Mintaqalarning turistik resurlari tasnifi
Reja:
1. Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati.
2. Turistik resurslarning o‘ziga xos xususiyallari.
3. Turistik resurslar tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar.
4. Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar.
5. Turistik resurslarning turlari.
4.1 Turistik resurslar tushunchasining mohiyati va ahamiyati.
Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib
bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi –
xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik
resurslarga ega bo’lish lozim.
Mutaxasislar turistik resurslarga quyidagicha ta’rif berishgan: turistik
resurslar – tabiiy, tarixiy, ijtimoiy – madaniy va boshqa turistlarni sayohatga
qiziqtiradigan, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi va rivojlanishi
ehtiyojlarini qondirishga qodir ob’ektlarga aytiladi. Rekreasiya faoliyati nuqtai
nazardan turistik resurslarga tabiiy va antropogen geosistemalar kiradi, tabiat
manzaralari, rekreasiya faoliyati ehtiyoji qiymatiga va maishiy xususiyatga ega,
insonlarni ko’rsatilgan vaqtda ma’lum texnologiyalar yordamida sog’ligini tiklash
va dam olishida foydalanish mumkin bo’lgan, rekreasiya faoliyati qobiliyatiga ega
resurslar kiradi.
Turistik resurslarning mohiyati shundan iboratki, turistik mahsulot
shakllanishiga asos hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, aniq hududda turistik
faoliyatda foydalanish mumkin bo’lgan barcha ob’ektlar kiradi. Turizmni
rekreasiyaning ko’rinishi sifatida olsak, «turistik resurslar» tushunchasi «rekreasiya
resurslari» bilan birgalikda uyg’unlashadi.
Turistik resurslarning asosini rekreasiya resurslari tashkil etadi. Rekreasiya
resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va
davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va
foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy
va antropogen rekreatsion resurslar (1-chizma).
Tabiiy rekreasion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan
iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari,
tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli
shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport
bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi
yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy
rekreasiya resurslaridir.
1-chizma
Rekreasion resurslar
Tabiiy
Antropogen
Iqlimiy
(quyosh
radiasiyasi,
harorat,yog’in,
namlik,
shamol va b.)
Geologik
(mineral, dengiz suvlari,
shifobaxsh balchiqlar)
Biologik
( o’simlik va hayvonot
dunyosi, tuproqlar va b.)
Landshaftlar
Madaniy – tarixiy
(madaniy
va
diniy
markazlar, ziyoratgohlar,
muzey, milliy bog’lar,
tarixiy obidalar)
Axborot
(kutubxona,
ko’rgazmalar)
Sport
Ko’ngilochar ob’ektlar
Urbanistik
Boshqalar
(tog’, o’rmon, sharshara,
sohillar va b.)
Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va
san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish
mumkin bo’lgan ijtimoiy ob’ektlar, antropogen rekreasiya resurslariga kiradi. Undan
tashqari, rekreasion resurslarni qo’yidagi asosiy belgilariga ko’ra ajratish mumkin:
landshaft – iqlimiy xususiyati;
tabiiy resurslar potensial zahirasi;
jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati;
qo’laylik va foydalanish imkoniyati;
manzara va ekologik xususiyati;
ijtimoiy – demografik xususiyati.
4.4 Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar.
Turistik resurslar tasnifiga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ulardan polyak
iqtisodchisi M.Truasi (1963y) va fransuz iqtisodchisi P.Deferem (1972y) taklif
qilgan tasnifi ancha takomillashgan.
Truasi turistik resurslarni uch guruhini ajratadi:
1. Tabiiy turistik resurslar, «turistik kapital potensiali» sifatida unga iqlim,
havo, manzara, dengiz, ko’l, daryolar, tog’lar, o’rmon va boshqalar
kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu resurslarni tabiiy – iqlimiy resurslar
deb atash mumkin.
2. Inson tomonidan yaratilgan turistik resurslar, ya’ni arxitektura binolari,
yodgorliklar, madaniy ob’ektlar va boshqalar. Bular ekskursiya
ob’ektlari hisoblanadi.
3. «Qo’shimcha» turistik resurslar, inson mehnati tomonidan yaratilgan
ma’lum mintaqadagi barcha turistlarni qabul qiluvchi va xizmat
ko’rsatuvchi korxonalar hisoblanadi. Bu resurslar orqali turistlarga
xizmat ko’rsatish darajasini baholash mumkin.
Lekin, Rossiyalik mutaxasislar M.E.Nemolyaeva va L.F.Xodorkov qabul
qiluvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalari turistik resurslarga qo’shish mumkin
emas deb hisoblashadi. Chunki, bu korxonalar mavjud turistik resurslardan
foydalangan holda ish yuritadilar, aks holda bir butun turistik sayohatni qamrab
olgan holda xizmat ko’rsata olmaydilar.
Deferem barcha turistik resurslarni 4ta guruhga ajratadi: gidrom, fitom,
litom va antronom.
Gidrom – bunga suv bilan bog’liq turistik resurslar kiradi. Bu guruh tarkibiga
ko’l,
daryolar,
dengiz
bo’yi,
muzliklar,
mineral
suv
manbalari,
gidroelektrstansiyalar, sharsharalar va boshqalar kiradi. Misol uchun, mashhur
Niagara sharsharasi, Amozonka daryosi, Ispaniyadagi dengiz bo’yi plyajlarini
kiritish mumkin.
Fitom – tabiiy turistik resurslar, buning tarkibi ikki turda bo’lishi mumkin:
tabiiy ravishda yaratilgan (o’rmon, tog’lar, cho’qqilar, vulqonlar, tabiiy manzaralar)
va inson tomonidan yaratilgan (milliy bog’lar, parklar).
Litom – inson tomonidan yaratilgan va o’zi yoki belgilariga ko’ra turistlar
qiziqishini orttiradigan resurslar bo’lib, uning tarkibiga arxitektura yodgorliklar,
qadimgi insonlar yashash joylari, ochiq osmondagi muzeylar kiradi. Undan tashqari
litomlarga zamonaviy qurilmalar: ko’priklar, aeroportlar, sport majmualari,
universitetlar, akvariumlar, observatoriyalar va boshqalar kiradi.
Antronom – turistik qiziqishni orttiradigan barcha inson faoliyati
ko’rinishlarini kiritish mumkin. Antronom elementlariga insonning o’zi, uning
hayoti, urf – odatlari, yo`qolgan yoki yuqolish arafasida turgan, ya’ni milliy xalq
bayramlari, folkrol, milliy musiqa va kiyimlarni kiritish mumkin. Undan tashqari
antronomga sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, o’quv dargohlari va ijtimoiy –
maishiy ob’ektlarni ham kiritish mumkin. Misol uchun Rio-de-Janeyrodagi mashhur
karnaval, Fransiyaning Shampan provensiyasidagi mashhur uzumzorlar va vino
ishlab chiqarishni ko’rsatish mumkin. Deferem tasnifini xususiyati shundaki, unda
ayrim turistik resurslar bir necha guruhda birdaniga uchratish mumkin.
Rossiyalik mutaxasis Xristov T.T. turistik resurslarni 5 ta asosiy turlarini
ajratgan. Ularga tabiiy – rekreasiyali, ekskursiyali, iqtisodiy, infrastruktura va
axborot beruvchi resurslarni kiritgan. Bu resurslarni o’zi yana bir qancha guruhlarga
bo’lingan. Masalan, ekskursiyali resurslar qo’yidagi guruhlarga bo’lingan: madaniy
– tarixiy meros, ijtimoiy, ijtimoiy – madaniy va etnografik resurslar. Bu turistik
resurslar tanishuv turizmida keng qo’llaniladi. Bunda madaniy – tarixiy resurslar
guruhiga yodgorliklar, turli tarixiy arxitektura obidalari kirsa, ijtimoiy resurslar
guruhiga diniy bayram, marosimlar, insonlarning turli an’ana va rusumlari kiradi.
Ijtimoiy – madaniy resurslar negizini turli muzeylar, yarmarkalar tashkil etadi.
Infrastruktura resurs sifatida qo’yidagi guruhlarni o’z ichiga oladi: transport
ta’minoti, joylashtirish tizimi, ovqatlantirish tizimi, suvener mahsilotlari ishlab
chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni rivojlanishini turizm infrastrukturasini
jadallashuvisiz ko’rish mumkin emas. Chunki mavjud turistik resurslardan samarali
foydalanishda bu resurslarning o’rni benihoya katta.
Yana bir rus olimi A.D Chudnovskiy turistik resurslarni tabiiy – hududiy
turistik muasssalar asosida ularni tabiiy – quruqlik va tabiiy – suvlik resurslariga,
ularni o’z navbatida tabiiy (qo’riqxona, daryo vodiylari va b.) tabiiy – antropogen
(bog’lar, milliy bog’lar va b.) va noyob resurslarga bo’lgan1. Turistik resurslar turli
turistik dasturlar va marshrutlar yaratishga asos hisoblanadi. Ana shu nuqtai –
nazardan sayohatchilar maqsadiga ko’ra olim, resurslarni shartli ravishda 4 ta
guruhga bo’lishni taklif etgan:
1. Kurortli;
2. Rekreasiyali;
3. Diniy – madaniy;
4. Axborot – ish yuzasidan.
Umuman olganda turistik resurslarga turlicha qarashlar mavjud. Shuni
ta’kidlash lozimki, turizm maqsadida turistik resurslardan to’g’ridan – to’g’ri
foydalanib bo’lmaydi. Buning uchun ko’pgina qo’shimcha xizmatlar, ya’ni
joylashtirish, ovqatlantirish, sayohat va transport xizmatini tashkillashtirish kabi
xizmatlardan foydalanish orqaligina turistik resurslardan turizm faoliyatida
foydalanish mumkin.
4.5 Turistik resurslar turlari
Turistik resurslarni foydalanish xususiyatiga ko’ra bevosita va bilvosita
turlarga bo’linadi. Bevosita turdagi resurslarga turistlarni o’zlari to’g’ridan – to’g’ri
foydalanidigan tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar kiradi. Bilvosita turdagi
1 А.Д Чудновский. Управление индустрией туризма России в современных условиях. М.: КНОРУС, 2007.
resurslarga bevosita turistik resurslardan foydalanish asos bo’ladigan ijtimoiy –
iqtisodiy resurslar – moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot beruvchi resurslar kiradi.
V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Ekonomika turizma. M.2005,151b.)
turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:
Qulaylik (jozibadorlik);
Iqlimiy sharoit;
O’rganganlik darajasi;
Sayyohlik ahamiyati;
Manzara va ekologik xususiyatlari;
Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;
Potensial zahirasi;
Foydalanish imkoniyati va boshqalar.
Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida
foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga
bo’lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida
yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs
potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz
foydalanib bo’lmaydi.
Umuman olganda, butun turistik resurslar majmuasini tabiiy – iqlimiy,
madaniy
–
tarixiy,
ijtimoiy
–
iqtisodiy,
axborot
beruvchi
resurslarga bo’lish mumkin.
Tabiiy turistik resurslar.Tabiiy turistik resurslarni asosiy ahamiyati shundan
iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish
vositalari bo’lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar.
Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv ob’ektlari, dengizlar,
mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar
o’zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik,
biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko’ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil
etish uchun tabiiy turistik resurslarni tahlil etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar
sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat kompelkslarini olish
mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreasiya yoki turistik potensial nuqtai nazardan
qarash
lozim.
Ammo
tabiiy
resurslardan
foydalanish
darajasi
mintaqa
ixtisoslashuvigv ko’ra har xil bo’lishi mumkin.
Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo’lib, u ikkiyoqlama xususiyatga
ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog’liq, ikkinchi tomondan turizm
uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari egallaydi,
ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Bunda noyob tabiat yodgorliklari asosiy turistik ob’ektlar
hisoblanadi. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan ob’ekt turlaridan
hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish uchun katta
maydonlarni ishg’ol qilinadigan qo’riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq
bo’lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy ob’ektlar «tabiat
yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari»
terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O’tgan asrimizning boshlaridayoq
Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi.
Tabiiy resurslarning guruhlanishi
jadval - 3
1.
Kelib chiqishiga ko’ra:
tabiiy - (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);
biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);
axborot beruvchi - tabiatdan o’ziga xos maydon va landshaft sifatida
foydalanish bo’lib, bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini
rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
2.
Rekreasiya sifatida foydalanish turiga ko’ra:
mineral suvlar;
botqoqlar;
tuzlar;
o’rmonlar.
3.
Resurslarning tugashi darajasiga ko’ra:
tugaydigan tabiiy resurslar, ular o’z navbatida yangilanib turadigan
(chuchuk suv, o’simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan
(minerallar) turlarga bo’linadi.
tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz
to’lqinlari, suvlar kiradi.
4.
O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra:
qayta tiklanadigan resurslar, bunga o’rmonlarni misol keltirish mumkin,
o’rtacha 50 yilda qayta tiklanadi.
qayta tiklanmaydigan resurslar.
Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan
jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy
– tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega.
Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik,
botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi.
Geologik – geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari, karst
voronkalari, relef shakllari, g’orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi.
Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog’da), Qorlug’ (Ko’hitang tog’ida), Hazratidovut
(Zirabuloq tog’ida), Amir Temur g’orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol
keltirish mumkin.
Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo’qolib ketayotgan relikt
o’simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi
ming yillik chinorlarni kiritish mumkin.
Poleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan
hayvonlarning izlar qolgan joylar kiradi.
Landshaft yodgorliklariga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, ajoyib
buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono’tdi (Temurlang) darasi, Ko’ksuv
daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Katta va Kichik Chimyon
soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi.
Astronomik tabiat yodgrliklariga yirik meteoritlar tushib izi qolgan joylar
kiradi.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari egallaydi,
ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos
bo’lib xizmat qiladi.
Undan tashqari tabiiy resurslardan to’g’ridan – to’g’ri foydalanish natijasida
bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto’g’ri foydlanish,
ko’plab qurilishlarni amalga oshirish tufayli bo’lmoqda. Natijada ekosistemalar
muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Madaniy – tarixiy resurslar. Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u
joyning tarixiy – madaniy resurslari potensiali asosiy o`rinni egallaydi. Turistik
xizmatda madaniy – tarixiy resurslardan ko’p maqsadlarda foydalanish mumkin.
Madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarixiy va tasviriy bahosiga,
foydalanish qo’layliliga bog’liq.
Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni
antropogen yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning
ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi.
Turizmga oid Gaaga deklarasiyasida qo’yidagi takliflar bildirilgan:
Turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida madaniy
meros va atrof – muhitni saqlashga, ularga nisbatan hurmatda bo’lishga
o’rgatish, hamda targ’ib qilish;
Joylarda turistlarni qabul qilish darajasini aniqlash, me’yordan ortishiga
yo’l qo’ymaslik lozim deb ta’kidlanadi.
Madaniy – tarixiy resurslarga moddiy va madaniy turli yodgorliklari
majmuasi, ma’lum mintaqaning turistik qiziqish ob’ektlari hisoblanadi.
Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmni rivojlanishiga
turtki bo’ladi. Ammo oxirgi paytlarda turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni
ham keltirib chiqarmoqda.
Bu resurslardan turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish
taklif qilinadi:
mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish ob’ektlari
sifatida qayta tiklash;
tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish;
turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhit saqlash va
yaxshilashda boshqaruv organlari ma’suliyatini oshirish
Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy
ob’ekt
va
yodgorliklar asosiy o’rinda turadi. «Madaniy meros» deyilganda qo’yidagilar
tushiniladi:
- Yodgorliklar: arxitektura binolari, arxiologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy,
madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g’orlar, yozuvlar;
- Ansanbillar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o’zaro bog’langan
binolar guruhi. Masalan, Registon ansambili;
- Mehmondo’stlik joylari: inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik,
etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan, o’ziga jalb qiluvchi o’ziga xos
joylar.
Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritiladigan ob’ektlarning quyidagi
xususiyatlari hisobga olinadi:
- Inson ijodining noyob namunalari;
-Ajoyib madaniy, arxitektura ob’ektlari, hamda madaniy landshaftlarining
alohida ahamiyatga ega hududlari;
- Zamonaviy sivilizatsiyaning noyob namunalari, qurilishlari;
- Inson tarixi bilan bog’liq binolar yoki arxitektura ansambillari, landshaftlari.
Tabiatning noyob ko’rinishlarini butunjahon ro`yxatiga kiritiladigan
xususiyatlari qo’yidagilardan iborat:
- Yer taraqqiyotida geologik-geomorfologik jarayonlar asosida shakllangan
yodgorliklar;
- Turli-tuman o’ziga xos ekosistemalar, landshaftlar;
- Ma’lum mintaqaning o’ziga xos o’simlik va xayvonlari;
- Kamyob biologik turlari.
Ijtimoiy – iqtisodiy resurslar. Turizm – ko’plab iqtisodiyot tarmoqlarini o’z
ichiga olgan, qurilishdan boshlab, transport xizmatigacha bo’lgan faoliyatning
ixtisoslashgan turi hisoblanadi. Shuning uchun turizm sohasidagi band ishchilar
sonini baholashni qiyinlashtiradi. Undan tashqari turizm iqtisodiyotning ko’plab
tarmoqlari, qishloq xo’jaligi korxonalari transport vositalari ishlab chiqaruvchi
zavodlar, mebel ishlab chiqaruvchi korxona va boshqalar bilan o’zaro aloqada
rivojlanadi.
Mehnat resurslari. Turistik mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
insonlarning jismoniy va aqliy mehnati ishlatiladi. Bunda insonlarni sog’ligi va
jismoniy kuchi, ma’lumoti hamda malakasi darajasi asosiy o’rinni egallaydi.
Mehnat resurslarining miqdori, malakasi iqtisodiy omil sifatida katta ahamiyatga
ega.
Turizm jahon xo’jaligining mehnat resurslarining ko’p talab qiluvchi
tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizm sohasidagi band ishchi kuchining o’ziga xos
xususiyati shundaki, 80% mehnat resurslari malakasiz hisoblanadi. Ularning
yarmidan ortig’i ayollarni tashkil qiladi. Undan tashqari turizm industriyasida
yoshlar va chet el ishchi kuchidan keng foydalaniladi. Misol uchun Yevropa ittifoqi
mamlakatlarida har bir uchinchi 16 yoshdan 21 yoshgacha bo’lgan o’smir
turizmning xizmat ko’rsatish sohasidagi ishlaydi.
Butunjahon mehnat tashkiloti turizmda bandlikni 3ta asosiy shakllarga
bo’ladi:
1. Mavsumiy ish, bunda asosan sayyohlik mavsumida turistlar soni bir
necha barobarga oshib ketadi, shunda qo’shimcha ishchi kuchiga talab
oshadi.
2. To’liqsiz ish kuni, bu asosan rivojlangan mamlakatlarning mehmonxona
va restoran xo’jaligidagi band ishchi kuchlari kiradi. Turli
mamlakatlarda
to`liqsiz
ish
kuni
bilan
ishlayotganlar
butun
mehmonxona biznesida band ishchi kuchlarining 12% dan 52% gacha
tashkil etadi.
3. Vaqtinchalik ish bilan bandlik (dam olish kunlari, ko’rgazmalar tashkil
etish)
Sarmoya resurslari. Ishlab chiqarishning birinchi omillari yer va mehnat
bo’lsa, ularni sarmoyalar asosida mehnat kuchi yordamida amlga oshiriladi.
Sarmoya
elementlari tasnifi mutaxasislar tomonidan quyidagicha
belgilangan:
asosiy binolar: otellar, bar, restoran, klub va b.
yordamchi binolar: garaj, isitish sistemasi va b.
inshoot va qurilmalar: yo’llar, turistik poezdlar, sport maydonlari va b.
o’tkazgich qurilmalari: elektroo’tkazgichlar, quvurlar va b.
mashina va jihozlar: transfarmator, kompyuter va b.
transport vositalari: yengil avtomobil, avtobus va b.
Turizm salmog’ining yuqoriligi iqtisodiy tomondan daromadining oshishiga,
yangi ish o’rinlarini yaratilishiga hamda kichik biznesni rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Turistik mamlakatlarda 50 foizdan ortiq mehnatga yaroqli aholi turizm sohasi
bilan to’g’ridan – to’g’ri yoki bilvosita bog’langan. Agarda ularda turistlar kelishi
qaysidir sababga ko’ra kamaysa, ishsizlar soni ortib boradi. Lekin yirik industrial
mamlakatlarda turizm sohasida band aholi 5 foizdan ortmaydi, ammo turizmning
dunyo bo’yicha rivojlanishi tufayli bu mamlakatlarda ham turizm sohasidagi band
mehnat resurslarini salmog’i ortib boradi.
Turizm sohasida miqdor jihatdan tahlil qilishdan tashqari, bandlikning sifat
jihatdan tahlili ham mavjud. Ma’lumki turizmda asosan past malakali ishchilar, ya’ni
xizmatchilar, yuk tashuvchilar, ofisiantlar ishlashadi. Bular bilan yuqori malakali gid
– tarjimon, bosh oshpaz, menejerlar ham ishlashadi. Albatta bu sohani ham yuqori
malakali mutaxasislar bilan ta’minlash kata ahamiyatga ega. Turizmda band
ishchilarning jinsiy tahlili ham ahamiyatga ega bo’lib, mehmonxona xo’jaldigida
ayol ishchilarning ulushi 50 foizdan ortiq.
Turistik axborot resurslari. Sayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik
ko’rishda turistlar ehtiyojidan kelib chiqib, ularga beriladigan ma’lum hudud, ob’ekt
to’g’risidagi ma’lumotlar majmuasi turistik axborot resurslari hisoblanadi.
Mutaxasislar turistik axborot resurslariga turistik marshrutda joylashgan
hamda tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega ob’ektlar bo’yicha ma’lumotlarni kiritishadi.
Undan tashqari turizm ahamiyatiga ega shaharlar, qishloqlar, tabiat manzaralari
ularga bog’liq afsona va qissalar, har xil adabiyotlar, xaritalar, tasviriy albomlar,
rasmlar, audio – video mahsulotlarni ham kiritishadi. Ko’pgina shaharlarda turistik
axborot beruvchi markazlar ishlab turibdi, ular iste’molchilarga barcha
ma’lumotlarni etkazib berishadi.
Umuman olganda hozirgi kunda turistlar uchun informasiya asosiy o’rinni
egallaydi. Chunki turist borayotgan joyi haqida qancha ko’p bilsa, sayohatini
samarali o’tkazadi. Albatta har qanday turist ma’lum vaqt oralig’ida iloji boricha
ko’proq joylarga borishga harakat qiladi. Buning uchun u albatta ma’lumotlarga
yetarli darajada ega bo’lishi kerak.
Axborot beruvchi resurslarga Internet tarmog’i, adabiy va tasviriy nashrlar
hamda xalq etnoslari, afsonalari ham kiradi. Axborot tashuvchilar moddiy ob’ektlar
– inson va ijodlari, nomoddiy ob’ektlar – turli axborot manbalari hisoblanadi. Diniy
turizmda moddiy ob’ektlar bo’lib, monax va dindorlar, ekskursiya olib boruvchilar,
hamda diniy markaz va shaharlarning fotosi, kartasi, sxemalari hisoblanadi.
Naorat savollari:
1.Turistik resurslarning mohiyati nimadan iborat.
2. Turistik resurslar tasnifiga qanday yondoshuvlar mavjud.
3. Turistik resurslarning qanday turlari mavjud.
4. Tabiiy turistik resurslarning xususiyatlarini ayting.
5.Ijtimoiy – madaniy turistik resurslarning xususiyatlarini ayting.