MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI FIZIOLOGIYASI

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

26,3 KB


 
 
 
 
 
 
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI FIZIOLOGIYASI 
 
 
Reja: 
1.Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha. 
2.Oqsillar almashinuvi. To‘la qiymatli va to‘la qiymatsiz oqsillar, oqsil 
minumimi. Azot balansi va muvozanati. Oqsillar almashinuvining boshqarilishi. 
 3.Yog‘lar almashinuvi, ularning organizm uchun ahamiyati.  
4.Uglevodlar almashinuvi, ularning organizm uchun ahamiyati.  
5. Yog‘lar va uglevodlar almashinuvining boshqarilishi. 
6. Jigarning moddalar almashinuvidagi ahamiyati. 
 
Tayanch iboralar. 
   
 
O‘sish, 
rivojlanish, 
mahsuldorlik, 
nasldorlik, 
ko‘payish, 
yemirilish, parchalanish, shakl, assimilyasiya, dissimilyasiya, qurilish, plastik, 
o‘simlik, hayvon, o‘tkir, surinkali, oqsil, yog‘, uglevod, makro va mikroelementlar, 
kuzatish, izolyasiya, angiostamiya, balans tajriba, vositali, vositasiz kollorimetriya, 
nafas koeffisienti, nishonlangan, tamg‘alangan, qon, limfa, gliserin, yog‘ kislotalari, 
charvi, yurak, buyrak yog‘i, to‘yimli, to‘yimsiz, Lebedov, koks yog‘i, monosaxarid, 
uchuvchi yog‘ kislotasi, Chervinskiy, qo‘y dumbasi, qo‘ng‘ir rang yog‘, barer, suv 
manbaii, yog‘da yeruvchi vitamin, A,D,E,K, fosfatidlar, sterinlar, parranda tuxumi, 
sut, nerv sistemasi, V.N.S., Klod Bernar, 4,1 kjaul, 9,3 kjaul, no‘xat, loviya, mosh, 
kambikorma, konsentrat, bo‘rdoqichilik, nuklein kislota, DNK, RNK, go‘shtxo‘r, 
aralash oziqalanuvchi, qo‘y, yechki, qoramol. 
  
 
 
  
 
1.Organizmning asosiy hayotiy jarayonlarini yuzaga kelishi, 
organizda uzluksiz, to‘xtovsiz kechadigan moddalar va energiya almashinish 
jarayoniga asoslangan.
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI FIZIOLOGIYASI Reja: 1.Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha. 2.Oqsillar almashinuvi. To‘la qiymatli va to‘la qiymatsiz oqsillar, oqsil minumimi. Azot balansi va muvozanati. Oqsillar almashinuvining boshqarilishi. 3.Yog‘lar almashinuvi, ularning organizm uchun ahamiyati. 4.Uglevodlar almashinuvi, ularning organizm uchun ahamiyati. 5. Yog‘lar va uglevodlar almashinuvining boshqarilishi. 6. Jigarning moddalar almashinuvidagi ahamiyati. Tayanch iboralar. O‘sish, rivojlanish, mahsuldorlik, nasldorlik, ko‘payish, yemirilish, parchalanish, shakl, assimilyasiya, dissimilyasiya, qurilish, plastik, o‘simlik, hayvon, o‘tkir, surinkali, oqsil, yog‘, uglevod, makro va mikroelementlar, kuzatish, izolyasiya, angiostamiya, balans tajriba, vositali, vositasiz kollorimetriya, nafas koeffisienti, nishonlangan, tamg‘alangan, qon, limfa, gliserin, yog‘ kislotalari, charvi, yurak, buyrak yog‘i, to‘yimli, to‘yimsiz, Lebedov, koks yog‘i, monosaxarid, uchuvchi yog‘ kislotasi, Chervinskiy, qo‘y dumbasi, qo‘ng‘ir rang yog‘, barer, suv manbaii, yog‘da yeruvchi vitamin, A,D,E,K, fosfatidlar, sterinlar, parranda tuxumi, sut, nerv sistemasi, V.N.S., Klod Bernar, 4,1 kjaul, 9,3 kjaul, no‘xat, loviya, mosh, kambikorma, konsentrat, bo‘rdoqichilik, nuklein kislota, DNK, RNK, go‘shtxo‘r, aralash oziqalanuvchi, qo‘y, yechki, qoramol. 1.Organizmning asosiy hayotiy jarayonlarini yuzaga kelishi, organizda uzluksiz, to‘xtovsiz kechadigan moddalar va energiya almashinish jarayoniga asoslangan.
 
 
- Modda va energiya almashinuvi organizmni tirikligini belgilovchi asosiy 
omildir. 
- Organizmda kechadigan barcha biologik jarayonlarni ta’minlanishi, organizm 
ning hayoti va tirikligi unda doimiy uzluksiz kechadigan moddalar va energiya 
almashinuviga asoslangan. 
    
Modda va energiya almashinuvi organizmning hayotiy negizi asosida 
organizmni o‘sishi, rivojlanishi undagi shakliy va funksional bog‘liqligini 
ta’minlaydi. Organizmda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar modda va energiya 
almashinuviga asoslangandir. 
   
Modda va energiya almashinuvi tabiatning barcha tarmoqlarida 
kechadi. Tirik tabiatda organizmni o‘sib, rivojlanishni, mahsuldorlikni va 
nasldorlikni ta’minlaydi. O‘lik tabiatda organizmni yemirilishi, parchalanishi va bir 
shakldan ikkinchi shaklga o‘tish jarayonlari ta’minlanadi.  
   
 
Modda va energiya almashinuvi tabiatda kechadigan falsafiy 
qonuniyatlarga asoslangan. Tirik va o‘lik tabiatdda materialistik qonuni-yatlarga 
muvofiq bo‘ladigan o‘zgarishlar moddalarning materiya sifatida ta’sirchanligi, 
harakatchanligi va o‘zgaruvchanligiga asoslanib, barcha tabiiy jarayonlar sodir 
bo‘ladi. Shu tariqa moddalar ham materiya sifatida o‘zgarish xislatlariga yega 
bo‘ladi. Ularning o‘zgaruvchanligi moddalar almashinuvi asosida sodir bo‘lib, 
moddalardan tirik organizm uchun qurilishplastik material va energiya materiallari 
sifatida foydalaniladi. 
  
 
Tabiatda kechadigan modddalar almashinishi oqibatida tirik 
organizmda sodir bo‘ladigan assimilyasiya va dissimilyasiya ta’minlanadi. 
Moddalar almashinishida tirik tabiat bilan o‘lik tabiat orasida bog‘lanish, tashqi 
muhit bilan organizm orasida bog‘lanish, o‘simliklar organizmi bilan hayvonlar 
organizmidagi bog‘lanishlar ta’minlanadi. Falsafiy materializm asosida tabiatda 
barcha borliqlarning materiyadan iboratligi, materiya-ning bordan yo‘q bo‘lmasligi 
va yo‘qdan bor bo‘lmasligi nazariyasiga asoslan-gan bo‘ladi. 
  
 
Modda va energiya almashinuvi umumiy biologik nuqtai 
nazariyadan bir necha xil jarayonlardan iborat bo‘ladi. 
1. Har xil moddalar va energiya manbaini hosil qiladigan oziqa bop moddalar 
organizmga kiritiladi.
- Modda va energiya almashinuvi organizmni tirikligini belgilovchi asosiy omildir. - Organizmda kechadigan barcha biologik jarayonlarni ta’minlanishi, organizm ning hayoti va tirikligi unda doimiy uzluksiz kechadigan moddalar va energiya almashinuviga asoslangan. Modda va energiya almashinuvi organizmning hayotiy negizi asosida organizmni o‘sishi, rivojlanishi undagi shakliy va funksional bog‘liqligini ta’minlaydi. Organizmda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar modda va energiya almashinuviga asoslangandir. Modda va energiya almashinuvi tabiatning barcha tarmoqlarida kechadi. Tirik tabiatda organizmni o‘sib, rivojlanishni, mahsuldorlikni va nasldorlikni ta’minlaydi. O‘lik tabiatda organizmni yemirilishi, parchalanishi va bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tish jarayonlari ta’minlanadi. Modda va energiya almashinuvi tabiatda kechadigan falsafiy qonuniyatlarga asoslangan. Tirik va o‘lik tabiatdda materialistik qonuni-yatlarga muvofiq bo‘ladigan o‘zgarishlar moddalarning materiya sifatida ta’sirchanligi, harakatchanligi va o‘zgaruvchanligiga asoslanib, barcha tabiiy jarayonlar sodir bo‘ladi. Shu tariqa moddalar ham materiya sifatida o‘zgarish xislatlariga yega bo‘ladi. Ularning o‘zgaruvchanligi moddalar almashinuvi asosida sodir bo‘lib, moddalardan tirik organizm uchun qurilishplastik material va energiya materiallari sifatida foydalaniladi. Tabiatda kechadigan modddalar almashinishi oqibatida tirik organizmda sodir bo‘ladigan assimilyasiya va dissimilyasiya ta’minlanadi. Moddalar almashinishida tirik tabiat bilan o‘lik tabiat orasida bog‘lanish, tashqi muhit bilan organizm orasida bog‘lanish, o‘simliklar organizmi bilan hayvonlar organizmidagi bog‘lanishlar ta’minlanadi. Falsafiy materializm asosida tabiatda barcha borliqlarning materiyadan iboratligi, materiya-ning bordan yo‘q bo‘lmasligi va yo‘qdan bor bo‘lmasligi nazariyasiga asoslan-gan bo‘ladi. Modda va energiya almashinuvi umumiy biologik nuqtai nazariyadan bir necha xil jarayonlardan iborat bo‘ladi. 1. Har xil moddalar va energiya manbaini hosil qiladigan oziqa bop moddalar organizmga kiritiladi.
 
 
2. Barcha xildagi moddalarning hazm sistemalarida parchalanib o‘zgarishi sodir 
bo‘ladi. 
3. Organizm uchun kerak bo‘ladigan xilma-xil o‘zgargan moddalar organlar va 
sistemalar orqali so‘riladi. Qon, limfa suyuqliklar vositasida hujayra va to‘qimalarga 
yetkaziladi. 
4. Hujayra va to‘qimalarda kerakli bo‘lgan qurilish materiallari va energiya 
materiallari o‘zlashtiriladi. Xilma-xil organizm uchun xos bo‘lgan moddalar sintez 
qilinadi. Xilma-xil moddalarni oksidlanib parchalanishidan kinetik energiya ajraladi. 
5. Organizmda ishlatilib sarflangan moddalardan qoldiq qismlari va o‘zgargan 
shakldagi moddalar har xil chiqindi mahsulotlar sifatida ajratib chiqariladi. 
  Modda va energiya almashinuv ikki xil bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 
murakkab jarayonlar natijasida ta’minlanadi. 
1. Assimilyasiya yoki anabolizm har xil organizm uchun kerak bo‘lgan 
moddalarni organizmning o‘z xususiyatlariga muvofiq moslashtirib o‘xshatib 
o‘zlashtirishi ya’ni murakkab organik moddalardan har xil oqsillar, yog‘lar, 
uglevodlarni organizmda o‘zlashtirilib har bir organizmda organlar, to‘qimalar va 
hujayralar uchun moslashtirilgan holatda o‘zlashtiriladi. 
2. Dissimilyasiya yoki katabolizm o‘xshatmaslik yoki o‘zgartirilgan shakllarda 
xilma-xil moddalarni organlardan ajratib chiqarilishi. 
 Assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari bir-birini to‘ldiruvchi uzviy 
bog‘langan hodisalar bo‘lib, organizmning biologik negizlarini ta’minlaydi. 
 Organizmda 
kechadigan 
qurilish 
negizlari 
energetik 
yextiyojlarini 
ta’minlash, har bir hujayra to‘qimalarni yangilanib turishi, organizmni ko‘payishi, 
o‘sib rivojlanishi, mahsuldorligi shu jarayonga asoslangan. 
 Modda va energiya almashinuvining fiziologik nuqtai nazaridan o‘rganilishi 
har bir mutaxassis uchun muayyan zaruriyat tug‘diradi. 
 Modda va energiya almashinuvi falsafiy materializm asosida o‘rganiladi, 
hayotiy jarayonlarda sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar asosda o‘rganiladi, o‘ziga 
xos nazariy va amaliy tajribalarga yega bo‘ladi. Modda va energiya almashinuvi 
uchun maxsus va xronik (surunkali tajribalardan foydalaniladi). 
 Modda va energiya almashinuvini o‘rganishning qulay bo‘lishi uchun har bir 
moddaning almashinishi va undan foydalaniladigan energiya alohida o‘rganiladi.
2. Barcha xildagi moddalarning hazm sistemalarida parchalanib o‘zgarishi sodir bo‘ladi. 3. Organizm uchun kerak bo‘ladigan xilma-xil o‘zgargan moddalar organlar va sistemalar orqali so‘riladi. Qon, limfa suyuqliklar vositasida hujayra va to‘qimalarga yetkaziladi. 4. Hujayra va to‘qimalarda kerakli bo‘lgan qurilish materiallari va energiya materiallari o‘zlashtiriladi. Xilma-xil organizm uchun xos bo‘lgan moddalar sintez qilinadi. Xilma-xil moddalarni oksidlanib parchalanishidan kinetik energiya ajraladi. 5. Organizmda ishlatilib sarflangan moddalardan qoldiq qismlari va o‘zgargan shakldagi moddalar har xil chiqindi mahsulotlar sifatida ajratib chiqariladi. Modda va energiya almashinuv ikki xil bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayonlar natijasida ta’minlanadi. 1. Assimilyasiya yoki anabolizm har xil organizm uchun kerak bo‘lgan moddalarni organizmning o‘z xususiyatlariga muvofiq moslashtirib o‘xshatib o‘zlashtirishi ya’ni murakkab organik moddalardan har xil oqsillar, yog‘lar, uglevodlarni organizmda o‘zlashtirilib har bir organizmda organlar, to‘qimalar va hujayralar uchun moslashtirilgan holatda o‘zlashtiriladi. 2. Dissimilyasiya yoki katabolizm o‘xshatmaslik yoki o‘zgartirilgan shakllarda xilma-xil moddalarni organlardan ajratib chiqarilishi. Assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari bir-birini to‘ldiruvchi uzviy bog‘langan hodisalar bo‘lib, organizmning biologik negizlarini ta’minlaydi. Organizmda kechadigan qurilish negizlari energetik yextiyojlarini ta’minlash, har bir hujayra to‘qimalarni yangilanib turishi, organizmni ko‘payishi, o‘sib rivojlanishi, mahsuldorligi shu jarayonga asoslangan. Modda va energiya almashinuvining fiziologik nuqtai nazaridan o‘rganilishi har bir mutaxassis uchun muayyan zaruriyat tug‘diradi. Modda va energiya almashinuvi falsafiy materializm asosida o‘rganiladi, hayotiy jarayonlarda sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar asosda o‘rganiladi, o‘ziga xos nazariy va amaliy tajribalarga yega bo‘ladi. Modda va energiya almashinuvi uchun maxsus va xronik (surunkali tajribalardan foydalaniladi). Modda va energiya almashinuvini o‘rganishning qulay bo‘lishi uchun har bir moddaning almashinishi va undan foydalaniladigan energiya alohida o‘rganiladi.
 
 
Shu tariqa oqsillar, yog‘lar, uglevodlar xilma-xil vitaminlar makro-mikro 
yelementlar suv va tuzlar almashinuvlari alohida sistema asosida o‘rganiladi. 
  Modda va energiya almashinuvini o‘rganish uchun maxsus usullar ishlanadi, 
ular quyidagilar: 
1. Uzoq muddatli kuzatish asosida o‘rganiladi. 
2. Maxsus organlar va to‘qimalarni izolyasiya qilib o‘rganilishi. 
3. Organlarga oqib kiradigan va oqib chiqayotgan suyuqliklarni olib o‘rganish 
usulidan foydalaniladi. 
4. Ye.S.Londonning (1905) angiostomiya usuliga ayrim organlarga izolyasiya 
qilingan xolda naychalar o‘rnatilib, shu naychalar orqali qon yoki boshqa suyuqliklar 
olinib uning tarkibiy qismi o‘rganiladi. Keyingi yillarda laboratoriya sharoitida keng 
miqdorda balans tajriba usullaridan foydalaniladi. U yoki bu moddalarni organizmga 
kiritilishi va chiqarilishi miqdorlari o‘rganilib uning organizmda hazm bo‘lish 
miqdori o‘rganiladi, ayniqsa bu usul bilan energiya almashinishi o‘rganiladi. 
  Balans tajriba usullari har xil sharoitlarda moddalarning energiya 
almashinishi uchun qulay usullardan biri hisoblanadi, ayniqsa energiya 
almashinishida vositali va vositasiz kollorimetriya usullardan oziqalarning 
tarkibidagi energiya maxsus kollorimetrik bombalarda kuydirish yoki yondirish yo‘li 
bilan aniqlanadi.  
  Organizmdan chiqarilayotgan energiya yesa bevosita kollorimetrik 
kameralarda tekshiriladi yoki nafas koeffisienti vositasida o‘rganiladi ya’ni 
organizmga kiritilayotgan kislorod va organizmdan chiqarilayotgan karbonat 
angidrid gazlarining miqdori aniqlanib ularning nisbatiga ko‘ra nafas koeffisienti 
belgilanadi va har qanday nafas koeffisientiga nisbatan ajralayotgan energiya 
miqdori kjoul miqdorida belgilanadi. 
  Organizmda ayrim moddalarning va ularning tarkibida saqlanadigan 
yelementlarni almashinishini o‘rganish uchun «tag‘malangan», «nishonlangan», 
«belgilangan» atomlar usulidan foydalaniladi. U yoki bu organik moddalar 
tarkibidagi har xil yelementlar ya’ni N yoki uglerod N yoki boshqa yelenmentlar, 
tuzlar, mikroelementlar, maxsus darajadagi atom nurlari bilan nishonlanib 
organizmga yuboriladi. Shu yelementlarni organizmdagi organlar va sistemalarda 
tarqalishi maxsus asboblar vositasida tekshiriladi. Shu tariqa moddalarni organizmda
Shu tariqa oqsillar, yog‘lar, uglevodlar xilma-xil vitaminlar makro-mikro yelementlar suv va tuzlar almashinuvlari alohida sistema asosida o‘rganiladi. Modda va energiya almashinuvini o‘rganish uchun maxsus usullar ishlanadi, ular quyidagilar: 1. Uzoq muddatli kuzatish asosida o‘rganiladi. 2. Maxsus organlar va to‘qimalarni izolyasiya qilib o‘rganilishi. 3. Organlarga oqib kiradigan va oqib chiqayotgan suyuqliklarni olib o‘rganish usulidan foydalaniladi. 4. Ye.S.Londonning (1905) angiostomiya usuliga ayrim organlarga izolyasiya qilingan xolda naychalar o‘rnatilib, shu naychalar orqali qon yoki boshqa suyuqliklar olinib uning tarkibiy qismi o‘rganiladi. Keyingi yillarda laboratoriya sharoitida keng miqdorda balans tajriba usullaridan foydalaniladi. U yoki bu moddalarni organizmga kiritilishi va chiqarilishi miqdorlari o‘rganilib uning organizmda hazm bo‘lish miqdori o‘rganiladi, ayniqsa bu usul bilan energiya almashinishi o‘rganiladi. Balans tajriba usullari har xil sharoitlarda moddalarning energiya almashinishi uchun qulay usullardan biri hisoblanadi, ayniqsa energiya almashinishida vositali va vositasiz kollorimetriya usullardan oziqalarning tarkibidagi energiya maxsus kollorimetrik bombalarda kuydirish yoki yondirish yo‘li bilan aniqlanadi. Organizmdan chiqarilayotgan energiya yesa bevosita kollorimetrik kameralarda tekshiriladi yoki nafas koeffisienti vositasida o‘rganiladi ya’ni organizmga kiritilayotgan kislorod va organizmdan chiqarilayotgan karbonat angidrid gazlarining miqdori aniqlanib ularning nisbatiga ko‘ra nafas koeffisienti belgilanadi va har qanday nafas koeffisientiga nisbatan ajralayotgan energiya miqdori kjoul miqdorida belgilanadi. Organizmda ayrim moddalarning va ularning tarkibida saqlanadigan yelementlarni almashinishini o‘rganish uchun «tag‘malangan», «nishonlangan», «belgilangan» atomlar usulidan foydalaniladi. U yoki bu organik moddalar tarkibidagi har xil yelementlar ya’ni N yoki uglerod N yoki boshqa yelenmentlar, tuzlar, mikroelementlar, maxsus darajadagi atom nurlari bilan nishonlanib organizmga yuboriladi. Shu yelementlarni organizmdagi organlar va sistemalarda tarqalishi maxsus asboblar vositasida tekshiriladi. Shu tariqa moddalarni organizmda
 
 
o‘zlashtiri-lishi o‘rganiladi. Azot uchun N15 izotopi, uglerod S31, N uchun N31 
izotoplari bor. 
  
2. Oqsil organizmning hayoti. Oqsilsiz organizmda tiriklik yo‘q. Oqsil 
organizmga har xil oziqalar bilan birga xilma-xil oqsilar holatida olinadi. Oqsilning 
asosiy manbalari o‘simlik va hayvonot dunyosidir. Oqsil tarkibi murakkab 
strukturaga yega va o‘zini tarkibida azot saqlash bilan farq qiladi. Oqsillar o‘zining 
tarkibiy qsimida aminokislotalarning saqlanishi xilma-xilligi bilan farq qiladi va 
oqsillar ikki xilda bo‘ladi. 
1. To‘la qiymatli oqsillar tarkibida barcha almashtirib bo‘lmaydigan 
aminokislotalarni saqlaydi. Bunday oqsillar manbai hayvonot mahsuloti va qisman 
o‘simlik mahsuloti hisoblanadi. 
2. To‘la qiymatsiz oqsillar-bunday oqsillarda ayrim almashtirib bo‘lmaydigan 
aminokislotlalar yetishmaydi. Oqsillar oziq-ovqatlar bilan hazm sistemasiga 
tushganda proteolitik fermentlar ta’sirida parchalanib xilma-xil amino-kislotalar 
hosil bo‘lib qonga so‘riladi. Qon orqali butun organizmga tarqa-ladi, organlar, 
to‘qimalar, sistemalarga borib qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Darvoza venasi 
orqali jigarga borib aminosizlanish jarayonini o‘tab (NH2 yo‘qotib) amino 
gruppasidan ammiak, mochevina hosil bo‘lib siydik orqali chiqib ketadi. 
Aminsizlangan qoldiq qismidan glyukoza hosil bo‘ladi va glikogenga aylanib jigarga 
to‘planadi. Azotsiz qismidan glikogen-glyukoza to‘qima organlar sistema 
yehtiyojlari uchun sarflanadi. 
 Oqsilini organizm uchun sarflanadigan energiya miqdori uglevod 
energiyasiga teng bo‘ladi, ya’ni oqsil yonganda 4,1 kjoul energiya hosil bo‘ladi. 
Oqsilning umumiy beradigan energiya miqdori 5,8 kjoulga teng bo‘lib, uning bir 
qism energiyasi (1,7 kjoul) aminogruppa bilan ajralib chiqib organizm uchun foydasi 
bo‘lmaydi. 
 Oqsillar aminokislotalar holatida hamma hujayra, to‘qima, organlar 
sistemalarning tarkibiy qismiga qurilish materiallari sifatida sarf bo‘ladi. 
Organizmda oqsil almashinuvi intensiv kechadi o‘rtacha 6 oy muddatida organizm 
oqsillari yangilanib turadi, ya’ni yil sayin almashinadi. Yangi hujayra hosil bo‘ladi, 
o‘sadi va rivojlanadi. Shu hisobidan yangi oqsil kiritilib turadi. Aminokislotalardan 
har bir organ to‘qima sistema uchun maxsus o‘ziga xos oqsillar, ularni turlari
o‘zlashtiri-lishi o‘rganiladi. Azot uchun N15 izotopi, uglerod S31, N uchun N31 izotoplari bor. 2. Oqsil organizmning hayoti. Oqsilsiz organizmda tiriklik yo‘q. Oqsil organizmga har xil oziqalar bilan birga xilma-xil oqsilar holatida olinadi. Oqsilning asosiy manbalari o‘simlik va hayvonot dunyosidir. Oqsil tarkibi murakkab strukturaga yega va o‘zini tarkibida azot saqlash bilan farq qiladi. Oqsillar o‘zining tarkibiy qsimida aminokislotalarning saqlanishi xilma-xilligi bilan farq qiladi va oqsillar ikki xilda bo‘ladi. 1. To‘la qiymatli oqsillar tarkibida barcha almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni saqlaydi. Bunday oqsillar manbai hayvonot mahsuloti va qisman o‘simlik mahsuloti hisoblanadi. 2. To‘la qiymatsiz oqsillar-bunday oqsillarda ayrim almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotlalar yetishmaydi. Oqsillar oziq-ovqatlar bilan hazm sistemasiga tushganda proteolitik fermentlar ta’sirida parchalanib xilma-xil amino-kislotalar hosil bo‘lib qonga so‘riladi. Qon orqali butun organizmga tarqa-ladi, organlar, to‘qimalar, sistemalarga borib qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Darvoza venasi orqali jigarga borib aminosizlanish jarayonini o‘tab (NH2 yo‘qotib) amino gruppasidan ammiak, mochevina hosil bo‘lib siydik orqali chiqib ketadi. Aminsizlangan qoldiq qismidan glyukoza hosil bo‘ladi va glikogenga aylanib jigarga to‘planadi. Azotsiz qismidan glikogen-glyukoza to‘qima organlar sistema yehtiyojlari uchun sarflanadi. Oqsilini organizm uchun sarflanadigan energiya miqdori uglevod energiyasiga teng bo‘ladi, ya’ni oqsil yonganda 4,1 kjoul energiya hosil bo‘ladi. Oqsilning umumiy beradigan energiya miqdori 5,8 kjoulga teng bo‘lib, uning bir qism energiyasi (1,7 kjoul) aminogruppa bilan ajralib chiqib organizm uchun foydasi bo‘lmaydi. Oqsillar aminokislotalar holatida hamma hujayra, to‘qima, organlar sistemalarning tarkibiy qismiga qurilish materiallari sifatida sarf bo‘ladi. Organizmda oqsil almashinuvi intensiv kechadi o‘rtacha 6 oy muddatida organizm oqsillari yangilanib turadi, ya’ni yil sayin almashinadi. Yangi hujayra hosil bo‘ladi, o‘sadi va rivojlanadi. Shu hisobidan yangi oqsil kiritilib turadi. Aminokislotalardan har bir organ to‘qima sistema uchun maxsus o‘ziga xos oqsillar, ularni turlari
 
 
sintezlanadi. Masalan:qon tarkibidagi albumin, globulin, fibrinogen hamma 
organizmlarda bo‘lsada ularning fraksiyalari bir-biriga o‘xshamaydi, ya’ni to‘g‘ri 
kelmaydi. Masalan: qon gruppalari to‘g‘ri kelmaydi. Muskullarda mioglobin va 
miozin, ko‘zda ko‘rish uchun purpur radopsin oqsil bor. 
 Organizmda organ to‘qimalarida va har xil organizm uchun mahsus oqsillarni 
sietezlanishi oqsillarni o‘zaro kelishmovchi-ligini ta’minlaydi, ya’ni bir organizm 
oqsilini ikkinchi organizm oqsili yemirilib sabab, oqsil barerligini anafilaksiyasini 
hosil qiladi. 
 To‘qimani ko‘chirib o‘tkazganimizda bir organizmning o‘zida o‘sadi, lekin 
ikkinchi organizmga ko‘chirmoqchi bo‘lsak u organizm-ni oqsilini farqini bilishimiz 
kerak, to‘g‘ri kelsa o‘sishi mumkin. Bu operasiya yegizaklarda yaxshi kechadi, ya’ni 
bobosidan nabirasiga va aksincha yaxshi kechishi mumkin. 
 O‘simliklardan nuhat, mosh, loviyalar tarkibida, ko‘proq ko‘k bedada 
makkapoya silosida kam yoki 55-65% chamasida, hayvonot mahsulotlarida 85-90% 
ni to‘la qiymatli oqsil tashkil yetadi. Ichki organlarda, tuxum, sutdan tayyorlangan 
oziqada to‘la qiymatli oqsil ko‘proq bo‘ladi. Chiqindi oziqalarda masalan qonni 
ayniqsa kavsh qaytaruvchilar uchun hazmlanish koeffisienti kam. 
 Kombikorm, konsentratlarning tarkibida bo‘lgan bilan uning tarkibiga 
kiritiladigan oqsillarni nazarga olib fermada, bo‘rdoqichilikda bu oziqalarni 
klassifikasiya qilishimiz kerak. Nimjon tug‘ilib o‘sayotgan yoki kasallangan 
organizmda oqsilga yehtiyoj ko‘p va oqsilga yehtiyoj har xil organizmlarda har xil. 
Masalan: kavsh qaytaruvchi hayvonlarda tayyor oqsilga muxtojlik yo‘q, chunki 
mikroorganizmlar faoliyati tufayli katta qorinda oziqaga mochevina qo‘shilish 
natijasida 35-40% gacha organizmni oqsil extiyoji qondiriladi. Turli yog‘, uglevod 
va boshqa moddalar-dan tayyorlanadigan oqsillar 28% ni tashkil qiladi. 
 Organizmda oqsillar bilan birgalikda har xildagi nukleoproteidlar ham 
almashinadi. Bu moddalar ximiyaviy jihatdan murakkab tuzilgan tarkibiy qismida 
azot saqlanishi bilan birga nuklein kislotalarini saqlaydi. 
 Nuklein kislotalari organizmning hujayra to‘qimalarini tuzilishi uchun ularning 
yadro va sitoplazma tarkibiy qismiga kiradi. Nukleoproteidlar tarkibida saqlanadigan 
nukleotidlar har xil kislotalar saqlaydi. Jumladan, fosfor kislotasini saqlaydi. Bu 
kislotalar organizm uchun energetik material hisoblanadi. Ularning birikmalaridan
sintezlanadi. Masalan:qon tarkibidagi albumin, globulin, fibrinogen hamma organizmlarda bo‘lsada ularning fraksiyalari bir-biriga o‘xshamaydi, ya’ni to‘g‘ri kelmaydi. Masalan: qon gruppalari to‘g‘ri kelmaydi. Muskullarda mioglobin va miozin, ko‘zda ko‘rish uchun purpur radopsin oqsil bor. Organizmda organ to‘qimalarida va har xil organizm uchun mahsus oqsillarni sietezlanishi oqsillarni o‘zaro kelishmovchi-ligini ta’minlaydi, ya’ni bir organizm oqsilini ikkinchi organizm oqsili yemirilib sabab, oqsil barerligini anafilaksiyasini hosil qiladi. To‘qimani ko‘chirib o‘tkazganimizda bir organizmning o‘zida o‘sadi, lekin ikkinchi organizmga ko‘chirmoqchi bo‘lsak u organizm-ni oqsilini farqini bilishimiz kerak, to‘g‘ri kelsa o‘sishi mumkin. Bu operasiya yegizaklarda yaxshi kechadi, ya’ni bobosidan nabirasiga va aksincha yaxshi kechishi mumkin. O‘simliklardan nuhat, mosh, loviyalar tarkibida, ko‘proq ko‘k bedada makkapoya silosida kam yoki 55-65% chamasida, hayvonot mahsulotlarida 85-90% ni to‘la qiymatli oqsil tashkil yetadi. Ichki organlarda, tuxum, sutdan tayyorlangan oziqada to‘la qiymatli oqsil ko‘proq bo‘ladi. Chiqindi oziqalarda masalan qonni ayniqsa kavsh qaytaruvchilar uchun hazmlanish koeffisienti kam. Kombikorm, konsentratlarning tarkibida bo‘lgan bilan uning tarkibiga kiritiladigan oqsillarni nazarga olib fermada, bo‘rdoqichilikda bu oziqalarni klassifikasiya qilishimiz kerak. Nimjon tug‘ilib o‘sayotgan yoki kasallangan organizmda oqsilga yehtiyoj ko‘p va oqsilga yehtiyoj har xil organizmlarda har xil. Masalan: kavsh qaytaruvchi hayvonlarda tayyor oqsilga muxtojlik yo‘q, chunki mikroorganizmlar faoliyati tufayli katta qorinda oziqaga mochevina qo‘shilish natijasida 35-40% gacha organizmni oqsil extiyoji qondiriladi. Turli yog‘, uglevod va boshqa moddalar-dan tayyorlanadigan oqsillar 28% ni tashkil qiladi. Organizmda oqsillar bilan birgalikda har xildagi nukleoproteidlar ham almashinadi. Bu moddalar ximiyaviy jihatdan murakkab tuzilgan tarkibiy qismida azot saqlanishi bilan birga nuklein kislotalarini saqlaydi. Nuklein kislotalari organizmning hujayra to‘qimalarini tuzilishi uchun ularning yadro va sitoplazma tarkibiy qismiga kiradi. Nukleoproteidlar tarkibida saqlanadigan nukleotidlar har xil kislotalar saqlaydi. Jumladan, fosfor kislotasini saqlaydi. Bu kislotalar organizm uchun energetik material hisoblanadi. Ularning birikmalaridan
 
 
ATF yoki fosfat kislotasi yurak skelet muskullari uchun, jigar to‘qimalari 
uchun,energiya manbai hisoblanadi. 
 Nuklein kislotalari jinsiy hujayralar, ularning yadro va sitoplazma qismiga 
kiradi. Jumladan, DNK va RNK jinsiy hujayralarda irsiy xususiyatlarni ta’minlaydi. 
Irsiy belgilarni transport va irsiy belgilarni strukturasini qoliblik (kod) vazifasini 
bajaradi. Natijada organizmni murakkab xislatlarini ta’minlaydi. Nuklein 
kislotalarni xilma-xil xususiyati kuzatiladi. 
 Organizmda transport qiluvchi nuklein kislota va shakl beruvchi nuklein 
kislotalar bor. Nuklein kislotalar har xil biologik jarayonlarni bajarishida ayniqsa 
nerv sistemsining faoliyati, nerv hujayralarda bo‘ladigan fiziologik xislatlarni 
ta’minlanishida qatnashadi. Shu ma’lumotlarga ko‘ra organizmga oqsil talabini 
qondirish uchun va fiziologik jarayonlarni normal kechishi uchun har xil oqsillar 
bilan birgalikda nuklein kislotalari kiritilishi zarur. Nuklein kislotalari turli 
nukleoproteidlar tarkibida bo‘lib, ularning manbai o‘simlik va hayvonot dunyosidan 
tayyorlanadigan oziqa hisoblanadi. 
3. Organizmning oqsil extiyojini qondirish uchun har bir organizm o‘ziga xos 
oqsil talabi boshqa oziqalar bilan ta’minlanib faqat plastik material sifatida yetarli 
bo‘lgan oqsil miqdoriga oqsil minumi deyiladi. Oqsil minumimi organizmning tirik 
vazniga nisbatan belgilanib, go‘shtxo‘r va aralash ovqatlanadigan organizmlar uchun 
1 kg tirik vazniga 1 gramm yoki 1,2 gramm, o‘txo‘r organizmi uchun 1 kg vazniga 
0,6-0,8 gramm oqsil talab qilinadi. Bu oqsil minumi darajasi organizmning yashash 
sharoiti, bajaradigan ishi, fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab o‘zgaradi va 
o‘rtacha 25-30% atrofida oqsil qo‘shiladi. Og‘ir ish bajaradigan organizmlarga, 
surunkali kasallikdan keyin tiklanayotgan organizmlarga, bola boqib o‘stirayotgan 
organizmlarga va mahsuldorligi yuqori bo‘lgan organizmlarga oqsil minumiga 
qo‘shimcha 30% har xil shaklda oqsillar berilishi zarur. 
 Bir tuyoqlilarning ko‘r ichak, chambar ichaklarida ko‘p oqsil sintezlanadi. 
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar so‘lagi orqali ajrala-yotgan azotni oziqa bilan 
aralashtirib qorin mikroorganizmlari o‘zlashtirib oqsil sintezlab beradi 8% atrofida 
qo‘y, yechki, qoramollarda so‘lak tarkibidagi azotni oqsilga aylantirib hazm qiladi. 
Umuman ferment va boshqa suyuqliklar, oshqozon, ichak, shilliq qavati yemirilib 
tushib shu oqsillarni qayta sintezlab bu 20% atrofida bo‘ladi.
ATF yoki fosfat kislotasi yurak skelet muskullari uchun, jigar to‘qimalari uchun,energiya manbai hisoblanadi. Nuklein kislotalari jinsiy hujayralar, ularning yadro va sitoplazma qismiga kiradi. Jumladan, DNK va RNK jinsiy hujayralarda irsiy xususiyatlarni ta’minlaydi. Irsiy belgilarni transport va irsiy belgilarni strukturasini qoliblik (kod) vazifasini bajaradi. Natijada organizmni murakkab xislatlarini ta’minlaydi. Nuklein kislotalarni xilma-xil xususiyati kuzatiladi. Organizmda transport qiluvchi nuklein kislota va shakl beruvchi nuklein kislotalar bor. Nuklein kislotalar har xil biologik jarayonlarni bajarishida ayniqsa nerv sistemsining faoliyati, nerv hujayralarda bo‘ladigan fiziologik xislatlarni ta’minlanishida qatnashadi. Shu ma’lumotlarga ko‘ra organizmga oqsil talabini qondirish uchun va fiziologik jarayonlarni normal kechishi uchun har xil oqsillar bilan birgalikda nuklein kislotalari kiritilishi zarur. Nuklein kislotalari turli nukleoproteidlar tarkibida bo‘lib, ularning manbai o‘simlik va hayvonot dunyosidan tayyorlanadigan oziqa hisoblanadi. 3. Organizmning oqsil extiyojini qondirish uchun har bir organizm o‘ziga xos oqsil talabi boshqa oziqalar bilan ta’minlanib faqat plastik material sifatida yetarli bo‘lgan oqsil miqdoriga oqsil minumi deyiladi. Oqsil minumimi organizmning tirik vazniga nisbatan belgilanib, go‘shtxo‘r va aralash ovqatlanadigan organizmlar uchun 1 kg tirik vazniga 1 gramm yoki 1,2 gramm, o‘txo‘r organizmi uchun 1 kg vazniga 0,6-0,8 gramm oqsil talab qilinadi. Bu oqsil minumi darajasi organizmning yashash sharoiti, bajaradigan ishi, fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab o‘zgaradi va o‘rtacha 25-30% atrofida oqsil qo‘shiladi. Og‘ir ish bajaradigan organizmlarga, surunkali kasallikdan keyin tiklanayotgan organizmlarga, bola boqib o‘stirayotgan organizmlarga va mahsuldorligi yuqori bo‘lgan organizmlarga oqsil minumiga qo‘shimcha 30% har xil shaklda oqsillar berilishi zarur. Bir tuyoqlilarning ko‘r ichak, chambar ichaklarida ko‘p oqsil sintezlanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar so‘lagi orqali ajrala-yotgan azotni oziqa bilan aralashtirib qorin mikroorganizmlari o‘zlashtirib oqsil sintezlab beradi 8% atrofida qo‘y, yechki, qoramollarda so‘lak tarkibidagi azotni oqsilga aylantirib hazm qiladi. Umuman ferment va boshqa suyuqliklar, oshqozon, ichak, shilliq qavati yemirilib tushib shu oqsillarni qayta sintezlab bu 20% atrofida bo‘ladi.
 
 
 Organizmda oqsil talabini hisobga olib oqsil almashinish balansi o‘rganiladi. 
Oqsilni asosiy qismi azot moddasi sifatida ajralib chiqishi va faqat azot moddalarini 
bo‘lishini nazarga olib, oqsil almashinish darajsini aniqlash uchun azot balansi 
tekshiriladi. Azot balansi musbat va manfiy hamda teng bo‘lishi mumkin. 
  Agar organizmga kiritilayotgan azot miqdori organizmdan chiqarilayotgan 
azotdan ko‘p bo‘lsa musbat azot balansi deyiladi va aksincha chiqarilayotgan 
azotning miqdori kiritilayotgan azot miqdoridan ko‘p bo‘lsa manfiy azot balansi 
deyiladi. Organizmda azot balansi teng bo‘lganda oziq-ovqat bilan kiritilayotgan 
oqsil organizm o‘sishi, rivojlanishi, mahsuldorligini oshirishga sarflanib tursa oqsil 
retensiyasi deyiladi. Bu sharoitlar organizmni fiziologik holatiga bog‘liq: o‘sish, 
tiklanish, og‘ir ish bajarayotgan bo‘lishi mumkin, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish 
uchun, naslni ko‘paytirib o‘stirish uchun: Masalan bug‘oz hayvonlar o‘ziga azotni 
ya’ni oqsil to‘playdi, ba’zan tug‘ish oldidan oqsil to‘plash kuzatiladi. Quyonlar 
ko‘pincha yovvoyi hayvonlar va qishda sovuq joylarda qor tagida, o‘rmonlarda joy 
qilib azot yig‘adi, bu xususiyat mushuklarga ham xosdir. Kalamushlarda ham 
oldindan azot yig‘ib sharoitga moslashadi. Shu sharoitlar uyda saqlanadigan itlarda 
qisman qorako‘l qo‘ylarda qirqim paytida, kuyikishda shu vaqtga mo‘ljallab azot 
to‘planishiga azot retensiyasi deyiladi. 
  Azot muvozanatini laboratoriya sharoitida tekshirish uchun hayvonlar 
mahsus balans sharoitida saqlanadi. Organizmga kiritilgan azot miqdori rasionga 
kiritilgan oziqa tarkibida tekshiriladi. Organizmdan chiqarilayotgan azot yesa 
siydikda va tezakda tekshirib aniqlanadi. 
 Maxsus zaruriyatlar bo‘lgan sharoitda ayrim organlarga angistomiya qilish 
bilan azot almashinishini tekshiriladi yoki nishonlangan atomlar usulidan 
foydalaniladi. 
 Azot ter, siydik, gippur kislota, mochevina sifatida tezak bilan ajralib chiqadi. 
Shu mahsulotlarda azot miqdorini aniq-lash kerak. 
 Organizmda moddalar almashinish xususiyatlari jumladan azot almashinishi 
ikki xilda kechadi. 
1. Umumiy almashinish sharoitida ya’ni organizmni umumiy almashinishi 
sharoitida kechadigan almashinish bu hamma organizmlarda tekshiriladi.
Organizmda oqsil talabini hisobga olib oqsil almashinish balansi o‘rganiladi. Oqsilni asosiy qismi azot moddasi sifatida ajralib chiqishi va faqat azot moddalarini bo‘lishini nazarga olib, oqsil almashinish darajsini aniqlash uchun azot balansi tekshiriladi. Azot balansi musbat va manfiy hamda teng bo‘lishi mumkin. Agar organizmga kiritilayotgan azot miqdori organizmdan chiqarilayotgan azotdan ko‘p bo‘lsa musbat azot balansi deyiladi va aksincha chiqarilayotgan azotning miqdori kiritilayotgan azot miqdoridan ko‘p bo‘lsa manfiy azot balansi deyiladi. Organizmda azot balansi teng bo‘lganda oziq-ovqat bilan kiritilayotgan oqsil organizm o‘sishi, rivojlanishi, mahsuldorligini oshirishga sarflanib tursa oqsil retensiyasi deyiladi. Bu sharoitlar organizmni fiziologik holatiga bog‘liq: o‘sish, tiklanish, og‘ir ish bajarayotgan bo‘lishi mumkin, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish uchun, naslni ko‘paytirib o‘stirish uchun: Masalan bug‘oz hayvonlar o‘ziga azotni ya’ni oqsil to‘playdi, ba’zan tug‘ish oldidan oqsil to‘plash kuzatiladi. Quyonlar ko‘pincha yovvoyi hayvonlar va qishda sovuq joylarda qor tagida, o‘rmonlarda joy qilib azot yig‘adi, bu xususiyat mushuklarga ham xosdir. Kalamushlarda ham oldindan azot yig‘ib sharoitga moslashadi. Shu sharoitlar uyda saqlanadigan itlarda qisman qorako‘l qo‘ylarda qirqim paytida, kuyikishda shu vaqtga mo‘ljallab azot to‘planishiga azot retensiyasi deyiladi. Azot muvozanatini laboratoriya sharoitida tekshirish uchun hayvonlar mahsus balans sharoitida saqlanadi. Organizmga kiritilgan azot miqdori rasionga kiritilgan oziqa tarkibida tekshiriladi. Organizmdan chiqarilayotgan azot yesa siydikda va tezakda tekshirib aniqlanadi. Maxsus zaruriyatlar bo‘lgan sharoitda ayrim organlarga angistomiya qilish bilan azot almashinishini tekshiriladi yoki nishonlangan atomlar usulidan foydalaniladi. Azot ter, siydik, gippur kislota, mochevina sifatida tezak bilan ajralib chiqadi. Shu mahsulotlarda azot miqdorini aniq-lash kerak. Organizmda moddalar almashinish xususiyatlari jumladan azot almashinishi ikki xilda kechadi. 1. Umumiy almashinish sharoitida ya’ni organizmni umumiy almashinishi sharoitida kechadigan almashinish bu hamma organizmlarda tekshiriladi.
 
 
Asosiy almashinish maxsus sharoitda atmosfera havosining bosimi belgilangan 
tana temperaturasi aniqlangan nisbiy tinch turgan oshqozon-ichak sistemalari oziq 
ovqatlardan tozalangan va tevarak muhit harorati+18 +20o S bo‘lgan sharoitda 
kechadigan almashinishdir. Bunday almashinishlar faqat oshqozonlari bir kamerali 
bo‘lgan go‘shtxo‘r yoki aralash ovqatlanadigan organizmlarda tekshirilishi mumkin. 
(Buni ko‘proq odamlarda medisinada qilinishi mumkin. Buning uchun kamerali 
hayvon olib atm. 1ga yetkazilib harorat +18 +20o S ga yetkazilib, harorat pasaysa 
ham almashinish kuchayadi yoki aksincha, tana temperaturasi tekshiriladi). 
 Hayvonlardan maymun, itlarda tekshiriladi. Ularni bu sharoitga tayyorlash 
kerak, oziq-ovqat qoldig‘idan tozalash kerak. 2-3 sutka och koldirish kerak. Bu 
hayvonlarni siydik, nafas koeffisienti, haroratini nisbiy tinchlik holatda tekshirsak 
bo‘ladi, agar uxlasak moddalar almashinuvi 30% gacha pasayadi, harakatda bo‘lsa 
uni nazarda tutish kerak. Bunda fiziologik jarayon belgilovchi dalil bo‘lishi kerak. 
Oqsillar almashinuvi nerv va gumoral sistemalar orqali boshqariladi. Oraliq 
miyaning gipotalamus qismida oqsillar almashinuvini boshqaruvchi markaz bo‘lib, 
uning kulrang do‘mboqchasi qismdagi yadralarning ta’sirlanishidan oqsil 
parchalanishi tezlashadi va siydik bilan azot chiqarilishi tezlashadi. Gipotalamusning 
boshqa qismlarida oqsil almashinuviga tormozlovchi markaz bo‘lishi ham mumkin. 
Nerv sistemasi o‘z ta’sirini gumoral sistema ya’ni qalqonsimon bezidan tiroksin, 
gipofizning somototrop gormonlari ajralishini kuchaytirib oqsillar almashinuvini 
o‘zgartiradi. Oqsillar almashinuvini miya po‘stlog‘ini ta’siri yolg‘ondakam 
oziqlantirish usuli yordamida o‘rganilib, shartli reflekslar yo‘li bilan oqsillar 
almashinuvini o‘zgartirish mumkinligi isbotlangan.  
  
3. Yog‘lar va lipoidlar almashinuvi. Yog‘lar organizm uchun eng muxim 
qurilish va energetik material siftida zarur. Yog‘lar organizmga har xil ozuqalar bilan 
kiritiladi. Ozuqalarda xilma-xil yog‘lar bo‘ladi, ya’ni o‘simliklar va hayvonot 
yog‘lari bo‘lib, bu yog‘lar tarkibi jihatidan yog‘ kislotalari va gliserindan iborat 
bo‘ladi. 
 Yog‘lar hazm sistemasida lipolitik fermentlar ta’sirida yog‘ kislotasi va 
gliseringa parchalanadi. Gliserin shaklida so‘riladi yoki suvda yaxshi yerib so‘riladi. 
Yog‘ kislotalri o‘t kislotalari bilan birlashib juft kislotalar hosil qilib suvda yerib 
so‘riladi. Yog‘lar asosan limfa sistemasiga va 20-25% qonga so‘riladi. Yog‘lar
Asosiy almashinish maxsus sharoitda atmosfera havosining bosimi belgilangan tana temperaturasi aniqlangan nisbiy tinch turgan oshqozon-ichak sistemalari oziq ovqatlardan tozalangan va tevarak muhit harorati+18 +20o S bo‘lgan sharoitda kechadigan almashinishdir. Bunday almashinishlar faqat oshqozonlari bir kamerali bo‘lgan go‘shtxo‘r yoki aralash ovqatlanadigan organizmlarda tekshirilishi mumkin. (Buni ko‘proq odamlarda medisinada qilinishi mumkin. Buning uchun kamerali hayvon olib atm. 1ga yetkazilib harorat +18 +20o S ga yetkazilib, harorat pasaysa ham almashinish kuchayadi yoki aksincha, tana temperaturasi tekshiriladi). Hayvonlardan maymun, itlarda tekshiriladi. Ularni bu sharoitga tayyorlash kerak, oziq-ovqat qoldig‘idan tozalash kerak. 2-3 sutka och koldirish kerak. Bu hayvonlarni siydik, nafas koeffisienti, haroratini nisbiy tinchlik holatda tekshirsak bo‘ladi, agar uxlasak moddalar almashinuvi 30% gacha pasayadi, harakatda bo‘lsa uni nazarda tutish kerak. Bunda fiziologik jarayon belgilovchi dalil bo‘lishi kerak. Oqsillar almashinuvi nerv va gumoral sistemalar orqali boshqariladi. Oraliq miyaning gipotalamus qismida oqsillar almashinuvini boshqaruvchi markaz bo‘lib, uning kulrang do‘mboqchasi qismdagi yadralarning ta’sirlanishidan oqsil parchalanishi tezlashadi va siydik bilan azot chiqarilishi tezlashadi. Gipotalamusning boshqa qismlarida oqsil almashinuviga tormozlovchi markaz bo‘lishi ham mumkin. Nerv sistemasi o‘z ta’sirini gumoral sistema ya’ni qalqonsimon bezidan tiroksin, gipofizning somototrop gormonlari ajralishini kuchaytirib oqsillar almashinuvini o‘zgartiradi. Oqsillar almashinuvini miya po‘stlog‘ini ta’siri yolg‘ondakam oziqlantirish usuli yordamida o‘rganilib, shartli reflekslar yo‘li bilan oqsillar almashinuvini o‘zgartirish mumkinligi isbotlangan. 3. Yog‘lar va lipoidlar almashinuvi. Yog‘lar organizm uchun eng muxim qurilish va energetik material siftida zarur. Yog‘lar organizmga har xil ozuqalar bilan kiritiladi. Ozuqalarda xilma-xil yog‘lar bo‘ladi, ya’ni o‘simliklar va hayvonot yog‘lari bo‘lib, bu yog‘lar tarkibi jihatidan yog‘ kislotalari va gliserindan iborat bo‘ladi. Yog‘lar hazm sistemasida lipolitik fermentlar ta’sirida yog‘ kislotasi va gliseringa parchalanadi. Gliserin shaklida so‘riladi yoki suvda yaxshi yerib so‘riladi. Yog‘ kislotalri o‘t kislotalari bilan birlashib juft kislotalar hosil qilib suvda yerib so‘riladi. Yog‘lar asosan limfa sistemasiga va 20-25% qonga so‘riladi. Yog‘lar
 
 
hamma hujayra, to‘qimalarning sitoplazmasiga kirib energetik material bo‘lib 
xizmat qiladi. (Ayniqsa qonga so‘rilgan qismi). 
 Yog‘lar aosiy energiya manbai bo‘lib, organizmda ishlatiladi. Yog‘lar 
organizmda yonganida boshqa organik moddalarga nisbatan 2,5 barobardan ko‘p 
energiya beradi. Yog‘lar albatta xilma-xil yog‘ kislotalaridan ya’ni to‘yimli va 
to‘yimsiz yog‘ kislotalaridan iborat. Organizm har xil yog‘lardan foydalanishiga 
qaramasdan organizm va uning alohida qismlarida organlar atrofida, dumbada, teri 
tagida o‘ziga xos xususiy yog‘ sintezlanib bu sintezlanishda yog‘ kislotalarining 
ahamiyati kattadir. Bu yerda murakkab biosintez o‘tab jumladan ichak shilliq qavati 
tagida yog‘ kislotalari va gliserinlar o‘rni almashinishi bo‘lib, bu o‘rin 
almashinishida yog‘lar paydo bo‘ladi. Bu limfa sistemasida ham bo‘lib organizm 
hislatiga qarab yog‘lar to‘planadi. Limfa orqali berayotgan yog‘ kislotalari va 
gliserindan depo yog‘lar paydo bo‘ladi. Charvu yog‘i, har xil organlar yurak, buyrak 
atrofidagi, teri ostida to‘planadigan yog‘lar, maxsus yog‘ to‘plovchi qism tuyaning 
o‘rkachi, qo‘ylarning dumida, bir tuyoqlilarni ko‘krak yelka qismida ichak oshqozon 
atrofida to‘planadi. Yog‘lar almashinishida hayvonlar xilma-xil yog‘lar bilan 
oziqalansa xususiy yog‘larni sintezi yaxshi bo‘ladi. Bu quyidagicha bo‘ladi. 
Hayvonot yog‘i va o‘simlik yog‘i ovqat bilan iste’mol qilinganda har ikkala yog‘ 
yog‘ kislotalari va gliseringa parchalanib hayvonot yog‘ining yog‘ kislotasi o‘simlik 
yog‘ining gliserini bilan birikib boshqa hislatli, hayvon uchun xususiy yog‘ 
sintezlaydi. Demak, veterinarlar, zoomuxandislar, qorakulevodlar hayvonlarni 
semirtirish uchun turli xil oziqani aralash holatda berishi kerak. 
 Masalan: Lebedev itlarni och qoldirib, ular organizmida to‘plangan yog‘dan 
tozalab bitta itga qo‘y yog‘i, ikkinchisiga o‘simlik yog‘i berib semirtirib, qo‘y 
go‘shti yegan itlarda quyruq yog‘iga o‘xshash yog‘ to‘plangan (ya’ni qattiq yog‘, 
o‘simlik yog‘i bilan oziqalanganlarda yumshoq yog‘ ya’ni to‘yimli yog‘lar kam 
bo‘ladi). 
 Ba’zi bir Afrika mamlakatlarining qabilalarida o‘simlik yog‘i bilan 
Planeziyada, kakos yog‘i bilan oziqalanib, ular organizmida shu yog‘ to‘plangan. 
 Yog‘lar almashinuvida xilma-xil yog‘ kislotalari ishtirok qiladi, ayniqsa 
kavsh qaytaruvchilar organizmida hosil bo‘ladigan sirka, propion, moy kislo-tasi, 
ayrim o‘simliklar tarkibida saqlanadigan linol, araxidon kislotalari ayniqsa polenil,
hamma hujayra, to‘qimalarning sitoplazmasiga kirib energetik material bo‘lib xizmat qiladi. (Ayniqsa qonga so‘rilgan qismi). Yog‘lar aosiy energiya manbai bo‘lib, organizmda ishlatiladi. Yog‘lar organizmda yonganida boshqa organik moddalarga nisbatan 2,5 barobardan ko‘p energiya beradi. Yog‘lar albatta xilma-xil yog‘ kislotalaridan ya’ni to‘yimli va to‘yimsiz yog‘ kislotalaridan iborat. Organizm har xil yog‘lardan foydalanishiga qaramasdan organizm va uning alohida qismlarida organlar atrofida, dumbada, teri tagida o‘ziga xos xususiy yog‘ sintezlanib bu sintezlanishda yog‘ kislotalarining ahamiyati kattadir. Bu yerda murakkab biosintez o‘tab jumladan ichak shilliq qavati tagida yog‘ kislotalari va gliserinlar o‘rni almashinishi bo‘lib, bu o‘rin almashinishida yog‘lar paydo bo‘ladi. Bu limfa sistemasida ham bo‘lib organizm hislatiga qarab yog‘lar to‘planadi. Limfa orqali berayotgan yog‘ kislotalari va gliserindan depo yog‘lar paydo bo‘ladi. Charvu yog‘i, har xil organlar yurak, buyrak atrofidagi, teri ostida to‘planadigan yog‘lar, maxsus yog‘ to‘plovchi qism tuyaning o‘rkachi, qo‘ylarning dumida, bir tuyoqlilarni ko‘krak yelka qismida ichak oshqozon atrofida to‘planadi. Yog‘lar almashinishida hayvonlar xilma-xil yog‘lar bilan oziqalansa xususiy yog‘larni sintezi yaxshi bo‘ladi. Bu quyidagicha bo‘ladi. Hayvonot yog‘i va o‘simlik yog‘i ovqat bilan iste’mol qilinganda har ikkala yog‘ yog‘ kislotalari va gliseringa parchalanib hayvonot yog‘ining yog‘ kislotasi o‘simlik yog‘ining gliserini bilan birikib boshqa hislatli, hayvon uchun xususiy yog‘ sintezlaydi. Demak, veterinarlar, zoomuxandislar, qorakulevodlar hayvonlarni semirtirish uchun turli xil oziqani aralash holatda berishi kerak. Masalan: Lebedev itlarni och qoldirib, ular organizmida to‘plangan yog‘dan tozalab bitta itga qo‘y yog‘i, ikkinchisiga o‘simlik yog‘i berib semirtirib, qo‘y go‘shti yegan itlarda quyruq yog‘iga o‘xshash yog‘ to‘plangan (ya’ni qattiq yog‘, o‘simlik yog‘i bilan oziqalanganlarda yumshoq yog‘ ya’ni to‘yimli yog‘lar kam bo‘ladi). Ba’zi bir Afrika mamlakatlarining qabilalarida o‘simlik yog‘i bilan Planeziyada, kakos yog‘i bilan oziqalanib, ular organizmida shu yog‘ to‘plangan. Yog‘lar almashinuvida xilma-xil yog‘ kislotalari ishtirok qiladi, ayniqsa kavsh qaytaruvchilar organizmida hosil bo‘ladigan sirka, propion, moy kislo-tasi, ayrim o‘simliklar tarkibida saqlanadigan linol, araxidon kislotalari ayniqsa polenil,
 
 
sperin kislotasi qancha ko‘p sintezlansa, ularning xilma-xil yog‘larni sintez qilish 
imkoniyati yaxshilanadi. Yog‘ almashinishi shuning bilan birga uglevodlar 
almashinuviga bog‘liq ya’ni uglevodlardan yog‘ hosil bo‘lish xususiyatiga bog‘liq. 
 Organizmga uglevodli oziqalarning iste’mol qilib yog‘ hosil qilinishini 1888 
yil Chervinskiy o‘z fermasidagi cho‘chqalarni faqat kraxmalli oziqalar (kartoshka, 
qand lavlagi) bilan oziqalantirib organizmda yog‘ga aylanishini kuzatgan. 
 Kavsh qaytaruvchi hayvonlar katta qornida juda ko‘p kislotalar hosil bo‘ladi. 
Sirka kislotasini sut yog‘iga aylanishi kavsh qaytaruvchilarda yaxshi rivojlanib, ular 
organizmini yog‘larini sintez qiladi. Yog‘lar almashinishiga organizmning 
oziqalanish sharoiti bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Umuman tananing umumiy og‘irligiga 
nisbatan 10-12% depo yog‘i to‘plashga imkon bo‘ladi. Organizmda to‘qima hujayra 
sitoplazmasidagi yog‘ konsent-rasiyasi doimo bir xil saqlanadi, ammo depo yog‘lar 
konsentra-siyasi nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Agar organizm uzluksiz xilma-xil 
oziqa bilan yog‘ iste’mol qilsa, uglevod iste’mol qilsa gavdasida to‘plangan depo 
yog‘i to 50-60% gacha ko‘payishi mumkin (gavda vazniga nisbatan 100 kg 
keladigan qo‘yning 60-65% go‘shti bo‘lsa shu go‘shtning 50% yog‘ bo‘lishi 
mumkin). 
 Yaxshi semirgan qoramol va tuyalar ham o‘z vazniga nisbatan 50% yog‘ 
to‘playdi. Yog‘lar organizmning taxminan 30% energiya talabini bajaradi. Yog‘lar 
organizmida issiqlik soqlash xususiyat-iga yega. Ayniqsa sovuq iqlim sharoitida 
to‘planadigan qo‘ng‘ir rang yog‘ning ahamiyati kattadir. Bunday yog‘ xususiyatiga 
muvofiq yog‘ to‘qimalarini zich tuzilgan konsistensiyasi qattiqligi bilan ayniqsa 
yerish temperaturasini yuqori bo‘lishi bilan farq qiladi. Masalan: qo‘yning dumba 
yog‘i 50o t yeriy boshlasa qo‘ng‘ir rang yog‘ 68-70ot yeriy boshlaydi. Qo‘ng‘ir rang 
yog‘ ba’zi bir xil yovvoyi hayvonlarnni yangi tug‘ilgan bolalari organizmida ko‘p 
ya’ni tana vazniga nisbatan 5-6% gacha to‘plangan bo‘ladi. Bu yog‘lar organizmning 
qorin, yelka qismida to‘planadi va juda ko‘p issiqlik saqlash imkoniga yega. Yangi 
tug‘ilgan yovvoyi hayvon bolasini sovuqdan saqlaydi ya’ni har xil shamollashdan 
saqlaydi. (Quyon, bo‘ri, shog‘ollar bolasiga joy tayyorlaydiyu ba’zan qor ustida 
tug‘ib qoladi). Ularga evolyusion rivojlanish xususiyatiga ko‘ra qo‘ng‘ir yog‘ bilan 
tug‘ilish xususiyati xos. Teri tagida ko‘krak, yelka qismida to‘planadi. Issiqlik bareri 
sifatida organizmning yaxshi rivojlanishi uchun foydali yog‘. Yog‘lar ichak devorida
sperin kislotasi qancha ko‘p sintezlansa, ularning xilma-xil yog‘larni sintez qilish imkoniyati yaxshilanadi. Yog‘ almashinishi shuning bilan birga uglevodlar almashinuviga bog‘liq ya’ni uglevodlardan yog‘ hosil bo‘lish xususiyatiga bog‘liq. Organizmga uglevodli oziqalarning iste’mol qilib yog‘ hosil qilinishini 1888 yil Chervinskiy o‘z fermasidagi cho‘chqalarni faqat kraxmalli oziqalar (kartoshka, qand lavlagi) bilan oziqalantirib organizmda yog‘ga aylanishini kuzatgan. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar katta qornida juda ko‘p kislotalar hosil bo‘ladi. Sirka kislotasini sut yog‘iga aylanishi kavsh qaytaruvchilarda yaxshi rivojlanib, ular organizmini yog‘larini sintez qiladi. Yog‘lar almashinishiga organizmning oziqalanish sharoiti bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Umuman tananing umumiy og‘irligiga nisbatan 10-12% depo yog‘i to‘plashga imkon bo‘ladi. Organizmda to‘qima hujayra sitoplazmasidagi yog‘ konsent-rasiyasi doimo bir xil saqlanadi, ammo depo yog‘lar konsentra-siyasi nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Agar organizm uzluksiz xilma-xil oziqa bilan yog‘ iste’mol qilsa, uglevod iste’mol qilsa gavdasida to‘plangan depo yog‘i to 50-60% gacha ko‘payishi mumkin (gavda vazniga nisbatan 100 kg keladigan qo‘yning 60-65% go‘shti bo‘lsa shu go‘shtning 50% yog‘ bo‘lishi mumkin). Yaxshi semirgan qoramol va tuyalar ham o‘z vazniga nisbatan 50% yog‘ to‘playdi. Yog‘lar organizmning taxminan 30% energiya talabini bajaradi. Yog‘lar organizmida issiqlik soqlash xususiyat-iga yega. Ayniqsa sovuq iqlim sharoitida to‘planadigan qo‘ng‘ir rang yog‘ning ahamiyati kattadir. Bunday yog‘ xususiyatiga muvofiq yog‘ to‘qimalarini zich tuzilgan konsistensiyasi qattiqligi bilan ayniqsa yerish temperaturasini yuqori bo‘lishi bilan farq qiladi. Masalan: qo‘yning dumba yog‘i 50o t yeriy boshlasa qo‘ng‘ir rang yog‘ 68-70ot yeriy boshlaydi. Qo‘ng‘ir rang yog‘ ba’zi bir xil yovvoyi hayvonlarnni yangi tug‘ilgan bolalari organizmida ko‘p ya’ni tana vazniga nisbatan 5-6% gacha to‘plangan bo‘ladi. Bu yog‘lar organizmning qorin, yelka qismida to‘planadi va juda ko‘p issiqlik saqlash imkoniga yega. Yangi tug‘ilgan yovvoyi hayvon bolasini sovuqdan saqlaydi ya’ni har xil shamollashdan saqlaydi. (Quyon, bo‘ri, shog‘ollar bolasiga joy tayyorlaydiyu ba’zan qor ustida tug‘ib qoladi). Ularga evolyusion rivojlanish xususiyatiga ko‘ra qo‘ng‘ir yog‘ bilan tug‘ilish xususiyati xos. Teri tagida ko‘krak, yelka qismida to‘planadi. Issiqlik bareri sifatida organizmning yaxshi rivojlanishi uchun foydali yog‘. Yog‘lar ichak devorida