Mintaqaviy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik–iqtisodiy xususiyatlari
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
32,4 KB
Mintaqaviy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik–iqtisodiy
xususiyatlari
Reja:
1. Rekreatsiya resurslari tushunchasi. Tabiiy, antropogen rekreatsiya resurslari.
Ekologik sig‘im.
2. Rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish.
3. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari. Rekreatsiya
infratuzilmasi.
4. Noyob tabiat yodgorliklari. Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va
muhofaza etish.
9.1
Rekreatsiya resurslari tushunchasi. Tabiiy, antropogen rekreatsiya
resurslari. Ekologik sig‘im.
Rekreatsiya deb, insonlar sog’ligini va mehnatga qobiliyatini dam olish
obyektlarida qayta tiklashi, sayyohlik yo’li bilan tabiatning turli maskanlariga
borishi, arxitektura va tarixiy yodgorliklarni borib ko’rishiga aytiladi. Rekreatsiya
sohalari bir qancha bo’lib, ularga kurort – sanatoriya va boshqa salomatlik
obyektlarida sog’likni tiklash, sayyohlik yo’li bilan tabiatning go’zal go’shalariga
(daryo, ko’l, o’rmon, tog’, g’orlar, sharshara va b.) borish, sport bilan shug’ullanish,
hamda noyob tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan tanishishlari kiradi.
Rekreatsiya va davolash sog’lomlashtirish zonalarida ularning resurslaridan oqilona
foydalanish va atrof-muhit muxofazasi katta ahamiyatga ega. Rekreatsiya zonalariga
aholining tashkil etilgan va ommaviy dam olishi va turizmga mo’ljallangan yer va
suv muhitining tabiiy yoki madaniy hududlari kiradi. Shunday zonalar tarkibiga
shaharning ayrim hududlari, shahar atrofi va yashil zonalar, o’rmonlar, parklar,
milliy, tabiiy parklar (bog’lar), botanika, zoologiya bog’lari, dendrologik parklar,
turistik marshrutlar, dam olish uylari va bazalari hududlari, qo’riqxona va
buyutmalarning aholi borib ko’rishi uchun ajratilgan ma’lum joylari kiradi.
Rekreatsiyaga mo’ljallangan yerlar tabiat muhofazasi yerlarining alohida turi bo’lib,
ularga tabiat muhofazasi, sog’lomlashtirish, tarixiy - madaniy maqsadlarga
mo’ljallangan yerlar ajratiladi. O’rmonlar ham rekreasiya uchun katta ahamiyatga
ega. Davolash-sog’lomlashtirish zonalariga fuqoralarni davolash va salomatligini
tiklashga mo’ljallangan yer va suv muhitlari hududlari, ularga kurort va sanatoriya
zonalari kiradi.
Rekreatsiya faoliyati bevosita rekreatsiya resurslari asosida shakllanadi.
Rekreasiya resurslari tabiiy va madaniy, iqtisodiy, tarixiy resurslarning bir
qismlaridan iborat bo’lib, kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra
rekreasiya resurslari ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasiya
resurslari.
Tabiiy rekreasiya resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat,
go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’
etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh
maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan
shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi
yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy
rekreasiya resurslaridir. Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy,
arxeologik va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida
foydalish mumkin bo’lgan ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreasiya resurslariga
kiradi.
Rekreasiya faoliyati dunyoning ko’p mamlakatlarida daromat manbaiga
aylangan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi. Mmlakatimiz ham rekreasiya resurslariga
boy hisoblanib, nafaqat dam olish, sayyohlik, sog’likni tiklash, shuningdek chet el
sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega.
9.2
Rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish.
Aholining salomatligi va atrof-muhit sifati o’rtasida bevosita va bilvosita
aloqalar mavjud. Masalan, Jahon sog’liqni saqlash tashilotining ma’lumotlariga
ko’ra, aholi salomatligi 40-50% ularning iqtisodiy ta’minoti va yashash tarzi, 18-20
% atrof muhitning holatiga, 20-30% tibbiiy xizmat darajasiga bog’liq bo’ladi.
Xavoning ifloslanishi aholi salomatligining 43-45 % yomonlashuviga sabab bo’ladi.
Zamonaviy gigiyena fani atrof-muhitning ifloslanishi aholi kasallanishining o’rtacha
darajasi 20% ga oshishini aniqlagan. Bunday vaziyatda rekreasiya faoliyati ijtimoiy
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning muhim tarmog’iga aylangan bo’lib, u
aholining ishdan bo’sh vaqtidan foydalanishni yaxshilashga va dam olishini tashkil
etishga xizmat qiladi. Rekreasiya inson tamonidan yuqori baholanadigan va ijtimoiy
natija beradigan keng yo’nalishni qamrab oladi. Unda dam olish va
sog’lomlashtirish, bilish va ijod, odamlar va tabiat bilan tanishish, ta’lim va tarbiyani
takomillashtirish va boshqalar birgalikda o’z ifodasini topadi. Bunday ehtiyojlarni
qondirish, sog’lomlashtirish, umrni o’zaytirish, insonning jismoniy va ma’naviy
darajasini oshirish, shaxsni barkomallashtirish, bilim va malakalarni oshirish va
boshqa qator ijtimoiy natijalarga erishishga imkon beradi. Tabiiy omillarga
asoslangan rekreasiya faoliyati (turizm )shahar va qishloq aholisi orasida keng
tarqalgan kasalliklarning ommaviy profilaktik vositasi hisoblanadi. U faqatgina ish
qobiliyatini tiklashni va mehnat unumdorligini oshirishnigina ta’minlab qolmay,
balki 20-50 % ga yurak-tomir, asab, nafas olish, oshqozon, suyak kasalliklari
patologiyasi paydo bo’lishining oldini olishni ta’minlaydi.
O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish
va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun
tog’li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent
viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga
ega. Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog’li
mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog’likni tiklash manbasi hisoblangan
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari
kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq
qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va boshqa
sog’lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo,
Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib tushuvchi tog’
soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish
oromgohlarini tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi,
ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta’minlanib, iqtisodiy daromat oshadi.
9.3 Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari.
Rekreatsiya infratuzilmasi.
Demak, tabiat qo’ynilarida dam olish va sog’lomlashtirish muassasalarini
qurishning ahamiyati yuqori ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni
dam olishning ham o’ziga yarasha mezonlari mavjudki, ularni tuliq hisobga olish
rekreatsiya resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Bu mezonlarga mavjud
resurslardan rekreatsiya faoliyatida foydalanishning ekologik xususiyatlari kiradi.
Rekreatsiya faoliyati (dam olish, sog’lomlashtirish) ma’lum hududda amalga
oshiriladi. Mazkur hudud hordiq chiqarishga kelganlarni ekologik nuqtai nazardan
sig’dira oladimi yoki yo’q, bu ekologik sig’im mezoni bilan aniqlanadi. Ekologik
sig’im bu, dam oluvchilar mitqdori mazkur ekologik maydonga to’g’ri kelishini
ko’rsatuvchi o’rtacha me’yor hisoblanadi. Bu borada ma’lum andoza va me’yoriy
ko’rsatgichlar ishlab chiqilgan. Bunga quyidagi jadvalni misol keltirish mumkin.
Jadval 8.
Suv havzalarida cho’milishni tashkil etishda me’yoriy ko’rsatgichlar1
Suv havzasi turi
Cho’miluvchilar
soni
Me’yoriy
ko’rsatgich, m2
Dengiz plyaji
1
5
ichki suv havzasi
1
8
1 Manba: A.A.Rafiqov va boshqalar. Ekologiya. T:.2004
jumladan, bolalarga
1
4
daryolar
1
5-10
oqmas suv havzalari
1
10-15
Jadvaldan ko’rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan
cho’miluvchilar soni oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag’rlari, qirlar,
adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam olish hududiga nisbatan dam
oluvchilar soni ancha ortiq bo’ladi. Bu jarayonda turli giyohli, manzarali
o’simliklarga ziyon yetkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi,
natijada ekologik muvozanat buziladi.
Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning foydali
ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan
bog’liqdir.
Rekreatsiya sohasini rivojlantirish va joylashtirish, uning samaradorligini
oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida ahamiyat
beriladi:
- tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining
optimal strukturasini shakllantirish;
- tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa
sohalarda tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;
- tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan rasional foydalanish,
ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini baholash;
- tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.
Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va
ta’riflanadi:
1. Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining kutilayotgan va erishish
mumkin bo’lgan natijalari.
2. Rekreatsiya faoliyatining konkret mintaqaviy va ijtimoiy- demografik
xususiyatlarini eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli ijtimoiy
standartlar.
3. Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish mumkin
bo’lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo’llari.
4. Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan resurslar
xarajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo’shib).
5. Hisob-kitob sharoitlarida qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilishi
mumkin bo’lgan (resurslar bo’yicha cheklovlar ) resurslar va ayniqsa ko’rib
chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari.
Ko’rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy-
matematik modellarni shakllantirish uchun yetarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar
natijalarini qo’yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo’lgan resurslar bilan talab
qilinadigan resurslar xarajatiga taqqoslashga imkon beradi. Bular yo’l qo’yish
mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo’l qo’yish mumkinligi
nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki
xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish
faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini xo’jalik tadbirlari
natijalarining ayrim tomonlarini ifodalaydigan natural-moddiy, sifat va qiymat
tavsiflarining o’zaro bog’liq ko’rsatkichlari tizimida aks ettiriladi.
Natural ko’rsatkichlarda qo’yidagilar ifodalanadi:
- rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish mo’ljallanayotgan
tadbirlarning aholini qamrab olishi (hisoblangan kontingent odamlar)- xizmat
ko’rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat ko’rsatiladigan aholi
soni, xizmat ko’rsatish va sifati (kategoriyasi)bo’yicha alohida hisoblar;
- marshrut, dam olish dasturi, hududlar yoki barpo etiladigan obyektlarning
quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);
- ijtimoiy natijalarga imkon beradigan rekreasiya faoliyatiga aholi sarflaydigan
vaqt;
- aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan bog’liq
bo’lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish).
Nisbiy ko’rsatkichlarda xizmat ko’rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va
obyektlarning xossalari (funksionalligi qulayligi bilan birga, shinamligi, nafosati,
tashqi ko’rinishining o’ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg’unligini ham qo’shib)
ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi).
Qiymat ko’rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:
- belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizasiya qilishning yillik
hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda;
- sog’liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog’liq
bo’lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi;
- mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikasiyaning oshishi bilan
bog’liq bo’lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga
xarajatlarning kamayishi;
- aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi.
Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari, mavjud
resurslar asosida dam olish, sog’lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish
bilan bog’liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi.
Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.)
transport kommunikasiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko’rsatish
tarmoqlari (sport maydoni, suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon
tarmog’i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreasiya infratuzilmasi qanchalik
takomillashgan bo’lsa, dam oluvchi va sog’ligini tiklovchilar uchun qulay sharoitga
ega ekanligini bildiradi, hamda bu yerga keluvchilar sonini oshishiga olib keladi. Bu
esa o’z navbatida iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
Ikkinchi jihatdan, dam olish maskanlarining malakali mutaxasislar bilan
ta’minlanishi katta samara beradi. Mamlakatimiz rekreasiya resurslariga boy
bo’lsada, ulardan talab darajasida foydalana olmayapmiz. Bu esa, qanchadan –
qancha iqtisodiy daromatdan qolayotganimizni bildiradi. Shuning uchun ayni vaqtda
quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
- Hududiy rekreasion tizimning qabul qilish potensiali aniqlash;
- mintaqalar bo’yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy
sharoit, mineral suv va boshqa rekreasiya resurslaridan kelib chiqib
joylashtirish;
- ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini, hamda
suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;