MOLIYANING MOHIYATI, FUNKSIYALARI, TIZIMI. MOLIYAVIY BOSHQARUV VA SIYOSAT

Yuklangan vaqt

2024-11-11

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

82

Faytl hajmi

355,0 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYANING MOHIYATI, FUNKSIYALARI, TIZIMI. MOLIYAVIY 
BOSHQARUV VA SIYOSAT 
 
 
 
Reja: 
1. 
Moliyaning mohiyati va funksiyalari 
2. 
Moliyaviy siyosat 
3. 
Moliya tizimi 
4. 
Moliyaviy boshqaruv 
 
 
 
 
Moliyaning mohiyati va funksiyalari 
1.1. 
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
«Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari» ma’nosini anglatadi. Bu 
so’z ona tilimizda quyidagi ko'rinishlarda ishlatiladi: 
• maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo 
bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;  
• pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya 
yili, moliya kapitali, moliya tizimi);
MOLIYANING MOHIYATI, FUNKSIYALARI, TIZIMI. MOLIYAVIY BOSHQARUV VA SIYOSAT Reja: 1. Moliyaning mohiyati va funksiyalari 2. Moliyaviy siyosat 3. Moliya tizimi 4. Moliyaviy boshqaruv Moliyaning mohiyati va funksiyalari 1.1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati «Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari» ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda quyidagi ko'rinishlarda ishlatiladi: • maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; • pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);
 
 
• biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari 
(masalan, korxona moliyasi); 
• shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi/davlat organi (so'zlashuv tilida)1. 
Arab tilidagi «mol», ya’ni «boylik, mulk; pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», 
ya’ni «pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir. 
Lug'aviy ma’nosi jihatidan «moliya» so'zi fransuzcha «finance», lotincha «financia» 
va ruscha «finansi» so'zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda sinonimi hisoblanib, eng 
avvalo, «daromad», «pul mablag'lari» yoki «to'lov» degan ma’nolarda ham ishlatiladi. 
Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan ehtiyojining rivojlanishi 
bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo'ldi. Davlatning 
mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlami taqsimlash va qayta taqsimlash 
bo'yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish 
munosabatlarining 
boshqa 
ishtirokchilari 
(sub’ektlari) 
o'rtasida 
ma’lum 
bir 
munosabatlaming o'rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar «moliya» 
tushunchasi orqali ifodalangan. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash 
jarayonlari natural soliqlar va turli ko'rinishdagi shaxsiy to'lovlar ko'rinishicha ega bo'lgan. 
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari 
shakllarining o'zgarishiga olib keldi — ular ko'proq ravishda pul xarakteriga ega bo'ldi. 
Biroq bu munosabatlaming mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin o'zgarmay 
qolaverdi. Zamonaviy tasavvurdagi «moliya» tushunchasi davlat xazinasining shakllanishi 
va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichida paydo bo'ldi. 
Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi 
tasavvurlar vaqt o'tishi bilan o'z ko'rinishini o'zgartirib borgan. 
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va 
transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog'liq holda tovar ishlab chiqarishning 
keng ko'lamlarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari
• biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari (masalan, korxona moliyasi); • shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi/davlat organi (so'zlashuv tilida)1. Arab tilidagi «mol», ya’ni «boylik, mulk; pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», ya’ni «pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir. Lug'aviy ma’nosi jihatidan «moliya» so'zi fransuzcha «finance», lotincha «financia» va ruscha «finansi» so'zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda sinonimi hisoblanib, eng avvalo, «daromad», «pul mablag'lari» yoki «to'lov» degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo'ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlami taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’ektlari) o'rtasida ma’lum bir munosabatlaming o'rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar «moliya» tushunchasi orqali ifodalangan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko'rinishdagi shaxsiy to'lovlar ko'rinishicha ega bo'lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o'zgarishiga olib keldi — ular ko'proq ravishda pul xarakteriga ega bo'ldi. Biroq bu munosabatlaming mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin o'zgarmay qolaverdi. Zamonaviy tasavvurdagi «moliya» tushunchasi davlat xazinasining shakllanishi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichida paydo bo'ldi. Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o'tishi bilan o'z ko'rinishini o'zgartirib borgan. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog'liq holda tovar ishlab chiqarishning keng ko'lamlarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari
 
 
o'rtasida pul mablag'larini jalb qilish, ulardan foydalanish va taqsimlash metodlari hamda 
usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovariar harakatidan alohidalashgan ajralgan pul 
mablag'larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’ektlar o'rtasida 
YalM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog'liqdir. Bir vaqtning o'zida, 
ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga 
muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o'z hissalarini olishga harakat qiladilar. Bu 
moliyaviy munosabatlar sohasidir. 
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-
pul munosabatlarini qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli 
jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy 
kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo'linishi va 
davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liq. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning 
funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan 
pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan 
iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. Moliyaviy munosabatlaming 
farqlanuvchi o'ziga xos belgisi shundan iboratki, YalMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan 
ma’lum maqsadlarga mo'ljallangan turli pul mablag'lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. 
Davlat va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag'lari 
fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo'jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa 
markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. 
Xo'jalik sub’ektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul 
mablag'lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qat'iy reglamentatsiya qilinish 
(tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir 
farqlanuvchi o'ziga xos belgiga ega ekanligini ko'rsatadi.
o'rtasida pul mablag'larini jalb qilish, ulardan foydalanish va taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovariar harakatidan alohidalashgan ajralgan pul mablag'larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’ektlar o'rtasida YalM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog'liqdir. Bir vaqtning o'zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o'z hissalarini olishga harakat qiladilar. Bu moliyaviy munosabatlar sohasidir. Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar- pul munosabatlarini qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo'linishi va davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. Moliyaviy munosabatlaming farqlanuvchi o'ziga xos belgisi shundan iboratki, YalMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mo'ljallangan turli pul mablag'lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag'lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo'jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. Xo'jalik sub’ektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag'lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qat'iy reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi o'ziga xos belgiga ega ekanligini ko'rsatadi.
 
 
YalMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) 
daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa  shakllari  ko'rinishidagi  o'z  
hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiy bo‘lgan soliqlar va boshqa to'lovlarni 
to'lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag'lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. 
Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan pul 
munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlaming alohida sohasini tashkil etadi. 
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning muhim belgilaridir: 
• qiymatning tovar shaklidagi harakatiga emas, aksincha, real pullarning harakatiga 
bog'liq bo'lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan 
munosabatlami taqsimlashga qaratilganligi; 
• pul mablag'lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo'nalishga ega ekanligi; 
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga 
keltirish). 
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning 
roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o'rinni 
egallaganligiga bog'liq. Bir vaqtning o'zida moliya puldan o'zining mazmuni va bajaradigan 
funksiyalari bo'yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning yordamida 
umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilaming mehnat xarajatlari o'lchansa, moliya esa yalpi 
ichki mahsulot (YalM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning 
iqtisodiy instrumenti, pul mablag'lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish 
ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo'li 
bilan faqatgina davlat va korxonalaming pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojlarini ta ’minlash 
emas, balki moliyaviy resurslaming sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish 
moliyaning asosiy yo'nalishini belgilab beradi. 
Moliya quyidagilar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: 
• tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlami realizatsiya qilish 
jarayonida korxonalar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
YalMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari ko'rinishidagi o'z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiy bo‘lgan soliqlar va boshqa to'lovlarni to'lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag'lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlaming alohida sohasini tashkil etadi. Shunday qilib, quyidagilar moliyaning muhim belgilaridir: • qiymatning tovar shaklidagi harakatiga emas, aksincha, real pullarning harakatiga bog'liq bo'lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlami taqsimlashga qaratilganligi; • pul mablag'lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo'nalishga ega ekanligi; • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish). Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o'rinni egallaganligiga bog'liq. Bir vaqtning o'zida moliya puldan o'zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo'yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilaming mehnat xarajatlari o'lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YalM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag'lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo'li bilan faqatgina davlat va korxonalaming pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojlarini ta ’minlash emas, balki moliyaviy resurslaming sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning asosiy yo'nalishini belgilab beradi. Moliya quyidagilar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: • tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlami realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
 
 
• markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini yaratish va ulami taqsimlash borasida 
korxonalar va ularning yuqori organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
• byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish 
davomida korxona va davlat o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
• soliqlar va boshqa ixtiyoriy to'lovlarni to'lash jarayonida davlat va fuqarolar o'rtasida 
vujudga keladigan pul munosabatlari; 
• to'lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va 
nobyudjet fondlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
• byudjet tizimining alohida bo'g'inlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
• sug'urta badallarini to'lash va zararlarni qoplash, sug'urta hodisasi ro'y bergan paytda 
aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari o'rtasida vujudga keladigan 
pul munosabatlari; 
• korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. 
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai mamlakatning MD 
hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab 
chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida 
qismlarining — iste’mol fondi va jamg'arish fondining — hajmini hisobga olgan holda 
iqtisodiyotning rivojlanish nisbatlari va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun 
ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga katta ahamiyat berilayotir. 
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo'lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan 
foydalanishning ajratib bo'lmaydigan bog'lovchi bo'g'ini hisoblanadi. Moliya ishlab 
chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etuvchi, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab 
chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. 
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat ko'rsata- olmaydi. Tarixiy 
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat 
tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning
• markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini yaratish va ulami taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • soliqlar va boshqa ixtiyoriy to'lovlarni to'lash jarayonida davlat va fuqarolar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • to'lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • byudjet tizimining alohida bo'g'inlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • sug'urta badallarini to'lash va zararlarni qoplash, sug'urta hodisasi ro'y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining — iste’mol fondi va jamg'arish fondining — hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish nisbatlari va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga katta ahamiyat berilayotir. Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo'lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo'lmaydigan bog'lovchi bo'g'ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etuvchi, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat ko'rsata- olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning
 
 
qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bo‘lgan korxonalar (pochta, telegraf va 
boshqalar) ana shular jumlasidandir. 
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining 
darajasini va ularning xo'jalik hayotidagi makro- iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish 
imkoniyatlarini ifodalaydi. 
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliya ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi 
iqtisodiy o'sish, YalM va MD oshib borishi sharoitida moliya o‘z muntazamliligi va 
barqarorligini namoyon etadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi va mamlakat 
fuqarolarining turmush darajasi ortib borishini rag'batlantiradi. 
Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi 
sharoitida moliyaviy ahvol keskin yomonlashadi. Bu narsa, o‘z navbatida, davlat ichki va 
tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet defitsitining kattaligida, pul 
emissiya- sida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlarning 
ko‘payishida namoyon boMadi. Bularning barchasi inflyasiya kuchayishiga, xo'jalik 
aloqalari buzilishiga, o'zaro to'lovlarga layoqatsizlikda, pul surrogatlarining paydo 
bo'lishiga, barterli bitimlaming ko'payishiga, soliqlami undirish borasida qiyinchiliklarning 
kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o'z vaqtida moliyalashtirilmasligiga, aholi keng 
qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va 
ijtimoiy munosabatlarda ishlab chiqarishdagi real sohalarning holati birinchi darajali 
ahamiyat kasb etadi. 
Moddiy mazmuniga ko'ra moliya pul mablag'larining maqsadli fondlarini ifoda etadi. 
Ularning jami yig'indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi. 
Mamlakat moliyaviy resurslari o'sishining asosiy sharti MDning ortishi (ko'payishi)dir. Bir 
vaqtning o'zida, «moliya» va «moliyaviy resurslar» teng kuchli bo'lmagan tushunchalar 
hisoblanadi. Moliyaviy resurslar o'z-o'zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning 
ichki mazmuni va ijtimoiy yo'nalishlarini ocha olmaydi. Moliya fani resurslaming o'zini 
emas, balki resurslami shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan
qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bo‘lgan korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir. Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo'jalik hayotidagi makro- iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliya ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o'sish, YalM va MD oshib borishi sharoitida moliya o‘z muntazamliligi va barqarorligini namoyon etadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi va mamlakat fuqarolarining turmush darajasi ortib borishini rag'batlantiradi. Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaviy ahvol keskin yomonlashadi. Bu narsa, o‘z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet defitsitining kattaligida, pul emissiya- sida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlarning ko‘payishida namoyon boMadi. Bularning barchasi inflyasiya kuchayishiga, xo'jalik aloqalari buzilishiga, o'zaro to'lovlarga layoqatsizlikda, pul surrogatlarining paydo bo'lishiga, barterli bitimlaming ko'payishiga, soliqlami undirish borasida qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o'z vaqtida moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda ishlab chiqarishdagi real sohalarning holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Moddiy mazmuniga ko'ra moliya pul mablag'larining maqsadli fondlarini ifoda etadi. Ularning jami yig'indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o'sishining asosiy sharti MDning ortishi (ko'payishi)dir. Bir vaqtning o'zida, «moliya» va «moliyaviy resurslar» teng kuchli bo'lmagan tushunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar o'z-o'zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy yo'nalishlarini ocha olmaydi. Moliya fani resurslaming o'zini emas, balki resurslami shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan
 
 
ijtimoiy munosabatlami o'rganadi. Bu fan moliyaviy munosa- batlarning taraqqiyot 
qonunlarini tadqiq etadi. 
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga 
oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bogMiq 
boMadi. 
Moliya — bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi 
taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. 
Moliyaviy munosabatlaming ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati «Davlat kimning hisobidan 
moliyaviy resurslami oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablagMardan 
foydalanadi?» degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon boMadi. 
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy 
kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. 
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MD taqsimlanishidan oldin 
tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib 
tushishi mumkin boMgan pul mablagMarining oMchamini aniqlaydi va navbatdagi 
taqsimlash jarayonlari uchun boshlangMch asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga 
boMgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini 
ko'rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini 
aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ko'rsatkich hisoblanadi. Agar davlat 
baholami tartibga solmasa, ijtimoiy to'lovlarni o'zgartirishga va minimal ish haqini 
oshirishga majbur bo'ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko'p mamlakatlarida davlat 
ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlaming bahosini o'zgartirayotir. Baho, 
shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat 
tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko'plab tovar 
guruhlari bo'yicha sotib olish bahosi bo'yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq 
qiluvchi normativ baholar bo'yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng
ijtimoiy munosabatlami o'rganadi. Bu fan moliyaviy munosa- batlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bogMiq boMadi. Moliya — bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlaming ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati «Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslami oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablagMardan foydalanadi?» degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon boMadi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MD taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin boMgan pul mablagMarining oMchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlangMch asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga boMgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ko'rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholami tartibga solmasa, ijtimoiy to'lovlarni o'zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo'ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko'p mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlaming bahosini o'zgartirayotir. Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko'plab tovar guruhlari bo'yicha sotib olish bahosi bo'yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo'yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng
 
 
bo'lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. 
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir- biri bilan uzviy bog'liqdir. 
Ular uzluksiz hamkorlikda korxonalar pul fondlarining keng ko'lamdagi doiraviy 
aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan 
amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko'rinishda 
tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog'liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida 
uning roli yetarli darajada aniqlangan —bu daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik 
uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish ehtiyojlarini qoplash usuli 
va h.k. Biroq, bir vaqtning o'zida, kredit — byudjet defitsiti va byudjet — kassa uzilishini 
(navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank 
xizmatlari zarur bo'lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O'z navbatida, agar byudjet 
mablag'lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo'lsa, bu banklar uchun 
muhim ssuda manbaidir. 
Kredit moliya (moliyalashtirish) o'zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan 
farqlanadi. Bir vaqtning o'zida, har ikki holatda ham ular pul mablag'larining 
harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlari doirasidan chetga 
chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va 
aholining bo'sh pul mablag'larini akkumulyasiya qiladilar va ulami ta’minlanganlik, 
qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan koixonalarga 
beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytaril- 
maydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda 
oldindan o'matilgan foizlarni to'lagan holda qaytarilishi kerak. 
Yuqorida keltirib o'tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bo'lib, 
ularga ikki va undan ortiq kategoriyalaming belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli 
darajada asoslangan tarzda pulli to'lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy 
pul bo'lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. Soliq ham biz 
tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan
bo'lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir- biri bilan uzviy bog'liqdir. Ular uzluksiz hamkorlikda korxonalar pul fondlarining keng ko'lamdagi doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko'rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog'liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada aniqlangan —bu daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning o'zida, kredit — byudjet defitsiti va byudjet — kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo'lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O'z navbatida, agar byudjet mablag'lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo'lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir. Kredit moliya (moliyalashtirish) o'zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o'zida, har ikki holatda ham ular pul mablag'larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlari doirasidan chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo'sh pul mablag'larini akkumulyasiya qiladilar va ulami ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan koixonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytaril- maydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o'matilgan foizlarni to'lagan holda qaytarilishi kerak. Yuqorida keltirib o'tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bo'lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalaming belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to'lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo'lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan
 
 
puldir. Qonunga rioya etmaslikjazo choralarining qo'llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan 
tashqari, soliq bizga tegishli bo'lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O'z navbatida, 
pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bo'yicha operatsiyalar ham davlat 
daromadlarining manbai hisob- lanadi. 
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir—
birlaridan o'zlarining funksiyalari va maqsadliligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga 
tegishli bo'lgan barcha belgilarning majmui ko'rib chiqilsagina ulami farqlash mumkin. 
Xususan, noekvivalent xarakterga ega bo'lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga 
keladigan jamiyatdagi pul munosa- batlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan 
tashqarida moliya mavjud bo'lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o'tsa, u boshqa 
iqtisodiy kategoriyalarga xos belgilarni o'zida mujassam etadi. 
Moliyaning funksiyalari 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'ladi. 
Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 
1. 
Taqsimlash; 
2. 
Nazorat. 
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi6 
Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YalM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash 
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 
Moliyaviy munosabatlaming asosiy tavsifi ularning taqsimlashga yo'naltirganligidadir. 
Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida 
amalga oshirilishi lozim boMgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. 
Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda 
va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. 
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini 
(mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari
puldir. Qonunga rioya etmaslikjazo choralarining qo'llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo'lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O'z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bo'yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob- lanadi. Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir— birlaridan o'zlarining funksiyalari va maqsadliligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli bo'lgan barcha belgilarning majmui ko'rib chiqilsagina ulami farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga ega bo'lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosa- batlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya mavjud bo'lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o'tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarga xos belgilarni o'zida mujassam etadi. Moliyaning funksiyalari Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 1. Taqsimlash; 2. Nazorat. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi6 Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YalM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. Moliyaviy munosabatlaming asosiy tavsifi ularning taqsimlashga yo'naltirganligidadir. Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim boMgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari
 
 
miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo'jalik ichida, tarmoq 
ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko'p bosqichlilik xosdir. 
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, «asosiy yoki 
birlamchi daromadlar» deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda 
namoyon boMadi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy 
ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki 
guruhga bo'linadi: 
• moddiy ishlab chiqarish sohasida band boMgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, 
fermer va h.k.larning daromadlari; 
• moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalaming daromadlari. 
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo'jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, 
mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini 
qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun 
quyidagilar bilan bogMangan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: 
• xo'jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari vajamg'armalaridan eng samarali va 
oqilona foydalanish maqsadida mablag'larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash 
bilan; 
• ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalarining 
(maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham 
mavjudligi bilan; 
• aholining turli ijtimoiy qatlamlari o'rtasida daromadlami qayta taqsimlash bilan. 
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki «kelib chiquvchi» 
daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar 
tarmoqlaridan olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy 
nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo'jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko'p bosqichlilik xosdir. Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, «asosiy yoki birlamchi daromadlar» deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon boMadi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo'linadi: • moddiy ishlab chiqarish sohasida band boMgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari; • moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalaming daromadlari. Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo'jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bogMangan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: • xo'jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari vajamg'armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag'larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalarining (maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan; • aholining turli ijtimoiy qatlamlari o'rtasida daromadlami qayta taqsimlash bilan. Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki «kelib chiquvchi» daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar tarmoqlaridan olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
 
 
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi 
taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga 
transformatsiya o'zgarishiga ta’sir ko'rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida 
yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul 
fondlarining o'lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish 
vositalari va iste’mol buyumlarining hajmi va tuzilmasi o'rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi 
kerak. 
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy 
o'zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo'jaligi, transport, energetika va 
h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (nafaqaxo'rlar, 
talabalar, yolg'iz va ko'p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo'jalikning ishlab chiqarish va ishlab 
chiqarishdan tashqari sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning maxsus 
mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida sodir bo'ladi. 
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YalM va MDni taqsimlash va qayta 
taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning 
bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari 
hayotining yuqari sifatli bo'lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli 
kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya-xo'jalik faoliyatini yanada 
yaxshilashda xo'jalik yurituvchi sub’ektlardagi har bir xodim vajamoaning moddiy 
manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bo'ysundirilgan. 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta 
taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg'arilishiga, iste’mol sohasiga 
ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy 
sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va 
h.k.lami rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. 
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformatsiya o'zgarishiga ta’sir ko'rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining o'lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining hajmi va tuzilmasi o'rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo'jaligi, transport, energetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (nafaqaxo'rlar, talabalar, yolg'iz va ko'p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo'jalikning ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning maxsus mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida sodir bo'ladi. Moliya yordamida amalga oshiriladigan YalM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli bo'lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya-xo'jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo'jalik yurituvchi sub’ektlardagi har bir xodim vajamoaning moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bo'ysundirilgan. Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg'arilishiga, iste’mol sohasiga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.lami rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
 
 
• xo'jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari 
darajasida maqsadli pul mablag'lari fondlarini shakllantirishga; 
• xo'jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish 
va ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o'rtasida qayta 
taqsimlashni sodir etishga; 
• xo'jalik sub’ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar jamg'armalarini 
amalga oshirishga imkoniyat va shart- sharoit yaratib beradi. 
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanish- ning instrumenti 
sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda o'zida aks 
ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ulaming maqsad- 
ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo'ladi. Shu 
ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki 
tomonidir. 
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslaming harakati tashkil etadi. 
Ana shu harakat yo'nalishiga bog'liq holda u jamiyatning pul mablag'larini taqsimlashda 
qanday nisbatlar vujudga kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy 
resurslaming o'z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga 
ega bo'lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda to'g'ri yo'lga qo'yilmasa, 
moliya taqsimlash funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat yuqoridagi 
har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini ko'rsatadi. 
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va 
xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika 
taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo'jalikning barcha bo'g'inlarida ish sifatini uzluksiz 
yaxshilashga yo'naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalarni 
to'liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag'batlantirishni yo'lga qo'yish, moddiy, mehnat, moliyaviy 
resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarishga
• xo'jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag'lari fondlarini shakllantirishga; • xo'jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o'rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga; • xo'jalik sub’ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar jamg'armalarini amalga oshirishga imkoniyat va shart- sharoit yaratib beradi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanish- ning instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda o'zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ulaming maqsad- ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo'ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslaming harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo'nalishiga bog'liq holda u jamiyatning pul mablag'larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslaming o'z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo'lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda to'g'ri yo'lga qo'yilmasa, moliya taqsimlash funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini ko'rsatadi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo'jalikning barcha bo'g'inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo'naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalarni to'liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag'batlantirishni yo'lga qo'yish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarishga
 
 
bog'liq xarajatlar va yo'qotmalarni qisqartirish, xo'jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish 
moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. 
Moliya nazorat funksiyasiga xos muhim vazifalardan biri moliyaviy masalalar bo'yicha 
qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy 
majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to'lovlar bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar 
orasidagi majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi va to'g'ri olib borilayotganini tekshirish 
hisoblanadi. 
Moliya organlarining ko'p qirrali faoliyatlari orqali moliya nazorat funksiyasi namoyon 
bo'ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, 
byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismi bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga 
oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo'nalishi, 
moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o'zgaradi. 
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm 
milliy 
xo'jalikdagi 
moliyaviy 
munosabatlar 
tashkiliy 
shakllarining 
majmuini, 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag'—lari fondlarini shakllantirish va 
ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya 
tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o'z ichiga oladi. Bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo'lgan moliya mexanizmi qo'laniladi. Bu, 
eng avvalo, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining byudjet tizimi, byudjetdan tashqari 
fondlari, mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari va boshqalar bilan o'zaro munosabatlarga 
tegishlidir. 
Takror ishlab chiqarish va moliya 
Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda 
takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi mumkin emas.  Sayoramiz aholisining o'sishi 
vn uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlardagi ichki va tashqi qarama-
qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivoji va boshqa bir qancha omillar 
bilan bogMiq holda takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti
bog'liq xarajatlar va yo'qotmalarni qisqartirish, xo'jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasiga xos muhim vazifalardan biri moliyaviy masalalar bo'yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to'lovlar bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi va to'g'ri olib borilayotganini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining ko'p qirrali faoliyatlari orqali moliya nazorat funksiyasi namoyon bo'ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismi bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo'nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o'zgaradi. Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo'jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag'—lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o'z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo'lgan moliya mexanizmi qo'laniladi. Bu, eng avvalo, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining byudjet tizimi, byudjetdan tashqari fondlari, mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari va boshqalar bilan o'zaro munosabatlarga tegishlidir. Takror ishlab chiqarish va moliya Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi mumkin emas. Sayoramiz aholisining o'sishi vn uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlardagi ichki va tashqi qarama- qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivoji va boshqa bir qancha omillar bilan bogMiq holda takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti
 
 
boMib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning 
notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat mamlakatlarda moliyaviy kapitalning 
to'planishiga olib kelmoqda. Eng kambag‘al mamlakatlar esa xomashyoni qazib chiqarish 
va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanmoqda. Shunday boMishiga 
qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarishjarayonining mazmuni 
o'zgarmasdan qolayotir. Faqat qo'shimcha mahsulotning to‘planish joyi o'zgarmoqda, xolos. 
Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan 
mamlakatlarda «cho'kmoqda» va ular kelgusida ham taqsimlashni o'z foydalariga hal 
qilishlari uchun imkon tug‘ilmoqda. 
Takror ishlab chiqarishjarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 
• ishlab chiqarish; 
• almashuv; 
• taqsimlash; 
• iste’mol. 
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shartdir. Hatto 
ularning biri boMmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga 
bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab 
chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda boMishi mumkin. 
Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o'rinni 
egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida 
boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita namoyon 
boMadi. Davlat moliyasining ijtimoiy moMjallanganligidan (davlat o ‘z funksiyalarini 
bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib 
chiqiladigan boMsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol 
ko'rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida barcha ijtimoiy manfaatlar va 
shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qanshiliklari namoyon bo'ladi.
boMib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat mamlakatlarda moliyaviy kapitalning to'planishiga olib kelmoqda. Eng kambag‘al mamlakatlar esa xomashyoni qazib chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanmoqda. Shunday boMishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarishjarayonining mazmuni o'zgarmasdan qolayotir. Faqat qo'shimcha mahsulotning to‘planish joyi o'zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda «cho'kmoqda» va ular kelgusida ham taqsimlashni o'z foydalariga hal qilishlari uchun imkon tug‘ilmoqda. Takror ishlab chiqarishjarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: • ishlab chiqarish; • almashuv; • taqsimlash; • iste’mol. Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shartdir. Hatto ularning biri boMmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda boMishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o'rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita namoyon boMadi. Davlat moliyasining ijtimoiy moMjallanganligidan (davlat o ‘z funksiyalarini bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib chiqiladigan boMsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko'rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qanshiliklari namoyon bo'ladi.
 
 
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab 
chiqarishning oldingi davrasi foydalanilgan mehnat qurollari va buyumlarini tiklash uchun 
moijallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi doirasida ham shu 
hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag*lar)ning egasi va 
ishchilar o'rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda 
ishtirokchilarning har biri o'ziga tegishli bo'lgan qismni ko'paytirish maqsadida bir-birlari 
bilan doimiy qarama-qarshilikda bo'ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan 
qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so'ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini 
bosib o'tadi. Takror ishlab chiqarishjarayonining har bir ishtirokchisi o'ziga tegishli bo'lgan 
daromadni quyidagi ikki qismga bo'ladi: 
• iste’mol fondi; 
• jamg'arish fondi. 
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, 
sug'urta to'lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda yakka vajamoa 
daromadlaridan o'z hissasini ajratib oladi. 
Qayd etish joizki, daromadlardan qancha qismini olish meyorini aniqlashda jamiyat 
ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga o'xshashlar orqali, 
qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo'li bilan davlat faoliyati chegarasini 
aniqlashga harakat qiladi. O'z navbatida, davlat ham o'z harakat doirasini kengaytirishga 
harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bo'lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining 
shuncha katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol 
nisbatlari ham o'zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot 
xarajatlarining bir qismini o'z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchi bahosida va demak, 
mehnat haqi darajasida o'z aksini topadi. 
Bu yerda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo'lsa, shaxsiy iste’mol 
fondlarining hissasi shuncha past bo'lishi bilan belgilanadigan tendensiyani tushunish juda 
muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi davrasi foydalanilgan mehnat qurollari va buyumlarini tiklash uchun moijallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi doirasida ham shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag*lar)ning egasi va ishchilar o'rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o'ziga tegishli bo'lgan qismni ko'paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bo'ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so'ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o'tadi. Takror ishlab chiqarishjarayonining har bir ishtirokchisi o'ziga tegishli bo'lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo'ladi: • iste’mol fondi; • jamg'arish fondi. Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug'urta to'lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda yakka vajamoa daromadlaridan o'z hissasini ajratib oladi. Qayd etish joizki, daromadlardan qancha qismini olish meyorini aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga o'xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo'li bilan davlat faoliyati chegarasini aniqlashga harakat qiladi. O'z navbatida, davlat ham o'z harakat doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bo'lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol nisbatlari ham o'zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining bir qismini o'z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchi bahosida va demak, mehnat haqi darajasida o'z aksini topadi. Bu yerda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo'lsa, shaxsiy iste’mol fondlarining hissasi shuncha past bo'lishi bilan belgilanadigan tendensiyani tushunish juda muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining
 
 
qiyosiy samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon to‘xtaganicha yo'q. Har bir davlat 
uchun ma’lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng 
qatlami) qancha boy bo'lsa, davlatning o'zi ham shuncha boy bo'ladi, degan tushunchadan 
kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning 
yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog'lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga 
keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan asos o'sadi vajamg'armalar hissasi 
oshadi. Jamg'armalar ssuda kapitalining asosini tashkil etib, o'z navbatida, ular 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy- texnika taraqqiyotiga o'z ijobiy ta’sirini 
ko'rsatadi. 
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlami chegaralab (cheklab) qo'ygan 
mamlakatlarda iqtisodiyot o'sish bazasiga ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma’lum bir 
vaqt o'tganidan so'ng nisbatan boyroq mamlakatlaming ta’siri ostiga tushib qoladi. Chunki 
mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarz evaziga qoplanadi. O'z navbatida, 
tashqi qarzlami qaytarish manbai bo'lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi 
mumkin. 
Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining muvofiqlashtirilgan chegaralari buzilsa, 
butun takror ishlab chiqarish jarayoni izdan chiqadi. Bularning barchasi iqtisodiyotni 
tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb ataladi. Agar ijtimoiy 
portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag'al qatlamlarini qo'llab-
quvvatlash bo'yicha qo'shimcha ravishda majburiyatlarni o'z zimmasiga olsa, bu ham 
sog'lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi. 
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to'liq almashtirish sharoitida 
eski taqsimlash tizimini saqlab qolish mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat 
texnologiyasining holati, sanoatning tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar 
inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlaming bu boradagi tizimidan nusxa olish o'z 
davlatchiligiga va faniga ega bo'lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina xosdir7.
qiyosiy samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon to‘xtaganicha yo'q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng qatlami) qancha boy bo'lsa, davlatning o'zi ham shuncha boy bo'ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog'lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan asos o'sadi vajamg'armalar hissasi oshadi. Jamg'armalar ssuda kapitalining asosini tashkil etib, o'z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy- texnika taraqqiyotiga o'z ijobiy ta’sirini ko'rsatadi. Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlami chegaralab (cheklab) qo'ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o'sish bazasiga ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma’lum bir vaqt o'tganidan so'ng nisbatan boyroq mamlakatlaming ta’siri ostiga tushib qoladi. Chunki mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarz evaziga qoplanadi. O'z navbatida, tashqi qarzlami qaytarish manbai bo'lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining muvofiqlashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni izdan chiqadi. Bularning barchasi iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb ataladi. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag'al qatlamlarini qo'llab- quvvatlash bo'yicha qo'shimcha ravishda majburiyatlarni o'z zimmasiga olsa, bu ham sog'lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi. Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to'liq almashtirish sharoitida eski taqsimlash tizimini saqlab qolish mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat texnologiyasining holati, sanoatning tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlaming bu boradagi tizimidan nusxa olish o'z davlatchiligiga va faniga ega bo'lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina xosdir7.
 
 
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning 
real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish kerak emas. 
Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. 
Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining o‘ziga xos xususiyatiari emas, balki 
transmilliy kompaniyalaming keng rivojlanishi ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. 
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o'mini ko'rsatish uchun JIMning o'rniga 
YalMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki ko'rsatkichlar o'zlarining afzalliklari va 
kamchiliklariga ega. Masalan, YalM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur 
bo'lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning o'zida esa, JIMning tarkibi noishlab 
chiqarish xizmatlarisiz bo'lib, ularning salmog'i yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda 
jamiyat harajatlarining 1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning ko'pqatlamli ekanligi 
inobatga olinsa, JIM ko'rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ayrim afzalliklaiga egaligi 
ma’lum bo'ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishda muhim soha bo'lgan moddiy ishlab 
chiqarish sohasini o'zida to'liqroq aks ettiradi. 
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat: 
• mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati 
(mehnat qurollari va mehnat predmetlari); 
• milliy daromad (ishchi kuchi va qo'shimcha mahsulotning qiymati). 
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan 
foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda 
shakllanadi. JIMning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni 
(amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, 
yoqilg'i elektroenergiyani xarid qilish ko'rinishlarida va h.k.) taqsimlash jarayonlariga 
kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan 
belgilanadi. Chunki usiz jamiyatning bo'lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu 
JIMni taqsimlash jarayonidir.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish kerak emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining o‘ziga xos xususiyatiari emas, balki transmilliy kompaniyalaming keng rivojlanishi ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o'mini ko'rsatish uchun JIMning o'rniga YalMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki ko'rsatkichlar o'zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan, YalM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning o'zida esa, JIMning tarkibi noishlab chiqarish xizmatlarisiz bo'lib, ularning salmog'i yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat harajatlarining 1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning ko'pqatlamli ekanligi inobatga olinsa, JIM ko'rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ayrim afzalliklaiga egaligi ma’lum bo'ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishda muhim soha bo'lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini o'zida to'liqroq aks ettiradi. JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat: • mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari); • milliy daromad (ishchi kuchi va qo'shimcha mahsulotning qiymati). Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. JIMning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg'i elektroenergiyani xarid qilish ko'rinishlarida va h.k.) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. Chunki usiz jamiyatning bo'lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu JIMni taqsimlash jarayonidir.
 
 
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida qabul qilinsa, u holda 
keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat soliqlami to'lashga borib tugar edi. Biroq 
taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, 
balki xizmat ko'rsatish sohasi, maorif, sog'liqni saqlash, bank tizimi va h.k.lar ham 
qatnashadi. Davlat o'z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjetga 
bog'liq xodimlarga ish haqi to'laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, o'z navbatida, 
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga yo'naltirilgan soliqlami to'laydilar. Fuqarolar 
o'z shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlar haqini to'laydilar, sug'urta fondlariga 
badallar ajratadilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qaytaradilar. 
Korxonalar xizmat ko'rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar to'laydilarki, ular 
byudjet daromadlarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi 
barcha munosabatlar ham moliya bo'lavermaydi. Lekin taqsimlash chegarasidan chetda 
moliya mavjud emas. 
JIMning ikkiga bo'linishi bilan ta’riflanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan 
so'ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Unga muvofiq MD jamg'arish fondi va iste’mol fondiga 
bo'linadi. 
Jamg'arish fondi ikki qismdan iborat bo'lib, bir qismi takror ishlab chiqarishni 
kengaytirishga, ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga mo'ljallangandir. 
Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat mablag' 
qo'yilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va sug'urta fondlarini 
lablikil qilish orqali namoyon bo'ladi. Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi 
oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham 
mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida 
amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega bo'lib, bu 
narsa taqsimlash jarayoni qonuniyatlarini o'rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning 
ketma-ketligini inobatga olmaslikka imkon beradi. Ko'pchilik hollarda amaliyotda 
daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bo'ladi (daromadlar
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat soliqlami to'lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat ko'rsatish sohasi, maorif, sog'liqni saqlash, bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat o'z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjetga bog'liq xodimlarga ish haqi to'laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, o'z navbatida, Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga yo'naltirilgan soliqlami to'laydilar. Fuqarolar o'z shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlar haqini to'laydilar, sug'urta fondlariga badallar ajratadilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qaytaradilar. Korxonalar xizmat ko'rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar to'laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar ham moliya bo'lavermaydi. Lekin taqsimlash chegarasidan chetda moliya mavjud emas. JIMning ikkiga bo'linishi bilan ta’riflanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan so'ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Unga muvofiq MD jamg'arish fondi va iste’mol fondiga bo'linadi. Jamg'arish fondi ikki qismdan iborat bo'lib, bir qismi takror ishlab chiqarishni kengaytirishga, ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga mo'ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat mablag' qo'yilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va sug'urta fondlarini lablikil qilish orqali namoyon bo'ladi. Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega bo'lib, bu narsa taqsimlash jarayoni qonuniyatlarini o'rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-ketligini inobatga olmaslikka imkon beradi. Ko'pchilik hollarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bo'ladi (daromadlar
 
 
shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga keladi). Daromad va 
xarajatlarning muddatlari bo'yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun davlat krediti 
mexanizmidan foydalaniladi. 
Jamg'arish fondi va iste’mol fondi o'rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab 
chiqarish jarayonining mahsus sub’ektlari (davlat bilan biigalikda) o'rtasida ham o'ziga 
xosliklarga egadir. Iste’mol darajasiga texnologiya holati, kommunikatsiyalar, davlat 
tuzilmasi, partiya va harakatlaming obro'si va boshqa ko'plab omillar o'z ta’sirini ko'rsatadi. 
Xuddi shunga o'xshash ravishda jamg'arish fondi va iste’mol fondi o'rtasidagi nisbatlar 
munosabatini aniqlash ham qiyin. Iste’mol fondining yetarli yuqori darajadasida noishlab 
chiqarish sohasida jamg'arish hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg'armalar o'sadi). Agar MDda 
iste’molning nisbiy hissasi kamroq bo'lsa, korporativ jamg'armalar o'sadi. Chunki yaratilgan 
MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish 
jarayoni negizida o'ziga xos tovar bo'lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi 
takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo'lgan o'z qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. 
Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga — mehnat qurollari va mehnat 
buyumlari xos emas. 
O'z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat: 
• ijtimoiy iste’mol fondlari; 
• shaxsiy iste’mol fondlari. 
Alohida olingan mamlakatlar bo'yicha ular o'rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga, 
an’analarga va boshqaga bog'liq. Hokimiyat tepasida kommunistik yoki sotsialistik 
partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy 
hajmida asosiy o'rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, 
sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko'rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. 
Ijtimoiy iste’mol fondlarining salmog'i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori bo'lib, 
bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xo'jaligi va h.k.larni 
moliyalashtirish qo'llab— quwatlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy iste’mol
shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bo'yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi. Jamg'arish fondi va iste’mol fondi o'rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining mahsus sub’ektlari (davlat bilan biigalikda) o'rtasida ham o'ziga xosliklarga egadir. Iste’mol darajasiga texnologiya holati, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlaming obro'si va boshqa ko'plab omillar o'z ta’sirini ko'rsatadi. Xuddi shunga o'xshash ravishda jamg'arish fondi va iste’mol fondi o'rtasidagi nisbatlar munosabatini aniqlash ham qiyin. Iste’mol fondining yetarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sohasida jamg'arish hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg'armalar o'sadi). Agar MDda iste’molning nisbiy hissasi kamroq bo'lsa, korporativ jamg'armalar o'sadi. Chunki yaratilgan MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish jarayoni negizida o'ziga xos tovar bo'lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo'lgan o'z qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga — mehnat qurollari va mehnat buyumlari xos emas. O'z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat: • ijtimoiy iste’mol fondlari; • shaxsiy iste’mol fondlari. Alohida olingan mamlakatlar bo'yicha ular o'rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga, an’analarga va boshqaga bog'liq. Hokimiyat tepasida kommunistik yoki sotsialistik partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy o'rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko'rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy iste’mol fondlarining salmog'i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori bo'lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xo'jaligi va h.k.larni moliyalashtirish qo'llab— quwatlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy iste’mol
 
 
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Boshqa 
hech qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. 
Ammo bu narsani so‘zma-so‘z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi 
tizimi soliqlar va ajratmalarning oichamini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va 
amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Biroq ijtimoiy 
iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat 
moliya xizmat qiladi. 
Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. 
Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga 
sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo'lgan dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida ijtimoiy 
sug'urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishda ish beruvchilar va yollanma mehnat 
xodimlari ham o‘z to'lovlari bilan ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste’mol fondini 
shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining bir qismi yo'naltiriladi. Shaxsiy iste’mol 
fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bo'linadi: 
• shaxsiy jamg'arma fondlari; 
• iste’mol fondlari 
Aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat 
ko'rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. Iste’mol fondi va jamg'arish fondi o'rtasidagi 
nisbat hamda ularning tabiiy hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish 
sur’atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar ko'rinishida birlamchi daiom adlam iiig katta 
qismini olib qo'ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu 
yerda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi —
uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish to'g'risida gap 
ketayapti), yo samarasiz (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yo o'rinsiz (ijtimoiy 
soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bo'lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini 
rag'batlantirmaydi) bo'lishi mumkin. Agar davlat soliqlar ko'rinishida MDning 30% dan 
ortiqrog'ini oladigan bo'lsa, u holda iqtisodiyotni o'stirish va modemizatsiya qilish uchun
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Boshqa hech qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani so‘zma-so‘z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va ajratmalarning oichamini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi. Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo'lgan dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishda ish beruvchilar va yollanma mehnat xodimlari ham o‘z to'lovlari bilan ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining bir qismi yo'naltiriladi. Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bo'linadi: • shaxsiy jamg'arma fondlari; • iste’mol fondlari Aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat ko'rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. Iste’mol fondi va jamg'arish fondi o'rtasidagi nisbat hamda ularning tabiiy hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar ko'rinishida birlamchi daiom adlam iiig katta qismini olib qo'ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi — uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish to'g'risida gap ketayapti), yo samarasiz (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yo o'rinsiz (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bo'lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag'batlantirmaydi) bo'lishi mumkin. Agar davlat soliqlar ko'rinishida MDning 30% dan ortiqrog'ini oladigan bo'lsa, u holda iqtisodiyotni o'stirish va modemizatsiya qilish uchun
 
 
ichki rezervlar yetarli darajada bo'lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqni olib qo'yish darajasi 
30%dan ham ortiq bo'lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror ishlab 
chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat o'z zimmasiga olishi kerak. Soliq ostonasi yuqori 
bo'lgan sharoitda soliqni to'lashdan bosh tortish tendensiyasi kuchayishi tufayli soliqlami 
undirish xarajatlari ham ortadi. 
Moliya taraqqiyoti 
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari bilan farqlanadi. 
o‘z navbatida yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish 
darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos 
kelishi kerak. Bunda o'zgarishlar har davlatda yuqoridagidek ketma-ketlikda va uzchil 
aloqada sodir bo'lmasligi mumkin. Lekin bujarayondagi umumiy qonuniyat xususiy 
holatlarga bog'liq bo'lmaydi. Har bir ijtimoiy formatsiya va shunga muvofiq ravishda, shu 
tuzumdagi davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma mos keladi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumlarda moliyaning farqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi: 
• har qanday ijtimoiy tuzumgajamiyatning o'z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda 
moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta 
taqsimlanishini tashkil qiladi; 
• har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya hukmron sinfning manfaatlarini 
himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo'ysunadi; 
• ishlab chiqarishning yangi usuli xo'jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga 
keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal tuzumlarda natural munosabatlar xos bo'lgan bo'lsa, 
shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. 
Kapitalistik xo'jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat 
daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi; 
• agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va 
sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi; 
• XX asr tajribasi ogohlantiradi:
ichki rezervlar yetarli darajada bo'lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqni olib qo'yish darajasi 30%dan ham ortiq bo'lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat o'z zimmasiga olishi kerak. Soliq ostonasi yuqori bo'lgan sharoitda soliqni to'lashdan bosh tortish tendensiyasi kuchayishi tufayli soliqlami undirish xarajatlari ham ortadi. Moliya taraqqiyoti Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari bilan farqlanadi. o‘z navbatida yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Bunda o'zgarishlar har davlatda yuqoridagidek ketma-ketlikda va uzchil aloqada sodir bo'lmasligi mumkin. Lekin bujarayondagi umumiy qonuniyat xususiy holatlarga bog'liq bo'lmaydi. Har bir ijtimoiy formatsiya va shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma mos keladi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi: • har qanday ijtimoiy tuzumgajamiyatning o'z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi; • har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo'ysunadi; • ishlab chiqarishning yangi usuli xo'jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal tuzumlarda natural munosabatlar xos bo'lgan bo'lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo'jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi; • agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi; • XX asr tajribasi ogohlantiradi:
 
 
—aniq sinflarga bo'lingan davlat mavjud bo'lmaydi;  
—turli ijtimoiy tuzilmaga ega boMgan davlatlar bir tarixiy davrda boMishi mumkin; 
— 
bir ijtimoiy-tarixiy tuzumdan ikkinchisiga o'tish asrlar davomida sodir boMishi 
mumkin; 
— 
faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalaming emas, balki moliyaning ham 
eksport qilinish ehtimoli mavjud. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan 
mamlakatlarda ham pul o'zining barcha funksiyalarini bajara olmagan. Shunga mos ravishda 
pul munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham keng umumlashib ketgan emas. Ibtidoiy-
jamoa tuzumining xo'jalik tuzilmasi to'g'risida aniq ma’lumotlar yo'qligi uchun taxmin 
qilish mumkinki, doimiy davlat apparati ana shunday davlatning daromadlari va 
xarajatlarini shakllantira olmagan. Davlat apparatining shakllanishi, unga tegishli boMgan 
funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo'shinlarga asos solinishi, yo'l qurilishining 
jorish etilishi bilan moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining 
asosiy manbalari kontribu— siyalar, harbiy o'ljalar, natural soliqlar va boshqalar 
hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir 
guruhlari pul ko'rinishidagi soliqlami to'lagan boMishi mumkin. Shunga qaramasdan, 
quldorlik tuzurhida pul ko'rinishidagi soliqlar faqat tasodifiy ko'rinishga ega edi. Xuddi 
shuningdek, natural xo'jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvor 
bo'la olmas edi. 
Shuni tushunish muhimki, jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o'tishi munosabati 
bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliya umumiylik xususiyatiga ega boMadi. Biroq hatto 
ana shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulga bog'liq boMmagan 
usullari saqlanib qolishi mumkin. Buning mumtoz misoli sifatida yoppasiga harbiy 
majburiyatni ko'rsatish mumkin. 
Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o'z funksiyalarini amalga 
oshirishi uchun zarur fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tizimini yaratadi, degan
—aniq sinflarga bo'lingan davlat mavjud bo'lmaydi; —turli ijtimoiy tuzilmaga ega boMgan davlatlar bir tarixiy davrda boMishi mumkin; — bir ijtimoiy-tarixiy tuzumdan ikkinchisiga o'tish asrlar davomida sodir boMishi mumkin; — faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalaming emas, balki moliyaning ham eksport qilinish ehtimoli mavjud. Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda ham pul o'zining barcha funksiyalarini bajara olmagan. Shunga mos ravishda pul munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham keng umumlashib ketgan emas. Ibtidoiy- jamoa tuzumining xo'jalik tuzilmasi to'g'risida aniq ma’lumotlar yo'qligi uchun taxmin qilish mumkinki, doimiy davlat apparati ana shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantira olmagan. Davlat apparatining shakllanishi, unga tegishli boMgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo'shinlarga asos solinishi, yo'l qurilishining jorish etilishi bilan moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontribu— siyalar, harbiy o'ljalar, natural soliqlar va boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko'rinishidagi soliqlami to'lagan boMishi mumkin. Shunga qaramasdan, quldorlik tuzurhida pul ko'rinishidagi soliqlar faqat tasodifiy ko'rinishga ega edi. Xuddi shuningdek, natural xo'jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvor bo'la olmas edi. Shuni tushunish muhimki, jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o'tishi munosabati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliya umumiylik xususiyatiga ega boMadi. Biroq hatto ana shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulga bog'liq boMmagan usullari saqlanib qolishi mumkin. Buning mumtoz misoli sifatida yoppasiga harbiy majburiyatni ko'rsatish mumkin. Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o'z funksiyalarini amalga oshirishi uchun zarur fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tizimini yaratadi, degan
 
 
xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish 
shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq fondlarni shakllantirish 
manbalari cheklangan va hech bir davlat o'z ehtiyojlarini qoplash uchun daromadlaming 
yangi manbalarini ixtiro qilishi mumkin emas. Bu yerda gap undirish shakllari emas, balki 
uning ob’ektlari to'g'risida ketayapti. Ana shunday ob’ektlar sifatida har doim mulk va 
daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari to'g'risida gapiriladigan bo'lsa, u holda hatto 
qadimgi grek davlatlaridayoq to'g'ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri (bilvosita) 
soliqlar ham paydo bo'lgan. To'g'ri (bevosita) soliqlar yer va mol egalaridan olingan. Urush 
davrlarida esa mulkiy soliqjoriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga 
solingan soliq shakllarida maydonga chiqqan. 
Rim imperiyasida armiya uchun pulli to'lanmalar (yollanmalar va ofitserlar uchun) 
joriy etilgan. Bu va shunga o'xshash boshqa ehtiyojlar (tamoshalarni tashkil etish, ishsiz 
fuqarolarga yordam ko'rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun 
ham harbiy o'ljalar va kontributsiyalarga qo'shimcha ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. 
Qulni sotish va sotib olish uchun to'lanadigan soliq ana shunday soliqlaming dastlabkisidir. 
Nooziq-ovqat buyumlarini sotganlik uchun (1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar 
davrida har bir fuqaro mol-mulkdan undiriladigan favqulodda soliq to'lagan. 5% miqdorida 
undiriladigan merosdan olinadigan soliq joriy etilgan. Ijtimoiy tuzum sifatida feodalizm 
qullarga egalik qilish yoki patriarxal asosda rivojlangan. Biroq bu yerga xususiy egalik va 
dehqonlarning krepostnoyligiga asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir ko'rsatmagan. 
Krepostnoy (birikti — rilgan) dehqonlar yo'q joyda feodalizm ham mavjud bo'lmagan. 
Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning funksiyalari 
feodallarning ta’siri ostida belgilangan. Feodal o'zi egalik qiladigan joy chegaralari 
doirasida o'z soliqlari tizimini joriy etgan. Markaziy hokimiyat xo'jalik hayotiga, xususan, 
aholini soliqqa tortish masalalariga faqat feodal bilan muvofiqlashtirilgan chegara doirasida 
aralashuvi mumkin edi. Yevropada feodal tarqoqlikka salb yurishlari oqibatida ritsarlarning 
kuchsizlanishi tufayli barham berilgan8. Alohida olingan davlatlar o'rtasidagi urushlar
xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq fondlarni shakllantirish manbalari cheklangan va hech bir davlat o'z ehtiyojlarini qoplash uchun daromadlaming yangi manbalarini ixtiro qilishi mumkin emas. Bu yerda gap undirish shakllari emas, balki uning ob’ektlari to'g'risida ketayapti. Ana shunday ob’ektlar sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari to'g'risida gapiriladigan bo'lsa, u holda hatto qadimgi grek davlatlaridayoq to'g'ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bo'lgan. To'g'ri (bevosita) soliqlar yer va mol egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliqjoriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga solingan soliq shakllarida maydonga chiqqan. Rim imperiyasida armiya uchun pulli to'lanmalar (yollanmalar va ofitserlar uchun) joriy etilgan. Bu va shunga o'xshash boshqa ehtiyojlar (tamoshalarni tashkil etish, ishsiz fuqarolarga yordam ko'rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun ham harbiy o'ljalar va kontributsiyalarga qo'shimcha ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish uchun to'lanadigan soliq ana shunday soliqlaming dastlabkisidir. Nooziq-ovqat buyumlarini sotganlik uchun (1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar davrida har bir fuqaro mol-mulkdan undiriladigan favqulodda soliq to'lagan. 5% miqdorida undiriladigan merosdan olinadigan soliq joriy etilgan. Ijtimoiy tuzum sifatida feodalizm qullarga egalik qilish yoki patriarxal asosda rivojlangan. Biroq bu yerga xususiy egalik va dehqonlarning krepostnoyligiga asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir ko'rsatmagan. Krepostnoy (birikti — rilgan) dehqonlar yo'q joyda feodalizm ham mavjud bo'lmagan. Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning funksiyalari feodallarning ta’siri ostida belgilangan. Feodal o'zi egalik qiladigan joy chegaralari doirasida o'z soliqlari tizimini joriy etgan. Markaziy hokimiyat xo'jalik hayotiga, xususan, aholini soliqqa tortish masalalariga faqat feodal bilan muvofiqlashtirilgan chegara doirasida aralashuvi mumkin edi. Yevropada feodal tarqoqlikka salb yurishlari oqibatida ritsarlarning kuchsizlanishi tufayli barham berilgan8. Alohida olingan davlatlar o'rtasidagi urushlar
 
 
boshqalarga nisbatan tajovuz tufayli boyigan mamlakatlarda qirollik hokimiyatini 
mustahkamlagan. Yer egalarini saqlashga sarf qilingan to'lovlardan tashqari dehqonlar 
yo‘llar, qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog'liq bo'lgan boshqa 
ishlarni ham bajarishga majbur bo'lganlar. Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga 
soliqlami faqat buyumlar bilan emas, balki pul shaklida ham to'laganlar. Savdogarlar 
feodalga sovg'alar va daromad to'lovlaridan tashqari tranzit va boshqa bojlarni ham 
to'laganlar. 
O'rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o'z soliqlari va o'lponlarini joriy etgan. 
Hatto davlatning ichida ham soliq va o'lponlarni unifikatsiya qilish to'g'risida gap 
bo'lmagan. Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi pulli soliqlarga o'tishga olib keldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha yuqori 
bo'lsa, pulli soliqlaming salmog'i ham shuncha kattalashib borgan. Feodalizmning o'rta va 
so'nggi davrlariga xos bo'lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining 
mavjudligini e’tirof etish lozim. Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan 
summani to'lab, daromadlaming katta qismini o'z ixtiyorlarida qoldirganlar. Shuning uchun 
ham sotib oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlami burjua 
munosabatlariga aylantirishda asosiy manfaatdorlar shaklida maydonga chiqqanlar. 
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo'lida katta miqdordagi pul 
resurslarining to'planishiga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi 
mulkdorlariga, buijuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va 
preferensiyalari, to'siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari kapitalning jamg'arilishiga 
olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg'arilgan kapital endigina 
tug'ilib kelayotgan sanoat sari yo'l olib, kapitalistik munosabatlaming rivojlanishiga o'z 
ta’sirini ko'rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, 
harbiy inshootlar, flotni qurish uchun buyurtmachi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq 
tizimi 
orqali 
qayta 
taqsimlab 
kapitalning 
sanoatda 
to‘planishiga 
olib 
keldi.
boshqalarga nisbatan tajovuz tufayli boyigan mamlakatlarda qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Yer egalarini saqlashga sarf qilingan to'lovlardan tashqari dehqonlar yo‘llar, qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog'liq bo'lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bo'lganlar. Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga soliqlami faqat buyumlar bilan emas, balki pul shaklida ham to'laganlar. Savdogarlar feodalga sovg'alar va daromad to'lovlaridan tashqari tranzit va boshqa bojlarni ham to'laganlar. O'rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o'z soliqlari va o'lponlarini joriy etgan. Hatto davlatning ichida ham soliq va o'lponlarni unifikatsiya qilish to'g'risida gap bo'lmagan. Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi pulli soliqlarga o'tishga olib keldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha yuqori bo'lsa, pulli soliqlaming salmog'i ham shuncha kattalashib borgan. Feodalizmning o'rta va so'nggi davrlariga xos bo'lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining mavjudligini e’tirof etish lozim. Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan summani to'lab, daromadlaming katta qismini o'z ixtiyorlarida qoldirganlar. Shuning uchun ham sotib oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlami burjua munosabatlariga aylantirishda asosiy manfaatdorlar shaklida maydonga chiqqanlar. Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo'lida katta miqdordagi pul resurslarining to'planishiga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi mulkdorlariga, buijuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va preferensiyalari, to'siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari kapitalning jamg'arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg'arilgan kapital endigina tug'ilib kelayotgan sanoat sari yo'l olib, kapitalistik munosabatlaming rivojlanishiga o'z ta’sirini ko'rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy inshootlar, flotni qurish uchun buyurtmachi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq tizimi orqali qayta taqsimlab kapitalning sanoatda to‘planishiga olib keldi.
 
 
Kapitalningjamg'arilishida sanoatning rivojlanishida, buijuaziyaning mustahkamlanishiga 
mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi. 
Shaharlar va sanoatning rivojlanishi ishchi kuchi oqimini talab etgan. Ishchilar 
salmog'ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib borishi esajamiyatdagi natural 
munosabatlami qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik munosabatlar rivojlanishiga o'z 
ta’sirini ko'rsatdi. Burjuaziya hokimiyatni egallab olgach, monarxiyaning yemirilishi va 
hokimiyatchilik vakolatlaridan mahrum bo'lishi tezlashgan. Hokimiyat tepasiga kelgan 
burjuaziya «soliq zulmi»ni pasaytirish emas, balki feodallarga tegishli imtiyozlarga barham 
berish va soliqlami mehnatkashlaming zimmasiga yuklashga intildi. Davlatdagi umumiy 
soliq yuki yengillashmadi. Turli tarzda ta’sir etadigan omillaming tazyiqi ostida burjuaziya 
kapitalni ko'proq jamg'arish va o'z foydasini yanada o'stirish uchun tegishli imkoniyatlarni 
qo'lga kiritdi. 
Kapitallar harakatidagi milliy chegaralarga barham berilishi bilan banklar, birjalar va 
mustamlakachilik urushlari bunday vaziyatning instrumentlari bo'lib qoldi. Burjuaziya 
ekspluatatsiya qilishning butun og'irligini bosib olingan mustamlaka xalqlari gardaniga 
yuklab, o'z mamlakatlari ishchi kuchlarining ashaddiy himoyachilariga aylandi. Ishchilar 
sinfining o'z huquqlari uchun qarshi kurashi burjuaziya qo'lida kapitalning yanada 
to'planishiga imkon beruvchi yangi moliyaviy institutlarni vujudga keltirdi. Bu yerda gap 
tibbiy va ijtimoiy sug'urta, mol-mulk va hayot sug'urtasi tizimlari to'g'risida ketayapti. 
Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli soliqlaming juda katta qismini o'z qo'liga 
qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga buyurtmalar orqali 
to'playdi. 
Xususiy-tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning taraqqiy 
etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va shu asosda kapitalning 
rivojlangan mamlakatlarda to'planishi kuzatiladi. Nafaqat soliq imtiyozlari va hukumat 
buyurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, norentabelli korxonalar va butun 
tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish infratuzilmani moliyalashtirish va h.k.lar orqali
Kapitalningjamg'arilishida sanoatning rivojlanishida, buijuaziyaning mustahkamlanishiga mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi. Shaharlar va sanoatning rivojlanishi ishchi kuchi oqimini talab etgan. Ishchilar salmog'ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib borishi esajamiyatdagi natural munosabatlami qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik munosabatlar rivojlanishiga o'z ta’sirini ko'rsatdi. Burjuaziya hokimiyatni egallab olgach, monarxiyaning yemirilishi va hokimiyatchilik vakolatlaridan mahrum bo'lishi tezlashgan. Hokimiyat tepasiga kelgan burjuaziya «soliq zulmi»ni pasaytirish emas, balki feodallarga tegishli imtiyozlarga barham berish va soliqlami mehnatkashlaming zimmasiga yuklashga intildi. Davlatdagi umumiy soliq yuki yengillashmadi. Turli tarzda ta’sir etadigan omillaming tazyiqi ostida burjuaziya kapitalni ko'proq jamg'arish va o'z foydasini yanada o'stirish uchun tegishli imkoniyatlarni qo'lga kiritdi. Kapitallar harakatidagi milliy chegaralarga barham berilishi bilan banklar, birjalar va mustamlakachilik urushlari bunday vaziyatning instrumentlari bo'lib qoldi. Burjuaziya ekspluatatsiya qilishning butun og'irligini bosib olingan mustamlaka xalqlari gardaniga yuklab, o'z mamlakatlari ishchi kuchlarining ashaddiy himoyachilariga aylandi. Ishchilar sinfining o'z huquqlari uchun qarshi kurashi burjuaziya qo'lida kapitalning yanada to'planishiga imkon beruvchi yangi moliyaviy institutlarni vujudga keltirdi. Bu yerda gap tibbiy va ijtimoiy sug'urta, mol-mulk va hayot sug'urtasi tizimlari to'g'risida ketayapti. Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli soliqlaming juda katta qismini o'z qo'liga qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga buyurtmalar orqali to'playdi. Xususiy-tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va shu asosda kapitalning rivojlangan mamlakatlarda to'planishi kuzatiladi. Nafaqat soliq imtiyozlari va hukumat buyurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, norentabelli korxonalar va butun tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish infratuzilmani moliyalashtirish va h.k.lar orqali
 
 
davlat har doim milliy burjuaziya manfaatlarini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. 
Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnatsiya davrlarida soliqlar, kreditlar va 
buyurtmalar bilan manipulyasiya qilish asosida o'zining tartibga soluvchilik rolini 
faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 1929 yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSh 
hukumati yurgizgan siyosatni ko'rsatish mumkin. 
Bugun kundalik turmushga «finansi» («moliya») atamasini ilk bor kiritgan muallifni 
aniqlash juda murakkab. Bu atamaning birinchi muallifi sifatida 1577 yilda «Respublika 
xususida olti kitob» asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Bodenni hisoblash mumkin. Undan 
so'ng bu atama dunyoning barcha boshqa tillariga kirib borgan. Biroq ayrim adabiyotlarda 
bu atamaning lotin tilidan olinganligi to'g'risidagi qarashlar ham mavjud. Bu nashrda 
«finansi» («moliya») atamasi davlat va takror ishlab chiqarish munosabat- larining boshqa 
sub'ektlari o'rtasidagi munosabatlar tizimini ifodalash uchun foydalanilgan. Hozirgi nuqtai-
nazarlarga ko'ra bu munosabatlami moliyaga kiritish maqsadga muvofiq emas. Chunki ular 
pulli hisob-kitoblarni nazarda tutgan emas. Biroq natural munosabatlar ustuvorlik qilgan 
iqtisodiy tuzumlardagi natural soliqlar va shaxsiy to'lanmalarning iqtisodiy mohiyati tovar-
pul munosabat- lari rivojlangan iqtisodiy tuzumlardagi pulli soliqlaming iqtisodiy mohiyati 
bilan bir xildir. 
Moliyaga bag'ishlangan asarning birinchi yevropalik muallifi Ksenofont (eramizdan 
awalgi 430—355 yillar) hisoblanadi. Uning shu xususdagi asari «Afina respublikasining 
daromadlari to'g'risida» deb nomlangan. Aristotelning (eramizdan awalgi 384—322 yillar) 
moliya sohasidagi qarashlari uning «Afina davlat qurilishi» deb nomlangan asarida bayon 
qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar to'g'risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining 
nomi ham fanda ma’lum. Moliya muammolari bilan shug'ullangan yevropalik olimlarning 
uzun ro'yxati F.Akvinskiy (1225—1274 yillar)dan boshlanadi. U ilk marta qirolning 
soliqlami undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
davlat har doim milliy burjuaziya manfaatlarini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnatsiya davrlarida soliqlar, kreditlar va buyurtmalar bilan manipulyasiya qilish asosida o'zining tartibga soluvchilik rolini faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 1929 yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSh hukumati yurgizgan siyosatni ko'rsatish mumkin. Bugun kundalik turmushga «finansi» («moliya») atamasini ilk bor kiritgan muallifni aniqlash juda murakkab. Bu atamaning birinchi muallifi sifatida 1577 yilda «Respublika xususida olti kitob» asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Bodenni hisoblash mumkin. Undan so'ng bu atama dunyoning barcha boshqa tillariga kirib borgan. Biroq ayrim adabiyotlarda bu atamaning lotin tilidan olinganligi to'g'risidagi qarashlar ham mavjud. Bu nashrda «finansi» («moliya») atamasi davlat va takror ishlab chiqarish munosabat- larining boshqa sub'ektlari o'rtasidagi munosabatlar tizimini ifodalash uchun foydalanilgan. Hozirgi nuqtai- nazarlarga ko'ra bu munosabatlami moliyaga kiritish maqsadga muvofiq emas. Chunki ular pulli hisob-kitoblarni nazarda tutgan emas. Biroq natural munosabatlar ustuvorlik qilgan iqtisodiy tuzumlardagi natural soliqlar va shaxsiy to'lanmalarning iqtisodiy mohiyati tovar- pul munosabat- lari rivojlangan iqtisodiy tuzumlardagi pulli soliqlaming iqtisodiy mohiyati bilan bir xildir. Moliyaga bag'ishlangan asarning birinchi yevropalik muallifi Ksenofont (eramizdan awalgi 430—355 yillar) hisoblanadi. Uning shu xususdagi asari «Afina respublikasining daromadlari to'g'risida» deb nomlangan. Aristotelning (eramizdan awalgi 384—322 yillar) moliya sohasidagi qarashlari uning «Afina davlat qurilishi» deb nomlangan asarida bayon qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar to'g'risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining nomi ham fanda ma’lum. Moliya muammolari bilan shug'ullangan yevropalik olimlarning uzun ro'yxati F.Akvinskiy (1225—1274 yillar)dan boshlanadi. U ilk marta qirolning soliqlami undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
 
 
Moliya bo'yicha dastlabki asarlarning mualliflari qatoriga F.Petrarka, D.Karaf, 
Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiavelli va boshqa italiyaliklami kiritish 
mumkin. 
XVII asrda moliya nazariyasining rivjlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa 
qo'shgan. Ularning orasidan T.Men, Dj.Lokk, T.Gobbs, P.Gautonlarni alohida ajratib 
ko'rsatish kerak. 
L. fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnenfels kabi nemis olimlari XVII—
XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga munosib hissa qo'shganlar. Ular moliyaga doir 
adabiyotlarga nemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.Yusti 1746 yilda nashr etilgan 
«Moliya mohiyatining tizimi» asarida moliya to'g'risidagi kameralistik maktab 
vakillarining qarashlarini umumlashtirdi. Bu asarda birinchi marta moliya fani va moliyaviy 
siyosat ajratilib ko'rsatilgan. 
Fiziokratlaming o'tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o'rganganlar. Ularning asarlarida 
moliyaning turli yo'nalishlari tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatorida T.Gobbs, 
Dj.Lokk, D.Yum, V.Petti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.Styuartlarni ko'rsatish mumkin. Aynan 
V.Petti (1623—1687 yillar) o'zining «Soliqlar va yig'imlar xususida traktatlar» asari bilan 
burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi hisoblanadi. 
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi va rivojlanishi XVIII asrga to'g'ri keladi. 
Bu maktab vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida 
e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar —A.Tyurgo, F.Kene va V.Mirabo, 
inglizlar — A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bo'lishiga 
qaramasdan mumtoz maktab vakillari ta’limotlarini quyidagi to'rtta asosiy yo'nalishga 
keltirish mumkin: 
• davlat kerak, chunki u «tabiiy tartib»ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi; 
• davlatni saqlash (ushlab turish) arzon bo'lmog'i lozim, chunki davlatning boshqaruv 
xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;
Moliya bo'yicha dastlabki asarlarning mualliflari qatoriga F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiavelli va boshqa italiyaliklami kiritish mumkin. XVII asrda moliya nazariyasining rivjlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qo'shgan. Ularning orasidan T.Men, Dj.Lokk, T.Gobbs, P.Gautonlarni alohida ajratib ko'rsatish kerak. L. fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnenfels kabi nemis olimlari XVII— XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga munosib hissa qo'shganlar. Ular moliyaga doir adabiyotlarga nemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.Yusti 1746 yilda nashr etilgan «Moliya mohiyatining tizimi» asarida moliya to'g'risidagi kameralistik maktab vakillarining qarashlarini umumlashtirdi. Bu asarda birinchi marta moliya fani va moliyaviy siyosat ajratilib ko'rsatilgan. Fiziokratlaming o'tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o'rganganlar. Ularning asarlarida moliyaning turli yo'nalishlari tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatorida T.Gobbs, Dj.Lokk, D.Yum, V.Petti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.Styuartlarni ko'rsatish mumkin. Aynan V.Petti (1623—1687 yillar) o'zining «Soliqlar va yig'imlar xususida traktatlar» asari bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi hisoblanadi. Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi va rivojlanishi XVIII asrga to'g'ri keladi. Bu maktab vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar —A.Tyurgo, F.Kene va V.Mirabo, inglizlar — A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bo'lishiga qaramasdan mumtoz maktab vakillari ta’limotlarini quyidagi to'rtta asosiy yo'nalishga keltirish mumkin: • davlat kerak, chunki u «tabiiy tartib»ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi; • davlatni saqlash (ushlab turish) arzon bo'lmog'i lozim, chunki davlatning boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;
 
 
• davlat «tabiiy tartib»ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini, buza olmaydi, 
cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o'rnatish yo'li bilan ham mamlakatning 
xo'jalik hayotiga aralashmasligi kerak; 
• davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etmog'i lozim: — 
o'z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to'lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va 
aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi yo'naltirilgan); 
—soliqni oldindan aniq belgilash (aniqlash) zarur; 
—soliqni soliq to'lovchi uchun qulay bo‘lgan vaqtda undirish lozim; 
—soliqlaming undirilishi (olinishi) arzon boMishi kerak. 
Kapitalistik tizimning feodalizm ustidan g'alabasi yangi ishlab chiqarish 
munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarni 
tug'dirdi. Sho'rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari vulgar iqtisodchilar 
guruhiga birlashtirilgan edi. Chunki ular, asosan, davlat daromadlarini shakllantirish 
masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari 
to'g'risida salbiy tasavvur hosil qilishi mumkin deb to‘g‘ri hisoblagan edilar. Bu maktabning 
yetakchi namoyandalaridan biri «Siyosiy iqtisod asoslari» deb nomlangan o'z asarini 1848 
yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. XIX asrning oxirlaridagi moliyachi-olimlar qatoriga 
1877 yilda moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Le-rua-Boleni va 1892 yilda «Davlat 
moliyasi» kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. XIX asrda moliya 
nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo'shib, 1826—1832 yillarda bosilgan uchinchi 
qismi to'liq moliyaga bag'ishlangan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning 
«Moliya fanining asosiy boshlanishi» deb nomlangan asari 1867 yilda rus tilida nashr 
etilgan va Rossiyada moliya fanining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko'rsatgan. 
XIX 
asrning birinchi choragida nashr etilgan nemis olimlaridan Soden (1811 yil), 
Yakob (1821 yil), Malxus (1830 yil) va Shenlarning (1832 yil) moliya to'g'risidagi asarlari 
«moliya» tushunchasi tarkibiga birinchi marta mahalliy moliyani kiritgan L.fon Shteyn va 
moliya fanining mumtoz namoyondasi A.Vagnerlar (u yozgan «Moliya to'g'risidagi fan»
• davlat «tabiiy tartib»ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini, buza olmaydi, cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o'rnatish yo'li bilan ham mamlakatning xo'jalik hayotiga aralashmasligi kerak; • davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etmog'i lozim: — o'z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to'lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi yo'naltirilgan); —soliqni oldindan aniq belgilash (aniqlash) zarur; —soliqni soliq to'lovchi uchun qulay bo‘lgan vaqtda undirish lozim; —soliqlaming undirilishi (olinishi) arzon boMishi kerak. Kapitalistik tizimning feodalizm ustidan g'alabasi yangi ishlab chiqarish munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarni tug'dirdi. Sho'rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari vulgar iqtisodchilar guruhiga birlashtirilgan edi. Chunki ular, asosan, davlat daromadlarini shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari to'g'risida salbiy tasavvur hosil qilishi mumkin deb to‘g‘ri hisoblagan edilar. Bu maktabning yetakchi namoyandalaridan biri «Siyosiy iqtisod asoslari» deb nomlangan o'z asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. XIX asrning oxirlaridagi moliyachi-olimlar qatoriga 1877 yilda moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Le-rua-Boleni va 1892 yilda «Davlat moliyasi» kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. XIX asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo'shib, 1826—1832 yillarda bosilgan uchinchi qismi to'liq moliyaga bag'ishlangan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning «Moliya fanining asosiy boshlanishi» deb nomlangan asari 1867 yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada moliya fanining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko'rsatgan. XIX asrning birinchi choragida nashr etilgan nemis olimlaridan Soden (1811 yil), Yakob (1821 yil), Malxus (1830 yil) va Shenlarning (1832 yil) moliya to'g'risidagi asarlari «moliya» tushunchasi tarkibiga birinchi marta mahalliy moliyani kiritgan L.fon Shteyn va moliya fanining mumtoz namoyondasi A.Vagnerlar (u yozgan «Moliya to'g'risidagi fan»
 
 
asari 1880 yilda nashr etilgan) dunyoqarashlari shakllanishida katta rol o'ynadi. XIX asr 
oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, 
AQShlik E.Seligmanni va nihoyat, «Moliya fani asoslari» deb nomlangan asari 1869 yilda 
(1900 yilda — rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin. XX 
asr moliyachilarining qarashlari maxsus adabiyotlarda yetarli darajada bayon qilingan. Biz 
uchun esa, ba’zi bir ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko'ra, rus iqtisodiy adabiyotida 
«moliya» tushunchasi taraqqiy etishini ko'rib chiqish ham ma’lum ahamiyatga egadir. 
Moliya sohasida asar yozgan birinchi rus muallifi Ivan Grozniy davrida yashagan 
I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina 
daromadlarini ko'paytirish va davlat resurslarini markazlashtirish tarafdori bo'lgan. 
XVII asrdan bizgacha Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya xususidagi asarlari 
ham yetib kelgan. Yu.Krijanich o'z asarlarida yevropalik mualliflarning iqtisod va moliyaga 
oid qarashlari va mulohazalaridan keng foydalanadi, ularni Rossiyaning ehtiyojlariga 
«bog'laydi». U davlatning boyish usullariga jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga —
boyishning «to'g'ri» va «noto'g'ri» usullariga bo'ladi va bu narsalar dunyoda allaqachon 
ma’lum ekanligini alohida ta’kidlab, yangilarini o'ylab topmaslik kerak deb hisoblaydi. 
G.Kotoshixinning 1664 yilda yozilgan va «Aleksey Mixaylovich podshohligidagi 
Rossiya to'g'risida» deb nomlangan asari oradan ikki yuz yil o'tgandan so'ng ma’lum 
bo'lgan. Unda XVII asrning o'rtalaridagi Rossiya davlatiga tegishli ko'p ma’lumotlar 
keltirilgan. I.Pososhkov XVIII asr boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik vakili 
hisoblanadi. Uning moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani 
undirayotgan paytda uning to'lovchisini xonavayron qilmasdan, to'lovchidan to'lovni 
amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir necha asarlar paydo bo'ldi. 
Ular orasida yaqqol ko'zga tashlangani A.Polenovning «Rossiya dehqonlarining 
krepostnoylik holati xususida» deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bo'lib
asari 1880 yilda nashr etilgan) dunyoqarashlari shakllanishida katta rol o'ynadi. XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQShlik E.Seligmanni va nihoyat, «Moliya fani asoslari» deb nomlangan asari 1869 yilda (1900 yilda — rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin. XX asr moliyachilarining qarashlari maxsus adabiyotlarda yetarli darajada bayon qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko'ra, rus iqtisodiy adabiyotida «moliya» tushunchasi taraqqiy etishini ko'rib chiqish ham ma’lum ahamiyatga egadir. Moliya sohasida asar yozgan birinchi rus muallifi Ivan Grozniy davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina daromadlarini ko'paytirish va davlat resurslarini markazlashtirish tarafdori bo'lgan. XVII asrdan bizgacha Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya xususidagi asarlari ham yetib kelgan. Yu.Krijanich o'z asarlarida yevropalik mualliflarning iqtisod va moliyaga oid qarashlari va mulohazalaridan keng foydalanadi, ularni Rossiyaning ehtiyojlariga «bog'laydi». U davlatning boyish usullariga jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga — boyishning «to'g'ri» va «noto'g'ri» usullariga bo'ladi va bu narsalar dunyoda allaqachon ma’lum ekanligini alohida ta’kidlab, yangilarini o'ylab topmaslik kerak deb hisoblaydi. G.Kotoshixinning 1664 yilda yozilgan va «Aleksey Mixaylovich podshohligidagi Rossiya to'g'risida» deb nomlangan asari oradan ikki yuz yil o'tgandan so'ng ma’lum bo'lgan. Unda XVII asrning o'rtalaridagi Rossiya davlatiga tegishli ko'p ma’lumotlar keltirilgan. I.Pososhkov XVIII asr boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik vakili hisoblanadi. Uning moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda uning to'lovchisini xonavayron qilmasdan, to'lovchidan to'lovni amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim. XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir necha asarlar paydo bo'ldi. Ular orasida yaqqol ko'zga tashlangani A.Polenovning «Rossiya dehqonlarining krepostnoylik holati xususida» deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bo'lib
 
 
«soliq» atamasi ishlatilgan, mulkiy sug'urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning 
amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai- nazardan tahlil qilingan. 
A.Narishkin 1767 yilda e’lon qilingan va «Iqtisod» deb nomlangan maqolasida 
soliqlarga oid bir qancha qiziqarli mulohazarlami ilgari suradi, soliqlar va davlat o‘rtasidagi 
bog'liqlikni tahlil qiladi. 
Rossiyada «moliya» atamasining paydo bo'lishi XVIII asrga borib taqaladi. Bu atama 
rus tiliga fransuz tilidan kirib kelgan bo'lib, qariyb yarim asr mobaynida «xazina» atamasi 
bilan yonma-yon ishlatilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida «moliya» ilmiy 
tushunchasi 1767 yilda Moskva universiteti tomonidan nashr etilgan 
«Ensiklopediyadan tarjimalar» kitobining so'zboshisida ishlatilgan. Bu yerda «moliya» 
tushunchasi «davlat daromadlariga tegishli bo'lgan ish» deb talqil qilingan. Uni ilmiy 
muomalaga birinchi marta Moskva universiteti huquq professori S.Desnitskiy kiritgan. 1802 
yilda Moliya vazirligi tashkil etilishi bilan bu atama ilmiy muomalada mustahkam o'rin 
egallay boshladi. Biroq 1835 yilga qadar, ya’ni rus universitetlarida «Moliyaviy huquq» 
kursi paydo bo'lganga qadar moliya mustaqil fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning 
tarkibiy qismi sifatida qaralgan. Amaliyotda esa, ko'proq «xazina» atamasi ishlatilgan. 
A.Radishchev o'zining «Jon yig'imi xususida» deb nomlangan asarida birinchi marta 
soliqlaming mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, turlarini tadqiq etgan. 
Moliya to'g'risidagi birinchi rus monografiyasi 1810—1811 yillarda N.Turgenev 
tomonidan yozilgan. 
Moliya sohasidagi o'ziga xos asarlarga graf Speranskiyning moliyaviy rejasini, moliya 
nazaiiyaM bo'yicha birinchi ruscha I.Gorlovning darsligini, Yu.Gagemayster, V.Kuri, 
D.Tolstoylarning moliyaning rivojlanish tarixiga bag'ishlangan tadqiqotlarini, M.Orlovning 
davlat krediti to'g'risidagi ishlarini kiritish mumkin. 
XIX 
asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va moliyaning nazariy masalalariga 
bag'ishlangan asarlar orasida I.Shilning monografiyasi alohida o'rin egallaydi. Uning 
fikricha, moliya nazariyasi davlat xazinasi g'oyasiga bo'ysundirilgan.
«soliq» atamasi ishlatilgan, mulkiy sug'urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai- nazardan tahlil qilingan. A.Narishkin 1767 yilda e’lon qilingan va «Iqtisod» deb nomlangan maqolasida soliqlarga oid bir qancha qiziqarli mulohazarlami ilgari suradi, soliqlar va davlat o‘rtasidagi bog'liqlikni tahlil qiladi. Rossiyada «moliya» atamasining paydo bo'lishi XVIII asrga borib taqaladi. Bu atama rus tiliga fransuz tilidan kirib kelgan bo'lib, qariyb yarim asr mobaynida «xazina» atamasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida «moliya» ilmiy tushunchasi 1767 yilda Moskva universiteti tomonidan nashr etilgan «Ensiklopediyadan tarjimalar» kitobining so'zboshisida ishlatilgan. Bu yerda «moliya» tushunchasi «davlat daromadlariga tegishli bo'lgan ish» deb talqil qilingan. Uni ilmiy muomalaga birinchi marta Moskva universiteti huquq professori S.Desnitskiy kiritgan. 1802 yilda Moliya vazirligi tashkil etilishi bilan bu atama ilmiy muomalada mustahkam o'rin egallay boshladi. Biroq 1835 yilga qadar, ya’ni rus universitetlarida «Moliyaviy huquq» kursi paydo bo'lganga qadar moliya mustaqil fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning tarkibiy qismi sifatida qaralgan. Amaliyotda esa, ko'proq «xazina» atamasi ishlatilgan. A.Radishchev o'zining «Jon yig'imi xususida» deb nomlangan asarida birinchi marta soliqlaming mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, turlarini tadqiq etgan. Moliya to'g'risidagi birinchi rus monografiyasi 1810—1811 yillarda N.Turgenev tomonidan yozilgan. Moliya sohasidagi o'ziga xos asarlarga graf Speranskiyning moliyaviy rejasini, moliya nazaiiyaM bo'yicha birinchi ruscha I.Gorlovning darsligini, Yu.Gagemayster, V.Kuri, D.Tolstoylarning moliyaning rivojlanish tarixiga bag'ishlangan tadqiqotlarini, M.Orlovning davlat krediti to'g'risidagi ishlarini kiritish mumkin. XIX asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va moliyaning nazariy masalalariga bag'ishlangan asarlar orasida I.Shilning monografiyasi alohida o'rin egallaydi. Uning fikricha, moliya nazariyasi davlat xazinasi g'oyasiga bo'ysundirilgan.
 
 
Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya fanini chegaralab bergan. U 
birinchilardan bo'lib, moliyaning pulli tabiatidan voz kechgan. 
Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov o'zining o'tmishdoshlaridan ancha 
oldinga ketgan va u moliya deyilganda resurslar va boyliklami emas, balki ma’lum bir 
ijtimoiy munosabat- larni tushungan. 
XIX asr oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte va I.Ozerovlar asarlari 
moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan. 
Kapitalizmning ilk davridagi Rossiya moliya fani akademik I.Yanjul asarlarida chuqur 
tahlil qilindi. Uning fikricha, moliya fanining predmeti davlat moddiy ehtiyojlarini eng 
yaxshi qondirish usullarini tahlil etish hisoblanadi. 
Rossiya moliya fani rivojida professor I.Ozerovning xizmatlari ham katta. U moliyaga 
nisbatan yangicha yondoshuvni asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs 
emas, balki munosabatlardir. 
Prof. L.Xodskiy moliya fanining chegaralarini biroz kengaytiradi va uning tarkibiga 
pul muomalasi masalalarini ham kiritadi. 
1882—1885 yillarda «Moliyaviy huquq» asarini nashr ettirgan Sankt-Peterburg 
universitetining professori V.Lebedev ham moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib 
xissa qo'shgan. U moliya tarkibiga faqat pul daromadlarini kiritibgina qolmasdan, natural 
soliqlami ham qo'shadi, davlat xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi. 
XX asrning boshlarida moliyaga oid M.Bogolepov, V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va 
P.Genzellarning asarlari paydo bo'ldi. 
Sho'rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishida V.Dyachenko, A.Aleksandrov, 
A.Birman, E.Voznesenskiy, V.Chantladze, B.Boldirev, V. Rodionova, P.Nikolskiylar o'ziga 
xos tarzda yondashganlar. Ularning asarlari hozirgi kunda o'z ahamiyatini yo'qotgan bo'lsa-
da, fikrimizcha, keyingi yillar tadqiqotchilari uchun qiziqarli predmet bo'lishi shubhasiz. 
Moliya taraqqiyotida va nazariy masalalarini tadqiq etishda o'zbekistonlik moliyachi 
olimlarning ham munosib hissasi bor. Bu borada prof. H.R.Sobirov, dots. X.M.Muratov,
Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya fanini chegaralab bergan. U birinchilardan bo'lib, moliyaning pulli tabiatidan voz kechgan. Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov o'zining o'tmishdoshlaridan ancha oldinga ketgan va u moliya deyilganda resurslar va boyliklami emas, balki ma’lum bir ijtimoiy munosabat- larni tushungan. XIX asr oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte va I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan. Kapitalizmning ilk davridagi Rossiya moliya fani akademik I.Yanjul asarlarida chuqur tahlil qilindi. Uning fikricha, moliya fanining predmeti davlat moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi qondirish usullarini tahlil etish hisoblanadi. Rossiya moliya fani rivojida professor I.Ozerovning xizmatlari ham katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondoshuvni asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir. Prof. L.Xodskiy moliya fanining chegaralarini biroz kengaytiradi va uning tarkibiga pul muomalasi masalalarini ham kiritadi. 1882—1885 yillarda «Moliyaviy huquq» asarini nashr ettirgan Sankt-Peterburg universitetining professori V.Lebedev ham moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib xissa qo'shgan. U moliya tarkibiga faqat pul daromadlarini kiritibgina qolmasdan, natural soliqlami ham qo'shadi, davlat xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi. XX asrning boshlarida moliyaga oid M.Bogolepov, V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo bo'ldi. Sho'rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishida V.Dyachenko, A.Aleksandrov, A.Birman, E.Voznesenskiy, V.Chantladze, B.Boldirev, V. Rodionova, P.Nikolskiylar o'ziga xos tarzda yondashganlar. Ularning asarlari hozirgi kunda o'z ahamiyatini yo'qotgan bo'lsa- da, fikrimizcha, keyingi yillar tadqiqotchilari uchun qiziqarli predmet bo'lishi shubhasiz. Moliya taraqqiyotida va nazariy masalalarini tadqiq etishda o'zbekistonlik moliyachi olimlarning ham munosib hissasi bor. Bu borada prof. H.R.Sobirov, dots. X.M.Muratov,
 
 
dots. H.H.Muhamednazarov, prof. F.Sh.Shamsuddinov, prof. Q.A.Yah’yoev, prof. 
O.O.Olimjonov, prof. T.S.Malikov, prof. N.H.Haydarov, prof. O.K. Iminov, prof. 
A.S.Jo'raev, prof. M.I.Almardonov, prof. N.X.Jumaev, prof. N.R.Qo‘zieva va boshqalaming 
qarashlari o‘z o'rniga ega. 
 
MOLIYAVIY SIYOSAT 
Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari  
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosatiga asoslanadi. 
Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element 
hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil 
faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini 
amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. 
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqlash va 
boshqa ijtimoiy ehtiyojlaming rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy 
tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga 
bog‘lab qo'yish maqsadga muvofiq emas. 
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob'ekti 
hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, 
madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi. 
Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, bir 
vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga 
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy 
islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishi jiddiy ahamiyatga ega emas. 
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: 
• bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos 
qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechi- lishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin 
kunlardagi vazifalami aniq- lashtirish;
dots. H.H.Muhamednazarov, prof. F.Sh.Shamsuddinov, prof. Q.A.Yah’yoev, prof. O.O.Olimjonov, prof. T.S.Malikov, prof. N.H.Haydarov, prof. O.K. Iminov, prof. A.S.Jo'raev, prof. M.I.Almardonov, prof. N.X.Jumaev, prof. N.R.Qo‘zieva va boshqalaming qarashlari o‘z o'rniga ega. MOLIYAVIY SIYOSAT Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlaming rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo'yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob'ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishi jiddiy ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: • bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechi- lishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalami aniq- lashtirish;
 
 
• qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va 
istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlaming metodlari, 
vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish; 
• qo'yilgan vazifalami yechishga qodir bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, 
ularning bajarilishini tashkil etish. 
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror 
ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni 
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo'naltiriladigan maqsad va 
vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. 
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan 
foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik 
prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishi-uchun 
moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma’lum 
bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni mujassam etadi. 
Buning boisi shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda 
hukmron tasawurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham 
o'zgaradi, transformat- siyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, 
aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash 
davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon 
munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning 
funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-
o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan 
mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qar- 
shiliklarni keltirib chiqadi. 
Masalan, ko'plab mutaxassislar, shujumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari 
tomonidan amaldagi soliq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari
• qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlaming metodlari, vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish; • qo'yilgan vazifalami yechishga qodir bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning bajarilishini tashkil etish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo'naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishi-uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda hukmron tasawurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o'zgaradi, transformat- siyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z- o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qar- shiliklarni keltirib chiqadi. Masalan, ko'plab mutaxassislar, shujumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari
 
 
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va 
amaliyjihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o'zgarmasdan 
qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday 
holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol 
ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga 
aylanib qoladi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: 
• birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat 
organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak; 
• ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining 
emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; 
• uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy 
siyosatini farqlash zarur. 
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha 
bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta’minlash bo'yicha 
davlat ijtimoiy- iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajriba- laming 
ko'rsatishicha, moliyaviy resurslaming mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor 
etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va 
vayron bo'li- shiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu 
siyosat 
mamlakat 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarining 
rivojlanishiga 
va 
iqtisodiy 
muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. 
Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta’minlab va davlat daromadlari manbaini 
ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalami berishi mumkin. Moliyaviy 
siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliyjihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o'zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qoladi. Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: • birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak; • ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; • uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur. Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta’minlash bo'yicha davlat ijtimoiy- iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajriba- laming ko'rsatishicha, moliyaviy resurslaming mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo'li- shiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta’minlab va davlat daromadlari manbaini ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalami berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash
 
 
mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini 
oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir. 
Agar gap korxonalaming moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo‘lsa, bu narsa 
korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi 
faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat 
bo'lishi mumkin: 
• raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'lom faoliyat ko'rsatishiga erishish; 
• yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib 
qutilish; 
• raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish; 
• korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; 
• korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur’atlarini barqaror o'stirish; 
• ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; 
• foydani maksimallashtirish; 
• xarajatlarni minimallashtirish; 
• rentabelli faoliyatni ta’minlash 
• va boshqalar. 
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, 
biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo'yilgan maqsadlarga 
erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. 
Moliyaviy siyosat moliyaning o'zida bevosita mujassam bo'lgan boshqaruvning 
salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub’ektlari) 
organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi. Dunyoning barcha 
mamlakat- larida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati 
quyidagi prinsiplar asosida quriladi: 
• moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy 
boshqaruvni amalga oshirish;
mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir. Agar gap korxonalaming moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo‘lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'lom faoliyat ko'rsatishiga erishish; • yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish; • raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish; • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; • korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur’atlarini barqaror o'stirish; • ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; • foydani maksimallashtirish; • xarajatlarni minimallashtirish; • rentabelli faoliyatni ta’minlash • va boshqalar. Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. Moliyaviy siyosat moliyaning o'zida bevosita mujassam bo'lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub’ektlari) organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakat- larida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi: • moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
 
 
• barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; 
• barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. 
Moliyaviy 
siyosatni 
amalga 
oshirishning 
asosiy 
metodologik 
prinsiplari 
quyidagilardan iborat: 
• oxirgi maqsadga bog'liqlik; 
• xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi; 
• jamiyat a’zolarining manfaatlariga muvofiqligi; 
• haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoit- larni hisobga olish. 
Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy 
resurslami jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat tadbirlari 
majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlaming shakl- lari va 
normalarini huquqiy tartibga solish muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘z-o‘zidan moliyaviy siyosat 
yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyat (yoki 
uning ma’lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga 
erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qay darajada ta’sir ko‘rsatganligi bilan 
belgilanadi. 
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o'zgartirish bo'yicha 
tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida 
guruhlari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi 
lozim bo'lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va 
yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina 
moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga 
xolisona baho berish mumkin. 
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar 
va alohida gumhlarning manfaatlarini, ma’lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos 
xususiyatlarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali 
bo'ladi.
• barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: • oxirgi maqsadga bog'liqlik; • xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi; • jamiyat a’zolarining manfaatlariga muvofiqligi; • haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoit- larni hisobga olish. Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslami jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat tadbirlari majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlaming shakl- lari va normalarini huquqiy tartibga solish muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘z-o‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyat (yoki uning ma’lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qay darajada ta’sir ko‘rsatganligi bilan belgilanadi. Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o'zgartirish bo'yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bo'lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin. Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar va alohida gumhlarning manfaatlarini, ma’lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos xususiyatlarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali bo'ladi.
 
 
Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati muvofiqlashtirish 
mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini 
amalga oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'lgan ob’ektiv imkoniyatlarning 
mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya 
holatidagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, 
ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko'rsatuvchi omillaming ta’siridan har 
tomonlama foydalanish mexanizmini ishlab chiqishga bevosita bog'liq. 
 Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslaming maksimal hajmini 
shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday 
o'zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni 
aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli 
ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistika ko'rsatkichlari 
keng jamoatchilikka ham tegishli bo'lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z 
vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i 
lozim. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar 
rivojlanishi yo'nalishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga 
quyidagilar kirishi mumkin: 
• moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, 
amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; 
• makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub’ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni 
rag'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi 
moliya mexanizmini shakllantirish; 
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning 
samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga 
oshirish;
Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini amalga oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'lgan ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko'rsatuvchi omillaming ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmini ishlab chiqishga bevosita bog'liq. Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslaming maksimal hajmini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o'zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistika ko'rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo'lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo'nalishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: • moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; • makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub’ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
 
 
• ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya 
qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va 
sohalari bo'yicha moliyaviy resurslami oqilona taqsimlashni tashkil qilish; 
• iqtisodiy o'sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. 
Shuningdek, 
moliyaviy 
siyosatning 
mazmuni, 
asosiy 
yo'nalishlari 
jamiyat 
taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni 
boshqarishda davlat ishtiroki darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, 
moliyaviy siyosatni amalga oshirishga doir alohida vositalardan foydalanishda, ya’ni 
moliyaviy munosabatlami tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo'ladi. Shunga 
asosan ta’kidlash joizki, yigirmanchi yuz yillikdajamiyat taraqqiyotida davlatning roli 
to'g'risidagi masala bo'yicha moliya nazariyasining asosiy yo'nalishlari mumtoz burjuaziya 
siyosiy iqtisodchilari A. Smit (1723—1780) va D.Rikardo (1772—1823) hamda ingliz 
iqtisodchisi J. Keyns (1883— 1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. 
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo'lgan A.Smit va D.Rikardolar ilgari surgan 
konsepsiyalarning mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin 
raqobatni saqlamog'i lozim vajamiyat xo'jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor 
mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz 
yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlami 
cheklashga, davlatning muvozanatli byudjetini ta’minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga 
muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlami tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va 
davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish 
orqali davlat funksiyalari amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet daromad- lari esa, asosan, 
egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi. 
XX 
asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi 
ustunlik qila boshladi. Unga ko'ra, iqtisodiyot taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab 
chiqarish jarayonining davriy rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali 
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy
• ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo'yicha moliyaviy resurslami oqilona taqsimlashni tashkil qilish; • iqtisodiy o'sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, asosiy yo'nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtiroki darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishga doir alohida vositalardan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlami tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo'ladi. Shunga asosan ta’kidlash joizki, yigirmanchi yuz yillikdajamiyat taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi masala bo'yicha moliya nazariyasining asosiy yo'nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A. Smit (1723—1780) va D.Rikardo (1772—1823) hamda ingliz iqtisodchisi J. Keyns (1883— 1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo'lgan A.Smit va D.Rikardolar ilgari surgan konsepsiyalarning mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqlamog'i lozim vajamiyat xo'jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlami cheklashga, davlatning muvozanatli byudjetini ta’minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlami tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalari amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet daromad- lari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi. XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila boshladi. Unga ko'ra, iqtisodiyot taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab chiqarish jarayonining davriy rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy
 
 
vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo'naltirilgan davlat xarajatlari maydonga 
chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o'zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning 
yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; 
tadbirkorlik faoliyati o'sdi; qo'shimcha talab shakllantirildi; MD ko'paydi; ijtimoiy 
ehtiyojlami moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo'ldi va h.k. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari oshishiga olib keldi va 
shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o'zida davlat daromadlari oshirilishini ta’minlashga 
qaratilgan moliyaviy choralar ko'rildi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi 
asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning prog- ressiv stavkalari 
qo'llanildi. Soliqlaming bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib 
keldi. 
 Moliyaviy yo'nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan 
byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya 
defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo'lsa, 
ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo'lishi mumkinligiga yo'l qo'ygan va ayni 
zamonda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. 
Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliya- viy siyosat deb nom 
olgan siyosat g'arb mamlakatlarida o'z samara- dorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy 
munosabatlami tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish 
siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o'rta muddatli qarzlami jalb 
etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o'z ahamiyati bo'yicha davlat 
moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta 
taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. 
XX 
asming 70-yillarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik yo'nalish moliyaviy 
siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga 
soluvchilik rolidan voz kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv
vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo'naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o'zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o'sdi; qo'shimcha talab shakllantirildi; MD ko'paydi; ijtimoiy ehtiyojlami moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo'ldi va h.k. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o'zida davlat daromadlari oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko'rildi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning prog- ressiv stavkalari qo'llanildi. Soliqlaming bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi. Moliyaviy yo'nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo'lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo'lishi mumkinligiga yo'l qo'ygan va ayni zamonda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliya- viy siyosat deb nom olgan siyosat g'arb mamlakatlarida o'z samara- dorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlami tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o'rta muddatli qarzlami jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o'z ahamiyati bo'yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. XX asming 70-yillarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik yo'nalish moliyaviy siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchilik rolidan voz kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv
 
 
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi, aksincha biroz 
kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va 
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyuta kursi, ssuda kapitallari 
va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida 
davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning 
barchasi taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z ta’sirini ko'rsatdi. 
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlaming moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar 
ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib 
ketganligidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga 
solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi element- laridan foydalanadilar. 
 Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo'nalishda) bo'lgan barcha 
mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818— 1881) va V.I.Leninning (1870—1924) 
nazariy konsepsiyalari ta’sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari 
haqidagi markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini 
—moliyaviy markazlashtirishni —belgilab berdi. 
Davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslaming katta qismi to'planishinigina 
(konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlami tashkil etishda 
davlatning yakka hokimligini ko'zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga 
aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ulaming eng asosiylari 
xo'jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo'lib qoldi. 
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy soha ehtiyojlarini byudjetdan to'liq 
moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi, 
rivojlanishning davlat rejalari yordamida ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita 
rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllari umumxalq mulkiga aylanishi bilan 
belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan 
ishlab chiqarish sohasida to'g'ridan-to'g'ri taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta 
taqsimlashga o'tdi.
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi, aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqali amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyuta kursi, ssuda kapitallari va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z ta’sirini ko'rsatdi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlaming moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib ketganligidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi element- laridan foydalanadilar. Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo'nalishda) bo'lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818— 1881) va V.I.Leninning (1870—1924) nazariy konsepsiyalari ta’sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari haqidagi markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini —moliyaviy markazlashtirishni —belgilab berdi. Davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslaming katta qismi to'planishinigina (konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlami tashkil etishda davlatning yakka hokimligini ko'zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ulaming eng asosiylari xo'jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo'lib qoldi. Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy soha ehtiyojlarini byudjetdan to'liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi, rivojlanishning davlat rejalari yordamida ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllari umumxalq mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to'g'ridan-to'g'ri taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o'tdi.
 
 
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo'ldiki, davlat bevosita va 
monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit 
munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat 
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy-
buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. 
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi 
uchun mutlaqo yangi bo'lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o'tilishini, sovet 
davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolaming yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali 
bo'lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, Fuqarolar urushidan, 
chet el harbiy bosqinidan meros bo'lib qolgan favqulodda murakkab moliyaviy vaziyatga 
qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida 
Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo'ldi, 
urushda g'alaba qozondi va qisqa muddatlarda urushda vayron bo'lgan xalq xo'jaligini 
tikladi. 
II Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g'arb 
mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi 
raqobatni moliyaviyjihatdan ta’minlashga qaratildi. 
Bir vaqtning o'zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdorda moliyaviy 
yordamlar ko'rsatildi: 
• ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik yo'nalishni ta’minlash uchun; 
• ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun; 
• kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini 
mustahkamlash uchun. 
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz qazib 
chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma 
boyliklarini o'zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo'ldiki, davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy- buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo'lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o'tilishini, sovet davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali bo'lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, Fuqarolar urushidan, chet el harbiy bosqinidan meros bo'lib qolgan favqulodda murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo'ldi, urushda g'alaba qozondi va qisqa muddatlarda urushda vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tikladi. II Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g'arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi raqobatni moliyaviyjihatdan ta’minlashga qaratildi. Bir vaqtning o'zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdorda moliyaviy yordamlar ko'rsatildi: • ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik yo'nalishni ta’minlash uchun; • ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun; • kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini mustahkamlash uchun. Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma boyliklarini o'zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya
 
 
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslaming bo'lishini taqozo etdi. Bu vazifalami 
bajarish uchun yangi hududlarni o'zlashtirish, o'sha tumanlarga ko'plab ishchi kuchlarini 
migratsiya qilish, mehnatga haq to'lashning oshirilgan normalarini joriy etish zarur bo'ldi. 
Neft va gaz quvurlarini qurish hajmi muttasil oshib bordi. Xalqaro bozorda neft vagazning 
bahosi yuqori bo'lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada 
qoplagan edi. Shunga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosat MDni tegishli tarzda qayta 
taqsimlashni talab qildi. Natijada mamlakatda harbiy- sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir 
tomonlama iqtisodiyot yaratildi. Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan 
urushdan keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini samarasiz deb 
baholash unchalik to'g'ri bo'lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasini oshirish 
ko'zda tutildi. Shunga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to'lash 
darajasiga va qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, fuqarolik qurilishi, iste’mol 
buyumlarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlaming rivojlanish darajasiga bog'liq edi. Harbiy-
sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga 
haq to'lash darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo'lishiga qaramasdan, hatto bu ish bilan 
band bo'lgan aholi ham o'z iste’mol talablarini to'la qondira olmas edi. Shuning uchun ham 
iste’mol bozori rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi sovet moliya siyosati salbiy 
baholanishiga sabab bo'ldi. 
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslami taqsimlash va qayta 
taqsimlash negizida quyidagilami yotishi muhim ahamiyatga egadir: 
• taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini aniqlash, ya’ni moliyaviy resurslaming 
egalari va taqsimlovchilarini ajratish; 
• yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va 
davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslaming 
markazlashtirilish darajasini aniqlash; 
• birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini tanlash va shularga 
mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslaming bo'lishini taqozo etdi. Bu vazifalami bajarish uchun yangi hududlarni o'zlashtirish, o'sha tumanlarga ko'plab ishchi kuchlarini migratsiya qilish, mehnatga haq to'lashning oshirilgan normalarini joriy etish zarur bo'ldi. Neft va gaz quvurlarini qurish hajmi muttasil oshib bordi. Xalqaro bozorda neft vagazning bahosi yuqori bo'lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. Shunga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosat MDni tegishli tarzda qayta taqsimlashni talab qildi. Natijada mamlakatda harbiy- sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlama iqtisodiyot yaratildi. Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini samarasiz deb baholash unchalik to'g'ri bo'lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasini oshirish ko'zda tutildi. Shunga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to'lash darajasiga va qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, fuqarolik qurilishi, iste’mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlaming rivojlanish darajasiga bog'liq edi. Harbiy- sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq to'lash darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo'lishiga qaramasdan, hatto bu ish bilan band bo'lgan aholi ham o'z iste’mol talablarini to'la qondira olmas edi. Shuning uchun ham iste’mol bozori rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi sovet moliya siyosati salbiy baholanishiga sabab bo'ldi. Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslami taqsimlash va qayta taqsimlash negizida quyidagilami yotishi muhim ahamiyatga egadir: • taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini aniqlash, ya’ni moliyaviy resurslaming egalari va taqsimlovchilarini ajratish; • yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslaming markazlashtirilish darajasini aniqlash; • birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini tanlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
 
 
• moliyaviy resurslami shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. 
Moliyaviy siyosat ko'p o'lchamli tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning 
sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqich- larida hukmronlik qilgan nazariy 
konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda 
davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlari ele- 
mentlari bo'yicha tabaqalanishi moliya tizimining rivojlanganligiga va uning ayrim 
bo'g'inlari mustaqilligiga bog'liq bo'ladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari)  
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) quyidagilardan iborat: 
• byudjet siyosati; 
• soliq siyosati; 
• pul siyosati; 
• kredit siyosati; 
• baho siyosati; 
• investitsion siyosat; 
• ijtimoiy-moliyaviy siyosat; 
• boj siyosati. 
O'z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga 
oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o'ynaydi. Bir vaqtning o'zida 
davlat siyosatining boshqa —milliy, geosiyosat, harbiy —yo'nalishlari ham mavjudligini 
esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo'nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, 
geosiyosat, harbiy) yig'indisi davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida 
xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. 
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvga xos 
yuqori (oliy) organlarga tegishlidir. Mamlakat sub’ektlari darajasida moliyaviy siyosat 
borasida qarorlar qabul qilish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat
• moliyaviy resurslami shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. Moliyaviy siyosat ko'p o'lchamli tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqich- larida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlari ele- mentlari bo'yicha tabaqalanishi moliya tizimining rivojlanganligiga va uning ayrim bo'g'inlari mustaqilligiga bog'liq bo'ladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) quyidagilardan iborat: • byudjet siyosati; • soliq siyosati; • pul siyosati; • kredit siyosati; • baho siyosati; • investitsion siyosat; • ijtimoiy-moliyaviy siyosat; • boj siyosati. O'z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o'ynaydi. Bir vaqtning o'zida davlat siyosatining boshqa —milliy, geosiyosat, harbiy —yo'nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo'nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig'indisi davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvga xos yuqori (oliy) organlarga tegishlidir. Mamlakat sub’ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlar qabul qilish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat
 
 
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va 
mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlat- ning byudjet siyosati, 
eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitut- siyasi va byudjet jarayonida hamda qonun 
ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar 
majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihati- dan katta ish bo'lishiga 
qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga 
muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari 
funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, 
byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak. 
Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to'plana- digan 
YalM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet 
xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o'rtasida xarajatlarni 
taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo'llarini aniqlashda 
ifodalanadi. 
 Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda 
davlatning o‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo'lida to'plangan pul mablag'lari 
harakati o'z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun 
pul resurslarini yo'naltirish byudjet siyosati ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga 
erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag'lardan ko'p mablag' talab etsa, davlat 
qo'shimcha daromadlami shakllantirishning quyidagi favqulodda usullarini qo'Uashga 
majbur bo'ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik, mol-mulkni ijaraga 
berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to'ldirishga doir favqulodda 
choralar iqtisodiy mustaqillikning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan 
holda hokimiyat qonunchilik organlari qarz olish chegarasini oldindan belgilaydi.
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlat- ning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitut- siyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihati- dan katta ish bo'lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to'plana- digan YalM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o'rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo'llarini aniqlashda ifodalanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo'lida to'plangan pul mablag'lari harakati o'z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo'naltirish byudjet siyosati ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag'lardan ko'p mablag' talab etsa, davlat qo'shimcha daromadlami shakllantirishning quyidagi favqulodda usullarini qo'Uashga majbur bo'ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik, mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to'ldirishga doir favqulodda choralar iqtisodiy mustaqillikning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyat qonunchilik organlari qarz olish chegarasini oldindan belgilaydi.
 
 
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Besh yuz yildan 
ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq 
belgilash imkoniga ega bo'lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi: 
• davlat soliqlarsiz faoliyat ko'satishi mumkin emas; 
• soliqni undirish qat’iy o'sish tendensiyasiga ega; 
• oqilona soliq ostonasidan o'tilganidan so'ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni 
buziladi — iqtisodiyotning o'z-o'zidan yemirilishi sodir bo'ladi; 
• tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o'rnatilmog'i lozim. Buning 
natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish 
hisobidan tiklanadi; 
• soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi; 
• iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar 
o'lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismi undirilishida mamlakatdagi iqtisodiy 
o'sishi to'xtaydi; 
• soliq imtiyozlari ochiq belgilanishi va barcha takror ishlab chiqarish sub’ektlari uchun 
teng bo'lishi kerak; 
• soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo'lmasligi lozim. Faqat, xususiy 
daromadlar o'sishi orqali ifodalangan milliy boylikning ko'payishi soliqqa tortiladigan 
asosning barqaror o'sishini ta’minlashi mumkin; 
• qonunlar va qoidalar barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlaming 
summar o'lchovi barqaror o'sish tendensiyasiga ega bo'ladi. Barqarorlik kafolati sifatida 
davlat o'zining majburiyatlarini buzishni boshlasa, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki 
xorijga o'tib ketib, byudjetning daromadlar bazasini qisqartiraveradi; 
• soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo'lmog'i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish 
ob’ektlarini ko'paytirish, ko'p bosqichli soliqlami joriy etish soliqlami undirish bo'yicha 
xarajatlar ortishiga, boqimanda va jarimalarning o'sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo'lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi: • davlat soliqlarsiz faoliyat ko'satishi mumkin emas; • soliqni undirish qat’iy o'sish tendensiyasiga ega; • oqilona soliq ostonasidan o'tilganidan so'ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi — iqtisodiyotning o'z-o'zidan yemirilishi sodir bo'ladi; • tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o'rnatilmog'i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi; • soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi; • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar o'lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismi undirilishida mamlakatdagi iqtisodiy o'sishi to'xtaydi; • soliq imtiyozlari ochiq belgilanishi va barcha takror ishlab chiqarish sub’ektlari uchun teng bo'lishi kerak; • soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo'lmasligi lozim. Faqat, xususiy daromadlar o'sishi orqali ifodalangan milliy boylikning ko'payishi soliqqa tortiladigan asosning barqaror o'sishini ta’minlashi mumkin; • qonunlar va qoidalar barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlaming summar o'lchovi barqaror o'sish tendensiyasiga ega bo'ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat o'zining majburiyatlarini buzishni boshlasa, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga o'tib ketib, byudjetning daromadlar bazasini qisqartiraveradi; • soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo'lmog'i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini ko'paytirish, ko'p bosqichli soliqlami joriy etish soliqlami undirish bo'yicha xarajatlar ortishiga, boqimanda va jarimalarning o'sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa
 
 
olish, soliq to'lovchini kasod deb e’lon qilish singari yo'llar orqali iqtisodiyotning 
yemirilishiga olib keladi; 
• soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini 
shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat 
aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlaming yuki 
tovariar va xizmatlaming oxirgi iste’molchisi gardaniga, ya’ni yashash minimumi darajasida 
yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bo'lgan aholining 80—90% qismiga 
yuklanadi. Bu holat daromadlaming turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil bo'lishiga 
asoslangan; 
• egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfi shundaki, bu tizimda aholining asosiy 
qismidan jamg'armalar olib qo'yiladi va bu, o'z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi 
moliyaviy bozor tizimi asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh 
tajribasi bunga yaqqol misoidir; 
• egri (bilvosita) soliqlami sog'liq uchun zararli bo'lgan tovariar, zebu-ziynat 
buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovariar va xizmatlar, singari bir qancha o'ziga 
xos maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; 
• daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi hisoblanishi 
kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asoslanib qurish lozim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyatdagi barcha a’zolarning 
samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkab bo‘lib qolaveradi. Soliqlar bozor 
iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag'batlantirishni salohiyatini (motivatsiya qilinishini) olib 
qo‘yadi, xolbuki mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq 
siyosatining ta’siri bevosita namoyon boMadi - yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish 
jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste’mol darajasi kamayadi, 
bu holat esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sohalarining o‘sish bazalari 
pasayishiga olib keladi.
olish, soliq to'lovchini kasod deb e’lon qilish singari yo'llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib keladi; • soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlaming yuki tovariar va xizmatlaming oxirgi iste’molchisi gardaniga, ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bo'lgan aholining 80—90% qismiga yuklanadi. Bu holat daromadlaming turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil bo'lishiga asoslangan; • egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg'armalar olib qo'yiladi va bu, o'z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimi asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh tajribasi bunga yaqqol misoidir; • egri (bilvosita) soliqlami sog'liq uchun zararli bo'lgan tovariar, zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovariar va xizmatlar, singari bir qancha o'ziga xos maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; • daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi hisoblanishi kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asoslanib qurish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyatdagi barcha a’zolarning samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkab bo‘lib qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag'batlantirishni salohiyatini (motivatsiya qilinishini) olib qo‘yadi, xolbuki mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon boMadi - yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste’mol darajasi kamayadi, bu holat esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sohalarining o‘sish bazalari pasayishiga olib keladi.
 
 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. 
Agar muomaladagi pul miqdori tovariar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini 
hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog'oz pullar 
(pullaming surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan toMdiriladi. Va aksincha, 
agar pul massasi unga boMgan talabdan ortiq boMsa, yo pul massasining mamlakatdan 
chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo'ladi. Tabiiy ravishda, 
bu holatlaming barchasi mamlakat qonunchiligiga ham bevosita bog'liq —mamlakatda 
xorijiy valyutaning muomalada bo'lishiga ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy valyuta 
konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qmi? va h.k. 
Tovariar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlaming pul birligiga 
nisbatan milliy pul birligi qadrsizlanishiga olib keladi. 
Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir 
(yo'nalishlaridir). Emissiya siyosati muomala uchun zarur bo'lan pulning miqdorini 
aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo'nalishga ega. Bu yo'nalish byudjet daromadlarini 
ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir 
miqdoriy chegaradan o'tilganidan so'ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta’sirchan) bo'lib 
qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo'lishi mumkin. Agar 
qandaydir bir sabablarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga qodir bo'lmasa, 
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning 
milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalaming ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy 
boylikdan mahrum bo'lib qolish mumkin. 
  Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) bo'lib, uning 
namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda 
kapitalining faoliyat ko'rsatishini ta’minlaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab 
chiqarish jarayonini amalga oshirishdgi muhim shart hisoblanib, aylanma mablag'lami 
to'ldirish va investitsiyalar uchun mablag'laming qarzga olinishini ta’minlaydi. 
Iqtisodiyotning kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovariar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog'oz pullar (pullaming surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan toMdiriladi. Va aksincha, agar pul massasi unga boMgan talabdan ortiq boMsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo'ladi. Tabiiy ravishda, bu holatlaming barchasi mamlakat qonunchiligiga ham bevosita bog'liq —mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo'lishiga ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qmi? va h.k. Tovariar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlaming pul birligiga nisbatan milliy pul birligi qadrsizlanishiga olib keladi. Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir (yo'nalishlaridir). Emissiya siyosati muomala uchun zarur bo'lan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo'nalishga ega. Bu yo'nalish byudjet daromadlarini ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan o'tilganidan so'ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta’sirchan) bo'lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo'lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga qodir bo'lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalaming ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bo'lib qolish mumkin. Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) bo'lib, uning namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko'rsatishini ta’minlaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishdgi muhim shart hisoblanib, aylanma mablag'lami to'ldirish va investitsiyalar uchun mablag'laming qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat
 
 
qiladi. Foiz stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. 
U asossiz darajada yuqori bo'lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi: 
• kreditlarning qaytarilmasligi; 
• ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o'sishi; 
• qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatda soliqqa 
tortiladigan bazaning qisqarishi; 
• ishlab chiqarishning qisqarishi; 
• takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlari pasayishi natijasida ichki 
iste’mol bozorining torayishi. 
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog'lomlashuviga, tovariar 
massasi ortishiga, tovariar va xizmatlar bahosi pasayishiga va ana shularning natijasida esa, 
takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasi 
kengayishiga va byudjet daromadlari ko'payishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning baho siyosati 
monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining o'zgartirilishi orqali ifodalanadi. Yer osti 
boyliklari, suv havzalari, temir yo'llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari 
davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosi o'sishi (ortishi) 
milliy xo'jalikning barcha boshqa sektorlarida baholar o'sishiga olib keladi. Bu yerda 
bog'lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo'q. Shuning uchun ham baho 
siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. 
Investitsiya siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) 
biri bo‘lib, u eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o‘z va xorijiy 
investitsiyalami jalb qilish uchun sharoitlar yaratish bo'yicha tadbirlar kompleksidan iborat. 
Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishga 
bog’liq turli darajalarda amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat 
iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslami kiritish, mamlakatdan
qiladi. Foiz stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo'lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi: • kreditlarning qaytarilmasligi; • ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o'sishi; • qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatda soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi; • ishlab chiqarishning qisqarishi; • takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlari pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi. Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog'lomlashuviga, tovariar massasi ortishiga, tovariar va xizmatlar bahosi pasayishiga va ana shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasi kengayishiga va byudjet daromadlari ko'payishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining o'zgartirilishi orqali ifodalanadi. Yer osti boyliklari, suv havzalari, temir yo'llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosi o'sishi (ortishi) milliy xo'jalikning barcha boshqa sektorlarida baholar o'sishiga olib keladi. Bu yerda bog'lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo'q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Investitsiya siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) biri bo‘lib, u eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o‘z va xorijiy investitsiyalami jalb qilish uchun sharoitlar yaratish bo'yicha tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishga bog’liq turli darajalarda amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslami kiritish, mamlakatdan
 
 
kapitalning «chiqib» ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib 
kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi. 
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini 
moliyaviyjihatdan ta’minlash bilan bog'liq. Hozirgi paytda bu siyosat, o'z navbatida, nafaqa 
siyosati, immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam 
ko'rsatish siyosati singari sohalarni o'z ichiga oladi. 
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida qarash bilan 
birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. 
Chunki soliqlar va boj yig'imlari tovar va xizmatlaming bahosiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. 
Bir vaqtning o'zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning o'ziga xos 
usuliga ham ega bo'ladi. Usulning o'ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, 
mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovariar va xizmatlami kengaytirishi yoki 
cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovariar va xizmatlar eksportini 
rag'batlantirishi yoki unga to'sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda mavjud 
bo'lmagan texnologik asbob—uskunani import qilishga 20% li boj yig'imi o'matilsa, bu 
narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilaming investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, 
ichki ishlab chiqarish o'sish sur’atlarini pasaytiradi, import mahsulotlari salmog'ini oshiradi. 
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj 
undirishning cheklovchi yoki rag'batlantiruvchi hajmlarining joriy qilinishi xuddi shunday 
javob choralari qo'llanilishini taqozo etadi. Boj siyosati yo'nalishi tanlanishi mamlakat 
iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj 
tovarlarining import qilinishiga bog‘lanib qolsak, bu boj stavkalarida o'z aksini topmog‘i 
lozim. Ammo boj stavkalari rag'batlantiruvchi bo'lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab 
chiqaruvchilar xorijiy tovariar bilan raqobat qila olmay qoladi. 
Umuman olganda, aksari hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va 
to'lovlarini oshirishga yo'naltirilgan byudjet siyosatiga bog'liq bo'ladi.
kapitalning «chiqib» ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi. Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini moliyaviyjihatdan ta’minlash bilan bog'liq. Hozirgi paytda bu siyosat, o'z navbatida, nafaqa siyosati, immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam ko'rsatish siyosati singari sohalarni o'z ichiga oladi. Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va boj yig'imlari tovar va xizmatlaming bahosiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. Bir vaqtning o'zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning o'ziga xos usuliga ham ega bo'ladi. Usulning o'ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovariar va xizmatlami kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovariar va xizmatlar eksportini rag'batlantirishi yoki unga to'sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda mavjud bo'lmagan texnologik asbob—uskunani import qilishga 20% li boj yig'imi o'matilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilaming investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarish o'sish sur’atlarini pasaytiradi, import mahsulotlari salmog'ini oshiradi. Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag'batlantiruvchi hajmlarining joriy qilinishi xuddi shunday javob choralari qo'llanilishini taqozo etadi. Boj siyosati yo'nalishi tanlanishi mamlakat iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog‘lanib qolsak, bu boj stavkalarida o'z aksini topmog‘i lozim. Ammo boj stavkalari rag'batlantiruvchi bo'lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovariar bilan raqobat qila olmay qoladi. Umuman olganda, aksari hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va to'lovlarini oshirishga yo'naltirilgan byudjet siyosatiga bog'liq bo'ladi.
 
 
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) ilmiy jihatdan 
asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror 
ishlab chiqarish sub’ektlarining manfaatlariga zid kelmaydigan bo'lishi kerak. Uning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlari kamayishiga, davlatning 
oltin-valyuta zaxiralari ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, 
YalM ko'payishiga, mamlakat tovarlarining raqobatbardoshligi kuchayishiga olib kelmog'i 
lozim. 
Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o'ziga xos xususiyatiari 
Yaqin o'tmishda, ya’ni sho'rolar davrida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, to'sqinlik qilib kelgan moliyaviy siyosat yurgizilgan edi. 
Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol moliyaviy 
siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng 
avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlaming mavqyei buzib ko'rsatildi. Moliya va 
moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolami 
hal qilishga qaratilgan zarur usullami ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning 
uzoq davriga mo'ljallangan va ilmiyjihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab 
chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko'zlab amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. 
O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz 
tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi, moliya va moliyaviy 
munosabatlarda ham chuqur islohotlami amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Belgilangan 
strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi. Tovariar va 
xizmatlaming mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni 
mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq 
etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga 
putur yetkazuvchi tovariar kirib kelishiga yo‘1 qo'ymaslik va ilg'or texnologiyalar, fan-
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish sub’ektlarining manfaatlariga zid kelmaydigan bo'lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlari kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zaxiralari ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YalM ko'payishiga, mamlakat tovarlarining raqobatbardoshligi kuchayishiga olib kelmog'i lozim. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o'ziga xos xususiyatiari Yaqin o'tmishda, ya’ni sho'rolar davrida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, to'sqinlik qilib kelgan moliyaviy siyosat yurgizilgan edi. Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol moliyaviy siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlaming mavqyei buzib ko'rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolami hal qilishga qaratilgan zarur usullami ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo'ljallangan va ilmiyjihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko'zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlami amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi. Tovariar va xizmatlaming mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovariar kirib kelishiga yo‘1 qo'ymaslik va ilg'or texnologiyalar, fan-
 
 
texnika 
yutuqlari 
natija- 
larining 
mamlakat 
iqtisodiyotida 
yetakchi 
bo‘lishini 
rag‘batlantirish vositasida og'ishmay amalga oshirilmoqda. 
O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
• davlat byudjetidagi defitsitni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida (YalMning 3—
4%i atrofida) cheklashga yo'naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish; 
• davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o'zgarishlarini 
amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini ko'zlab yo'naltirishni ta’minlash; 
• ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan 
holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan 
huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va 
ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlami 
yaratish; 
• ijtimoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy mablag'laming ijtimoiy 
yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlash; 
• Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqa- rorligini ta’minlash; 
• byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; 
• soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlaming iqtisodiyotga rag'batlantiruvchi 
ta’sirini kuchaytirish maqsadida: 
—soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va 
mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi 
ta’sirini oshirish; 
—korxonalar zimmasidagi soliq yukini, qo'shilgan qiymat va foyda solig‘idan 
olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga 
turtki berish; 
— 
soliq tushumlari tarkibini tubdan o'zgartirish, resurslar, mol- mulk solig'ining 
rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirish- ning ilg'or tizimini joriy etish.
texnika yutuqlari natija- larining mamlakat iqtisodiyotida yetakchi bo‘lishini rag‘batlantirish vositasida og'ishmay amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • davlat byudjetidagi defitsitni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida (YalMning 3— 4%i atrofida) cheklashga yo'naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish; • davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o'zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini ko'zlab yo'naltirishni ta’minlash; • ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlami yaratish; • ijtimoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy mablag'laming ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlash; • Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqa- rorligini ta’minlash; • byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; • soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlaming iqtisodiyotga rag'batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: —soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta’sirini oshirish; —korxonalar zimmasidagi soliq yukini, qo'shilgan qiymat va foyda solig‘idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; — soliq tushumlari tarkibini tubdan o'zgartirish, resurslar, mol- mulk solig'ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirish- ning ilg'or tizimini joriy etish.
 
 
• mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo'lgan res- publika soliqlari bilan 
mahalliy soliqlar o'rtasida aniq chegara o'tka- zish; 
• Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga birik- tirish, mahalliy 
byudjetlarning daromad manbalarini mustahkam- lash; 
• soliq siyosati belgilab bergar. chora-tadbirlami amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli 
moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish; 
• va boshqalar. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot bilan 
hamnafasligini ta’minlash, davlatimiz rivojlanishining o'zgargan sharoitlariga tezda 
moslasha bilishini ta’minlash, o'z yechimini kutayotgan vazifalami hal etish uchun kerakli 
usullami o'z vaqtida topa bilish, strategik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, 
mablag'larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-
ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy asosini belgilashda qoldiq usulidan ijtimoiy 
xarajatlarning maqsadliligini ta’minlashga o'tish kabi tadbirlar kiradi. Hozirgi sharoitda 
ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati konsepsiyasining maqsadi iqtisodiyotni barqaror 
rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida 
jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’min- lashdan iborat. Moliya 
strategiyasining ijtimoiy yo'naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga yuboriladigan 
moliya resurslarini ko'paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo'libgina 
qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoshuvda ham 
namoyon bo'ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning o'sishini 
moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilaydi. 
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolami, shuningdek, 
byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi Ijtimoiy 
himoya, eng awalo, daromadlami indeksatsiyalash vositasida, ya’ni, byudjet mablag'lari 
hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol indeksiga mufoviq oshirish yo'li bilan 
ta’minlanadi.
• mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo'lgan res- publika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o'rtasida aniq chegara o'tka- zish; • Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga birik- tirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkam- lash; • soliq siyosati belgilab bergar. chora-tadbirlami amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish; • va boshqalar. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot bilan hamnafasligini ta’minlash, davlatimiz rivojlanishining o'zgargan sharoitlariga tezda moslasha bilishini ta’minlash, o'z yechimini kutayotgan vazifalami hal etish uchun kerakli usullami o'z vaqtida topa bilish, strategik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag'larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab- ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy asosini belgilashda qoldiq usulidan ijtimoiy xarajatlarning maqsadliligini ta’minlashga o'tish kabi tadbirlar kiradi. Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati konsepsiyasining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’min- lashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy yo'naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini ko'paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo'libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoshuvda ham namoyon bo'ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning o'sishini moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilaydi. Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolami, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi Ijtimoiy himoya, eng awalo, daromadlami indeksatsiyalash vositasida, ya’ni, byudjet mablag'lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol indeksiga mufoviq oshirish yo'li bilan ta’minlanadi.
 
 
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir o'tkazishning asosiy 
uslublari sifatida, soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, 
moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalarni ko'satish mumkin. Jamiyat taraqqiyotining 
hozirgi bosqichidagi moliya siyosati moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga kelgan 
iqtisodiy shart- sharoitlami hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. 
Xo'jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab-ehtiyojlarini 
yaxshiroq qondirish, resurslami tejash, mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, 
mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal- etishi yo'lida raqobatni rivojlantirish, 
tashabbuskorlik ko'rsatish uchun shart-sharoitlami yaratadi. 
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlami qondirishga yo'naltiriladigan moliya resurslarining 
o'sishiga, eng awalo, samarali faoliyat ko'rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy sharoit o'zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo o'sib boradi. Shu munosabat bilan 
hozirgi moliya siyosati davlat moliya resurslarining muntazam o'sishini ta’minlashga 
qaratilgan tadbirlami nazarda tutadi. 
Byudjetga tushayotgan to'lovlar hajmini oshirish zarurligi xo'jalik bo'g'inlaridagi 
ishchanlik kuchini jonlantirishga qaratilgan moliya siyosatini hayotga tatbiq etilishini talab 
qiladi. 
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy resurslami qayta taqsimlash 
amaliyotini tubdan o'zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, 
yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vertikal» uslubga qarama-qarshi moliyaviy 
resurslami moliya bozori orqali «gorizantal» qayta taqsimlash ham boigan sari yanada keng 
rivoj topadi. Mablag'laming o'tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifni 
hisobga olgan holda foydalanishni nazarda tutadi. 
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va 
umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlaming pul 
daromadlari va jamg'armalarini jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligatsiyalari 
va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslari hajmini ko'paytiradi.
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir o'tkazishning asosiy uslublari sifatida, soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalarni ko'satish mumkin. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi moliya siyosati moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart- sharoitlami hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Xo'jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab-ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslami tejash, mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal- etishi yo'lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik ko'rsatish uchun shart-sharoitlami yaratadi. Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlami qondirishga yo'naltiriladigan moliya resurslarining o'sishiga, eng awalo, samarali faoliyat ko'rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit o'zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo o'sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliya siyosati davlat moliya resurslarining muntazam o'sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlami nazarda tutadi. Byudjetga tushayotgan to'lovlar hajmini oshirish zarurligi xo'jalik bo'g'inlaridagi ishchanlik kuchini jonlantirishga qaratilgan moliya siyosatini hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy resurslami qayta taqsimlash amaliyotini tubdan o'zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vertikal» uslubga qarama-qarshi moliyaviy resurslami moliya bozori orqali «gorizantal» qayta taqsimlash ham boigan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag'laming o'tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifni hisobga olgan holda foydalanishni nazarda tutadi. Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlaming pul daromadlari va jamg'armalarini jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslari hajmini ko'paytiradi.
 
 
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi 
va tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar moliya resurslarining ko'paygandagina o'sishi mumkin. 
Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy 
siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o'z daromadlarini oshirish imkoniyatini 
berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul 
sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak. 
Moliyaviy siyosatning tubdan o'zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta 
qurilmog'i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishdan asosiy maqsad bozor munosabatlari 
zaminida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, moliya 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini 
qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun 
xo'jalik tashabbuskor- ligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotida korxonalaming ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha 
yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida moliyaviy uslublarni 
qo'llash zarurati yo'qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, 
moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xo'jalik moliya nazoratini chuqurlashtirish 
haqida doimo g'amxo'rlik qilishga majbur etadi. Shu bilan birga davlat tomonidan bozor 
munosabatlarini moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish 
korxonalarga soliq solish, qo'shimcha soliqlami (masalan, eksport va import solig'ini) 
kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish 
vositasida amalga oshiriladi. Xo'jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha talablaming 
sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga 
talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg'armalar oldidagi 
moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajarmaslik yoki to'liq bajarmaslik, foyda va boshqa 
soliq solish ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori 
kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog'i lozim.
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar moliya resurslarining ko'paygandagina o'sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o'z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak. Moliyaviy siyosatning tubdan o'zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurilmog'i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishdan asosiy maqsad bozor munosabatlari zaminida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo'jalik tashabbuskor- ligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalaming ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida moliyaviy uslublarni qo'llash zarurati yo'qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xo'jalik moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo g'amxo'rlik qilishga majbur etadi. Shu bilan birga davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, qo'shimcha soliqlami (masalan, eksport va import solig'ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Xo'jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha talablaming sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg'armalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajarmaslik yoki to'liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog'i lozim.
 
 
Aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari 
va tashkilotlarida yangi xo'jalik mexanizmi joriy etilgan. Mazkur muassasalarga pulli xizmat 
ko'rsatish, xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanish, olingan daromadlami mustaqil tasarruf etish 
huquqi berilgan. 
Davlat moliya mexanizmiga tub o'zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirish soliq asosiga o'tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan 
moliyalashtirish tizimi butunlay o'zgardi. Byudjetdan tashqari jamg'armalar tizimi keng 
tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani tashkil etish va 
boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: kooperativ (shirkat) sug'urtasi 
rivojlanyapti, hissador sug'urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug'urtaning yangi turiari 
paydo bo'layapti. 
Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani yaratish bilan birga sodir 
bo'layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratadigan qator 
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 
  
MOLIYA TIZIMI 
Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari 
Amaliy ish jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan 
moliyaviy munosabatlaming turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga 
boshqacha ta’rif berish ham mumkin: davlat va korxonalaming pul fondlarini shakllantirish, 
taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. 
«Moliya tizimi» tushunchasi keng ma’nodagi «moliya» tushunchasining taraqqiyoti 
natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va mohiyatiga ko'ra 
butunlay yangi bo'lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya 
tizimining sohalari va bo'g'inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondashuvni taqazo 
etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo'linadi9: 
• davlat moliyasi va mahalliy moliya;
Aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xo'jalik mexanizmi joriy etilgan. Mazkur muassasalarga pulli xizmat ko'rsatish, xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanish, olingan daromadlami mustaqil tasarruf etish huquqi berilgan. Davlat moliya mexanizmiga tub o'zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o'tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay o'zgardi. Byudjetdan tashqari jamg'armalar tizimi keng tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: kooperativ (shirkat) sug'urtasi rivojlanyapti, hissador sug'urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug'urtaning yangi turiari paydo bo'layapti. Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani yaratish bilan birga sodir bo'layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. MOLIYA TIZIMI Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari Amaliy ish jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlaming turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ta’rif berish ham mumkin: davlat va korxonalaming pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. «Moliya tizimi» tushunchasi keng ma’nodagi «moliya» tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va mohiyatiga ko'ra butunlay yangi bo'lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo'g'inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondashuvni taqazo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo'linadi9: • davlat moliyasi va mahalliy moliya;
 
 
• xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi. 
O'z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlami 
shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog'liq ravishda bir necha bo'g'inlardan 
tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo'g'inlardan iborat 
bo'lishi mumkin: 
• Davlat byudjeti; 
• maqsadli nobyudjet fondlari; 
• davlat krediti. 
Shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo'g'inlardan iborat: 
• tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; 
• moliyaviy vositachilar moliyasi; 
• notijorat tashkilotlari moliyasi. 
Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: 
 
3.1.1-chizma. Moliya tizimining sohalari vabo‘g‘inlari
• xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi. O'z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlami shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog'liq ravishda bir necha bo'g'inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo'g'inlardan iborat bo'lishi mumkin: • Davlat byudjeti; • maqsadli nobyudjet fondlari; • davlat krediti. Shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo'g'inlardan iborat: • tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; • moliyaviy vositachilar moliyasi; • notijorat tashkilotlari moliyasi. Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: 3.1.1-chizma. Moliya tizimining sohalari vabo‘g‘inlari
 
 
Moliya tizimining alohida sohalar va bo'g'inlarga bo'linishi YalMni shakllantirish, 
taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromad- larni shakllantirish va ulardan foydalanishda 
iqtisodiy munosabatlar sub'ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan 
belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanishning o'ziga xos shakllari va metodlari tegishlidir. 
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YalMni yaratishga, uni korxonalar 
o'rtasida taqsimlashga va YalM bir qismining byudjet va byudjetdan tashqari jamg'arma 
fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning 
markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining 
ijtimoiy guruhlari o'rtasida qayta taqsim- lanadi. 
Moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini 
sifatida Davlat byudjeti o'z ichiga quyidagilami oladi: 
• respublika byudjeti; 
• Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. O'z navbatida, 
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika 
byudjeti hamda Qoraqalpog'iston Respublikasiga bo'ysunuvchi tumanlarva shaharlar 
byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga 
bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, 
tumanlargabo'linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo'lgan 
tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo'ysunuvidagi shaharlar byudjetidan 
tashkil topadi. 
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o'z oldida turgan quyidagi muammolami hal etishi 
kerak: 
• daromadlar asosini mustahkamlash zaminida byudjet defitsitining darajasini 
kamaytirish;
Moliya tizimining alohida sohalar va bo'g'inlarga bo'linishi YalMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromad- larni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub'ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o'ziga xos shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YalMni yaratishga, uni korxonalar o'rtasida taqsimlashga va YalM bir qismining byudjet va byudjetdan tashqari jamg'arma fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida qayta taqsim- lanadi. Moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini sifatida Davlat byudjeti o'z ichiga quyidagilami oladi: • respublika byudjeti; • Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. O'z navbatida, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog'iston Respublikasiga bo'ysunuvchi tumanlarva shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlargabo'linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo'ysunadigan shaharlari bo'lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo'ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi. Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o'z oldida turgan quyidagi muammolami hal etishi kerak: • daromadlar asosini mustahkamlash zaminida byudjet defitsitining darajasini kamaytirish;
 
 
• mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha byudjet xarajatlarini 
restrukturizatsiya qilish; 
• byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillash- tirish; 
• byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish. 
Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) 
oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud boMishi 
mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul 
qilinmasligidan qat’i nazar mablagMar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. 
Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, tekin sogMiqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va 
boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlami qondirishga tegishlidir. Bu 
fondlar mablagMarini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o'ziga xos 
boMgan shakilar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni 
moliya tizimining 
«Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
MablagMardan foydalanishning maqsadli yo'naltirilganligi belgisi bo'yicha davlat 
maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin: 
• ijtimoiy yo'nalishga ega boMgan davlat- maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki 
byudjetdan tashqari fondlar); 
• tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega boMgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet 
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar). 
Ayrim hollarda hududiy yo'naltirilgan (moMjallangan) davlat maqsadli fondlari 
(byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi mumkin. 
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» 
sohasining alohida bo'g'ini sifatida quyidagilardan iborat boMishi mumkin: 
• Respublika yo'l fondi;
• mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha byudjet xarajatlarini restrukturizatsiya qilish; • byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillash- tirish; • byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish. Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud boMishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’i nazar mablagMar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, tekin sogMiqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlami qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablagMarini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o'ziga xos boMgan shakilar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliya tizimining «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir. MablagMardan foydalanishning maqsadli yo'naltirilganligi belgisi bo'yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin: • ijtimoiy yo'nalishga ega boMgan davlat- maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar); • tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega boMgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar). Ayrim hollarda hududiy yo'naltirilgan (moMjallangan) davlat maqsadli fondlari (byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi mumkin. Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini sifatida quyidagilardan iborat boMishi mumkin: • Respublika yo'l fondi;