MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI

Yuklangan vaqt

2024-11-11

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

20

Faytl hajmi

77,9 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI 
 
 
 
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
2. Moliyaning funksiyalari 
3. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyaning o‘rni 
 
             1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
 
“Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, “mol-mulk”, “pul mablag‘lari” ma’nosini 
anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
-maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish  
yuzasidan 
paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, 
taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya 
tizimi); 
-biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 
mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); 
-shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida). 
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, 
“moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir. 
O‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so‘zi fransuzcha “finance”, 
lotincha “financia” va ruscha “finansi” so‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum 
ma’noda, sinonimi hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki 
“to‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi.  
Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining 
rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar- pul munosabatlari sharoitida paydo bo‘ldi.
MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 2. Moliyaning funksiyalari 3. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyaning o‘rni 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, “mol-mulk”, “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: -maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi); -biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); -shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida). Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir. O‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so‘zi fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” so‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda, sinonimi hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki “to‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar- pul munosabatlari sharoitida paydo bo‘ldi.
 
 
Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni taqsimlash 
va qayta taqsimlash bo‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror 
ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (subektlari) o‘rtasida ma’lum 
bir munosabatlarning o‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar 
“moliya” tushunchasi orqali ifodalangan. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash 
jarayonlari natural soliqlar va turli ko‘rinishdagi shaxsiy to‘lanmalar xarakteriga ega 
bo‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash 
munosabatlari shakllarining o‘zgarishiga olib keldi- ular ko‘proq ravishda pul 
xarakteriga ega bo‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan 
keskin o‘zgarmay qolaverdi. 
Zamonaviy 
tasavvurdagi“ 
moliya” 
tushunchasini 
davlat 
xazinasining 
alohidalashuvi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin. 
Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi  
 
 
 
 
tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib borgan. 
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy 
 
va 
transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq holda tovar ishlab  
chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning 
turli ishtirokchilari o‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni 
taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi.  
Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag‘larining harakati 
masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, 
kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subektlar o‘rtasida yalpi ichki 
mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir vaqtning o‘zida, 
ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining 
tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o‘z hissalarini olishga da’vo 
qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. 
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot  
qonuniyatlari, 
tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi 
roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. 
Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga  kelishi jamiyatning sinflarga
Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (subektlari) o‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning o‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar “moliya” tushunchasi orqali ifodalangan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko‘rinishdagi shaxsiy to‘lanmalar xarakteriga ega bo‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o‘zgarishiga olib keldi- ular ko‘proq ravishda pul xarakteriga ega bo‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin o‘zgarmay qolaverdi. Zamonaviy tasavvurdagi“ moliya” tushunchasini davlat xazinasining alohidalashuvi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin. Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib borgan. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari o‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag‘larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subektlar o‘rtasida yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir vaqtning o‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga
 
 
bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda 
davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va 
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya 
deyiladi. 
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi shundan 
iboratki, 
YaIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan turli pul 
mablag‘lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. 
Davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul 
mablag‘lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik subektlari darajasida 
tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. 
Xo‘jalik subektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus 
pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda 
reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy 
munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga e g a  ekanligini ko‘rsatadi. 
YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik 
(ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari 
ko‘rinishidagi o‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga 
ega bo‘lgan soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash orqali (vositasida) aholi 
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. 
 
Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq 
bo‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida 
sohasini tashkil etadi. Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir: 
-qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bo‘lmasdan, aksincha, real 
pullarning harakatiga bog‘liq bo‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga 
asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi; 
-pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo‘nalishga ega ekanligi; 
-markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga 
keltirish). 
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham
bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi shundan iboratki, YaIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan turli pul mablag‘lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik subektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. Xo‘jalik subektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga e g a ekanligini ko‘rsatadi. YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari ko‘rinishidagi o‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bo‘lgan soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi. Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir: -qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bo‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bo‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi; -pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo‘nalishga ega ekanligi; -markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish). Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham
 
 
uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday 
o‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni 
va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo‘lib, 
uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari 
o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir.  
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo‘li bilan faqatgina davlat va 
korxonalarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki 
moliyaviy resurslarning sarfla-nishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning 
nima uchun mo‘ljallanganligini 
belgilab beradi. 
Moliya quyidagilar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini 
ifodalaydi: 
-tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish 
jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
-markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash 
borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlari; 
-byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish 
davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
-soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va fuqarolar 
o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
-to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar 
va maqsadli fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
-byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlari; 
-sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y bergan 
paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari 
o‘rtasida vujudga 
keladigan pul munosabatlari; 
-korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul 
munosabatlari.
uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarfla-nishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mo‘ljallanganligini belgilab beradi. Moliya quyidagilar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: -tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va maqsadli fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; -korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.
 
 
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bo‘lib mamlakatning 
milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadning hajmi umumdavlat e htiyojlarini 
qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. 
Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish fondining - 
hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va 
tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Huddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda milliy 
daromad statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir. 
Moliyaning ishtirokisiz milliy daromadni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya 
milliy daromadni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan 
bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir 
etib, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini 
ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. 
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Tarixiy 
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat 
davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, 
iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bo‘lgan korxonalar 
(pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir. 
Moliya 
alohida 
olingan 
mamlakatlarda 
ishlab 
chiqarish 
kuchlari 
taraqqiyotining darajasini va ularning xo‘jalik hayotidagi makroiqtisodiy 
jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. 
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning ahvolini belgilab beradi. 
Doimiy 
ravishdagi iqtisodiy o‘sish, YaIM va MD ko‘payishi (oshib borishi) sharoitida moliya 
o‘zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning 
yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasini yanada ortishini 
rag‘batlantiradi. 
Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi 
sharoitida moliyaning holati (ahvoli) keskin yomonlashadi. Bu narsa, o‘z 
navbatida, 
davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan moliyalash-tiriladigan byudjet defitsitining 
kattaligida, pul emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo‘yicha 
xarajatlarning ko‘payishida namoyon bo‘ladi.  
Bularning barchasi inflyasiyaning kuchayishiga, xo‘jalik aloqalarining buzilishiga,
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bo‘lib mamlakatning milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadning hajmi umumdavlat e htiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Huddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda milliy daromad statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir. Moliyaning ishtirokisiz milliy daromadni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya milliy daromadni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bo‘lgan korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir. Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo‘jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o‘sish, YaIM va MD ko‘payishi (oshib borishi) sharoitida moliya o‘zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasini yanada ortishini rag‘batlantiradi. Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaning holati (ahvoli) keskin yomonlashadi. Bu narsa, o‘z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan moliyalash-tiriladigan byudjet defitsitining kattaligida, pul emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlarning ko‘payishida namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi inflyasiyaning kuchayishiga, xo‘jalik aloqalarining buzilishiga,
 
 
o‘zaro noto‘lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bo‘lishiga, barterli 
bitimlarning ko‘payishiga, soliqlarni byudjet undirish borasida qiyinchiliklarning kelib 
chiqishiga, davlat xarajatlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilmasligiga, aholi keng 
qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy 
va ijtimoiy munosabatlarda ishlab chiqarish real sohasining holati birinchi darajali 
ahamiyat kasb etadi. 
O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra moliya pul mablag‘larining maqsadli 
fondlarini ifoda etib, ularning jami (yig‘indisi), oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy 
resurslarini tashkil etadi.  
Mamlakat moliyaviy resurslari o‘sishining asosiy sharti milliy daromadning ortishi 
(ko‘payishi)dir. Bir vaqtning o‘zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar” teng kuchli 
bo‘lmagan tushunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar o‘z-o‘zicha moliyaning 
mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy mo‘ljallanganligini 
ochaolmaydi. Moliya fani resurslarning o‘zini emas, balki resurslarni shakllantirish, 
taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni 
o‘rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. 
Mustaqil fan sifatida XX asrning 50-yillarida asos solingan. 
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansada, ko‘p jihatdan u hukumat tomonidan 
amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga 
ham bog‘liq bo‘ladi. 
Moliya - bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida milliy 
daromadni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. 
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Davlat kimning hisobidan 
moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag‘lardan 
foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi. Taqsimlash 
jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, 
jumladan baho, kredit, soliq va xokazolar orqali ham amalga oshiriladi.  
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. Milliy daromadning 
taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga 
 
mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining 
 
o‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich asos
o‘zaro noto‘lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bo‘lishiga, barterli bitimlarning ko‘payishiga, soliqlarni byudjet undirish borasida qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda ishlab chiqarish real sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra moliya pul mablag‘larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning jami (yig‘indisi), oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o‘sishining asosiy sharti milliy daromadning ortishi (ko‘payishi)dir. Bir vaqtning o‘zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar” teng kuchli bo‘lmagan tushunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar o‘z-o‘zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy mo‘ljallanganligini ochaolmaydi. Moliya fani resurslarning o‘zini emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. Mustaqil fan sifatida XX asrning 50-yillarida asos solingan. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansada, ko‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bog‘liq bo‘ladi. Moliya - bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida milliy daromadni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag‘lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va xokazolar orqali ham amalga oshiriladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. Milliy daromadning taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining o‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich asos
 
 
sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni tartibga soladi va 
shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini 
aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat 
baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy to‘lovlarni korrektirovka (o‘zgartirishga) qilishga 
va minimal ish haqini oshirishga majbur bo‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p 
mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini 
korrektirovka qilayotir (o‘zgartirayotir). Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda 
va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi.  
Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko‘plab tovar guruhlari bo‘yicha 
sotib olish olish bahosi bo‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi 
normativ baholar bo‘yicha undiriladi. SHunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng 
bo‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. 
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqdir. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining 
doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit 
institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifodalaydi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli etarli darajada aniqlangan - bu 
daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va 
xokazo Biroq, bir vaqtning o‘zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa uzilishini 
(navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank 
xizmatlari zarur bo‘lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar byudjet 
mablag‘lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo‘lsa, bu banklar 
uchun muhim ssuda manbaidir. 
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o‘zining qaytariluvchanligi va haqliligi 
bilan farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul mablag‘larining 
harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan 
(ramkasidan) chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega.  
Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul mablag‘larini akkumulyatsiya qiladilar 
va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga
sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy to‘lovlarni korrektirovka (o‘zgartirishga) qilishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini korrektirovka qilayotir (o‘zgartirayotir). Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko‘plab tovar guruhlari bo‘yicha sotib olish olish bahosi bo‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo‘yicha undiriladi. SHunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifodalaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli etarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va xokazo Biroq, bir vaqtning o‘zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo‘lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag‘lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo‘lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir. Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o‘zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan (ramkasidan) chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul mablag‘larini akkumulyatsiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga
 
 
ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta 
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga 
belgilangan muddatda 
oldindan o‘rnatilgan foizlarni to‘lagan holda qaytarilishi kerak. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega 
bo‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi 
yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to‘lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, 
bu oddiy pul bo‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. 
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda 
davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining 
qo‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad 
va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) 
bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob- 
lanadi. 
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-
birlaridan o‘zlarining funksiyalari va mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda 
kategoriyalarga tegishli bo‘lgan barcha belgilarning majmui ko‘rib chiqilsagina ularni 
farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga e ga bo‘lgan va davlatning 
mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosabatlari davlat moliyasi 
deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya mavjud bo‘lmaydi. Agar moliya 
qayta taqsimlash sohasiga o‘tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarning belgilarini o‘zida 
mujassam etadi. 
 
             
 
 
           2. Moliyaning funksiyalari 
 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliya quyidagi 
ikki funksiyani bajaradi: 
1.Taqsimlash; 
2.Nazorat. 
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Har
ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o‘rnatilgan foizlarni to‘lagan holda qaytarilishi kerak. Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bo‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to‘lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining qo‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob- lanadi. Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir- birlaridan o‘zlarining funksiyalari va mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli bo‘lgan barcha belgilarning majmui ko‘rib chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga e ga bo‘lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosabatlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya mavjud bo‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o‘tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarning belgilarini o‘zida mujassam etadi. 2. Moliyaning funksiyalari Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 1.Taqsimlash; 2.Nazorat. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Har
 
 
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan 
nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega 
ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi 
taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taqsimlash jarayoni 
murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqich-
lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. 
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini 
(mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish 
organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik 
ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va boshqalar) tug‘diruvchi ko‘p 
bosqichlilik xosdir. 
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki 
birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bo‘lganda 
namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar Milliy 
daromadni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida 
shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: 
-moddiy ishlab 
chiqarish 
sohasida 
band 
bo‘lgan 
ishchi 
va 
xizmatchilarning ish haqi, fermer va xokazolarning daromadlari; 
-moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. 
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy 
ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay 
olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda milliy daromadni yanada 
taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: 
-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali 
va 
oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta 
taqsimlash bilan;  
-ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, 
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va xokazo) ham 
mavjudligi bilan;
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqich- lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va boshqalar) tug‘diruvchi ko‘p bosqichlilik xosdir. Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: -moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va xokazolarning daromadlari; -moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda milliy daromadni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: -xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; -ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va xokazo) ham mavjudligi bilan;
 
 
-aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan. 
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” 
daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida 
olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va 
boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar milliy daromadddan foydalanish borasidagi 
yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya milliy 
daromadni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy 
foydalanish nisbatlariga transformatsiya qilinishiga (aylanishiga, o‘zgarishiga) ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy  
resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining o‘lchami va ularning tarkibiy 
tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlarining 
hajmi va tuzilmasi o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. 
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni 
tarkibiy o‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo‘jaligi, transport, 
energetika va xokazo) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan 
qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg‘iz va ko‘p bolali onalar va xokazo) foydasiga 
amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, milliy daromadni qayta taqsimlash milliy xo‘jalikning ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, 
mamlakatning 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari 
o‘rtasida sodir bo‘ladi. 
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va milliy daromadni taqsimlash va 
qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, 
iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi 
keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.  
Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, 
moliya-xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo‘jalik yurituvchi subektlar har bir 
xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish 
vazifalariga bo‘ysundirilgan.
-aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan. Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar milliy daromadddan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun xizmat qiladi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya milliy daromadni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformatsiya qilinishiga (aylanishiga, o‘zgarishiga) ta’sir ko‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining o‘lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlarining hajmi va tuzilmasi o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va xokazo) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg‘iz va ko‘p bolali onalar va xokazo) foydasiga amalga oshiriladi. Shunday qilib, milliy daromadni qayta taqsimlash milliy xo‘jalikning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya-xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo‘jalik yurituvchi subektlar har bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bo‘ysundirilgan.
 
 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina milliy daromadni 
qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg‘arilishiga, iste’mol 
sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va 
xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika 
taraqqiyotini va xokazolarni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. 
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi: 
-xo‘jalik subektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari 
darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga; 
- xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta 
taqsimlashni sodir etishga; 
- xo‘jalik subekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar 
tomonidan 
jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. 
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumenti 
sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda o‘zida 
aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning 
maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon 
bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy 
jarayonning ikki tomonidir. 
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil 
etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag‘larini 
taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kelayotganligi, xo‘jalik 
yurituvchi subektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi 
qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar moliyaning 
nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining 
samaradorligini baholashning ham iloji yo‘qki, bu narsa yuqoridagi har ikki funksiya 
koordinatsiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi to‘g‘risida darak 
berayotir. 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va 
xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika 
taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina milliy daromadni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg‘arilishiga, iste’mol sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va xokazolarni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi: -xo‘jalik subektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga; - xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga; - xo‘jalik subekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda o‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag‘larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kelayotganligi, xo‘jalik yurituvchi subektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo‘qki, bu narsa yuqoridagi har ikki funksiya koordinatsiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi to‘g‘risida darak berayotir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini
 
 
uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va  
noishlab chiqarish sohalarini 
to‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy 
resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish 
xarajatlari va yo‘qotmalarni qisqartirish, xo‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish 
moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. 
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar 
bo‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar 
oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha 
xo‘jalik yurituvchi subektlarning o‘zaro majburiyatlari bajarilishining o‘z vaqtidaligi 
va to‘liqligini tekshirish hisoblanadi. 
Moliya organlarining ko‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat funksiyasi 
namoyon bo‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari moliyaviy rejalashtirish 
jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida 
moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi 
sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari 
keskin o‘zgaradi. 
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu 
mexanizm milliy xo‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining 
majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, 
 
 
moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o‘z 
ichiga 
oladi.  
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo‘lgan moliya 
mexanizmi qo‘laniladi. Bu, eng avvalo, xo‘jalik yurituvchi subektlar va aholining 
byudjet tizimi, maqsadli fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va boshqalar 
bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarga tegishlidir. 
 
 3. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyaning o‘rni 
 
Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy 
ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi (amal qilishi) mumkin emas.
uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotmalarni qisqartirish, xo‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subektlarning o‘zaro majburiyatlari bajarilishining o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining ko‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bo‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o‘zgaradi. Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo‘lgan moliya mexanizmi qo‘laniladi. Bu, eng avvalo, xo‘jalik yurituvchi subektlar va aholining byudjet tizimi, maqsadli fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va boshqalar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarga tegishlidir. 3. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyaning o‘rni Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi (amal qilishi) mumkin emas.
 
 
Dunyo aholisining o‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, 
mamlakatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy- 
texnika taraqqiyotining rivojlani va boshqa bir qancha omillar bilan “hayot kechirish”ni 
yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati 
mavjudligining muhim sharti 
bo‘lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning 
notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda moliyaviy 
kapitalning konsentratsiyalashuviga (to‘planishiga) olib kelmoqda. Eng kambag‘al 
mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab 
chiqarish bilan 
shug‘ullanmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda 
ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o‘zgarmasdan qolayotir. 
Faqat 
qo‘shimcha 
mahsulotning 
konsentratsiyalashuv 
(to‘planish) 
joyi 
o‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy 
qismi eng rivojlangan mamlakatlarda “cho‘kmoqda” va ularga kelgusida ham 
taqsimlashni 
o‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti. 
Takror ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 
-ishlab chiqarish; 
-almashuv; 
-taqsimlash; 
-iste’mol. 
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo‘lib, 
hatto ularning birisiz takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga 
bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab 
chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo‘lishi mumkin. 
Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy 
o‘rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu 
bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida 
bevosita namoyon bo‘ladi.  
Davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligidan (davlatning o‘z funksiyalarini 
bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib 
chiqiladigan bo‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi 
yaqqol ko‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda)
Dunyo aholisining o‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy- texnika taraqqiyotining rivojlani va boshqa bir qancha omillar bilan “hayot kechirish”ni yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti bo‘lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda moliyaviy kapitalning konsentratsiyalashuviga (to‘planishiga) olib kelmoqda. Eng kambag‘al mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o‘zgarmasdan qolayotir. Faqat qo‘shimcha mahsulotning konsentratsiyalashuv (to‘planish) joyi o‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda “cho‘kmoqda” va ularga kelgusida ham taqsimlashni o‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti. Takror ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: -ishlab chiqarish; -almashuv; -taqsimlash; -iste’mol. Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo‘lib, hatto ularning birisiz takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo‘lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o‘rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita namoyon bo‘ladi. Davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligidan (davlatning o‘z funksiyalarini bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib chiqiladigan bo‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda)
 
 
barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-
qarshiliklari namoyon bo‘ladi. 
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, 
takror 
ishlab chiqarishning oldingi (o‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari va 
predmetlarini tiklash uchun mo‘ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab 
chiqarishning yangi siklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan 
qism vositalar (mablag‘lar)ning egasi va ishchilar o‘rtasida taqsimlanadi.  
Taqsimlash proporsiyalari (nisbatlari) asrlar davomida shakllanib, unda 
ishtirokchilarning har biri o‘ziga tegishli bo‘lgan qismni ortirish (ko‘paytirish) 
maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bo‘ladilar. Shunday qilib, 
jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so‘ng 
esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o‘tadi. Takror ishlab chiqarish 
jarayonining har bir ishtirokchisi o‘ziga tegishli bo‘lgan daromadni quyidagi ikki 
qismga bo‘ladi: 
-iste’mol fondi; 
-jamg‘arish fondi. 
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, 
sug‘urta to‘lovlari (badallari) kabi iqtisodiy instrumentlardan foydalangan holda 
individual va jamoa daromadlaridan o‘zining hissasini (o‘ziga tegishli bo‘lgan qismni) 
ajratib oladi. 
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning “ostonasi”ni aniqlashda 
jamiyat ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga o‘xshashlar 
orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo‘li bilan davlat faoliyatining 
chegarasini aniqlashga harakat qiladi. O‘z navbatida, davlat ham o‘zining harakat 
doirasini (sohasini)  kengaytirishga harakat qiladi. 
Uning funksiyalari qancha keng bo‘lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining shuncha 
katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol 
proporsiyalari (nisbatlari) ham o‘zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog‘liqni 
saqlash, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga olsa, bu narsa 
ishchi kuchining bahosida va demak, mehnat haqining darajasida o‘z aksini topadi. 
Bu yerda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo‘lsa, shaxsiy
barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama- qarshiliklari namoyon bo‘ladi. Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (o‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlarini tiklash uchun mo‘ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi siklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag‘lar)ning egasi va ishchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash proporsiyalari (nisbatlari) asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o‘ziga tegishli bo‘lgan qismni ortirish (ko‘paytirish) maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bo‘ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so‘ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o‘tadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o‘ziga tegishli bo‘lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo‘ladi: -iste’mol fondi; -jamg‘arish fondi. Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug‘urta to‘lovlari (badallari) kabi iqtisodiy instrumentlardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan o‘zining hissasini (o‘ziga tegishli bo‘lgan qismni) ajratib oladi. Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning “ostonasi”ni aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga o‘xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo‘li bilan davlat faoliyatining chegarasini aniqlashga harakat qiladi. O‘z navbatida, davlat ham o‘zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bo‘lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol proporsiyalari (nisbatlari) ham o‘zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchining bahosida va demak, mehnat haqining darajasida o‘z aksini topadi. Bu yerda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo‘lsa, shaxsiy
 
 
iste’mol fondlarining hissasi shuncha past bo‘lishi bilan xarakterlanadigan  
tendensiyani 
tushunish juda muhimdir. 
Moliya nazariyasida takror ishlab 
chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy 
samaradorligi xususidagi bahslar 
hali-hamon to‘xtaganicha yo‘q. Har bir davlat uchun 
ma’lum bir davrda mamlakat 
aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng 
qatlami) qancha boy bo‘lsa, davlatning o‘zi ham shuncha boy bo‘ladi, degan 
tushunchadan kelib chiqib, aniq 
tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq.  
Chunki daromadning yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog‘lomlashib 
borayotgan iqtisodiyotni vujudga keltiradi. 
 
 
 
SHunga mos ravishda soliqqa tortiladigan 
baza (asos) o‘sadi va jamg‘armalar 
hissasi oshadi. Jamg‘armalar ssuda kapitalining 
asosini tashkil etib, o‘z navbatida, 
ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va 
ilmiy-texnika taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. 
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chegaralab (cheklab) 
qo‘ygan 
mamlakatlarda iqtisodiyot o‘sish bazasiga (asosiga) ega emasdir. Bunday mamlakatlar 
ma’lum bir vaqt o‘tganidan so‘ng nisbatan boyroq bo‘lgan mamlakatlarning ta’siri 
ostida bo‘lib qoladi. CHunki mamlakat ichki manbalarining 
qisqarishi tashqi qarzga 
olishlar evaziga qoplanadi. O‘z navbatida, tashqi qarzlarni qaytarishning manbai bo‘lib 
faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin. 
Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari 
buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi (izdan chiqadi). Bularning 
barchasini iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb 
atash mumkin. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi 
kambag‘al 
qatlamlarini 
qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha 
qo‘shimcha 
ravishda 
majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa, bu ham sog‘lom takror ishlab chiqarish 
jarayonlarining buzilganligidan darak beradi. 
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to‘liq almashtirilganligi 
sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni 
yaratishda 
sanoat 
texnologiyasining 
holati, 
sanoatning 
tarkibiy 
tuzilishi, 
raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlarning 
bu boradagi tizimidan nusxa olish o‘z davlatchiligiga va faniga ega bo‘lmagan kuchsiz 
rivojlangan mamlakatlargagina xosdir.
iste’mol fondlarining hissasi shuncha past bo‘lishi bilan xarakterlanadigan tendensiyani tushunish juda muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon to‘xtaganicha yo‘q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng qatlami) qancha boy bo‘lsa, davlatning o‘zi ham shuncha boy bo‘ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog‘lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga keltiradi. SHunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza (asos) o‘sadi va jamg‘armalar hissasi oshadi. Jamg‘armalar ssuda kapitalining asosini tashkil etib, o‘z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chegaralab (cheklab) qo‘ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o‘sish bazasiga (asosiga) ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma’lum bir vaqt o‘tganidan so‘ng nisbatan boyroq bo‘lgan mamlakatlarning ta’siri ostida bo‘lib qoladi. CHunki mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarzga olishlar evaziga qoplanadi. O‘z navbatida, tashqi qarzlarni qaytarishning manbai bo‘lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi (izdan chiqadi). Bularning barchasini iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb atash mumkin. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag‘al qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha ravishda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa, bu ham sog‘lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi. Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to‘liq almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat texnologiyasining holati, sanoatning tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan nusxa olish o‘z davlatchiligiga va faniga ega bo‘lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina xosdir.