Mintaqalarning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
33,6 KB
Mintaqalarning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash
Reja:
1. Mintaqaviy turizmning alohida ajralib turuvchi asosiy belgilar.
2. Mintaqaviy turizmdan samarali foydalanishda, ularni baholashni ahamiyati.
3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatidan baholash.
4. Mintaqaviy turizmni turizm maqsadida baholashni tashkil etish.
5.1. Mintaqaviy turizmning alohida ajralib turuvchi asosiy belgilar.
Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez
rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali
ishchi – xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi
navbatda turistik resurslarga ega bo’lish lozim.
Turistik resurslarning asosini rekreasiya resurslari tashkil etadi. Rekreasiya
resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va
davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va
foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy
va antropogen rekreasion resurslar.
Tabiiy rekreasion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan
iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari,
tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli
shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport
bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi
yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy
rekreasiya resurslaridir.
Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va
san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish
mumkin bo’lgan ijtimoiy ob’ektlar, antropogen rekreasiya resurslariga kiradi. Undan
tashqari, rekreasion resurslarni qo’yidagi asosiy belgilariga ko’ra ajratish mumkin:
landshaft – iqlimiy xususiyati;
tabiiy resurslar potensial zahirasi;
jozibadorlik va sayyohlik ahamiyati;
qo’laylik va foydalanish imkoniyati;
manzara va ekologik xususiyati;
ijtimoiy – demografik xususiyati.
5.2. Mintaqaviy turizmdan samarali foydalanishda, ularni baholashni
ahamiyati.
Turistik resurslar turli tabiiy, madaniy – tarixiy, hamda ijtimoiy – iqtisodiy
ob’ektlar ko’rinishida bo’lib, turistik xizmatlar ko’rsatishga asos bo’la oladigan
resurslarga aytiladi. Undan tashqari, turistik resurslar turistik mahsulotlar yaratishga
asos bo’ladigan tabiiy hamda, insonlar tomonidan yaratilgan ob’ektlar majmuasidan
iborat.
V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Ekonomika turizma. M.2005,151b.)
turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:
Qo’laylik (jozibadorlik);
Iqlimiy sharoit;
O’rganganlik darajasi;
Sayyohlik ahamiyati;
Manzara va ekologik xususiyatlari;
Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;
Potensial zahirasi;
Foydalanish imkoniyati va boshqalar.
Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida
foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga
bo’lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida
yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs
potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz
foydalanib bo’lmaydi.
Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida
foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil
etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning
miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. SHu sababli turistik resurslarni har jihatdan
o’rganish,
baholash,
umuman
olganda
turizm
faoliyatida
foydalanish
imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini
belgilaydi. SHu sababdan mavjud turistik resurslardan turizm faoliyatida
foydalanishda ularni har jihatdan baholash o’ta muhimdir. Turistik resurslarni
baholash bo’yicha ham turli yondoshuvlar mavjud. Turistik resurslarning iqtisodiy
bahosi bevosita resurs turiga, uning sifatiga, joylashuviga, foydalanish
texnologiyasiga hamda atrof – muhit holatiga bog’liq. Hozirgi kunda turistik
resurslardan to’laligicha foydalanish uchun turistik resurslarni atroflicha tahlil etish
va baholash katta ahamiyatga ega. Bunda ularni baholash asosiy o’rinni egallaydi.
Baholash orqaligina ulardan foydalanish, muhofaza qilish me’yorini o’rnatish
mumkin.
5.3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash
Turistik – rekreasiya resurslarini mutaxasislar asosan miqdor va sifat jihatdan
baholashni taklif etishgan. Miqdor jihatdan baholashda turistik faoliyatda
foydalanish mumkin bo’lgan turistik resurslar hisobi olinadi hamda baholashda
qo’yidagi xislatlar hisobga olinadi:
1. Zahira ko’rsatgichi, ya’ni hududiy rekreasion tizimning qabul qilish
potensiali;
2. Mavjud resurslarni maydon ko’rsatgichi, ulardan rekreasiya
maqsadida foydalanish imkoniyati;
3. Rekreasiya
resurslaridan
mavsum
sifatida
foydalanishning
davomiyligi.
Bu bahoni Samarqand viloyati misolida ko’radigan bo’lsak, birinchi
navbatda viloyatning turistik ob’ektlarini o’rganishimiz lozim. Quyida viloyatning
turistik ob’ektlari 4 - jadval asosida ko’rsatilgan.
jadval - 4
Samarqand viloyatining turistik ob’ektlari1
Tumanlar
Turistik ob’ektlar nomi
Samarqand
shahri
Ulug’bek abservatoriyasi, Xo’ja Doniyor payg’ambar ziyoratgohi,
Ishratxona, Qadimiy Siyob arig’i, Afrosiyob arxeologik muzeyi
va xarobalari, Xazrati Xizir masjidi, SHohi – Zinda majmuasi,
Bibixonim ansambli, Siyob bozori, Registon ansambli, Al-
Motrudiy
maqbarasi, Ruhobod maqbarasi, Amir
Temur
maqbarasi, shahar bosh jom’e masjidi, O’lkashunoslik muzeyi,
Samarqand bosh tarixiy muzeyi,.
Universitet xiyobonidagi qadimiy chinorlar va boshqa daraxtlar,
Alisher Navoiy muzeyi, SamDU arxeologik, zoologik muzeylari,
shahar istirohat bog’lari, shifobaxsh chashma buloqlar, qadimiy
mahallalar.
Samarqand
tumani
Xo’ja Ahrori Vali Ziyoratgohi, Mironqul, Sazag’on, Ohalik Dam
Olish Maskanlari, Ohalik tog’i soyliklaridagi xushmanzara dam
olish maskanlari, milliy an’analar, yog’och o’ymakorligi,
metallga ishlov berish, milliy urf odatlar.
Urgut tumani
CHor chinor, chinorlar va buloqlar, G’ovsul A’zam ziyoratgohi,
Xo’jabtol ota, Miqqilloq tosh, Teshiktosh, Qaynar, SHirvog’ota
ziyoratgoh va dam olish maskanlari, «Toshqo’y» tabiiy haykali,
Bug’jamatosh, Toshkelinchak, Go’rimor tabiiy tosh shakllari,
1 Manba: A.S.Soliev,M.R.Usmonov Turizm geografiyasi. Samarqand-2005.
Lev, Qaynarbuloq, Rohatbuloq buloqlari, Omonqo’ton dam olish
maskanlari, Eski davon yo’llari, taxti Qorachabegim saroyi
xarobolari va b.
Bulung’ur
tumani
Qadimiy Tuyatortar kanali, Fozil Yo’ldosh o’g’li uy muzeyi, xalq
etnografik folklor ansambllari, mahalliy hunarmandchilik va b.
Jomboy tumani Xolvoyi qishlog’idagi qadimiy chinorlar, Zarafshon daryosi va
uning Oqdaryo va Qoradaryoga ajralishi, Zarafshon qo’riqxonasi,
xalq milliy an’analari va urf-odatlari.
Ishtixon tumani Qoradaryo sohillari, shayxlar qo’rg’oni xalq milliy san’ati, milliy
an’analar, urf-odatlar va b.
Kattaqo’rg’on
tumani
Kattaqo’rg’on suv ombori, Andoqiy ziyoratgohi va bulog’i,
«cho’kkan tuya» shaklidagi tabiiy yodgorliklar va milliy
an’analar.
Narpay tumani
Qo’chqorli ota ziyoratgohi, Qo’tirbuloq dam olish maskani,
shifobaxsh bulog’i va avliyo baliqlari, Qo’shtepa ikkita tabiiy tosh
tepalik va milliy an’analar.
Nurobod
tumani
Xazrati Dovud ziyoratgohi va g’ori, Tim qishlog’idagi qadimiy
archalar, Qarnobcho’l ekolandshaftlari, xalq hunarmandchiligi,
jumladan jun yigirish, gilam to’qish, ko’pkari o’yinlari, milliy
kurash, qadimiy sardobalar va b.
Oqdaryo
tumani
Mahdumi A’zam Dahbediy ziyoratgohi, Oqdaryo daryosi sohillari
dam olish maskanlari, Miyonqol oroli ekolandshafti, xalq milliy
an’analari.
Payariq tumani Imom Buxoriy masjid majmuasi va ziyoratgohi, Navro’ztepa,
G’ilmonsoytepa, Oqtepa tabiiy tepaliklari, xalq milliy an’analari
va b.
Pastdarg’om
tumani
Qadimiy Darg’om kanali dam olish maskanlari, milliy an’analar,
milliy kurash, ko’pkari o’yinlari va b.
Paxtachi
tumani
Dobussiya qal’a xarobalari, Zarafshon daryosi sohillari dam olish
maskanlari, qadimiy sardobalar.
Tayloq tumani
Tayloq ota qo’rg’oni ziyoratgohi, jom’e masjidi, istirohat bog’i,
Bandikushon ziyoratgohi va b.
Qo’shrabod
tumani
Tog’ oldi dam olish maskanlari, Qaynar avliyo bulog’i, milliy
an’analar, urf-odatlari, mlliy dostonchilik, baxshichilik, Ergash
Jumanbulbul o’g’li dostonchilik maktabi va b.
Jadvaldan ko’rish mumkinki, qanchalik hudud turistik ob’ektlarga boy
hisoblansa, turistik mahsulotlar turini ko’paytirish imkoniyati yaraladi. Har bir
hudud ma’lum tur turistik resurslarga ega bo’ladi. Qaysidir hudud tarixiy obidalarga
boy hisoblansa, ayrimlari tabiiy turistik ob’ektlarga boy hisoblanadi. Turistik
faoliyatda barcha turistik resurslardan bir zaylda foydalanib bo’lmaydi, chunki
ob’ektlarning joylashishidagi qo’layligi, jozibadorligi turlicha. SHuning uchun
turistik resurslarni sifat jihatdan baholash muhim sanaladi. Sifat jihatdan baholashda
qo’yidagi belgilar e’tiborga olinadi: ta’sirchanligi, ulug’vorligi, joylashuvidagi
qulaylik, atrof-muhit holati, tabiiy rekreasiya resurslarining o’ziga jalb qilish
qobiliyati va boshqalar.
Turistik – rekreasiya resurslarini mamlakat milliy boyligi sifatida baholash
lozim. YUqoridagi jadvaldan foydalanib, Samarqand viloyati tumanlarini turistik
resurslarini sifat jihatdan baholash mumkin. Agarda shartli ravishda besh balli
tizimda baholasak, tabiiy turistik resurslari imkoniyati bo’yicha Samarqand shahri,
Samarqand tumani, Urgut tumani - 5 ballga, Nurobod va Qo’shrabod tumani - 4
ballga, Pastdarg’om, Paxtachi va Tayloq tumanlari – 2 ballga teng. Tarixiy obidalar
va diniy qadamjoli ob’ektlarga ega hududlar imkoniyati bo’yicha, Samarqand shahri
va tumani – 5 ballga, Payariq va Urgut tumani – 4 ballga, Bulung’ur va Qo’shrabod
tumanlari – 1 ballga baholash mumkin. Milliy etnografik va madaniy obidalar
resurslari bo’yicha Samarqand shahri va Kattaqo’rg’on tumanlari – 5 ballga,
Nurobod, Oqdaryo va Urgut tumanlari – 4 ballga, qolgan tumanlarni - 3 ballga
baholash mumkin.
YUqoridagi ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, Samarqand shahri va
tumani, Urgut va Payariq tumanlari turistik resurslarga boy hisoblansa, ayrim
tumanlarning turistik resurs imkoniyati kam. SHu jihatdan tumanlarning turistik
resurslari potensialini uch kategoriya (yuqori, o’rtacha, past) asosida baholash ham
mumkin. Bu yerda, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari yuqori
kategoriyaga, Nurobod, Kattaqo’rg’on, Narpay va Oqdaryo tumanlari o’rtacha
kategoriyaga, qolgan tumanlarni past kategoriyaga kiritish mumkin.
Tabiiy resurslarni baholashni bir qancha turlari mavjud. Bular: texnologik –
rekreasiya faoliyatining u yoki bu turiga resurslarning funksional yaroqliligi,
fiziologik – shinam, qo’laylik darajasiga ko’ra, psixologik – estetik xususiyatiga
ko’ra baholanadi. Bu baholashga misol tariqasida qo’yidagi 2 – jadvalni ko’rsatish
mumkin.
jadval - 5
Tog’ chang’isi uchishni tashkil etish uchun relef bahosi
(Ye.V.Koltovoy, 1998)
Rekureasi
ya bahosi
Trassa
balandli
gi, m
Mehmonxo
na va trassa
orasidagi
masofa, km
Trassa
uzunli
gi, m
O’rtac
ha
aylana,
gradus
Qiyalik
yuzasini
ng
xususiya
ti
Kuchki
xavfi
Qo’lay
sharoit
1000-
2500
1
1000
12-18
Toshli
hududnin
g yuzasi
tekis
hamda
mustahka
m
Ayrim
kuchli qor
yog’ishid
an keyin
bo’lishi
mumkin
Qisman
qo’lay
1000;250
0-3000
1-5
200-
1000
18-20;
10-12
Toshli
hududnin
g yuzasi
qisman
tekis,
lekin
qo’shimc
ha
Kuchli
qor
yog’ishid
an keyin
bo’lishi
mumkin
ravishda
hamda
mustahka
m
Qo’lay
emas
3000-
4000
5-30
50-200
5-10;
20-25
Tez-tez
bo’lib
turadi
Umuman olganda, mintaqalarni turistik resurslarini baholash orqali, bu
mintaqalarda turizm industriyasini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlarini
belgilash mumkin. SHunday ekan, turistik resurslardan samarali foydalanish
imkoniyatlarini tahlil etish katta ahamiyat kasb etadi.
5.4. Turistik resurslarni miqdor jihatdan baholashni tushuntiring.
Ekoturizmning rivoji natijasida uning uch asosiy xususiyati paydo bo’lib, ular
mahalliy aholining ma’naviy kayfiyatiga, iqtisodiy ahvoliga to’g’ridan-to’g’ri yoki
boshqa jihatdan o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bo’larga quyidagilar kiradi:
1. Ijtimoiy xususiyati
2. Iqtisodiy xususiyati
3. Ekologik xususiyati
Ijtimoiy jihatdan olib qarasak, ekoturizmning ijobiy tomoni shundaki, u
mahalliy aholiga o’zining yurti tabaitini muhofaza qilgani uchun unga iqtisodiy
samara beradi, ularni muhofaza etilayotgan hududlarida hamkorlikda ish olib
borishga imkoniyat beradi. Ko’pincha muhofaza etiladigan hududlarni asosiy
muammolari mahalliy aholining muhofaza etiladigan tabiat hududlari bilan o’zlari
yashaydigan joy
lardan foydalanish uchun kurashi natijasida kelib chiqadi.
Ekoturizm qishloq aholisi uchun, ularning iqtisodiy manfaati uchun kurashda,
tabiatning nodir burchaklarini saqlab qolgan taqdirda, undan maxsus foydalanish
yo’li bilan iqtisodiy foyda olish yo’lini ko’rsatadi. Lekin, mahalliy aholi o’rtasida
ularning olayotgan iqtisodiy foydasi o’sha yerning tabaiatini saqlanishi bilan
chambarchas bog’liqligini chuqur tushuntirish ishlari olib borish yo’li bilan isbotlash
kerak. YAngi ochilayotgan qo’riqxonalar xududida hamisha ma’lum miqdorda shu
yerda yashab turgan aholi qoladi. Masalan, Kitob geologik qo’riqxonasi hududida
ayrim qishloqlar qolib ketgan. Qishloqlarning ko’p sonli aholisi azaldan qo’riqxona
maydonida dehqonchilik yoki mol boqish bilan shug’ullangan. Qo’riqxona chegarasi
aniqlangan vaqtda charvachilik bilan shug’ullanayotgan aholiga ikki shart qo’yiladi,
birinchidan qo’riqxona maydonidan tashqariga chiqib yangi turar joyga ko’chish,
ikkinchidan, ularni shu vaqtga qadar shug’ullanib kelgan dehqonchilik yoki
charvachilik ishlarini qat’iy taqiqlash. CHunki qo’riqxona talabiga asosan,
qo’riqxonalar va ularning muhofaza mintaqalarida ularga aloqasi bo’lmagan har
qanday xo’jalik ishlari olib borish taqiqlanadi. Qo’riqxona maydonida ekoturistik
marshrutlar tashkil etish yoki turistlar talabi asosida, turistik iste’molni qondirish,
tabiatni o’rganish, tabiat ekosistemalarini muhofaza etishda o’z hissasini qo’shish
yo’li bilan, mahalliy aholining qiziqishini himoya qilgan holda, alohida muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarda turizm ishlarini olib borish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Ekoturizmning rivoji natijasida O’zbekistonning janubiy – g’arbiy hududida
tabiatni muhofaza etish ishlari rivojlanadi, qo’riqxona hududida joylashgan qishloq
aholisi ish bilan ta’minlanib, sifatli turistik faoliyat atrof muhitga zarar yetkazmagan
holda olib boriladi, turistik bozor tarkib topadi va qishloq joylarida yangi ish joylari
tashkil etiladi.
Turizm xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojiga ijobiy ta’sir etadi, turistik
infrastruktura shakllanishi va rivojini tezlashtiradi, ishlab chiqarish kuchlarini bir
tekis joylashishiga va xizmat ko’rsatish tarmoqlari faqatgina aholi zich joylashgan
yuqori rivojlangan hududlardagina emas, iqtisodiy zaif rivojlangan hududlarga ham
ta’sir etadi.
Iqtisodiy jihatdan, turizmning iqtisodiy rivojlangan davlatlarda amaliy
ahamiyati ko’pchilikka tanish. Turistik faoliyat natijasida kelayotgan iqtisodiy
foyda, ko’p sabablar natijasida paydo bo’ladi va yuqori miqdorlarga yetishi mumkin.
Turistik resurslardan tashqari, bu yerda katta rolni turizm infrastrukturasi, reklama,
xizmat ko’rsatish, kelayotganlar soni, turistlarning iqtisodiy darajasi, soliqlar va
boshqalar egallaydi.
Qo’riqxonalar va milliy bog’lar rekreasion funksiyasini ekologik baholash
ma’lum murakkablikka ega. U qo’riqxona yoki milliy bog’ga kelayotgan
turistlarning xizmat ko’rsatishdagi ekologik samaradorligi bilangina emas, balki
kelayotgan foyda bilan ham o’lchanadi. Masalan, «Azchek» va «Teberda» turistik