MOLIYAVIY SIYOSAT
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
3. Hozirgi davrdagi moliya siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga
asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng
asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar
sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan
ta’minlashga qaratilgan.
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash va
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning
ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat
iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir
ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki
ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat
to‘g‘risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat o‘z-o‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, bir
vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha,
harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib
topadi:
-bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga
xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va
yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish;
-qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga
qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy
boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan
maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan
foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik
prinsiplarining majmuiga (yig‘indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun
moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining
ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni
mujassam etadi.
Buning boisi shundaki, milliy xo‘jalik taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi
jamiyatda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va
funksiyalari ham o‘zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga
davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini
tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan
boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda.
Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish
vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-
o‘zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan
mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari o‘rtasida qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqadi.
Masalan, ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining
vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznesning
ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi
ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida
o‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini
o‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining
tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar
guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
-birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat
organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini echish vositasi bo‘lishi kerak;
-ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining
emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
-uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy
siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha
bo‘g‘inlarida
moliyaviy
resurslarning
o‘sishini
balanslashtirilgan
(mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bo‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining
bir qismi sifatida qarash kerak.
Xorijiy tajribalarning ko‘rsatishicha, moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan
(mutanosiblashtirilgan) holda o‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliya
tizimining o‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron
bo‘lishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyati shundan
iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va
iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat
daromadlarining manbaini ko‘paytirib, moliyaviy xo‘jalikka nisbatan eng yuqori
natijalarni berishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning ana shunga yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng
asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish
moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo‘lsa, bu narsa
korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
-raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat
ko‘rsatishiga) erishish;
-yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan
qochib qutilish;
-raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo‘lishga) erishish;
-korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
-korxona iqtisodiy salohiyatining o‘sish sur’atlarini barqaror o‘stirish;
-ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
-foydani maksimallashtirish;
-xarajatlarni minimallashtirish;
-rentabelli faoliyatni ta’minlash;
-va boshqalar.
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo,
biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning o‘zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita mujassam
bo‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya
tizimining (boshqaruv sub’ektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga
bog‘lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya
tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:
-moliya tizimi bo‘g‘inlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini inobatga olib
moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
-barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
-barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy
boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (o‘tkazishning, hayotga tatbiq etishning)
asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
-pirovard maqsadga bog‘liqlik;
-xo‘jalik
barcha
tarmoqlarining
makroiqtisodiy
balanslashtirilganligi
(muvozanatliligi, mutanosibligi);
-jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
-real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga
olish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o‘z funksiyalari va
dasturlarini (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni
mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan
davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy
munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya qilish (tartibga
solish) muhim o‘rin egallaydi.
O‘z-o‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas. Uning
yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining)
manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq
vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o‘zgartirish
(korrektirovka qilish) bo‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat
manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda
jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bo‘lgan masalalarning muddatlari
va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga
ega bo‘lmoq lozim.
Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning aniq
mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin. Agar
moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun qatlamlarining va
alohida guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va hayotning o‘ziga xos
xususiyatlarini qanchalik ko‘p (yuqori darajada) hisobga oladigan bo‘lsa, uning
natijaliligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Bir vaqtning o‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati)
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari
manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bo‘lgan ob’ektiv
imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong
va psixologiya holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatning
amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga
bevosita bog‘liq.
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini
shakllantirishga yo‘naltirilgan (qaratilgan) bo‘lishi kerak. CHunki aynan moliyaviy
resurslar har qanday o‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq
ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy
ahvoli to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda
moliyaviy statistikaning ko‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo‘lishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo‘lgan
va eng asosiysi ishonchli bo‘lmog‘i lozim.
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo‘lgan moliyaviy
munosabatlar rivojlanishi yo‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi.
Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
-moliyaviy
siyosatning
umumiy
konsepsiyasini
(uning
maqsadlarini,
prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali metodlarini)
ishlab chiqish;
-makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’ektlari darajasida iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos (adekvat)
bo‘lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish;
-markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning
samarali boshqarilishini oshirish bo‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga
oshirish;
-ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya
qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va
sohalari bo‘yicha moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish;
-iqtisodiy o‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish.
SHuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari jamiyat
taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni
boshqarishda
davlat
ishtirokining
darajasini
aniqlaydigan
tegishli
nazariy
konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida instrumentlaridan
foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning aniq shakllarida
namoyon bo‘ladi.
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va D.Rikardolar
konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan
erkin konkurensiyani (raqobatni) saqlamog‘i lozim va jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga
solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak.
Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari
oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning
muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. SHu maqsadlarga
muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va
davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan
moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet
daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida (hisobidan) shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi
ustunlik qila boshlab, unga ko‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab
chiqarish jarayoniningssiklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy
instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari
maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy
vazifalarning echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha,
ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o‘sdi; qo‘shimcha talab shakllantirildi; milliy
daromad ko‘paydi (ortdi); ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar
paydo bo‘ldi va xokazo
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga olib
keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o‘zida davlat daromadlarining
oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko‘rildi. Daromad solig‘i davlat
daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa
tortishning progressiv stavkalari qo‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi milliy
daromadni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi.
Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o‘rtasidagi farq
mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda (ravishda, tarzda) baholanishi bilan belgilanadi.
Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning
zarurligidan kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo‘lishi
mumkinligiga yo‘l qo‘ygan va buning ustiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda
byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb
nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida o‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat
iqtisodiyotga aralashuvining kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining
kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat
xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat kreditining rivojlanishini belgilab
berdi.
Uzoq va o‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining
rivojlanishiga olib keldi va o‘zining ahamiyati bo‘yicha davlat moliyaviy resurslarini
shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida milliy daromadni qayta
taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi.
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo‘nalishi moliyaviy
siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning
tartibga soluvchi rolidan voz kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga
aralashuvi darajasini biroz chekladi.
Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi.
Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari
orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta kursini, ssuda
kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning
natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi.
Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurilish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga
o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy
nazariyalar ostida bo‘lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining
konvergensiyasidan (qo‘shilib ketganligidan, aralashuvidan) iborat. Shunga muvofiq
ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik va ham
neokeynschilik tizimining turli-tuman elementlaridan foydalanadilar.
Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining to‘planishinigina
(konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda
davlatning
monopolligini
(yakka
hokimligini)
ko‘zda
tutuvchi
moliyaviy
markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar
kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo‘jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy
funksiyalar bo‘lib qoldi.
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan to‘liq
moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi. Chunki
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejalari yordamida u ijtimoiy faoliyatning
barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat
(umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat milliy
daromadni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri taqsimlashga va davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o‘tdi.
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo‘ldiki, davlat bevosita va
monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit
munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy-
buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi
uchun mutlaqo yangi bo‘lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o‘tilishini, sovet
davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-
iqtisodiy muamolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni etarli darajada
samarali bo‘lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan,
fuqarolar urushidan, chet el harbiy intervensiyasidan meros bo‘lib qolgan favquloddagi
murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida
Sovet davlati etarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo‘ldi,
urushda g‘alaba qozondi va qiyosiy qisqa muddatlarda urushdan vayron bo‘lgan xalq
xo‘jaligini tikladi.
2-Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g‘arb
mamlakatlari va eng avvalo, AQSH bilan qurollanish poygasi va kosmosni
rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi.
Bir vaqtning o‘zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdordagi
moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi:
-ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik orientatsiyani (yo‘nalishni) ta’minlash
uchun;
-ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish
uchun;
-kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini
mustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz
qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. YAngi
qazilma-boyliklarini o‘zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab
kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo‘lishini taqoza etdi.
Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni o‘zlashtirish, o‘sha tumanlarga ishchi
kuchining migratsiyasining (mehnatga haq to‘lashning oshirilgan normalari bilan
birgalikda) zarurligi bilan kuzatilmasdan, balki neft va gaz quvurlarini qurish bilan
birgalikda davom etdi.
Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo‘lib turgan paytlarda ularni
eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish Milliy daromadni tegishli
tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat
kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi
davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini nosamarali deb aytish
unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasi oshganligining
deklaratsiya qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bo‘lishiga qaramasdan
aholining turmush darajasi mehnatga haq to‘lashning darajasiga va qishloq xo‘jaligi,
oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi
tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Agar harbiy sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu
sohada band edi) mehnatga haq to‘lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq
bo‘lishiga qaramasdan, hatto unga band bo‘lgan aholi ham o‘zining iste’mol talablarini
qondirish imkoniyatiga ega emas edi. SHuning uchun ham iste’mol bozorining
rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliya siyosatining
samaradorligini salbiy baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta
taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir:
-taqsimlash
munosabatlarining
sub’ektlarini
tanlash,
ya’ni
moliyaviy
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
-yuridik shaxslar va aholining o‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi
va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy
resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;
-birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va
shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash;
-moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat ko‘p o‘lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda
uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy
konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda
davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining
elementlari bo‘yicha differensiatsiya qilinishi (tabaqalanishi) moliya tizimining
rivojlanganligiga va uning ayrim (alohida) bo‘g‘inlarining mustaqilligiga bog‘liq
bo‘ladi.
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
-byudjet siyosati;
-soliq siyosati;
-pul siyosati;
-kredit siyosati;
-baho siyosati;
-investitsion siyosat;
-ijtimoiy moliyaviy siyosat;
-boj siyosati.
O‘z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini
amalga oshirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni
o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining boshqa - milliy, geosiyosat, harbiy -
yo‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh
yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi (majmui) davlat
siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida xizmat qiladigan moliyaviy
siyosatni aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning
yuqori (oliy) organlariga tegishlidir. Mamlakatning sub’ektlari darajasida moliyaviy
siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy
hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari
byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida davlatning byudjet
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda
qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa
qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng
katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb
hisoblash maqsadga muvofiq emas.
Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari
funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini,
byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlarini va xokazolarni aniq
belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi.
Byudjet siyosati byudjetda konsentratsiya qilinadigan (to‘planadigan) YAIM
hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining o‘zaro munosabatlarida,
byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida
xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash
yo‘llarini aniqlashda va xokazolarda ifodalanadi.
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi.
Unda davlatning o‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo‘lida konsentratsiya
qilingan (to‘plangan) pul mablag‘larining harakati o‘z ifodasini topadi. Davlat siyosati
aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo‘naltirish byudjet
siyosatining ustuvorligini tashkil etadi.
Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan ko‘p
mablag‘ talab etsa, davlat qo‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi
favquloddagi usullarini qo‘llashga majbur bo‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy
boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning
daromadlar qismini to‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning
yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik
organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi.
Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga soliq
siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo‘nalishi) hisoblanadi nisbatan
munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan
tashkil topadi:
-soliqlarsiz davlatning faoliyat ko‘satishi mumkin emas;
-soliqli undirish qat’iy o‘sish tendensiyasiga ega;
-oqilona soliq ostonasidan o‘tilganidan so‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish
jarayoni buziladi-iqtisodiyotning o‘z-o‘zidan buzilishi (emirilishi) sodir bo‘ladi;
-tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o‘rnatilmog‘i lozim.
Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni
safarbar etish hisobidan tiklanadi;
-soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi;
-iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar
o‘lchovlarda sof daromadning 30 foizdan ortiq qismining undirilishida mamlakatning
iqtisodiy o‘sishi to‘xtaydi;
-soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bo‘lishi va barcha takror ishlab
chiqarish sub’ektlari uchun teng bo‘lishi kerak;
-soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan,
individual daromadlarning o‘sishida ifodalangan milliy boylikning o‘sishi soliqqa
tortiladigan bazaning (asosning) barqaror o‘sishini ta’minlashi mumkin;
-qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda
soliqlarning summar o‘lchovi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Barqarorlik
kafolati sifatida davlat o‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona
iqtisodiyotga yoki xorijga o‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini)
qisqartiraveradi;
-soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa
tortish ob’ektlarini ko‘paytirish, ko‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish
bo‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning o‘sishiga va pirovardida,
mulkni qamoqqa olish, soliq to‘lovchini kasod deb e’lon qilish va xokazo yo‘llar orqali
iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;
-soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini
shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda,
mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. CHunki bunday
soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga
(zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida
daromadga ega bo‘lgan aholining 80-90 foiz qismiga yuklanadi. Bu paradoks
daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;
-egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining
asosiy qismidan jamg‘armalar olib qo‘yiladi va bu, o‘z navbatida, kredit tizimi va
ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz
kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
-egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlar, zebu-ziynat
buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha
o‘ziga xos bo‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
-daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bo‘lib
hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga
asosan qurmoq lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining
samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor
iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag‘batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib
qo‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim.
Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bo‘ladi-
yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini
qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, o‘z
navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o‘sish bazalarining (asoslarining)
pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo‘nalishlaridan) yana biri pul
siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning
aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi
qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to‘ldiriladi
(tiklanadi).
Va aksincha, agar pul massasi unga bo‘lgan talabdan ortiq bo‘lsa, yo pul
massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning
qadrsizlanishi sodir bo‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning
qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq-mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada
bo‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki
yo‘qmi? va xokazo.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul
birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy
qismlaridir (yo‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bo‘lgan pulning
miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalish byudjet
daromadlarini ko‘paytirishdir. Ana shu yo‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi.
Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan o‘tilganidan so‘ng pul tizimi inflyasiyaga
moyil (ta’sirchan) bo‘lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir
bo‘lishi mumkin.
Agar qandaydir bir sabablarga ko‘ra davlat o‘z pul tizimini tartibga solishga qodir
bo‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur etadi. CHunki bunday sharoitda
mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi
turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bo‘lib qolish mumkin (o‘zaro hisobga
olishlar, aksiyalarni sotib olish va xokazolar orqali).
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) bo‘lib, uning
namoyon bo‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi
ssuda kapitalining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda kapitali takror
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma
mablag‘larni to‘ldirish va investitsiyalar uchun mablag‘larning qarzga olinishini
ta’minlaydi.
Iqtisodiyotning kredit sektori o‘rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham
xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin:
-kreditlarning qaytarilmasligi;
- ishlab chiqarish sektori va xizmatlar sektorida mahsulotlar narxining o‘sishi;
-qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa
tortiladigan bazaning qisqarishi;
-ishlab chiqarishning qisqarishi;
-takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlariningpasayishi natijasida
ichki iste’mol bozorining torayishi.
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog‘lomlashuviga,
tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana
shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining
oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va buning oqibatida byudjet
daromadlarining ko‘payishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida davlatning baho siyosati
monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining korrektivka qilinishi (o‘zgartirilishi)
orqali ifodalanadi. Yer, osti boyliklari, suv havzalari, temir yo‘llar, elektr uzatish
tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar
tovarlari va xizmatlari bahosining o‘sishi (ortishi) milliy xo‘jalik barcha boshqa
sektorlarida baholarning o‘sishiga olib keladi. Bu yerda bog‘lanish shunchalik ayonki,
hech qanday izohga hojat yo‘q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga
solishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiya
siyosati
moliyaviy
siyosatning
tarkibiy
qismlaridan
(yo‘nalishlaridan) biri bo‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga
o‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha tadbirlar
kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi.
Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar
tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning
“qochib” ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi
uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining
huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq. Hozirgi paytda bu siyosat, o‘z
navbatida, pensiya siyosati, immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga
moliyaviy yordam ko‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o‘z ichiga oladi.
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida qarash
bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish
kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yig‘imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir
ko‘rsatishning o‘ziga xos bo‘lgan usuliga ham egadir. Usulning o‘ziga xosligi shundaki,
bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va
xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar
va xizmatlar eksportini rag‘batlantirishi yoki unga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Masalan, mamlakatda o‘xshashi bo‘lmagan texnologik asbob-uskunani import
qilishga 20 foizli boj yig‘imi o‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab
chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning
o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmog‘ini oshiradi.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj
undirishning cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi xuddi
shunday javob choralarining qo‘llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati yo‘nalishining
tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-
ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog‘liq bo‘lsak, bu boj
stavkalarida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ammo boj stavkalari rag‘batlantiruvchi bo‘lsa,
u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila
olmay qoladi.
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari