Moliyaviy vositachilar

Yuklangan vaqt

2024-12-10

Yuklab olishlar soni

6

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

42,4 KB


 
 
 
 
 
 
Moliyaviy vositachilar 
 
 
Reja: 
1. Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi. 
2. Banklar va ularning asosiy funksiyalari. 
3. Sug‘urta kompaniyalari va ularning asosiy funksiyalari. 
4. Investitsion banklar. Anderrayting. 
5. Venchur kompaniyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Moliyaviy vositachilar Reja: 1. Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi. 2. Banklar va ularning asosiy funksiyalari. 3. Sug‘urta kompaniyalari va ularning asosiy funksiyalari. 4. Investitsion banklar. Anderrayting. 5. Venchur kompaniyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
 
 
1-savol bayoni. Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy 
vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan 
ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan 
ta’minlashdan iborat. Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyidagicha 
tasavvur etish mumkin (8.1-rasm): 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8.1-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi1. 
                                                          
 
1 Moliyaviy vositachilar eng umumiy tarkibiy qismlariga kiruvchi ayrim  sub’ektlarning, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, 
mamlakatimiz amaliyotida mavjud emasligi ularning shunday tarkibiy qismlardan iborat ekanligiga rahna sola 
olmaydi. 
Молиявий воситачилар 
Ўзаро 
фондлар 
 
Банклар 
 
Бошқа депозит-
жамғарма 
муассасалари 
Активларни 
бошқарувчи 
фирмалар 
 
Ахборот хизматларини кўрсатувчи фирмалар 
Венчур ком-
панияларига 
капитал қўювчи 
фирмалар
Суғурта 
компаниялари 
 
Пенсия 
фондлари 
 
 
Инвестицион 
банклар
1-savol bayoni. Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyidagicha tasavvur etish mumkin (8.1-rasm): 8.1-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi1. 1 Moliyaviy vositachilar eng umumiy tarkibiy qismlariga kiruvchi ayrim sub’ektlarning, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, mamlakatimiz amaliyotida mavjud emasligi ularning shunday tarkibiy qismlardan iborat ekanligiga rahna sola olmaydi. Молиявий воситачилар Ўзаро фондлар Банклар Бошқа депозит- жамғарма муассасалари Активларни бошқарувчи фирмалар Ахборот хизматларини кўрсатувчи фирмалар Венчур ком- панияларига капитал қўювчи фирмалар Суғурта компаниялари Пенсия фондлари Инвестицион банклар
 
 
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta 
kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga, boshqalar 
qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli 
qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy vositachiga 
eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda 
investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni 
qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z operatsiyalari 
masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli 
darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli 
qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar 
oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi. 
 
2-savol bayoni. Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) 
va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab 
yillar avval Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy 
funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov 
mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan 
kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam 
bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar ochgan. Aytish 
joizki, “bank” so‘zi "banka" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun 
kursi) so‘zidan kelib chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni 
suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. 
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: 
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi 
muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi. 
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funksiyalarni 
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni 
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni 
taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari 
funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi. 2-savol bayoni. Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banka" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb
 
 
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan 
deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.  
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi 
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari 
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya2 bo‘yicha 
universal bank hisoblansa-da, uning funksiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan 
broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill 
Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos. 
Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari (depository savings 
institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma 
assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun 
qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda 
ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida 
ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun 
ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa 
davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit 
uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma 
institutlari mavjud. 
Demak, bank – bu moliyaning mahsus faoliyat sohasi bo‘lib, moliya bozori 
orqali pul resurslarini jamlab, ularni iqtisodiyotning turli samarali sub’ektlariga 
manfaatli taqsimlaydigan alohida moliyaviy institut hisoblanadi. Bunda bank pul 
va moliyaviy instrumentlar yordamida o‘zi bilan bog‘liq shaxslar (kreditorlar, 
egalari-investorlar, joriy operatsion hizmatidan foydanuvchi mijozlar, kredit 
oluvchilar, sheriklari) risklarini ma’lum (kelishilgan) haq evaziga qabul qilib oladi 
va jamlangan risklarni manfaatli (foyda olish va foyda bilan ta’minlash maqsadida) 
difersifikatsiyalash asosida professional boshqaradi. Moliya bozorida bunday 
faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan turli mulkchilik 
shaklida tuzilgan banklar amalga oshiradi. Bunda banklar tijorat tashkilotlari 
                                                          
 
2 «Klassifikatsiya» lotincha «klassis» - daraja, razryad + “fakere” – qilmoq. Tasnif – tanlab olish; turlarga ajratish. 
Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish.  Qarang: o‘sha 
manba. J.II. – B.382. O‘sha manba. J. IV–B.11.
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar. Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya2 bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funksiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos. Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari (depository savings institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma institutlari mavjud. Demak, bank – bu moliyaning mahsus faoliyat sohasi bo‘lib, moliya bozori orqali pul resurslarini jamlab, ularni iqtisodiyotning turli samarali sub’ektlariga manfaatli taqsimlaydigan alohida moliyaviy institut hisoblanadi. Bunda bank pul va moliyaviy instrumentlar yordamida o‘zi bilan bog‘liq shaxslar (kreditorlar, egalari-investorlar, joriy operatsion hizmatidan foydanuvchi mijozlar, kredit oluvchilar, sheriklari) risklarini ma’lum (kelishilgan) haq evaziga qabul qilib oladi va jamlangan risklarni manfaatli (foyda olish va foyda bilan ta’minlash maqsadida) difersifikatsiyalash asosida professional boshqaradi. Moliya bozorida bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan turli mulkchilik shaklida tuzilgan banklar amalga oshiradi. Bunda banklar tijorat tashkilotlari 2 «Klassifikatsiya» lotincha «klassis» - daraja, razryad + “fakere” – qilmoq. Tasnif – tanlab olish; turlarga ajratish. Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish. Qarang: o‘sha manba. J.II. – B.382. O‘sha manba. J. IV–B.11.
 
 
sifatida ma’lum risklarga moyil bo‘lganliklari sababli, ular moliya bozori orqali o‘z 
risklarini boshqaradilar.  
Ko‘rinib turibdiki, banklar sug‘urta kompaniyalari va investitsiya institutlari 
bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‘ta zarur, foydali va eng 
salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi.  
Aytilgan operatsiyalar negizida davlat (markaziy) banki va tijorat banklari 
o‘zaro bog‘liqlikda bank tizimini hosil qilib, markaziy bank boshchiligida moliya 
bozori orqali iqtisodiyotda kredit-pul (monetar) siyosatini yuritadi. Bu esa moliya 
bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik darajasini 
ko‘tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat 
qiladi.  
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublika bank tizimining izchil 
rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotganligi va banklarning kapitallashuv 
darajasini yanada oshirish va ularning resurs bazasini mustahkamlash borasida 
tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi investorlarning fond birjasidagi 
banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishlarining tobora ortib borishiga sabab 
bo‘lmoqda. Banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi ularning 
ishonchliligi, barqarorligi, daromadlar miqdorining doimiy oshib borishi va 
aksiyadorlar uchun axborotlar oshkor qilish qonunchilik normalarining faol tadbiq 
etilayotganligi kabi omillar bilan uzviy bog‘liqdir. 
"Toshkent" Respublika fond birjasining birlamchi joylashtirish va 
ikkilamchi bozor savdo maydonlaridagi qimmatli qog‘ozlarning investitsiyaviy 
jozibadorligi bo‘yicha tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, birja savdo aylanmalarining 
asosiy qismi tijorat banklari aksiyalariga to‘g‘ri kelmoqda. 
 
Shunday qilib, banklar umuman iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida 
quyidagi rollarni bajaradi:  
 
- monetar siyosatni ta’minlovchi institutlar;  
 
- iqtisodiyot sub’ektlariga kredit, pul vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar 
bo‘yicha professional hizmatlar ko‘rsatuvchi institutlar;  
- moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
sifatida ma’lum risklarga moyil bo‘lganliklari sababli, ular moliya bozori orqali o‘z risklarini boshqaradilar. Ko‘rinib turibdiki, banklar sug‘urta kompaniyalari va investitsiya institutlari bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‘ta zarur, foydali va eng salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi. Aytilgan operatsiyalar negizida davlat (markaziy) banki va tijorat banklari o‘zaro bog‘liqlikda bank tizimini hosil qilib, markaziy bank boshchiligida moliya bozori orqali iqtisodiyotda kredit-pul (monetar) siyosatini yuritadi. Bu esa moliya bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik darajasini ko‘tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat qiladi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublika bank tizimining izchil rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotganligi va banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va ularning resurs bazasini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi investorlarning fond birjasidagi banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishlarining tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi ularning ishonchliligi, barqarorligi, daromadlar miqdorining doimiy oshib borishi va aksiyadorlar uchun axborotlar oshkor qilish qonunchilik normalarining faol tadbiq etilayotganligi kabi omillar bilan uzviy bog‘liqdir. "Toshkent" Respublika fond birjasining birlamchi joylashtirish va ikkilamchi bozor savdo maydonlaridagi qimmatli qog‘ozlarning investitsiyaviy jozibadorligi bo‘yicha tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, birja savdo aylanmalarining asosiy qismi tijorat banklari aksiyalariga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday qilib, banklar umuman iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi: - monetar siyosatni ta’minlovchi institutlar; - iqtisodiyot sub’ektlariga kredit, pul vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha professional hizmatlar ko‘rsatuvchi institutlar; - moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
 
 
- institutsional investor (belgilangan tartibda);  
- qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi (belgilangan tartibda);  
- fond bozorida professional hizmat ko‘rsatuvchi institut.  
Aytilganlarni xalqaro bank tizimi rivojlanishi tendensiyalari asosida ko‘rish 
mumkin3.  
Hozirda 
rivojlangan 
mamlakatlardagi 
banklar 
operatsiyalari 
va 
daromadining 
80 
foiziga 
yaqin 
miqdori 
qimmatli 
qog‘ozlar 
bozorida 
shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan 
hosil bo‘lmoqda. Bu holatni investitsiya banklari faoliyati misolida ko‘rish 
mumkin.   
Investitsiya banki – bu asosan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq 
operatsiyalarga ihtisoslashgan kredit-moliya instituti. Uning maqsadi: moliya 
bozorlari orqali qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish, o‘z mijozlarini (jumladan 
davlatni) uzoq muddatli kreditlash. Zamonaviy investitsiya banki hozirda na faqat 
fond bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi, balki 
kompaniyalarni 
birlashtirilishi 
(yutib 
borilishi) 
va 
o‘zaro 
birlashishini 
tashkillashtirish, ipotekani va venchur kapitalini boshqarish bilan ham 
shug‘ullanadi.  
Investitsiya banklari turli mamlakatlarda ma’lum xususiyatlarga ega. 
Masalan, Buyuk Britaniyada – turli profilli investitsiya kompaniyalari, savdo 
banklari. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksiyadorlik 
kompaniyalari, pensiya fondari, sug‘urta kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini 
boshqarish bilan ham shug‘ullanadi.  
Fransiyada esa biznes-banklar, investitsiya uylari, Germaniyada – 
investitsiya jamiyatlari, Yaponiyada – trastbanklar va shahar banklari misol bo‘la 
oladi.  
Hozirda dunyoning eng yirik investitsiya banklari quyidagilar hisoblanadi: 
HSBC Holdings (Buyuk Britaniya), Chase Manhattan Corp. (AQSH), Credit 
                                                          
 
3 Vahobov A.V., Jumayev N.X, Burxanov U.A. Xalqaro moliya munosabatlari.-T.: Sharq, 2003.-bb.347-370;  
Maksimo V.Eng, Frensis A.Lis, Lourens Dj.Mauyer. Mirovie finansi.-M.: IKK «DeKA», 1998.-736 s.
- institutsional investor (belgilangan tartibda); - qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi (belgilangan tartibda); - fond bozorida professional hizmat ko‘rsatuvchi institut. Aytilganlarni xalqaro bank tizimi rivojlanishi tendensiyalari asosida ko‘rish mumkin3. Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi banklar operatsiyalari va daromadining 80 foiziga yaqin miqdori qimmatli qog‘ozlar bozorida shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan hosil bo‘lmoqda. Bu holatni investitsiya banklari faoliyati misolida ko‘rish mumkin. Investitsiya banki – bu asosan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarga ihtisoslashgan kredit-moliya instituti. Uning maqsadi: moliya bozorlari orqali qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish, o‘z mijozlarini (jumladan davlatni) uzoq muddatli kreditlash. Zamonaviy investitsiya banki hozirda na faqat fond bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi, balki kompaniyalarni birlashtirilishi (yutib borilishi) va o‘zaro birlashishini tashkillashtirish, ipotekani va venchur kapitalini boshqarish bilan ham shug‘ullanadi. Investitsiya banklari turli mamlakatlarda ma’lum xususiyatlarga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada – turli profilli investitsiya kompaniyalari, savdo banklari. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksiyadorlik kompaniyalari, pensiya fondari, sug‘urta kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini boshqarish bilan ham shug‘ullanadi. Fransiyada esa biznes-banklar, investitsiya uylari, Germaniyada – investitsiya jamiyatlari, Yaponiyada – trastbanklar va shahar banklari misol bo‘la oladi. Hozirda dunyoning eng yirik investitsiya banklari quyidagilar hisoblanadi: HSBC Holdings (Buyuk Britaniya), Chase Manhattan Corp. (AQSH), Credit 3 Vahobov A.V., Jumayev N.X, Burxanov U.A. Xalqaro moliya munosabatlari.-T.: Sharq, 2003.-bb.347-370; Maksimo V.Eng, Frensis A.Lis, Lourens Dj.Mauyer. Mirovie finansi.-M.: IKK «DeKA», 1998.-736 s.
 
 
Agricole Group (Fransiya), Citicorp. (AQSH), Bank of Tokyo-Mitsubishi 
(Yaponiya), Deutsche Bank (Germaniya), Bank America Corp. (AQSH), ABN 
AMRO Bank (Gollandiya), Sumitamo Bank (Yaponiya), Dai-Ichi Konquo Bank 
(Yaponiya) va h.k. 
 Shunday qilib, banklarning moliya bozoridagi faoliyat turlarini quyidagicha 
tizimlashtirish mumkin.  
1. Banklar moliya bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar: 
valyuta, qimmatli qog‘ozlar, pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho 
metallar va toshlar (jumladan san’at asarlari).  
2. Ko‘chmas mulk bozorida vositachi, riyeltor, ishonchli boshqaruvchi 
(trast), ipotekaviy investor sifati faoliyat ko‘rsatadi.  
3. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori). 
Bunda spot va muddatli bozorlarda ishtirok etadi.  
4. Pul-kredit bozorida: pul hisob raqamlari va pul vositalari (cheklar, 
kartochkalar va h.k.) bo‘yicha mijozlarga operatsion hizmat ko‘rsatish; kredit 
berish va olish; bo‘lak kreditorlarning kredit transhlari bo‘yicha operator bo‘lish va 
h.k.  
5. 
Qimmatli 
qog‘ozlar 
bozorida: 
emitent 
(emissiyalanuvchi 
va 
emissiyalanmaydigan 
turlari 
bo‘yicha); 
institutsional 
investor 
(o‘zining 
investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha) va kollektiv investor (mijozlarining 
investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha); professional institut (broker, trayder, diler, 
anderrayter, trast, konsalting, kliring, depozitariy, transfer-agent va h.k.).  
Moliya bozorida sanab o‘tilgan faoliyat turlarini universal banklar amalga 
oshiradi.  
Qimmatli qog‘ozlarni ochiq va oshkora tarzda birja savdolari orqali 
joylashtirish va ularning ikkilamchi bozorda muomalada bo‘lishligi tijorat 
banklariga va boshqa fond bozori qatnashchilariga quyidagi afzalliklarni beradi: 
1) Qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi jarayonlari birjaning Markaziy 
savdo zaliga, uning hududiy filiallari va brokerlik idoralariga o‘rnatilgan
Agricole Group (Fransiya), Citicorp. (AQSH), Bank of Tokyo-Mitsubishi (Yaponiya), Deutsche Bank (Germaniya), Bank America Corp. (AQSH), ABN AMRO Bank (Gollandiya), Sumitamo Bank (Yaponiya), Dai-Ichi Konquo Bank (Yaponiya) va h.k. Shunday qilib, banklarning moliya bozoridagi faoliyat turlarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin. 1. Banklar moliya bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar: valyuta, qimmatli qog‘ozlar, pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho metallar va toshlar (jumladan san’at asarlari). 2. Ko‘chmas mulk bozorida vositachi, riyeltor, ishonchli boshqaruvchi (trast), ipotekaviy investor sifati faoliyat ko‘rsatadi. 3. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori). Bunda spot va muddatli bozorlarda ishtirok etadi. 4. Pul-kredit bozorida: pul hisob raqamlari va pul vositalari (cheklar, kartochkalar va h.k.) bo‘yicha mijozlarga operatsion hizmat ko‘rsatish; kredit berish va olish; bo‘lak kreditorlarning kredit transhlari bo‘yicha operator bo‘lish va h.k. 5. Qimmatli qog‘ozlar bozorida: emitent (emissiyalanuvchi va emissiyalanmaydigan turlari bo‘yicha); institutsional investor (o‘zining investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha) va kollektiv investor (mijozlarining investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha); professional institut (broker, trayder, diler, anderrayter, trast, konsalting, kliring, depozitariy, transfer-agent va h.k.). Moliya bozorida sanab o‘tilgan faoliyat turlarini universal banklar amalga oshiradi. Qimmatli qog‘ozlarni ochiq va oshkora tarzda birja savdolari orqali joylashtirish va ularning ikkilamchi bozorda muomalada bo‘lishligi tijorat banklariga va boshqa fond bozori qatnashchilariga quyidagi afzalliklarni beradi: 1) Qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi jarayonlari birjaning Markaziy savdo zaliga, uning hududiy filiallari va brokerlik idoralariga o‘rnatilgan
 
 
zamonaviy 
jihozlar 
va 
ta’minot 
dasturiga 
ega 
bo‘lgan 
barcha 
terminal(kompyuter)lar orqali haqiqiy vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi; 
2) Savdo texnologiyasi va ta’minot dasturi mamlakatimizning barcha 
hududlarida joylashgan investitsiya vositachilarni, ya’ni birja a’zolarini (ularning 
soni 100 dan ortiq) birja savdosiga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar bilan bir lahzada ta’minlash imkonini beradi; 
3) Fond birjasida investitsiya vositachisi (broker, diler) va investitsiya 
aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi 
litsenziyaga ega bo‘lgan yuqori malakali qimmatli qog‘ozlar bozorining 
professional ishtirokchilari faoliyat yuritishadi. Bu birjada amalga oshiriladigan 
barcha savdo bitimlari qat’iy belgilangan qoidalar asosida olib boriladi, demakdir; 
4) Aksiya va obligatsiyalarini birja savdolariga chiqargan korxonalar 
birjaning axborot kanallari, shuningdek listinga kirgan qimmatli qog‘ozlar 
kotirovkasini muntazam e’lon qilib boruvchi yetakchi iqtisodiy gazetalar orqali 
qo‘shimcha reklama bilan ta’minlanadi; 
5) Qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini yanada oshirish maqsadida 
fond birjasi tomonidan, kunlik savdo sessiyalari ochilishi paytida qimmatli 
qog‘ozlarning ikki tomonlama kotirovkasini amalga oshirishni ta’minlab bera 
oladigan va natijada banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar 
kotirovkasining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan market-meykerlik 
institutini tashkil qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Rivojlangan davlatlar 
tajribasi ko‘rsatmoqdaki, market-meykerlik institutlarining faoliyat ko‘rsatishi 
qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini va investorlarning ularga bo‘lgan 
ishonchini oshiradi. 
6) Talab va taklifdan kelib chiqib qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy bozor 
bahosini va kompaniyalarning kapitalizatsiya darajasini aniqlash. Yuqoridagilarga 
asoslanib aytish mumkinki, fond birjasi tashkillashgan fond bozorini rivojlantirish 
uchun qulay sharoit yaratish orqali yanada ishonchli va sifatli qimmatli qog‘ozlarni 
aniqlash va ularning likvidliligini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda, hamda
zamonaviy jihozlar va ta’minot dasturiga ega bo‘lgan barcha terminal(kompyuter)lar orqali haqiqiy vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi; 2) Savdo texnologiyasi va ta’minot dasturi mamlakatimizning barcha hududlarida joylashgan investitsiya vositachilarni, ya’ni birja a’zolarini (ularning soni 100 dan ortiq) birja savdosiga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bir lahzada ta’minlash imkonini beradi; 3) Fond birjasida investitsiya vositachisi (broker, diler) va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuqori malakali qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyat yuritishadi. Bu birjada amalga oshiriladigan barcha savdo bitimlari qat’iy belgilangan qoidalar asosida olib boriladi, demakdir; 4) Aksiya va obligatsiyalarini birja savdolariga chiqargan korxonalar birjaning axborot kanallari, shuningdek listinga kirgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasini muntazam e’lon qilib boruvchi yetakchi iqtisodiy gazetalar orqali qo‘shimcha reklama bilan ta’minlanadi; 5) Qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini yanada oshirish maqsadida fond birjasi tomonidan, kunlik savdo sessiyalari ochilishi paytida qimmatli qog‘ozlarning ikki tomonlama kotirovkasini amalga oshirishni ta’minlab bera oladigan va natijada banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan market-meykerlik institutini tashkil qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi ko‘rsatmoqdaki, market-meykerlik institutlarining faoliyat ko‘rsatishi qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini va investorlarning ularga bo‘lgan ishonchini oshiradi. 6) Talab va taklifdan kelib chiqib qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy bozor bahosini va kompaniyalarning kapitalizatsiya darajasini aniqlash. Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, fond birjasi tashkillashgan fond bozorini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish orqali yanada ishonchli va sifatli qimmatli qog‘ozlarni aniqlash va ularning likvidliligini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda, hamda
 
 
barcha manfaatdor emitentlar, shu jumladan tijorat banklari bilan hamkorlik 
qilishga doim tayyor. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorining, shu jumladan fond birja bozorining yanada 
rivojlanishi aksiyadorlik tijorat banklarining bozordagi faolligi va mavqening 
yanada oshishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank 
tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlovchi 
asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda 
keng 
qo‘llanilib 
kelinmoqda. 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
pul-kredit 
ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to‘lov 
balansining 
ijobiy 
saldosi 
hisobiga 
shakllangan 
qo‘shimcha 
likvidlikni 
sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‘tkazilib borildi. 
 Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan 
iboratki,  ular boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan farqli ravishda,  ushbu 
bozor qatnashchisi sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha vazifalarda,  xususan: 
aksiyalar, depozitlar va omonat (jamg‘arma) sertifikatlar hamda bank veksellari 
emitentlari sifatida; boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat qimmatli 
qog‘ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‘z mijozlariga maslahatlar 
beradigan, 
depozitar 
operatsiyalarini 
bajaruvchi, 
qimmatli 
qog‘ozlarga 
investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini 
boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan investitsiya muassasalari va h.k. 
sifatida qatnashishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank 
mijozi tomonidan veksel yozilayotgan vaqtda veksel topshiriqnomasi (aval)ni 
berish yo‘li bilan veksel muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit 
va omonat sertifikatlari va bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish, 
muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida 
fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi. 
Mijozlarning qimmatli qog‘ozlari portfelini boshqarish bo‘yicha banklar 
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning 
hohishi bo‘yicha ularning pullari xavfli yoki nisbatan ishonchli qimmatli
barcha manfaatdor emitentlar, shu jumladan tijorat banklari bilan hamkorlik qilishga doim tayyor. Qimmatli qog‘ozlar bozorining, shu jumladan fond birja bozorining yanada rivojlanishi aksiyadorlik tijorat banklarining bozordagi faolligi va mavqening yanada oshishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to‘lov balansining ijobiy saldosi hisobiga shakllangan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‘tkazilib borildi. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan farqli ravishda, ushbu bozor qatnashchisi sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha vazifalarda, xususan: aksiyalar, depozitlar va omonat (jamg‘arma) sertifikatlar hamda bank veksellari emitentlari sifatida; boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‘z mijozlariga maslahatlar beradigan, depozitar operatsiyalarini bajaruvchi, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan investitsiya muassasalari va h.k. sifatida qatnashishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank mijozi tomonidan veksel yozilayotgan vaqtda veksel topshiriqnomasi (aval)ni berish yo‘li bilan veksel muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit va omonat sertifikatlari va bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish, muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlari portfelini boshqarish bo‘yicha banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning hohishi bo‘yicha ularning pullari xavfli yoki nisbatan ishonchli qimmatli
 
 
qog‘ozlarga qo‘yilma qilinadi. Bunda banklar o‘zaro qattiq raqobatni boshdan 
kechirishiga to‘g‘ri keladi, chunki mijozlar bir vaqtning o‘zida bir necha banklarga 
bunday operatsiyalarni bajarishni topshirishi, keyinchalik esa,  mablag‘lari eng 
ko‘p samara beradigan bitta bankni tanlab olishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar 
bilan operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ularni saqlash va ularga bo‘lgan 
huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o‘z depozitariylarini yaratadi. Ular 
bevosita banklarda (odatda, yerosti xonalarda,  mijozlarning boyliklari 
saqlanadigan 
maxsus 
seyflar 
turadigan 
omborlarda) 
joylashgan. 
Bank 
depozitariylari qimmatli qog‘ozlarni naqd va naqd bo‘lmagan shakllarda, 
kompyuter tizimlarida elektron shakldagi yozuvlar vositasida saqlaydi. Banklar,  
shuningdek,  qimmatli qog‘ozlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar vazifasini bajarishi ham mumkin. Banklar tomonidan investitsiya 
muassasalarining ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi,  ular orqali qimmatli 
qog‘ozlar bozorida birato‘la bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi. 
Tijorat banki o‘z aksiyalarini asosan aksiyadorlik jamiyati sifatida chiqaradi. 
Banklar obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, veksellarni muomalaga chiqarishi bilan 
ular mamlakatning pul oborotini tezlashtiradi hamda yuridik va jismoniy 
shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plab, keyinchalik ularni xalq 
xo‘jaligining ustuvor tarmoqlariga investitsiya qiladilar. Bundan tashqari, veksel 
muomalasiga xizmat ko‘rsatib, o‘zaro hisob-kitoblarni tezlashtirishi va to‘lov 
intizomini mustaxkamlashi mumkin. Banklar turli toifadagi sarmoyadorlar uchun 
keng miqyosdagi maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi: mijozlarning investitsion 
siyosatini shakllantirish, loyihaviy moliyalashni tashkil etishdan boshlab, qimmatli 
qog‘ozlar portfelini boshqarish va dividendlarni olishgacha bo‘lgan yordamni 
berishi mumkin. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan 
amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kreditorlar va sug‘urtachilar, depozitar 
va kliring hisob-kitob markazlarining tashkilotchilari sifatida ishtirok etishi 
mumkin. Xususan, tijorat banklari qarz oluvchilarga qisqa muddatli kreditlar berib, 
ularning garovi sifatida qimmatli qog‘ozlarni qabul qilib olishi mumkin. 
Mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada kengroq turi banklarning
qog‘ozlarga qo‘yilma qilinadi. Bunda banklar o‘zaro qattiq raqobatni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keladi, chunki mijozlar bir vaqtning o‘zida bir necha banklarga bunday operatsiyalarni bajarishni topshirishi, keyinchalik esa, mablag‘lari eng ko‘p samara beradigan bitta bankni tanlab olishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ularni saqlash va ularga bo‘lgan huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o‘z depozitariylarini yaratadi. Ular bevosita banklarda (odatda, yerosti xonalarda, mijozlarning boyliklari saqlanadigan maxsus seyflar turadigan omborlarda) joylashgan. Bank depozitariylari qimmatli qog‘ozlarni naqd va naqd bo‘lmagan shakllarda, kompyuter tizimlarida elektron shakldagi yozuvlar vositasida saqlaydi. Banklar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vazifasini bajarishi ham mumkin. Banklar tomonidan investitsiya muassasalarining ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi, ular orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida birato‘la bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi. Tijorat banki o‘z aksiyalarini asosan aksiyadorlik jamiyati sifatida chiqaradi. Banklar obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, veksellarni muomalaga chiqarishi bilan ular mamlakatning pul oborotini tezlashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plab, keyinchalik ularni xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlariga investitsiya qiladilar. Bundan tashqari, veksel muomalasiga xizmat ko‘rsatib, o‘zaro hisob-kitoblarni tezlashtirishi va to‘lov intizomini mustaxkamlashi mumkin. Banklar turli toifadagi sarmoyadorlar uchun keng miqyosdagi maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi: mijozlarning investitsion siyosatini shakllantirish, loyihaviy moliyalashni tashkil etishdan boshlab, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va dividendlarni olishgacha bo‘lgan yordamni berishi mumkin. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kreditorlar va sug‘urtachilar, depozitar va kliring hisob-kitob markazlarining tashkilotchilari sifatida ishtirok etishi mumkin. Xususan, tijorat banklari qarz oluvchilarga qisqa muddatli kreditlar berib, ularning garovi sifatida qimmatli qog‘ozlarni qabul qilib olishi mumkin. Mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada kengroq turi banklarning
 
 
veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. So‘nggi 
yillarda yirik aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqarish uchun hujjatlar 
olish, investitsiya va xususiylashtirish jamg‘armalari bilan ishlash kabi investitsion 
faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari banklarning diqqat markazida turgan ob’ektlar 
bo‘lib qoldi. Masalan, O‘zbekistonda Xalq bankining bo‘limlari orqali XIFlar 
aksiyalarini sotish amalga oshirilmoqda. 
Banklarning 
fond 
bozorida 
ishtirok 
etishining 
bosh 
maqsadlari 
quyidagilardan iborat: 
- faoliyatining 
asosiy 
turlarini 
amalga 
oshirish 
uchun 
pul 
mablag‘larini jalb etish (o‘z passivlarini shakllantirish); 
- qimmatli qog‘ozlarga o‘z mablag‘larini investitsiyalashdan tushadigan 
daromadni olish; 
- qimmatli 
qog‘ozlar 
bilan 
amalga 
oshiriladigan 
operatsiyalar 
bo‘yicha mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan daromadni olish; 
- o‘z nufuzini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish. 
Banklar o‘ziga xos noyob muassasalar bo‘lib,  amalda fond bozorining 
barcha vositalari, aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari,  depozit va 
depozit (omonat, jamg‘arma) sertifikatlari, veksellar bilan ishlashni o‘zlashtirib 
olib, bugungi kunda ular qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlar,  sarmoyadorlar 
va investitsiya muassasalari sifatida chiqmoqda. Demak, bundan keyin ham 
respublika qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi bilan banklarning bu sohadagi 
mavqei tobora kuchayib boraveradi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning faollashuviga sabab bo‘lgan eng 
muhim shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
 O‘zbekistonda 
amal 
qilayotgan 
qonunchilik 
bo‘yicha 
tijorat 
banklari qimmatli qog‘ozlar bilan har qanday turdagi operatsiyalarni amalga 
oshirishda qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi; 
 banklarning nisbatan barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining 
yuqori daromadliligi ularga bank xizmatlarining yangi turlarini, xususan qimmatli 
qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan ko‘ngina operatsiyalarni o‘zlashtirishga katta
veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda yirik aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqarish uchun hujjatlar olish, investitsiya va xususiylashtirish jamg‘armalari bilan ishlash kabi investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari banklarning diqqat markazida turgan ob’ektlar bo‘lib qoldi. Masalan, O‘zbekistonda Xalq bankining bo‘limlari orqali XIFlar aksiyalarini sotish amalga oshirilmoqda. Banklarning fond bozorida ishtirok etishining bosh maqsadlari quyidagilardan iborat: - faoliyatining asosiy turlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larini jalb etish (o‘z passivlarini shakllantirish); - qimmatli qog‘ozlarga o‘z mablag‘larini investitsiyalashdan tushadigan daromadni olish; - qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan daromadni olish; - o‘z nufuzini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish. Banklar o‘ziga xos noyob muassasalar bo‘lib, amalda fond bozorining barcha vositalari, aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, depozit va depozit (omonat, jamg‘arma) sertifikatlari, veksellar bilan ishlashni o‘zlashtirib olib, bugungi kunda ular qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlar, sarmoyadorlar va investitsiya muassasalari sifatida chiqmoqda. Demak, bundan keyin ham respublika qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi bilan banklarning bu sohadagi mavqei tobora kuchayib boraveradi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning faollashuviga sabab bo‘lgan eng muhim shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:  O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunchilik bo‘yicha tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bilan har qanday turdagi operatsiyalarni amalga oshirishda qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi;  banklarning nisbatan barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuqori daromadliligi ularga bank xizmatlarining yangi turlarini, xususan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan ko‘ngina operatsiyalarni o‘zlashtirishga katta
 
 
moliyaviy resurslarni ajratish uchun imkon beradi; 
 banklarda mavjud bo‘lgan texnik, axborot va kadrlar salohiyati, shu’ba 
banklarining keng tarmog‘i va mijozlar bazasi ularni qimmatli qog‘ozlar 
bozorining eng qobiliyatli qatnashchilariga aylantiradi; 
 banklar bilan boshqa moliyaviyiqtisodiy muassasalar o‘rtasidagi kuchayib 
borayotgan raqobat, ko‘pgina an’anaviy bank xizmatlari (kreditlash, valyuta - 
moliyaviy, agentlik operatsiyalari)ni ko‘rsatishdan ko‘riladigan foydaning pasayib 
borishi,  banklarning o‘z faolligi diqqat markazini qimmatli qog‘ozlar bozori 
sohasiga ko‘chirishga majbur qilmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar va qulay omillarning mavjudligi 
banklar oldida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ish faoliyati ko‘lamini kengaytirish 
va yaqin kelajakda iqtisodiyotning ushbu ustuvor sohasidagi faoliyatini yanada 
faollashtirish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. 
 
3-savol bayoni. Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, 
ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi 
shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim 
etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda 
keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. 
Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar 
kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash 
sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda 
tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz 
vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni 
sug‘urtalashga kiradi. 
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firmalarning aktivi 
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta kompaniyalarining qarzdorlik 
majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz 
tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta 
mukofotini 
xizmat 
ko‘rsatilishdan 
avval 
to‘laganlari 
sababli, 
sug‘urta
moliyaviy resurslarni ajratish uchun imkon beradi;  banklarda mavjud bo‘lgan texnik, axborot va kadrlar salohiyati, shu’ba banklarining keng tarmog‘i va mijozlar bazasi ularni qimmatli qog‘ozlar bozorining eng qobiliyatli qatnashchilariga aylantiradi;  banklar bilan boshqa moliyaviyiqtisodiy muassasalar o‘rtasidagi kuchayib borayotgan raqobat, ko‘pgina an’anaviy bank xizmatlari (kreditlash, valyuta - moliyaviy, agentlik operatsiyalari)ni ko‘rsatishdan ko‘riladigan foydaning pasayib borishi, banklarning o‘z faolligi diqqat markazini qimmatli qog‘ozlar bozori sohasiga ko‘chirishga majbur qilmoqda. Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar va qulay omillarning mavjudligi banklar oldida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ish faoliyati ko‘lamini kengaytirish va yaqin kelajakda iqtisodiyotning ushbu ustuvor sohasidagi faoliyatini yanada faollashtirish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. 3-savol bayoni. Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi. Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firmalarning aktivi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta kompaniyalarining qarzdorlik majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta