel – me’daosti bezida, kadmiy-buyrakda, stronsiy-suyaklarda. 
Mikroelementlar fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga kirib 
ularning 
ta’sirini 
kuchaytiradi. 
Rux-oqsillar 
almashinuvi 
fermentlari 
va 
karbongidraza, temir-nafas fermentlari, xrom-tripsin tarkibida bo’ladi. Kobalt – 
muskullar fermentlarini  marganes – qon va to’qimalar fosfatazasini faollashtiradi. 
Qalqonsimon bez gormonlarida yod, me’daosti bezi – rux, qalqonsimon bez-brom 
ko’p bo’ladi.  Vitamin B12   tarkibiga kobalt kiradi. Marganes – B1, mis – A, B, C, 
E, PP vitaminlarini faollashtiradi, ovqat tarkibida mis katta miqdorda bo’lsa vitamin 
B1 ning ortishini ta’min etadi. 
Mikroelementlarning amaliy ahamiyati juda katta. Masalan, kobalt homilaning 
rivojlanishiga va qon hosil bo’lishi uchun zarur. Mis-to’qimalararo nafas olishda 
ishtirok etadi va hayvonlarni ko’payishiga ta’sir ko’rsatadi. Kobalt qishloq xo’jalik 
hayvonlarining go’sht va jun mahsuldorligini oshiradi. Har ikkala mikroelement ham 
asosan jigarda saqlanadi.
Bundan tashqari fosfor, oltingugurt, yod, rux, brom, ftor organizmdagi barcha fiziologik jarayonlarni bajarilishida ishtirok etadi. Voyaga yetgan odamlarning bir kecha-kunduzlik mineral moddalarga bo’lgan talabi (grammda) Na-4-6, Ca-1 (homilador ayollar va emizikli onalar –1,5-4), K-3-5 , P-1,5-2, S-1, Mg-0,5-0,7. erkaklar uchun bir kecha-kunduzlik temirga bo’lgan talabi – 0,9-1,2 mg, ayollar uchun 1,3-2,5 mg, homiladorlik paytida esa – 5 mg.ni tashkil etadi. Fosforning kalsiyga bo’lgan nisbati 1,5;1,0 ga teng va bu nisbat o’zgarganida organizm tomonidan fosforning o’zlashtirilishi buziladi. Jismoniy ish bajarganida sutkalik fosforga bo’lgan talab 1,5-2 martagacha ortadi va 3-4 g.yetadi. Sitoplazmaning asosiy qismini tashkil qiluvchi mineral moddalar makroelementlar (Na, Ca, P va boshqa.) deb ataladi, juda kam miqdorda saqlanuvchilarni esa (foizning mingdan bir bo’lagidan kam bo’lgani) mikroelementlar (Mn, Co, Zn, Br, J, Cr, Fp, mishyak, molibden, temir va boshq.) deb yuritiladi. Mikroelementlar organlarda notekis jamlanadi; masalan, mis-jigar va qizil ilikda, xrom, marganes va brom-gipofizda, rux-asosan jinsiy bezlarda gipofiz va me’daosti bezida, nikel – me’daosti bezida, kadmiy-buyrakda, stronsiy-suyaklarda. Mikroelementlar fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga kirib ularning ta’sirini kuchaytiradi. Rux-oqsillar almashinuvi fermentlari va karbongidraza, temir-nafas fermentlari, xrom-tripsin tarkibida bo’ladi. Kobalt – muskullar fermentlarini marganes – qon va to’qimalar fosfatazasini faollashtiradi. Qalqonsimon bez gormonlarida yod, me’daosti bezi – rux, qalqonsimon bez-brom ko’p bo’ladi. Vitamin B12 tarkibiga kobalt kiradi. Marganes – B1, mis – A, B, C, E, PP vitaminlarini faollashtiradi, ovqat tarkibida mis katta miqdorda bo’lsa vitamin B1 ning ortishini ta’min etadi. Mikroelementlarning amaliy ahamiyati juda katta. Masalan, kobalt homilaning rivojlanishiga va qon hosil bo’lishi uchun zarur. Mis-to’qimalararo nafas olishda ishtirok etadi va hayvonlarni ko’payishiga ta’sir ko’rsatadi. Kobalt qishloq xo’jalik hayvonlarining go’sht va jun mahsuldorligini oshiradi. Har ikkala mikroelement ham asosan jigarda saqlanadi.
 
 
Yosh bolalarning suyaklari va asab to’qimalarini o’sishi jarayonida natriy, 
kaliy, kalsiy, fosforlardan foydalaniladi. Organizmni suyaklarini o’sishiga va 
hayvonlarni ko’payishi uchun marganes, eritrositlarni hosil bo’lishi uchun temir va 
mis zarur.  
Kobalt, mis va rux kartoshka, karam (asosan rangli) osh lavlagi, sabzi, otquloq, 
tuxum sarig’ida, jigar, qoramol go’shti, seld, sudak, zagora va cho’rtan  baliqlarda 
katta miqdorda saqlanadi. Malinada marganes, o’rikda- esa mis mavjuddir.    
Turli hududlardagi geoximik zonalarning o’simliklar ozuqalari va suvlarida 
turli mikroelementlar saqlanadi. Shu sababli, ularni ozuqalar va suvlari miqdori 
mo’’tadillashtirilishi va yetmagan qismi to’ldirilishi kerak. 
Mikroelementlar organizmdan siydik, najas va ter bilan ajratiladi, shu sababli 
bu yo’qotishlarning organizmga tushayotgan miqdor bilan tenglashishini ta’minlash 
kerak. 
Noorganik birikmalarning yetishmasligi fiziologik funksiyalarning  buzilishiga 
va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan ularning miqdori ortib 
ketganida ham organizm funksiyalarini buzilishi mumkin, masalan, yosh bolalarning 
organizmiga katta miqdorda osh tuzini kiritilishi tana haroratining ko’tarilishini – 
tuzli isitmani chaqiradi. 
 
Ayrim mikroelementlarning organizm uchun ahamiyati. 
 
Sayyoramizda uchraydigan ko’pchilik kimyoviy elementlar hayvonlar tanasida 
ham uchraydi va organizmning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Odam va 
hayvon tanasida nisbatan kamroq uchraydigan va ba’zi to’qimalarning asosiy 
qismini tashkil etadigan ana shunday elementlarga mikroelementlar deyiladi. Mana 
shu mikroelementlardan tashqari hayvonlarning organizmida juda oz miqdorda 
bo’lsada boshqa elementlar ham uchraydi. Bularni emission spektral yoki 
radioaktivatsion analiz yordami bilangina aniqlasa bo’ladi.Bu elementlar 
organizmda fermentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi va fiziologik 
jihatidan juda katta ahamiyatga ega. Hozir mikroelementlarning organizmda
Yosh bolalarning suyaklari va asab to’qimalarini o’sishi jarayonida natriy, kaliy, kalsiy, fosforlardan foydalaniladi. Organizmni suyaklarini o’sishiga va hayvonlarni ko’payishi uchun marganes, eritrositlarni hosil bo’lishi uchun temir va mis zarur. Kobalt, mis va rux kartoshka, karam (asosan rangli) osh lavlagi, sabzi, otquloq, tuxum sarig’ida, jigar, qoramol go’shti, seld, sudak, zagora va cho’rtan baliqlarda katta miqdorda saqlanadi. Malinada marganes, o’rikda- esa mis mavjuddir. Turli hududlardagi geoximik zonalarning o’simliklar ozuqalari va suvlarida turli mikroelementlar saqlanadi. Shu sababli, ularni ozuqalar va suvlari miqdori mo’’tadillashtirilishi va yetmagan qismi to’ldirilishi kerak. Mikroelementlar organizmdan siydik, najas va ter bilan ajratiladi, shu sababli bu yo’qotishlarning organizmga tushayotgan miqdor bilan tenglashishini ta’minlash kerak. Noorganik birikmalarning yetishmasligi fiziologik funksiyalarning buzilishiga va hatto o’limga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan ularning miqdori ortib ketganida ham organizm funksiyalarini buzilishi mumkin, masalan, yosh bolalarning organizmiga katta miqdorda osh tuzini kiritilishi tana haroratining ko’tarilishini – tuzli isitmani chaqiradi. Ayrim mikroelementlarning organizm uchun ahamiyati. Sayyoramizda uchraydigan ko’pchilik kimyoviy elementlar hayvonlar tanasida ham uchraydi va organizmning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Odam va hayvon tanasida nisbatan kamroq uchraydigan va ba’zi to’qimalarning asosiy qismini tashkil etadigan ana shunday elementlarga mikroelementlar deyiladi. Mana shu mikroelementlardan tashqari hayvonlarning organizmida juda oz miqdorda bo’lsada boshqa elementlar ham uchraydi. Bularni emission spektral yoki radioaktivatsion analiz yordami bilangina aniqlasa bo’ladi.Bu elementlar organizmda fermentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi va fiziologik jihatidan juda katta ahamiyatga ega. Hozir mikroelementlarning organizmda
 
 
yetishmasligi yoki aksincha, ko’payib ketishi natijasida turli kasalliklar paydo 
bo’lishi tekshirishlarda isbotlangan. Mikroelementlarning organizm uchun 
ahamiyati 1891 yilda rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan ko’rsatib berildi. 
Keyinchalik tuproq, suv, o’simlik va hayvon organizmlaridagi mikroelementlar 
miqdorini 
aniqlashda 
A.P.Vinogradov, 
V.V.Kovalskiy, 
F.Ya.Berenshteyn, 
Ya.M.Berzin va boshqalar ko’p ish qildilar. Hozirgi vaqtda hamdo’stlik 
mamlakatlari hududlarida mikroelementlar miqdori aniqlanib, biogeokimyoviy 
zonalar belgilangan. Bu zonalarning qaysisida qaysi mikroelementning qanchaligi 
o’rganilgan. Ana shularga qaysi hududning tuprog’ida, suvida yoki o’simliklari 
tarkibida, 
qaysi 
mikroelement 
yetishmasa, 
shu 
mikroelement 
hayvonlar 
organizmining ehtiyojiga qarab qo’shimcha ravishda beriladi. Hayot uchun zarur 
ahamiyatga ega bo’lgan mikroelementlar qatoriga -temir, mis, marganets, ruh, yod, 
ftor, brom, kobalt va boshqalar kiradi. 
Temir. Organizmda benihoya katta ahamiyatga ega. Ozuqalar bilan birga 
organizmga tushgan temir ikki valentli holida ichak devori orqali qonga so’riladi. 
Temir organizmda gemoglobin bilan miogemoglobin tarkibiga kiradi. Shuningdek 
katalaza, peroksidaza, sitoxrom oksidaza va nafas olish jarayonlarida ishtirok 
etuvchi boshqa fermentlarning tarkibida ham temir bo’ladi. Organizmdagi ortiqcha 
temir ozuqalar bilan tushgan va gemoglobinning parchalanishi natijasida hosil 
bo’lgan temir organizmda to unga ehtiyoji tug’ilguncha jigarda, taloqda va ichak 
devorlarining shilliq pardalarida ferritin shaklida jamg’arilgan holatda saqlanadi. 
Ferritin temir gidroksid bilan oqsil birikmasidir. Organizmda temir yetishmasa, 
yuqorida qayd qilingan fermentlarning sintezlanishi buziladi. Tirik vazni 5-10kg 
keladigan cho’chqa bolalarining temirga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 20mg.ga teng. 
Ularning yoshi kattalashib borgan sari temirga bo’lgan ehtiyoji kamayib boradi. 
Mis. Organizmda qon va boshqa barcha to’qimalarda, jigarda va taloqda esa bir 
oz zahira holda saqlanadi. Masalan, sigirlarning 1kg. jigarida 30mg.gacha, 
buzoqlarnikida 45mg.gacha mis bo’lishi to’g’risida ma’lumotlar bor. Organizmda 
mis erkin, ya’ni ion holatda va ko’proq miqdorda oqsillar bilan birikkan holda 
uchraydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi oqsil gemodlobulinning tarkibida 0,34% 
gacha mis saqlanadi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, bu birikma misning alfa
yetishmasligi yoki aksincha, ko’payib ketishi natijasida turli kasalliklar paydo bo’lishi tekshirishlarda isbotlangan. Mikroelementlarning organizm uchun ahamiyati 1891 yilda rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan ko’rsatib berildi. Keyinchalik tuproq, suv, o’simlik va hayvon organizmlaridagi mikroelementlar miqdorini aniqlashda A.P.Vinogradov, V.V.Kovalskiy, F.Ya.Berenshteyn, Ya.M.Berzin va boshqalar ko’p ish qildilar. Hozirgi vaqtda hamdo’stlik mamlakatlari hududlarida mikroelementlar miqdori aniqlanib, biogeokimyoviy zonalar belgilangan. Bu zonalarning qaysisida qaysi mikroelementning qanchaligi o’rganilgan. Ana shularga qaysi hududning tuprog’ida, suvida yoki o’simliklari tarkibida, qaysi mikroelement yetishmasa, shu mikroelement hayvonlar organizmining ehtiyojiga qarab qo’shimcha ravishda beriladi. Hayot uchun zarur ahamiyatga ega bo’lgan mikroelementlar qatoriga -temir, mis, marganets, ruh, yod, ftor, brom, kobalt va boshqalar kiradi. Temir. Organizmda benihoya katta ahamiyatga ega. Ozuqalar bilan birga organizmga tushgan temir ikki valentli holida ichak devori orqali qonga so’riladi. Temir organizmda gemoglobin bilan miogemoglobin tarkibiga kiradi. Shuningdek katalaza, peroksidaza, sitoxrom oksidaza va nafas olish jarayonlarida ishtirok etuvchi boshqa fermentlarning tarkibida ham temir bo’ladi. Organizmdagi ortiqcha temir ozuqalar bilan tushgan va gemoglobinning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan temir organizmda to unga ehtiyoji tug’ilguncha jigarda, taloqda va ichak devorlarining shilliq pardalarida ferritin shaklida jamg’arilgan holatda saqlanadi. Ferritin temir gidroksid bilan oqsil birikmasidir. Organizmda temir yetishmasa, yuqorida qayd qilingan fermentlarning sintezlanishi buziladi. Tirik vazni 5-10kg keladigan cho’chqa bolalarining temirga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 20mg.ga teng. Ularning yoshi kattalashib borgan sari temirga bo’lgan ehtiyoji kamayib boradi. Mis. Organizmda qon va boshqa barcha to’qimalarda, jigarda va taloqda esa bir oz zahira holda saqlanadi. Masalan, sigirlarning 1kg. jigarida 30mg.gacha, buzoqlarnikida 45mg.gacha mis bo’lishi to’g’risida ma’lumotlar bor. Organizmda mis erkin, ya’ni ion holatda va ko’proq miqdorda oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi oqsil gemodlobulinning tarkibida 0,34% gacha mis saqlanadi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, bu birikma misning alfa
 
 
globulin bilan hosil qilgan birikmasidir. Mis organizmda nafas olishda 
qatnashadigan bir qator fermentlarning sintezlanishida ishtirok etadi. Shuning uchun 
ham to’qimalarning nafas olish jarayonlarida juda katta ahamiyatga ega. Mis qon 
hosil bo’lish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Melanin pigmentining sintezlanishi 
ham misning ishtirokisiz amalga oshmaydi. Mis gipofiz oldingi qismining 
gormonlarini faollashtirib, hayvonlarning ko’payish jarayonlarida ham katta 
ahamiyatkasb etadi. Nerv tizimining faoliyatida ham misning ma’lum ahamiyati 
borligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Ozuqalarning tarkibida mis yetishmasligi 
qoramollarda lizuxa (yalash) kasalligining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu 
kasallikda hayvonlar o’sishdan qolib, nerv, muskul, qon tomirlarining faoliyati 
buziladi. Mahsuldorligi kamayib, jinsiy moyilligi susayadi. Qo’zilarning 
organizmida misning kamchiligi ularda enzootik ataksiya kasalligining kelib 
chiqishiga sabab bo’ladi. Hayvonlar organizmining misga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 
ularning temirga bo’lgan ehtiyojiga nisbatan deyarli yetti baravar kamdir. 
Kobalt. Organizmda qon hosil bo’lish jarayonlarida katta rol o’ynaydi. U 
antianemik modda vitamin B12 ning tarkibiga kiradi. Organizmning o’sishiga, 
rivojlanishiga unda moddalar almashinuvining kechishiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan 
birgalikda organizmda yurak-tomir va nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga ta’sir 
qiladi. Organizmdagi barcha hujayra va to’qimalar tarkibida kobalt bo’ladi. Ichki 
sekretsiya bezlarida (gipofiz, buyrak usti bezlari, me’da osti bezida), taloqda ko’proq 
to’planadi. Organizmda kobalt yetishmasligi qo’ylarda, echkilarda va buzoqlarda 
“suxotka” akobaltizim kasalligi kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Hayvonlar yetarli 
miqdorda kobalt olib tursa, katta qorinda ko’proq B12 vitamin sintezlanadi. 
Hayvonlarning kobaltga bo’lgan bir kecha kunduzlik ehtiyoji 1-2mg.ni tashkil qiladi. 
Yod. Organizmda asosan qalqonsimon bezning gormonlari tarkibida uchraydi. 
Shu sababdan yodning organizm uchun ahamiyati qalqonsimon bez gormonlarining 
ahamiyati bilan belgilanadi. Organizm iste’mol qiladigan suv va oziqalar tarkibida 
shu mikroelement yetishmasa, qalqonsimon bezda gormonlarning sintezlanishi 
buzilib, tegishli kasalliklar, jumladan, “buqoq” kasalligi kelib chiqadi (gipotireoz). 
Chochqalar yodning kamchiligiga ayniqsa sezgir bo’ladi. Hayvonlarning yodga
globulin bilan hosil qilgan birikmasidir. Mis organizmda nafas olishda qatnashadigan bir qator fermentlarning sintezlanishida ishtirok etadi. Shuning uchun ham to’qimalarning nafas olish jarayonlarida juda katta ahamiyatga ega. Mis qon hosil bo’lish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Melanin pigmentining sintezlanishi ham misning ishtirokisiz amalga oshmaydi. Mis gipofiz oldingi qismining gormonlarini faollashtirib, hayvonlarning ko’payish jarayonlarida ham katta ahamiyatkasb etadi. Nerv tizimining faoliyatida ham misning ma’lum ahamiyati borligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Ozuqalarning tarkibida mis yetishmasligi qoramollarda lizuxa (yalash) kasalligining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu kasallikda hayvonlar o’sishdan qolib, nerv, muskul, qon tomirlarining faoliyati buziladi. Mahsuldorligi kamayib, jinsiy moyilligi susayadi. Qo’zilarning organizmida misning kamchiligi ularda enzootik ataksiya kasalligining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Hayvonlar organizmining misga bo’lgan sutkalik ehtiyoji ularning temirga bo’lgan ehtiyojiga nisbatan deyarli yetti baravar kamdir. Kobalt. Organizmda qon hosil bo’lish jarayonlarida katta rol o’ynaydi. U antianemik modda vitamin B12 ning tarkibiga kiradi. Organizmning o’sishiga, rivojlanishiga unda moddalar almashinuvining kechishiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birgalikda organizmda yurak-tomir va nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga ta’sir qiladi. Organizmdagi barcha hujayra va to’qimalar tarkibida kobalt bo’ladi. Ichki sekretsiya bezlarida (gipofiz, buyrak usti bezlari, me’da osti bezida), taloqda ko’proq to’planadi. Organizmda kobalt yetishmasligi qo’ylarda, echkilarda va buzoqlarda “suxotka” akobaltizim kasalligi kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Hayvonlar yetarli miqdorda kobalt olib tursa, katta qorinda ko’proq B12 vitamin sintezlanadi. Hayvonlarning kobaltga bo’lgan bir kecha kunduzlik ehtiyoji 1-2mg.ni tashkil qiladi. Yod. Organizmda asosan qalqonsimon bezning gormonlari tarkibida uchraydi. Shu sababdan yodning organizm uchun ahamiyati qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati bilan belgilanadi. Organizm iste’mol qiladigan suv va oziqalar tarkibida shu mikroelement yetishmasa, qalqonsimon bezda gormonlarning sintezlanishi buzilib, tegishli kasalliklar, jumladan, “buqoq” kasalligi kelib chiqadi (gipotireoz). Chochqalar yodning kamchiligiga ayniqsa sezgir bo’ladi. Hayvonlarning yodga