Mintaqaviy turizm fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

17

Faytl hajmi

39,7 KB


 
 
 
 
 
 
Mintaqaviy turizm fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
 
 
 
Reja: 
1. “Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti va 
mazmuni. 
2. Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm 
sohasiga e’tibor qaratishi.  
3. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning 
tashkil etilishi.  
4. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmning roli.  
 
 
 
1. “Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti 
va mazmuni. 
 
Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan turistik 
resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan turizm maqsadida 
samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash. 
Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish. Ushbu 
turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, turistik 
resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni guruhlarga bo‘lish 
haqida talabalarga tushuncha berishdir. 
 Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar 
qo‘yiladi.  
 mintaqaviy turizmning asosiy tushunchalari;  
 mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy omillari va vazifalari;
Mintaqaviy turizm fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. “Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti va mazmuni. 2. Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm sohasiga e’tibor qaratishi. 3. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning tashkil etilishi. 4. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmning roli. 1. “Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti va mazmuni. Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan turistik resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash. Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish. Ushbu turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, turistik resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni guruhlarga bo‘lish haqida talabalarga tushuncha berishdir. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.  mintaqaviy turizmning asosiy tushunchalari;  mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy omillari va vazifalari;
 
 
 mintaqaviy turizmni rivojlantirishda davlat siyosatining asosiy maqsad va 
yo‘nalishlari;  
– turistik resurslarning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va uning turizmni 
rivojlantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; 
 turizm mintaqalari bo‘yicha davlat siyosati; 
 mintaqa turizmini O‘zbekistonda rivojlantirishning qonuniy me’yoriy 
asoslari;  
 mintaqaning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash;  
 milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda mintaqa turistik resurslaridan samarali 
foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi; 
 turistik mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholay 
olish; 
 O‘zbekistonning turistik resurslarini joylashgan mintaqasi doirasida 
ulardan foydalanish istiqbollarini baholay olish; 
 turistik resurslardan foydalanish infratuzilmalarini yaxshilash chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlay olish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi;  
 turizmni mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishning dastlabki dasturini 
tayyorlay olish;  
 jahon va O‘zbekistonning turizm mintaqalaridagi turistik resurslari holatini 
baholay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak. 
 
Mintaqaviy turizm fanining predmeti va mazmuni. Ma’lumki, jahon 
turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirishi bo’yicha eng 
yuqori o’rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholini ish bilan banlligini 
ta’minlab, ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini taqazo 
etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga moyil. SHuning uchun 
ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar, birinchi navbatda, bu sohani 
harakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish yo’llarini 
qidirmokda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga e’tiborini qaratishmokda. 
SHuning hisobiga u yoki bu mamlakatga turist sifatida tashrif buyuruvchilar soni 
yildan – yilga ko’payib bormoqda. Va bu jarayon har doim o’zining ob’ektiv va
 mintaqaviy turizmni rivojlantirishda davlat siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari; – turistik resurslarning ijtimoiy – iqtisodiy mazmuni va uning turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;  turizm mintaqalari bo‘yicha davlat siyosati;  mintaqa turizmini O‘zbekistonda rivojlantirishning qonuniy me’yoriy asoslari;  mintaqaning turistik resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash;  milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi;  turistik mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholay olish;  O‘zbekistonning turistik resurslarini joylashgan mintaqasi doirasida ulardan foydalanish istiqbollarini baholay olish;  turistik resurslardan foydalanish infratuzilmalarini yaxshilash chora- tadbirlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;  turizmni mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishning dastlabki dasturini tayyorlay olish;  jahon va O‘zbekistonning turizm mintaqalaridagi turistik resurslari holatini baholay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Mintaqaviy turizm fanining predmeti va mazmuni. Ma’lumki, jahon turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirishi bo’yicha eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholini ish bilan banlligini ta’minlab, ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini taqazo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga moyil. SHuning uchun ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar, birinchi navbatda, bu sohani harakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish yo’llarini qidirmokda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga e’tiborini qaratishmokda. SHuning hisobiga u yoki bu mamlakatga turist sifatida tashrif buyuruvchilar soni yildan – yilga ko’payib bormoqda. Va bu jarayon har doim o’zining ob’ektiv va
 
 
sub’ektiv rivojlanish qonuniyatiga ega bo’lib, undan maqsadli foydalanish lozim 
bo’ladi. Bunga amal qilgan ko’pgina mamlakatlarda turizmning rivojlanishi yuqori 
samara berib kelmokda.  
Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab, O’zbekistonda ham turizmni 
shakllantirish va qaror toptirishga katta ahamiyat berilib, bu jarayonda turistik 
resurslardan, ayniqsa mintaqa xududlarida mavjud bo’lgan salohiyatdan samarali 
foydalanish yo’l – yo’riqlari qidirilmoqda va uning imkoniyatlari o’rganilmokda. 
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport 
va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi 
uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish 
imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. 
Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at, musiqa va boshqa turistik 
resurslarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, 
tog’ va tekislik, daryolari, cho’l va vaholari, ko’p va turli landshaft zonalari asosiy 
rekreasiya resurslaridir. Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan 
kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini 
bildiradi. 
O’zbekistonda tarixiy – madaniy, arxitektura, arxeologiya ahamiyatidagi 7 
mingdan ortiq ob’ektlar mavjud. Ekspert B. To’raev fikricha ulardan 545 tasi – 
arxitektura, 578 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig’i 
arxeologik ahamiyatiga jalb etilgan. 200 dan ortiq ob’ektlar ta’mirlanmoqda, 500 tasi 
esa ta’mirlanishga muhtoj. Ko’p mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ta’mirlanish 
jarayonini o’zi turistlar uchun qiziqarli hisoblanadi. Undan tashqari respublikamizda 
300 dan ortiq mezeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik 
ob’ektlari miqdori bo’yicha Toshkentda -144 ta, Samarqandda – 118 ta, Buxoroda -
201 ta, Xiva -310 tani tashkil etadi. Ammo asosiy turistik resurslarimizdan turizm 
maqsadida foydalanish tashkil etilmagan. SHu sababdan milliy madaniy va tabiiy 
merosimizni turizm faoliyati maqsadida har jihatdan o’rganish va muhofaza etish 
o’ta muhimdir. YUNYeSKOning «Butunjahon madaniy va tabiiy merosini 
muhofaza qilish» konvensiyasida har bir davlat o’z hududidagi madaniy va tabiiy 
merosini muhofaza etishi, uni targ’ibot etishi, bunda o’zining samarali siyosatini olib 
borishi lozimligi ta’kidlanadi.
sub’ektiv rivojlanish qonuniyatiga ega bo’lib, undan maqsadli foydalanish lozim bo’ladi. Bunga amal qilgan ko’pgina mamlakatlarda turizmning rivojlanishi yuqori samara berib kelmokda. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab, O’zbekistonda ham turizmni shakllantirish va qaror toptirishga katta ahamiyat berilib, bu jarayonda turistik resurslardan, ayniqsa mintaqa xududlarida mavjud bo’lgan salohiyatdan samarali foydalanish yo’l – yo’riqlari qidirilmoqda va uning imkoniyatlari o’rganilmokda. Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at, musiqa va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekislik, daryolari, cho’l va vaholari, ko’p va turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir. Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi. O’zbekistonda tarixiy – madaniy, arxitektura, arxeologiya ahamiyatidagi 7 mingdan ortiq ob’ektlar mavjud. Ekspert B. To’raev fikricha ulardan 545 tasi – arxitektura, 578 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig’i arxeologik ahamiyatiga jalb etilgan. 200 dan ortiq ob’ektlar ta’mirlanmoqda, 500 tasi esa ta’mirlanishga muhtoj. Ko’p mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ta’mirlanish jarayonini o’zi turistlar uchun qiziqarli hisoblanadi. Undan tashqari respublikamizda 300 dan ortiq mezeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ob’ektlari miqdori bo’yicha Toshkentda -144 ta, Samarqandda – 118 ta, Buxoroda - 201 ta, Xiva -310 tani tashkil etadi. Ammo asosiy turistik resurslarimizdan turizm maqsadida foydalanish tashkil etilmagan. SHu sababdan milliy madaniy va tabiiy merosimizni turizm faoliyati maqsadida har jihatdan o’rganish va muhofaza etish o’ta muhimdir. YUNYeSKOning «Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish» konvensiyasida har bir davlat o’z hududidagi madaniy va tabiiy merosini muhofaza etishi, uni targ’ibot etishi, bunda o’zining samarali siyosatini olib borishi lozimligi ta’kidlanadi.
 
 
O’zbekistonning turistik resurslar fanining ob’ekti sifatida mamlakatimizdagi 
barcha turizm faoliyatida foydalanish mumkin bo’lgan turizm ob’ektlari hisoblanadi. 
Mamlakatimizning betakror tabiat go’shalari, ya’ni tog’ vodiylari, cho’lu-
dashtlari, boy madaniy-tarixiy merosi, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, urf-
odatlari, milliy resurslarning bisyorligidan darak beradi. 
Fanning ob’ektidan kelib chiqib, mazkur fanning predmeti kelib chiqadi. Bu 
fanning predmeti turistik resurslarni, turlari va mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy 
mazmuni, hudud bo’yicha joylanish xususiyatlarini, milliy iqtisodiyotda samarali 
foydalanishni, ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini, turizm faoliyatida foydalanish va 
muhofaza qilishni o’rganishdan kelib chiqadi. 
Mintaqaviy turizm fanining maqsadi va vazifalari 
Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy 
ahvolini yaxshilashda yangi ish o’rinlarini ochish katta ahamiyatga ega. SHuning 
uchun qaysi tarmoqlarda yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati bo’lsa, undan samarali 
foydalanish lozim. Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi 
biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi 
bo’lib, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan 
tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, 
qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat 
tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega 
bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda turistik resurslardan samarali foydalanishda sohada 
yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega. 
Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida 
foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil 
etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning 
miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. SHu sababli turistik resurslarni har jihatdan 
o’rganish, 
baholash, 
umuman 
olganda 
turizm 
faoliyatida 
foydalanish 
imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini 
belgilaydi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqib bu fanning maqsadi 
mamlkatimizning turizm 
salohiyatini 
belgilash nuqtai 
nazaridan 
turistik 
resurslarimizni har taraflama o’rganib chiqishdir. SHu jihatdan kelib chiqib turizm 
faoliyatida turistik resurslardan samarali foydalanish, uni iqtisodiy asoslarini
O’zbekistonning turistik resurslar fanining ob’ekti sifatida mamlakatimizdagi barcha turizm faoliyatida foydalanish mumkin bo’lgan turizm ob’ektlari hisoblanadi. Mamlakatimizning betakror tabiat go’shalari, ya’ni tog’ vodiylari, cho’lu- dashtlari, boy madaniy-tarixiy merosi, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, urf- odatlari, milliy resurslarning bisyorligidan darak beradi. Fanning ob’ektidan kelib chiqib, mazkur fanning predmeti kelib chiqadi. Bu fanning predmeti turistik resurslarni, turlari va mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, hudud bo’yicha joylanish xususiyatlarini, milliy iqtisodiyotda samarali foydalanishni, ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini, turizm faoliyatida foydalanish va muhofaza qilishni o’rganishdan kelib chiqadi. Mintaqaviy turizm fanining maqsadi va vazifalari Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini yaxshilashda yangi ish o’rinlarini ochish katta ahamiyatga ega. SHuning uchun qaysi tarmoqlarda yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati bo’lsa, undan samarali foydalanish lozim. Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda turistik resurslardan samarali foydalanishda sohada yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega. Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. SHu sababli turistik resurslarni har jihatdan o’rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqib bu fanning maqsadi mamlkatimizning turizm salohiyatini belgilash nuqtai nazaridan turistik resurslarimizni har taraflama o’rganib chiqishdir. SHu jihatdan kelib chiqib turizm faoliyatida turistik resurslardan samarali foydalanish, uni iqtisodiy asoslarini
 
 
yaratish bu fanning asosiy vazifasidir. Undan tashqari, Vatanimizning kelajagi 
hisoblangan yoshlar ongida Milliy merosimizga, jumladan, madaniy-tariziy, tabiiy 
yodgorliklar va milliy an’analarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish fanning 
asosiy maqsadidir. Xalqimiz milliy boyligimiz hisoblangan turistik ob’ektlarimizni, 
tabiatimizni qanchalik asrab-avaylasa, shunchalik mamlakatimizda turizmni 
rivojlantirish imkoniyatlari oshib boradi. Fanning vazifasi - turistik resurslar haqida 
tushuncha berish, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini 
o’rganish, O’zbekistonning turistik resurslarini mintaqalar bo’yicha joylanishi, 
turistik rayonlashtirish hamda, mamlakatimiz turistik resurslarini muhofaza qilish 
tadbirlari to’g’risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir. 
 
2. Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm 
sohasiga e’tibor qaratishi 
Mustaqillikka erishgach, 1991-yildan keyin O‘zbekistonning turistik xizmatlar 
bozori shakllana boshladi. Aynan shu davrda Respublika o‘zining iqtisodiy 
mustaqilligini va mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga chiqishini  e’lon qildi. 
Shu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik 
xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi asos yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi 
boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan 
qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat 
xizmatlarini 
tashkil 
etish, 
viloyatlarda 
turizm 
tarmog‘ining 
mintaqaviy 
bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, 
xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga 
alohida e’tibor berildi. Mustaqillikdan keyin, turizm sohasida bir vaqtning o‘zida 
uchta muhim jarayon amalga oshirildi: 
 
 birinchi jarayon: eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga 
uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat turiga 
ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi; 
 
 ikkinchi jarayon: turoperator va turagent sifatida nomlangan yangi 
tashkilotlar tuzildi;
yaratish bu fanning asosiy vazifasidir. Undan tashqari, Vatanimizning kelajagi hisoblangan yoshlar ongida Milliy merosimizga, jumladan, madaniy-tariziy, tabiiy yodgorliklar va milliy an’analarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish fanning asosiy maqsadidir. Xalqimiz milliy boyligimiz hisoblangan turistik ob’ektlarimizni, tabiatimizni qanchalik asrab-avaylasa, shunchalik mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari oshib boradi. Fanning vazifasi - turistik resurslar haqida tushuncha berish, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o’rganish, O’zbekistonning turistik resurslarini mintaqalar bo’yicha joylanishi, turistik rayonlashtirish hamda, mamlakatimiz turistik resurslarini muhofaza qilish tadbirlari to’g’risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir. 2. Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm sohasiga e’tibor qaratishi Mustaqillikka erishgach, 1991-yildan keyin O‘zbekistonning turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi. Aynan shu davrda Respublika o‘zining iqtisodiy mustaqilligini va mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga chiqishini e’lon qildi. Shu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi asos yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. Mustaqillikdan keyin, turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi:  birinchi jarayon: eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi;  ikkinchi jarayon: turoperator va turagent sifatida nomlangan yangi tashkilotlar tuzildi;
 
 
 
 uchinchi jarayon: eski turistik korxonalarni qayta qurish yo‘li bilan 
O‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab chiqish 
yo‘lga qo‘yildi. 
1992-yilda Respublikada «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi va 
turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish 
funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993-yilda «O‘zbekturizm» Milliy 
Kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi. Bu 
jarayon o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat 
qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda O‘zbekiston hukumatining 
tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro 
turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi.  
Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik 
korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur 
tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 
1994–1995-yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining 87,8 foiz 
turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarilgan edi.  
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan 
rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj 
oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar» 
to‘g‘risidagi Farmoni1 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida 
strategik ahamiyatga ega bo‘ldi.  
Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi 
bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistik 
manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq 
G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-
Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘iloniy, 
Buxorodagi Chor Bakrlar kabi allomalarimizning maqbaralari tamirlandi va 
ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida 
muntazam ravishda Xalqaro turistik ko‘rgazma tashkil etila boshlandi, 
                                                 
1 http//www. Lex.uz
 uchinchi jarayon: eski turistik korxonalarni qayta qurish yo‘li bilan O‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 1992-yilda Respublikada «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993-yilda «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi. Bu jarayon o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994–1995-yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining 87,8 foiz turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarilgan edi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi Farmoni1 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at- Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘iloniy, Buxorodagi Chor Bakrlar kabi allomalarimizning maqbaralari tamirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda Xalqaro turistik ko‘rgazma tashkil etila boshlandi, 1 http//www. Lex.uz
 
 
mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga 
ko‘paytirildi.  
Bu bosqichda O‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi masalalari amalga 
oshirildi: 
 
  davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni; 
 
yangi xorijiy investorlarni jalb qilish; 
 
tashqi bozorlarga chiqishning yangi yo‘llarini izlash; 
 
xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva); 
 
turistik korxonalar va sayohatchilarning manfaatlarini himoyalovchi nodavlat 
tashkilotlarning vujudga kelishi; 
 
turistik yo‘nalishlarning rang-barangligini ta’minlash, mahsulotning ekologik 
talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish; 
 
O‘zbekiston mehmonxonalarida xorijiy menejmentni qo‘llash; 
 
kichik mehmonxonalar tarmog‘ini kengaytirish; 
 
turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim 
bosqichida); 
 
xorijiy tajribalarni o‘rganish; 
 
ilmiy loyihalar tayyorlash; 
 
 BTT tadqiqot guruhining O‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi 
Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar; 
 
turfirmalarning nodavlat va koorporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros», 
«Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi. 
Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999-yil 15-aprelda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«2005-yilgacha 
bo‘lgan 
davrda 
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon 
qilindi, shu yilning 20-avgustida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm 
sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda 
raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning 
markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini mustaqil
mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Bu bosqichda O‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi masalalari amalga oshirildi:  davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni;  yangi xorijiy investorlarni jalb qilish;  tashqi bozorlarga chiqishning yangi yo‘llarini izlash;  xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva);  turistik korxonalar va sayohatchilarning manfaatlarini himoyalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi;  turistik yo‘nalishlarning rang-barangligini ta’minlash, mahsulotning ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish;  O‘zbekiston mehmonxonalarida xorijiy menejmentni qo‘llash;  kichik mehmonxonalar tarmog‘ini kengaytirish;  turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim bosqichida);  xorijiy tajribalarni o‘rganish;  ilmiy loyihalar tayyorlash;  BTT tadqiqot guruhining O‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar;  turfirmalarning nodavlat va koorporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi, shu yilning 20-avgustida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini mustaqil
 
 
ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar 
yopilib, ular o‘rniga samarali ishlovchi yangi korxonalar tashkil etildi.  
2000-yildan boshlab, Respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan 
rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va undan 
ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001-yilning oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga 
qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil 
davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003-yilning ikkinchi yarmiga 
kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o‘tgan yillarda 
tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sars) va Parranda grippi kabi kasalliklar 
O‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata 
olmadi. 
Turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2000-yildan  boshlangan 
bo‘lib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar 
assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga asos qo‘yildi 
(Gid-tarjimonlar 
assotsiatsiyasi, 
Mehmonxona 
egalari 
assotsiatsiyasi, 
Transportchilar assotsiatsiyasi) va «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining bir 
qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu o‘lkamiz turizm 
xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarning yanada tezroq sur’atlarda 
rivojlantirishga yordam berdi. 
O‘zbekiston Respublikasining bu davrdagi amalga oshirilgan ulkan ishlarini 
hisobga olib, Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri 
– Ta’lim, Fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) 
Toshkentni 2007-yilda Xalqaro islom madaniyati markazi deb e’lon qildi. 
O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini 
asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday 
yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‘ldi. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 1993-yilda mamlakatimizda bor yo‘g‘i 4 ta 
xususiy turistik firma bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda turizm xizmatlarining nodavlat 
sektorida 800 ta turistik firma va mehmonxona, shu jumladan umumiy sig‘imi 30
ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o‘rniga samarali ishlovchi yangi korxonalar tashkil etildi. 2000-yildan boshlab, Respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va undan ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001-yilning oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003-yilning ikkinchi yarmiga kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o‘tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sars) va Parranda grippi kabi kasalliklar O‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi. Turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2000-yildan boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu o‘lkamiz turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarning yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasining bu davrdagi amalga oshirilgan ulkan ishlarini hisobga olib, Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, Fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007-yilda Xalqaro islom madaniyati markazi deb e’lon qildi. O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‘ldi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 1993-yilda mamlakatimizda bor yo‘g‘i 4 ta xususiy turistik firma bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda turizm xizmatlarining nodavlat sektorida 800 ta turistik firma va mehmonxona, shu jumladan umumiy sig‘imi 30
 
 
ming joydan iborat 500 ta mehmonxona va 300 ga yaqin turoperator va turagentlar 
faoliyat olib bormoqdalar.2 
3. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi”ning tashkil etilishi. 
Turizm sohasini rivojlantirish bugungi kunda respublikamizdagi asosiy ustuvor 
yo`nalish bo`lib hisoblanadi. Ushbu ustuvor yo`nalishni amalga oshirish bo`yicha 
2016 yil 2 dekabrda qabul qilingan PF-4861 sonli “O`zbekiston Respublikasining 
turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 
Farmoni qabul qilindi va bu farmonning bajarilishi yuzasidan shu kunda PQ-2666-
sonli “O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini 
tashkil etish to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.3 
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini samarali tashkil etish 
maqsadida qabul qilingan ushbu Prezident qarorida quyidagi chora-tadbirlar va 
vazifalarni izchil amalga oshirish belgilab berildi. 
Xususan, ushbu qo`mita faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari qilib, 
quyidagilar yo`nalishlar belgilandi:  
- turizm salohiyatini tubdan oshirish, unga iqtisodiyotning strategik sektori 
maqomini berish;  
- sohani rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga 
oshirishni ta’minlash;  
- turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib 
borish; 
- tarixiy-madaniy merosni keng targ`ib qilish, faol reklama-axborot siyosatini 
amalga oshirish;  
- ichki, tashqi va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va 
hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringi;  
- turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investisiyalar va boshqa 
mablag`larni jalb etish;  
                                                 
2 Turizm istiqbollari. // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.№ 1. 2014. -11.b. 
 
3 www.lex.uz
ming joydan iborat 500 ta mehmonxona va 300 ga yaqin turoperator va turagentlar faoliyat olib bormoqdalar.2 3. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning tashkil etilishi. Turizm sohasini rivojlantirish bugungi kunda respublikamizdagi asosiy ustuvor yo`nalish bo`lib hisoblanadi. Ushbu ustuvor yo`nalishni amalga oshirish bo`yicha 2016 yil 2 dekabrda qabul qilingan PF-4861 sonli “O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi va bu farmonning bajarilishi yuzasidan shu kunda PQ-2666- sonli “O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.3 Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan ushbu Prezident qarorida quyidagi chora-tadbirlar va vazifalarni izchil amalga oshirish belgilab berildi. Xususan, ushbu qo`mita faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari qilib, quyidagilar yo`nalishlar belgilandi: - turizm salohiyatini tubdan oshirish, unga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish; - sohani rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash; - turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib borish; - tarixiy-madaniy merosni keng targ`ib qilish, faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish; - ichki, tashqi va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringi; - turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investisiyalar va boshqa mablag`larni jalb etish; 2 Turizm istiqbollari. // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.№ 1. 2014. -11.b. 3 www.lex.uz
 
 
- soha faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm 
yo`nalishlarining tashkil etilishini ta’minlash;  
- pasportlashtirish va yagona milliy reestrlarni shakllantirish;  
- turizm xizmatlari ko`rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini 
muvofiqlashtirish;  
- ular bo`yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish, sohani tartibga solishni 
maqbullashtirish va raqobatni rivojlantirish;  
- to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish, sohada tadbirkorlik 
faolligini oshirishga ko`maklashish;  
- axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, turizm faoliyatini 
BMT Butunjahon turizm tashkiloti va boshqa xalqaro, milliy tashkilotlar, 
kompaniyalar bilan hamkorligini kengaytirish;  
- xalqaro standart va normalarni amaliyotga joriy etish;  
- soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori darajada 
tashkil etish hamda tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko`maklashish. 
Qo`mita barcha majburiyat va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro 
majburiyatlar va shartnomalar bo`yicha oldingi “O`zbekturizm” MKning huquqiy 
vorisi bo`lishi keltirilgan. Biroq, mehnat shartnomalari bular qatoriga kirmaydi. 
SHuningdek, qo`mita tuzilmasida quyidagi sub’ektlarning tashkil etilishi 
keltirib o`tilgan:4  
- mustaqil bo`limlar sifatida tugatilgan “O`zbekturizm” MK huzuridagi “Buyuk 
ipak yo`li reklama agentligi” davlat unitar korxonasi negizida “Milliy turizm 
mahsulotlarini targ`ibot qilish markazi” davlat unitar korxonasi;  
- “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” unitar korxonasi negizida 
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;  
- 
“Dispetcherlashtirish 
va 
sayyohlarga 
xizmat 
ko`rsatish 
markaziy 
boshqarmasi” negizida “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish 
markazi” davlat unitar korxonasi.  
SHu bilan birga, qo`mitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining 
tuzilmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg`ona 
                                                 
4 www.lex.uz
- soha faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo`nalishlarining tashkil etilishini ta’minlash; - pasportlashtirish va yagona milliy reestrlarni shakllantirish; - turizm xizmatlari ko`rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish; - ular bo`yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish, sohani tartibga solishni maqbullashtirish va raqobatni rivojlantirish; - to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish, sohada tadbirkorlik faolligini oshirishga ko`maklashish; - axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, turizm faoliyatini BMT Butunjahon turizm tashkiloti va boshqa xalqaro, milliy tashkilotlar, kompaniyalar bilan hamkorligini kengaytirish; - xalqaro standart va normalarni amaliyotga joriy etish; - soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish hamda tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko`maklashish. Qo`mita barcha majburiyat va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo`yicha oldingi “O`zbekturizm” MKning huquqiy vorisi bo`lishi keltirilgan. Biroq, mehnat shartnomalari bular qatoriga kirmaydi. SHuningdek, qo`mita tuzilmasida quyidagi sub’ektlarning tashkil etilishi keltirib o`tilgan:4 - mustaqil bo`limlar sifatida tugatilgan “O`zbekturizm” MK huzuridagi “Buyuk ipak yo`li reklama agentligi” davlat unitar korxonasi negizida “Milliy turizm mahsulotlarini targ`ibot qilish markazi” davlat unitar korxonasi; - “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” unitar korxonasi negizida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi; - “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish markaziy boshqarmasi” negizida “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish markazi” davlat unitar korxonasi. SHu bilan birga, qo`mitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg`ona 4 www.lex.uz
 
 
viloyatlari hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi, qo`mita to`g`risidagi 
nizom kabilarning qarordagi ilovalarga muvofiq tasdiqlanishi bayon etilgan. 
Hamda quyidagi ish va vazifalarni amalga oshirish ko`rsatib o`tilgan: 
- qo`mita hududiy boshqarmalarining rahbarlari Qoraqalpog`iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan qo`mita 
raisi tomonidan lavozimga tayinlanishi;  
- davlat budjeti va qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini 
qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari va boshqa manbalarning qo`mita 
faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo`lishi;  
- qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo`llab-quvvatlash 
jamg`armasining yangidan tashkil etilishi;  
- qo`mita vakolatlariga muvofiq, da’vo va arizalar bo`yicha davlat boji 
to`lashdan ozod qilinishi, qo`mitaning joylashgan manzili;  
- uni zarur aloqa vositalari bilan ta’minlashga Axborot texnologiyalari va 
kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligining ko`maklashishi;  
- hamda qabul qilingan qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar 
to`g`risida takliflar kiritish. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“O`zbekiston 
Respublikasida 
turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish dasturi to`g`risidagi” 1999 yil 15 aprelidagi, 
“Turizmni rivojlantiish uchun malakali xodimlarni tayyorlash haqidagi” 
farmonlariga binoan 2000 yil 14 iyunda “O`zbekturizm” MK qoshida Respublika 
ilmiy-o`quv konsalting markazi tashkil etildi. Markaz tashkilotchisi hozirgi kunda 
O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hisoblanadi. 
Markazning asosiy vazifasi turizm sohasi bo`yicha malakali xodimlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirish, turizm sohasini rivojlantirish 
bo`yicha ilmiy ishlarni qo`llab-quvvatlashdan iborat. 
2004 yil 28 aprelida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O`zbekturizm” MK tomonidan markazning asosiy maqsadlari belgilandi. Ular 
qatoriga quyidagi vazifalar kiritilgan: 
- O`zbekiston Respublikasida turizm sanoati va turizm chora-tadbirlarini 
o`tkazishga va sohani rivojlantirishga ko`maklashish;
viloyatlari hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi, qo`mita to`g`risidagi nizom kabilarning qarordagi ilovalarga muvofiq tasdiqlanishi bayon etilgan. Hamda quyidagi ish va vazifalarni amalga oshirish ko`rsatib o`tilgan: - qo`mita hududiy boshqarmalarining rahbarlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan qo`mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanishi; - davlat budjeti va qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari va boshqa manbalarning qo`mita faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo`lishi; - qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo`llab-quvvatlash jamg`armasining yangidan tashkil etilishi; - qo`mita vakolatlariga muvofiq, da’vo va arizalar bo`yicha davlat boji to`lashdan ozod qilinishi, qo`mitaning joylashgan manzili; - uni zarur aloqa vositalari bilan ta’minlashga Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligining ko`maklashishi; - hamda qabul qilingan qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida takliflar kiritish. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish dasturi to`g`risidagi” 1999 yil 15 aprelidagi, “Turizmni rivojlantiish uchun malakali xodimlarni tayyorlash haqidagi” farmonlariga binoan 2000 yil 14 iyunda “O`zbekturizm” MK qoshida Respublika ilmiy-o`quv konsalting markazi tashkil etildi. Markaz tashkilotchisi hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hisoblanadi. Markazning asosiy vazifasi turizm sohasi bo`yicha malakali xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirish, turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha ilmiy ishlarni qo`llab-quvvatlashdan iborat. 2004 yil 28 aprelida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekturizm” MK tomonidan markazning asosiy maqsadlari belgilandi. Ular qatoriga quyidagi vazifalar kiritilgan: - O`zbekiston Respublikasida turizm sanoati va turizm chora-tadbirlarini o`tkazishga va sohani rivojlantirishga ko`maklashish;
 
 
- turizm sohasi uchun malakali xodimlarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash 
va malakalarini oshirish; 
- yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarni respublikamizning tarixiy 
yodgorliklari, madaniyati, jamoatchilik va siyosiy hayoti to`g`risida ishonchli 
ma’lumotlar bilan ta’minlash. 
SHu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat 
qo`mitasi respublika ilmiy-o`quv konsalting markazining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat:5 
- “O`zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tuzilmaviy bo`linmalarida xizmat 
ko`rsatuvchi xodimlariga konsultasiya berish va ularni attestasiyadan o`tkazishni 
tashkil qilish; 
- turizm sohasida xizmat ko`rsatuvchi xodimlar va gid-ekskursovodlar, turizm 
korxonalari rahbarlari uchun har yil seminar-treninglar o`tkazish; 
- belgilangan tartibda o`z turistik firmalarini ochmoqchi bo`lgan korxonalarga 
sohaviy konsultasiya berish; 
- turizm bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan tashkilotlarni zamonaviy o`quv 
uslublari va darsliklari bilan o`qitishni ta’minlovchi materiallarni ishlab chiqish; 
- milliy an’analar va urf odatlar, yangi turistik ob’ektlar bo`yicha 
tavsiyanomalar va ishlanmalar tashkillashtirish; 
- gid-ekskursovodlarning portfeli uchun broshyuralar, bukletlar, zaruriy 
metodik adabiyotlar va ekskursion matnlar ishlab chiqish; 
- yirik turistik kompaniyalar, mehmonxonalar, restoranlar, xorijiy hamkorlar va 
investorlar bilan birga amaliy seminarlar tashkil qilish; 
- respublika tarixiy-madaniy salohiyatidan maksimal foydalangan holda 
mashrutlar va ekskursiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 
- respublika ekskursovodlari va gid-tarjimonlari bankini shakllantirish va uni 
muntazam yangilab turish; 
- sayyohlarga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish bo`yicha dasturlar va 
ishlanmalarni yaratish va amalga tadbiq etish; 
                                                 
5 www.uzbekturism.uz
- turizm sohasi uchun malakali xodimlarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish; - yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarni respublikamizning tarixiy yodgorliklari, madaniyati, jamoatchilik va siyosiy hayoti to`g`risida ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash. SHu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi respublika ilmiy-o`quv konsalting markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:5 - “O`zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tuzilmaviy bo`linmalarida xizmat ko`rsatuvchi xodimlariga konsultasiya berish va ularni attestasiyadan o`tkazishni tashkil qilish; - turizm sohasida xizmat ko`rsatuvchi xodimlar va gid-ekskursovodlar, turizm korxonalari rahbarlari uchun har yil seminar-treninglar o`tkazish; - belgilangan tartibda o`z turistik firmalarini ochmoqchi bo`lgan korxonalarga sohaviy konsultasiya berish; - turizm bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan tashkilotlarni zamonaviy o`quv uslublari va darsliklari bilan o`qitishni ta’minlovchi materiallarni ishlab chiqish; - milliy an’analar va urf odatlar, yangi turistik ob’ektlar bo`yicha tavsiyanomalar va ishlanmalar tashkillashtirish; - gid-ekskursovodlarning portfeli uchun broshyuralar, bukletlar, zaruriy metodik adabiyotlar va ekskursion matnlar ishlab chiqish; - yirik turistik kompaniyalar, mehmonxonalar, restoranlar, xorijiy hamkorlar va investorlar bilan birga amaliy seminarlar tashkil qilish; - respublika tarixiy-madaniy salohiyatidan maksimal foydalangan holda mashrutlar va ekskursiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. - respublika ekskursovodlari va gid-tarjimonlari bankini shakllantirish va uni muntazam yangilab turish; - sayyohlarga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish bo`yicha dasturlar va ishlanmalarni yaratish va amalga tadbiq etish; 5 www.uzbekturism.uz