Monologik nutqini rivojlantirish. (Disleksiya va disgrafiyani bartaraf etishda fonematik idrokni rivojlantirish)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
57,9 KB
Monologik nutqini rivojlantirish.
REJA:
1.Disleksiya va disgrafiyani bartaraf etishda fonematik idrokni rivojlantirish.
2.Agrammatik disleksiya va disgrafiyani bartaraf etish.
Tayanch tushunchalar: fonematik idrok, bo‘g‘in analizi va sintezi,
agrammtik disleksiya, agrammatik disgrafiya.
O‘qish va yozuv buzilishlarining mexanizmi ko‘p jixatdan bir-biriga
o‘xshashdir, shuning uchun ularni bartaraf etish yuzasidan olib boriladigan
logopedik-tuzatish ishlari metodikasi xam o‘xshash bo‘ladi.
Fonematik disleksiya, artikulyator - akustik disgrafiya va fonemalarning
buzilishi asosidagi disgrafiyani bartaraf etishda fonematik idrokni (tovushlar
differensiatsiyasini) rivojlantirish.
Tovushlar differensiatsiyasini aniqlash va mustaxkamlash bo‘yicha olib
boriladigan logopedik ishlar turli analizatorlarga (nutq eshituv, nutq xarakat va
ko‘ruv) tayangan xolda olib boriladi.
Tovushlarning bir-biridan farqlash ustida olib boriladigan ishning
muvaffaqiyatli bo‘lishi fonematik analiz va sintezni rivojlantirish bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Almashtiriladigan tovushlarni bir-biridan farqlash ustida olib boriladigan
logopedik ishlar 2 bosqichni o‘z ichiga oladi:
Birinchi bosqich - tayyorgarlik (almashtirilayotgan xar bir tovush ustida
ishlash).
Ikkinchi bosqich - almashtirilayotgan tovushlarni eshitish va talaffuz jixatdan
farqlash.
Birinchi davrda almashtirilayotgan xar bir tovushning talaffuz va eshitish
obrazining ketma-ketligi aniqlanadi. Olib boriladigan ish rejalari quyidagilardan
iborat: ko‘rish, eshitish, taktil idrok etish, kinestetik sezish orqali tovushlarni
jarangdorligi va artikulyatsiyasini aniqlash; bo‘g‘inlarda tovushlarni ajratish;
so‘zlarda tovushning o‘rnini (boshida-o‘rtasida-oщirida) aniqlash; tovushlarni
so‘zdagi ketma-ketligini aniqlash (tovush sanoq bo‘yicha nechanchi o‘rinda, qaysi
tovushdan keyin kelayapti, o‘zidan oldin qaysi tovush turibdi); gap, matnlarda
tovush o‘rnini aniqlash.
Ikkinchi bosqichda almashtiriladigan tovushlarni talaffuz va eshitish jixatdan
qiyoslash ishlari olib boriladi. Bunda xam olib boriladigan ish birinchi
bosqichdagidek bo‘lib, xar bir tovush eshitish va talaffuz jixatdan aniqlanadi. Asosiy
maqsad ularni bir-biridan farqlashdir, shuning uchun nutqiy materialga
almashtirilayotgan tovshlar ishtirok etgan so‘zlar tanlab olinadi.
Disgrafiyani bartaraf etishda yozuv mashqlari katta o‘rin tutadi.
Artikulyator - akustik disgrafiyani bartaraf etishda avval tovushlar
talaffuzidagi kamchiliklarni to‘g‘irlash lozimdir. Ishning boshlang‘ich davrida
tovushlarni aytib takrormaslik tavsiya etiladi, chunki bu xolatda yozuvda
xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib kelishi mumkin.
Disgrafiya va fonmeatik disleksiyani bartaraf etishda tilning analiz va sintez
tomonini rivojlantirish.
Gapda so‘zning soni, ketma-ketligi va o‘rnini aniqlash qobiliyatini quyidagi
topshiriqlarni bajarish orqali shakllantirish mumkin:
1. Syujetli rasmlar asosida gap tuzish va gapdagi so‘zlar sonini aniqlash.
2. Ma’lum sondagi so‘zlarni bo‘yicha o‘ylab topish.
3. So‘zlar sonini ko‘paytirib, gapni kengaytirish.
4. Gapda so‘zlar o‘rnini aniqlash (ko‘rsatilgan so‘z nechanchi o‘rinda turibdi).
5. Ma’lum sondagi so‘z ishtirok etgan gaplarni matndan ajratish.
6. Gapda nechta so‘z bo‘lsa, shuni ko‘rsatuvchi sonni ko‘rsatish.
Bo‘g‘in analizi va sintezini rivojlantirish.Bo‘g‘in analiz va sintezini
rivojlantirish ustida ishlarini yordamchi usullardan foydalanishdan boshlash lozim.
Bo‘g‘in analizini shakllantirishda quyidagi yordamchi vositalar taklif qilinadi,
masalan, so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratganda qarsak chalish va so‘zdagi bo‘g‘in sonini
aytish.
Nutqda bo‘g‘in analizini rivojlantirish jarayoni so‘zlarda unli tovushlarni
ajratish xamda bo‘g‘inlarga ajratishning asosiy qoidalarini o‘zlashtirishga asosiy
e’tibor beriladi: so‘z necha unli tovushdan iborat bo‘lsa, unda shuncha bo‘g‘in
bo‘ladi. So‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishda unli tovushlarga tayanish o‘qish va yozuvda
unli touvshlarni tushirib qoldirish, unlilarni o‘qshish kabi xatolarning oldini olish va
bartaraf etishga imkoniyat beradi.
Unli tovushlar asosida so‘zlarda bo‘g‘in tarkibini aniqlash malakasini
shakllantirish uchun unli va undosh touvshlar differensiatsiyasi xamda nutqda unli
tovushlarni ajratish bo‘yicha dastlabki ishlarni olib borish zarur.
Unli va undosh tovushlar xaqida, ularni farqlashning (ular artikulyatsiya usuli
va jarangdorligi bыyicha farqlash) asosiy belgilari xaqida tasavvurlar xosil qilindi.
Mustaxkamlash uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: logoped unli
tovushlarni talaffuz etganda bolalar qizil, undosh tovushlarni talaffuz etganda ko‘k
bayroqchani ko‘taradilar.
Keyinchalik unli tovushlarni bo‘g‘in va so‘zlarda ajratish bo‘yicha ish olib
boriladi. Buning uchun avval bir bo‘g‘inli so‘zlar (uy, oy, non, nok, ot) taklif etiladi.
Bolalar so‘zlarda unli tovush va uning o‘rnini (so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida)
aniqlaydilar. Buning uchun so‘zning grafik sxemasidan foydalanish mumkin.
Bolalar unli tovushning so‘zdagi o‘rniga qarab sxemaning boshi, o‘rtasi, oxirida
belgi-aylanacha qo‘yadilar:
Keyin ikki va uch bo‘g‘inli so‘zlar ustida ish olib boriladi. Buning uchun
quyidagi topshiriqlarni berish tavsiya etiladi:
1. So‘zdagi unli tovushlarni aytish. Buning uchun talaffuz etilishi yozilishidan
farq qilmaydigan so‘zlar.
2. Berilgan so‘zda faqat unlilarni yozish (olma - O____A).
3. Unli tovushlarni ajratish va shu tovushga taaluqli xarflarni topish.
4. Berilgan unli tovushlarga taaluqli rasmlarni ajratish.
Bo‘g‘inlarda analiz va sintezni mustaxkamlash uchun quyidagi topshiriqlarni
berish mumkin:
1. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib qaytarish. Bo‘g‘inlar sonini sanash.
2. Aytilgan so‘zlardagi bo‘g‘in sonini aniqlash va shu songa taalu=li raqamni
ko‘rsatish.
3. Nomalangan rasmlarni ikki qatorga bo‘g‘inlar soniga qarab ajratish.
Aytilishida 2 va 3 bo‘g‘indan iborat rasmlar (anor, anjir, olxo‘ri) tavsiya etiladi.
4. Nomalangan rasmlardan birinchi bo‘g‘inni ajratish va uni yozzish, so‘ng
ajratilgan bo‘g‘inlarni biriktirib so‘zlar, gaplar tuzish va xosil bo‘lgan so‘z va
gaplarni o‘qish. Maslan: "oltin", "malina", "radio", "kesak", "tabiat". Berilgan
so‘zlarning birinchi bo‘g‘inlarini biriktirilganda quyidagi so‘zlar xosil bo‘ladi: olma,
raketa.
5. So‘zlarda tushurib qoldirilgan bo‘g‘inni rasmlar yordamida aniqlash.
ar______; _______los; ka______; ol_____ri.
6. Tartibsiz berilgan bo‘g‘inlardan so‘z tuzish (tar, gi, ki, be, vuz, lam, tob, щi).
7. Gaplardagi ma’lum sondagi bo‘g‘inli so‘zlarni ajratish.
"Fonematik analiz" atamasi bilan xam oddiy, xamda murakkab shakldagi
tovushlar analizini belgilaydilar. Oddiy shakldagi ko‘rinish bu so‘zlar tarkibidagi
tovushlarni ajratishdir. V.K. Orfinskiy ma’lumotiga ko‘ra, bu shakl maktabgacha
yoshidagi bolalarda paydo bo‘ladi. Murakkab shakldagi ko‘rinish bu so‘zlardagi
birinchi va oxirgi tovushlarni ajratib olish va tovush o‘rnini (so‘z boshida, o‘rtasida,
oxirida) aniqlashdan iborat. Eng murakkab ko‘rinish, bu so‘zlarda tovushlar ketma-
ketligi, tovushlar soni, boshqa tovushlarga nisbatan o‘rnini (qaysi tovushdan keyin
kelyapti, o‘zidan oldin va keyin qaysi tovush kelyapti) aniqlashdir.
Tovushlar analizining bu shakli maxsus o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi.
Fonematik analiz va sintezni rivojlantirishda olib boriladigan logopedik
ishlarda tovush analizining ko‘rsatilgan shakllarini ontogenezda shakllanishi
izchilligini xisobga olish lozim.
Olib boriladigan ish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi:
1 davr - fonematik analiz va sintezni yordamchi vositalar va xarakatlar asosida
shakllantirish.
Ish dastlabki yordamchi vositalar: so‘zning grafik sxemasi va fishkalar
yordamida o‘tkaziladi.
2 davr – nutqda tovush anlizini shakllantirish. Bunda so‘z aytiladi so‘ng
so‘zdan birinchi, ikkinchi, uchinchi va boshqa tovushlar aniqlanadi xamda ular soni
belgilanadi.
3 davr - fonematik analizni aqliy faoliyatida shakllantirish. O‘quvchilar
so‘zlarni nomlamay va eshitib idrok etmay faqat tasavvur asosida tovushlar soni va
ketma-ketligini aniqlaydilar.
Taxminiy topshiriqlar:
I. 3,4,5 tovushdan iborat so‘z o‘ylab topish:
II. Aytilishi (nomi) 4 yoki 5 tovushdan iborat bo‘lgan rasmlarni ajratib olish.
III. Rasmning nomidagi (rasm aytilmaydi) tovushlar soniga mos bo‘lgan
ko‘rsatish.
IV. Rasmlarni tovushlar soniga qarab ikki qatorga ajratish.
Murakkablashtirish tamoyili fonematik analiz shakllarini va nutq materiallarini
murakkablashtirish orqali amalga oshiriladi. Tovush analizini shakllantirish
jarayonidan so‘zning fonematik qiyinchiliklarni xisobga olish zarurdir.
Buning uchun yozma ishlardan keng foydalaniladi.
So‘zlarning fonematik analizni mustaxkamlashga oid taxminiy ish turlari:
1. So‘zlarda tushirib qoldirilgan xarflarni qo‘yish: n . k; k . tob; ba . i=; =u . sh.
2. Berilgan tovush so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan so‘zlar (randa,
archa, anor) tanlash.
3. Kesma xarflar asosida so‘z tuzish, masalan: ona, bola, lola, ruchka va
boshqalar.
4. Gapdan ma’lum sonli tovushlar ishtirok etgan so‘zlarni tanlash, og‘zaki
aytish va yozib qo‘yish.
5. Bo‘g‘inga turli sondagi tovushlarni qo‘shib borib, so‘z xosil qilish.
Masalan:
Bo - (bol)
Bo - (bola)
Bo - (bodom)
Bo - (bo\bon)
6. Ma’lumsondagi tovushlar ishtirok etgan so‘z tanlash.
7. Xar bir tovushga so‘z tanlash. So‘zlar doskaga yozib boriladi.
So‘zlar ma’lum bir ketma-ketlikda yozib boriladi: avval 3 xarfli so‘ng 4,5,6
xarfli:
g‘
O
Sh
q
g‘oz
ona
sham
qon
g‘arb
oyna
sharf
qand
g‘aram
oppoq
shamol
qalam
g‘ijjak
olho‘ri
sholg‘om
qalpoq
8. Kubik o‘yini. Bolalar kubikni o‘yin doirasiga tashlaydilar va so‘z
o‘ylaydilar. Kubikni to‘rt tomonida turli sonda nuqtalar bo‘lib, o‘yin doirasiga kubik
nechta nuqtali tomoni bilan tushsa bolalar shuncha tovushli so‘z o‘ylab topishlari
lozim bo‘ladi.
9. So‘z-topishmoq o‘yini. Doskaga so‘zning birinchi xarfi yoziladi, qolgan
xarflar o‘rniga nqtalar qo‘yiladi. Bolalar birinchi xarf va nuqtalar soniga qarab so‘zni
topishlari lozim. Agar bolalar so‘zni topa olmasalar ikkinchi xarf yoziladi, shunda
xam so‘zni topa olmasalar xarflar qo‘shib boriladi.
Masalan: S. . . (soat), Sh. . . (shaftoli).
10. Gapning grafik sxemasini tuzish
gap
so‘z
bo‘g‘in
. . . . . . . . . tovush.
11. Rebusni topish. Bolalarga bir nechta rasmlar ko‘rsatiladi; masalan: "olma",
"sabzi", "mashina", "olxo‘ri", "nok". Bolalar rasmlarni nomlaydilar va birinchi
tovushni ajratib, shu tovushni belgilovchi xarfni yozib boradilar, so‘ng xosil bo‘lgan
so‘zni o‘qiydilar (osmon).
12. Nomida ma’lum sonli tovushga ega bo‘lganni nomlash.
13. qaysi tovush yo‘q? Sabzi-abzi, randa-anda, olma-oma.
14. So‘zlardagi bir xil tovushlarni ayt: gilos-saroy, gul-barg, kitob-laylak.
15. Grafik to‘rt sxema asosida rasmlarni tanlash. Masalan:
To‘g‘ri to‘rtburchak va uning bo‘linishi-so‘z va bo‘g‘inni bildiradi. Doiralar esa
tovushni bildiradi, bo‘yalgani-undosh tovush, bo‘yalmagan-unli tovush.
16. Grafik sxemaga asoslanib so‘z o‘ylab topish.
17. Grafik sxemaga mos keladigan so‘zni gap ichidan ajratib olish.
18. Mevalar, gullar, xayvonlar, sabzavotlarning nomini aytish nomlari aytilgan
xar bir so‘z berilgan grafik sxemaga mos kelishi lozim.
Fonematik analizni rivojlantirish yuzasidan olib beriladigan ishning dastlabki
davrlarida tovushni aytib takrorlashga imkon beriladi. Biroq vazifalarni bajarishda
bu usulga uzoq to‘xtalib qolish tavsiya etilmaydi.
Agrammatik disleksiya va disgrafiyani bartaraf etish.Agramatik
disleksiya va disgrafiyani bartaraf etish vazifalari: bolada morfologiya va
sintaktikani umumlashtirish, so‘zning morfologik tarkibi va gapning tuzilishi
xaqidagi tasavvurlarni shakillantrishdir. Ishning asosiy yo‘llanmasi: gap tuzilishini
aniqlash, so‘z o‘zgarishi va so‘z yasalish vazifalarini rivojlantirish, bir o‘zakli
so‘zlar va so‘zlarning morfologik tuzilishi ustida ishlash.
Tilning morfologik tuzilishini o‘zlashtirish gap tuzilishining o‘zlashtirish
bilan chambarchas bog‘liqdir. Gap ustida ishlashda uning tuzilish jixatdan
murakkabligi, ontogenezda uning turli tipda xosil bo‘lish ketma-ketligi xisobga
olinadi. Gap ustida ishlash quyidagi rejalar asosida amalga oshiriladi:
1. Ikki tarkibli gaplar, bu bosh kelishigdagi otlar va xozirgi zamon 3-shaxs
fe’llarini o‘z ichiga oladi.
2. Boshqa ko‘rinishdagi ikki tartibli gaplar.
3. 3-4 so‘zdan iborat bo‘lgan yoyiq gaplar. Masalan: Baxor ko‘rkam fasl.
Dalada paxta terimi boshlandi. Birinchi sentyabr mustaqillik kuni.
Keyinchalik murakkab tipdagi gaplar ustida ishlanadi. Bolalarning gap
tuzshida sxemalar tashqi tayanch sifatida katta axamiyatga ega. Bolalarga oldin
ko‘rgazmali sxema yoki fishkalar bo‘yicha gap tuzish metodi tushuntiriladi.
Masalan: qizcha gul uzayotgani xaqida rasm taklif qilinadi. Savollar yordamida
sub’ekt (ya’ni kimligi) aniqlanadi, predikat so‘z (ya’ni nima qilyapti), xarakat
ob’ekti (nima?). Xar bir ajratilgan so‘z fishka bilan belgilanadi.
Fishkalar rasm ustiga quyiladi, masalan: qiz-
fishka bilan, gul fishka bilan, uzyapti bilan belgilanadi.
Bolalarga rasmga qarab sxema bo‘yicha gap tuzdiriladi.
Keyin fishkalar boshqa rasmlardagi tasvirga quyiladi.
Masalan: Bola uy rasmini chizayotganligi, sigir o‘t yeyotganini tasvirlangan
rasmlar.
Xar bitta rasm bo‘yicha bolalarga fishkalarga tayangan xolda mustakil gaplar
tuzadilar.
Keyinchalik xar xil grafik sxemalar taklif qilinadi:
1) 3ta so‘zdan tashkil topgan gap: qizcha kitob o‘qiyapti. Bola itni sitayapti.
2) To‘rtdan so‘zdan tashkil topgan gap: qiz kuylagini dazmol qilyapti.
Grafik
sxemalar yordamida kыyidagi topshiriqlar beriladi:
a) Berilgan grafik sxema bo‘yicha gap tuzish
b) Gapni tegishli sxema bo‘yicha chizdirish.
v) Berilgan grafik sxema bo‘yicha mustaqil gap uylab topish.
g) Berilgan sxemaga qarab, umumlashtiruvchi axamiyatga ega bo‘lgan so‘zni
topish.
Umumlashtiruvchi ma’noga esa bыlgan analogik gap ыylab topish taklif
qilinadi. Masalan: kimdir qandaydir xarakat bajarayotganligi xaqida ikki so‘zdan
iborat gap o‘ylab topish vazifasi beriladi.
Savollarga javob berish, mustaqil gap tuzish kabi topshiriqlar berish lozim.
Gap ustida ishlash jarayonida analagik gaplar berish kerak. Xar bir o‘qilgan
gap savollar yordamida analiz qilinadi, gapdagi so‘zlar orasidagi grammatik
bog‘lanishlar aniqlanadi va mustaxkamlanadi.
So‘z o‘zgartirish bo‘yicha quyidagi vazifalar beriladi.
1) Aralashtirib berilgan tayanch so‘zlar bilan gap tuzish.
2) Gapda tushirib qoldirilgan so‘zlarni joyiga qo‘yish.
3) Gapni predmetli rasm yordamida to‘ldirish. Tugallanmagan gap va rasm
taklif qilinadi.
4) Predmetli rasmlar yordamida berilgan otni birlikdan kuplik shakliga turlash.
5) Ravishning qaratqich kelishigida ko‘plikda turlash.
6) Berilgan gap konmtruksiyasi bo‘yicha xarakat bajarish.
Masalan: qalamni kitobni ustiga qo‘y, tagiga qo‘y, orasiga qo‘y.
7) Bajarilgan xarakat bo‘yicha gap tuzish. Masalan: logoped xarakat bajaradi,
bolalar nima xarakat bajarganligini aytadilar.
8) Berilgan o‘tgan zamon fe’lini xozirgi zamon fe’liga aylantirish.
9) To‘liq va to‘liqsiz fe’lni faol va passiv nuqta farqlash.
10) Ot va sifatni kuplikda,birlikda kelishiklarda ifodalash.
So‘z yasash funsiyasini shakllantirishda quyidagi vazifalar beriladi: Tayanch
so‘zlar, rasmlar bo‘yicha otni kichraytirish-erkalatishi shaklida ifodalash.(o‘y-
o‘ycha).
So‘z o‘zgartirish va so‘z yasash funksiyalari oldin passiv, keyin aktiv nutqda
ifodalanadi.
Shunday xollar bo‘ladiki, semantik desleksiya aloxida so‘zlarda uchrasa unda
tovush-bo‘g‘in sintezini shakillantirish lozim.
1) Tovushlarni aloxida talaffuz qilib, so‘zni o‘qish. Masalan: O-S-M-O-N; D-
A-F-T-A-R; K-I-T-O-B.
2) Bo‘g‘inlarga ajratib berilgan so‘zni qo‘shib o‘qish: (TO-VUQ, KA-PA-
LAK).
3) Tartibsiz berilgan bo‘g‘inlardan so‘z yasash. (-ShI-MA, -NA)
4) Bo‘g‘inlarga ajratib yozilgan butun gapni qo‘shib o‘qish. BU-GUN OB-HA-
VO JU-DA YaX-ShI. BOG‘-DA ChI-ROY-LI GUL-LAR O-ChIL-DI.
Bir vaqtning o‘zida o‘qilgan so‘z gap yoki matnni tushunishi ustida ish olib
boriladi:
1) So‘zning o‘qish va shu so‘zga mos rasmni ko‘rsatish.
2) So‘zni o‘qib, xarakat bajarish.
3) So‘zni o‘qish va savolga javob berish.
4) Gapni o‘qish va unga mos rasmni ko‘rsatish.
5) Matn ichidan berilgan rasmning mazmuniga mos gapni topish.
7) Gapni o‘qish va uning mazmuniga qarab savollarga javob berish. Semantik
disleksiyani bartaraf etishda muxim o‘rinni lug‘at ustida ishlash egallaydi. Lug‘atini
aniqlash, va boyitish ustidagi ish o‘qilgan so‘z, gap yoki matn ustida ishlash
jarayonida olib boriladi. quyidagi topshiriqlardan foydalanadi:
1) Gapgi aloxida so‘zlarning sinonimini topish (quvnoq-xursand)
2) Qarama - qarshi axamiyatga ega bo‘lgan so‘zlarni topish. (Issiq-sovuq, kasal-
sog‘).
3) Qarama - qarshi ma’nodagi so‘zlarni ifodalab gapni to‘ldirish: Daryoda suv
sovuq, choynakda esa issiq.
4) Bir qancha predmetlarni bitta umumiy so‘z bilan ifodalash: Masalan: qoshiq,
kosa, pichoq bularni bir so‘z bilan nima deymiz?
5) Bitta umumlashtirib berilgan so‘zga oid predmetlarni nomlash.
6) Xarakatni bildiruvchi so‘zlarni topish.
a) Nima qanday xarakat qiladi? Toshbaqa emaklab yuradi, baliq suzadi,
qurbaqa sakraydi, qur uchadi kabi.
b) Nima qanday ovoz chiqaradi?
qurbaqa qurillaydi, mushuk miyovlaydi.
7) Predmetlarning rangini, shaklini, xajmini aniqlash.
8) Predmetning nomini aniqlash.
Semantik disleksiyani bartaraf etishda lug‘at ishi muxim axamiyatga ega.
Lug‘atni boyitish va aniqlik kiritish va asosan o‘qilgan so‘zlar, gaplar, matn ustida
ishlash jarayonida olib boriladi.
Nazorat savollari
1. Yozma nutq buzilishlarini tekshirish metodikasini yoritib bering.
2. Disleksiya va disgrafiyani bartaraf etishda til analizi va sintezini
rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlarni aytib bering.
3. Agramatik disleksiya va disgrafiyani bartaraf etish metodikasini yoritib
bering.
4. Maxsus maktablarga borganda yozma nutq kamchiligiga ega bo‘lgan
bolalar xaqida ma’lumot to‘plang. Ularning yozuv daftarlari orqali ularda mavjud
bo‘lgan yozma nutq kamchiliklarini aniqlangan.