MOLIYAVIY BOZORLAR (Moliya bozorining tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari)
Yuklangan vaqt
2024-12-10
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
53,2 KB
MOLIYAVIY BOZORLAR (Moliya bozorining tarkibi va o‘ziga xos
xususiyatlari)
Reja:
1. Moliyaviy bozorning mohiyati va ahamiyati.
2. Moliya bozorining tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Moliya bozori operatsiyalari va vositalari.
4. Birlamchi va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.
Moliya bozorlari haqida gap borar ekan, bu sohaning o‘ziga xos
xususiyatlarini tasavvur qilish kerak. Albatta har qanday bozor kabi bu yerda ham
sotib oluvchilar va sotuvchilar mavjud. Lekin olinadigan va sotiladigan narsalar
moliya bo‘lganligi, ya’ni olinadigan va to‘lanadigan vosita ham moliya bo‘lganligi
uchun bu bozor boshqa bozorlardan ajralib turadi. Bu bozorda sotiladigan moliya
evaziga ma’lum muddatdan so‘ng kattaroq miqdorda bo‘lgan moliya qaytariladi.
Va bu hol har xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin: bank bergan qarzlar, qarz
qog‘ozlari evaziga yoki boshqa qimmatli qrg‘ozlar evaziga berib turilgan dastaklar
va hokazo. Lekin, ma’lum muddatdan keyin olingan moliya unga qo‘shilgan
foizlar bilan qaytarilishi bu savdoning asosini tashkil etadi.
Moliya bozori keng ma’noda qo‘llanib, oldi-sotdi munosabatlariga
kirishadigan mulk egalarining o‘zaro aloqalarini tavsiflaydi. Kreditlar, xorijiy
valyuta va sug‘urta polislari, qimmatli qog‘ozlar, savdo hamda harakat ob’ekti
sanalmish bu bozor amaldagi iqtisodiy va ijtimoiy qonuniyatlar asosida faoliyat
yuritadi. Umuman, moliya bozori mohiyatini ochishda uning boshqa bozorlardan
farqini yoritish lozim. Har qanday bozor singari moliya bozori tushunchasini ham
ikki qutbga bo‘lish mumkin. Ulardan birida maxsus tovar hsoblanadigan kapital
yetkazib beruvchilar – vaqtincha bo‘sh mablag‘ga ega bo‘lgan va ularni to‘liq
saqlash bilan birga ko‘paytirishni istovchi turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik
sub’ektlari,
jismoniy
shaxslar,
shuningdek,
davlat
turadi.
Ushbu
qutb
ishtirokchilarining bosh maqsadi moddiy manfaatdorlikdir. Qutbning ikkinchi
tomonida esa ishlab chiqarishni yangi boshlash, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish yoki
ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish, qayta ta’mirlash
uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yoki qo‘shimcha sarmoyaga ehtiyoji bor turli
mulkchilik shaklidagi sub’ektlar, jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi.
Ushbu toifa vakillari jalb etiladigan sarmoya uchun ma’lum foizni to‘lashga
moyillik bildiradilar.
Zamonaviy moliya bozorlari o‘ta murakkab bo‘lib, ularning faoliyatini
mavjud moliyaviy vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Vositalar har turdagi qarz
qog‘ozlari, qarz oluvchilarning va beruvchilarning majburiyatlarini tasdiqlovchi
hujjatlar, sug‘urta va xatarlarning oldini oluvchi uslublar va boshqa qimmatli
qog‘oz va boshqaruvchi qonun-qoidalardan iborat. Shu bilan bir qatorda, moliya
bozorlarning faoliyati taraqqiy etgan davlatlarning siyosatlari, rasmiy xalqaro
moliya tashkilotlarining faoliyatlari ta’sirida shakllanadi.
Ushbu
murakkab
jarayonlarning,
hozirga
kunga
kelib,
insoniyat
taraqqiyotiga salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Aniqki, taraqqiy topgan
davlatlarning ichki iqtisodiy siyosatlariga va xalqaro iqtisodiy aloqalarning
shakllanishiga moliya tizimining ta’siri juda katta. Ya’ni, ikkala eslatib o‘tilgan
sohalarda moliya tizimining manfaatlari ustunligi e’tirof etilgan.
Hozirgi kunning asosiy muammosi shundaki, moliya savdosi iqtisodiy
o‘sishdan bir qancha yuqori tezlikda davom etib kelmoqda. Bu moliya
bozorlarining harakatlarining o‘sishi yetarlicha ishlab chiqarilgan mahsulot,
tovarlar savdo-sotig‘i va ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan ta’minlanishi uchun xom
ashyolarning yangi konlarini o‘zlashtirish va kayta ishlashga talab yildan-yilga
ortib bormoqda.
Moliya bozorining ahamiyati juda katta bo‘lib, u bir necha shakllarni o‘z
ichiga oladi. Moliya institutlariga e’tibor bersak, bular tijoriy banklar, ssuda –
omonat birlashmalari, fond birjalari, sug‘urta kompaniyalari kabilardir. Moliya
bozorining sub’ekt (ishtirokchi)lari iste’molchilar (“uy xo‘jaligi”), korxonalar va
davlatdir.
Moliya resurslarining bozor orqali o‘tadigan qismi moliya bozorining
ob’ektini
tashkil
etadi.
Bundagi
munosabatlar
mulkdorlar
bilan
pulga
ehtiyojmandlar o‘rtasida yuz beradi. Pul bozorga chiqarilar ekan, u iste’molchining
talabini qondirish uchun ishlatiladi. Lekin shu bilan birga puldan foyda ko‘rish
maqsadi, pulni ko‘paytirib undan qo‘shimcha pul topish moliya bozorida
ishlatiladigan pul, ya’ni sotish va sotib olish jarayonlari moliya bozorining ikki
tomonini ko‘rsatadi, ya’ni bir tomonda iste’molni qondiruvchi pul bozori bo‘lsa,
ikkinchi tomonda kapital bozori bo‘ladi. Bu vazifalar bir necha moliya bozor
shakllarini taqozo etadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga chet el kapitalining oqib kelish imkoniyatlarini
belgilash uchun, avvalo, “qisqargan” ichki moliya bozori mavjud bo‘lgan shart-
sharoitlarda hozirgi zamon jahon kapital bozori asosiy yo‘nalishlarini aniq-
ravshan tushunib olish lozim. Umuman olganda, bu yo‘nalish rivojlangan
mamlakatlardan kapitalning katta hajmda eksport qilinishi, so‘nggi o‘n yil ichida
kapital eksport qiluvchi mamlakatlar tarkibida jiddiy tuzilmaviy o‘zgarishlar va
eksport qilinayotgan kapitalda xususiy mablag‘larning ko‘pligi (taxminan 95 foiz)
bilan ifodalanadi.
Mamlakat raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish dinamik moliya bozorini
shakillantirish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi, bu esa, o‘z navbatida, milliy
jamg‘armalarning yuqori darajada bo‘lishini talab qiladi.Ushbu ikki ko‘rsatkich
bir-biriga shunchalik bog‘liqki, ularning qaysi biri birlamchi va qaysinisi
ikkilamchi ekanligini aniqlab olish ancha qiyin.
Markazlashtirilgan rejalashtirish tajribasi shuni aniq ko‘rsatadiki, yirik
kapital qo‘yilmalar tezkor iqtisodiy o‘sishni hali kafolatlay olmas ekan.
Investitsiyalar tuzilmasi va sifati, inson kapitali, shuningdek, ularning qayta
qurish muvaqqat oraliqlariga muvofiqligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliya
bozorlarining
taraqqiyoti
moliya
vositalari
bajarayotgan
vazifalarning o‘zgarib borishi bilan bog‘liq. Moliya vositalari avvalambor savdo-
sotiqni ta’minlovchi vazifalarni bajarib, boshlang‘ich davrida oltin-kumush
zaxiralari va har xil boshqa mol boyliklari bilan ta’minlangan davrdan taraqqiy
topgan. U davrda davlat va boshqaruv tizimi tarafidan moliya aylanishi juda katta
nazoratni talab qilmagan. U davrdagi nazorat pul standartlarini, ya’ni chop etilgan
pullar va aylanishga chiqarilgan moliya, mol va boshqa boyliklar bilan
ta’minlanganligi nazoratidan iborat edi. Iqtisodning o‘sib borishi, chiqarilayotgan
mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat, savdo-sotiqlarning – moliyaviy ta’minotning
o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqligi bilan to‘g‘ri korrelyatsion bog‘liqlik sezilarli
emas edi. Moliya bozorining va tizimining taraqqiyoti asta – sekin mol va boyliklar
bilan ta’minlangan moliyani o‘rnini farmoyish moliya yoki qarz bilan ta’minlangan
moliya bilan almashtirilish jarayonini vujudga keltiradi.
Moliya bozorlarining samarali foaliyat ko‘rsatishi uchun ma’lum muhit
mavjud bo‘lishi shart. Avvalambor mazkur shart iqtisodiy tizim barqarorligi va
moliya tizimining erkin va ishonchli harakat qilishiga mo‘ljallangan qonunchilikka
asoslanishi talab qilinadi. Bu qonunchilik har biri alohida milliy davlatlarda shu
millatning urf-odatlari va udumlaridan istisno, umumiy xalqaro standartlarga
muvofiqlashtirilishini talab etadi. Shu jumladan, milliy davlatlar hukumatlaridan
moliya tizimini boshqaruvchisi Markaziy Banklarning erkinligini, inflyatsion
jarayonlarga yo‘l qo‘ymaslikni, milliy valyutaning kundalik savdo bo‘yicha
konvertatsiyasini ta’minlashni, g‘arbiy uslubdagi demokratiya qoidalarini
o‘rnatishni va boshqa moliya erkinligini ta’minlovchi standartlarni bajarilishini
talab qilinadi. Bunga erishishning qator ko‘rsatkichlari va turlicha uslublari
mavjud. Ana shu standartlarga alohida davlatlarning ichki iqtisodiy muhitlari
muvofiqlashganida, xalqaro moliya erkinligi uchun to‘la sharoit yaratilib, moliya
oqimlari to‘siqlarsiz har qanday davlat chegaralarini kesib kiradilar va yana
bemalol bu davlatning moliya bozorlarini tark etadilar.
Moliya bozorining asosiy funksiyalaridan biri – moliyaviy instrumentlarning
ob’ektiv bozor kursini (narxini) shakllantirishdir. Bunday kurs qanchalik tez
shakllansa, bozorda kapital shunchalik samara bilan joylashtiriladi.
Moliya bozori vazifalarini asosiy va qo‘shimchalarga ajratish mumkin.
Asosiy vazifalari uning bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati va qulay
sharoitlarni ta’minlashi bilan ifodalanadi (ular yuqorida sanab o‘tilgan).
Emitent so’zi inglizchadan issuer-o’z faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish
uchun qimmatli qog’ozlarni chiqaradigan tashkilot
2222222 Moliya bozorining qo‘shimcha vazifalariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- emitentning moliya oqimlarini optimallashtirish;
- bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
- emitentning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
- biznesni rivojlantirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish;
- jahon moliya tizimiga integratsiyalashtirish;
- siyosiy xuruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va
valyutaviy intervensiya vositasi sifatida ta’sir ko‘rsatish;
-
investorlarning
xuquqlarini
himoyalash
va
maqsad-manfaatlarini
ta’minlash.
1 2-savol bayoni. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy
ko‘rinishini quyidagi tarkibiy qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin (6.1-
rasm).
Молиявий бозорлар
Пул
бозори
Капитал
бозори
Фонд
бозори
Валюта
бозори
6.1-rasm. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi
Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar
sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, qarz majburiyatlari (debt), aksiyalar
(equity) va hosila qimmatli qog‘ozlar (derivatives) moliyaviy aktivlarning asosiy
turlaridan bo‘lib hisoblanadi. Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma –
firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda,
qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat
garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz
instrumentlarini yana qayd qilingan daromad instrumenti (fixed-income
instruments) deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan
summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar deb
atash ham mumkin.
Qarz instrumentlari, shuningdek, qarzni uzish muddati (maturity) asosida
ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam
bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori pul bozori (money market) nomiga ega. Uzoq
muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa kapital bozori (capital
market) deb nomlanadi.
Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari
tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat
tomonidan (masalan, g‘aznachilik vekseli) chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar
kabi instrumentlar aylanadi.
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya1 va likvidlik (liquidity)
o‘ziga xos harakterga ega. Aktivning likvidlik darajasi uni pulga konvertatsiya
qilinish jarayonining oddiyligi, harajatlari va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Moliya bozorini tarkiban qimmatli qog‘ozlar bozori va qarzga beriladigan
pul bozoridan iborat bo‘ladigan desak ham xato bo‘lmaydi. Qarz puli tabiatdan bir
xil emas.
U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni ko‘zlaydi, bunda pul kapital
shaklini oladi.
Ikkinchidan esa, pul shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi va oddiy
to‘lov yoki harid vositasini o‘taydi.
Banklarda, fond birjasida va auksionlarda o‘tkaziladigan moliya bozori
asosan qarz pullar bozori ko‘rinishida bo‘ladi. Qarz pullar iste’mol tovarlarni sotib
olish, o‘z xususiy ishini tashkil etish yoki kengaytirish (ishlab chiqarish vositalari
va ishchi kuchini sotib olish) uchun olinishi mumkin.
Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’ektlar pul bilan munosabat
qiladilar. Birinchisi – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar. Bunga aholi, firma,
kompaniya va davlat muassalari kiradi, Ikkinchisi – pulga muhtoj bo‘lgan
sub’ektlardir. Bunga ham tarkiban aholi, firma, kompaniya va davlat muassalari
kiradi.
Har ikkala sub’ektlar orasida erkin pul muomalasi, ya’ni uning oldi-sotdi
qilinishi moliyaviy bozorni bildiradi. Bu bozordagi sub’ektlar o‘rtasidagi
munosabatlar har ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lgandagina yuzaga keladi.
Mana shu munosabatlarning ob’ekti pul mablag‘laridir. Ular o‘z egalari qo‘lida
vaqtincha bo‘sh turgan holda boshqalar uchun zarur bo‘ladi. Bu tabiiy hol, chunki
jamiyatdagi pul oqimlari, ya’ni pulning kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz
bermaydi. Masalan, fuqarolar kelajakda qarilik chog‘ida ishlatish uchun ma’lum
bir miqdorda pul to‘plab uni bankda qo‘yadilar. Ayni shu vaqtda fermer xo‘jaligi
uchun pul zarur bo‘lib qoladi. Vaqtincha bo‘sh turgan pul fermer xo‘jaligi uchun
1 «Integratsiya» lotincha «integratio» - tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish. 1. Ayrim qismlarning, elementlarning
bog‘liqlik holatini, ularni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2. Yaqinlashish va o‘zaro bog‘lanish
jarayoni. 3. Ikki yoki undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish. Qarang:
o‘sha manba.J .II. - B.216.
moliya resursini tashkil etadi, unga ega bo‘lish uchun u moliya bozorida
qatnashishi zarur.
Moliya bozori ishtirokchilari mulk egasi sifatida o‘z boyligini bilganicha
tasarruf eta oladilar, shu sababli ular pul yuzasidan erkin bitimga keladilar. Moliya
bozorida pulga qimmatli qog‘ozlar – obligatsiya va aksiyalar sotib olinadi. Veksel
va sertifikat kabi hujjatlar ham pul singari muomalada bo‘ladi. Ular ham moliya
bozorida oldi-sotdi qilinadi. Moliya bozori amaliyotida tijorat banklari, sug‘urta,
investitsiya, moliya kompaniyalari, fond birjalari, auksionlar orqali faoliyat
ko‘rsatadi.
Moliya bozoridagi operatsiyalar maxsus vositachilar, o‘ziga xos dallollar,
dilerlar va brokerlar firmalari orqali amalga oshirilib, hujjatlashtiriladi. Moliya
bozori muassasalari orasida fond birjalari asosiy o‘rinda turadi, chunki qimmatli
qog‘ozlar asosan fond birjalari orqali sotiladi. Bular haqida keyingi ma’ruzalarda
to‘liq ma’lumot beriladi. Moliya bozori yordamida moliya resurslarini beto‘xtov
shakllantirish, ulardan samarali foydalanish, sarmoyalash amalga oshiriladi.
Moliya bozori xalq xo‘jaligida pul mablag‘lari harakatini tashkil etadi.
Moliya bozori bo‘sh pul mablag‘larini safarbar etib, ularni moliyaviy
resurslariga aylantiradi. U kapitalga aylanayotgan pulni xo‘jalikning turli sohalari
o‘rtasida erkin ko‘chib yurish, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni
ta’minlaydi. Ayniqsa, bu novatsiyada, ishlab chiqarishning tarkibini qayta kurishda
qo‘l keladi. Muximi shuki, u aholini qo‘lidagi o‘lik, harakatsiz pulni jonli,
daromad keltiruvchi pulga aylantiradi. Moliya bozori orqali moliyaviy
munosabatlar demokratiyalashadi, xo‘jalikni moliyalashtirishda xalqning puli
qatnashadi, xalq o‘z pulidan daromad ko‘radi.
Pulning kapital sifatida ishlab chiqarishga safarbar etilishi iqtisodiy
potensialni kuchaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi va shu asosda
xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Moliya bozori moliya resurslarini
ishlab chiqarishning talabiga qarab, turli korxonalar, sohalar va tarmoqlar o‘rtasida
taqsim qiladi, ular kerakli joyga oqib borib, iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
Masalan, elektronika mahsulotlariga talab oshsa, ular yaxshi sotilib foyda ko‘p
olinadi, elektronika korxonalari aksiyalari egalari boshqalarga qaraganda ko‘proq
divident oladi. Natijada ular qo‘lidagi aksiyalarning bozori chaqqon bo‘ladi,
aksiyalar ko‘plab sotiladi, tushgan pul kapital sifatida shu sohaga qo‘yiladi.
Pirovardida elektronika sohasi jadal o‘sib, iqtisodiyotga siljish yuz beradi.
Bunda korxona, firma yoki kompaniya moliyasi ham mustahkamlanadi. Hozirgi
kunda bu hol O‘zbekistonda avtomabilsozlikning rivojlanishi misolida yaqqol
ko‘rishimiz mumkin. Davlat o‘z qo‘lidagi moliya resurslaridan foydalanib,
byudjetni moliyalashtirish, datatsiya berish, soliqlardan ozod etish yoki imtiyozlar
berish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatadi. Moliyaning iqtisodiyotga
ta’siri bir qator moliya vositalari yordamida boradiki, ular birgalikda moliya
mexanizmini tashkil etadi. Moliya mexanizmi moliyaviy munosabatlarning amalda
umumlashtirishning shakli, usulidir. Moliya bozorini shakllantirish vaqt jihatidan
bir necha yo‘lni o‘z ichiga olgan g‘oyat murakkab jarayon.
Moliya bozorini ixtiyoriy yo‘l bilan, o‘zining qonunlari asosida asta-sekin
yaratsa bo‘ladi. Bunda mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, qattiq pul-kredit
siyosati, erkin narxlar va mukammal bozor iqtisodiyotining boshqa komponentlari
moliya bozorining real ishlashi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish kerak. Bu
jarayon O‘zbekistonda siyosiy mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng boshlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda moliya bozorining tashkiliy strukturalarining
mavjudligi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatib kelmoqda.
Xalqaro mavqega ega bo‘lgan zamonaviy moliya bozori o‘zining asosiy roli
doirasida (ya’ni iqtisodiyotning holati “barometri”) jahon globallashuvi sharoitida
iqtisodiyotda bir-biri bilan bog‘liq quyidagi rollarni o‘ynaydi:
1. “Iqtisodiyotning muammolari darajasini metrik o‘lchagichi”, ya’ni
iqtisodiyotda omillar ta’siri ostida paydo bo‘luvchi muammolarni maxsus
indikatorlar yordamida miqdorini o‘lchashga va shu asosda mas’ul davlat organi
hamda iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan siyosat yuritishda tegishli qarorlar qabul
qilishga ko‘maklashadi;
2. “Moliyaviy resurslarni bozor kon’yukturasi asosida iqtisodiyot sub’ektlari
o‘rtasida tartiblashgan tarzda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishining
kommutatori”. Bunda bozor kon’yukturasi fiskal va monetar siyosatlar yordamida
tartiblashtiriladi;
3. “Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish katalizatori” sifatida ilmiy-
texnikaviy progress va innovatsiyalarni rag‘batlantiradi;
4. “Bozor qatnashchilari tarkibini internatsionalizatori” sifatida iqtisodiy
globallashuvni rivojlantiradi;
5.
“Moliyaviy
instrumentlar
va
ular
bilan
bog‘liq
operatsiyalarni
standartizatori” sifatida moliyaviy globallashuv jarayonini rivojlantiradi;
6. “Iqtisodiyot sub’ektlarining investitsion faolligini stimulyatori” sifatida
iqtisodiyotni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Investitsion faollik
moliya bozorida investorlarning haq-xuquqlarini himoyalanganlik darajasi va
risklar sharoitida moliyani samarali boshqarilishga bog‘liq;
7. “Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi stixiyali jarayonlarni regulyatori”. Bunday
jarayonlar ma’lum indikatorlar (ko‘rsatkichlar) yordamida baholanib, ularning
kritik (chegaraviy) qiymatlarini bilgan holda ma’lum regulyativ vositalar
yordamida tartiblashtiriladi;
8. “Bozor narxlari stabilizatori” sifatida bozor savdosi tendensiyalarini
(dinamikasini) barqarorlashtiradi, talab va taklifni muvozanatlashtiradi;
9. “Iqtisodiyotni tartiblashgan faoliyatini ta’minlovchi algoritmik protsessor”
sifatida barcha moliyaviy munosabatlarni bozor qatnashchilari tomonidan maqsadli
strategik tarzda amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
10. “Aktivlar sekyurizatori” sifatida samarasiz real aktivlarni qimmatli
qog‘ozlarga transformatsiyalab, ularga yangi hayot bag‘ishlaydi va faol
investitsion jarayonga qayta kiritadi;
11.
“Iqtisodiyot
sub’ektlari
informatori”
sifatida
ularning
risklarini
pasaytirishga (yoki boshqarishga) ko‘maklashadi;
12. “Innovatsion moliyaviy vositalar (mahsulotlar va operatsiyalar) sintezatori”
sifatida raqobatbardoshlilik va moliyaviy havfsizlikni ta’minlaydi;
13. “Moliyaviy vositalarning mahsus industriyasi” sifatida bozor qatnashchilari
uchun moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha ishlab chiqarish
jarayonini tashkillashtiradi;
14. “Iqtisodiyotning investitsion muhiti sifati va muammolari darajasini
analizatori”;
15. “Bozor qatnashchilariga o‘z muammolarini anglashga, baholashga va hal
qilishga ko‘maklashadigan mexanizm”;
16. “Ekvivalent ko‘zgu” sifatida barcha bozor qatnashchilarining faoliyat
natijalari sifatini bevosita va bilvosita aks ettiradi hamda kelajakdagi
strategiyalarini maqsadli qurishga ko‘maklashadi;
17. “Spekulyativ operatsiyalar totalizatori” sifatida bozor qatnashchilarini
kutilajak, ammo riskli, manfaalar tomon chorlaydi. Bunda emitentlar qimmatli
qog‘ozlari sifatini spekulyativ investorlarning orzuli maqsad-manfaatlarini kerakli
(spekulyativ) darajada ta’minlashga majburlar, aks holda investorlardan mahrum
bo‘ladilar. Sababi, emitentlar iqtisodiy rivojlanish uchun yangi va qo‘shimcha
investitsion resurlarga muhtoj, investorlar esa – moliya instrumentlari bo‘yicha
kam (yoki ko‘p) riskli bozor daromadiga intiladilar, chunki, aynan spekulyativ
investorlar iqtisodiyotda investitsion muhitni belgilaydilar. Shunday qilib, moliya
bozori spekulyativ investorlarning azartga kirishi muhitini qizdiradi, moliyaviy
instrumentlarni muomalaga chiqaruvchilarni esa doimiy tarzda moliyaviy
barqarorlikka majbur qiladi, investitsiyalarga bo‘lgan raqobatli kurashini qizdiradi,
natijada bozor raqobatini muhitini ta’minlaydi;
18. “Moliya bozori qatnashchilarini bir butun infratuzilmaviy tizimga
birlashtiruvchi” sifatida har bir qatnashchini o‘z o‘rnini, maqsad va vazifalarini,
funksiyalarini, bir-biri bilan bog‘liqlikdagi tartibli faoliyatini ta’minlaydi; Moliya
bozorining bir butun tizimliligi deganda uni bir-biri bilan uzviy bog‘langan
unsurlardan (qatnashchilardan) iborat murakkab katta tizim (strukturaviy-
funksional model) sifatida tashkillashgani tushuniladi. Har bir unsur bozorda
o‘ziga hos maqsadga va tegishli faoliyat turiga ega;
19.
“Moliyaviy
mahsulotlar
(instrumentlar),
resurslar
va
hizmatlar
gipermarketi” sifatida barcha bozor qatnashchilarini ularning tovarlarini ob’ektiv
narxlarda almashinuvi borasida uchrashtiradi va manfaatlarini qondirish uchun
kerakli sharoitlarni yaratadi;
20. “Bozor muhiti” sifatida bozorda ochiq (erkin) iqtisodiyot qonunlarining
amal qilinishini, iqtisodiyotni monetizatsiyalashuvini, kapital aylanmasi va
transformatsiyasini, aktivlar sekyuritizatsiyasi tamoyillarini ta’minlaydi. Bunda har
bir mamlakat bozori muhiti o‘zining quvvat potensiali miqdori doirasida aytilgan
rolini bajaradi;
21. “Moliyaviy globallashtiruvchi” sifatida yuqorida keltirilgan rollar asosida
milliy iqtisodiyotlar birlashuvini ta’minlaydi, bozor qatnashchilarining xalqaro
darajada faoliyat chegaralini va ta’sirini kengaytiradi, davlatning regulyativ rolini
kamaytiradi (xalqaro regulyativ tashkilotlar evaziga), resurslar oqimini geografik
kegaytirib tezlashtiradi va samaradorligini oshiradi;
22. “Moliyaviy instrumentlarning ob’ektiv kurslarda konvertori” sifatida
valyutalarni va qimmatli qog‘ozlarni erkin bozor baholarida va hajmlarida
raqobatli almashinuvini ta’minlaydi.
23. Investorlarning mablag‘lari uchun kuchli raqobatli kurash sharoitida
“Investitsion loyihalar seleksiyasini va strukturaviy (tuzilmaviy) islohatlarni
amalga oshiruvchi mexanizm”. Ushbu rolni samarali bajarilishi yuqorida
keltirilgan rollarga hamohang bo‘lib davlatning monetar (asosan foiz stavkasini
o‘zgartilishi) va fiskal siyosatlari bilan bog‘liq iqtisodiy o‘sish modelida katta
ahamiyatga ega.
333 Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan
quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog‘liq asosiy vazifalari asosida
belgilanadi:
- iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb
qilinishi;
- kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
- davlat byudjetiga xizmat ko‘rsatishi, uning kamomadini (defitsitini)
qoplash uchun pul mablag‘larini samarali jalb qilinishi;
- iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
- inflyatsiya sur’atlari (templari) va valyuta kurslari o‘zgarishiga operativ
ta’sir ko‘rsatilishi;
-
davlatning
kredit-pul
va
byudjet-soliq
siyosatini
ob’ektiv
va
mutanosiblikda olib borilishi;
- mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
- jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
4-savol. O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori modeli
tamoyillariga asoslangan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
mamlakat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining yaxlit ekanligi xozirgi kundagi
xaqiqatdir. O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori bozor
iqtisodiyoti tizimining moliyaviy mexanizmi bo‘lib axoli va xo‘jalik sub’ektlarini
vaqtincha bo‘sh mablag‘larining aylanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan,
qimmatli qog‘ozlarning har bir egalari u fuqaro yoki yuridik shaxs bo‘lishidan
qat’iy nazar tadbirkorlar harakatiga taaluqli shaxs bo‘lib qoladi. Ushbu bozorga
kirishda motivatsiya mexanizmlari, turtkilari bo‘lib iqtisodiy o‘zgarishlar, siyosiy
masalalarning xal qilinishi, qimmatli qog‘ozlarning kurs qiymati dinamikasi, tijorat
banklarini fondlarining miqdori, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha taklif etilayotgan
foydaning miqdorlari xizmat qiladi.
«Qimmatli qog‘ozlar – bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi
o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi dividend
yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul
hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘grisida»gi
qonunning 3-moddasiga asosan quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini
dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga
va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini
tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan
emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
birja obligatsiyasi — chiqarilishi fond birjasi tomonidan ro‘yxatga
olinadigan va fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgan, aksiyadorlik
jamiyatlari tomonidan chiqariladigan qarz emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa
to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan
summani to‘lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli
qog‘oz;
davlat qimmatli qog‘ozlari — O‘zbekiston Respublikasining g‘azna
majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan
organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining obligatsiyalari;
depozitar tilxatlar — nominal qiymatga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘oz
bo‘lib, u taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning muayyan soniga bo‘lgan mulk
huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qog‘oz emitentidan
depozitar tilxat o‘rniga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarning tegishli sonini
olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlar bilan mustahkamlangan
huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bog‘liq
xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi;
depozit sertifikati — bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining
(sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan
foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan
belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy
qimmatli qog‘oz;
deponent — depo hisobvarag‘iga ega bo‘lgan shaxs;
infratuzilma obligatsiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa
infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun
pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari
tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan
va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
obligatsiya — emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani
saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini
obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga,
obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan
huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi;
xalqaro obligatsiya — sotiladigan emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u
emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan
joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan ko‘proq davlatda
taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna bo‘yicha) faqat ushbu guruh
orqali sotib olinadi;
emitent — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan
qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs;
O‘zbekiston
Respublikasining
g‘azna
majburiyatlari —
emissiyaviy
qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag‘lari kiritganligini
tasdiqlaydi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida
qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beradi;
qimmatli qog‘ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq
munosabatlari tizimi;
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qog‘ozlarning
emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog‘ozlar
bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek birjalar va Qimmatli qog‘ozlar
markaziy depozitariysi;
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish — qimmatli qog‘ozlarni ularning
dastlabki egalariga berish;
qimmatli qog‘ozlar egasi — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki
boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni
chiqarish va joylashtirish;
qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasi — emitent va u chiqaradigan
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek investorning qimmatli
qog‘ozlar olish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa
axborotni aks ettiruvchi hujjat;
qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — o‘z egalarining boshqa qimmatli
qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik
shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar, depozitar
tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar.
44444 Amaldagi qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan
qimmatli qog‘ozlar hosilalarining quyidagi turlari muomalada bo‘lishi mumkin:
1. Opsion;
2. Fyuchers;
3. Varrant.
O‘zbekiston Respublikasida muomalaga qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini
chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ya’ni mamlakatimiz xududida
qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish tartib-qoidasiga ko‘ra qimmatli
qog‘ozlarning hosilalari faqatgina aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari
(asosan
aksiyalar)
asosida
muomalaga
chiqarilishi
mumkin.
Qimmatli
qog‘ozlarning hosilalari emissiyasi amaldagi qonunchilikka asosan tegishli davlat
organida davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim.
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari (QQH) – o‘z egalarining boshqa
qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va
yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va
boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar;
opsion – emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘z emitentining muayyan
miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat’iy
belgilangan narx bo‘yicha sotib olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydi;
qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers (bundan buyon matnda fyuchers deb
yuritiladi) – qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli
qog‘ozlarning muayyan sonini qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish
majburiyatini tasdiqlaydi;
bazis aktivi – QQHning negizida bo‘lgan va qimmatli qog‘ozlar bozorida
muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari;
QQHning amal qilish muddati — QQHni saqlovchisi o‘zining bazis
aktivini sotib olish yoki sotish huquqini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan davr
(yoki aniq sana);
QQHning haridori (saqlovchisi) — bazis aktivini sotish yoki sotib olish
huquqini (yoki majburiyatini) o‘ziga oluvchi shaxs;
QQHning sotuvchisi — QQHning haridori talabiga ko‘ra bazis aktivini
yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatini o‘ziga oluvchi shaxs;
Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish
agentligi.
O‘zbekiston
Respublikasi
hududida
muomalaga
faqat
chiqarilishi
o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan QQH yo‘l qo‘yiladi.
QQH quyidagicha chiqarilishi mumkin:
- hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqarilishlar global
sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi);
- egasining nomi yozilgan;
- QQH sinflar va seriyalarga bo‘linadi.
QQHni chiqaruvchi va QQHning saqlovchilari oldida ular bo‘yicha
majburiyatlarni o‘z nomidan oluvchi yuridik shaxs emitent hisoblanadi. Varrantlar
emissiyasi bir vaqtning o‘zida varrant negizida yotuvchi qimmatli qog‘ozlarning
emissiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi
mumkin.
QQHda ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilish muddati bazis aktivning
amal qilish muddatidan oshiq bo‘lishi mumkin emas.
Bazis aktivining tasnifi quyidagi ma’lumotlardan tarkib topishi kerak:
- qimmatli qog‘oz turi (xili, toifasi);
- qimmatli qog‘oz nominali;
- birligi uchun narxi;
- soni;
- emitenti;
- umumiy qiymati;
- qimmatli qog‘ozning turiga qarab boshqa tavsiflar.
Bu muhim!!!
Kompaniyalarning aksiyalari oldi-sotdisi orqali boyib ketgan odamlar haqida
ko‘p eshitganmiz. Daromadlarni to‘g‘ri investitsiyalash hamda firibgarlar
qurboniga aylanmaslik uchun qimmatli qog‘ozlar bozori mexanizmlarini bilish
kerak bo‘ladi.
Fond birjasi nima?
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor.
Bu qimmatli qog‘ozlar haridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.
Misol uchun: dunyodagi yetakchi fond birjalariga NYSE, NASDAQ, LSE va
boshqalar kiradi.
Muhim faktlar: Amsterdam fond birjasi dunyodagi eng ko‘hna birja
sanaladi. Birja 1602 yilda tashkil topgan bo‘lib, shu yili tarixdagi ilk
aksiyadorlik kompaniyasi – Gollandiyaning Ost-Ind kompaniyasi tashkil etilgan.
«Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi
yagona fond birja. U 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta
kompaniya o‘z aksiyalari va 4 ta emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z
obligatsiyalari bilan savdo qiladi.
Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan
ularni jismoniy va yuridik shaxslar – investorlar harid qilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – qimmatli qog‘ozlarni saqlash,
yuritish, harakatini hisobga olish yagona tizimini ta’minlaydigan hamda boshqa
turdosh xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot. (Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini
Vazirlar Mahkamasining 1999 yi 21 maydagi 263-sonli «Qimmatli qog‘ozlarning
markaziy depozitariysini tashkil etish va uing faoliyati masalalari to‘g‘risida»gi
qaroriga muvofiq, majburiy litsenziyalashsiz amalga oshiradi).
Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi?
Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda, ya’ni fond birjasida
hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi. O‘zbekistonda ushbu
vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek,
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari (investitsiya maslahatchilari, brokerlar,
dilerlar, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) faoliyatini litsenziyalash
bilan shug‘ullanadi.
Aksiyalar kotirovkasi nima?
Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab
va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan
dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi
ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Bu muhim! Kompaniya aksiyalarining kotirovkasi doimo o‘zgarib turadi
va «Toshkent» RFB saytida «Birja kotirovka varag‘i» nomli maxsus jadvalda
doimiy aks etadi.
Har bir aksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta narxga ega:
Birinchidan, bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Uni
nominal qiymat ham deyishadi. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya
bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli.
Aksiyalarning bozor narxi ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi davridagi
talab va taklifga ko‘ra belgilanadi. Odatda u amalga oshgan bitimlarning o‘rtacha
qiymati sifatida yoki savdo kunining (savdo haftasi) yakuniy narxiga ko‘ra
belgilanadi.
Kotirovka narxlari – ma’lum vaqt oralig‘ida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi
bo‘yicha operatsiyalar bajarilgan, birjadagi turli sotuvchi va haridorlar tomonidan
taklif etilgan narxlar.
Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja
talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri. Birja qimmatli
qog‘ozlar emissiyasi (chiqarilishi) ro‘yxatdan o‘tganligini, uning natijalari
haqidagi hisobot, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini, o‘z
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilinishi va bir qator boshqa talablarga
rioya qilnishini tekshiradi.
1.Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy
qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin (6.1-rasm).
2. Moliya bozorining qo‘shimcha vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- emitentning moliya oqimlarini optimallashtirish;
- bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
- emitentning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
- biznesni rivojlantirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish;
- jahon moliya tizimiga integratsiyalashtirish;
Молиявий бозорлар
Пул
бозори
Капитал
бозори
Фонд
бозори
Валюта
бозори
- siyosiy xuruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va
valyutaviy intervensiya vositasi sifatida ta’sir ko‘rsatish;
-
investorlarning
xuquqlarini
himoyalash
va
maqsad-manfaatlarini
ta’minlash.
3. Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan
quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog‘liq asosiy vazifalari asosida
belgilanadi:
- iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb
qilinishi;
- kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
- davlat byudjetiga xizmat ko‘rsatishi, uning kamomadini (defitsitini)
qoplash uchun pul mablag‘larini samarali jalb qilinishi;
- iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
- inflyatsiya sur’atlari (templari) va valyuta kurslari o‘zgarishiga operativ
ta’sir ko‘rsatilishi;
-
davlatning
kredit-pul
va
byudjet-soliq
siyosatini
ob’ektiv
va
mutanosiblikda olib borilishi;
- mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
- jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
Amaldagi qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan qimmatli
qog‘ozlar hosilalarining quyidagi turlari muomalada bo‘lishi mumkin:
1. Opsion;
2. Fyuchers;
3. Varrant.