MOLIYA TIZIMI. (Moliya tizimining bo‘g‘inlari)
Reja:
1. Moliya tizimi, iqtisodiyotda uning ahamiyati.
2. Moliya tizimining bo‘g‘inlari.
3. Notijorat asosida xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari.
1-savol bayoni. Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va
foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi
deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul
fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar
tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi
“moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining
amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va
moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va
bo‘g‘inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqazo etdi.
Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va
riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga
moliyaviy tizim deyiladi”, - deb ta’rif berish mumkin. Moliyaviy tizim moliyaviy
xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vositachilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari,
xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan
moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institutlarni o‘z
ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Moliyaviy tizimning eng oddiy tasavvuri
... ни қамраб оладики, улар ёрдамида
давлат
ташкилотлари
хусусий
компаниялар
уй хўжалик-
лари
ўзлари томонидан қабул қилинган молиявий
қарорларни амалга оширадилар
(ҳаётга тадбиқ этадилар)
Молиявий тизим
Молиявий хизматлар тақдим этувчи
бошқа
институтлар
фирма-
лар
воситачи-
лар
бозор-
лар
Moliya tizimida moliya bozorlarining ahamiyati katta. Misol tariqasida, Nyu-
York (AQShda), Osaka (Yaponiya)da va Toshkent (O‘zbekiston)da joylashgan fond
bozorlarini keltirish mumkin. Lekin har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan,
aksiyalar, obligatsiyalar va valyutalarning birjadan tashqari bozorlari (over the
counter markets) asosan butun dunyo qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchilarni
va ularning mijozlarini yagona tarkibiy tuzilmaga birlashtiruvchi global kompyuter
va telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ifodalangan.
Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar
savdosidan iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning
tarkibi, asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kompaniyalaridan iborat. Moliyaviy
vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat
qarzlari va ipoteka1 kreditlarini berish, sug‘urta shartnomalarining keng doirasiga
hamda o‘zaro jamg‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi.
Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) harakterga ega.
Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari bilan keng qamrovli xalqaro
telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va
qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu kunduz amalga
oshirilmoqda.
Shunday qilib, aytaylik, agar Germaniyada joylashgan yirik uyushma
(korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda u
sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, aksiyalarni chiqarish va
London yoki Nyu-York fond birjalarida sotish yoki biror-bir yapon pensiya fondidan
qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘ngi holatda qarz yevro,
shuningdek, yapon iyenasi yoki AQSH dollarida ham taqdim etilishi mumkin.
2-savol bayoni. Moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi2:
1 «Ipoteka» yunoncha «hypotheke» - garov. Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq muddatli
qarz; ushbu qarzlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi garov. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 233.
2 Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliya tizimining sohalari, ko‘pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan
edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N.,
Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko‘ra moliya tizimi odatda, ikki sohadan, ya’ni 1)
davlat moliyasi va mahalliy moliya; Марказлашган молияга
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi. Марказлашмаган молия
O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni
shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha
bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi
bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:
Davlat byudjeti;
maqsadli nobyudjet fondlari;
davlat krediti. 3 таси хам Марказлашмаганга киради.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan
iborat:
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
moliyaviy vositachilar moliyasi;
notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash
mumkin:
korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo‘lgan. Moskva
maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar)
fikricha esa, moliya tizimining sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2)
Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham
SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga to‘liq mos kelgan edi.
2-rasm. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
Молия тизими
Хўжалик юритувчи
субъектлар молияси
Давлат молияси ва маҳаллий
молия
Тижорат корхона-лари ва
ташкилот-лари молияси
Молиявий воситачилар
молияси
Нотижорат ташкилотлар
молияси
Давлат
бюджети
Давлат
мақсадли
фондлари
Давлат
кредити
Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va
ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli
ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va
bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning
o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi
moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida
taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta
taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning
markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va
aholining sotsial guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
3-savol bayoni. Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab
tuzilmadan iborat bo‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning
tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning
boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga
yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda
katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan
notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining
yuqori
sur’atlarda
tez
o‘sib
borayotganligi,
bir
tomondan,
jamiyatni
demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor
iqtisodiyotining sotsial yo‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun
harakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy
maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi.
Ularning qatoriga sotsial, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv,
sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va
ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat
tashkilotlarining oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sektor
o‘zining ham juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sektorning bir
guruh korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum
toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sektori3,
odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga
olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi4.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot
bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-
biridan
farq
qiladi.
Biroq,
bir
necha
miqdoriy
tavsifnomalarning
(ko‘rsatkichlarning)
tahlili,
yaxlit
olinganda,
bu
sektorning
taraqqiy
topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o‘xshash tavsifnomalarga
(ko‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:
notijorat tashkilotlarining soni. Yevropa mamlakat-larida har 1000 kishiga
4ta notijorat tashkiloti to‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib,
bu yerda har 1000 kishiga 21tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud.
Bu ko‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga tengdir;
notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu
tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi
paytda bu sektorda ishchi kuchining o‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan
boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi
iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining
yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib
oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining
faollashuviga olib keladi;
3 O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog‘i har yili xayr-ehson maqsadlariga
qurbonlik qilganlar va ularning bu badallari o‘rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko‘prog‘ini tashkil etgan.
Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o‘rtacha
xayr-ehson badali uy xo‘jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-ye,
dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183).
4 AQSH katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining
30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga
3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o‘sha yerda).
notijorat tashkilotlarining operativ harajatlari. Bu ko‘rsatkich yalpi milliy
mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini tashkil etadi (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%).
Rossiyada bu raqam 2%ga tengdir.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib,
bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u
zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga
yo‘naltirilganligi;
e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida
foydalanish;
bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning sotsial
samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh
asosiy guruhga ajratish mumkin:
byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);
tijorat faoliyati:
- tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
- aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar
bo‘yicha olinadigan daromadlar;
- notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami
asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
- va boshqalar.
tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning qurbonliklari (homiylik
yordamlari);
ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o‘zida tushib turishi mumkin
bo‘lgan tushilmalar;
qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko‘ngillilarning
mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar (lotereyalar,
auksionlar, ko‘ngilxo‘shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan
kelgan tushilmalar.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining
tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy
qurbonliklarning miqdori 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) tebranadi va
o‘rtacha 11%ni tashkil etadi. Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26%dan
(Germaniya) 71%gacha bo‘lib, uning o‘rtacha darajasi 48%ga tengdir. Notijorat
tashkilotlarining o‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23%dan
(Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o‘rtacha darajasi 41%dan iboratdir.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning
davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning
tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) harakterga ega bo‘lishi
mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan to‘g‘ri (bevosita) qo‘llab-quvvatlashning
uch asosiy shakli mavjud:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
hamkorlikda moliyalashtirish;
davlat sotsial buyurtmasi.
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni
notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to‘lovlari va
boshqa shunga o‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda
tez-tez foydalaniladi. Egri (bilvosita) moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish;
soliqli imtiyozlashtirish.
Bu yerda, o‘z navbatida, nosoliqli imtiyozlar quyidagi ko‘rinishlarda
namoyon bo‘ladi:
notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer
maydonlarini ajratish;
litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini o‘rnatish (belgilash);
aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to‘lashda imtiyozli tariflardan
foydalanish;
va boshqalar.
Shuningdek, soliqli imtiyozlashtirish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi
mumkin:
hadya etuvchilar uchun imtiyozlar;
qurbonlik (homiylik) qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar
ularning
sarflanishi
tashkilotning
maqsadlariga
mos
kelayotgan
bo‘lsa,
harajatlarning yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.
1 Савол
Молия тизими деб нимага айтилади?
Жавоби
Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy
munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi.
2. Савол
davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi
mumkin?
Жавоби
Davlat byudjeti;
maqsadli nobyudjet fondlari;
davlat krediti.
3 савол
Давлат молияси ва маҳаллий молия тизимига кайсилари киради?
Давлат бюджети, Давлат мақсадли фондлари, Давлат кредити
4.Савол Хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi bo‘g‘inlari qaysilari
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
moliyaviy vositachilar moliyasi;
notijorat tashkilotlari moliyasi.
5 савол Молиявий хизматлар тақдим этувчилар кимлар?
Жавоб
Бозорлар, воситачилар, фирмалар, бошқа институтлар
6. Савол
Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan
iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi.