Mollyuskalar tuzilishi: mantiya, Chig’anoq,mantiya bo’shlig’i, jabralar, osfradiyalar, oyoq, oziqlanish, selom, ichki transport, ekskretsiya, Nerv tizimi va sezgi a’zolari, ko’payishi va rivojlanishi.

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

61,2 KB


 
 
 
 
 
 
Mollyuskalar tuzilishi: mantiya, Chig’anoq,mantiya bo’shlig’i, jabralar, 
osfradiyalar, oyoq, oziqlanish, selom, ichki transport, ekskretsiya, Nerv tizimi 
va sezgi a’zolari, ko’payishi va rivojlanishi. 
 
 
R E J A: 
 1. Mollyuskalar tipiga tavsif. 
 2. Qorin oyoqli mollyuskalar sinfi. 
 3. Qorin oyoqli mollyuskalarning muhim turkumlari vakillari. 
Mollyuskalar xilma xil tuzilgan eng qadimgi hayvonlardan ajralib turadi. 
 1. Ko’pchilik mollyuskalar bilaterial simmetriyali hayvonlar, biroq, bir qancha 
turlarida organlarining joylanishi o’zgarib, tana simmetriyasi buzilishi natijasida 
assimetrik shaklga kiradi. 
 2. Ko’pchilik mollyuskalarning bo’g’imlarga bo’linmagan. Faqat tuban 
tuzilgan mollyuskalarda metamyerlik tuzilishga xos bo’lgan belgilarni ko’rish 
mumkin. 
 
3. Tanasi bosh, gavda va oyoq deb ataladigan uch bo’g’imdan iborat. Faqat ikki 
tavaqali mollyuskalarda bosh bo’limi bo’lmaydi. Harakatlanish organi qorin 
devoridan hosil bo’lgan yagona o’simtadan iborat. 
 4. Mollyuskalar ikkilamchi tana bo’shliqli hayvonlar bo’lib, selom qoldig’i 
yurakoldi xaltasi (pyerikardiy) va jinsiy bezlari bo’shlig’idan iborat. Ichki organlari 
oralig’ini esa biriktiruvchi to’qima to’ldirib turadi. 
 5. Hamma mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi 
bilan uralgan. Mantiyasi bilan tanasi oralig’ida mantiya bo’shlig’i hosil bo’ladi. Bu 
bo’shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayrish, orqa chiqaruv va 
jinsiy bezlarning teshigi ham ana shu bo’shliqqa ochiladi. 
6. Mollyuskalar tanasining orqa tomonida mantiyadan hosil bo’lgan 
chig’anog’i tarixiy taraqqiyot davomida reduktsiyaga uchragan. 
Mollyuskalar tuzilishi: mantiya, Chig’anoq,mantiya bo’shlig’i, jabralar, osfradiyalar, oyoq, oziqlanish, selom, ichki transport, ekskretsiya, Nerv tizimi va sezgi a’zolari, ko’payishi va rivojlanishi. R E J A: 1. Mollyuskalar tipiga tavsif. 2. Qorin oyoqli mollyuskalar sinfi. 3. Qorin oyoqli mollyuskalarning muhim turkumlari vakillari. Mollyuskalar xilma xil tuzilgan eng qadimgi hayvonlardan ajralib turadi. 1. Ko’pchilik mollyuskalar bilaterial simmetriyali hayvonlar, biroq, bir qancha turlarida organlarining joylanishi o’zgarib, tana simmetriyasi buzilishi natijasida assimetrik shaklga kiradi. 2. Ko’pchilik mollyuskalarning bo’g’imlarga bo’linmagan. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarda metamyerlik tuzilishga xos bo’lgan belgilarni ko’rish mumkin. 3. Tanasi bosh, gavda va oyoq deb ataladigan uch bo’g’imdan iborat. Faqat ikki tavaqali mollyuskalarda bosh bo’limi bo’lmaydi. Harakatlanish organi qorin devoridan hosil bo’lgan yagona o’simtadan iborat. 4. Mollyuskalar ikkilamchi tana bo’shliqli hayvonlar bo’lib, selom qoldig’i yurakoldi xaltasi (pyerikardiy) va jinsiy bezlari bo’shlig’idan iborat. Ichki organlari oralig’ini esa biriktiruvchi to’qima to’ldirib turadi. 5. Hamma mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan uralgan. Mantiyasi bilan tanasi oralig’ida mantiya bo’shlig’i hosil bo’ladi. Bu bo’shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayrish, orqa chiqaruv va jinsiy bezlarning teshigi ham ana shu bo’shliqqa ochiladi. 6. Mollyuskalar tanasining orqa tomonida mantiyadan hosil bo’lgan chig’anog’i tarixiy taraqqiyot davomida reduktsiyaga uchragan.  
 
 7. Qon aylanish sistemasi ochiq bo’lib, qoni tomirlar orqali oqishi bilan birga 
lakunlar va sinuslar deb atladigan naylar orqali ham oqib o’tadi. Yuragi qorincha va 
bo’lmacha deb ataldigan ikki yoki undan ko’proq kameralarga bo’linadi. 
 8. Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataldigan jabralardan iborat. Faqat 
quruqlikda hayot kechiradigan va bir qancha chuchuk suvli qorinoyoqli 
mollyuskalari o’pka orqali nafas oladi. 
 9. Ayrish organi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o’xshash 
tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, 
chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya bo’shlig’iga ochiladi. 
 10. Nerv sistemasi tanasining har-xil qismida tarqoq joylashgan nerv 
tugunlaridan iborat. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarning nerv sistemasi halqum 
atrofi nerv halqumi hamda tana bo’ylab yo’nalgan nerv tolalaridan iborat bo’ladi. 
 11. Dengizda hayot kechiradigan mollyuskalarning lichinkalari troxoforaga 
o’xshash yelkanli lichinka-veligerdan iborat. 
 Mollyuskalar tipiga xilma-xil tuzilgan 150000 ga yaqin turi kiradi. Ko’pchilik 
mollyuskalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ular orasida 
quruqlikda yashaydigan turlari ham mavjud. Bu tip yonbosh nervlilar va 
chig’anoqlilar kenja tipiga ajratiladi. Biz chig’anoqlilar kenja tipiga mansub bo’lgan 
qorinoyoqli mollyuskalar sinfiga to’xtalamiz. 
QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR (GASTROPODA) SINFI 
Qorinoyoqlilarning ko’pchilik vakillari dengizlarda hayot kechiradi, bir qancha 
turlari chuchuk suv havzlarida va quruqlikda yashashga o’tgan. Ular orasida parazit 
turlari ham uchraydi. Bosh qismi tanasidan aniq ajralib turadi. Yagona oyog’i keng 
va yassi tovondan iborat. Chig’anog’i yaxlit bo’lib, ayrim vakillarida reduktsiyaga 
uchragan. Ular tanasining ustki tomoni cho’zilib, keng ichki hataga o’xshash hosil 
qiladi. Qorin oyoqli mollyuskalarning tuzilish xususiyatlarini tok shillig’i ( Helix 
pomatia) misolida byeriladi. 
 Tashqi tuzilishi: Qorinoyoqlilarning bosh qismida og’iz teshigi, bir ikki 
paypaslagichlari va bir juft ko’zlari joylashgan. Boshining oldingi qismi xartumga 
o’xshash tuzilgan. Oyog’i odatda keng va yassi qoirn o’simtadan iborat oyog’inig 
ustida joylashgan tanasi spiral shaklida buralgan. Tanasining pastki tomoni mantiya 
burmalarini hosil qiladi. 
7. Qon aylanish sistemasi ochiq bo’lib, qoni tomirlar orqali oqishi bilan birga lakunlar va sinuslar deb atladigan naylar orqali ham oqib o’tadi. Yuragi qorincha va bo’lmacha deb ataldigan ikki yoki undan ko’proq kameralarga bo’linadi. 8. Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataldigan jabralardan iborat. Faqat quruqlikda hayot kechiradigan va bir qancha chuchuk suvli qorinoyoqli mollyuskalari o’pka orqali nafas oladi. 9. Ayrish organi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o’xshash tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya bo’shlig’iga ochiladi. 10. Nerv sistemasi tanasining har-xil qismida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan iborat. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarning nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqumi hamda tana bo’ylab yo’nalgan nerv tolalaridan iborat bo’ladi. 11. Dengizda hayot kechiradigan mollyuskalarning lichinkalari troxoforaga o’xshash yelkanli lichinka-veligerdan iborat. Mollyuskalar tipiga xilma-xil tuzilgan 150000 ga yaqin turi kiradi. Ko’pchilik mollyuskalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ular orasida quruqlikda yashaydigan turlari ham mavjud. Bu tip yonbosh nervlilar va chig’anoqlilar kenja tipiga ajratiladi. Biz chig’anoqlilar kenja tipiga mansub bo’lgan qorinoyoqli mollyuskalar sinfiga to’xtalamiz. QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR (GASTROPODA) SINFI Qorinoyoqlilarning ko’pchilik vakillari dengizlarda hayot kechiradi, bir qancha turlari chuchuk suv havzlarida va quruqlikda yashashga o’tgan. Ular orasida parazit turlari ham uchraydi. Bosh qismi tanasidan aniq ajralib turadi. Yagona oyog’i keng va yassi tovondan iborat. Chig’anog’i yaxlit bo’lib, ayrim vakillarida reduktsiyaga uchragan. Ular tanasining ustki tomoni cho’zilib, keng ichki hataga o’xshash hosil qiladi. Qorin oyoqli mollyuskalarning tuzilish xususiyatlarini tok shillig’i ( Helix pomatia) misolida byeriladi. Tashqi tuzilishi: Qorinoyoqlilarning bosh qismida og’iz teshigi, bir ikki paypaslagichlari va bir juft ko’zlari joylashgan. Boshining oldingi qismi xartumga o’xshash tuzilgan. Oyog’i odatda keng va yassi qoirn o’simtadan iborat oyog’inig ustida joylashgan tanasi spiral shaklida buralgan. Tanasining pastki tomoni mantiya burmalarini hosil qiladi.  
 
Mantiya ostida mantiya bo’shlig’i va mantiya kompleksi kiruvchi organlar 
joylashgan. Mantyasi chig’anoq hosil qiladi. Chig’anog’i odatda spiral shaklida 
o’ralgan bo’lib, uning ingichka uchki qismi byerk, kengaygan qisimda esa teshigi 
bo’ladi. Bu teshikda mollyuskaning boshi va oyog’i chiqb turadi. Chig’anoq soati 
strelkasi yo’nalishida yoki unga teskari buralgan bo’lishi mumkin. Havf tug’ilganida 
mollyuska tanasini chig’anoq ichiga tortib oladi. Qorinoyoqli mollyuskalarda 
chig’anoq turli darajada reduktsiyaga uchragan bo’lishi mumkin. Masalan: shilliq 
qurtlar va yalang’och jabrali mollyuskalar chig’anog’i martiya ostida joylashgan 
yupqa palstinka yoki mayda ohak tanachalar shaklida saqlanib qolgan, Suvda va 
quruqda yashovchi hayot kechiradigan qorinoyoqlilarda butunlay yo’qolib ketadi. 
Mantiya bo’shlig’i chig’anoqning pastki qismida joylashgan bo’lib, unga orqa 
chiqaruv teshigi, siydik yo’li va ba’zan jinsiy bezlarining yo’li ochiladi. 
 
 
Tok shilig’i: 1- chig’anoq, 2-paypaslagichli bosh, 3-oyoq, 4-nafas olish 
teshigi, 5-jinsiy teshik, 6-ko’z. 
 
Ovqat hazm qilish sistemasi: og’iz teshigi boshining ostki tomonida 
joylashgan. Ayrim yirtqich vakillarida boshining oldingi qismi cho’zilib hartumni 
hosil qiladi. Og’iz teshigi og’iz bo’shligi orqali halqumga o’tadi. Halqumni bitta yoki 
ikkita jag’lar hamda plastinkasimon muskulli tilcha qirg’ichi (radiula) bo’ladi. 
Halqum bo’shlig’iga bir juft so’lak bezlarining yo’li ochilgan. Ayrim yirtqich 
mollyuskalar so’lak bezi tarkibida yerkin xlorid kislotasi bo’ladi. Bu kislotaning 
so’lakdagi mikdori 4% ga etadi. Halqum ancha uzun qizilo’ngachga ochiladi. 
Qizilo’ngachning kengaygan qismi jig’ildon deb ataladi. Halqum va qizilo’ngach 
ektodyermal oldingi ichakdan iborat. O’rta ichakning oldingi qismi xaltasimon 
kengaygan bo’lib, oshqozon deb ataladi. Oshqozon bo’shligiga “jigar” yo’li 
ochilgan. Jigar suyuqligi uglevodlarga ta’sir qiladi. Oshqozon ingichka ichak bilan 
tutashgan. Ingichka ichak bir necha marta bo’ralib, orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak 
Mantiya ostida mantiya bo’shlig’i va mantiya kompleksi kiruvchi organlar joylashgan. Mantyasi chig’anoq hosil qiladi. Chig’anog’i odatda spiral shaklida o’ralgan bo’lib, uning ingichka uchki qismi byerk, kengaygan qisimda esa teshigi bo’ladi. Bu teshikda mollyuskaning boshi va oyog’i chiqb turadi. Chig’anoq soati strelkasi yo’nalishida yoki unga teskari buralgan bo’lishi mumkin. Havf tug’ilganida mollyuska tanasini chig’anoq ichiga tortib oladi. Qorinoyoqli mollyuskalarda chig’anoq turli darajada reduktsiyaga uchragan bo’lishi mumkin. Masalan: shilliq qurtlar va yalang’och jabrali mollyuskalar chig’anog’i martiya ostida joylashgan yupqa palstinka yoki mayda ohak tanachalar shaklida saqlanib qolgan, Suvda va quruqda yashovchi hayot kechiradigan qorinoyoqlilarda butunlay yo’qolib ketadi. Mantiya bo’shlig’i chig’anoqning pastki qismida joylashgan bo’lib, unga orqa chiqaruv teshigi, siydik yo’li va ba’zan jinsiy bezlarining yo’li ochiladi. Tok shilig’i: 1- chig’anoq, 2-paypaslagichli bosh, 3-oyoq, 4-nafas olish teshigi, 5-jinsiy teshik, 6-ko’z. Ovqat hazm qilish sistemasi: og’iz teshigi boshining ostki tomonida joylashgan. Ayrim yirtqich vakillarida boshining oldingi qismi cho’zilib hartumni hosil qiladi. Og’iz teshigi og’iz bo’shligi orqali halqumga o’tadi. Halqumni bitta yoki ikkita jag’lar hamda plastinkasimon muskulli tilcha qirg’ichi (radiula) bo’ladi. Halqum bo’shlig’iga bir juft so’lak bezlarining yo’li ochilgan. Ayrim yirtqich mollyuskalar so’lak bezi tarkibida yerkin xlorid kislotasi bo’ladi. Bu kislotaning so’lakdagi mikdori 4% ga etadi. Halqum ancha uzun qizilo’ngachga ochiladi. Qizilo’ngachning kengaygan qismi jig’ildon deb ataladi. Halqum va qizilo’ngach ektodyermal oldingi ichakdan iborat. O’rta ichakning oldingi qismi xaltasimon kengaygan bo’lib, oshqozon deb ataladi. Oshqozon bo’shligiga “jigar” yo’li ochilgan. Jigar suyuqligi uglevodlarga ta’sir qiladi. Oshqozon ingichka ichak bilan tutashgan. Ingichka ichak bir necha marta bo’ralib, orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak  
 
bosh yaqinidagi chiqaruv teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi.  
 Nafas olish sistemasi: Qorinoyoqlilar jabralar yoki o’pka bilan nafas oladi. 
Haqiqiy jabralar ktenidiy tipidagi juft organlar bo’lib patsimon shaklda va tanasining 
ikki qator bo’lib joylashgan.  
Har bir ktenidiy yassi ustuncha-o’qidan va unda ikki qator bo’lib joylashgan 
yaproqchalardan iborat. Quruqlikda hayot kechirishga o’tgan mollyuskalarda 
ktenidiy yo’qolib uning o’rniga o’pka paydo bo’ladi ya’ni suvda nafas olish havodan 
nafas olish bilan almashinadi. Bunda molyuskalar mantiya bo’shlig’ining bir qismi 
tanadan ajraladi, uning devorida juda ko’p qon tomirlari paydo bo’ladi va mantiya 
bo’shlig’i o’pka bo’shlig’iga aylanadi. 
 Qon aylanish sistemasi: Yuragi har xil tuzilgan. Primitiv vakillarining yuragi 
qornicha va ikkita bo’lmadan iborat bo’lib, boshidan orqaroqda joylashgan. Oliy 
qorinoyoqli mollyuskalar yuragining faqat o’ng bo’lmasi saqlanib qoladi, chap 
bo’lmasi esa butunlay yo’qolib ketadi. Yurak qorinchasida aorta boshlanadi. Aorta 
ikkita aorta tomirga ajraladi. Organlari yaqinida aorta arteriyalarga bo’linadi. 
O’pkali mollyuskalarda yirik qon tomirlari ancha mayda kapillyarlarga bo’linadi. 
Qon tomirlaridan biriktiruvchi to’qima joylashgan lakunlarga to’kiladi. Birmuncha 
yirik lakunlar oshqozon, jigar va jinsiy bezlarni o’rab turadi. Qon lakunlardan 
jabralarni o’pkaga boradi: u yerda oksidlangach yana yurakka kelib quyiladi.  
 Nerv sistemasi: Oliy qorinoyoqlilarda nerv hujayralari nerv tomirlarining 
ma’lum joylarida to’planib, bir necha nerv tugunlari hosil qiladi. Oldjabrali 
qorinoyoqlilarda besh juft nerv gangliylari bo’ladi. Shu jumladan, Birinchi jufti 
serebral gangliylar halqum ustida, ikkinchi jufti pedal gangiylar oyog’ining oldingi 
qismida, uchinchi jufti plevral gangliylar pedal gangliylar ustida, to’rtinchi juft 
vistseral gangiylar orqa ichakning ostida, beshinchi juft parital gangiylar esa 
plevrovistseral nerv stvolining orqasida joylashgan. Nerv gangliylari o’zaro nerv 
stvollari orqali tutashgan. Serebral nerv gangliylari ko’zlar statotsislar, halqum va 
paypaslagichlarni pedal oyoq muskullarni, pleval mantiyani, parietal-ktennidiy va 
osfradiylarni va vistseral gangliylar esa ichki organlar ishini idora qilib turadi.  
Sezgi organlari: Boshidagi paypaslagichlari, mantiyani chetlari tuyg’u 
vazifasini bajaradi. Kimyoviy sezish vazifasini bajaradigan osfradiylar ktenidiylar 
asosida joylashgan. Muvozanat saqlash organlari bir juft yopiq pufakchalar shaklida. 
bosh yaqinidagi chiqaruv teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Nafas olish sistemasi: Qorinoyoqlilar jabralar yoki o’pka bilan nafas oladi. Haqiqiy jabralar ktenidiy tipidagi juft organlar bo’lib patsimon shaklda va tanasining ikki qator bo’lib joylashgan. Har bir ktenidiy yassi ustuncha-o’qidan va unda ikki qator bo’lib joylashgan yaproqchalardan iborat. Quruqlikda hayot kechirishga o’tgan mollyuskalarda ktenidiy yo’qolib uning o’rniga o’pka paydo bo’ladi ya’ni suvda nafas olish havodan nafas olish bilan almashinadi. Bunda molyuskalar mantiya bo’shlig’ining bir qismi tanadan ajraladi, uning devorida juda ko’p qon tomirlari paydo bo’ladi va mantiya bo’shlig’i o’pka bo’shlig’iga aylanadi. Qon aylanish sistemasi: Yuragi har xil tuzilgan. Primitiv vakillarining yuragi qornicha va ikkita bo’lmadan iborat bo’lib, boshidan orqaroqda joylashgan. Oliy qorinoyoqli mollyuskalar yuragining faqat o’ng bo’lmasi saqlanib qoladi, chap bo’lmasi esa butunlay yo’qolib ketadi. Yurak qorinchasida aorta boshlanadi. Aorta ikkita aorta tomirga ajraladi. Organlari yaqinida aorta arteriyalarga bo’linadi. O’pkali mollyuskalarda yirik qon tomirlari ancha mayda kapillyarlarga bo’linadi. Qon tomirlaridan biriktiruvchi to’qima joylashgan lakunlarga to’kiladi. Birmuncha yirik lakunlar oshqozon, jigar va jinsiy bezlarni o’rab turadi. Qon lakunlardan jabralarni o’pkaga boradi: u yerda oksidlangach yana yurakka kelib quyiladi. Nerv sistemasi: Oliy qorinoyoqlilarda nerv hujayralari nerv tomirlarining ma’lum joylarida to’planib, bir necha nerv tugunlari hosil qiladi. Oldjabrali qorinoyoqlilarda besh juft nerv gangliylari bo’ladi. Shu jumladan, Birinchi jufti serebral gangliylar halqum ustida, ikkinchi jufti pedal gangiylar oyog’ining oldingi qismida, uchinchi jufti plevral gangliylar pedal gangliylar ustida, to’rtinchi juft vistseral gangiylar orqa ichakning ostida, beshinchi juft parital gangiylar esa plevrovistseral nerv stvolining orqasida joylashgan. Nerv gangliylari o’zaro nerv stvollari orqali tutashgan. Serebral nerv gangliylari ko’zlar statotsislar, halqum va paypaslagichlarni pedal oyoq muskullarni, pleval mantiyani, parietal-ktennidiy va osfradiylarni va vistseral gangliylar esa ichki organlar ishini idora qilib turadi. Sezgi organlari: Boshidagi paypaslagichlari, mantiyani chetlari tuyg’u vazifasini bajaradi. Kimyoviy sezish vazifasini bajaradigan osfradiylar ktenidiylar asosida joylashgan. Muvozanat saqlash organlari bir juft yopiq pufakchalar shaklida.  
 
Pufakchalarning epiteliysi hilpillovchi va sezgi hujayralardan iborat. Ularning 
bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan. Bu suyuqlikda bir qancha mayda ohak toshchalar-
statolitlar suzib yuradi. Statolitlarning holati ya’ni ularning u yoki bu nerv 
hujayralariga ta’siri tufayli mollyuskalar o’z tanasi xolatini sezadi. Qorin 
oyoqlilarning 
ko’zlari 
paypaslagichlarning 
asosida, 
ba’zan 
ikkinchi 
juft 
paypaslagichlar ustida joylashgan. Sodda tuzilgan ko’zlari oddiy chuqurchadan 
iborat. 
Ayrish sistemasi: Bir juft tasma shaklidagi buyraklar tanada moddalar 
almashinuvidan hosil bo’lgan suyuq chiqindilarni tashqariga chiqarib turishga 
hizmat qiladi. Buyrakning kengaygan kiprikli uchi perikardiyga, ikkinchi uchi 
mantiya bo’shligiga ochiladi.  
Jinsiy sistemasi: Ko’pchilik qorinoyoqlilar germofraditlardir. O’pkali 
mollyuskalarning jinsiy a’zolari germofradit bez va u bilan bog’liq germofradit 
naychadan tuziladi. Naycha ikkiga ajralib, tuxum va urug’ yo’llarini hosil qiladi. 
Tuxum yo’lining kengaygan qismi bachadon deyiladi. Bachadon jinsiy qin orqali 
jinsiy kloakaga ochiladi. Urug’ yo’li muskulli qo’shilish organi ichidan o’tib 
bachadonga yo’nalgan bo’ladi. Tuxumlarni otalanishi uchun ikkita mollyuska o’zaro 
qo’shilib, bir-birlari bilan urug’ almashtirib olishadi. Otalangan tuxumlardan 
ko’pincha veliger lichinka chiqadi.  
Qorinoyoqlilar oldjabralilar (Prosobrancia), orqajabralilar (Opistbranchia) va 
o’pkalilar kenja sinflariga bo’linadi. Oldjabralilar kenja sinfi vakillarining jabralari 
yuragining oldi tomonida joylashadi. Dengizlarda ko’proq uchraydi. Bu kenja sinfga 
dengiz quloqchasi-Haliotus, dengiz likopchasi-Patella vakil bo’ladi. 
 Orqa jabralilarning jabrasi yurakning ortida joylashadi. Chiganog’i 
reduktsiyaga uchragan. Dengiz avliyosi-Clione limacina vakil hisoblanadi.  
 O’pkalililar mantiya bo’shligida joylashgan o’pkasi bilan nafas olishadi. Bu 
kenja sinf o’troq ko’zlilar (Basommatophora) va poyacha ko’zlilar turkumlariga 
bo’linadi. O’troq ko’zlilar turkumiga chuchuk suvlarda hayot kechiradigan, 
atmosfyera havosi bilan nafas oladigan chuchuk suv shillig’i-Lymnaea stagnalis, 
kichik suv shillig’i- L. truncatula vakil bo’ladi. Poyacha ko’zlilar turkumining 
vakillari asosan quruqlikda hayot kechiradi. Yaxshi rivojlangan chiganog’lari 
bo’ladi. Bu turkumga tok shillig’i- Helix pomatia, dala shillig’i- Agriolimax misol 
Pufakchalarning epiteliysi hilpillovchi va sezgi hujayralardan iborat. Ularning bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan. Bu suyuqlikda bir qancha mayda ohak toshchalar- statolitlar suzib yuradi. Statolitlarning holati ya’ni ularning u yoki bu nerv hujayralariga ta’siri tufayli mollyuskalar o’z tanasi xolatini sezadi. Qorin oyoqlilarning ko’zlari paypaslagichlarning asosida, ba’zan ikkinchi juft paypaslagichlar ustida joylashgan. Sodda tuzilgan ko’zlari oddiy chuqurchadan iborat. Ayrish sistemasi: Bir juft tasma shaklidagi buyraklar tanada moddalar almashinuvidan hosil bo’lgan suyuq chiqindilarni tashqariga chiqarib turishga hizmat qiladi. Buyrakning kengaygan kiprikli uchi perikardiyga, ikkinchi uchi mantiya bo’shligiga ochiladi. Jinsiy sistemasi: Ko’pchilik qorinoyoqlilar germofraditlardir. O’pkali mollyuskalarning jinsiy a’zolari germofradit bez va u bilan bog’liq germofradit naychadan tuziladi. Naycha ikkiga ajralib, tuxum va urug’ yo’llarini hosil qiladi. Tuxum yo’lining kengaygan qismi bachadon deyiladi. Bachadon jinsiy qin orqali jinsiy kloakaga ochiladi. Urug’ yo’li muskulli qo’shilish organi ichidan o’tib bachadonga yo’nalgan bo’ladi. Tuxumlarni otalanishi uchun ikkita mollyuska o’zaro qo’shilib, bir-birlari bilan urug’ almashtirib olishadi. Otalangan tuxumlardan ko’pincha veliger lichinka chiqadi. Qorinoyoqlilar oldjabralilar (Prosobrancia), orqajabralilar (Opistbranchia) va o’pkalilar kenja sinflariga bo’linadi. Oldjabralilar kenja sinfi vakillarining jabralari yuragining oldi tomonida joylashadi. Dengizlarda ko’proq uchraydi. Bu kenja sinfga dengiz quloqchasi-Haliotus, dengiz likopchasi-Patella vakil bo’ladi. Orqa jabralilarning jabrasi yurakning ortida joylashadi. Chiganog’i reduktsiyaga uchragan. Dengiz avliyosi-Clione limacina vakil hisoblanadi. O’pkalililar mantiya bo’shligida joylashgan o’pkasi bilan nafas olishadi. Bu kenja sinf o’troq ko’zlilar (Basommatophora) va poyacha ko’zlilar turkumlariga bo’linadi. O’troq ko’zlilar turkumiga chuchuk suvlarda hayot kechiradigan, atmosfyera havosi bilan nafas oladigan chuchuk suv shillig’i-Lymnaea stagnalis, kichik suv shillig’i- L. truncatula vakil bo’ladi. Poyacha ko’zlilar turkumining vakillari asosan quruqlikda hayot kechiradi. Yaxshi rivojlangan chiganog’lari bo’ladi. Bu turkumga tok shillig’i- Helix pomatia, dala shillig’i- Agriolimax misol  
 
bo’ladi. Qorinoyoqlilar turli o’simliklar bilan oziqlanib, ba’zi paytlarda ziyon 
yetkazishadi. Biroq ayrim turlari ovqatlik sifatida is’temol qilinadi. 
 Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Mollyuskalar tipiga tavsif bering. 
2. Mollyuskalarning tashqi tuzilishi haqida so’zlang. 
3. Mollyuskalarning chig’anog’i qanday tuziladi?  
4. Mollyuskalarning mantiyasi nima? 
5. Qorinoyoqli mollyuskalarga tavsif bering.  
6. Qorinoyoqlilarning qanday vakillarini bilasiz?  
Glossariy 
1. Ekzoskelet - tashqi skelet 
2. Selom- ikkilamchi tana bo‘shlig‘i 
3. Mezoderma- o‘rta tana qavati 
4. Koksal bezlar - ayirish vazifasini bajaruvchi bez 
5. Malpigi naylari - ayirish funksiyasini bajaradi 
6. Miksotsel- aralash tana bo‘shlig‘i 
Adabiyotlar 
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар 
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 б. 
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан 
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006. 
 
bo’ladi. Qorinoyoqlilar turli o’simliklar bilan oziqlanib, ba’zi paytlarda ziyon yetkazishadi. Biroq ayrim turlari ovqatlik sifatida is’temol qilinadi. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Mollyuskalar tipiga tavsif bering. 2. Mollyuskalarning tashqi tuzilishi haqida so’zlang. 3. Mollyuskalarning chig’anog’i qanday tuziladi? 4. Mollyuskalarning mantiyasi nima? 5. Qorinoyoqli mollyuskalarga tavsif bering. 6. Qorinoyoqlilarning qanday vakillarini bilasiz? Glossariy 1. Ekzoskelet - tashqi skelet 2. Selom- ikkilamchi tana bo‘shlig‘i 3. Mezoderma- o‘rta tana qavati 4. Koksal bezlar - ayirish vazifasini bajaruvchi bez 5. Malpigi naylari - ayirish funksiyasini bajaradi 6. Miksotsel- aralash tana bo‘shlig‘i Adabiyotlar 1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 б. 2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006.