Mintaqaviy turizm asosida ekskursiya xizmatlarini tashkil etish.

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

28,8 KB


 
 
 
 
 
 
Mintaqaviy turizm asosida ekskursiya xizmatlarini tashkil etish. 
 
 
Reja: 
1. 
Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va ahmiyati.  
2. 
Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va roli.  
3. 
Mintaqalarga ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari. 
 
1.Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va 
ahmiyati. 
“Ekskursiya” so‘zi yunoncha “excursio” so‘zidan olingan bo‘lib “sayohatga 
chiqish, sayr qilish” degan ma’noni anglatadi. 
Ekskursiya ma’nosini tahlil qilishda ekskursiya jarayonining ob’ektiv 
talablardan iboratligini e’tiborga olish kerak. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol 
jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, 
ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va sh.k.) bilan asoslanadi. Ekskursiya jarayoni 
va uning oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin: 
 
 
 
 
 
 
23.1-rasm. Ekskursiya jarayoning sxemasi va ekskursiya vazifalari 
 
Ekskursiya jarayonida gid-kuzatuvchi ekskursantlarga mavzuni yoritishda 
yordam beradi, ya’ni, ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida 
zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his 
Ko‘rmoq 
Eshitmoq 
His qilmoq 
Ko‘nikmaga ega bo‘lmoq 
Gid-kuzatuvchi 
экскурсантлар
Mintaqaviy turizm asosida ekskursiya xizmatlarini tashkil etish. Reja: 1. Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va ahmiyati. 2. Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va roli. 3. Mintaqalarga ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari. 1.Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va ahmiyati. “Ekskursiya” so‘zi yunoncha “excursio” so‘zidan olingan bo‘lib “sayohatga chiqish, sayr qilish” degan ma’noni anglatadi. Ekskursiya ma’nosini tahlil qilishda ekskursiya jarayonining ob’ektiv talablardan iboratligini e’tiborga olish kerak. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va sh.k.) bilan asoslanadi. Ekskursiya jarayoni va uning oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin: 23.1-rasm. Ekskursiya jarayoning sxemasi va ekskursiya vazifalari Ekskursiya jarayonida gid-kuzatuvchi ekskursantlarga mavzuni yoritishda yordam beradi, ya’ni, ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his Ko‘rmoq Eshitmoq His qilmoq Ko‘nikmaga ega bo‘lmoq Gid-kuzatuvchi экскурсантлар
 
 
etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lishlariga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘ngi vazifasini 
hal etishda ob’ektlarni ko‘ra olish qobiliyatini shakllantirish katta o‘rin egallaydi. 
Ko‘ra olish qobiliyati estetik qabul sifatida arxitektura massalari, ranglari, jismlar 
guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ular kompleksini yorug‘lik, havo, har xil 
ko‘rish burchagi sharoitida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ekskursiyada 
ob’ektning tarixiy mohiyatini ko‘rish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, 
ekskursiya ob’ektida tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish kerak; ikkinchidan, 
ekskursiya ob’ektida har xil zamonlar qoldirgan izlarni aniqlay olish kerak; 
uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklardan tarixiy faktlarni topa 
olish kerak, bu esa doimo boy bilim va ko‘nikmani talab etadi. Ekskursiya 
materiallari va gid-kuzatuvchining ularni bayon qilishdagi kasbiy malakasi 
ekskursantlarning kerakli xulosalarga kelishlari imkonini beradi. Ekskursantlarga 
ushbu ko‘nikmani ekskursiyada hikoya va ko‘rsatish jarayonida gid-kuzatuvchi 
shakllantiradi. Bu yerda gid-kuzatuvchining yordamchisi sifatida mualliflar 
qatnashishi mumkin. Bu haqida taniqli pedagog, tanqidchi A.V.Bakushinskiy 
shunday degan: “Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning 
uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholashni 
uyg‘otishi kerak”. 
Ekskursiya vazifalaridan biri – ekskursantlarda uning mavzusi, tarixiy shaxslar 
faoliyati, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya materialiga bo‘lgan munosabatni 
shakllantirish va unga o‘z bahosini berishdir. Baho berish - bu biror kim yoki narsa 
haqida tasavvur shakllantirishdir, uning mohiyati, harakteri, rolini aniqlash, 
kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir. 
Ekskursiyani baholash – gid-kuzatuvchi yordamida ekskursantlarning yakuniy 
xulosaga kelishidir. 
Ekskursiyaga munosabat- ekskursiya mavzusi bag‘ishlangan tarixiy davrga 
nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etish, yozuvchi 
yoki rassomning asarini yaratishda aniq holatini tushunishi va sh.k. 
Ekskursiya bu diqqatga sazovor joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni 
ko‘rsatish, tomosha qilishning uslubiy jihatdan tashkillashtirilishidir. Bu jarayon
etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlariga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘ngi vazifasini hal etishda ob’ektlarni ko‘ra olish qobiliyatini shakllantirish katta o‘rin egallaydi. Ko‘ra olish qobiliyati estetik qabul sifatida arxitektura massalari, ranglari, jismlar guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ular kompleksini yorug‘lik, havo, har xil ko‘rish burchagi sharoitida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ekskursiyada ob’ektning tarixiy mohiyatini ko‘rish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektida tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish kerak; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida har xil zamonlar qoldirgan izlarni aniqlay olish kerak; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklardan tarixiy faktlarni topa olish kerak, bu esa doimo boy bilim va ko‘nikmani talab etadi. Ekskursiya materiallari va gid-kuzatuvchining ularni bayon qilishdagi kasbiy malakasi ekskursantlarning kerakli xulosalarga kelishlari imkonini beradi. Ekskursantlarga ushbu ko‘nikmani ekskursiyada hikoya va ko‘rsatish jarayonida gid-kuzatuvchi shakllantiradi. Bu yerda gid-kuzatuvchining yordamchisi sifatida mualliflar qatnashishi mumkin. Bu haqida taniqli pedagog, tanqidchi A.V.Bakushinskiy shunday degan: “Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholashni uyg‘otishi kerak”. Ekskursiya vazifalaridan biri – ekskursantlarda uning mavzusi, tarixiy shaxslar faoliyati, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya materialiga bo‘lgan munosabatni shakllantirish va unga o‘z bahosini berishdir. Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvur shakllantirishdir, uning mohiyati, harakteri, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir. Ekskursiyani baholash – gid-kuzatuvchi yordamida ekskursantlarning yakuniy xulosaga kelishidir. Ekskursiyaga munosabat- ekskursiya mavzusi bag‘ishlangan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etish, yozuvchi yoki rassomning asarini yaratishda aniq holatini tushunishi va sh.k. Ekskursiya bu diqqatga sazovor joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni ko‘rsatish, tomosha qilishning uslubiy jihatdan tashkillashtirilishidir. Bu jarayon
 
 
negizida ekskursantlar ko‘z oldida turgan ob’ektlarni tahlil qilish va ular bilan 
bog‘liq voqealarni gid-kuzatuvchi tomonidan hikoya qilishi yotadi. 
Pedagogik lug‘at va uslubiy qo‘llanmalarda ekskursiya o‘quv-tarbiyaviy 
ishlarning ko‘rgazmali ta’lim shakli sifatida ko‘riladi. Bu yerda ekskursiyaning bir 
tomonlama mohiyati ta’kidlab o‘tiladi, ya’ni unda atrof-muhitdagi, muzeydagi 
predmetlarni kuzatish orqali uni o‘rganish jarayoni tushuniladi. 
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya aniq mualliflarning asari 
sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘y sunadi. 
O‘zining vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra ko‘rgazmali ekskursiya yo‘l-
yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor 
suhbatlaridan ko‘ra murakkabroqdir. Mavzuli ekskursiya shahar ko‘rgazmali 
ekskursiyasidan o‘z tarkibi, mazmuni, uslubiy jihatdan murakkabligi bilan 
farqlanadi. 
Ekskursiyaning rivojlanish tarixi uning mazmuni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. 
Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlash maqsadidagi sayr bo‘lgan 
bo‘lsa, keyinchalik unga ilmiy maqsadlar, masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga 
eksponatlar izlash kabi maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini 
izlash jarayoni ekskursiya oldida umumta’limiy maqsadlarni qo‘ydi. Tarbiyaviy 
ishlarni yaxshilash, uni samaraliroq qilish harakatlari ekskursiyani madaniy-ta’limiy 
ishlarning biriga aylantirdi. 
Hozirda ekskursiya o‘ziga xos individual uslub sifatida tugallangan, maqsadli, 
o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, 
materiallarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-
tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi. 
Ekskursiyaning vazifasi va o‘tkazish shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan: 
1.1-jadval 
Ekskursiyaning maqsadi, vazifasi va o‘tkazish shakllari 
 
№ Maqsadi  
Vazifalari  
O‘tkazish shakllari
negizida ekskursantlar ko‘z oldida turgan ob’ektlarni tahlil qilish va ular bilan bog‘liq voqealarni gid-kuzatuvchi tomonidan hikoya qilishi yotadi. Pedagogik lug‘at va uslubiy qo‘llanmalarda ekskursiya o‘quv-tarbiyaviy ishlarning ko‘rgazmali ta’lim shakli sifatida ko‘riladi. Bu yerda ekskursiyaning bir tomonlama mohiyati ta’kidlab o‘tiladi, ya’ni unda atrof-muhitdagi, muzeydagi predmetlarni kuzatish orqali uni o‘rganish jarayoni tushuniladi. Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya aniq mualliflarning asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘y sunadi. O‘zining vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra ko‘rgazmali ekskursiya yo‘l- yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroqdir. Mavzuli ekskursiya shahar ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘z tarkibi, mazmuni, uslubiy jihatdan murakkabligi bilan farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish tarixi uning mazmuni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlash maqsadidagi sayr bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik unga ilmiy maqsadlar, masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga eksponatlar izlash kabi maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini izlash jarayoni ekskursiya oldida umumta’limiy maqsadlarni qo‘ydi. Tarbiyaviy ishlarni yaxshilash, uni samaraliroq qilish harakatlari ekskursiyani madaniy-ta’limiy ishlarning biriga aylantirdi. Hozirda ekskursiya o‘ziga xos individual uslub sifatida tugallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, materiallarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy- tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi. Ekskursiyaning vazifasi va o‘tkazish shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan: 1.1-jadval Ekskursiyaning maqsadi, vazifasi va o‘tkazish shakllari № Maqsadi Vazifalari O‘tkazish shakllari
 
 
1 Dam olish 
Dorivor 
o‘simliklar, 
mevalar, 
qo‘ziqorinlarni 
izlash 
Sayr  
2 O‘quv  
O‘quv fanini o‘quvchilar 
tomonidan 
o‘rganishi 
(botanika, geografiya, tarix) 
Sinfdan tashqari dars 
3 Ilmiy  
O‘lkashunoslik 
muzeyi 
uchun eksponatlar izlash 
Ekspeditsiya  
4 Umumta’limiy  
Umumiy, 
madaniy 
dunyoqarashni kengaytirish 
Turistik 
poxodlarda 
suhbat, 
transport 
sayohatida yo‘l-yo‘lakay 
ekskursiya axboroti berish 
5 Madaniy-ta’limiy 
Tarix, 
me’morchilik, 
adabiyot 
va 
boshqa 
sohalardan 
bilimlarini 
oshirish 
Ko‘rgazmali, 
ko‘prejali 
ekskursiya 
6 Madaniy-tarbiyaviy 
Tarbiya bilan uyg‘unlikda 
bilimlarni olish 
Mavzuli ekskursiya 
 
Demak, ekskursiya insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali 
jarayoni bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda yoki korxona binolari, labaratoriyalar, ilmiy-
tadqiqot institutlari va shu kabilarda joylashgan ob’ektlar avvaldan saralab olingan 
bo‘ladi. 
Ob’ektlarni 
ko‘rsatish 
jarayoni 
malakali 
mutaxassis 
gid-kuzatuvchi-
kuzatuvchilar rahbarligid-kuzatuvchia amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, 
qabul qilish jarayoni aniq mavzuning vazifalariga kiritilgan. Gid-kuzatuvchi 
auditoriyaga ob’ektning ko‘rinishi, tarixiy joyning bahosi, ob’ekt bilan bog‘liq 
tarixiy voqeani tushunib yetishlarini ta’minlaydi. Ekskursant nimani ko‘rishi, 
tushunishi, his etishi u uchun muhimdir. Gid-kuzatuvchi o‘zining izohlari bilan 
ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishlari va baho berishlarini ta’minlaydi, shu bilan 
tadbirning zaruriy samaradorligiga erishiladi.
1 Dam olish Dorivor o‘simliklar, mevalar, qo‘ziqorinlarni izlash Sayr 2 O‘quv O‘quv fanini o‘quvchilar tomonidan o‘rganishi (botanika, geografiya, tarix) Sinfdan tashqari dars 3 Ilmiy O‘lkashunoslik muzeyi uchun eksponatlar izlash Ekspeditsiya 4 Umumta’limiy Umumiy, madaniy dunyoqarashni kengaytirish Turistik poxodlarda suhbat, transport sayohatida yo‘l-yo‘lakay ekskursiya axboroti berish 5 Madaniy-ta’limiy Tarix, me’morchilik, adabiyot va boshqa sohalardan bilimlarini oshirish Ko‘rgazmali, ko‘prejali ekskursiya 6 Madaniy-tarbiyaviy Tarbiya bilan uyg‘unlikda bilimlarni olish Mavzuli ekskursiya Demak, ekskursiya insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayoni bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda yoki korxona binolari, labaratoriyalar, ilmiy- tadqiqot institutlari va shu kabilarda joylashgan ob’ektlar avvaldan saralab olingan bo‘ladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis gid-kuzatuvchi- kuzatuvchilar rahbarligid-kuzatuvchia amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuning vazifalariga kiritilgan. Gid-kuzatuvchi auditoriyaga ob’ektning ko‘rinishi, tarixiy joyning bahosi, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib yetishlarini ta’minlaydi. Ekskursant nimani ko‘rishi, tushunishi, his etishi u uchun muhimdir. Gid-kuzatuvchi o‘zining izohlari bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishlari va baho berishlarini ta’minlaydi, shu bilan tadbirning zaruriy samaradorligiga erishiladi.
 
 
Qisqacha qilib ekskursiyaning mazmunini quyidagicha aniqlash mumkin: 
ekskursiya – bu maxsus shakllarda insonlar guruhiga beriladigan bilimlar majmui 
bo‘lib, ushbu bilimlarni uzatishdagi maxsus harakatlar tizimidir. 
 
2. Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi 
o‘rni va roli. 
 
Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishda ekskursiya 
xizmatlari jarayonidagi tashkiliy masalalarni yoritish va turfirmalarning ekskursiya 
xizmatlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarni berishdir. 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 
 Ekskursiya rahbari gid-kuzatuvchiga qo‘yilgan talablarni o‘rganish; 
 Gid-kuzatuvchi ishini tashkil etish va boshqarishni o‘rganish; 
 Ekskursiyani tayyorlash texnologiyasini o‘rganish; 
 Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish; 
 Ekskursiya marshrutlarini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazishni 
o‘rganish; 
 Ekskursiyani o‘tkazishni tashkil etish jarayonini o‘rganish; 
 O‘zbekistonning tarixiy - arxitektura yodgorliklarini ekskursiya 
ob’ektlarini misolida ko‘rib chiqish; 
 O‘zbekistonning ekologik-rekreatsiya resurslari ekskursiyani ob’ektlari 
misolida ko‘rib chiqish; 
 Ekskursiya jarayonida turistlar xavfsizligini ta’minlashni o‘rganish; 
 Ekskursiyada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganish; 
 Turizmning maxsus turlariga ekskursiyalar tashkil etishni o‘rganish;. 
 
Ekskursiya insonlarda siyosiy, falsafiy, ilmiy, badiiy va boshqa qarashlar, 
g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishiga yordam beradi. Targ‘ibot funksiyasini 
bajarishda ekskursiya aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Ekskursiya negizida 
targ‘ibot, ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, daromadliylik va ishonarlilik 
tamoyillari turadi. Bu tamoyillar targ‘ibot mohiyatini, undagi asosiy maqsadni
Qisqacha qilib ekskursiyaning mazmunini quyidagicha aniqlash mumkin: ekskursiya – bu maxsus shakllarda insonlar guruhiga beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, ushbu bilimlarni uzatishdagi maxsus harakatlar tizimidir. 2. Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va roli. Ekskursiya xizmatlarining mintaqaviy turizmni rivojlantirishda ekskursiya xizmatlari jarayonidagi tashkiliy masalalarni yoritish va turfirmalarning ekskursiya xizmatlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarni berishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan:  Ekskursiya rahbari gid-kuzatuvchiga qo‘yilgan talablarni o‘rganish;  Gid-kuzatuvchi ishini tashkil etish va boshqarishni o‘rganish;  Ekskursiyani tayyorlash texnologiyasini o‘rganish;  Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;  Ekskursiya marshrutlarini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazishni o‘rganish;  Ekskursiyani o‘tkazishni tashkil etish jarayonini o‘rganish;  O‘zbekistonning tarixiy - arxitektura yodgorliklarini ekskursiya ob’ektlarini misolida ko‘rib chiqish;  O‘zbekistonning ekologik-rekreatsiya resurslari ekskursiyani ob’ektlari misolida ko‘rib chiqish;  Ekskursiya jarayonida turistlar xavfsizligini ta’minlashni o‘rganish;  Ekskursiyada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganish;  Turizmning maxsus turlariga ekskursiyalar tashkil etishni o‘rganish;. Ekskursiya insonlarda siyosiy, falsafiy, ilmiy, badiiy va boshqa qarashlar, g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishiga yordam beradi. Targ‘ibot funksiyasini bajarishda ekskursiya aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Ekskursiya negizida targ‘ibot, ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, daromadliylik va ishonarlilik tamoyillari turadi. Bu tamoyillar targ‘ibot mohiyatini, undagi asosiy maqsadni
 
 
ajratishga imkon beradi va ularni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir.  
 
3.Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy 
yo‘nalishlari. 
Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari 
deb, 
predmetlar, 
hodisalar, 
tushunchalarni 
klasslar, 
bo‘limlar, 
umumiy 
xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga taqsimlashdir.  
Ekskursiyalarni tasniflash masalasi har doim ekskursionist olimlar va 
ekskursiya sohasi xodimlarining diqqat markazida bo‘lgan. Bu muammoni 
yechishda 20 yillarning oxirida harakat qilishdi. Ekskursionist olim V.A.Gerd 
ekskursiyani tasniflashning o‘z variantini quyidagicha ta’kidlagan, ya’ni 
ekskursiyalarni guruhlar va guruh ostilarga uni o‘tkazish tavsifini belgilovchi asosiy 
xususiyatlarini ko‘rsatishning asosiy maqsadi ekskursiya rahbarlariga uni ishlab 
chiqish masalalari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish berishdir. Bu asosiy xususiyatlarni 
ajratish bir necha “asosiy” ekskursiyalar yo‘nalishini beradi va boshqa tasnifan 
noaniq ekskursiyalar unga tutashib ketadi. 
Ekskursiya xizmatlari ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda, 
maktablarda) va ham majmuali turistik xizmatning bir qismi bo‘lishi mumkin 
(turfirmalarda). 
Hozirda ekskursiyalar quyidagicha tavsiflanadi: 
 mazmuniga ko‘ra; 
 ishtirokchilar soni va tarkibiga ko‘ra; 
 o‘tkazish joyiga ko‘ra; 
 harakatlanish vositasiga ko‘ra; 
 davomiyligiga ko‘ra; 
 o‘tkazish shakliga ko‘ra. 
Har bir guruh o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘prejali 
ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday 
ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy
ajratishga imkon beradi va ularni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 3.Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari. Mintaqalarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari deb, predmetlar, hodisalar, tushunchalarni klasslar, bo‘limlar, umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga taqsimlashdir. Ekskursiyalarni tasniflash masalasi har doim ekskursionist olimlar va ekskursiya sohasi xodimlarining diqqat markazida bo‘lgan. Bu muammoni yechishda 20 yillarning oxirida harakat qilishdi. Ekskursionist olim V.A.Gerd ekskursiyani tasniflashning o‘z variantini quyidagicha ta’kidlagan, ya’ni ekskursiyalarni guruhlar va guruh ostilarga uni o‘tkazish tavsifini belgilovchi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatishning asosiy maqsadi ekskursiya rahbarlariga uni ishlab chiqish masalalari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish berishdir. Bu asosiy xususiyatlarni ajratish bir necha “asosiy” ekskursiyalar yo‘nalishini beradi va boshqa tasnifan noaniq ekskursiyalar unga tutashib ketadi. Ekskursiya xizmatlari ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda, maktablarda) va ham majmuali turistik xizmatning bir qismi bo‘lishi mumkin (turfirmalarda). Hozirda ekskursiyalar quyidagicha tavsiflanadi:  mazmuniga ko‘ra;  ishtirokchilar soni va tarkibiga ko‘ra;  o‘tkazish joyiga ko‘ra;  harakatlanish vositasiga ko‘ra;  davomiyligiga ko‘ra;  o‘tkazish shakliga ko‘ra. Har bir guruh o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘prejali ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy
 
 
yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari, 
shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu kabilar.). 
Ko‘prejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi. Bu shahar, o‘lka, viloyat, 
respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada 
xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi 
rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi. 
Ko‘prejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mavzuli ekskursiyadan 
farqli ravishda ularning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish 
joyidan qat’iy nazar ular tarkibiy jihatdan bir biriga deyarli o‘xshashdir. Ularning 
har birida bir necha mavzuostilar (shahar tarixi, ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, 
fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida). Sharhli ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, 
o‘lka tegishli o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab bayon etiladi, masalan, harbiy 
tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan shaharlar 
kiritiladi (masalan, Buxoro xonligidagi o‘zaro nizolar va shu kabalar). 
Adabiy mavzulardagi ekskursiyalarda esa yozuvchilar, shoirlar hayoti va 
faoliyati bilan bog‘liq shaharlar, qishloqlar, ko‘chalar kiritiladi. 
Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu 
tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bitta yoki 
bir nechta voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, 
unda shahar ko‘chalari va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan 
asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin. 
Mavzuli 
ekskursiyalar 
tarixiy, 
ishlab 
chiqarish, 
tabiiy 
(ekologik), 
san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‘linadi. 
O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy ekskursiyalar quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: 
- tarixiy – o‘lkashunoslik (masalan, “samarqand shahrining ming yillik tarixi”, 
“moviy gumbaz ostidagi shahar” va shu kabilar); 
- arxeologik (masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy shahri; 
Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy qazilmalarni 
ko‘rsatish); 
- etnografik , turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya; 
- tarixiy muzeylarda ekskursiya. 
Ishlab chiqarish ekskursiyalari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu kabilar.). Ko‘prejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi. Bu shahar, o‘lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi. Ko‘prejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda ularning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish joyidan qat’iy nazar ular tarkibiy jihatdan bir biriga deyarli o‘xshashdir. Ularning har birida bir necha mavzuostilar (shahar tarixi, ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida). Sharhli ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o‘lka tegishli o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab bayon etiladi, masalan, harbiy tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan shaharlar kiritiladi (masalan, Buxoro xonligidagi o‘zaro nizolar va shu kabalar). Adabiy mavzulardagi ekskursiyalarda esa yozuvchilar, shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq shaharlar, qishloqlar, ko‘chalar kiritiladi. Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bitta yoki bir nechta voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda shahar ko‘chalari va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin. Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (ekologik), san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‘linadi. O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy ekskursiyalar quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - tarixiy – o‘lkashunoslik (masalan, “samarqand shahrining ming yillik tarixi”, “moviy gumbaz ostidagi shahar” va shu kabilar); - arxeologik (masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy shahri; Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy qazilmalarni ko‘rsatish); - etnografik , turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya; - tarixiy muzeylarda ekskursiya. Ishlab chiqarish ekskursiyalari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
 
 
- tarixiy- ishlab chiqarish; 
- iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); 
- texnik- ishlab chiqarish; 
- ishtirokchilarni kasbga yo‘naltiruvchi.  
San’atshunoslik ekskursiyalari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: 
- teatral – tarixiy (masalan, “Samarqandning teatr hayoti”, “A.P.Chexov nomli 
dramaturg teatri tarixi” va sh.k.); 
- musiqiy – tarixiy (masalan, “Hamid olimjon teatrida bir kun” va sh.k.); 
- xalq amaliy san’atini ko‘rish (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, 
zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyatini bilan tanishish); 
- madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar; 
- kartinalar 
galeriyasi, 
ko‘rgazma 
zallari, 
muzeylar, 
rassomlar 
va 
haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k. 
Adabiy ekskursiyalar odatda quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: 
- adabiy biografik, bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab 
ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masalan, Sadriddin Ayniy muzey uyi, “Andijon - 
Bobur yurti” va sh.k.). 
- adabiy – tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib 
beradi (masalan, “XX – asrda Buxoro adabiyoti”, “Adabiy Toshkent” va sh.k.). 
Me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalari tasnifi quyidagicha: 
- mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya; 
- ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya; 
- bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya; 
- zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya. 
Shuni ta’kidlash joyizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya bir – biridan kamdan-
kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriy-shaharsozlik 
mavzusidagi 
ekskursiyada 
ham 
foydalanish 
mumkin; 
tabiatshunoslik 
ekskursiyalarining elementlari qariyib barcha ekskursiyalarda o‘z o‘rnini topadi. 
Barchasi ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga 
bog‘liqdir. 
Ishtirokchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi: 
- kattalar va bolalar;
- tarixiy- ishlab chiqarish; - iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); - texnik- ishlab chiqarish; - ishtirokchilarni kasbga yo‘naltiruvchi. San’atshunoslik ekskursiyalari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - teatral – tarixiy (masalan, “Samarqandning teatr hayoti”, “A.P.Chexov nomli dramaturg teatri tarixi” va sh.k.); - musiqiy – tarixiy (masalan, “Hamid olimjon teatrida bir kun” va sh.k.); - xalq amaliy san’atini ko‘rish (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyatini bilan tanishish); - madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar; - kartinalar galeriyasi, ko‘rgazma zallari, muzeylar, rassomlar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va sh.k. Adabiy ekskursiyalar odatda quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - adabiy biografik, bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masalan, Sadriddin Ayniy muzey uyi, “Andijon - Bobur yurti” va sh.k.). - adabiy – tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi (masalan, “XX – asrda Buxoro adabiyoti”, “Adabiy Toshkent” va sh.k.). Me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalari tasnifi quyidagicha: - mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya; - zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya. Shuni ta’kidlash joyizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya bir – biridan kamdan- kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriy-shaharsozlik mavzusidagi ekskursiyada ham foydalanish mumkin; tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlari qariyib barcha ekskursiyalarda o‘z o‘rnini topadi. Barchasi ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir. Ishtirokchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi: - kattalar va bolalar;