MOLIYAVIY NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

105,5 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYAVIY NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI 
 
 
Reja: 
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. 
2. Moliyaviy nazoratning tasnifi. 
3. Davlat moliyaviy nazorati. 
4.Auditorlik faoliyatining moliyaviy-huquqiy tabiati. 
5.Moliyaviy nazoratning shaklari va usullari. 
6.Moliyaviy monitoring va uning turlari.
MOLIYAVIY NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI Reja: 1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. 2. Moliyaviy nazoratning tasnifi. 3. Davlat moliyaviy nazorati. 4.Auditorlik faoliyatining moliyaviy-huquqiy tabiati. 5.Moliyaviy nazoratning shaklari va usullari. 6.Moliyaviy monitoring va uning turlari.
 
 
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. 
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’yektiv xos 
bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, moliyaviy 
nazorat quyidagi ikki yo’nalishda qaraladi: barcha iqtisodiy sub’yektlarning 
moliyaviy qonunchilik va moliyaviy (intizomga rioya qilishi ustidan maxsus 
tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga 
solingan) faoliyati; moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga 
muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul 
oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki 
yo’nalishi (aspekti) bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lsa-da, nazoratning maqsadi, 
metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda 
nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda 
moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha 
iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati 
ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, 
shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan 
nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini 
shakllantirish 
va 
ulardan 
foydalanish 
jarayonida 
moliyaviy-iqtisodiy 
qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining samaradorligini 
baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan 
nazoratni o’z ichiga oladi. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga 
oshiriladigan nazorat bo’lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining 
barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida 
ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’yekti pul 
munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy 
ko’rsatkichlardan iborat: turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; 
(soliq to’lovlarining hajmlari (miqdorlari, o’lchamlari); ( xo’jalik yurituvchi 
sub’yektlarning daromadlari; (xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala 
xarajatlari; (tannarx va foyda; (uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’yektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda qaraladi: barcha iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy (intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo’nalishi (aspekti) bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o’z ichiga oladi. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo’lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko’rsatkichlardan iborat: turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; (soliq to’lovlarining hajmlari (miqdorlari, o’lchamlari); ( xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari; (xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari; (tannarx va foyda; (uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
 
 
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib 
xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning 
manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy 
etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va 
ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo’lgan) ikki sohaga bo’linadi:  
-davlat moliyaviy nazorati;  
-nodavlat moliyaviy nazorati.  
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va 
hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy huquqiy harakatining kompleksli 
va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda 
mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Uning huquqiy 
reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy 
taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat moliyaviy 
nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik 
uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha 
darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, 
tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy 
korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar 
umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat 
moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ 
biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq 
iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan 
moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan 
holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan 
byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va 
qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan 
(belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni 
yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi. 
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi: ichki (firma ichidagi, 
korporativ) va tashqi (auditorlik). Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo’lgan) ikki sohaga bo’linadi: -davlat moliyaviy nazorati; -nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi. Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik). Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat
 
 
sohalari (ko’rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining 
o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan 
tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat 
xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv 
xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat 
moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini 
oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni 
minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki 
sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan. Pul 
munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi 
qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo’jalikning 
barcha bo’g’inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy 
nazoratning ob’yekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida 
foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat 
ko’rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda 
pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi 
moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.  
Moliyaviy nazorat o’z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:  
-iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish , 
-byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati); 
-korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo’lgan( mehnat, 
moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; 
-o’zaro soliq munosabatlari. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda 
bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi: bevosita mamlakatning parlamenti 
yoki prezidentiga bo’ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi 
davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir; asosan 
soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va 
mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo’ysunuvchi soliq 
muassasi; 
quyi 
tashkilotlarini 
tekshiruvchi 
va 
taftish 
qiluvchi 
davlat
sohalari (ko’rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan. Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo’jalikning barcha bo’g’inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’yekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat ko’rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi. Moliyaviy nazorat o’z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi: -iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish , -byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati); -korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo’lgan( mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; -o’zaro soliq munosabatlari. Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi: bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo’ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir; asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo’ysunuvchi soliq muassasi; quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat
 
 
tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; hisobot hujjatlarining 
ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida 
tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari; asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, 
moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat 
xizmatlari. O’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat 
tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar 
qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalarni kiritish 
mumkin. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat: pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj 
o’rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko’rsatish; davlat byudjeti 
oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash; moliyaviy 
resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik rezervlarini qidirib topish; va boshqalar.  
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil 
etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga 
dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Ularning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: mustaqillik; ob’yektivlik; kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); 
oshkoralik.  
Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan 
mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament 
muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan 
ta’minlanishi kerak. Ob’yektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) 
nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish 
ishlarini amalga oshirishning belgilangan standartlariga (andozalariga) qattiq rioya 
etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi. 
Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot 
vositalari bilan doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi.  
Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy 
nazoratning quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin: natijalilik; 
nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi; 
nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi; tekshirish va taftish aktlarida
tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari; asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat xizmatlari. O’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalarni kiritish mumkin. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko’rsatish; davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash; moliyaviy resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik rezervlarini qidirib topish; va boshqalar. Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mustaqillik; ob’yektivlik; kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); oshkoralik. Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’yektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan standartlariga (andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi. Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy nazoratning quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin: natijalilik; nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi; nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi; tekshirish va taftish aktlarida
 
 
keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; preventivlik 
(moliyaviy 
buzilmalar 
ehtimolining( 
ogohlantiriluvchanligi); 
moliyaviy 
jinoyatlar bo’yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha) 
prezumpsiyasi; 
turli 
nazorat 
organlari 
faoliyatlarining 
muvofiqlashtiruvchanligi; va boshqalar.  
Kontrol tushunchasi nazoratdan farq qilib, hamma vaqt yuqori organlar 
tomonidan ularga bo’ysunuvchi quyi organlar faoliyatini tekshirish jarayonida 
qo’llaniladi. Kontrol usulini qo’llash huquqiga ega bo’lgan organlar o’zlariga 
bo’ysunuvchi ob’yektlarning moliyaviy, xo’jalik, tashkiliy va boshqa xildagi 
faoliyatini o’rganib chiqib, ushbu faoliyat davomida ularning qonunlarga qay 
darajada rioya qilinganligini aniqlay-dilar. Agar qonun buzilganligi aniqlansa, 
aybdor shaxslarga nisbatan davlat majburlov choralarini (masalan, intizomiy 
javobgarlik choralarini) bevosita qo’llashlari mumkin. Nazorat olib boruvchi 
organlar esa, o’zlariga bo’ysunmagan ob’yektlar faoliyati ustidan nazorat 
o’rnatishlari mumkin. Nazorat maxsus davlat nazorati organlari tomonidan yoki 
prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat jarayonida aniqlangan 
kamchiliklar, qonun buzilishlari bevosita hal qilinmaydi yoki aybdor shaxslar 
bevosita javobgarlikka tortilmaydi. Nazorat vaqtida aniqlangan kamchiliklar, 
qonun buzilishlari to’g’risida nazorat olib borilgan organ (tashkilot) bo’ysungan 
yuqori organga yoki tegishli davlat organlariga (masalan, sud, prokuratura 
organlariga) murojaat qilish mumkin.  
 
2. Moliyaviy nazoratning tasnifi. 
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil 
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga 
bog’liq.  
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi 
turlari mavjud:  
 Umumdavlat moliyaviy nazorati;  
 idoraviy moliyaviy nazorat;
keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining( ogohlantiriluvchanligi); moliyaviy jinoyatlar bo’yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha) prezumpsiyasi; turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi; va boshqalar. Kontrol tushunchasi nazoratdan farq qilib, hamma vaqt yuqori organlar tomonidan ularga bo’ysunuvchi quyi organlar faoliyatini tekshirish jarayonida qo’llaniladi. Kontrol usulini qo’llash huquqiga ega bo’lgan organlar o’zlariga bo’ysunuvchi ob’yektlarning moliyaviy, xo’jalik, tashkiliy va boshqa xildagi faoliyatini o’rganib chiqib, ushbu faoliyat davomida ularning qonunlarga qay darajada rioya qilinganligini aniqlay-dilar. Agar qonun buzilganligi aniqlansa, aybdor shaxslarga nisbatan davlat majburlov choralarini (masalan, intizomiy javobgarlik choralarini) bevosita qo’llashlari mumkin. Nazorat olib boruvchi organlar esa, o’zlariga bo’ysunmagan ob’yektlar faoliyati ustidan nazorat o’rnatishlari mumkin. Nazorat maxsus davlat nazorati organlari tomonidan yoki prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari bevosita hal qilinmaydi yoki aybdor shaxslar bevosita javobgarlikka tortilmaydi. Nazorat vaqtida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari to’g’risida nazorat olib borilgan organ (tashkilot) bo’ysungan yuqori organga yoki tegishli davlat organlariga (masalan, sud, prokuratura organlariga) murojaat qilish mumkin. 2. Moliyaviy nazoratning tasnifi. Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga bog’liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud:  Umumdavlat moliyaviy nazorati;  idoraviy moliyaviy nazorat;
 
 
 xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat;  
 jamoatchilik moliyaviy nazorati;  
 mustaqil moliyaviy nazorat. 
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, 
hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona 
qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy 
nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining 
sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat.  
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va 
boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi 
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.  
Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va 
moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning 
ob’yekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy 
faoliyati maydonga chiqadi. 
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Nazoratning ob’yekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq 
ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik 
firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Moliyaviy nazoratning 
shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan: 
amalga oshirilish reglamenti; o’tkazilish vaqti; nazoratning sub’yektlari; 
nazoratning ob’yektlari.  
Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari 
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:  
- majburiy (tashqi); 
 - tashabbuskorli (ichki). 
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy 
(tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, 
mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, 
byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va
 xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat;  jamoatchilik moliyaviy nazorati;  mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob’yekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning ob’yekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan: amalga oshirilish reglamenti; o’tkazilish vaqti; nazoratning sub’yektlari; nazoratning ob’yektlari. Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - majburiy (tashqi); - tashabbuskorli (ichki). Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va
 
 
tashkilotlarning 
moliya-buxgalteriya 
hisobotlari 
ma’lumotlarini 
majburiy 
auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo’lishi mumkin.  
Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib 
chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning 
ajralmas qismi hisoblanadi.  
O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni 
o’z ichiga oladi: 
-dastlabki; 
-joriy (operativ); 
-navbatdagi (kelgusi, so’nggi). 
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo’lishidan 
oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni 
ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli 
mablag’larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun 
xarajatlarning 
moliyaviy 
jihatdan 
asoslangan 
bo’lishini 
ko’zda 
tutadi. 
Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni 
va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini 
ko’rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va 
kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo’limlari, bashorat balanslarini 
tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo’lishi 
mumkin.  
Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, 
ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo’lish vaqtida amalga 
oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash 
jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, 
moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida 
amalga oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta 
rol o’ynaydi.
tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo’lishi mumkin. Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o’z ichiga oladi: -dastlabki; -joriy (operativ); -navbatdagi (kelgusi, so’nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo’lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo’lishini ko’zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko’rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo’limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo’lishi mumkin. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida amalga oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o’ynaydi.
 
 
Navbatdagi (kelgusi, so’nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va 
buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning 
bu shakli iqtisodiy sub’yektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan 
moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy 
xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga 
mo’ljallangan.  
Nazoratning sub’yeklari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari 
bo’lishi mumkin: 
 Prezident moliyaviy nazorati; 
 hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish 
organlarining moliyaviy nazorati; 
 ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati; 
 moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; 
 firmaviy-ichki moliyaviy nazorat; 
 auditorlik moliyaviy nazorati; va boshqalar 
Nazoratning ob’yektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi 
shakllari mavjud:  
 byudjet moliyaviy nazorati;  
 nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  
  soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  
 valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  
 kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat;  
 sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat;  
 investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  
  pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; va boshqalar.  
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan 
foydalaniladi: 
 tekshiruv; 
 tadqiq etish; 
 nadzor (nazorat);
Navbatdagi (kelgusi, so’nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’yektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga mo’ljallangan. Nazoratning sub’yeklari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo’lishi mumkin:  Prezident moliyaviy nazorati;  hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moliyaviy nazorati;  ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;  moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;  firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;  auditorlik moliyaviy nazorati; va boshqalar Nazoratning ob’yektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud:  byudjet moliyaviy nazorati;  nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat;  sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat;  investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; va boshqalar. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan foydalaniladi: tekshiruv; tadqiq etish; nadzor (nazorat);
 
 
 moliyaviy holat tahlili; 
 kuzatish (monitoring); taftish. 
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy xo’jalik 
faoliyatning alohida masalalari bo’yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida 
moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida 
choralar belgilanadi.  
Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab 
oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg’i va 
energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o’lchanadi. Shuningdek, tadqiq 
etish so’rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi 
mumkin. 
Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug’urta, 
investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’yektlar 
ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U 
buzilishi litsenziyaning chaqirib olinishiga olib keladigan o’rnatilgan (belgilangan) 
qoidalar va normativlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ko’zda tutadi. 
Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo’jalik 
faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va 
ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik 
moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o’rganishni ko’zda 
tutadi. 
Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, 
nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo’llash yordamida amalga oshiriladigan 
korxona, tashkilot va muassasalar moliya-xo’jalik faoliyatini o’zaro bog’langan 
kompleks tekshiruvidan iboratdir. Sub’yekt xo’jalik faoliyatini qamrab olishning 
to’liqligiga qarab taftishning quyidagi turlari bo’lishi mumkin: to’liq; qisman; 
mavzuli; kompleksli.  
3. Davlat moliyaviy nazorati. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
78-moddasining 
8-bandiga 
muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti
moliyaviy holat tahlili; kuzatish (monitoring); taftish. Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy xo’jalik faoliyatning alohida masalalari bo’yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida choralar belgilanadi. Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg’i va energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o’lchanadi. Shuningdek, tadqiq etish so’rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug’urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’yektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U buzilishi litsenziyaning chaqirib olinishiga olib keladigan o’rnatilgan (belgilangan) qoidalar va normativlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ko’zda tutadi. Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo’jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o’rganishni ko’zda tutadi. Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo’llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliya-xo’jalik faoliyatini o’zaro bog’langan kompleks tekshiruvidan iboratdir. Sub’yekt xo’jalik faoliyatini qamrab olishning to’liqligiga qarab taftishning quyidagi turlari bo’lishi mumkin: to’liq; qisman; mavzuli; kompleksli. 3. Davlat moliyaviy nazorati. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti