MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI (Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida)

Yuklangan vaqt

2024-12-10

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

26,4 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI 
 
 
 
Reja: 
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. 
2. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida. 
3. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning o‘zaro bog‘liqligi.  
 
1-savol bayoni. “Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy 
tarzda  “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining 
quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
 maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish 
FFshakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya 
kapitali, moliya tizimi); 
 biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 
mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); 
 shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv 
tilida)1. 
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, 
“moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir2. 
O‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so‘zi fransuzcha “finance”, 
lotincha  “financia”  va ruscha “finansi” so‘zlarining  ekvivalenti yoki ma’lum 
                                                          
 
1 Qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J.2. Ye – M // Tahrir hay’ati: 
T.Mirzayev (rahbar) va boshq.;  O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat 
ilmiy nashriyoti, 2006. – 611-b. 
2 Qarang: o‘sha manba, 610- va 611-betlar. 
MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI Reja: 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. 2. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida. 3. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning o‘zaro bog‘liqligi. 1-savol bayoni. “Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:  maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish FFshakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);  biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);  shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida)1. Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir2. O‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so‘zi fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” so‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum 1 Qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J.2. Ye – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev (rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 611-b. 2 Qarang: o‘sha manba, 610- va 611-betlar.  
 
ma’noda, sinonimi3 hisoblanib,  eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki 
“to‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi4. 
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun 
ham uning roli va ahamiyati  pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida 
qanday o‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir  vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining 
mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy 
ekvivalent bo‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning 
mehnat harajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy 
daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul 
mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni 
amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo‘li bilan 
faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini 
ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarfla-nishi ustidan nazoratni ham 
amalga oshirish  moliyaning nima uchun mo‘ljallanganligini belgilab beradi. 
 
Moliya quyidagilar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini 
ifodalaydi: 
 tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya 
qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
 markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash 
borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlari; 
 byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va harajatlarni byudjetdan moliyalashtirish 
davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
                                                          
 
3 Biz bu yerda  dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlarni 
nazarda tutayapmiz.  
4 “Moliya” atamasining kelib chiqishi xususida iqtisodiy adabiyotlarda turlicha qarashlar, tasavvurlar mavjud. Ayrim 
mualliflarning fikricha, bu atama XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida  vujudga kelib, keyinroq xalqaro 
maydonga tarqalgan  hamda aholi va davlat o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimi bilan bog‘langan tushunchani o‘zida 
mujassam  etgan (Qarang: Finansi, denejnoye obrasheniye i kredit. Uchebnik / Pod red.prof. V.K.Senchagova, 
prof.A.I.Arxipova. –M.: Finansi i statistika, 1999. s.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama 
muomalaga 1755 yilda “Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Boden tomonidan 
kiritilgan (Qarang: Finansi. Uchebnik dlya vuzov / Pod red. prof. M.V.Romanovskogo, O.V.Vrublevskoy, 
B.M.Sabanti. – M.: Finansi i statistika, 2000. s.44). 
ma’noda, sinonimi3 hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki “to‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi4. Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat harajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarfla-nishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mo‘ljallanganligini belgilab beradi. Moliya quyidagilar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:  tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;  markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;  byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va harajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 3 Biz bu yerda dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlarni nazarda tutayapmiz. 4 “Moliya” atamasining kelib chiqishi xususida iqtisodiy adabiyotlarda turlicha qarashlar, tasavvurlar mavjud. Ayrim mualliflarning fikricha, bu atama XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida vujudga kelib, keyinroq xalqaro maydonga tarqalgan hamda aholi va davlat o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimi bilan bog‘langan tushunchani o‘zida mujassam etgan (Qarang: Finansi, denejnoye obrasheniye i kredit. Uchebnik / Pod red.prof. V.K.Senchagova, prof.A.I.Arxipova. –M.: Finansi i statistika, 1999. s.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama muomalaga 1755 yilda “Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan (Qarang: Finansi. Uchebnik dlya vuzov / Pod red. prof. M.V.Romanovskogo, O.V.Vrublevskoy, B.M.Sabanti. – M.: Finansi i statistika, 2000. s.44).  
 
  soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va fuqarolar 
o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
 to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, 
fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
 byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlari; 
 sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y 
bergan paytda aholi, korxonalar  hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari 
o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; 
  korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul 
munosabatlari. 
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bo‘lib 
mamlakatning  MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish 
va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi.  Aynan 
MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish fondining -  
hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) 
va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda 
MD statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir. 
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo‘lmaydi.  Moliya MDni yaratish 
va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. 
Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’ektiv harakterga 
ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis 
kategoriyasiga mansubdir. 
Shunday 
qilib, 
moliyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati, 
taraqqiyot 
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror 
ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va 
funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga 
kelishi jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. 
 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda 
davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va 
 soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;  to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;  byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;  sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;  korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bo‘lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir. Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’ektiv harakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va  
 
markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va 
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya 
deyiladi. 
 
2-savol bayoni. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u 
hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) 
moliyaviy siyosatga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi.  Uning yordamida MDni 
ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. 
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-yati “Davlat kimning 
hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu 
mablag‘lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon 
bo‘ladi. 
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy  
kategoriyalar, jumladan  baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. 
Tovar 
qiymatining 
pulda 
ifodalanishiga 
baho 
deyiladi. 
MDning 
taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak.  Baho mulkdorlarga 
mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining 
o‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich asos 
sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni tartibga soladi 
va shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini 
aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat 
baholarni tartibga solmasa, sotsial to‘lovlarni korrektirovka (o‘zgartirishga) qilishga 
va minimal ish haqini oshirishga majbur bo‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda 
ko‘p mamlakatlarida davlat sotsial ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning 
bahosini korrektirovka qilayotir (o‘zgarti-rayotir). Baho, shuningdek bojxonaviy 
tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan 
foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko‘plab tovar 
guruhlari bo‘yicha sotib olish olish bahosi bo‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan 
markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. 2-savol bayoni. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bog‘liq bo‘ladi. Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-yati “Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag‘lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MDning taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining o‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, sotsial to‘lovlarni korrektirovka (o‘zgartirishga) qilishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida davlat sotsial ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini korrektirovka qilayotir (o‘zgarti-rayotir). Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko‘plab tovar guruhlari bo‘yicha sotib olish olish bahosi bo‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan  
 
keskin farq qiluvchi normativ baholar bo‘yicha undiriladi. Shunga mos ravishda 
(boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat 
ichki bozoridagi baholar ortadi. 
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqdir. Ular hamkorlikda  kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining 
doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit 
institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifoda-laydi. 
Bank krediti sifatida sof ko‘rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog‘liq 
emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada aniqlangan -  bu 
daromadlar va harajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k.  Biroq, bir 
vaqtning o‘zida, kredit -  byudjet defitsiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi 
daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet harajatlarini qoplash uchun bank 
xizmatlari zarur bo‘lgan paytda)  qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar 
byudjet mablag‘lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo‘lsa, bu 
banklar uchun muhim ssuda manbaidir. 
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o‘zining qaytariluvchanligi va 
haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul 
mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi  hamda kredit va moliya pul  
munosabatlarining chegarasidan (ramkasidan) chetga chiqmay-di. Hatto, tovar 
krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul 
mablag‘larini akkumulyatsiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, 
haqlilik va muddatlilik asosida  ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar 
moliya qiymatning bir tomonlama va  qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan 
shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan 
o‘rnatilgan foizlarni to‘lagan holda qaytarilishi kerak. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha kategoriyalar pul  harakteriga, pul tabiatiga 
ega bo‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, 
ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to‘lanma, ya’ni pul deb atalishi  
keskin farq qiluvchi normativ baholar bo‘yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifoda-laydi. Bank krediti sifatida sof ko‘rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog‘liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va harajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning o‘zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet harajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo‘lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag‘lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo‘lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir. Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o‘zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan (ramkasidan) chetga chiqmay-di. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul mablag‘larini akkumulyatsiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o‘rnatilgan foizlarni to‘lagan holda qaytarilishi kerak. Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha kategoriyalar pul harakteriga, pul tabiatiga ega bo‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to‘lanma, ya’ni pul deb atalishi  
 
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul 
hisoblanadi. 
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda 
davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining 
qo‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan 
daromad va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish 
(emissiya qilish) bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob-
lanadi.  
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. 
Ular bir-birlaridan o‘zlarining funksiyalari va mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. 
Bunda kategoriyalarga tegishli bo‘lgan barcha belgilarning majmui ko‘rib 
chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent harakterga ega bo‘lgan 
va davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi  pul 
munosabatlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya 
mavjud bo‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o‘tsa, u boshqa iqtisodiy 
kategoriyalarning belgilarini o‘zida mujassam etadi. 
 
3-savol bayoni. Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon 
bo‘ladi. Moliya  quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 
1. Taqsimlash; 
2. Nazorat. 
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi5. Har 
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash 
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 
                                                          
 
5 Bir vaqtning o‘zida moliyaning  funksiyalari xususida moliyachi-olimlar o‘rtasida hamon bir to‘xtamga kelingani 
yo‘qligini ham qayd etib o‘tish kerak. Ayrim iqtisodchi-olimlarning fikricha, moliyaning funksiyalari 2tadan 
10tagacha tebranib boradi.  Masalan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat xizmati akademiyasi 
iqtisodchi-olimlarining fikriga muvofiq moliyaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: taqsimlash va qayta 
taqsimlash; rag‘batlantirish (tartibga solish); nazorat; takror ishlab chiqarish; takror ishlab chiqarishning barcha 
darajalarida uning jarayonlarini pul mablag‘lari bilan ta’minlash. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-
ye, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.21). 
 
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining qo‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob- lanadi. Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan o‘zlarining funksiyalari va mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli bo‘lgan barcha belgilarning majmui ko‘rib chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent harakterga ega bo‘lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosabatlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya mavjud bo‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o‘tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarning belgilarini o‘zida mujassam etadi. 3-savol bayoni. Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 1. Taqsimlash; 2. Nazorat. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi5. Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 5 Bir vaqtning o‘zida moliyaning funksiyalari xususida moliyachi-olimlar o‘rtasida hamon bir to‘xtamga kelingani yo‘qligini ham qayd etib o‘tish kerak. Ayrim iqtisodchi-olimlarning fikricha, moliyaning funksiyalari 2tadan 10tagacha tebranib boradi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat xizmati akademiyasi iqtisodchi-olimlarining fikriga muvofiq moliyaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: taqsimlash va qayta taqsimlash; rag‘batlantirish (tartibga solish); nazorat; takror ishlab chiqarish; takror ishlab chiqarishning barcha darajalarida uning jarayonlarini pul mablag‘lari bilan ta’minlash. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2- ye, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.21).  
 
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash harakteriga 
ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy 
funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni 
taqsimlashning turli bosqich-lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta 
taqsimlashda ishtirok etadi. 
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli 
darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli 
ko‘rinishlarini (xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) 
tug‘diruvchi ko‘p bosqichlilik xosdir.  
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy 
yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir 
bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar 
MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida 
shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: 
 moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va      xizmatchilarning 
ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari; 
 moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. 
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va 
madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini 
ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda MDni yanada 
taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: 
 xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali 
va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta 
taqsimlash bilan; 
 ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining 
(maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) 
ham mavjudligi bilan; 
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash harakteriga ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqich-lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug‘diruvchi ko‘p bosqichlilik xosdir. Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi:  moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;  moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;  ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;  
 
 aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash 
bilan. 
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi”  
daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi 
tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish 
borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni 
birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish 
nisbatlariga transformatsiya qilinishiga (aylanishiga, o‘zgarishiga) ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy 
resurslar  va eng avvalo,  bir tomondan pul fondlarining o‘lchami va ularning 
tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol 
predmetlarining hajmi va tuzilmasi o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. 
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy 
iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq 
xo‘jaligi, transport, energetika va h.k.) rivojlantirish  maqsadlarida, aholining eng 
kam ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg‘iz va ko‘p bolali onalar 
va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo‘jalikning ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning 
alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining sotsial guruhlari o‘rtasida 
sodir bo‘ladi. 
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va MDni taqsimlash va qayta 
taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, 
iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, 
aholi keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu 
jarayonlarda moliyaning roli kam harajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, 
moliya-xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har 
 aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan. Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun xizmat qiladi. MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformatsiya qilinishiga (aylanishiga, o‘zgarishiga) ta’sir ko‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining o‘lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlarining hajmi va tuzilmasi o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg‘iz va ko‘p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo‘jalikning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining sotsial guruhlari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam harajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya-xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har  
 
bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish 
vazifalariga bo‘ysundirilgan. 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta 
taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg‘arilishiga, iste’mol 
sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu ma’noda,  moliya iqtisodiyotning davlat 
va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va sotsial infrastrukturani, ilmiy-texnika 
taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda  hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. 
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:  
 xo‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari 
darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga; 
 xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta 
taqsimlashni sodir etishga; 
 xo‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar 
tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. 
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning 
instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv 
ravishda o‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga 
taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish orqali namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat 
funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. 
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati 
tashkil etadi. Ana shu harakatning harkteridan kelib chiqqan holda jamiyat  pul 
mablag‘larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga 
kelayotganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o‘z 
vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega 
bo‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, 
moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo‘qki, bu 
narsa 
yuqoridagi 
har 
ikki 
funksiya 
koordinatsiya 
qilinishining 
(muvofiqlashtirilishining) zarurligi to‘g‘risida darak berayotir. 
bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bo‘ysundirilgan. Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg‘arilishiga, iste’mol sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va sotsial infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:  xo‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga;  xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;  xo‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda o‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning harkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag‘larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kelayotganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo‘qki, bu narsa yuqoridagi har ikki funksiya koordinatsiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi to‘g‘risida darak berayotir.  
 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi 
ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-
texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish 
sifatini uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish sohalarini to‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, 
moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor 
foydalanish, noishlab chiqarish harajatlari va yo‘qotmalarni qisqar-tirish, xo‘jasizlik 
va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. 
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy  
masalalar bo‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, 
banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to‘lovlar 
bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ekt-larning o‘zaro majburiyatlari bajarilishining 
o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini tekshirish hisoblanadi. 
Moliya organlarining ko‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat 
funksiyasi namoyon bo‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari 
moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va harajatlar 
qismining 
bajarilishida 
moliyaviy 
nazoratni 
amalga 
oshiradilar. 
Bozor 
munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy 
nazoratning shakl va metodlari keskin o‘zgaradi. 
 
 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy- texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish harajatlari va yo‘qotmalarni qisqar-tirish, xo‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ekt-larning o‘zaro majburiyatlari bajarilishining o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining ko‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bo‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va harajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o‘zgaradi.