MOLIYAVIY BOSHQARUV
4.1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati
«Boshqaruv»
atamasi
umumiy
tarzda
ob'ektni
rivojlantirish
va
takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta'sir ko'rsatishni anglatadi. Moliya
tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsim-lash har doim ma'lum bir
maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan bo'ladi. Bu narsa shakllangan boshqaruv
tizimini tashkil etishni taqazo etadi. Shu ma'noda va eng umumiy ko'rinishda
boshqaruv sub'ektining boshqaruv ob'ektiga maqsadli yo'naltirilgan ta'siri boshqaruv
deyiladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan
moliyaviy resurslarni sog'lomlashtirishga qaratilgan munosa-batlar tizimini
takomillashtirishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan
nazoratni yo'lga qo'yishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruv
zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo'lib, boshqariladigan (ob'ektlar) va
boshqaruvchi (sub'ektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim,
bu yerda moliyaviy tashkilotlarning majmuidan iborat bo'lgan moliya tizimini
nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari majmuidan tashkil
topgan moliya tizimini o'z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil
tarzda bo'lmasdan, u faqat ob'ektlarni boshqarishni emas, balki boshqaruv
sub'ektlarini tashkil qilishni va ularning faoliyatini takomillashtirishni ham o'z
ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruv ob'ekti sifatida moliyaviy munosabatlar-ning turli
ko'rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzumi mamlakatdagi siyosiy
kuchlarning nisbati va qayta taqsimlash jarayonlariga ta'sir ko'rsatadigan boshqa
omillar bilan belgilanadigan o'ziga xos moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi.
Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasida
moliyaviy boshqaruv sub'ekti sifatida moliyaviy apparat deb nomla-nuvchi maxsus
xizmatlar yuzaga keladi.
Davlatning xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va uy xo'jaliklari bilan moliyaviy
munosabatlar sohasidagi o'zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini,
moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo'llab-quwatlash tizimi, pensiya
ta'minoti tizimi, ishlovch.i aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va
h.k.lar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet
profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va
mustahkamligida, nihoyat, davlat va jamiyat a'zolarining iqtisodiy manfaatlari
mushtarakligida namoyon bo'ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy
mustaqillikni ta'minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik
prinsiplari quyidagilardan iborat:
pirovard maqsadga bog'liqlik;
xo'jalikdagi barcha tarmoqlarning makroiqtisodiy muvozanatda bo'lishi;
jamiyatdagi barcha a'zolarning manfaatlariga mos kelish;
iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarn i hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat
bo'lishi mumkin:
moliyaviy rejalashtirish;
bashoratlash;
dasturlashtirish;
moliyaviy tartibga solish;
moliyaviy nazorat;
moliyaviy qonunlarni qabul qilish;
moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Eng umumiy ko'rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 4.1.1-chizmadagidek
tasawur qilish mumkin.
Moliyaviy boshqaruv
tizimi
Boshqaru
v sub'yt ktlari
Ta'sir
instrumnentla
ri
Boshqar
uv ob'yektlari
Pirovard
maqsad
Moliya
tizimi
Molyavi
y siyosat
Tizimlar
moliyasi
Moliyavi
y barqarorlik
Prezident
Boshqar
uv
Byu djet
Makro-
Parlament
;
prinsipla
ri;
fondlarin
i
iqtisodiy
Hukumat;
Moliyavi
y
shakllant
irish
muvozana
t;
Moliya
bashoratl
ash;
va
Byudjet
vazirligi;
Moliyavi
y
foydalan
ish
rejalarinin
g
Davlat
soliq
dasturlas
h;
bo'yicha
profitsilig
i;
qo'mitasi;
Moliyavi
y
munosab
atlar;
Davlat
Markaziy
rejalashti
rish;
Byudjetd
an
qarzining
bank;
Moliyavi
y
tashqari
mavjud
Davlat
mulk
tartibga
shakllant
irish
emasligi;
qo'mitasi;
solish;
va
Mustahka
m
Hisob
Moliyavi
y
foydalan
ish
(barqaror)
palatasi
va
nazorat;
bo'yicha
milliy
boshqalar
.
Moliyavi
y
qonunchi
lik;
Moliyavi
y
tahlil.
munosab
atlar.
valyuta.
4.1.1-chizma. Moliyaviy boshqaruv tizimi.
4.2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va
boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida
moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi
mumkin:
• Prezident va Prezident devoni;
Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo'yicha Oliy Majlis
palatalarining tegishli qo'mitalari;
Vazirlar Mahkamasi;
Hisob palatasi;
Moliya vazirligi va uning joylardagi, jumladan, G'aznachilik tizimi organlari;
Markaziy bank;
Davlat soliq qo'mitasi;
Davlat bojxona qo'mitasi;
Davlat mulk qo'mitasi;
Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya;
Byudjetdan tashqari fondlarning ijroiya idoralari
va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimi faoliya-tini tartibga
soladi, mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan
moliyaviy qonunlarga «veto» qo'yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo'lgan Oliy majlis soliqlar,
yig'imlar, soliqdan tashqari to'lovlarni belgilaydi, Davlat byudjetini ko'rib chiqadi va
tasdiqiaydi. Shuningdek, u Davlat byudjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotni ham
tasdiqiaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul
qiladi. Bir vaqtning o'zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli darajasini
belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar
Mahkamasi Davlat byudjetini ko'rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona
umumiy markazi sifatida ish yuritadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga
oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
hajmi va maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha Davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari fondlari daromadlar va xarajatlari o'z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni
tashkil qilish va amalga oshirish;
davlat mablag'larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning
maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan
foydalanishga ta'sir ko'rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan
qoplanishini ko'zda tutadigan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy
hujjatlarini moliyaviy tahlil qilish;
Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari natijalari
to'g'risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchulik palatasiga doimiy ravishda
ma'lumotlarni taqdim etish;
va boshqalar.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi
organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va
valyuta siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi. Moliya vazirligining asosiy
vazifalari . quyidagilardan iborat:
yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
Davlat byudjeti loyihasini tuzish va uning ijrosini ta'minlash;
byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari fondlar mablag'lari oqilona va
maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat moliyasining barqarorligini ta'minlash va moliyaviy bozorni
rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko'rish;
mamlakat byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni
ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko'rish;
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga moliyaviy
resurslarni to'plash;
Davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobot tayyorlash;
davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish, davlatning ichki va
tashqi qarzlarini boshqarish;
uzoq, o'rta
va
qisqa
muddatli istiqbolga
moijallangan
mam-lakat
taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqish-da ishtirok etish;
iqtisodiyotni moliyaviy sogiomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish,
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning
manfaatlarini himoya qiluvchi va qo'llab-quwatlovchi chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari, iqtisodiyotdagi
hisob-kitoblar va to'lovlarning ahvolini yaxshilash bo'yicha taklifiarni ishlab
chiqishda ishtirok etish;
faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo'naltirilgan
choralami ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot
byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;
moliyaviy rejalashtirish va milliy xo'jalikni moliyalashtirish sohalarida uslubiy
rahbarlikni amalga oshirish;
mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi
bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman
to'xtatib qo'yish;
va boshqalar.
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh
boshqarmalar va boshqarmalar bo'lishi mumkin:
davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi;
nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
investitsiyalar boshqarmasi;
iste'mol bozori va xizmat ko'rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali
tartibga solish boshqarmasi;
boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
soliq siyosati boshqarmasi;
buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
qimmatli qog'ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg'i-energetika majmui moliyasi
boshqarmasi;
mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish
boshqarmasi;
va boshqalar.
Moliya vazirligining muhim bo'linmasi G'aznachilik tizimi bo'lib, u davlat
byudjetining kassa ijrosini ta'minlashga mas'uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita
daxldor bo'lgan G'aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar
kiradi:
mamlakat byudjeti ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi
hisob varaqlarida bo'lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;
davlatning byudjetdan tashqari fondlari moliyaviy ijrosini ta'minlash;
davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va
ularni operativ boshqarish;
Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish
va unga xizmat ko'rsatish;
byudjet bo'yicha hukumatning moliyaviy tadbirlari to'g'risida shuningdek,
mamlakat byudjet tizimining ahvoli to'g'risida qonun-chilik va ijroiya organlariga
hisobot taqdim etish;
va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi
bo'lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. U Xazinachilik
tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta'minlaydi va boshqa
kredit institutlari faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo'mitasi va uning quyi organlari
ham muhim rol o'ynaydi. Ular yordamida soliqlar, yig'imlar va boshqa to'lovlarning
to'g'ri hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to'liq va o'z vaqtida
o'tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy
boshqaruvga oid Davlat soliq qo'mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni
bajaradi:
byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yig'imlar va to'lovlarning
to'g'ri hisoblanishi, to'liq va o'z vaqtida o'tkazilishi masalalari bo'yicha moliyaviy
qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
soliq to'lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa to'lovlarning
haqiqatdagi tushumlari to'g'risida har oyda ma'lumot taqdim etish;
ortiqcha to'langan soliq summalarini va soliq to'lovchilardan noto'g'ri
undirilgan jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo'yicha tegishli ishlarni amalga
oshirish;
va boshqalar.
Davlat bojxona qo'mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv
tizimida o'ziga xos bo'lgan o'ringa ega. Ular bojxona bojlarining o'z vaqtida tushishi
uchun mas'ul hisoblanadi. Bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga
yuklatilgan:
bojxona
organlari
tomonidan
undiriladigan
soliqlar
bo'yicha
soliq
tekshiruvlarini amalga oshirish;
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash va to'lash bilan
bog'liq hujjatlarni tekshirish;
soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to'liq rioya qilmaganligi uchun soliq
to'lovchilarning bankdagi operatsiyalarini to'xtatib turish;
soliq qonunchiligida ko'zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish;
va boshqalar.
O'z navbatida, Davlat mulki qo'mitasi moliyaviy boshqaruvga oid soliqdan
tashqari mohiyatga ega bo'lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan
keladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni
tashkil qiladi.
Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya fond bozori ishtirok-chilari faoliyatini
nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushum-larning ortishiga o'z ta'sirini
ko'rsatadi.
4.3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Korxonalarningjamg'armalari, daromadlari hamda markazlash-tirilgan va
markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish jarayonidagi pul mablag'lari-ning miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga
moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi
lozim bo'lgan moliyaviy resurslar fondlarining o'lchamiga bog'liq. Mamlakatning
iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo'lsa, uning o'sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy
resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo'ladi.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi
moliyaviy resurslar fondining nimaga mo'Ijallanganligi bilan bevosita bog'liq.
Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi
moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni
boshqarish metodlari ham turlichadir. O'z sifat mazmuniga ko'ra quyidagilarni
farqlash maq-sadga muvofiq:
byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar — barcha darajalardagi byudjetlarning
mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
tijorat moliyaviy oqimlari — tadbirkorlik xo'jalik sub'ektlari tomonidan amalga
oshiriladi;
byudjetdan tashqari moliyaviy oqimlar — notijorat tashkilotlari fondlarini
shakllantiradi;
Moliyaviy oqimlarni boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat:
qonunchilik — Oliy Majlisning vakolatida;
nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) — Hisob palatasi va mamlakatning
boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq, bojxona qo'mitalari va boshqalar)
tomonidan amalga oshiriladi;
boshqaruvchanlik — korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari,
G'aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa
xizmatlari vakolatida;
nazorat-kuzatuv — korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi
to'g'risidagi ishlarni ko'radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni
amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy
oqimlarni
boshqarish
bo'yicha
yuqoridagi
organ-larning
funksiyalari bir-biri bilan qo'shilib ketib, ularni har doim ham ajratib bo'lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishi qonuniyat-lariga
muvofiq ravishda, ko'zda tutilgan tartibda va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab
chiqarish va ijtimoiy vazifalarni samarali yechish uchun zarur bo'lgan tarzda va
takror ishlab chiqarish siklini pul mablag'lari bilan to'liq ta'minlash tarzida amal
qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat
beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag'larining yetarli bo'lmagan
hajmda va o'z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar me'yori
buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlar olinishida uzilishlar
chiqishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo'qotmalarga sabab bo'ladi.
Moliyaviy oqim samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
К = H :R
s
mo
mo
Bu yerda:
K? - moliyaviy oqim samaradorligining
koeffitsienti;
Hmo — davriy koeffitsientga o'zgartirilgan haqiqatdagi
moliyaviy oqim;
Rmo — rejadagi moliyaviy oqim.
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o'zida aks
ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro va mikro da-rajalarida (korxonalar,
firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati,
dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.
Tushumlar va boshqa pul mablag'larining.'kelib tushishini aks ettiradigan
moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag'larining oqib