MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI

Yuklangan vaqt

2025-02-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

28

Faytl hajmi

2,7 MB


 
 
 
 
 
 
MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI 
 
 
MUNDARIJA: 
KIRISH 
I BOB Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari 
1.1  Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga 
qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri  
1.2 Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik, 
nobarqaror va inqirozli holatlar 
II BOB Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va 
ularning tahlili 
2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili   
2.2 Korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ichki 
imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI MUNDARIJA: KIRISH I BOB Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari 1.1 Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri 1.2 Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar II BOB Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va ularning tahlili 2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili 2.2 Korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ichki imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
 
~ 2 ~ 
 
 
KIRISH 
       Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari 
o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va 
standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning 
muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, 
metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni 
unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo 
qilmoqda.  
        Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning 
ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar 
rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini 
belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib 
bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy 
hisobotlardir.1  
        Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi, istalgan 
korxonada yoki xo’jalik subyektlarida moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish va har 
bir bajarilayotgan harakatlarni tahlil qilishni chuqur o’rgatish. 
Quyida berilgan vazifalar orqali xo’jalik subyekti yoki korxonani o’rganish va 
chuqur tahlil qilish kerak bo’ladi: 
-xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz 
ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;  
- reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan 
ularning ta’sirchanligiga baho berish;  
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning 
samaradorligiga baho berish;  
- faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;  
                                                          
 
1. 
1 Raximov M.Y., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik.T.: Iqtisod Moliya, 2019. - 736 b.
~ 2 ~ KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda. Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir.1 Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi, istalgan korxonada yoki xo’jalik subyektlarida moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish va har bir bajarilayotgan harakatlarni tahlil qilishni chuqur o’rgatish. Quyida berilgan vazifalar orqali xo’jalik subyekti yoki korxonani o’rganish va chuqur tahlil qilish kerak bo’ladi: -xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; - reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish; - faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; 1. 1 Raximov M.Y., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik.T.: Iqtisod Moliya, 2019. - 736 b.
 
~ 3 ~ 
 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish 
vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini 
baholash;  
- xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit 
o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.  
- iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni 
orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash 
va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;  
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat. 
Kurs ishining predmeti va obyekti. Kurs ishining predmeti odatda yoritilgan 
mavzu yoki korxona tahlil davri atrofida aylanib, talabalarning ushbu mavzu 
bo‘yicha bilim va tushunchalarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Kurs ishining 
obyekti esa talabalarning mavzuni o'zlashtirganliklarini tadqiq qilish, tahlil qilish va 
tahlil qilingan xo’jalik subyekti yoki korxona ma'lumotlarni etkazish orqali 
ko'rsatishdir.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I BOB. Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari   
      Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy 
barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan 
bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona 
mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab
~ 3 ~ - xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash; - xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash. - iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash; - belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat. Kurs ishining predmeti va obyekti. Kurs ishining predmeti odatda yoritilgan mavzu yoki korxona tahlil davri atrofida aylanib, talabalarning ushbu mavzu bo‘yicha bilim va tushunchalarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Kurs ishining obyekti esa talabalarning mavzuni o'zlashtirganliklarini tadqiq qilish, tahlil qilish va tahlil qilingan xo’jalik subyekti yoki korxona ma'lumotlarni etkazish orqali ko'rsatishdir. I BOB. Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab
 
~ 4 ~ 
 
chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday 
korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin.  
      Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa 
muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa 
uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi.  
      Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning 
bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni 
makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida 
bo‘lib kelgan.  
      Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, 
firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash 
amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga 
ahamiyat qaratiladi.  
    Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan 
foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.  
- firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati;  
- korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti;  
- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti;  
- foizlarni qoplash koeffitsiyenti.  
      Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi, 
foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari 
hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay 
darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi.  
      Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat 
qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil 
etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‘lar 
bilan ta’minlanganligiga, moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va 
bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga.  
       Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi.
~ 4 ~ chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin. Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi. Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. - firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati; - korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti; - aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti; - foizlarni qoplash koeffitsiyenti. Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga, moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga. Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi.
 
~ 5 ~ 
 
       Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish 
zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini 
ifoda etadi.  
       Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga 
albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali, 
qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va 
qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi. 
      Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 
ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va moliyalashtirishda qisqa 
muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi.  
      Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va 
zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:  
- aktivlar (uzoq muddatli);  
- ishlab chiqarish zaxiralari;  
- o‘z mablag‘lari manbasi;  
- uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar); 
- qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar). 
      Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‘lomlashtirishning aniq 
chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning 
ham muhim omili hisoblanadi. Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e’tiborni, birinchi 
navbatda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ularning kelgusida 
barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim.  
      Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish 
darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan moliyaviy 
munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni 
xarakterlaydi.  
      Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va zaxiralarni 
moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‘z va qarz 
mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi.
~ 5 ~ Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini ifoda etadi. Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi. Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va moliyalashtirishda qisqa muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi. Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: - aktivlar (uzoq muddatli); - ishlab chiqarish zaxiralari; - o‘z mablag‘lari manbasi; - uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar); - qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar). Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‘lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omili hisoblanadi. Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e’tiborni, birinchi navbatda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ularning kelgusida barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim. Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi. Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‘z va qarz mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi.
 
~ 6 ~ 
 
      Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili bu uning 
faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga asoslangan 
tartibining saqlanishidir.  
      Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib o‘tish mumkin: 
SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki 
SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100 
Bu yerda: 
SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi;  
ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi;  
XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi;  
A1/A0 - aktivlarning o‘sishi.  
       Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari ham 
moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta’minlay olmaydi‚ agar ular orasidagi 
yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni mutlaq 
ifodalarini o‘rganishda bazan korxonaning foyda bilan chiqish hollarida ham 
nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va 
uning o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni 
ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi.  
       Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar bo‘yicha jamlangan 
qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida aks etadi. Ushbu qatorning 
realligini ta’minlash yuzasidan ko‘pincha debitorlik majburiyatlarining qisqa 
muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi. Bu jarayon faqat ularning 
pullik ko‘rinishda aktivda to‘planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari 
bo‘yicha to‘planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ ko‘pincha passiv 
tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi ta’minlanmaydi.  
       Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko‘payib ketishi ham 
firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning holati 
ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan oldi-sotdi 
munosabatlariga ta’sir etadi. Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug‘iladi.
~ 6 ~ Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili bu uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga asoslangan tartibining saqlanishidir. Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib o‘tish mumkin: SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100 Bu yerda: SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi; ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi; XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi; A1/A0 - aktivlarning o‘sishi. Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari ham moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta’minlay olmaydi‚ agar ular orasidagi yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni mutlaq ifodalarini o‘rganishda bazan korxonaning foyda bilan chiqish hollarida ham nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va uning o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi. Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar bo‘yicha jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida aks etadi. Ushbu qatorning realligini ta’minlash yuzasidan ko‘pincha debitorlik majburiyatlarining qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi. Bu jarayon faqat ularning pullik ko‘rinishda aktivda to‘planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari bo‘yicha to‘planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ ko‘pincha passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi ta’minlanmaydi. Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko‘payib ketishi ham firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning holati ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir etadi. Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug‘iladi.
 
~ 7 ~ 
 
Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur 
yetadi.  
        Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning 
moliyaviy holatiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi eng 
birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining 
yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‘lmasligi shartlari 
bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega 
bo‘lmog‘i, uning to‘g‘ri nisbatini saqlashi lozim.  
       Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish 
yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini 
hisobkitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya 
yetarli bo‘lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish 
biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚ 
aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda albatta foyda 
omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratish lozim.     
       Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik 
koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik 
koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining 
jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari 
kiradi.  
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini 
qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan.  
Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari:  
Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini 
baholash;  
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;  
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan 
samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;  
Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish;
~ 7 ~ Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur yetadi. Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning moliyaviy holatiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‘lmasligi shartlari bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega bo‘lmog‘i, uning to‘g‘ri nisbatini saqlashi lozim. Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini hisobkitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo‘lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚ aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratish lozim. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan. Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini baholash; Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish;
 
~ 8 ~ 
 
Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o‘zgarishlarga 
ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash.  
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:  
Ichki omillar: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to‘g‘ri 
boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri 
boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish.  
Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat va 
kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari o‘zgarishi, soliq va kredit 
qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat (iqtisodning 
tartiblanishi, rag‘batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati.      
        Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va 
qo‘shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot 
shakllari kiradi.  
     Qo‘shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik 
manbalar va boshqa manbalar kiradi.
~ 8 ~ Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o‘zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Ichki omillar: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to‘g‘ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish. Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat va kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari o‘zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag‘batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati. Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va qo‘shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllari kiradi. Qo‘shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi.
 
~ 9 ~ 
 
 
 
 
1.1 Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, 
to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri  
      Korxonaning iqtisodiy resurslari.  
      Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‘rish yuzasidan mahsulot ishlab 
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan tabiiy, ishlab 
chiqarish va inson omillaridir.  
      Iqtisodiy resurslar ko‘pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi. Ular 
qatoriga mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (pul mablag‘lari, qimmatli 
qog‘ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar, 
tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular, 
bilimlar, axborotlar).  
      Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining 
jamlangan hisobotlarda aks etishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslarni buxgalterlar, 
analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin. Buxgalteriya 
balansida aktivlar (ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda) siklik 
jarayonda qatnashishi va muhim xususiyatlariga ko‘ra (operatsion, investitsion, 
moliyaviy) uzoq muddatli va joriy aktivlarga tarkiblangan. Uzoq muddatli aktivlarda 
asosiy kapitalning, joriy aktivlarda aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari 
ifoda etiladi.  
      Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish 
manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari hisobiga) 
nazarda tutiladi.  
      Korxonalarning o‘z majburiyatlarini (joriy va uzoq muddatli) to‘lash 
imkoniyatlarini uning to‘lov layoqati ifoda etadi.
~ 9 ~ 1.1 Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri Korxonaning iqtisodiy resurslari. Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‘rish yuzasidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan tabiiy, ishlab chiqarish va inson omillaridir. Iqtisodiy resurslar ko‘pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi. Ular qatoriga mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar, tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular, bilimlar, axborotlar). Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining jamlangan hisobotlarda aks etishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslarni buxgalterlar, analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin. Buxgalteriya balansida aktivlar (ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda) siklik jarayonda qatnashishi va muhim xususiyatlariga ko‘ra (operatsion, investitsion, moliyaviy) uzoq muddatli va joriy aktivlarga tarkiblangan. Uzoq muddatli aktivlarda asosiy kapitalning, joriy aktivlarda aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari ifoda etiladi. Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari hisobiga) nazarda tutiladi. Korxonalarning o‘z majburiyatlarini (joriy va uzoq muddatli) to‘lash imkoniyatlarini uning to‘lov layoqati ifoda etadi.
 
~ 10 ~ 
 
      Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‘lov layoqati korxona 
moliyaviy barqarorligining muhim ta’sir birliklari hisoblanadi. 
 
        
 
 
      
Korxonaning iqtisodiy resurslari davr boshiga nisbatan 11 078 788 407 ming so‘mga 
ortgan. Jumladan uzoq muddatli aktivlardagi o‘zgarish 2 373 468 015 ming so‘mni, 
joriy aktivlardagi o‘zgarish 8 705 320 392 ming so‘mni tashkil qilgan. Uzoq 
muddatli aktivlardagi asosiy o‘zgarish asosiy vositalar qatoriga to‘g‘ri keladi. Joriy 
aktivlar tarkibida eng yuqori o‘zgarish kelgusi davr xarajatlari qatoriga to‘g‘ri 
keladi.
~ 10 ~ Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‘lov layoqati korxona moliyaviy barqarorligining muhim ta’sir birliklari hisoblanadi. Korxonaning iqtisodiy resurslari davr boshiga nisbatan 11 078 788 407 ming so‘mga ortgan. Jumladan uzoq muddatli aktivlardagi o‘zgarish 2 373 468 015 ming so‘mni, joriy aktivlardagi o‘zgarish 8 705 320 392 ming so‘mni tashkil qilgan. Uzoq muddatli aktivlardagi asosiy o‘zgarish asosiy vositalar qatoriga to‘g‘ri keladi. Joriy aktivlar tarkibida eng yuqori o‘zgarish kelgusi davr xarajatlari qatoriga to‘g‘ri keladi.
 
~ 11 ~ 
 
      Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasida quyidagi o‘zgarishlar kuzatilgan. 
O‘z mablag‘lari manbasidagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 2 378 438 610 ming 
so‘mga, majburiyatlardagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 8 700 349 797 ming 
so‘mga ortgan. O‘z mablag‘lari tarkibida asosiy manba sifatida rezerv kapitali 
tarkiblangan. Uning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 383 571 493 ming so‘mni 
tashkil qilgan. Majburiyatlar qatorida uzoq muddatli majburiyatlarning davr boshiga 
nisbatan o‘zgarishi 7 628 523 003 ming so‘mni tashkil qilgan.
~ 11 ~ Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasida quyidagi o‘zgarishlar kuzatilgan. O‘z mablag‘lari manbasidagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 2 378 438 610 ming so‘mga, majburiyatlardagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 8 700 349 797 ming so‘mga ortgan. O‘z mablag‘lari tarkibida asosiy manba sifatida rezerv kapitali tarkiblangan. Uning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 383 571 493 ming so‘mni tashkil qilgan. Majburiyatlar qatorida uzoq muddatli majburiyatlarning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 7 628 523 003 ming so‘mni tashkil qilgan.
 
~ 12 ~ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.2 Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik, 
nobarqaror va inqirozli holatlar  
        O‘zbekiston 
amaliyotida 
moliyaviy 
barqarorlikni 
baholash 
bo‘yicha 
ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish natijasida shuni alohida qayd etish lozimki,
~ 12 ~ 1.2 Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar O‘zbekiston amaliyotida moliyaviy barqarorlikni baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish natijasida shuni alohida qayd etish lozimki,
 
~ 13 ~ 
 
moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlar tizimi turli manbalarda turlicha keltiriladi. 
Ularning sonini aniq aytish qiyin. Lekin shunga qaramay ularni balansning tarkibiy 
qismlari va jamlangan qatorlariga nisbatan bir tizimga solish mumkin.  
      Moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi ikkita 
tarkib bo‘yicha guruhlanishi ham mumkin:  
      1. Aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy tuzilishi bo‘yicha moliyaviy 
barqarorlik ko‘rsatkichlari. Ular qatoriga moliyaviy mustaqillik (avtonomiya), 
moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, qoplash koeffitsiyenti va 
boshqa ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin. Mazkur qator bo‘yicha moliyaviy 
barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar sifatida boshqa manbalarda uzoq 
muddatli aktivlar, joriy aktivlar, o‘z mablag‘lari manbasi va majburiyatlar bilan 
bog‘liq ko‘rsatkichlarini alohida tarkiblash tartibi belgilangan.  
      2. Aktivlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barqarorlik ko‘rsatkichlari. Mazkur 
ko‘rsatkichlarga o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, manevrlik 
koeffitsiyenti, 
tovar-moddiy 
zaxiralarning 
o‘z 
mablag‘lari 
hisobiga 
moliyalashtirilishi, sof aylanma aktivlar naqdligi ya’ni, o‘z aylanma mablag‘larining 
turli aktivlar va kapitalga nisbati orqali hisob-kitob qilinuvchi koeffitsiyentlar kiradi.  
      Moliyaviy barqarorlikning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston va 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari amaliyotida me’yor darajalarini 
belgilashga 
amal 
etiladi. 
Lekin 
ushbu 
amaliyotdan 
xalqaro 
tajribada 
foydalanilmaydi.  
      Moliyaviy barqarorlikni baholashda yana bir muhim farqli jihat ularning mutlaq 
ifodada o‘rganilishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur tartib bo‘yicha moliyaviy 
barqarorlikning uchta muhim ko‘rsatkichi baholanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar 
qatoriga quyidagilar kiritiladi: 
          1.O‘z aylanma mablag‘larining naqdligi (O‘AMN);  
O‘AMN = O‘MM - UMA 
Bunda:  
O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi;  
UMA – uzoq muddatli aktivlar.
~ 13 ~ moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlar tizimi turli manbalarda turlicha keltiriladi. Ularning sonini aniq aytish qiyin. Lekin shunga qaramay ularni balansning tarkibiy qismlari va jamlangan qatorlariga nisbatan bir tizimga solish mumkin. Moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi ikkita tarkib bo‘yicha guruhlanishi ham mumkin: 1. Aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy tuzilishi bo‘yicha moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari. Ular qatoriga moliyaviy mustaqillik (avtonomiya), moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, qoplash koeffitsiyenti va boshqa ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin. Mazkur qator bo‘yicha moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar sifatida boshqa manbalarda uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, o‘z mablag‘lari manbasi va majburiyatlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini alohida tarkiblash tartibi belgilangan. 2. Aktivlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barqarorlik ko‘rsatkichlari. Mazkur ko‘rsatkichlarga o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, manevrlik koeffitsiyenti, tovar-moddiy zaxiralarning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi, sof aylanma aktivlar naqdligi ya’ni, o‘z aylanma mablag‘larining turli aktivlar va kapitalga nisbati orqali hisob-kitob qilinuvchi koeffitsiyentlar kiradi. Moliyaviy barqarorlikning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari amaliyotida me’yor darajalarini belgilashga amal etiladi. Lekin ushbu amaliyotdan xalqaro tajribada foydalanilmaydi. Moliyaviy barqarorlikni baholashda yana bir muhim farqli jihat ularning mutlaq ifodada o‘rganilishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur tartib bo‘yicha moliyaviy barqarorlikning uchta muhim ko‘rsatkichi baholanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiritiladi: 1.O‘z aylanma mablag‘larining naqdligi (O‘AMN); O‘AMN = O‘MM - UMA Bunda: O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi; UMA – uzoq muddatli aktivlar.
 
~ 14 ~ 
 
             2. Zaxira va xarajatlarni o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilish 
manbasi (O‘QMHM);  
O‘QMHM = O‘AMN + UMKQ 
Bunda:  
UMKQ – uzoq muddatli kreditlar va qarzlar  
              3. Zaxira va xarajatlarni jami manbalar hisobiga moliyalashtirish manbasi 
(JMHM); 
JMHM = O‘QMHM + QMKQ 
Bu yerda:  
QMKQ – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar (ular qatoriga mol yetkazib beruvchi 
va pudratchilar bilan hisob-kitoblar ham qo‘shiladi). 
 
 
 
 
 
 
 
      Zaxira va xarajatlarni manbalashda mablag‘lar yetarliligi va yetishmasligini 
koeffitsiyent usulida ham hisob-kitob qilish mumkin. Koeffitsiyent usuli zaxira va 
xarajatlarni moliyalashtirishdagi holatni qiyosiy o‘rganish, uning ijobiy siljishlarini 
o‘rganishda muhim hisoblanadi.
~ 14 ~ 2. Zaxira va xarajatlarni o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilish manbasi (O‘QMHM); O‘QMHM = O‘AMN + UMKQ Bunda: UMKQ – uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 3. Zaxira va xarajatlarni jami manbalar hisobiga moliyalashtirish manbasi (JMHM); JMHM = O‘QMHM + QMKQ Bu yerda: QMKQ – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar (ular qatoriga mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar ham qo‘shiladi). Zaxira va xarajatlarni manbalashda mablag‘lar yetarliligi va yetishmasligini koeffitsiyent usulida ham hisob-kitob qilish mumkin. Koeffitsiyent usuli zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishdagi holatni qiyosiy o‘rganish, uning ijobiy siljishlarini o‘rganishda muhim hisoblanadi.
 
~ 15 ~ 
 
       Zaxira va xarajatlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
koeffitsiyenti, joriy aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
koeffitsiyentining tarkibiy qatori hisoblanadi. Zaxira va xarajatlarni tegishli 
manbalar hisobidan moliyalashtirishning amaldagi holatidan kelib chiqib 
korxonaning barqarorlik darajasiga ham baho berish mumkin. Amaldagi normalar 
quyidagi shartlar asosida tuzib chiqilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
        Korxonada moliyaviy ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirishda o‘z 
mablag‘lari, qarz mablag‘lari yetarligi va yetishmasligi tahlili yuzasidan shuni 
ta’kidlash lozimki, o‘tgan davrga nisbatan joriy davrda ko‘rsatkichlar ijobiy 
tomonga o‘zgargan. Zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishning ikkita sharti 
bajarilgan. Korxona moliyaviy barqarorligining mutlaq ifodasini umumiy jihatdan 
ijobiy baholash mumkin.
~ 15 ~ Zaxira va xarajatlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti, joriy aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyentining tarkibiy qatori hisoblanadi. Zaxira va xarajatlarni tegishli manbalar hisobidan moliyalashtirishning amaldagi holatidan kelib chiqib korxonaning barqarorlik darajasiga ham baho berish mumkin. Amaldagi normalar quyidagi shartlar asosida tuzib chiqilgan. Korxonada moliyaviy ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirishda o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari yetarligi va yetishmasligi tahlili yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, o‘tgan davrga nisbatan joriy davrda ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgargan. Zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishning ikkita sharti bajarilgan. Korxona moliyaviy barqarorligining mutlaq ifodasini umumiy jihatdan ijobiy baholash mumkin.
 
~ 16 ~ 
 
 
 
 
II BOB. Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va 
ularning tahlili  
       Shuni alohida qayd etish lozimki, moliyaviy barqarorlikni baholashda 
moliyaviy 
koeffitsiyentlarning 
hisob-kitobida 
qandaydir 
yagona 
tizimga 
tayanilmaydi. Ularning turli manbalarda turlicha turlari va tarkibi keltiriladi.  
       Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari – kompaniya egalari va kreditorlar 
o‘rtasidagi tavakkalchilikning qanday taqsimlanganligini ko‘rsatadi.  
      Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida – balansning aktivi va passivi 
tarkibini tavsiflovchi, aktivlar va passivlarning alohida obyektlari o‘rtasidagi 
munosabatlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi.  
       Moliyaviy holat va barqarorlikni koeffitsiyentlarda baholash korxonaning joriy 
va istiqboldagi moliyaviy ahvoliga baho berishda eng maqbul usul hisoblanadi.  
       Moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:  
- moliyaviy barqarorlikning uzoq muddatli va joriy aktivlar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlari.        
- moliyaviy barqarorlikning o‘z mablag‘lari va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
ko‘rsatkichlari;
~ 16 ~ II BOB. Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va ularning tahlili Shuni alohida qayd etish lozimki, moliyaviy barqarorlikni baholashda moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobida qandaydir yagona tizimga tayanilmaydi. Ularning turli manbalarda turlicha turlari va tarkibi keltiriladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari – kompaniya egalari va kreditorlar o‘rtasidagi tavakkalchilikning qanday taqsimlanganligini ko‘rsatadi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida – balansning aktivi va passivi tarkibini tavsiflovchi, aktivlar va passivlarning alohida obyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi. Moliyaviy holat va barqarorlikni koeffitsiyentlarda baholash korxonaning joriy va istiqboldagi moliyaviy ahvoliga baho berishda eng maqbul usul hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - moliyaviy barqarorlikning uzoq muddatli va joriy aktivlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari. - moliyaviy barqarorlikning o‘z mablag‘lari va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari;
 
~ 17 ~ 
 
 
       Korxonalar moliyaviy barqarorligiga baho berishda avtonomiya, moliyaviy 
qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, o‘z aylanma mablag‘lari bilan 
ta’minlanganlik, manyovrlik, xususiy kapitalning jamlanish koeffitsiyentlariga 
muhim ahamiyat qaratiladi.  
       Xalqaro amaliyotda moliyaviy barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlari qatoriga: 
avtonomiya koeffitsiyenti; kapitallashuv koeffitsiyenti (sapitalization ratio); 
aktivlarni qoplash koeffitsiyenti (asset coverage ratio); investitsiyalarni qoplanish 
koeffitsiyenti; foizlarni qoplash koeffitsiyenti (Interest coverage ratio); moliyaviy 
qaramlik koeffitsiyenti (Debt ratio); majburiyatlarning EBITDA ga nisbati 
koeffitsiyentlari kiradi. Mazmun jihatdan ularning qiyosiy farqlanishi amaldagi 
tartiblardan farqlanmaydi. Shu bilan birga, bugungi kunda moliyaviy hisobotlarni 
xalqaro standartlariga o‘tilishi yoki ularga transformatsiyalash amaliyotining joriy
~ 17 ~ Korxonalar moliyaviy barqarorligiga baho berishda avtonomiya, moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, manyovrlik, xususiy kapitalning jamlanish koeffitsiyentlariga muhim ahamiyat qaratiladi. Xalqaro amaliyotda moliyaviy barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlari qatoriga: avtonomiya koeffitsiyenti; kapitallashuv koeffitsiyenti (sapitalization ratio); aktivlarni qoplash koeffitsiyenti (asset coverage ratio); investitsiyalarni qoplanish koeffitsiyenti; foizlarni qoplash koeffitsiyenti (Interest coverage ratio); moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti (Debt ratio); majburiyatlarning EBITDA ga nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Mazmun jihatdan ularning qiyosiy farqlanishi amaldagi tartiblardan farqlanmaydi. Shu bilan birga, bugungi kunda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlariga o‘tilishi yoki ularga transformatsiyalash amaliyotining joriy
 
~ 18 ~ 
 
etilishi bilan aniqlanadigan moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining bir xil 
shakliga ham o‘tilmoqda. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili  
      Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va 
uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy 
ahvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni o‘stirishning zaruriy sharti 
hisoblanadi.  
       Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik deganda joriy faoliyatning o‘z 
mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Agar moliyalashtirishga o‘z
~ 18 ~ etilishi bilan aniqlanadigan moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining bir xil shakliga ham o‘tilmoqda. 2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy ahvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni o‘stirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik deganda joriy faoliyatning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Agar moliyalashtirishga o‘z
 
~ 19 ~ 
 
mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, u holda majburiyatlar, qarzga olingan mablag‘lar 
hisobiga ehtiyoj ta’minlanadi. Lekin bu holat faoliyat natijaviyligining asosiy 
qismini qarz beruvchilar tomonidan olib qo‘yilishiga olib keladi. Shu bilan birga, 
globallashgan va kuchli raqobatga asoslangan iqtisodiyotda aktivlarni, faoliyatni 
moliyalashtirishning mazmuni tubdan o‘zgarganligini ham qayd etib o‘tish lozim. 
Negaki, faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina bugungi iqtisodiyotni rivojlantirishni 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga qarz munosabatlaridagi imtiyozli shartlar, 
imkoniyatlar tufayli firma va kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari har 
qachongidan ham qarz kapitaliga ko‘proq zaruriyat sezmoqdalar. Bugungi kunda 
faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina moliyalashtirilgan bironta korxonani uchratish 
qiyin.  
       Aktivlar buxgalteriya balansida qayd etilgan tartib bo‘yicha uzoq muddatli va 
joriy aktivlarga bo‘linadi. Aktivlarni moliyalashtirish manbalarini ham yagona 
tarkibga ko‘ra o‘z va qarz mablag‘lariga ajratish mumkin. O‘z mablag‘lari bu 
xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan mablag‘lar 
manbasini (ustav, rezerv, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘zlik 
mablag‘lari) ifoda etsa, qarz mablag‘lari uzoq va qisqa muddatli (joriy) 
majburiyatlar hisobiga aktivlarni moliyalashtirishni xarakterlaydi.  
       Majburiyatlarning uzoq muddatli aktivlarga yo‘naltirilgan qismi uzoq muddatli 
(bir yildan ortiq muddatga) majburiyatlar sifatida, zaxiralarga yo‘naltirilganda (bir 
yilga qadar) qisqa muddatli majburiyatlar sifatida tarkiblanadi.  
       Aylanma aktivlar qatoriga tovar-moddiy zaxiralar hamda tugallanmagan ishlab 
chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiritiladi.  
       Birinchi guruhga asosiy qismini tovar-moddiy zaxiralarning aktiv qismi bo‘lgan 
ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi.  
       Ikkinchi guruh albatta korxonaning yoki tarmoqning, ishlab chiqarish va 
ta’minotning, faoliyat va texnologiyalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan aylanma 
aktivlar qiymati orqali shakllanadi.  
       Tahlilda asosiy e’tibor: pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishiga; 
aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasiga; aylanma mablag‘lardan samarali va
~ 19 ~ mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, u holda majburiyatlar, qarzga olingan mablag‘lar hisobiga ehtiyoj ta’minlanadi. Lekin bu holat faoliyat natijaviyligining asosiy qismini qarz beruvchilar tomonidan olib qo‘yilishiga olib keladi. Shu bilan birga, globallashgan va kuchli raqobatga asoslangan iqtisodiyotda aktivlarni, faoliyatni moliyalashtirishning mazmuni tubdan o‘zgarganligini ham qayd etib o‘tish lozim. Negaki, faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina bugungi iqtisodiyotni rivojlantirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga qarz munosabatlaridagi imtiyozli shartlar, imkoniyatlar tufayli firma va kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari har qachongidan ham qarz kapitaliga ko‘proq zaruriyat sezmoqdalar. Bugungi kunda faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina moliyalashtirilgan bironta korxonani uchratish qiyin. Aktivlar buxgalteriya balansida qayd etilgan tartib bo‘yicha uzoq muddatli va joriy aktivlarga bo‘linadi. Aktivlarni moliyalashtirish manbalarini ham yagona tarkibga ko‘ra o‘z va qarz mablag‘lariga ajratish mumkin. O‘z mablag‘lari bu xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan mablag‘lar manbasini (ustav, rezerv, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘zlik mablag‘lari) ifoda etsa, qarz mablag‘lari uzoq va qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar hisobiga aktivlarni moliyalashtirishni xarakterlaydi. Majburiyatlarning uzoq muddatli aktivlarga yo‘naltirilgan qismi uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) majburiyatlar sifatida, zaxiralarga yo‘naltirilganda (bir yilga qadar) qisqa muddatli majburiyatlar sifatida tarkiblanadi. Aylanma aktivlar qatoriga tovar-moddiy zaxiralar hamda tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiritiladi. Birinchi guruhga asosiy qismini tovar-moddiy zaxiralarning aktiv qismi bo‘lgan ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi. Ikkinchi guruh albatta korxonaning yoki tarmoqning, ishlab chiqarish va ta’minotning, faoliyat va texnologiyalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan aylanma aktivlar qiymati orqali shakllanadi. Tahlilda asosiy e’tibor: pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishiga; aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasiga; aylanma mablag‘lardan samarali va
 
~ 20 ~ 
 
optimal foydalanish darajasiga; tejamkorlikni ta’minlashdagi imkoniyatlarni 
aniqlashga; iqtisod qilish hisobiga foydani o‘stirishning aniq yechimlariga 
qaratiladi.  
       Asosiy maqsadi – aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda yo‘l 
qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash, ularni oldini olish, moliyaviy holatni 
yaxshilash yuzasidan tegishli imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yishdan iborat.  
       Tahlilda aylanma mablag‘larni me’yorlash masalasiga muhim ahamiyat 
beriladi. Me’yorlashtiriladigan va me’yorlashtirilmaydigan aylanma aktivlar 
ularning ishlab chiqarishdagi va texnologik jarayonlardagi xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda belgilanadi.  
       Ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar, tayyor mahsulotlarning ombor qoldiqlari 
me’yorlashtiriladigan aylanma aktivlar qatoriga kiritiladi. Qolgan joriy aktivlar 
me’yorlashtirilmaydigan aylanma aktivlar hisoblanadi.  
       Aylanma mablag‘lar samaradorligini baholashda ularning aylanuvchanlik 
koeffitsiyentlariga va aylanish davriga baho beriladi.  
       Aylanuvchanlikni oshirish va aylanish davrini qisqartirish aylanma aktivlar 
intensiv foydalanuvchanlik darajasini ifoda etadi.  
       Aylanma mablag‘lar naqdligini baholashda sof aktivlar qiymatiga muhim 
ahamiyat qaratiladi.  
       Sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari bilan 
ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni xo‘jalik yurituvchi 
subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk qiymati tushuniladi. 
Sof aktivlar qiymatini aniqlash formulasi quyidagi bog‘lanishda bo‘ladi: 
Aktivlar – Majburiyatlar = Sof aktivlar
~ 20 ~ optimal foydalanish darajasiga; tejamkorlikni ta’minlashdagi imkoniyatlarni aniqlashga; iqtisod qilish hisobiga foydani o‘stirishning aniq yechimlariga qaratiladi. Asosiy maqsadi – aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash, ularni oldini olish, moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan tegishli imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yishdan iborat. Tahlilda aylanma mablag‘larni me’yorlash masalasiga muhim ahamiyat beriladi. Me’yorlashtiriladigan va me’yorlashtirilmaydigan aylanma aktivlar ularning ishlab chiqarishdagi va texnologik jarayonlardagi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar, tayyor mahsulotlarning ombor qoldiqlari me’yorlashtiriladigan aylanma aktivlar qatoriga kiritiladi. Qolgan joriy aktivlar me’yorlashtirilmaydigan aylanma aktivlar hisoblanadi. Aylanma mablag‘lar samaradorligini baholashda ularning aylanuvchanlik koeffitsiyentlariga va aylanish davriga baho beriladi. Aylanuvchanlikni oshirish va aylanish davrini qisqartirish aylanma aktivlar intensiv foydalanuvchanlik darajasini ifoda etadi. Aylanma mablag‘lar naqdligini baholashda sof aktivlar qiymatiga muhim ahamiyat qaratiladi. Sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk qiymati tushuniladi. Sof aktivlar qiymatini aniqlash formulasi quyidagi bog‘lanishda bo‘ladi: Aktivlar – Majburiyatlar = Sof aktivlar