MOLIYA TIZIMI VA UNING BO‘G‘INLARI
1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi
1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy
munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif
berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va
foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi.
“Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti
natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan
butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya
tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni
taqazo etdi.
Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi:
-davlat moliyasi va mahalliy moliya;
-xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni
shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan
tashkil topadi.
Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi
mumkin:
-Davlat byudjeti;
-maqsadli maqsadli fondlari;
-davlat krediti.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
-tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
-moliyaviy vositachilar moliyasi;
-notijorat tashkilotlari moliyasi.
Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni shakllantirish,
taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda
iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan
belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari
tegishlidir.
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni
korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va maqsadli fondlariga
qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning
markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining
ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
1-chizma. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
O‘z navbatida, Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida
bo‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-respublika byudjeti;
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
byudjeti
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
respublika byudjetini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va
shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va
viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. SHuningdek,
tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi
tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan
Moliya tizimi
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar
moliyasi
Davlat moliyasi va mahalliy
moliya
Tijorat korxonalari va
tashkilotlari moliyasi
Молиявий воситачилар
молияси
Notijorat tashkilotlar
moliyasi
Davlat
byudjeti
Давлат
мақсадли
фондлари
Davlat
krediti
tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan
tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi
kerak:
-daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitining darajasini
kamaytirish;
-mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha byudjet xarajatlarini
restrukturizatsiya qilish;
-byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
-byudjet ajratmalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.
Davlat maqsadli oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy
ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul
qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi
bilan belgilanadi.
Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, tekin sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish
va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu
fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos
bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham ularni moliya
tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida
ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltiril-ganligi belgisi bo‘yicha davlat
maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:
-ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat maqsadli fondlari (maqsadli
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar);
-tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maqsadli fondlari (maqsadli
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).
Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli
fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi
(shakllantirilishi) mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya”
sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- Respublika yo‘l fondi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisob varag‘i;
- Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
-O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida
davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foydalanishga va turli-
tuman su’istemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida
ularni Davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda
jamlangan (konsolidatsiya qilingan) fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan
saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o‘ziga
xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga
mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan
belgilanadi.
Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining
o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi
va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning
faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va
jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroqdir
(tor doiradadir). SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan
moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga
oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o‘z
daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan
bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining
qoplanishini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy
moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni
zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga
qo‘shmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni
boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham
atash mumkin. Moliya tizimining ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi
va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta
taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va maqsadli fondlarining daromadlarini
shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida byudjet (moliyaviy) mablag‘lar(i)ning katta qismi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida
korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va
tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi
bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning
moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni
shaklantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish
shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o‘zida,
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda
moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy
ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijorat asosida
amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy
manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan
olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra
foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy
bozorning resurslaridan - bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va
moliyaviy bozorning boshqa instrumentlari - foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun
zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar.
Korxonalar davlatning mayda - chuyda aralashuvidan ozod bo‘lib, shu bilan birgalikda,
ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib,
aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan
biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning
faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat
sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori
sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi.
Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib
borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining
rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu narsa
bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas
va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy,
xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya
va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni echish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash
boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat
tashkilotlarining oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sektor o‘zining
ham juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir.
Notijorat sektorning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy
manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu
sektori, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga
olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga
muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, bir
necha miqdoriy tavsifnomalarning (ko‘rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu
sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o‘xshash tavsifnomalarga
(ko‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:
-notijorat tashkilotlarining soni. Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4 ta
notijorat tashkiloti to‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda yetakchi hisoblanib, bu yerda har
1000 kishiga 21 tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu ko‘rsatkichning
darajasi Rossiyada 3,3 ga tengdir;
-notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar,
ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda
ishchi kuchining o‘rtacha 3,4 foiz ishlaydi (Vengriyada-1 foizdan boshlab, AQSHda-7
foizgacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida
faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik
faoliyatining faollashuviga olib keladi;
-notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. Bu ko‘rsatkich yalpi milliy
mahsulotning o‘rtacha 3,5 foizini tashkil etadi (Vengriyada-1,2 foiz, AQSHda-6,3 foiz).
Rossiyada bu raqam 2 foizga tengdir.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib, bu yerda
moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor
munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga
yo‘naltirilganligi;
-e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida
foydalanish;
-bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini
birgalikda qo‘shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh asosiy
guruhga ajratish mumkin:
-byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);
-tijorat faoliyati:
- tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
-aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar bo‘yicha olinadigan
daromadlar;
-notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan
xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
-va boshqalar.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy
tuzilmasi turlichadir. Masalan, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy qurbonliklarning
miqdori 1 foizdan (YAponiyada) 20 foizgacha (AQSHda) tebranadi va o‘rtacha 11 foizni
tashkil etadi.
Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26 foizdan (Germaniya) 71 foizgacha bo‘lib,
uning o‘rtacha darajasi 48 foizga tengdir. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari tomonidan
ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23 foizdan (Vengriya) 71 foizgacha tebranib, uning
o‘rtacha darajasi 41 foizdan iboratdir.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va
mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari
yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri
(bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan to‘g‘ri (bevosita) qo‘llab-quvvatlashning uch
asosiy shakli mavjud:
-to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
-hamkorlikda moliyalashtirish;
-davlat ijtimoiy buyurtmasi.
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat
tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to‘lovlari va boshqa shunga
o‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi.
2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlarning
quyidagi bo‘g‘inlaridan iborat:
-Davlat byudjeti tizimi;
-davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa -
federatsiya a’zolarining krediti;
-maxsus maqsadli fondlar;
-davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat
tuzilishiga (qurilmasiga) bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki
bo‘g‘indan iborat:
-Davlat byudjeti;
-ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).
Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan
Davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‘g‘indan
tarkib topgan: Davlat byudjeti, yoki federal byudjet, yoki markaziy hukumat byudjeti;
- federatsiya a’zolari byudjetlari (AQSHda - shtatlar byudjeti, Kanadada-provinsiyalar
byudjeti, Germaniyada-erlar byudjeti, SHveysariyada-kantonlar byudjeti va xokazo);
- mahalliy byudjetlar.
Mahalliy byudjetlar o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya
a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o‘z navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga
kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining yetakchi bo‘g‘inlaridan
biri Davlat byudjetidir. U davlat va o‘z-o‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari
va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari
fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun
kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi - parlament
tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va
xokazolar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida
o‘sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning
asosiy instrumentidir. Moliya tizimining bu bo‘g‘ini orqali mamlakat milliy daromadining 40
foizgacha bo‘lgan qismi qayta taqsimlanadi. Davlat byudjetining asosiy daromadlari
soliqlardan iborat bo‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha
va ayrim davrlarda undan ham ko‘proq qismi shakllantiriladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalarning foydasidan olinadigan
soliq, aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga biriktirilgan.
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga