Mintaqalarda qishloq turizmini rivojlantirish resurslari (Qishloq turizmi tushunchasi. Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari)
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
30,6 KB
Mintaqalarda qishloq turizmini rivojlantirish resurslari.
Reja:
1. Qishloq turizmi tushunchasi. Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish
imkoniyatlari.
2. Agroturizm turlari. Sport madaniy tanishuv, fermerchilik. Ish yuzasidan faoliyat,
ekologik agroturizm.
3. Mintaqalarda agroturizmni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Qishloq joylarida ekoturizm ob’ekti sifatida rekreatsion resurslardan foydalanish.
8.1
Qishloq turizmi tushunchasi. Qishloq joylarida turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari.
Hozirgi davrning muhim masalasi iqtisodiyotni rivojlantirish, aholini ijtimoiy
– iqtisodiy ahvolini yaxshilashdir. Respublikamiz aholisining 60% dan ortiq qismi
qishloq joylarida istiqomat qiladi. SHuning uchun mehnat resurslariga boy
hisoblangan qishloq joylarida yangi ish o’rinlarini ochish, aholini faravon
yashashida asosiy omil bo’lib hisoblnadi. Bu borada 2007 yil 12 fevralda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yil iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning
eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida respublikamiz prezdenti
I.A. Karimovning «YAngilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil
harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy
vazifamizdir» deb nomlangan nutqida qishloq aholisini yashash tarzini yanada
yaxshilash, buning uchun yangi ish o’rinlarini ochish muhimligini ta’kidladilar.
Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes
ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib,
danyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa
aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish
industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari
bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport
va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi
uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish
imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi.
Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at va boshqa turistik resurslarga
boy hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va
tekisligi, daryolari, cho’l va vaholari, turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya
resurslaridir. Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga
rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini
bildiradi. Ayni kunlarda respublikamizda iqtisodiy faol aholining turizm sohasida
bandlik ulushi juda ham oz. Bu borada qishloq aholisining ishtiroki umuman kam.
8.2
Agroturizm turlari. Sport madaniy tanishuv, fermerchilik. Ish
yuzasidan faoliyat, ekologik agroturizm.
Hozirgi kunda jahon tajribasida turizmning agroturizm shakli keng
rivojlanmoqda. Agroturizmni mamlakatimizda rivojlanishi istiqbollari porloq
hisoblanadi. CHunki, mamlakatimiz agrar-industrial xo’jalikka ega bo’lib, asosiy
mehnat resurslarimiz qishloq xo’jaligida band. Undan tashqari, mamlakatimiz
rekreasiya
resurslariga
boy
hisoblanib,
rekreasiya
faoliyati
tarmoqlarini
rivojlantirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tuvchi mamlakatlar uchun moliyaviy
resurs manbalari o’ta zarur hisoblanadi. SHu jihatdan oladigan bo’lsak, agroturizm
yuqori daromat keltiruvchi xizmat ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Mutaxasislar
agroturizmni besh turini ajratishadi:
Sport;
Madaniy – tanishuv;
Fermerchilik;
Ish yuzasidan faoliyat;
Ekologik.
Bunda, birinchi ikkitasi ijtimoiy ahamiyatga, keyingi ikkitasi ishlab chiqarish
ahamiyatiga ega. Fermerchilik asosida agroturizmni tashkil etish asosida qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yotsa, ish yuzasidan agroturizm ilmiy
– texnik hamkorlik, qo’shma korxonalar tashkil etish va boshqa faoliyatlarda
shakllanadi.
Agroturizmni rivojlantirishni o’ziga xos xususiyatlariga ega. Bularga
quyidagilar hisoblanadi:
qishloq joylarida joylashish va ovqatlanish shaharga nisbatan 2-2,5
marotaba arzonligi;
qishloq joylarining ekologik jihatdan tozaligi;
ekologik toza ovqat turlarining mavjudligi;
etnografik turizm ob’ekti sifatida, qishloq joylarida milliylikni ko’proq
saqlanib qolganligi va boshqalar.
8.3. Mintaqalarda agroturizmni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qishloq turizmi haqida gapiradigan bo’lsak, XX asr boshlarida Sankt -
Peterburg aristokratlari va ular qatoriga o’zlarini qo’yuvchi bylar ham Baden –
Badenda dam olishga qurblari yetmagan. Bunday kishilar o’sha vaqtlarda kurort
rayon hisoblagan Martishkino (peterburgning janubiy qismi)da yoki Finlyandiya
poytaxtiga 30 km. lik yo’l bo’lgan Teriokoda arzon dala hovlilarni dam olish uchun
ijaraga olishgan. Sababi, u yerda xorij pasportlarini rasmiylashtirish kerak
bo’lmagan. Bunday dala hovlilarni ijaraga oluvchi talabdorlar asosan ziyolilar
bo’lgan.
Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki hovlidami juda
ham maroqlidir. Bu hayot talabi, me’yoridir. Har qachon ham dala hovlilarni yoki
boshqa joylarni ko’p yillar davomida ishonganva tekshirilgan joylarda dam olish
uchun ijaraga olingan. Qishloq turizmining o’ziga xos tomonlari shundaki, masalan,
Sisiliyaning agrar viloyatlorida ishchi kuchi keragidan ortiqligi kambag’al turistlarni
yoki talabalarni ish haqi to’lamasdan, boshrana va ovqat uchun ishga yo’llash
mumkin. Bunday «dam oluvchi» o’sha yerga borib qaytishi uchun mablag’ topsa
bo’lgani.
Yo’l-yo’lakay
bir-ikki
kun
plajlarda
cho’milish,
muzeylarni,
yodgorliklarni va boshqalarni ko’rishi mumkin.
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alog’ida daromad keltirilgan tur hisoblanib,
dunyo turizm bozorida alohida qat’iy o’rin tutadi.
Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa
ham, turizm sohasida muayyan o’rin tutadi. Uni o’rganib rivojlantirish alohida
e’tiborga loyiq. Respublikaimz qishloq turizmi yo’q darajada. Qishloqdagi aholining
kamligi, tabiatning tozoligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor.
Aytish joizki, qishloqlarada turist bo’lib turish, kurort zonalariyoki mashhur
turistik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham qimmatboho turistik
markazlarda dam ololmaydi, shu jihatdan qishloq turizmni rivojlanish katta
ahamiyatga ega. Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
qishloq joylarda aholida kategoriya odamlar uchun ularning pul
mablag’lari miqdoriga qaramay, masalan, oilaning an’analariga ko’ra;
vrach maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog’lomlashtirishni
olib borishga ko’ra;
tabiat bilan yaqinlik, ko’proq vaqtni toza havoda o’tkazish maqsadiga;
ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan oziqlanish mumkinligi uchun;
qishloq xo’jaligi ishlari bilan band bo’lish, ishlash uchun real imkonlar
borligi;
hayot uchun zarur bo’lgan kerakli narsalarni topish maqsadida minglab
kilometr masofani bosib o’tirmaslik uchun;
boshqa ijtimoiy guruhidagi odamlar bilan muloqotda bo’lish, ularning
madaniyati, urf-odati bilan tanishish, bayramlari va o’yinlarida
qatnashish imkoniyatini mavjudligi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimiz rekreasiya resurslariga boy
hisoblanadi. Rekreasiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat,
insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan
vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasiya resurslari
ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasiya resurslari.
Tabiiy rekreasiya resurslariga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan
iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari,
tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli
shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport
bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi
yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona, milliy bog’lar ham tabiiy
rekreasiya resurslaridir.
8.4. Qishloq joylarida ekoturizm ob’ekti sifatida rekreatsion
resurslardan foydalanish.
Turizmni shakllanishiga asos bo’luvchi turistik resurslar asosan qishloq
joylarida joylashgan. Bu holatni Samarqand viloyati bo`yicha tahlil etadigan bo’lsak,
viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari
hamda tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiat
manzaralari), yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton), tog’u-tosh jins shakllari
(Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob
tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, YUqori chinor
(Mingchinor), Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti
ko’llari), go’zal shar-sharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz
turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik
ob’ektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi hisoblanadi.
SHuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud
bo’lgan beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko’lamda
foydalanadigan chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan tozaligi, xilma-
xil kimyoviy elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog’ligini
tiklash, sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va
mintaqamizda rekreasiya (sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning
ahamiyatini oshiradi. Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand,
Nurobod, Qo’shrobod va boshqa tumanlari tog’, tog’oldi hududlarida tarqalgan
bo’lib, ulardan turizm maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Viloyatning yana bir qator tumanlarida va qishloqlarida ming yillik davrga teng
qadimiy noyob daraxtlar (archalar, chinorlar) hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular
qatoriga Urgut shahridagi yuqori CHor CHinor (1020 yillik), Kattaqo’rg’on tumani
Qoradaryo qishlog’idagi chinor (565 yillik), Nurobod tumani Tim qishlog’idagi
archa 1000 yillik, Jomboy tumani Xolvoyi qishlog’idagi ming yillik archalarni misol
keltirish mumkin. Ayniqsa, Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida
joylashgan Zarafshon qo’riqxonasi betakror o’simlik va hayvonat dunyosining
xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi va mavsumiy hamda qisqa muddatli
sayyohlikni tashkil qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Viloyatning chala cho’l
va cho’l hududlari ham esa o’ziga xos hayvonat va o’simlik dunyosiga ega. Ularda
sudralib yuruvchilar turkumidan turli xil zaharli ilonlar, cho’l toshbaqalari,
qushlardan to’rg’ay, qarchig’oy, sut emizuvchilardan sariq sassiq ko’zan, kabilar
uchraydi. Mazkur hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga qiziquvchi ekoturizm
ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni talab qiladi.
Agroturizmni ma’lum bir mintaqaning o’ziga xos dehqonchilik va
chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko’rsatish maqsadida tashkil etish
mumkin. Bu tajriba Yevropaning bir qancha davlatlarida rivojlangan. Masalan,
Fransiya va Portugaliya mamlakatlarida uzumni yetishtirishdan boshlab, undan turli
ichimliklar olishgacha bo’lgan bir butun jarayon tur sifatida taklif etilgan. Xuddi
shunday jarayonlarni mamlakatimizda ham rivojlantirish imkoniyatlari keng.
Mamlakatimizning xalqaro darajada ixtisoslashgan tarmog’i hisoblangan paxtachilik
tarmog’ida ham bir qancha turlarni ishlab chiqish mumkin. Bu jarayonni quyidagi
ketma - ketlikda amalga oshirsa bo’ladi:
Paxta maydoni → paxta qabul qilish punkti → paxta tozalash zavodi → ip-
yigiruv korxonasi → tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona.
Bu turda, birinchi navbatda paxta maydoniga boriladi, unda hosilni yig’ib
olish jarayoni ko’rsatilishidan boshlab, tayyor mahsulotga bo’lgan bir butun
faoliyatni qamrab olinadi. Yuqoridagi sxemaga o’xshab qishloq xo’jaligini boshqa
tarmoqlarida ham turli turlarni ishlab chiqish mumkin.
Sog’lomlashtirish va sog’likni tiklash turizmi bevosita rekreasiya resurslari
bilan bog’liq bo’lib, kishilarning mehnat ta’tili vaqtlarida o’z salomatligini va ish
qobiliyatini tiklashga qaratilgan faoliyatidir. YUrtimizdagi havosi toza, o’ziga xos
tabiatiga ega joylarga boy. Bu mintaqalarda sanatoriya – sog’lomlashtirish majmui
hisoblangan kurortlarni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Undan tashqari qishloq
joylarimiz diniy turizm , ya’ni aziz avliyolar qadamjolarini ziyorat qilish
maskanlariga juda boy hisoblanadi. Birgina Samarqand viloyati Payariq tumanida
joylashgan Imom Al-Buxoriy ziyoratgohi misolida oladigan bo’lsak, bu majmua
mustaqillikdan keyingi bunyodkorlik natijasida muhim ziyoratgohga aylandi. Bu
ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim