MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH

Yuklangan vaqt

2024-12-10

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

26,0 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH 
 
 
 
Reja: 
1. Moliyaviy rejalashtirish. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni 
boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirish ekanligi. 
2. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy usullar. 
3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. 
4. Moliyaviy rejalashtirish turlari. Moliyaviy rejalashtirishning funksiyalari va 
o‘ziga xos xususiyatlari. 
5. Moliyaviy tartibga solish. Moliyaviy tartibga solishning huquqiy asoslari.  
 
1-savol bayoni. Har qanday sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish  
tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir1. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng 
umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish 
bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi.  
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini  yanada umumiyroq 
bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv 
zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. 
Haqiqatdan ham  rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni 
                                                          
 
1 Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi munosabati bilan ayrim iqtisodchilar tomonidan 
iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) roli butunlay inkor etilmoqda. Bu 
narsani bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalashtirilmasdan, balki 
aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi  va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilinmoqda. Shu boisdan ham ayrim 
darslik va o‘quv qo‘llanmalarida rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish) masalalariga o‘rin 
berilmayapti. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi mualliflarining fikricha, bozor iqtisodiyotining, eng avvalo, talab va taklifga 
asoslanishi  tegishli iqtisodiy jarayonlarning rejalashtirishdan  mutlaqo voz kechilishini anglatmaydi. Aksincha, 
bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish ham) yangicha ma’no-mazmun kasb 
etib, sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv tizimining eng muhim bosqichi bo‘lib qolaveradi. 
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH Reja: 1. Moliyaviy rejalashtirish. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirish ekanligi. 2. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy usullar. 3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. 4. Moliyaviy rejalashtirish turlari. Moliyaviy rejalashtirishning funksiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Moliyaviy tartibga solish. Moliyaviy tartibga solishning huquqiy asoslari. 1-savol bayoni. Har qanday sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir1. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi. “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni 1 Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi munosabati bilan ayrim iqtisodchilar tomonidan iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) roli butunlay inkor etilmoqda. Bu narsani bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalashtirilmasdan, balki aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilinmoqda. Shu boisdan ham ayrim darslik va o‘quv qo‘llanmalarida rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish) masalalariga o‘rin berilmayapti. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi mualliflarining fikricha, bozor iqtisodiyotining, eng avvalo, talab va taklifga asoslanishi tegishli iqtisodiy jarayonlarning rejalashtirishdan mutlaqo voz kechilishini anglatmaydi. Aksincha, bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish ham) yangicha ma’no-mazmun kasb etib, sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv tizimining eng muhim bosqichi bo‘lib qolaveradi.  
 
balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha 
ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini 
(muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan 
faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.  
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy 
resurslar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo‘lida) qolgan 
daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) 
esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo‘yicha  
daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to‘langandan keyingi o‘lchamlari 
(miqdorlari) o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish 
yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab 
qo‘yishi mumkin. 
 
2-savol bayoni. Umumiy  va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish 
deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. 
Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi 
moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash 
tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish 
ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va 
shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy 
rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish 
kerakki,  moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu  sub’ekt faoliyat ko‘rsatishi 
moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar 
inobatga olinishi kerak. 
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
 taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish; 
 jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish 
menejmenti; 
 firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va 
nazorat qilish texnologiyasi; 
balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo‘lida) qolgan daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to‘langandan keyingi o‘lchamlari (miqdorlari) o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin. 2-savol bayoni. Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’ekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:  taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;  jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti;  firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;  
 
 investitsion menejment; 
 kapitallar menejmenti; 
 faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar). 
Demak, 
moliyaviy 
rejalashtirish 
mamlakat 
milliy 
xo‘jaligini 
rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish  rejasining 
ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini 
muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida 
bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy 
rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi: 
 pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va 
metodlarining o‘ziga xosligi; 
 moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash. 
Moliyaviy rejalashtirishning bosh ob’ekti rejada o‘zining miqdoriy ifodasini 
oladigan moliyaning bo‘g‘inlari (moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkret 
pul fondlari mablag‘larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli 
moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi. 
Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda 
byudjet fondining harakati, daromadlar va harajatlarni shakllantirish va ulardan 
foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va harajatlarning tarkibiy tuzilishi 
va tuzilmasi o‘zining miqdoriy ifodasini topadi. 
Moliyaviy 
rejalashtirishning 
umumdavlat 
va 
hududiy 
darajalariga 
istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalar, moliyaviy balanslar 
va shuningdek, aholi daromadlari va harajatlari harakatining balansini ishlab 
chiqish va amalga oshirishlar kiradi. 
Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalashtirish 
iqtisodiy va sotsial taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni 
(koordinatsiya qilishni) ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar, 
dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, 
uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni 
o‘z vaqtida qabul qilish  maqsadlarida amalga oshiriladi. 
 investitsion menejment;  kapitallar menejmenti;  faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar). Demak, moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:  pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o‘ziga xosligi;  moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash. Moliyaviy rejalashtirishning bosh ob’ekti rejada o‘zining miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo‘g‘inlari (moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkret pul fondlari mablag‘larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi. Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va harajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va harajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o‘zining miqdoriy ifodasini topadi. Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va harajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va sotsial taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinatsiya qilishni) ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o‘z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.  
 
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalar 
navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, 
navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy 
siyosatning 
haqiqiy 
natijalari 
kuzatiladi. 
Istiqboldagi 
(istiqbol 
uchun 
mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari 
sotsial-iqtisodiy rivojlani-shining aniqlashtirilgan o‘rta muddatli bashoratining 
ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o‘zgartirilishi (korrektirovka 
qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini 
ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig‘ma moliyaviy 
balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning 
daromadlar va harajatlar balansi muhim o‘rinni egallaydi. Davlatning yig‘ma 
moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’ektlari, 
mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha daromadlari va harajatlarining jamidan 
iboratdir. U o‘tgan yilgi davlatning  hisobot yig‘ma moliyaviy balansi ( hisobot 
moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining 
bashorat ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet 
loyihalarini  ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.  
 Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliya tizimining 
boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab 
chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi, 
korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag‘lari 
tarkibida rejalashtiri-layotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks 
ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-
hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar 
defitsitini aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida mablag‘larni 
samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig‘ma moliyaviy 
balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona 
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sotsial-iqtisodiy rivojlani-shining aniqlashtirilgan o‘rta muddatli bashoratining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va harajatlar balansi muhim o‘rinni egallaydi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’ektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha daromadlari va harajatlarining jamidan iboratdir. U o‘tgan yilgi davlatning hisobot yig‘ma moliyaviy balansi ( hisobot moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliya tizimining boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag‘lari tarkibida rejalashtiri-layotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy- hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida mablag‘larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona  
 
tizimga birlashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek 
boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.  
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
 ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo‘lgan 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash; 
 pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan 
korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish; 
 kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va 
samarali foydalanishni baholash; 
 kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish; 
 korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi 
ustidan nazorat o‘rnatish. 
Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning 
mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot 
amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik 
moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan 
rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish 
kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona 
moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa 
bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan 
o‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini  faol va ta’sirchan boshqaradi va bir  
vaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi. 
 
2-savol bayoni. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy 
harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni 
amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lganhar qanday kutilmagan 
holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z 
faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni 
samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. 
tizimga birlashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi. Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:  ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;  pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;  kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;  kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish;  korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish. Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan o‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi. 2-savol bayoni. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.  
 
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi  asosiy metodlardan 
foydalanish mumkin: 
- iqtisodiy tahlil metodi; 
- normativ metod; 
- balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi; 
- ko‘p variantlilik metodi; 
- iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi va boshqa metodlar. 
 
3-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy 
bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
 xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq 
etish; 
 operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat 
variantlarini ishlab chiqish; 
 o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy resurslarga bo‘lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash; 
 moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va 
ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash; 
 xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish 
va uni ushlab turish (qo‘llab-quvvatlash); 
 shakllantirilgan rejalarni operativ o‘zgartirish tartibini (protsedurasini) 
ishlab chiqish. 
 
4-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo‘lishi mumkin: 
- strategik moliyaviy rejalashtirish; 
- joriy moliyaviy rejalashtirish. 
Strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda 
topadiki,  u tashqi va ichki muhitda o‘zgarayotgan  xo‘jalik yuritish sub’ekti 
moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir.  
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin: - iqtisodiy tahlil metodi; - normativ metod; - balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi; - ko‘p variantlilik metodi; - iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi va boshqa metodlar. 3-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;  operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;  o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bo‘lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash;  moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qo‘llab-quvvatlash);  shakllantirilgan rejalarni operativ o‘zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab chiqish. 4-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo‘lishi mumkin: - strategik moliyaviy rejalashtirish; - joriy moliyaviy rejalashtirish. Strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o‘zgarayotgan xo‘jalik yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir.  
 
Strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob 
bermog‘i lozim: 
 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o‘lchami 
qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi? 
 bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi? 
 o‘z kuchiga ishongan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi 
mumkinmi?  Agar yo‘q bo‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari 
qanday? 
 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning 
rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi 
mumkin va qay muddatlarda? 
O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari 
quyidagilardan iborat: 
 ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv 
faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash; 
 mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish 
tannarxini rejalashtirish; 
 pul oqimlarini rejalashtirish; 
 butun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalashtirish 
(bashoratlash); 
 investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish. 
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki 
guruhga bo‘linishi mumkin: 
- uzoq muddatli moliyaviy rejalar; 
- qisqa muddatli moliyaviy rejalar. 
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o‘zining 
qamrab olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham 
farqlanadi.   Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh 
maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo‘l 
Strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog‘i lozim:  xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?  bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?  o‘z kuchiga ishongan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?  xo‘jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda? O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:  ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;  mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish;  pul oqimlarini rejalashtirish;  butun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);  investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish. Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo‘linishi mumkin: - uzoq muddatli moliyaviy rejalar; - qisqa muddatli moliyaviy rejalar. Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o‘zining qamrab olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo‘l  
 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy 
rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to‘lovga qobilligini 
ta’minlashdan iboratdir. 
Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy rejasi unga 
tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, 
operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa 
yo‘nalishlari (aspektlari) qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja 
korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumenti sifatida 
maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini 
harakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar 
bo‘yicha ishlab chiqiladi: 
 bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini  o‘zlashtirishning 
loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; 
 tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri va 
boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni 
o‘zlashtirish harajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi; 
pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni 
aniqlash.  Bu  tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining 
o‘zgarishi, 
moliq 
to‘lovlarini 
optimallashtirish 
va 
boshqalar 
bo‘yicha  
dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi. 
 
5-savol bayoni. Takror ishlab chiqarish parametrlarini o‘zgartirish 
(korrektirovka qilish) maqsadida moliyaviy munosabatlarning barcha aspektlaridan 
(yo‘nalishlaridan) foydalanish bo‘yicha davlat tomonidan tashkil qilinadigan 
faoliyatga sotsial-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish deyiladi.  U 
kishilik jamiyatining tabiiy taraqqiyoti natijasida dunyoga kelgan  hamda 
iqtisodiyot va sotsial soha sog‘lom faoliyat ko‘rsatishining ajralmas qismi (sharti) 
hisoblanadi. Moliyaviy tartibga solishning sub’ekti davlat tuzilmalari bo‘lsa, uning 
ob’ekti ijtimoiy tizim ishtirokchilarining daromadlari va harajatlaridir. 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir. Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari (aspektlari) qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini harakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:  bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini o‘zlashtirishning loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;  tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o‘zlashtirish harajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi; pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o‘zgarishi, moliq to‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi. 5-savol bayoni. Takror ishlab chiqarish parametrlarini o‘zgartirish (korrektirovka qilish) maqsadida moliyaviy munosabatlarning barcha aspektlaridan (yo‘nalishlaridan) foydalanish bo‘yicha davlat tomonidan tashkil qilinadigan faoliyatga sotsial-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish deyiladi. U kishilik jamiyatining tabiiy taraqqiyoti natijasida dunyoga kelgan hamda iqtisodiyot va sotsial soha sog‘lom faoliyat ko‘rsatishining ajralmas qismi (sharti) hisoblanadi. Moliyaviy tartibga solishning sub’ekti davlat tuzilmalari bo‘lsa, uning ob’ekti ijtimoiy tizim ishtirokchilarining daromadlari va harajatlaridir.  
 
Makro- va mikrodarajada jamiyat ehtiyojlarining  maksimal qondirilishini 
ta’minlaydigan 
jamg‘armalarni 
taqsimlashning 
prorporsiyalarini 
o‘rnatish 
moliyaviy tartibga solish jarayonida yechiladigan asosiy vazifa hisoblanadi.  Bu 
narsa shaxsiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va boyliklarning oqilona  
inobatga olinishini ko‘zda tutadi va  samarali ishlayotgan bozor mexanizmi bilan 
davlatning ta’siri tizimini qo‘shish muammolarining moliyaviy aspektini 
(yo‘nalishini) aks ettiradi. 
Bozor ho‘jaligining moliyaviy regulyatorlariga (tartibga soluvchilariga) 
quyidagilar kiradi: 
 byudjetga soliqli va nosoliqli to‘lovlar; 
 moliyaviy imtiyozlar va sanksiyalar; 
 byudjet tashkilotlarining ekspluatatsion harajatlari; 
 umumiy va maqsadli subsidiyalar, shu jumladan, davlat buyurtmalarini 
to‘lashga mo‘ljallanganlari; 
 nobyudjet fondlarning daromadlari va harajatlari; 
 davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va harajatlari. 
Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishga tartibga solishning quyidagi ko‘rinishlari 
(shakllari) xos: 
 to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita); 
 egri (bilvosita); 
 aralash. 
Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) tartibga solish 
shakli quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: 
 to‘g‘ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini undirish yordamida; 
 taraqqiyot byudjetidan harajatlarni moliyalashtirish jarayonida; 
 byudjet va markazlashtirilgan nobyudjet fondlarga soliqlar va to‘lovlar 
stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qo‘llash yo‘li bilan; 
 davlat harajatlarining normativlari o‘lchamini o‘zgartirish orqali; 
Makro- va mikrodarajada jamiyat ehtiyojlarining maksimal qondirilishini ta’minlaydigan jamg‘armalarni taqsimlashning prorporsiyalarini o‘rnatish moliyaviy tartibga solish jarayonida yechiladigan asosiy vazifa hisoblanadi. Bu narsa shaxsiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va boyliklarning oqilona inobatga olinishini ko‘zda tutadi va samarali ishlayotgan bozor mexanizmi bilan davlatning ta’siri tizimini qo‘shish muammolarining moliyaviy aspektini (yo‘nalishini) aks ettiradi. Bozor ho‘jaligining moliyaviy regulyatorlariga (tartibga soluvchilariga) quyidagilar kiradi:  byudjetga soliqli va nosoliqli to‘lovlar;  moliyaviy imtiyozlar va sanksiyalar;  byudjet tashkilotlarining ekspluatatsion harajatlari;  umumiy va maqsadli subsidiyalar, shu jumladan, davlat buyurtmalarini to‘lashga mo‘ljallanganlari;  nobyudjet fondlarning daromadlari va harajatlari;  davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va harajatlari. Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishga tartibga solishning quyidagi ko‘rinishlari (shakllari) xos:  to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita);  egri (bilvosita);  aralash. Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) tartibga solish shakli quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:  to‘g‘ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini undirish yordamida;  taraqqiyot byudjetidan harajatlarni moliyalashtirish jarayonida;  byudjet va markazlashtirilgan nobyudjet fondlarga soliqlar va to‘lovlar stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qo‘llash yo‘li bilan;  davlat harajatlarining normativlari o‘lchamini o‘zgartirish orqali;  
 
 moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, penyalarni undirish 
natijasida. 
Bularning barchasi, o‘z navbatida, takror ishlab chiqarish sub’ektlari 
daromadlarining darajasini va bozor kon’yunkturasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) 
o‘zgartiradi. 
Tartibga solishning  egri (bilvosita) shakllari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
 davlat tomonidan egri (bilvosita) soliqqa tortish; 
 davlat joriy harajatlarini amalga oshirish. 
Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni 
alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 
 mahalliy soliqlar; 
 byudjetga nosoliqli to‘lovlar tizimi; 
 faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va 
imtiyozli moliyalashtirish; 
 davlat korxonalari va tashkilotlari fondlari hamda markazlashtirilmagan 
nobyudjet fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari. 
Davlat daromadlari va davlat harajatlarining konkret turlari, ularni jalb 
(mobilizatsiya)  qilish va taqdim etish metodlari masalaning tashkiliy tomonlari 
bilan birgalikda moliyaviy tartibga solishning usullarini o‘zida mujassam etadi. 
Mablag‘larni undirish (olish) va moliyalashtirishni taqdim etishning konkret 
prinsiplari bunday ta’sirning harakterini aniqlab beradi. Va nihoyat, moliyaviy 
qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari moliyaviy tartibga solishni 
amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi.  Moddiy ishlab 
chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash jarayoniga kirib borib, davlat 
moliyasi markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirishga ham faol ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu narsa, o‘z navbatida, mablag‘larning individual doiraviy aylanishini 
ta’minlashga sharoit yaratib beradi. 
Oxir oqibatda moliyaviy tartibga solish, davlatning ta’sirini ta’minlashning 
boshqa shakllari (foizning darajasi,  bojxona bojlarining darajasi, davlat 
korxonalari mahsulotining bahosi, valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy 
 moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, penyalarni undirish natijasida. Bularning barchasi, o‘z navbatida, takror ishlab chiqarish sub’ektlari daromadlarining darajasini va bozor kon’yunkturasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘zgartiradi. Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:  davlat tomonidan egri (bilvosita) soliqqa tortish;  davlat joriy harajatlarini amalga oshirish. Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:  mahalliy soliqlar;  byudjetga nosoliqli to‘lovlar tizimi;  faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va imtiyozli moliyalashtirish;  davlat korxonalari va tashkilotlari fondlari hamda markazlashtirilmagan nobyudjet fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari. Davlat daromadlari va davlat harajatlarining konkret turlari, ularni jalb (mobilizatsiya) qilish va taqdim etish metodlari masalaning tashkiliy tomonlari bilan birgalikda moliyaviy tartibga solishning usullarini o‘zida mujassam etadi. Mablag‘larni undirish (olish) va moliyalashtirishni taqdim etishning konkret prinsiplari bunday ta’sirning harakterini aniqlab beradi. Va nihoyat, moliyaviy qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari moliyaviy tartibga solishni amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash jarayoniga kirib borib, davlat moliyasi markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirishga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu narsa, o‘z navbatida, mablag‘larning individual doiraviy aylanishini ta’minlashga sharoit yaratib beradi. Oxir oqibatda moliyaviy tartibga solish, davlatning ta’sirini ta’minlashning boshqa shakllari (foizning darajasi, bojxona bojlarining darajasi, davlat korxonalari mahsulotining bahosi, valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy  
 
tuzilmasi, ma’muriy-qonunchilik faoliyati va boshqalarga ta’sir ko‘rsatish) bilan 
birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasida  ijobiy o‘zgarishlar 
bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amaliyotda bu narsaning sodir bo‘lishi 
ancha murakkab bo‘lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy ishlanmalar va  
murakkab matematik hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday 
kompleks tadqitqotlarning mavjud emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib 
keladi. Bu yerda “baxtli bilet”ning tasodifan tanlanishi (topilishi) mutlaqo mumkin 
emas. Shuningdek,  “metod” sifatida  moliyaviy tartibga solishning cheklangan 
ekanligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. YAIMning hajmi va o‘sish 
sur’atlari;  davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan 
maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyatorlarning ta’siri; ijobiy samaraning 
majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik va puxta o‘ylangan umumiy iqtisodiy 
strategiyaning (joriy va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni,bu o‘rinda,  ana 
shunday ob’ektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin. 
 
tuzilmasi, ma’muriy-qonunchilik faoliyati va boshqalarga ta’sir ko‘rsatish) bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amaliyotda bu narsaning sodir bo‘lishi ancha murakkab bo‘lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy ishlanmalar va murakkab matematik hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday kompleks tadqitqotlarning mavjud emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Bu yerda “baxtli bilet”ning tasodifan tanlanishi (topilishi) mutlaqo mumkin emas. Shuningdek, “metod” sifatida moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. YAIMning hajmi va o‘sish sur’atlari; davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyatorlarning ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik va puxta o‘ylangan umumiy iqtisodiy strategiyaning (joriy va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni,bu o‘rinda, ana shunday ob’ektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin.