MOLIYAVIY NAZORAT (Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi)
Yuklangan vaqt
2024-12-10
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
33,0 KB
MOLIYAVIY NAZORAT (Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va
ularning o‘zaro bog‘liqligi)
Reja:
1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, nazorat sohalari, ob’ekti, predmeti, tizimi,
vazifalari, tamoyillari.
2. Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.
3. Moliyaviy nazorat sohalari: davlat moliyaviy nazorati, nodavlat moliyaviy
nazorati. Moliyaviy nazorat tizimining elementlari.
4. Moliyaviy nazoratni tashkil etish tamoyillari.
5. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari.
1-savol
bayoni.
O‘zbekiston
Respublikasida
iqtisodiyotning
bozor
munosabatlariga o‘tish sharoitida ham, bugungi iqtisodiyotni liberallashtirish
sharoitida ham umumdavlat moliyaviy nazoratining ahamiyati tobora ortib
bormoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida kuchli moliyaviy
nazoratni shakllantirishni davr talabi hisoblanar ekan, moliyaviy nazoratni
takomillashtirish doimo mamlakatimiz rahbariyatining diqqat-e’tiborida bo‘lgan.
Bu xususda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev quyidagi fikrlarlarni ta’kidlaydi: “Albatta,
Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad
uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib
bo‘lmaydigan haqiqat. Shunday ekan, nima uchun G‘aznachilik va Nazorat-taftish
boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? Ularda jami 4 ming
nafar xodim ishlaydi va ularning harajatiga yiliga 90 milliard so‘m davlat mablag‘i
sarflanadi. Ana shu tuzilmalar rahbar va xodimlari shunday tasavvur bilan
yashamoqdaki, ularning vazifasi go‘yo faqatgina nazorat qilish va boshqalarni
jazolashdir.
Lekin faqat qamchi va qilich bilan ijobiy natijalarga erishib bo‘ladimi? Bu -
nafaqat xato fikr, balki chuqur yanglishish, deb hisoblayman. Bu borada
profilaktika ishlarini kim samarali olib boradi?”1.
Darhaqiqat,
islohotlar
izchilligini
ta’minlash
va
davlat
byudjeti
harajatlaridan oqilona foydalanish jarayonida moliyaviy nazoratning ilg‘or
usullarini qo‘llash, mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda
harajatlarni tejashda moliyaviy nazorat organlarining profilaktik tadbirlarni
o‘tkazishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakat moliya tizimida tovar va pul oqimlarini moliyaviy-iqtisodiy
boshqarishda davlat moliyaviy nazoratining samarali tizimini yaratish o‘ziga xos
o‘rin egallaydi, bundan tashqari davlatning moliyaviy mablag‘laridan samarali
foydalanishning kafolati bo‘lib davlat moliyaviy nazorati hisoblanadi. Davlatning
jamiyat oldidagi asosiy vazifalarini bajarishdagi rolini oshirish bu amaldagi
qonunchilikka muvofiq davlat harajatlari va moliyaviy oqimlar yo‘nalishlari
ustidan samarali nazoratni ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy moliya tizimini
yaratishni talab qiladi. O‘z navbatida, moliya tizimi esa mavjud usullardan
foydalanib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun davlat moliyaviy jarayonlarining
yuqori darajadagi tiniqligi va shaffofligini taminlaydi.
Shunday ekan, byudjet daromadlarini shakllantirishda ishtirok etuvchi
iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar hamda aholining soliq qonunchiligiga
rioya etilishi ustidan olib boriladigan moliyaviy nazorat bugungi kundagi muhim
nazorat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, moliyaviy
nazoratning asosiy vazifalaridan biri bu moliyaviy qonun hujjatlariga rioya
1 Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14
yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. -104 b.
qilinishini, moliyaviy intizomni ta’minlash, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz
foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali davlat moliyaviy siyosatining amalga
oshirilishiga ko‘maklashishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda, Davlat moliyaviy
nazorati optimal byudjet va soliq siyosatining ishlab chiqilishi va samarali amalga
oshirilishi hamda davlat byudjetiga va iqtisodiyotning rivojlanishiga tushumlarning
maksimal darajada o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Davlatning moliyaviy nazorati har bir davlatning muhim funksiyasi bo‘lib,
moliya-kredit tizimini normal harakat qilishida, albatta, bajarilishi kerak bo‘lgan
shartlardan biridir. Qarshiliklar munosabatlariga asoslangan bozor iqtisodiyotiga
o‘tish rejasida, iqtisod o‘zini boshqarishga barqaror va samarali harakatlariga
alohida e’tibor berilgan. Bu moliyaviy nazoratni ayrim bo‘g‘inlarini yo‘q qilishga
asos bo‘lib va qolganlarini intizomini bo‘shashtirishga olib keldi, ishlarni real
ahvolini, moliyaviy intizomini buzilishini, suiste’molini bartaraf qilolmadi.
Hissadorlik korxonalarida va boshqa nodavlat sektoridagi xo‘jalik
sub’ektlarida davlat moliyaviy nazoratini yo‘q qilinishi xorijiy davlatlarda bu
nazorat yo‘qligi bilan izohlanadi. Lekin, ularda bozor tizimi ko‘p yillar davomida
tuzilgan bo‘lib, aldashda va noinsoflik, moliyaviy dallolchilikda tartib qoidani va
ma’suliyatni qattiq tutishgan.
Bozor munosabatlari hamma shakldagi mulk egalari bo‘lgan xo‘jalik
sub’ektlarning sistematik reviziyalarini va moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish
zarurligini, kamchiliklarini oldini olib va ularni bartaraf etish uchun chora
tadbirlarni ishlab chiqishni rad etmaydi. Moliyaviy nazorat bozor iqtisodiyotiga
ham o‘ziga xos ob’ektiv va hamma xorijiy davlatlarda qanday me’yorda siyosiy va
iqtisodiy vazifalar talab etilsa, shu me’yorda qo‘llaniladi.
Moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi va rivojlanishi davlat moliyaviy
tizimining tashkil etilishi va rivojlanishi bilan shart qilib qo‘yildi. Moliya kabi
moliyaviy nazorat ham kapitalistik jamiyatdan avvalgi bosqichlardayoq,
shakllanish va rivojlanishning uzoq davrini bosib o‘tdi. Uning ba’zi elementlari
quldorlik va feodal jamiyatlardagi ijtimoiy munosabatlarda nomoyon bo‘ldi.
Quldorlik va feodal jamiyatlari barcha ijtimoiy qatlamlarga singgan hokimlik
va tobelik munosabatlari, «musht» huquqi davlat soliq to‘plovchilari faoliyatining
nihoyatda xilma xil «nazorat» shakllarining gullab-yashnashi uchun ob’ektiv asos
yaratadi.
Davlat boshlig‘ining daromadlarini davlat daromadlari va harajatlari bilan
muqoyasalash quldorlik va feodal jamiyatlarga xos hodisa bo‘lgan. Rim senati
siyosiy hayotda hal qiluvchi rol o‘ynagan Rim respublikasi davridagina jamoat
xo‘jaligi xususiy xo‘jalikdan ajratildi, bir muncha rivojlangan moliyaviy
munosabatlar tizimi paydo bo‘lib, davlat daromadlari, boj soliqlari, aksizlar, fiskal
monopoliyalardan iborat edi. Daromadlar ham, harajatlar ham erariyga - Rim
senatining xazinasi va fisk-imperator xazinasiga bo‘lingan edi.
Rim respublikasining inqirozi bilan (ayniqsa, Rim imperiyasi davrida)
moliyaviy nazorat elementlari yo‘qoldi, chunki xokimiyatni to‘liq egallab olgan
imperatorlar xazinaga o‘z mulki sifatida qarar va jamiyat mablag‘laridan o‘z
bilganlaricha foydalanardilar.
Feodalizm davrida moliya masalasi betartib bo‘lib, davlat tomonidan tartibga
solingan pul munosabatlari tizimi mavjud emasdi. Feodalizmda moliyaviy
munosabatlarning bir muncha rivojlangan shakllari shaharlar- hunarmandchilik,
manufaktura, savdo markazlari, bankirlar uylari paydo bulgan joylarda mavjud
bo‘lgan.
Moliya elementlariga nisbatan moliyaviy nazorat mutlaqo ibtidoiy ahvolda
edi. Davlat xazinasi davlat boshlig‘i xazinasidan ajratilmagan va hokimi mutlaklar
mablag‘lardan o‘z mablag‘lari singari mutlaqo benazorat foydalanardilar. Davlat
harajatlari nazoratdan to‘liq holi bo‘lib, bu hukmron sinflarning tekinxo‘rlarcha
iste’moli, xazinani talon taroj-kilish va poraxo‘rlik o‘sishiga xizmat qilar; natura
soliqlari va to‘lovlar undirishda boshboshdoqlik hukm suradi.
Shunday qilib, quldorlik jamiyatidagi kabi feodal jamiyatda ham moliyaviy
nazorat moliyaga nisbatan ancha sust rivojlandi.
Hokimiyat tepasiga kelgan yangi burjua sinfi mufassal moliyaviy tizimni
barpo etdi, davlat xazinasi davlat boshlig‘i xazinasidan ajratildi, soliqlar va
yig‘imlarning batartib tizimi belgilandi.
Rivojlangan moliyaviy tizim moliyaviy nazoratning rivojlanishini taqozo
etardi. Fransiya, Italiyada davlat moliyaviy nazoratining bevosita sub’ektlari –
Hisob palatalari, Angliyada – Bosh nazoratchi va Bosh to‘lovchi qonun
chiqaruvchi hokimiyat (parlament) tomonidan tayinlanadi.
Davlat mulkining rivojlanishi bilan moliyaviy nazorat sohasi ham kengayib
bordi, lekin u tobora shartli tus ola boshladi, chunki davlat sektori korxonalaridan
tashqari ko‘pdan-ko‘p xususiy korxonalar o‘zlarining haqiqiy daromadlarini
bemalol yashirardi.
Moliyaviy nazoratning mohiyatini tushunish uchun uning har qanday
iqtisodiy formatsiya va ishlab chiqish munosabatlarining barcha turlariga xos
bo‘lgan umumiy xususiyatlarini aniqlab olish lozim.
Moliya nazorat vazifasining mavjudligi o‘z-o‘zidan moliyaviy nazoratning
mavjudligini keltirib chiqarmaydi, u tegishli davlat organlarining muqim tashkil
etuvchi faoliyatini taqozo etadi.
Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan
foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi
va xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar
moliyaviy nazoratning ob’ekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti
sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala harajatlari kabi qiymat
ko‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda
pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi
moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:
iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta
taqsimlash proporsiyalarining optimalligi);
byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo‘lgan mehnat,
moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
o‘zaro soliq munosabatlari.
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o‘tkazilishi uning tashkil
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o‘tkazishning metodlariga
bog‘liq.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra uning quyidagi
turlari mavjud:
umumdavlat moliyaviy nazorati;
idoraviy moliyaviy nazorat;
xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat;
jamoatchilik moliyaviy nazorati;
mustaqil moliyaviy nazorat.
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident,
hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona
qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy
nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat harajatlarining
sarflanishi bo‘yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va
boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo‘ysunuvchi
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
Xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va
moliyaviy xizmatlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning
ob’ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik va moliyaviy
faoliyati maydonga chiqadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladi. Nazoratning ob’ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda
aniqlanadi.
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa
xizmatlar tomonidan o‘tkaziladi.
Moliyaviy
nazoratning
shakllarini
quyidagi
mezonlar
bo‘yicha
klassifikatsiya qilish qabul qilingan:
amalga oshirilish reglamenti;
o‘tkazilish vaqti;
nazoratning sub’ektlari;
nazoratning ob’ektlari.
Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
majburiy (tashqi);
tashabbuskorli (ichki).
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy
(tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi,
mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga,
byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va
tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik
tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo‘lishi mumkin.
Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib
chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning
ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
dastlabki;
joriy (operativ);
navbatdagi (kelgusi, so‘nggi).
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo‘lishidan
oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish
yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu
shakli mablag‘larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun
harajatlarning
moliyaviy
jihatdan
asoslangan
bo‘lishini
ko‘zda
tutadi.
Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni
va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini
ko‘rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va
kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo‘limlari, bashorat balanslarini
tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo‘lishi
mumkin.
Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar,
ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo‘lish vaqtida amalga
oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larni olish va ularni sarflash
jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi,
moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o‘z vaqtida
amalga oshirilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta
rol o‘ynaydi.
Navbatdagi (kelgusi, so‘nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va
buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning
bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan
moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy harajat-
larni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga
mo‘ljallangan.
Nazoratning sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari
bo‘lishi mumkin:
Prezident moliyaviy nazorati;
hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish
organlarining moliyaviy nazorati;
ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;
moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;
firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;
auditorlik moliyaviy nazorati;
va boshqalar.
Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi
shakllari mavjud:
byudjet moliyaviy nazorati;
nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat;
sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat;
investitsion faoliyat bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat va boshqalar.
2-savol bayoni. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda
(aspektda) qaraladi:
barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy
intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq
reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;
moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini
ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini
boshqarishning ajralmas elenmenti.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda
farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari
ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta
e’tibor beriladi.
Barcha iqtisodiy sub’ektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning)
moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli
darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga
oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy
qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini
baholash va amalga oshirilgan harajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan
nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u
yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan
cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi
uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga
oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan,
moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham
moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan
iborat:
turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va harajatlari;
soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari);
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlari;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muomala harajatlari;
tannarx va foyda;
uy xo‘jaliklarining daromadlari va harajatlari;
va boshqalar.
Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning
ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning
amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va
ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqoza etadi.
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib
xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’ektlarning
manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
3-savol bayoni. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy
nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan
(mustaqil bo‘lgan) ikki sohaga bo‘linadi2:
davlat moliyaviy nazorati;
nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va
hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining
kompleksli va maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil
etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy
reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy
tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog‘liq.
Davlat moliyaviy nazorati YAIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini
kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish,
ularning to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli
hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va
moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng
avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish,
muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va
moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa,
davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda
korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga
egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga
oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham
qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini,
2 Ayrim iqtisodchi olimlarning fikricha, moliyaviy nazorat tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: davlat moliyaviy
nazorati; kontragentlar bilan moliyaviy-hisob-kitob munosabatlari jarayonidagi nazorat; nodavlat moliyaviy
nazorati. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-ye, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof.
I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.23).
ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga
muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan
o‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va
hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi,
korporativ) va tashqi (auditorlik).
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda
bo‘lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi:
bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo‘ysunuvchi hisob
palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan
umumiy nazoratni o‘rnatishdir;
asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat
qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi
soliq muassasi;
quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining
tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;
hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning
qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari;
asosiy
vazifasi
harajatlarni
qisqartirish,
moliyaviy
oqimlarni
optimallashtirish va foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat xizmatlari.
O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi
ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga
Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Bozor xo‘jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan moliyaviy
nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq harakterga ega bo‘lib, sekin-
astalik bilan g‘arb modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o‘zining
samaradorligini yaqqol ko‘rsatgan3.
3 AQSH Kongressining ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 50 yil ichida federal nazorat-taftish organlarining faoliyatidan
olingan jami iqtisodiy samara 500 mlrd. dollardan kam bo‘lmagan. Qarang: Somenkov A.D. Parlamentskiy kontrol
za ispolneniyem gosudarstvennogo byudjeta. – M.: Ekonomika, 1998. s. 79.
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan
iborat:
pul fondlarining o‘lchami va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj
o‘rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko‘rsatish;
davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini
ta’minlash;
moliyaviy resurslarni ko‘paytirishning ichki xo‘jalik rezervlarini qidirib
topish;
va boshqalar.
4-savol bayoni. Jahon hamjamiyati ko‘p yillik tajriba asosida moliyaviy
nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda
ularga rioya qilishga dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Bu
prinsiplar INTOSAI4ning Lima deklaratsiyasida o‘z aksini topgan. Ularning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
mustaqillik;
ob’ektivlik;
kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);
oshkoralik.
Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan
mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament
muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion harakteri bilan
ta’minlanishi kerak. Ob’ektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik)
nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so‘zsiz itoat etilishini, taftish
ishlarini
amalga
oshirishning
belgilangan
(o‘rnatilgan)
standartlariga
(andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy
darajada bo‘lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchi-larining jamotchilik
va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo‘lishini ko‘zda tutadi.
4 INTOSAI – dunyoning 178 mamlakati oliy nazorat organlarining Xalqaro tashkiloti. Uning doirasida mintaqaviy
tashkilotlar ham amal qiladi. Ulardan biri YEVROSAI bo‘lib, u oliy nazorat organlarining Yevropa tashkilotidir.
Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy harakter kasb etuvchi moliyaviy
nazoratning quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin:
natijalilik;
nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va
mantiqiyligi;
nazorat sub’ektlarining sotib oluvchanmasligi;
tekshirish va taftish aktlarida keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va
isbotlanganligi;
preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi);
moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik
(sudgacha) prezumpsiyasi;
turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi;
va boshqalar.
Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir
ko‘rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, yuqoridagi
prinsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning o‘zida, har bir davlatda nazorat
harakatlarining o‘z reglamenti (tartibi va ketma-ketligi) mavjud bo‘lib, bu narsa
pirovardida moliyaviy nazoratning natijalariga o‘z ta’sirini, albatta, ko‘rsatadi.
5-savol bayoni. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Byudjet
tizimi byudjetlarining ijrosini nazorat qilish” deb nomlangan IX bo‘lim 26-27-
boblari Davlat moliyaviy nazorati va bu boradagi munosabatlarga bag‘ishlangan
(170-186-moddalar).
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining
moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish
va unga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek byudjet sohasida korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati:
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining,
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining va O‘zbekiston Respublikasi
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan
tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan
nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshirishga:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining;
- davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
buzilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat
moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat
organlaridir.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining
daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida
davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi,
shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat
moliyaviy nazoratining prinsiplaridir.
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan
buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va
o‘rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:
- dastlabki nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar
g‘aznachilik bo‘linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
- joriy nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g‘aznachilik
bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga
oshiriladigan;
- yakuniy nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so‘ng davlat
moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
- yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya,
moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
- tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya,
statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yo‘naltirilganligi va predmetiga qarab:
- kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini nazorat qilish;
- mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun
ayrim masalalar bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish;
- muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va
turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o‘z ichiga
olgan tekshirish, bundan tadbirkorlik sub’ektlari mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari
(ko‘rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o‘xshashligiga
qaramasdan, o‘zlarining pirovard maqsadlari bo‘yicha bir-biridan tubdan farq ham
qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni
tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv harajatlarini minimallashtirish
bo‘lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning (ayniqsa,
firma ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi
foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa
harajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o‘zida moliyaviy nazoratning
har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo‘yilgan.