MOLIYA TIZIMI
3.1. Moliya tizimining sohalari va bo'g'inlari
Amaliy ish jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan
moliyaviy munosabatlarning turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga
boshqacha ta'rif berish ham mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish,
taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi.
«Moliya tizimi» tushunchasi keng ma'nodagi «moliya» tushunchasining taraqqiyoti
natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va mohiyatiga ko'ra
butunlay yangi bo'lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya
tizimining sohalari va bo'g'inlariga nisbatan ob'ektiv ravishda yangicha yondashuvni taqazo
etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo'linadi9:
davlat moliyasi va mahalliy moliya;
xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi.
O'z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlami
shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog'liq ravishda bir necha bo'g'inlardan
tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo'g'inlardan iborat
bo'lishi mumkin:
Davlat byudjeti;
maqsadli nobyudjet fondlari;
• davlat krediti.
Shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi quyidagi bo'g'inlardan iborat:
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
moliyaviy vositachilar moliyasi;
notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
Moliya tizimi
Xo'jalik
yurituvchi
sub'ektlar
moliyasi
Davlat
moliyasi va
mahalliy
moliya
Tijorat
korxonalari va
tashkilotlari
moliyasi
D
avlat
byudjet
i
Moliyaviy
vositachilar
moliyasi
Davlat
maqsadli
fondlari
Notijorat
tashkilotlar
moliyasi
D
avlat
krediti
3.1.1.-chizma. Moliya tizimining sohalari va bo’g’inlari
Moliya tizimining alohida sohalar va bo'g'inlarga bo'linishi YalMni shakllantirish,
taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromad-larni shakllantirish va utardan foydalanishda
iqtisodiy munosabatlar sub'ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan
belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo'g'iniga pul fondlari va daromadlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishning o'ziga xos shakllari va metodlari tegishlidir.
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YalMni yaratishga, uni
korxonalar o'rtasida taqsimlashga va YalM bir qismining byudjet va byudjetdan tashqari
jamg'arma fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar
davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar
va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida qayta taqsim-lanadi.
Moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini
sifatida Davlat byudjeti o'z ichiga quyidagilarni oladi:
respublika byudjeti;
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. O'z navbatida,
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog'iston
Respublikasiga bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.
Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar
byudjetlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo'linadigan shaharning byudjeti
shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat,
tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo'lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman
bo'ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o'z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi
kerak:
daromadlar asosini mustahkamlash zaminida byudjet defitsitining darajasini
kamaytirish;
mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha byudjet xarajatlarini
restrukturizatsiya qilish;
byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillash-tirish;
byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.
Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar)
oldindan belgUangan ma'lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo'lishi
mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul
qilinmasligidan qat'i nazar mablag'lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi.
Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta'minot, tekin sog'liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va
boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu
fondlar mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o'ziga xos
bo'lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliya
tizimining «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini sifatida
ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag'lardan foydalanishning maqsadli yo'naltirilganligi belgisi bo'yicha davlat
maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:
ijtimoiy yo'nalishga ega bo'lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki
byudjetdan tashqari fondlar);
tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo'lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).
Ayrim hollarda hududiy yo'naltirilgan (mo'ljallangan) davlat maqsadli fondlari
(byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya»
sohasining alohida bo'g'ini sifatida quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
• Respublika yo'l fondi;
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-
quwatlash davlat qo'mitasining maxsus hisob varag'i;
Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat fondi;
• O'zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag'lar to'planganligi sharoitida
davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag'lardan samarasiz foydalanishga va turli-
tuman su'istemol holatlari sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat
moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat
byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan
fondlarning maqsadli yo'nalishi o'zgartirilmasdan saqlanib qolishini ta'minlash lozim.
Davlat krediti moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining o'ziga
xos bo'g'ini hisoblanadi. Lining o'ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga
mablag'larni jalb qilish bo'yicha moliya-kredit munosabatlariga doir alohida shakllari bilan
belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniyshaxslar o'rtasidagi pul
munosabatlarining o'ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan,
mablag'larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga
chiqadi.
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag'larni qarz oluvchi sifatida davlat faoliyati
ustunlik qiladi.-Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya'ni davlat yuridik va
jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki kafil bo'lganda, ancha tor bo'ladi. Shunga
qaramasdan,
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
byudjetdan
moliyalash-tirish
ham
qaytariluvchanlik va to'lovchanlik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj
topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlari davlat o'z daromadlari
bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur'atlarda o'sishi bilan bog'liq. Bu
narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlari qoplanishini ta'minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir—biri bilan o'zaro
bog'liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining «Davlat moliyasi va mahalliy moliya»
bo'g'ini to'g'risidagi an'anaviy tasawurlarni kengaytirishi va zamonaviy talablarga muvofiq
ravishda Markaziy bank tizimini ham uning tarkibiga qo'shishni taqazo etadi.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni
boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham
atash mumkin. Moliya tizimining ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi
va ular, oxir-oqibatda davlat tomonidan o'rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta
taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini
shakllantiradi. Bir vaqtning o'zida moliyaviy mablag'larning katta qismi to'g'ridan-to'g'ri
byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning
joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo'naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va
tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi
bo'g'inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning
moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlarva xarajatlarni
shakllantirish, mulkka egalik qilish, o'z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish
shakllariga bog'liq ravishda o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o'zida,
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda
moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy
holati ana shu korxonalar moliyasidagi ahvol bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o'zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob
asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o'z daromadlari
hisobidan qoplanishi. kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning
asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan
olingan tushumni ularning o'zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o'zlarining ixtiyoriga ko'ra
foydadan foyda-lanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy
bozorning resurslaridan — bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari
va moliyaviy bozorning boshqa instrumentlaridan foydalangan holda investitsiyalashtirish
uchun zarur bo'lgan mablag'larni qidirib topadilar.
Korxonalar davlatning har-xil aralashuvidan ozod qilingan, shu bilan birgalikda,
ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas'uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning o'zida mamlakatning xo'jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat boiib,
aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an'analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga
muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining ko'lami bir-biridan farq qiladi. Biroq, bir
necha miqdoriy tavsifnomalarning (ko'rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu
sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o'xshash tavsifnomalarga
(ko'rsatkichlarga) quyida-gilami kiritish mumkin:
notijorat tashkilotlarining soni. Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta notijorat
tashkiloti to'g'ri keladi. Finlyandiya shu ma'noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000
kishiga 21tadan to'g'ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu ko'rsatkichning darajasi
Rossiyada 3,3ga tengdir;
notijorat tashkilotlari ta'tninlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar,
ma'lum ma'noda, muhim ish beruvchilar bo'lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda
ishchi kuchining o'rtacha 3,4 foizi ishlaydi (Vengriyada — 1 foizdan boshlab, AQShda —
7 foiz). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko'rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida
faol ravishda qo'shimcha ish o'rinlari yaratilishiga o'zta'sirini ko'rsatadi. Bu tashkilotlar
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo'lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa
tadbirkorlik faoliyati yuksalishiga olib keladi;
notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. Bu ko'rsatkich Yalpi milliy
mahsulotning o'rtacha 3,5 foizini tashkil etadi (Vengriyada — 1,2%, AQShda — 6,3%).
Rossiyada bu raqam 2 foizga tengdir.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo'la borib, bu yerda
moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to'planmoqda va u zamonaviy bozor
munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo'jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
faoliyatning foyda olishga emas, balki ma'lum bir missiyaga erishishga
yo'naltirilganligi;
e'lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida
foydalanish;
bozor xo'jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini
birgalikda qo'shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh asosiy
guruhga ajratish mumkin:
byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);
tijorat faoliyati:
tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog'ozlar va orao-natlar bo'yicha olinadigan
daromadlar;
notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining yordami asosida tuzilgan
xo'jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
va boshqalar.
tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning xayriyalari (homiylik yordamlari);
ta'sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o'zida tushib turishi mumkin bo'lgan
tushilmalar;
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko'ngillilarning mehnat
sarflari, resurslarni jalb qilish bo'yicha o'tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auksionlar,
ko'ngilxo'shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy
tuzilmasi turlichadir. Masalan, ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy xayriyalarning
miqdori 1 foizdan (Yaponiyada) 20 foizgacha (AQShda) tebranadi va o'rtacha 11 foizni
tashkil etadi. Hukumat ajratmalarining salmog'i esa 26 foizdan (Germaniya) 71 foizgacha
bo'lib, uning o'rtacha darajasi 48 foizga tengdir. Notijorat tashkilotlarining o'zlari tomonidan
ishlab topilgan mablag'larning salmog'i 23 foizdan (Vengriya) 71 foizgacha tebranib, uning
o'rtacha darajasi 41 foizdan iboratdir.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va
mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishJi qonunlari
yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo'llab-quwatlash to'g'ridan-to'g'ri
(bevosita) va egri (bilvosita) ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan to'g'ri bevosita qo'llab-quwatlashning uch asosiy
shakli mavjud:
to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
hamkorlikda moliyalashtirish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi.
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya'ni notijorat
tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to'lovlari va boshqa shunga
o'xshash majburi-yatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydala-niladi.
Egri (bilvosita) moliyalashtirishning asosiy ko'rinishlari quyidagilardan iborat bo'lishi
mumkin:
nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish;
soliqli imtiyozlashtirish.
Bu yerda, o'z navbatida, nosoliqli imtiyozlar quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi:
notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer maydonlarini
ajratish;
litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini o'rnatish (belgilash);
aloqa xizmatlari va maishiy xizmatlarni to'lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;
va boshqalar.
Shuningdek, soliqli imtiyozlashtirish quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
• hadya etuvchilar uchun imtiyozlar;
• homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar ularning
sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo'lsa, xarajatlarning yo'nalishiga
o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.
3.2. Yetakchi xorijiy mamlakatlaming davlat moliya tizimi
Rivojlangan xorijiy mamlakatlaming davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlarning
quyidagi bo'g'inlaridan iborat:
• Davlat byudjeti tizimi;
davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa —
federatsiya a'zolarining krediti;
maxsus nobyudjet fondlar;
davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilmasi, eng awalo, davlat tuzilishiga
bog'liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo'g'indan iborat:
Davlat byudjeti;
ko'p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).
Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda o'zlarining daromadlari va xarajatlari bilan
Davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi.
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo'g'indan tarkib topgan:
Davlat byudjeti, yoki federal byudjet yoki markaziy hukumat byudjeti;
federatsiya a'zolari byudjetlari (AQShda — shtatlar byudjeti, Kanadada —
provinsiyalar byudjeti, GFRda — yerlar byudjeti, Shveytsariyada — kantonlar byudjeti va
h.k.);
mahalliy byudjetlar.
Mahalliy byudjetlar o'z daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya a'zolarining
byudjetlariga va ular ham, o'z navbatida, davlat federal byudjeti tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining yetakchi bo'g'inlaridan
biri Davlat byudjetidir. U davlat va o'z-o'zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari
va vazifalarini moliyaviy ta'minlashga mo'Ijallangan markazlashtirilgan pul mablag'lari
fondini shakllantirish va undan foydalanish shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun
kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi — parlament
tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va
boshqalar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag'lariga tayanadi va ular yordamida
o'sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashda
asosiy instrumentdir. Moliya tizimining bu bo'g'ini orqali mamlakat MDining 40 foizgacha
bo'lgan qismi qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo'lib, ular yordamida
byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham ко'proq
qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar
hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, korporatsiyalar foydasidan
olinadigan soliq, aksizlar, qo'shilgan qiymat solig'i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga
biriktirilgan.
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo'ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga
aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar
amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning
o'zida, Davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va
davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliya tizimining
barcha bo'g'inlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlardagi ko'pchilik Davlat byudjetlari uchun doimiy
ravishdagi byudjet defitsiti xos bo'lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat
zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o'sishiga olib keladi. Davlat qarzi
oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat
zayomlarining foizlari bilan qo'shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlardagi moliya tizimining ikkinchi
bo'g'inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a'zolarining moliyasi va federatsiya a'zolari
hamda munitsipalitetlarga tegishli bo'lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan
iborat.
Federatsiya a'zolarining daromadlari to'g'risidagi masala har bir mamlakatda o'ziga xos
tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng
awalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bo'lsa, GFRda asosiy to'g'ri (be-vosita)
soliqlar bo'yicha tushumlar — aholidan olinadigan daromad solig'i va korporatsiyalardan
olinadigan foyda solig'i 50 : 50 foiz nisbatda federal byudjet va yerlarning byudjeti o'rtasida
bo'linadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining uchinchi bo'g'ini davlat krediti
hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar
o'rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo'lib, unga ko'ra davlat va boshqaruvning
mahalliy organlari, asosan, mablag'larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi.
Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo'lsa, ya'ni
odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi.
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy
soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yo'naltiriladigan mablag'larning salmog'i
mahalliy byudjetlarda Davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy
ravishda defitsitli bo'lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va
kreditlar yo'li bilan kerakli mablag'larni oladi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo'g'inlaridan yana biri bu
maxsus byudjetdan tashqari fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng
yirik maxsus byudjetdan tashqari fondlar orasida milliy sug'urta fondlari alohida o'rinni
egallaydi. Bu fondlar korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug'urta badallari hamda Davlat
byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug'urta fondlarining
mablag'lari yosh, nogiron va boquvchisini yo'qotgan fuqarolarga pensiyalar to'lashga,
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo'yicha
nafaqalar berishga sarflanadi. Bunda mablag'larning asosiy qismi yosh bo'yicha pensiyalarni
to'lashga yo'naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish
haqi va to'langan sug'urta badallari miqdoriga nisbatan belgilanadi.
Masalan, AQShda pensiya ta'minoti tizimi 1935 qabul qilingan qonunga binoan joriy
etilgan va bu tizim ba'zi bir o'zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya
ta'minoti tizimi doimiy band bo'lgan yollanma ishchilar va o'z-o'zi bilan band shaxslarga
nisbatan qo'llaniladi. Temir yo'l tizimida, federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat
organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya ta'minotining maxsus tizimi amal qiladi.
Pensiya ta'minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug'urta fondi bo'lib, u AQSh
federal byudjeti tarkibiga kiradi.
Qarilik bo'yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda — 62—64 yoshdan)
boshlab to'lanadi. Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug'urta stajiga ega bo'lmoq
lozim, ya'ni 40 chorak — 10 yil davomida sug'urta badallarini to'lash kerak.
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug'urta qilingan shaxs tomonidan
olingan ish haqining o'rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5
yilni chegirgan holda). Pensiyaning o'rtacha miqdori o'rtacha maoshning 40 foizini, past
darajadagi daromadga ega bo'lgan shaxslar uchun esa 60 foizini tashkil etadi. 65—69
yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu narsani rag'batlantirish uchun,
pensiyaning miqdori har oyiga 0,5 foizga, ya'ni yiliga 6 foizga oshiriladi. Hayot qiymatining
darajasiga muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda indensatsiya qilinadi.
Pensioneming qaramog'idagilar uchun qarilik pensiyasining 50 foizi miqdorida qo'shimcha
to'lanadi.
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-ovqatning yirik
paketi, 100 dollar chegarasigacha past kvartira haqi kabi qo'shimcha imtiyozlarga ega.
GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa yetakchi
xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori o'rtacha ish haqi va to'langan
sug'urta badallarning miqdoriga bog'liq. Bu yerda davlat pensiya ta'minoti tizimi yetakchi
rol o'ynaydi.
Italiyada pensiya islohoti 1995yildao'tkazilgan. Unga muvofiq o'zgaruvchan pensiya
yoshi joriy etilgan.
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo'lsa-da, haqiqatda uning darajasi
63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70 foizi qonunda ko'zda tutilgan muddatdan oldinroq
pensiyaga chiqadi.
Pensiya ta'minoti xarajatlari YalMga nisbatan Ispaniyada — 7,5%, Avstriyada- 14,8%,
Fransiyada- 11,8%, GFRda- 10,8%, Buyuk Britaniyada - 9,5%ni tashkil etadi.
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliya tizimi bo'g'inlaridan biri
hisoblanadi. Bu korxonalar G'arbiy yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so'ng
va 1945—1950 yillarda temir yo'l va havo transport, energetika tarmog'i va boshqa
tarmoqlar korxonalarining milliylashtinlishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi.
O'sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan o'ta qoloq va raqobatga bardoshsiz edi.
Ularni qayta isloh qilish juda katta miqdordagi mablag'larni talab etdiki, bu mablag'lar
Davlat byudjeti, ya'ni soliq to'lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizatsiya
qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg'or bo'lishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan,
hamonpast rentabelli yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan bo'lib qolaverishdi. Davlat
korxonalarining moliyaviy holati og'irligiga asosiy sabab ularning mahsulotlariga nisbatan
past baholar siyosati yurgizilayotganligidir.
O'tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralaridagi yangi
iqtisodiy va moliyaviy siyosatga ko'ra ko'pgina davlat tarmoqlari va korxonalari
xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulki miqdorini keskin kamaytirdi.
Bahs-munozara va nazorat uchun savollar
Moliya tizimi deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday ta'rif berish mumkin?
Moliya tizimi, dastlab, qanday sohalarga bo'linadi?
Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo'g'inlardan tashkil topishi mumkin?
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi qanday bo'g'inlardan iborat?
Moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini
sifatida Davlat byudjeti o'z ichiga nimalarni oladi?
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o'z oldida turgan qanday muammolarni hal etishi
kerak?
Mablag'lardan foydalanishning maqsadli yo'naltirilganligi belgisi bo'yicha davlat
maqsadli fondlarini qanday guruhlarga birlashtirish mumkin?
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya»
sohasining alohida bo'g'ini sifatida qanday fondlardan iborat bo'lishi mumkin?
Nega davlat krediti moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining
o'ziga xos bo'g'ini hisoblanadi va unga tegishli bo'lgan xususiyatlar nimalardan iborat?
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi sifatida
qanday bo'g'inlardan tashkil topgan?
Notijorat asosda xo'jalik yuritishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini qanday asosiy guruhga
ajratish mumkin?
Notijorat sektorni davlat tomonidan to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) qo'llab-quwatlashning
qanday asosiy shakllari mavjud?
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirishning asosiy ko'rinishlari nimalardan
iborat?
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlarning
qanday bo'g'inlaridan iborat?
Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi qanday bo'g'inlardan tashkil topadi?
Federativ davlatlarda byudjet tizimi qanday bo'g'inlardan tarkib topgan?
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining muhim bo'g'inlari sifatida
Davlat byudjeti, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar va davlat korporatsiyalari
moliyasi o'ziga xos qanday xususiyatlarga ega?