Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

23

Faytl hajmi

47,3 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYAVIY SIYOSAT 
 
 
 
1.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari 
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosa-tiga asoslanadi. 
Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element 
hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil 
faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini 
amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan. 
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqlash va 
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy 
tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga 
bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas. 
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta'sir ob'ekti 
hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, 
madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi. 
Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, bir 
vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga 
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy 
islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishi jiddiy ahamiyatga ega emas. 
Siyosat, siyosiy ta'sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: 
bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamda jamiyat hayotining ma'lum bir davriga xos 
qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechi-lishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin 
kunlardagi vazifalarni aniq-lashtirish; 
qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va 
istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlaming metodlari,
MOLIYAVIY SIYOSAT 1.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosa-tiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta'sir ob'ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishi jiddiy ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta'sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamda jamiyat hayotining ma'lum bir davriga xos qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechi-lishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniq-lashtirish; qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlaming metodlari,
 
 
vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish; 
• qo'yilganvazifalarni yechishga qodir bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, 
ularning bajarilishini tashkil etish. 
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror 
ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun ijtimoiy boylikni 
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo'naltiriladigan maqsad va 
vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. 
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta'rif ham berish mumkin: moliyadan 
foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik 
prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishi uchun 
moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma'lum 
bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni mujassam etadi. 
Buning boisi shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda 
hukmron tasawurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham 
o'zgaradi, transformat-siyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, 
aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash 
davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon 
munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning 
funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-
o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub'ektlari, ya'ni aynan 
mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qar-
shiliklarni keltirib chiqadi. 
Masalan, ko'plab mutaxassislar, shujumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari 
tomonidan amaldagi soliq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari 
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy 
jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o'zgarmasdan qolaversa, 
amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday holda 
davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol 
ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga 
aylanib qoladi.
vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish; • qo'yilganvazifalarni yechishga qodir bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning bajarilishini tashkil etish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo'naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta'rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma'lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda hukmron tasawurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o'zgaradi, transformat-siyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z- o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub'ektlari, ya'ni aynan mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qar- shiliklarni keltirib chiqadi. Masalan, ko'plab mutaxassislar, shujumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o'zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qoladi.
 
 
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: 
birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat 
organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak; 
ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, 
balki moliya tizimi barcha sub'ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; 
uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy 
siyosatini farqlash zarur. 
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha 
bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta'minlash bo'yicha 
davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajriba-larning 
ko'rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor 
etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va 
vayron bo'li-shiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu 
siyosat 
mamlakat 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarining 
rivojlanishiga 
va 
iqtisodiy 
muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta'sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. 
Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta'minlab va davlat daromadlari manbaini 
ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy 
siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash 
mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini 
oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir. 
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo'lsa, bu narsa 
korxona moliyaviy menejeriarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi 
faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat 
bo'lishi mumkin: 
raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'lom faoliyat ko'rsatishiga erishish; 
yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib 
qutilish; 
raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish; 
korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak; ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub'ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur. Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta'minlash bo'yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajriba-larning ko'rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo'li-shiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta'sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta'minlab va davlat daromadlari manbaini ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir. Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo'lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejeriarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'lom faoliyat ko'rsatishiga erishish; yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish; raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish; korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
 
 
korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur'atJarini barqaror o'stirish; 
ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; 
foydani maksimallashtirish; 
xarajatlarni minimallashtirish; 
rentabelli faoliyatni ta'minlash 
va boshqalar. 
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng awalo, 
biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo'yilgan maqsadlarga 
erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. 
Moliyaviy siyosat moliyaning o'zidabevosita mujassam bo'lgan boshqaruvning 
salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub'ektlari) 
organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi. Dunyoning barcha 
mamlakat-larida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati 
quyidagi prinsiplar asosida quriladi: 
moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy 
boshqaruvni amalga oshirish; 
barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; 
barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. 
Moliyaviy 
siyosatni 
amalga 
oshirishning 
asosiy 
metodologik 
prinsiplari 
quyidagilardan iborat: 
oxirgi maqsadga bog'liqlik; 
xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi; 
jamiyat a'zolarining manfaatlariga muvofiqligi; 
haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoit-larni hisobga olish. 
Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o'rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy 
resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat tadbirlari 
majmui ta'minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlarning shakl-lari va 
normalarini huquqiy tartibga solish muhim o'rin egallaydi. 
O'z-o'zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin emas. Uning yaxshi 
yoki yomon ekanligi jamiyat (yoki uning ma'lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik 
muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qay
korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur'atJarini barqaror o'stirish; ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; foydani maksimallashtirish; xarajatlarni minimallashtirish; rentabelli faoliyatni ta'minlash va boshqalar. Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng awalo, biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. Moliyaviy siyosat moliyaning o'zidabevosita mujassam bo'lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub'ektlari) organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakat-larida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi: moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: oxirgi maqsadga bog'liqlik; xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi; jamiyat a'zolarining manfaatlariga muvofiqligi; haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoit-larni hisobga olish. Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o'rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat tadbirlari majmui ta'minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlarning shakl-lari va normalarini huquqiy tartibga solish muhim o'rin egallaydi. O'z-o'zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyat (yoki uning ma'lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qay
 
 
darajada ta'sir ko'rsatganligi bilan belgilanadi. 
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o'zgartirish bo'yicha 
tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida 
gurahlari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi 
lozim bo'Igan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va 
yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina 
moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga 
xolisona baho berish mumkin. 
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar 
va alohida guruhlarning manfaatlarini, ma'lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos 
xususiyatlarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali 
bo'ladi. 
Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati muvofiqlashtirish 
mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini 
amalga oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'Igan ob'ektiv imkoniyatlarning 
mavjudligiga, ya'ni jamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya 
holatidagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, 
ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ta'siridan har 
tomonlama foydalanish mexanizmini ishlab chiqishga bevosita bog'liq. 
Moliyaviy siyosat, eng awalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini 
shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday 
o'zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni 
aniqiash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli 
ma'lumotlarzarurdir. Huquqiy demokratikdavlatda moliyaviystatistika ko'rsatkichlari keng 
jamoatchilikka ham tegishli bo'lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z vaqtida 
beriladigan, hamma olishi mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i lozim. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar 
rivojlanishi yo'nalishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga 
quyidagilar kirishi mumkin: 
moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, 
amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish;
darajada ta'sir ko'rsatganligi bilan belgilanadi. Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o'zgartirish bo'yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida gurahlari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bo'Igan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin. Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar va alohida guruhlarning manfaatlarini, ma'lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos xususiyatlarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali bo'ladi. Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini amalga oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'Igan ob'ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya'ni jamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ta'siridan har tomonlama foydalanish mexanizmini ishlab chiqishga bevosita bog'liq. Moliyaviy siyosat, eng awalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o'zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqiash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli ma'lumotlarzarurdir. Huquqiy demokratikdavlatda moliyaviystatistika ko'rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo'lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo'nalishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish;
 
 
makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub'ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni 
rag'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi 
moliya mexanizmini shakllantirish; 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning 
samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga 
oshirish; 
ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya 
qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va 
sohalari bo'yicha moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlashni tashkil qilish; 
iqtisodiy o'sishningjoriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. 
Shuningdek, 
moliyaviy 
siyosatning 
mazmuni, 
asosiy 
yo'nalishlari 
jamiyat 
taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni 
boshqarishda davlat ishtiroki darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, 
moliyaviy siyosatni amalga oshirishga doir alohida vositalardan foydalanishda, ya'ni 
moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo'ladi. Shunga 
asosan ta'kidlash joizki, yigirmanchi yuz yillikda jamiyat taraqqiyotida davlatning roli 
to'g'risidagi masala bo'yicha moliya nazariyasining asosiy yo'nalishlari mumtoz burjuaziya 
siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723—1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz 
iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. 
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo'Igan A.Smit va D.Rikardolar ilgari surgan 
konsepsiyalarning mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin 
raqobatni saqlamog'i lozim va jamiyat xo'jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor 
mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz 
yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni 
cheklashga, davlatning muvozanatli byudjetini ta'minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga 
muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va 
davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish 
orqali davlat funksiyalari amalga oshirilishini ta'minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, 
egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi. 
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik 
qila boshladi. Unga ko'ra, iqtisodiyot taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab chiqarish
makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub'ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo'yicha moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlashni tashkil qilish; iqtisodiy o'sishningjoriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, asosiy yo'nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtiroki darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishga doir alohida vositalardan foydalanishda, ya'ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo'ladi. Shunga asosan ta'kidlash joizki, yigirmanchi yuz yillikda jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi masala bo'yicha moliya nazariyasining asosiy yo'nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723—1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo'Igan A.Smit va D.Rikardolar ilgari surgan konsepsiyalarning mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqlamog'i lozim va jamiyat xo'jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli byudjetini ta'minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalari amalga oshirilishini ta'minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi. XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila boshladi. Unga ko'ra, iqtisodiyot taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab chiqarish
 
 
jarayonining davriy rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish 
zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida 
yangi ish joylarini yaratishga yo'naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa 
bir vaqtning o'zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning yechilishiga imkon berdi: 
aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o'sdi; 
qo'shimcha talab shakllantirildi; MD ko'paydi; ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta 
imkoniyatlar paydo bo'ldi va h.k. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari oshishiga olib keldi va 
shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o'zida davlat daromadlari oshirilishini ta'minlashga 
qaratilgan moliyaviy choralar ko'rildi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi 
asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning prog-ressiv stavkalari 
qo'llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib 
keldi. 
Moliyaviy yo'nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan 
byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya 
defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo'lsa, 
ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo'lishi mumkinligiga yo'l qo'ygan va ayni 
zamonda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. 
Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom 
olgan siyosat g'arb mamlakatlarida o'z samara-dorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy 
munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish 
siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o'rta muddatli qarzlarni jalb 
etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o'z ahamiyati bo'yicha davlat 
moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta 
taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. 
XX asrning 70-yiIlarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik yo'nalish moliyaviy 
siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga 
soluvchilik rolidan voz kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv 
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi, aksincha biroz 
kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va
jarayonining davriy rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo'naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o'zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o'sdi; qo'shimcha talab shakllantirildi; MD ko'paydi; ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo'ldi va h.k. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o'zida davlat daromadlari oshirilishini ta'minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko'rildi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning prog-ressiv stavkalari qo'llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi. Moliyaviy yo'nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo'lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo'lishi mumkinligiga yo'l qo'ygan va ayni zamonda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan. Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom olgan siyosat g'arb mamlakatlarida o'z samara-dorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o'rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o'z ahamiyati bo'yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. XX asrning 70-yiIlarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik yo'nalish moliyaviy siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchilik rolidan voz kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi, aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va
 
 
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyuta kursi, ssuda 
kapitallari va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning 
natijasida davlatning ta'sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. 
Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z 
ta'sirini ko'rsatdi. 
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar 
ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib 
ketganligidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga 
solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi element -laridan foydalanadilar. 
Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo'nalishda) bo'lgan barcha 
mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818— 1881) va V.I.Leninning (1870—1924) 
nazariy konsepsiyalari ta'sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari 
haqidagi markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini 
— moliyaviy markazlashtirishni — belgilab berdi. 
Davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismi to'planishinigina 
(konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda 
davlatning yakka hokimligini ko'zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga 
aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari 
xo'jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo'lib qoldi. 
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy soha ehtiyojlarini byudjetdan to'liq 
moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda davlatning roli keskin oshdi, 
rivojlanishning davlat rejalari yordamida ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita 
rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllari umumxalq mulkiga aylanishi bilan 
belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan 
ishlab chiqarish sohasida to'g'ridan-to'g'ri taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta 
taqsimlashga o'tdi. 
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo'ldiki, davlat bevosita va 
monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit 
munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat 
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma'muriy-
buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyuta kursi, ssuda kapitallari va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta'sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib ketganligidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi element -laridan foydalanadilar. Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo'nalishda) bo'lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818— 1881) va V.I.Leninning (1870—1924) nazariy konsepsiyalari ta'sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari haqidagi markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini — moliyaviy markazlashtirishni — belgilab berdi. Davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismi to'planishinigina (konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda davlatning yakka hokimligini ko'zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo'jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo'lib qoldi. Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy soha ehtiyojlarini byudjetdan to'liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda davlatning roli keskin oshdi, rivojlanishning davlat rejalari yordamida ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllari umumxalq mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to'g'ridan-to'g'ri taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o'tdi. Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo'ldiki, davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma'muriy- buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
 
 
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi 
uchun mutlaqo yangi bo'lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o'tilishini, sovet 
davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarning yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali 
bo'lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, Fuqarolar urushidan, 
chet el harbiy bosqinidan meros bo'lib qolgan favqulodda murakkab moliyaviy vaziyatga 
qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yetarli darajada 
kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo'ldi, urushda g'alaba qozondi va qisqa 
muddatlarda urushda vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tikladi. 
II Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g'arb 
mamlakatlari va eng awalo, AQSh bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi 
raqobatni moliyaviy jihatdan ta'minlashga qaratildi. 
Bir vaqtning o'zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdorda moliyaviy 
yordamlar ko'rsatildi: 
ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik yo'nalishni ta'minlash uchun; 
ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun; 
kuchli harbiy ittifoqchilarni shakUantirish va umuman mudofa qobiliyatini 
mustahkamlash uchun. 
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng awalo, neft va gaz qazib 
chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur'atlarda rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma 
boyliklarini o'zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya 
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo'Iishini taqozo etdi. Bu vazifalarni 
bajarish uchun yangi hududlarni o'zlashtirish, o'sha tumanlarga ko'plab ishchi kuchlarini 
migratsiya qilish, mehnatga haq to'lashning oshirilgan normalarini joriy etish zarur bo'ldi. 
Neft va gaz quvurlarini qurish hajmi muttasil oshib bordi. Xalqaro bozorda neft va gazning 
bahosi yuqori bo'lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma'lum darajada 
qoplagan edi. Shunga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosat MDni tegishli tarzda qayta 
taqsimlashni talab qildi. Natijada mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir 
tomonlama iqtisodiyot yaratildi. 
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi davrning 
moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini samarasiz deb baholash unchalik to'g'ri
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo'lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o'tilishini, sovet davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali bo'lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, Fuqarolar urushidan, chet el harbiy bosqinidan meros bo'lib qolgan favqulodda murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo'ldi, urushda g'alaba qozondi va qisqa muddatlarda urushda vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tikladi. II Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g'arb mamlakatlari va eng awalo, AQSh bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi raqobatni moliyaviy jihatdan ta'minlashga qaratildi. Bir vaqtning o'zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdorda moliyaviy yordamlar ko'rsatildi: ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik yo'nalishni ta'minlash uchun; ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun; kuchli harbiy ittifoqchilarni shakUantirish va umuman mudofa qobiliyatini mustahkamlash uchun. Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng awalo, neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur'atlarda rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma boyliklarini o'zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo'Iishini taqozo etdi. Bu vazifalarni bajarish uchun yangi hududlarni o'zlashtirish, o'sha tumanlarga ko'plab ishchi kuchlarini migratsiya qilish, mehnatga haq to'lashning oshirilgan normalarini joriy etish zarur bo'ldi. Neft va gaz quvurlarini qurish hajmi muttasil oshib bordi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo'lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma'lum darajada qoplagan edi. Shunga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosat MDni tegishli tarzda qayta taqsimlashni talab qildi. Natijada mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlama iqtisodiyot yaratildi. Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini samarasiz deb baholash unchalik to'g'ri
 
 
bo'lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasini oshirish ko'zda tutildi. Shunga 
qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to'lash darajasiga va qishloq xo'jaligi, 
oziq-ovqat, yengil sanoat, fuqarolik qurilishi, iste'mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog'liq edi. Harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat 
aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq to'lash darajasi qiyosiy 
jihatdan yuqoriroq bo'lishiga qaramasdan, hatto bu ish bilan band bo'lgan aholi ham o'z 
iste'mol talablarini to'la qondira olmas edi. Shuning uchun ham iste'mol bozori 
rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi sovet moliya siyosati salbiy baholanishiga 
sabab bo'ldi. 
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta 
taqsimlash negizida quyidagilarni yotishi muhim ahamiyatga egadir: 
taqsimlash munosabatlarining sub'ektlarini aniqlash, ya'ni moliyaviy resurslarning 
egalari va taqsimlovchilarini ajratish; 
yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va 
davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning 
markazlashtirilish darajasini aniqlash; 
birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini tanlash va shularga 
mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash; 
moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. 
Moliyaviy siyosat ko'p o'lchamli tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning 
sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqich-larida hukmronlik qilgan nazariy 
konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda 
davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlari ele-
mentlari bo'yicha tabaqalanishi moliya tizimining rivojlanganUgiga va uning ayrim 
bo'g'inlari mustaqilligiga bog'liq bo'ladi. 
1.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) quyidagilardan iborat: 
byudjet siyosati; 
soliq siyosati; 
pul siyosati; 
kredit siyosati;
bo'lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasini oshirish ko'zda tutildi. Shunga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to'lash darajasiga va qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, fuqarolik qurilishi, iste'mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog'liq edi. Harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq to'lash darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo'lishiga qaramasdan, hatto bu ish bilan band bo'lgan aholi ham o'z iste'mol talablarini to'la qondira olmas edi. Shuning uchun ham iste'mol bozori rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi sovet moliya siyosati salbiy baholanishiga sabab bo'ldi. Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash negizida quyidagilarni yotishi muhim ahamiyatga egadir: taqsimlash munosabatlarining sub'ektlarini aniqlash, ya'ni moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini ajratish; yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash; birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini tanlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash; moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. Moliyaviy siyosat ko'p o'lchamli tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqich-larida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlari ele- mentlari bo'yicha tabaqalanishi moliya tizimining rivojlanganUgiga va uning ayrim bo'g'inlari mustaqilligiga bog'liq bo'ladi. 1.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) quyidagilardan iborat: byudjet siyosati; soliq siyosati; pul siyosati; kredit siyosati;
 
 
baho siyosati; 
investitsion siyosat; 
ijtimoiy-moliyaviy siyosat; 
boj siyosati. 
O'z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga 
oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma'noda yordamchi rolni o'ynaydi. Bir vaqtning o'zida 
davlat siyosatining boshqa— milliy, geosiyosat, harbiy — yo'nalishlari ham mavjudligini 
esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo'nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, 
geosiyosat, harbiy) yig'indisi davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida 
xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. 
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvga xos 
yuqori (oliy) organlarga tegishlidir. Mamlakat sub'ektlari darajasida moliyaviy siyosat 
borasida qarorlar qabul qilish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat 
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va 
mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, 
eng awalo, har bir mamlakatning Konstitut-siyasi va byudjet jarayonida hamda qonun 
ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar 
majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihati-dan katta ish bo'lishiga 
qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga 
muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari 
funksiyalarini, mamlakat sub'ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, 
byudjet jarayoni sub'ektlarining huquq va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak. 
Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to'plana-digan 
YalM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet 
xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o'rtasida xarajatlami 
taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo'llarini aniqlashda 
ifodalanadi. 
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda 
davlatning o'z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo'lida to'plangan pul mablag'lari 
harakati o'z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun
baho siyosati; investitsion siyosat; ijtimoiy-moliyaviy siyosat; boj siyosati. O'z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma'noda yordamchi rolni o'ynaydi. Bir vaqtning o'zida davlat siyosatining boshqa— milliy, geosiyosat, harbiy — yo'nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo'nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig'indisi davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvga xos yuqori (oliy) organlarga tegishlidir. Mamlakat sub'ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlar qabul qilish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng awalo, har bir mamlakatning Konstitut-siyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihati-dan katta ish bo'lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub'ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub'ektlarining huquq va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to'plana-digan YalM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o'rtasida xarajatlami taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo'llarini aniqlashda ifodalanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o'z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo'lida to'plangan pul mablag'lari harakati o'z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun
 
 
pul resurslarini yo'naltirish byudjet siyosati ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga 
erishish milliy iqtisodiyot ta'minlaydigan mablag'lardan ko'p mablag' talab etsa, davlat 
qo'shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favqulodda usullarini qo'Uashga 
majbur bo'ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik, mol-mulkni ijaraga 
berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to'ldirishga doir favqulodda 
choralar iqtisodiy mustaqillikning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan 
holda hokimiyat qonunchilik organlari qarz olish chegarasini oldindan belgilaydi. 
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Besh yuz yildan 
ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq 
belgilash imkoniga ega bo'lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi: 
davlat soliqlarsiz faoliyat ko'satishi mumkin emas; 
soliqni undirish qat'iy o'sish tendensiyasiga ega; 
oqilona soliq ostonasidan o'tilganidan so'ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni 
buziladi — iqtisodiyotning o'z-o'zidan yemirilishi sodir bo'ladi; 
tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o'rnatilmog'i lozim. Buning 
natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish 
hisobidan tiklanadi; 
soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi; 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar 
o'lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismi undirilishida mamlakatdagi iqtisodiy 
o'sishi to'xtaydi; 
soliq imtiyozlari ochiq belgilanishi va barcha takror ishlab chiqarish sub'ektlari uchun 
teng bo'lishi kerak; 
soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo'lmasligi lozim. Faqat, xususiy daromadlar 
o'sishi orqali ifodalangan milliy boylikning ko'payishi soliqqa tortiladigan asosning barqaror 
o'sishini ta'minlashi mumkin; 
qonunlar va qoidalar barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning 
summar o'lchovi barqaror o'sish tendensiyasiga ega bo'ladi. Barqarorlik kafolati sifatida 
davlat o'zining majburiyatlarini buzishni boshlasa, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki 
xorijga o'tib ketib, byudjetning daromadlar bazasini qisqartiraveradi; 
soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo'lmog'i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish
pul resurslarini yo'naltirish byudjet siyosati ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta'minlaydigan mablag'lardan ko'p mablag' talab etsa, davlat qo'shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favqulodda usullarini qo'Uashga majbur bo'ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik, mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to'ldirishga doir favqulodda choralar iqtisodiy mustaqillikning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyat qonunchilik organlari qarz olish chegarasini oldindan belgilaydi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo'lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi: davlat soliqlarsiz faoliyat ko'satishi mumkin emas; soliqni undirish qat'iy o'sish tendensiyasiga ega; oqilona soliq ostonasidan o'tilganidan so'ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi — iqtisodiyotning o'z-o'zidan yemirilishi sodir bo'ladi; tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o'rnatilmog'i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi; soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi; iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar o'lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismi undirilishida mamlakatdagi iqtisodiy o'sishi to'xtaydi; soliq imtiyozlari ochiq belgilanishi va barcha takror ishlab chiqarish sub'ektlari uchun teng bo'lishi kerak; soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo'lmasligi lozim. Faqat, xususiy daromadlar o'sishi orqali ifodalangan milliy boylikning ko'payishi soliqqa tortiladigan asosning barqaror o'sishini ta'minlashi mumkin; qonunlar va qoidalar barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar o'lchovi barqaror o'sish tendensiyasiga ega bo'ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat o'zining majburiyatlarini buzishni boshlasa, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga o'tib ketib, byudjetning daromadlar bazasini qisqartiraveradi; soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo'lmog'i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish
 
 
ob'ektlarini ko'paytirish, ko'p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo'yicha 
xarajatlar ortishiga, boqimanda va jarimalarning o'sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa 
olish, soliq to'lovchini kasod deb e'lon qilish singari yo'llar orqali iqtisodiyotning 
yemirilishiga olib keladi; 
soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini 
shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat 
aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki 
tovarlar va xizmatlarning oxirgi iste'molchisi gardaniga, ya'ni yashash minimumi darajasida 
yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bo'lgan aholining 80—90% qismiga 
yuklanadi. Bu holat daromadlarning turli darajalarida iste'molning nisbatan bir xil bo'lishiga 
asoslangan; 
egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfi shundaki, bu tizimda aholining asosiy 
qismidan jamg'armalar olib qo'yiladi va bu, o'z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi 
moliyaviy bozor tizimi asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh 
tajribasi bunga yaqqol misoldir; 
egri (bilvosita) soliqlarni sog'liquchunzararli bo'lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari, 
ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar, singari bir qancha o'ziga xos 
maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; 
daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi hisoblanishi 
kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asoslanib qurish lozim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyatdagi barcha a'zolarning 
samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkab bo'lib qolaveradi. Soliqlar bozor 
iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag'batlantirishni salohiyatini (motivatsiya qilinishini) olib 
qo'yadi, xolbuki mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq 
siyosatining ta'siri bevosita namoyon bo'ladi — yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish 
jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste'mol darajasi kamayadi, 
bu holat esa, o'z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sohalarining o'sish bazalari 
pasayishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) yana bin pul siyosatidir. 
Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini 
hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog'oz pullar
ob'ektlarini ko'paytirish, ko'p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo'yicha xarajatlar ortishiga, boqimanda va jarimalarning o'sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq to'lovchini kasod deb e'lon qilish singari yo'llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib keladi; soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning oxirgi iste'molchisi gardaniga, ya'ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bo'lgan aholining 80—90% qismiga yuklanadi. Bu holat daromadlarning turli darajalarida iste'molning nisbatan bir xil bo'lishiga asoslangan; egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg'armalar olib qo'yiladi va bu, o'z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimi asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh tajribasi bunga yaqqol misoldir; egri (bilvosita) soliqlarni sog'liquchunzararli bo'lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar, singari bir qancha o'ziga xos maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi hisoblanishi kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asoslanib qurish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyatdagi barcha a'zolarning samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkab bo'lib qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag'batlantirishni salohiyatini (motivatsiya qilinishini) olib qo'yadi, xolbuki mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta'siri bevosita namoyon bo'ladi — yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste'mol darajasi kamayadi, bu holat esa, o'z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sohalarining o'sish bazalari pasayishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) yana bin pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog'oz pullar
 
 
(pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to'ldiriladi. Va aksincha, agar 
pul massasi unga bo'lgan talabdan ortiq bo'lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga 
chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodirbo'ladi. Tabiiy ravishda, bu 
holatlaming barchasi mamlakat qonunchiligiga ham bevosita bog'liq — mamlakatda xorijiy 
valyutaning muomalada bo'lishiga ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy valyuta 
konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qmi? va h.k. 
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga 
nisbatan milliy pul birligi qadrsizlanishiga olib keladi. 
Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir 
(yo'nalishlaridir). Emissiya siyosati muomala uchun zarur bo'Ian pulning miqdorini 
aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo'nalishga ega. Bu yo'nalish byudjet daromadlarini 
ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma'lum bir 
miqdoriy chegaradan o'tilganidan so'ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta'sirchan) bo'lib 
qoladi, ya'ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo'lishi mumkin. Agar 
qandaydir bir sabablarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga qodir bo'lmasa, 
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning 
milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy 
boylikdan mahrum bo'lib qolish mumkin . 
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) bo'lib, uning 
namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda 
kapitalining faoliyatko'rsatishini ta'minlaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab 
chiqarish jarayonini amalga oshirishdgi muhim shart hisoblanib, aylanma mablag'Iarni 
to'ldirish va investitsiyalar uchun mablag'larning qarzga olinishini ta'minlaydi. 
Iqtisodiyotning kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat 
qiladi. Foiz stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta'sirko'rsatishi mumkin. 
U asossiz darajada yuqori bo'lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi: 
kreditlarriing qaytarilmasligi; 
ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o'sishi; 
qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatda soliqqa 
tortiladigan bazaning qisqarishi; 
ishlab chiqarishning qisqarishi;
(pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to'ldiriladi. Va aksincha, agar pul massasi unga bo'lgan talabdan ortiq bo'lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodirbo'ladi. Tabiiy ravishda, bu holatlaming barchasi mamlakat qonunchiligiga ham bevosita bog'liq — mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo'lishiga ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qmi? va h.k. Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligi qadrsizlanishiga olib keladi. Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir (yo'nalishlaridir). Emissiya siyosati muomala uchun zarur bo'Ian pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo'nalishga ega. Bu yo'nalish byudjet daromadlarini ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma'lum bir miqdoriy chegaradan o'tilganidan so'ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta'sirchan) bo'lib qoladi, ya'ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo'lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga qodir bo'lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bo'lib qolish mumkin . Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) bo'lib, uning namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyatko'rsatishini ta'minlaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishdgi muhim shart hisoblanib, aylanma mablag'Iarni to'ldirish va investitsiyalar uchun mablag'larning qarzga olinishini ta'minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta'sirko'rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo'lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi: kreditlarriing qaytarilmasligi; ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o'sishi; qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatda soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi; ishlab chiqarishning qisqarishi;
 
 
takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlari pasayishi natijasida ichki 
iste'mol bozorining torayishi. 
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog'lomlashuviga, tovarlar 
massasi ortishiga, tovarlarva xizmatlar bahosi pasayishiga va ana shularning natijasida esa, 
takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasi 
kengayishiga va byudjet daromadlari ko'payishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning baho siyosati 
monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining o'zgartirilishi orqali ifodalanadi. Yer osti 
boyliklari, suv havzalari, temir yo'llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari 
davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosi o'sishi 
(ortishi) milliy xo'jalikning barcha boshqa sektorlarida baholar o'sishiga olib keladi. Bu 
yerda bog'lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo'q. Shuning uchun ham 
baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. 
Investitsiya siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) 
biri bo'lib, u eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o'z va xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish bo'yicha tadbirlar kompleksidan iborat. 
Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasini boshqarishga 
bog'Iiq turli darajalarda amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat 
iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan 
kapitalning «chiqib» ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallaroqimining kirib 
kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodaJanadi. 
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini 
moliyaviyjihatdan ta'minlash bilan bog'Iiq. Hozirgi paytda bu siyosat, o'z navbatida, nafaqa 
siyosati, immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam 
ko'rsatish siyosati singari sohalarni o'z ichiga oladi. 
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida qarash bilan 
birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e'tiborga olish kerak. 
Chunki soliqlar va boj yig'imlari tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. 
Bir vaqtning o'zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos 
usuliga ham ega bo'ladi. Usulning o'ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, 
mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki
takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlari pasayishi natijasida ichki iste'mol bozorining torayishi. Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog'lomlashuviga, tovarlar massasi ortishiga, tovarlarva xizmatlar bahosi pasayishiga va ana shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasi kengayishiga va byudjet daromadlari ko'payishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining o'zgartirilishi orqali ifodalanadi. Yer osti boyliklari, suv havzalari, temir yo'llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosi o'sishi (ortishi) milliy xo'jalikning barcha boshqa sektorlarida baholar o'sishiga olib keladi. Bu yerda bog'lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo'q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Investitsiya siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) biri bo'lib, u eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o'z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish bo'yicha tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasini boshqarishga bog'Iiq turli darajalarda amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning «chiqib» ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallaroqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodaJanadi. Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini moliyaviyjihatdan ta'minlash bilan bog'Iiq. Hozirgi paytda bu siyosat, o'z navbatida, nafaqa siyosati, immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam ko'rsatish siyosati singari sohalarni o'z ichiga oladi. Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e'tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va boj yig'imlari tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bir vaqtning o'zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos usuliga ham ega bo'ladi. Usulning o'ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki
 
 
cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini 
rag'batlantirishi yoki unga to'sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda mavjud 
bo'lmagan texnologik asbob—uskunani import qilishga 20% li boj yig'imi o'rnatilsa, bu 
narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatiarini kamaytiradi, 
ichki ishlab chiqarish o'sish sur'atlarini pasaytiradi, import mahsulotlari salmog'ini oshiradi. 
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj 
undirishning cheklovchi yoki rag'batlantiruvchi hajmlarining joriy qilinishi xuddi shunday 
javob choralari qo'Uanilishini taqozo etadi. Boj siyosati yo'nalishi tanlanishi mamlakat 
iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj 
tovarlarining import qilinishiga bog'lanib qolsak, bu boj stavkalarida o'z aksini topmog'i 
lozim. Ammo boj stavkalari rag'batlantiruvchi bo'lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab 
chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi. 
Umuman olganda, aksari hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va 
to'lovlarini oshirishga yo'naltirilgan byudjet siyosatiga bogiiq bo'tadi. 
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) ilmiy jihatdan 
asoslangan, ma'lum bir maqsadlarga erishishgayo'naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror 
ishlab chiqarish sub'ektlarining manfaatlariga zid kelmaydigan bo'lishi kerak. Uning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlari kamayishiga, davlatning 
oltin-valyuta zaxiralari ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, 
YalM ko'payishiga, mamlakat tovarlarining raqobatbardoshligi kuchayishiga olib kelmog'i 
lozim. 
1.3. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o'ziga xos 
xususiyatlari 
Yaqin o'tmishda, ya'ni sho'rolar davrida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotiga, ma'lum ma'noda, to'sqinlik qilib kelgan moliyaviy siyosat yurgizilgan edi. 
Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta'minlashda faol moliyaviy 
siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng 
awalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning mavqyei buzib ko'rsatildi. Moliya va 
moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni 
hal qilishga qaratilgan zarurusullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning 
uzoq davriga mo'ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab
cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag'batlantirishi yoki unga to'sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda mavjud bo'lmagan texnologik asbob—uskunani import qilishga 20% li boj yig'imi o'rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatiarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarish o'sish sur'atlarini pasaytiradi, import mahsulotlari salmog'ini oshiradi. Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag'batlantiruvchi hajmlarining joriy qilinishi xuddi shunday javob choralari qo'Uanilishini taqozo etadi. Boj siyosati yo'nalishi tanlanishi mamlakat iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog'lanib qolsak, bu boj stavkalarida o'z aksini topmog'i lozim. Ammo boj stavkalari rag'batlantiruvchi bo'lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi. Umuman olganda, aksari hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va to'lovlarini oshirishga yo'naltirilgan byudjet siyosatiga bogiiq bo'tadi. Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma'lum bir maqsadlarga erishishgayo'naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish sub'ektlarining manfaatlariga zid kelmaydigan bo'lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlari kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zaxiralari ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YalM ko'payishiga, mamlakat tovarlarining raqobatbardoshligi kuchayishiga olib kelmog'i lozim. 1.3. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o'ziga xos xususiyatlari Yaqin o'tmishda, ya'ni sho'rolar davrida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, ma'lum ma'noda, to'sqinlik qilib kelgan moliyaviy siyosat yurgizilgan edi. Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta'minlashda faol moliyaviy siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng awalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning mavqyei buzib ko'rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarurusullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo'ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab
 
 
chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko'zlab amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. 
O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz 
tutar ekari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi, moliya va moliyaviy 
munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to'g'ri keldi. Belgilangan 
strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi. 
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy 
iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, 
hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson 
salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlar kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik va ilg'or 
texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natija-larining mamlakat iqtisodiyotida yetakchi 
bo'lishini rag'batlantirish vositasida og'ishmay amalga oshirilmoqda. 
O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
davlat byudjetidagi defitsitni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida (YalMning 3—
4%i atrofida) cheklashga yo'naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish; 
davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o'zgarishlarini 
amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini ko'zlab yo'naltirishni ta'minlash; 
ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan 
holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan 
huquqlarini himoya qilishni ta'minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va 
ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratish; 
ijtimoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy mablag'larning ijtimoiy 
yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta'minlash; 
Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqa-rorligini ta'minlash; 
byudjet intizomiga qat'iy rioya qilish; 
soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag'batlantiruvchi ta'sirini 
kuchaytirish maqsadida: 
— 
soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy 
va mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi
chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko'zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to'g'ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi. Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlar kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik va ilg'or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natija-larining mamlakat iqtisodiyotida yetakchi bo'lishini rag'batlantirish vositasida og'ishmay amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat byudjetidagi defitsitni yo'l qo'yilgan eng kam daraja doirasida (YalMning 3— 4%i atrofida) cheklashga yo'naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish; davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o'zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini ko'zlab yo'naltirishni ta'minlash; ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta'minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; ijtimoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy mablag'larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta'minlash; Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqa-rorligini ta'minlash; byudjet intizomiga qat'iy rioya qilish; soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag'batlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish maqsadida: — soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi