MOLIYAVIY BOSHQARUV

Yuklangan vaqt

2024-11-11

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

64,6 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYAVIY BOSHQARUV 
 
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati 
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari 
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 
 
               1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati 
 
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’yektni rivojlantirish va takomillashtirish 
maqsadida  unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida 
moliyaviy resurslarni  qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo 
etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko‘rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv 
ob’yektiga maqsadga yo‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. 
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan moliyaviy 
resurslarni sog‘lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini 
takomillashtirishi va bu resurslarning samarali  hamda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni 
amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani (muammoni) bajarish (echish) moliyaviy 
boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan. 
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib,  boshqariladigan (ob’yektlar) va 
boshqaruvchi (sub’yektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu erda 
moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to‘plamidan (majmuidan) iborat bo‘lgan moliya 
tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to‘plamidan (majmuidan) 
iborat bo‘lgan moliya tizimini o‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil 
tarzda bo‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’yektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi 
tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni 
ham o‘z ichiga oladi.
MOLIYAVIY BOSHQARUV 1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati 2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari 3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati “Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’yektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko‘rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadga yo‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni sog‘lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani (muammoni) bajarish (echish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan. Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib, boshqariladigan (ob’yektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu erda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to‘plamidan (majmuidan) iborat bo‘lgan moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to‘plamidan (majmuidan) iborat bo‘lgan moliya tizimini o‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’yektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o‘z ichiga oladi.
 
 
Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli 
ko‘rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy 
kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan 
boshqa omillar  bilan belgilanadigan o‘ziga xos bo‘lgan moliyaviy munosabatlar maydonga 
chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasida 
moliyaviy boshqaruvning sub’yekti bo‘lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus 
xizmatlar hisoblanadi. 
Davlatning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va uy xo‘jaliklari bilan moliyaviy 
munosabatlar sohasidagi o‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini 
reglamentatsiya qilish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo‘llab-
quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish 
mexanizmi va xokazolar orqali amalga oshiriladi. 
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, 
davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va 
nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida 
(mushtarakligida) namoyon bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni 
ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik prinsiplari  quyidagilardan 
iborat: 
-pirovard maqsadga bog‘liqlik; 
-xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi; 
-jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish; 
-iqtisodiy qonunlardan foydalanish; 
-real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. 
Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi 
mumkin: 
-moliyaviy rejalashtirish; 
-bashoratlash (prognozlashtirish); 
-dasturlashtirish; 
-moliyaviy tartibga solish; 
-moliyaviy nazorat; 
-moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli ko‘rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o‘ziga xos bo‘lgan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasida moliyaviy boshqaruvning sub’yekti bo‘lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi. Davlatning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va uy xo‘jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini reglamentatsiya qilish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo‘llab- quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va xokazolar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: -pirovard maqsadga bog‘liqlik; -xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi; -jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish; -iqtisodiy qonunlardan foydalanish; -real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: -moliyaviy rejalashtirish; -bashoratlash (prognozlashtirish); -dasturlashtirish; -moliyaviy tartibga solish; -moliyaviy nazorat; -moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
 
 
-moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi. 
Eng umumiy ko‘rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini  quyidagi chizmadagidek 
tasavvur qilish mumkin. 
 
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari 
Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi 
boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: 
-Prezident va Prezident devoni; 
-Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki 
palatasining tegishli qo‘mitalari; 
-Vazirlar Mahkamasi; 
-Hisob palatasi; 
-Moliya vazirligi va uning  quyi (joylardagi), jumladan, G‘aznachilik tizimi organlari; 
-Markaziy bank; 
-Davlat soliq qo‘mitasi; 
-Davlat bojxona qo‘mitasi; 
-Davlat mulk qo‘mitasi; 
-Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya; 
-Maqsadli fondlarning ijroiya direksiyalari va boshqalar. 
 
 
 
 
 
 
 
Молиявий бошқарув тизими 
Бошқарув 
субъектлари 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Таъсир 
инструмент-
лари 
 
 
Пиро- 
вард 
мақсад 
Бошқарув 
объектлари 
Молия 
тизими 
Молиявий 
сиёсат 
Тизимлар 
молияси 
Молиявий 
барқарорлик 
 
Президент; 
Парламент; 
Ҳукумат; 
Молия 
вазирлиги; 
Д
Бошқарув 
принциплари; 
Молиявий 
башоратлаш; 
Молиявий 
дастурлаш; 
М
й
Бюджет 
фондларини 
шакллантириш 
ва фойдаланиш 
бўйича 
муносабатлар;
Макро- 
иқтисодий 
мувозанат; 
Бюджет 
режала-
-moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi. Eng umumiy ko‘rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini quyidagi chizmadagidek tasavvur qilish mumkin. 2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: -Prezident va Prezident devoni; -Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo‘mitalari; -Vazirlar Mahkamasi; -Hisob palatasi; -Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, G‘aznachilik tizimi organlari; -Markaziy bank; -Davlat soliq qo‘mitasi; -Davlat bojxona qo‘mitasi; -Davlat mulk qo‘mitasi; -Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya; -Maqsadli fondlarning ijroiya direksiyalari va boshqalar. Молиявий бошқарув тизими Бошқарув субъектлари Таъсир инструмент- лари Пиро- вард мақсад Бошқарув объектлари Молия тизими Молиявий сиёсат Тизимлар молияси Молиявий барқарорлик Президент; Парламент; Ҳукумат; Молия вазирлиги; Д Бошқарув принциплари; Молиявий башоратлаш; Молиявий дастурлаш; М й Бюджет фондларини шакллантириш ва фойдаланиш бўйича муносабатлар; Макро- иқтисодий мувозанат; Бюджет режала-
 
 
 
2-chizma. Moliyaviy boshqaruv tizimi. 
 
 
Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimining faoliyatini  reglamentatsiya 
qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan 
moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega. 
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig‘imlar, 
nosoliqli to‘lovlarni belgilaydi (o‘rnatadi), Davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, 
shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy 
qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat 
ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (o‘rnatish) ham Oliy Majlis 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi 
Davlat byudjetini ko‘rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona  umumiy markazi sifatida
2-chizma. Moliyaviy boshqaruv tizimi. Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimining faoliyatini reglamentatsiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega. Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig‘imlar, nosoliqli to‘lovlarni belgilaydi (o‘rnatadi), Davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (o‘rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini ko‘rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida
 
 
maydonda gavdalanadi. 
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-hajmi va maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha Davlat byudjeti va maqsadli fondlari 
daromadlar va xarajatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va 
amalga oshirish; 
-davlat mablag‘larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga 
muvofiqligi va samaradorligini aniqlash; 
-Davlat byudjeti va maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir 
ko‘rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko‘zda tutayotgan 
davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini moliyaviy ekspertiza qilish; 
-Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan  nazorat tadbirlarining natijalari 
to‘g‘risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni 
taqdim etish; 
-va boshqalar. 
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi 
organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta 
siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; 
-Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash; 
-byudjet mablag‘lari va maqsadli fondlar mablag‘larining oqilona va maqsadli 
ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish; 
-davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga 
oid chora - tadbirlarni ko‘rish; 
-mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab 
chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko‘rish; 
-mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga moliyaviy 
resurslarni konsentratsiya qilish (to‘plash); 
-Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida 
hisobotni tayyorlash;
maydonda gavdalanadi. Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi: -hajmi va maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha Davlat byudjeti va maqsadli fondlari daromadlar va xarajatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish; -davlat mablag‘larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash; -Davlat byudjeti va maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir ko‘rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko‘zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini moliyaviy ekspertiza qilish; -Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari to‘g‘risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish; -va boshqalar. Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; -Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash; -byudjet mablag‘lari va maqsadli fondlar mablag‘larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish; -davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora - tadbirlarni ko‘rish; -mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko‘rish; -mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish (to‘plash); -Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;
 
 
-davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi 
qarzlarini boshqarish; 
- uzoq, o‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan mamlakat taraqqiyotining 
ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish; 
-iqtisodiyotni moliyaviy sog‘lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, 
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning  
manfaatlarini himoya qiluvchi va qo‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
ularni amalga oshirishda qatnashish; 
-mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-
kitoblar va to‘lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok 
etish; 
-faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo‘naltirilgan 
choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini 
ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish; 
-moliyaviy rejalashtirish va milliy xo‘jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik 
(uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish; 
-mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan 
birgalikda) faol ishtirok etish; 
-moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to‘xtatib 
qo‘yish; 
-va boshqalar. 
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar 
va boshqarmalar bo‘lishi mumkin: 
-davlat byudjeti bosh boshqarmasi; 
-valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi; 
-hududlar moliyasi bosh boshqarmasi; 
-agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi; 
-ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi; 
-nazorat-taftish bosh boshqarmasi; 
-investitsiyalar boshqarmasi;
-davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish; - uzoq, o‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish; -iqtisodiyotni moliyaviy sog‘lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish; -mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob- kitoblar va to‘lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish; -faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo‘naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish; -moliyaviy rejalashtirish va milliy xo‘jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish; -mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish; -moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to‘xtatib qo‘yish; -va boshqalar. Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bo‘lishi mumkin: -davlat byudjeti bosh boshqarmasi; -valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi; -hududlar moliyasi bosh boshqarmasi; -agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi; -ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi; -nazorat-taftish bosh boshqarmasi; -investitsiyalar boshqarmasi;
 
 
-iste’mol bozori va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliya-viy hamda narx orqali tartibga 
solish boshqarmasi; 
-boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi; 
-soliq siyosati boshqarmasi; 
-buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi; 
-qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi; 
-moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi; 
-sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi; 
-mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish 
boshqarmasi; 
-va boshqalar.  
Moliya vazirligining muhim bo‘linmasi G‘aznachilik tizimi bo‘lib, u davlat 
byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor 
bo‘lgan G‘aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish; 
-kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob 
varaqlarida bo‘lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish; 
-davlat maqsadli fondlarining moliyaviy ijrosini ta’minlash; 
-davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ 
boshqarish; 
-Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga 
xizmat qilish (ko‘rsatish); 
-byudjet bo‘yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to‘g‘risida va shuningdek, 
mamlakat byudjet tizimining ahvoli to‘g‘risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobotni 
taqdim etish; 
-va boshqalar. 
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan pul-
kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o‘ynab, u xazinachilik tizimi organlari bilan 
birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini 
nazorat qiladi. 
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari ham
-iste’mol bozori va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliya-viy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi; -boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi; -soliq siyosati boshqarmasi; -buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi; -qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi; -moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi; -sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi; -mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi; -va boshqalar. Moliya vazirligining muhim bo‘linmasi G‘aznachilik tizimi bo‘lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo‘lgan G‘aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi: -mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish; -kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob varaqlarida bo‘lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish; -davlat maqsadli fondlarining moliyaviy ijrosini ta’minlash; -davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish; -Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga xizmat qilish (ko‘rsatish); -byudjet bo‘yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to‘g‘risida va shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli to‘g‘risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobotni taqdim etish; -va boshqalar. Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan pul- kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o‘ynab, u xazinachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi. Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari ham
 
 
muhim rol o‘ynab, ular yordamida soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri 
hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan 
nazorat amalga oshiriladi. SHunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq 
qo‘mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-byudjetga va maqsadli fondlarga soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, 
to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishi masalalari bo‘yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada 
rioya etilayotganligini nazorat qilish; 
-soliq to‘lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish; 
-moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa to‘lovlarning haqiqatdagi 
tushumlari to‘g‘risida har oyda ma’lumot taqdim etish; 
-ortiqcha to‘langan soliq summalarini va soliq to‘lovchilardan noto‘g‘ri undirilgan jarima 
va penyalarni  egalariga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish; 
-va boshqalar. 
Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida 
o‘ziga xos bo‘lgan o‘ringa ega. Ular bojxona bojlarining o‘z vaqtida tushishi uchun mas’ul 
hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan: 
-bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini amalga 
oshirish; 
-bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vato‘lash bilan bog‘liq 
bo‘lgan hujjatlarni tekshirish; 
-soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to‘liq rioya qilmaganligi uchun soliq 
to‘lovchilarning bankdagi operatsiyalarini to‘xtatib turish; 
-soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish; 
-va boshqalar. 
O‘z navbatida, Davlat mulki qo‘mitasi moliyaviy boshqaruvga oid nosoliqli xarakterga 
ega bo‘lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daromadlar va 
boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini 
nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
 
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
muhim rol o‘ynab, ular yordamida soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. SHunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi: -byudjetga va maqsadli fondlarga soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishi masalalari bo‘yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish; -soliq to‘lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish; -moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa to‘lovlarning haqiqatdagi tushumlari to‘g‘risida har oyda ma’lumot taqdim etish; -ortiqcha to‘langan soliq summalarini va soliq to‘lovchilardan noto‘g‘ri undirilgan jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish; -va boshqalar. Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida o‘ziga xos bo‘lgan o‘ringa ega. Ular bojxona bojlarining o‘z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan: -bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini amalga oshirish; -bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vato‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tekshirish; -soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to‘liq rioya qilmaganligi uchun soliq to‘lovchilarning bankdagi operatsiyalarini to‘xtatib turish; -soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish; -va boshqalar. O‘z navbatida, Davlat mulki qo‘mitasi moliyaviy boshqaruvga oid nosoliqli xarakterga ega bo‘lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
 
 
 
Korxonalarning 
jamg‘armalari, 
daromadlari 
hamda 
markazlashtirilgan 
va 
markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish 
jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy  va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim 
deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy 
resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy (moliyaviy) qudrati 
qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy 
oqimlar hajmi shuncha katta  (hajmli) bo‘ladi. 
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy 
resurslar fondining nimaga mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli 
moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan 
bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. 
O‘zining sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: 
-byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag‘larini 
shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; 
-tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari - tadbirkorlik xo‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga 
oshiriladi; 
-maqsadli moliyaviy oqimlar-notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi; 
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: 
-qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida; 
-nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat 
organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga 
oshiriladi; 
-boshqaruvchanlik - korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G‘aznachilik 
apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; 
-nadzorchilik (nazorat-kuzatuv) - korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga 
uchraganligigi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan 
nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. 
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo‘yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri 
bilan qo‘shilib ketib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib)  bo‘lmaydi. 
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq
Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy (moliyaviy) qudrati qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta (hajmli) bo‘ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: -byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; -tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari - tadbirkorlik xo‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi; -maqsadli moliyaviy oqimlar-notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi; Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: -qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida; -nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; -boshqaruvchanlik - korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G‘aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; -nadzorchilik (nazorat-kuzatuv) - korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo‘yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo‘shilib ketib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bo‘lmaydi. Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq
 
 
ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish 
va ijtimoiy vazifalarni samarali echish uchun kerak bo‘lgan tarzda va takror ishlab 
chiqarishsiklini  pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, 
moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. 
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining etarli bo‘lmagan hajmda va 
o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning 
doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bo‘lishiga, moliyaviy-
iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning 
samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin: 
Ks = Hmo / Rmo 
Bu erda:  
Ks - moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti; 
Hmo - davriy koeffitsientga o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi 
moliyaviy oqim; 
Rmo - rejadagi moliyaviy oqim. 
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o‘zida aks ettiradi. 
Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida  (korxonalar, firmalar, 
korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va 
samaradorligi nazorat qilinadi. 
Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks 
ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag‘larining oqib 
ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi.  
Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar 
salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning 
ixtiyorida qoluvchi pul mablag‘larining o‘lchamini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning 
bo‘lishi ta’minlanadi.  
Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining 
kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining 
manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi ular 
rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda 
moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti  hisoblanadi.
ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni samarali echish uchun kerak bo‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarishsiklini pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining etarli bo‘lmagan hajmda va o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bo‘lishiga, moliyaviy- iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin: Ks = Hmo / Rmo Bu erda: Ks - moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti; Hmo - davriy koeffitsientga o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim; Rmo - rejadagi moliyaviy oqim. Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag‘larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag‘larining o‘lchamini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo‘lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.