MONOPOL HOKIMIYAT SHAROITIDA NARX BELGILASH VA DIVERSIFIKATSIYALASH TAMOYILLARI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
171,2 KB
MONOPOL HOKIMIYAT SHAROITIDA NARX BELGILASH VA
DIVERSIFIKATSIYALASH TAMOYILLARI
REJA:
Kirish.
Asosiy qism
1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik
2. Narx bozorda narx belgilash nazariyasi
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining o‘zgarish
tamoyillari
Bozorda narx belgilash nazariyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyati ishlab
chiqaruvchi va xaridor uchun tanlash erkinligidir. Ishlab chiqaruvchi qanday
mahsulot ishlab chiqarishni, iste'molchi - qanday tovar va xizmatlarni sotib olishni,
xodim - qaerda va kim bilan ishlashni erkin tanlashi mumkin. Bunday misollarni
yana ko‘plab keltirish mumkin. Ammo shuni tushunishimiz kerakki, tanlash
erkinligi uning mavjudligi iqtisodiy muvaffaqiyatga avtomatik ravishda erishishni
ta'minlaydi degani emas. Aslida iqtisodiy muvaffaqiyat raqobat orqali erishiladi [9].
Hozirgi bozor raqobat tamoyillari va monopolistik ishlab chiqarishning
kombinatsiyasidir. Bu yerda esa
raqobat bozor iqtisodiyotining asosiy
harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan raqobat jamiyatning
iqtisodiy rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratadi. To'liq va nomukammal
raqobat bozorlari ham iste'mol sifatiga ta'sir qiladi.
Zamonaviy
iqtisodiy
voqelik
sharoitida,
jahon
amaliyoti
jamiyat
taraqqiyotining hozirgi bosqichida eng samaralisi bozor iqtisodiyoti ekanligini
isbotlagan va shu munosabat bilan ko‘pchilik rivojlangan davlatlar unga
o‘tmoqdalar. raqobat va monopoliya eng dolzarb hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan mehnat taqsimoti kuchayib boradi va natijada
raqobat munosabatlari murakkablashadi. Ular bozorlar, tarmoqlar, hududlar,
mamlakatlar va xalqaro transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi raqobat kabi yangi
shakllarni egallamoqda. Bu iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, ammo bu
mutlaqo to'g'ri emas. Bu jarayonlarning barchasi raqobatning nomukammalligi
darajasiga ta'sir qiluvchi omillar sonining ko'payishiga olib keladi. Masalan,
sanoatga kirishdagi to'siqlar va raqobatbardosh vositalar tobora murakkablashib
bormoqda va doimiy o'zgarib turadigan bozor sharoitida kompaniyaning omon
qolishi uchun katta ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan yangi, murakkabroq
ma'lumotlarni olish zarurati ortib bormoqda. Shunday qilib, biz ishonch bilan
aytishimiz mumkinki, nomukammal raqobat butun iqtisodiyotning samaradorligiga
juda salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Shuningdek, raqobat bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan namuna, ajralmas qism
ekanligi ayon bo'ladi. U butun iqtisodiy tizimga kirib boradi va xo'jalik yurituvchi
sub'ektlar ichida o'z aksini topadi. Bularning barchasi uni o'rganishni nafaqat zarur,
balki majburiy qiladi.
Kurs ishining predmeti. Monopol hokimiyat sharoitida narx belgilash va
diversifikatsiyalash tamoyillari hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti. Bozor munosabatlari sharoitida Monopol hokimiyat
sharoitida narx belgilash va diversifikatsiyalash tamoyillariga oid masalalar bilan
bog’liq bo’lgan masalalar kurs ishining obyekti sanaladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasida
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos strategiyasi,
tamoyil va ustivorlari, xorijiy va vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari
ilmiy izlanishning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat qiladi.
Kurs
ishini
tayyorlashda
O’zbekiston
Respublikasi
Qonunlaridan,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlaridan, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining karorlaridan, O`zbekiston Respublikasi Makroiktisodiyot
va Statistika Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi me’yoriy
xujjatlari, kursatmalari, buyruklari va xisobotlaridan manba sifatida foydalanildi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlaridan tarkib topgan.
Bu yerda biz monopol hokimiyatga ega bo`lgan monopolistlar to`g`risida gap
yuritamiz. Lekin, hozirgi vaqtda monopoliyaning ijobiy tomonlari borligini hech
kim inkor qila olmaydi.
Yiriklashgan korxonalarda ilmiy-texnik rivojlanish imkoniyati katta bo`ladi,
nima uchun deganda, bunday korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham katta
bo`lganligi uchun, ular ilmiy izlanishlarga ko`proq mablag` ajratishlari mumkin.
Yirik korxonalargina masshtab samarasidan yaxshiroq foydalana oladilar,
chunki ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarni keng
masshtabda yo`lga qo`yish mumkin bo`ladi. Bu o`z navbatida mahsulot tannarxini
pasaytirish va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Lekin, bozor munosabatlarining
rivojlanganligi, jahon bozorining shakllanganligi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning
kengayib borishi sharoitida kuchli bozor hokimiyatiga ega monopolistni topish
qiyin.
Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham
esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o`z mahsuloti sifatini oshirishga va
uni tez-tez yangilashga alohida e`tibor beradi, deb bo`lmaydi. Ushbu firmalarda
yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish ko`p hollarda to`xtab qolishi
ham mumkin.
Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori qilib belgilaydi, ya`ni P>MC.
Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo`lmaydi. Monopol narxning
o`rnatilishi jamiyatda yo`qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo`lsa,
jamiyatning yo`qotishi ham shunchalik ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham bozor
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab
chiqarilgan.
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo`lgan
monopolistik hokimiyatni to`planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik
hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta`sir qilish
kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga ko`proq ta`sir qila olsa, u ko`proq
monopolistik hokimiyatga ega bo`ladi.
Ko`pchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga klassik misol sifatida
AQShning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bo`lib Sherman
qonuni deb ataluvchi qonun qabul qilingan bo`lib, u asosan savdoni va tijoratni
monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini
cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo`l bilan
yo`qotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to`lashdan tortib,
firmani tarqatib yuborish va hatto jinoiy javobgarlikkacha jazolanishni nazarda tutar
edi.
1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu
qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo`lib, u
qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan
edi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish
bo`yicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi. 1938 yildagi Uiler qonuni
iste′molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar to`g`risida noto`g`ri axborot
berish va noto`g`ri reklama berishga qarshi). Keyingi yillarda ham trestlarga qarshi
qonunchilik AQSHda rivojlandi. AQSHning trestlarga qarshi qonuni boshqa
davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab chiqishda va rivojlantirishda
muhim rol o`ynadi.
Narxlarni nazorat qilish va ularni muvofiqlashtirish ko`proq tabiiy
monopoliyalarga qo`llaniladi. Eslasak, raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga
teng bo`lar edi (P>MC )(1.1-rasm).
Qe
Q
Qm
Q1
1.1-rasm. Tabiiy monopoliyada narxni muvofiqlashtirish1
Lekin, bunday narxni tabiiy monopoliyalarga qo`llab bo`lmaydi, chunki bu
narxda bir qator ishlab chiqaruvchilar zarar bilan ishlab ishdan chiqadilar. Nima
uchun deganda, ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari har xil bo`lgani uchun narxlar
ham har xil bo`ladi.
Rasmdan ko`rinib turibdiki, 𝑃
𝑒narx raqobatlashgan bozor narxiga to`g`ri
keladi va u chekli xarajat bilan o`rtacha daromad chiziqlari kesishgan nuqta bilan
aniqlanadi. Narx davlat tomonidan muvofiqlashtirilmasa, monopolist narxni Pm
darajada belgilab, Qm miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. Davlat esa narxni barcha
uchun o`rtacha xarajat darajasida (o`rtacha xarajat chizig`i bilan daromad chizig`i
kesishgan nuqta) belgilaydi, ya`ni 𝑃
1 . Bu narxga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish
hajmi Q1 ga teng. P1 =AC bo`lishi tabiiy monopolistlarga (uzoq muddatli
raqobatlashgan bozordagi firmalar kabi) normal foyda olish imkonini beradi.
P1 narxda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori optimal hajmdan kichik (Q1
<Qe) bo`lsa ham iste′molchilar monopolist narxi tartiblashtirilmagandagiga
qaraganda (Qm <Q1) ko`proq mahsulot sotib olish imkoniyatiga ega bo`ladi.
O`rtacha xarajat darajasida o`rnatiladigan narx P1 ni ―adolatli foyda olishni
ta`minlaydigan narx deb ataydilar. AQShda ―adolatli‖ narxni ta`minlanishini juda
ko`p federal komissiyalar kuzatib boradi.
2. Monopol hokimiyat sharoitida narx belgilashda iste′molchi
ortiqchaligini egallash
Monopol yoki bozor hokimiyatiga ega bo`lgan firmalar rahbarlari oldida
turadigan asosiy masalalardan biri - bu qanday qilib bozor hokimiyatidan samarali
1
Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. -
foydalanishdir. Ular oldida narxlarni qanday belgilash, qancha ishlab chiqarish
omillari olish kerak, uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda ishlab chiqarish hajmini
qancha qilib belgilash kabi masalalarni echish turadi.
Raqobatlashgan bozordagi firmalarni boshqarishga qaraganda bozor
hokimiyatiga ega bo`lgan firmalarni boshqarish qiyinroq. Raqobatlashgan bozorda
narx berilgani uchun firma rahbarlari o`z e`tiborlarini ko`proq xarajatlarni
kamaytirishga va sotish bilan bog`liq masalalarni echishga qaratadi. Ishlab chiqarish
hajmini esa narxni chekli xarajatlarga tenglashtiradigan hajmda belgilaydi. Monopol
hokimiyatga ega firmalar ishlab chiqarish hajmini va mahsulot narxini aniqlashi
uchun hech bo`lmaganda talab elastikligining taqribiy qiymatini bilishlari kerak
bo`ladi.
Monopol
hokimiyatga
ega
bo`lgan
firmalarning
narxni
belgilash
strategiyasining asosini iste′molchi ortiqchaligini egallash orqali qo`shimcha foyda
olish usullari tashkil qiladi.
Faraz qilaylik, firma barcha ishlab chiqargan mahsulotlarini bir narxda sotsin
(2.2-rasm).
Q
Qm
Qe
2.2-rasm. Iste′molchi ortiqchaligining narx va ishlab chiqarish hajmiga
bog`liqligi2
U foydasini maksimallashtirish uchun narx Pm ni unga mos keluvchi ishlab
chiqarish hajmi Qm ni chekli xarajat chizig`i bilan chekli daromad chizig`i kesishgan
nuqtaga ko`ra belgilaydi. Firma Qm ishlab chiqarish hajmida maksimal foyda bilan
ishlaydi, lekin firma rahbarlari foydani yanada oshirish to`g`risida o`ylaydi.
Iste′molchi ortiqchaligi sohasida ko`rish mumkinki (NM oraliqda) ba`zi bir
iste′molchilar tovarni Pm narxdan yuqori narxda ham sotib olishi mumkin. Lekin,
narx Pm dan yuqori qilib qo`yilsa, sotish hajmi kamayadi, bir qator iste′molchilar
yo`qotiladi va olinadigan foyda kamayadi. Narx monopol Pm bo`lganda ham
iste′molchilarning bir qismi tovarni sotib olaolmaydi, lekin ular narx Pm dan kichik
(ammo chekli xarajatdan yuqori bo`lgan) bo`lgan holda tovarni sotib oladilar.
Bunday xaridorlar ME sohaga qarashli bo`lib, ularning ortiqchaligi DME soha
yuzasiga teng. Firma narxni tushirsa, u ME oraliqqa qarashli xaridorlarga ham
tovarni sotishi mumkin. Biroq, bu holda uning daromadi va shu bilan birga foydasi
ham kamayib ketadi.
Firma NM oraliqqa qarashli iste′molchilar ortiqchaligini (PmMN yuzaga teng
ortiqchalikni) va ME oraliqdagi iste′molchilar ortiqchaligini (DME yuzaga teng
ortiqchalikni) qo`lga kiritish uchun har xil guruhdagi iste′molchilarning talab
chizig`ida joylashuviga qarab har xil narx belgilashi mumkin. Yuqorida ko`rdikki,
bu ortiqchaliklarni bir xil narx belgilash orqali egallash mumkin emas.
Masalan, firma NM oraliqdagi iste′molchilar uchun P1 (P1 > Pm) narx, ME
oraliqdagilar uchun P2 (P2 <Pm) va ikkala guruh orasidagilar uchun Pm narxni
belgilashi mumkin. Narxlarni bunday qo`yilishiga, ya`ni har xil guruhdagi
iste′molchilar
uchun
har
xil
darajadagi
narxlarning
qo`yilishiga
narx
diversifikatsiyasi (differentsiatsiyasi yoki diskriminatsiyasi) deyiladi. Masalaning
muhim tomoni shundaki, xaridorlarni topib, ularni har xil narxlarda xaridorlar
guruhiga bo`lib chiqish, ya`ni bozorni segmentlashtirish kerak bo`ladi.
2
S
а
l
i
m
N
a
r
x
l
a
r
d
i
v
e
r
s
i
f
i
k
a
t
s
i
y
a
s
i
n
a
r
x
l
Iste′molchilar daromadiga ko`ra narxlarni belgilashning ideal varianti har
bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga
maksimal narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb
qaraladi. Har bir xaridor uchun rezerv narx belgilashga iste′molchilarning
daromadiga ko`ra narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi.
Ideal diversifikatsiyalashda firma daromadi qanday bo`lishini ko`rib
chiqamiz. Birinchi navbatda firma monopol narx Pm da qancha foyda olishni
aniqlaymiz (3.3-rasm).
0
Qm
Qe
Q
3.3-rasm. Narxlar diversifikatsiyalanmagandagi foydani ifodalovchi grafik3
3
Buning uchun umumiy ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar hajmi Qm ning har
bir qo`shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan birlik mahsulotdan olinadigan
qo`shimcha foydani qo`shib chiqamiz. Bu qo`shimcha foyda
∆𝜋 har bir birlik mahsulot uchun ∆𝜋=MR-MC ga teng. Ushbu chekli
daromad MR birinchi mahsulot uchun maksimal bo`lib, uning chekli xarajati MC
eng minimaldir. Keyingi har bir qo`shimcha mahsulot uchun chekli daromad
kamayib boradi, chekli xarajat esa ortib boradi. Firmaning ishlab chiqarish hajmi Qm
ga teng bo`lganda oxirgi Qm-mahsulotdan olinadigan foyda ∆𝜋𝑄𝑚=MR-MC
bo`ladi va MR=MC.
Qm hajmdan ko`p ishlab chiqarilgan har qanday mahsulot hajmidagi chekli
xarajat uning chekli daromadidan yuqori bo`ladi va bu firma foydasini kamaytiradi.
Umumiy foyda har bir sotilgan mahsulotdan tushadigan foydalarning yig`indisiga
teng. Rasmda umumiy foyda chekli daromad chizig`i bilan chekli xarajat o`rtasidagi
(NDF) shtirxlangan yuza bilan ifodalangan.
Endi firma ideal diversifikatsiyadan foydalanadi deylik. U mahsulot narxini
har bir xaridor uchun u to`lashi mumkin bo`lgan maksimal darajada qilib belgilaydi
va natijada chekli daromad chizig`i firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab
chiqarish hajmi bilan bog`liq bo`lmay qoladi. Har bir birlik qo`shimcha mahsulotni
sotishdan tushadigan qo`shimcha foyda tovarga to`lanadigan narxga bog`liq
funktsiya bo`lib, chekli daromad
chizig`i
talab chizig`i
bilan ustma-
ust
tushadi
(D =MR)(3.3-rasm).
Masalan, agar har bir xaridor bittadan mahsulot sotib olsa, birinchi ishlab
chiqarilgan tovardan olinadigan daromad TR1 =P1 *1=P1 ga, ikkita tovardan
tushadigan umumiy daromad TR2 = R1+ P2 *1= P1 + P2ga, uchta tovardan TR3 = P1 +
P2 + P3 ga teng. Har bir tovar uchun alohida narx belgilangani uchun umumiy
daromad har bir sotilgan tovarlar narxlarining yig`indisi bilan aniqlanadi. Chekli
daromadni quyidagicha topamiz:
MR1 =P1; MR2 =R2 -R1 =P1 +P2 -P1 =P2;
MR3 = R3 - R2 = P1 + P2 + P3 - P1 - P2 = P3,
Demak, har bir qo`shimcha sotilgan tovarning chekli daromadi ideal
diversifikatsiyalashda ushbu tovar uchun belgilangan narxga teng.
Ko`rinib turibdiki, narx diversifikatsiyasi firmaning xarajatlari tarkibiga ta`sir
qilmaydi. Shunday qilib, har bir birlik qo`shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan
mahsulotdan tushadigan qo`shimcha foyda talabdan chekli xarajatni ayrilganiga
teng. Masalan, agar yuqoridagi misolni qarasak, uchinchi qo`shimcha mahsulotni
sotishdan olinadigan qo`shimcha foydani ∆𝜋 3 deb belgilasak, ∆𝜋 3 = MR3 - MC3 = P3
- MC3 ko`rinishida aniqlanadi.
Talab (MR) chekli xarajatdan ustun bo`lganda firma ishlab chiqarish hajmini
oshirib o`z foydasini orttiradi. Ishlab chiqarishni kengaytirish ishlab chiqarish hajmi
Qe* hajmga etguncha davom ettiriladi. Qe* hajmda chekli daromad, ya`ni talab chekli
xarajatga teng bo`ladi va ishlab chiqarish yanada oshirilsa chekli xarajat talabdan,
ya`ni MR dan yuqori bo`lgani uchun firma foydasi qisqaradi. Umumiy foydaga endi
chekli xarajat chizig`i bilan talab chizig`i o`rtasidagi shtrixlangan FEN yuzaga teng
bo`ladi. Har bir iste′molchi uchun u to`lashi mumkin bo`lgan narxni o`rnatilishi
firma tomonidan iste′molchi ortiqchaligining hammasini egallashga imkon beradi.
Bu o`z navbatida ishlab chiqaruvchi daromadini oshiradi. 3.4-rasmdan ko`rish
mumkinki, firma daromadi ancha oshgan.
Q e*
Q
4.4-rasm. Ideal diversifikatsiyalashda foydani ifodalovchi grafik4
Ammo, xaridorlar juda ko`p bo`lsa, firma ularning har biri uchun alohida
narx belgilashi qiyin. Bu erda asosiy muammo, xaridorlar sotib olishi mumkin
bo`lgan narxni aniqlashdir. Firma xaridorlar bilan so`rov o`tkazishi mumkin, lekin
xaridor ushbu sotib olishi mumkin bo`lgan maksimal narxni to`g`ri aytadi deb hech
kim kafolat bera olmaydi. Shunga qaramasdan, xaridorlar kamroq bo`lganda, real
hayotda narx differentsiatsiyasidan foydalanuvchi firmalar ham yo`q emas.
Masalan, gazga, elektroenergiyaga aholi va korxonalar to`laydigan narxlar,
hayvonot bog`iga, muzeyga kirish chiptalarining yosh bolalarga, katta yoshdagilarga
va
guruhlarga
har
xil
narxlarda
bo`lishi.
Bunday
hollarda
narxni
differetsiatsiyalovchi firma iste′molchi ortiqchaligining bir qismini o`zlashtiradi.
Yana bir misol tariqasida poyafzal sotuvchi firmani ko`rib chiqaylik.
Sotuvchi har bir poyafzal sotilishidan 20 foiz foyda oladi deylik. Sotuvchi ba`zi bir
xaridorlarga tovarni o`z narxida sotsa, boshqa biriga sotganda o`z ulushining bir
qismidan voz kechadi, nima uchun deganda, foyda olmagandan ko`ra har bir
poyafzaldan 10 foizdan (20 foiz o`rniga) foyda olish uning uchun afzalroq.
Agar narxlar differentsiatsiyasi xaridorlar sonini oshishiga olib kelsa, bundan
sotuvchilar ham, xaridorlar ham manfaat ko`radi. Demak, umumiy farovonlik
oshadi. Quyidagi 3.5-rasmda ana shu vaziyat tasvirlangan (3.5-rasm).
Q3 Qm
Q2 Q 1
Q
3.5-rasm. Daromadga bog`liq narxlar differentsiatsiyasi
Rasmdan ko`rish mumkinki, monopol narx Pm va undan yuqori bo`lgan
narxlarda tovar sotib olishga qurbi etmagan xaridorlar Pm dan kichik bo`lgan P1 va P2
narxlarda tovarni sotib olishi mumkin bo`ladi va ma`lum iste′molchi ortiqchaligiga
ega bo`ladilar.
Iste`mol hajmiga ko`ra narxlar diversifikatsiyasi. Ba′zi bir tovarlarga
bo`lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgan sari kamayib boradi.
Bunday tovarga elektr energiyasi misol bo`la oladi. Har bir iste′molchi bir oyda
ma`lum miqdordagi (kilovatt/soat) elektroenergiyaga pul to`lab, undan ortiqchasiga
to`lash qobiliyati pasayib boradi.
Iste′molchi mablag`i etmagani uchun eng kerakli miqdordagi (uyni minimal
yoritish
uchun,
muzlatgich,
televizor
ishlashi
uchun
zarur
bo`lgan)
elektroenergiyaga pul to`laydi, lekin bu miqdordagi minimal elektroenergiyaning
qimmati qushimcha olishi mumkin bo`lgan elektroenergiya qiymatidan ancha
yuqori bo`ladi. Musbat masshtab samarasi bo`lganda elektroenergiya ishlab
chiqarish hajmining oshishi uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan o`rtacha va
chekli xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Bunday holatda elektroenergiya narxini
differentsiatsiya qilinishi maqsadga muvofiqdir. Ya`ni, har xil miqdorda iste`mol
qilingan bir xil tovarga (elektroenergiyaga) xar xil narx belgilash.
Birinchi bosqichda ma`lum miqdorgacha iste`mol qilingan elektroenergiyaga
alohida narx, ikkinchi bosqichda qo`shimcha miqdordagi iste`mol qilingan
e
l
e
k
t
r
o
e
n
e
r
g
i
y
a
g
a
o
l
d
i
n
g
i
b
o
s
0
Q1
Qe
Q 2
Q3
Q
3.6-rasm. Elektroenergiyani iste`mol qilish hajmiga ko`ra narxni
differentsiatsiyalash5
Haqiqatan ham, elektroenergiyani ishlab chiqarish hajmini oshirganda (agar
masshtab samarasi yuqori bo`lsa) uning xarajatlari kamayadi va narxlar
differentsiatsiyasi bir tomondan iste′molchilarning turmush farovonligini oshirsa
(ular ko`proq elektroenergiyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar), ikkinchi
tomondan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning umumiy foydasini
oshiradi.
Rasmdan ko`rish mumkinki, elektroenergiya ishlab chiqarish hajmi oshganda
ATC va MC lar kamaymoqda. Birinchi bosqichda Q1 hajmdagi elektroenergiya eng
yuqori P1 narxda iste`mol qilinadi. Ikkinchi bosqichda qo`shimcha (Q2 -
Q1)miqdordagi elektroenergiya P2 narxda
(P2 <P1) iste`mol qilinadi. Agar elektroenergiyaga bir xil Pe narx
o`rnatilganda Qe hajmda elektroenergiya ishlab chiqarilgan bo`lar edi.
Narx differentsiatsiyasida ishlab chiqarish hajmi Q3 ga oshadi.
Tovarlar kategoriyasiga ko`ra narx differentsiasiyasi. Ushbu turdagi narx
differentsiatsiyasi xaridorlarni ularning talab chizig`iga ko`ra ikki yoki undan ortiq
guruhlarga bo`ladi, demak, har bir guruhning o`z talab chizig`i bo`lib, bu talab
chizig`i boshqa guruhlarnikiga qaraganda yotiqligi bilan farq qiladi. Bunga misol
tariqasida samolyotga, paroxodga sotiladigan chiptalarning klasslarga bo`linib, har
5
xil yo`lovchilarga turli narxlarda sotilishini, bir xil spirtli ichimliklarning ham har
xil sortlari turli xil narxlarda sotilishini, muzqaymoqlar (bolalar uchun, kattalar
uchun), talabalar, nafaqadagilar va nogironlar uchun qilinadigan imtiyozlarni
keltirish mumkin.
Iste′molchilarni kategoriyalarga bo`lish turli xil mezonlarga asoslanadi.
Bularning ichida asosiy mezon xaridorlarning daromadlaridir. Masalan, shahar
transportiga sotiladigan kartochkalar narxi oddiy fuqarolar uchun bir xil, talabalar
uchun narxi pastroq, o`quvchilar uchun esa yanada pastroq. Xuddi shunday
hayvonot bog`iga kiruvchilar ham: bolalarga sotiladigan chipta narxi kattalarga
sotiladigan chipta narxidan ancha past. Yoki spirtli ichimliklarni olsak, ularning
etiketkalarining o`zi xaridorlarni kategoriyaga bo`ladi (bir xil turdagi ichimlikni har
xil etiketkali shishalarga quyilishi va ularga har xil narxlarni o`rnatilishi:
―O`zbekiston‖ arog`i, ―Ekstra‖ arog`i, ―Kristall‖ aroqlari).
Endi biz tovarlar kategoriyasiga qarab ularga narx belgilashni ko`rib chiqamiz.
Buning uchun quyidagi ikkita shart bajarilishi zarurdir.
Birinchi shartga ko`ra ishlab chiqarish hajmidan qat`iy nazar, umumiy
hajmdagi tovarni xaridorlar guruhlariga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik
tovarni sotishdan olinadigan chekli daromad
MRning qiymati bir xil bo`lsin. Masalan, ikki xil sortdagi mahsulotni sotish
kerak bo`lsin. Birinchi guruhga sotiladigan har bir mahsulotning chekli daromadini
MR1 va ikkinchi guruhnikini MR2 deylik. Agar
MR1 >MR2 bo`lsa, firma birinchi sortdagi mahsulotni ishlab chiqarishni
oshiradi va ikkinchi sortdagi mahsulotni kamaytiradi. Nima uchun deganda, birinchi
sort mahsulotni bir birligidan tushadigan foyda ikkinchi sortdagi mahsulotnikidan
katta. Bunday holda ( MR1 >MR2 bo`lganda) firma umumiy foydani oshirish uchun
birinchi sort mahsulot narxini tushirib, ikkinchi sort mahsulotnikini ko`taradi. Chekli
daromadlar birbiriga teng bo`lmaganda firma o`z foydasini maksimallashtira
olmaydi. Shuning uchun firma mahsulot kategoriyalariga narxlarni shunday tanlash
kerakki har xil kategoriyadagi mahsulotlarni sotishdan tushadigan chekli daromadlar
teng bo`lsin.
Ikkinchi shart - har bir sort bo`yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi
foydani maksimallashtiradigan hajmga teng bo`lsin. Biz bilamizki, ishlab chiqarish
hajmi foydani maksimallashtiradi, qachonki u chekli daromadni chekli xarajatga
tenglashtirsa. Demak, har bir sort bo`yicha sotiladigan mahsulotning chekli
daromadi uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajatga teng bo`lsa. Ikki xil sortdagi
mahsulot uchun ikkinchi shart quyidagicha yoziladi: MR1 = MC1 va MR2 = MC2 .
Agar bu tenglik bajarilmasa firma o`z foydasini maksimallashtirish uchun umumiy
ishlab chiqarish hajmini ko`taradi yoki pasaytiradi (mahsulotlar narxini oshirish yoki
kamaytirish). Endi matematik jihatdan bu qanday bo`lishini ko`rib chiqamiz.
Faraz qilaylik birinchi sort mahsulot narxi P1 va ikkinchi sortniki -P2 bo`lsin.
TC(QC) - bu QC =Q1 +Q2 hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishning umumiy
xarajatlari. U holda umumiy foyda quyidagiga teng: 𝜋=P1 ∙Q1 +P2 ∙Q2 -TC(Q) ( 1 ).
Foydani maksimallashtirish uchun har bir sort bo`yicha qo`shimcha bir birlik
mahsulotni sotishdan tushadigan qo`shimcha foydalarni nolga tenglashtiramiz.
Nima uchun deganda, firma ikkala sortdagi mahsulotlarning oxirgisini sotishdan
tushadigan qo`shimcha foyda nolga teng bo`lguncha birinchi sort mahsulot hajmini
ham, ikkinchi sort mahsulot hajmini ham oshirib boradi. Demak,
{
∆𝜋
∆𝑄1 = ∆(𝑃1 ∙𝑄1 )
∆𝑄1
−∆𝐶
∆𝑄1 = 0
∆𝜋
∆𝑄2 = ∆(𝑃2 ∙𝑄2 )
∆𝑄2
−∆𝐶
∆𝑄2 = 0
Ko`rinib
turibdiki
bu
erda:
∆(𝑃1 ∙𝑄1 )
∆𝑄1
=
∆𝑅
∆𝑄1 =
𝑀𝑅1 𝑣𝑎
∆(𝑃2 ∙𝑄2 )
∆𝑄2
=
∆𝑅
∆𝑄2 = 𝑀𝑅2
∆𝐶
∆𝑄1 = 𝑀𝐶 𝑣𝑎
∆𝐶
∆𝑄2 = 𝑀𝐶Bu
erda
MC
-
qo`shimcha bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishdagi qo`shimcha umumiy
xarajatlar.
Ikkinchi shartga ko`ra quyidagini yozamiz: MR1 = MC va
MR2 = MC (3).
Ikkalasini
birlashtirib,
ishlab
chiqarish
hajmi
quyidagi
MR1 = MR2 = MC tenglikni bajarilishini ta`minlaydigan ishlab chiqarish
hajmiga teng bo`lishi kerakligini aniqlaymiz.
Endi firma rahbarlari narxlarni o`rnatishda talab elastikligidan foydalansin
deylik. Eslasak, chekli daromadni quyidagicha yozish mumkin edi:
MR=P(1+
1
𝐸0)
Bu holda har bir mahsulot sorti uchun MR1=P1(1+
1
𝐸1) va MR2=P2(1+
1
𝐸2)
bu erda E1 va E2 lar birinchi va ikkinchi sort mahsulotlarning narx bo`yicha
talab elastiklari. Endi birinchi shartga ko`ra quyidagini yozamiz: MR1 =MR2 yoki
P(1+
1
𝐸1)= P(1+
1
𝐸2), yuqoridagi tenglikdan narxlar o`rtasida bajarilishi zarur bo`lgan
munosabatni olamiz:
P1
P2 =
(1+ 1
𝐸1)
(1+ 1
𝐸2) (4)
(4)-dan ko`rinib turibdiki, firma talab elastikligi kam bo`lgan mahsulot sortiga
yuqori narx belgilashi kerak. Masalan, birinchi sort mahsulot elastikligi -3 va
ikkinchi sort mahsulot elastikligi -6 bo`lsin. U holda birinchi sort mahsulot narxi (4)
ga ko`ra quyidagiga teng:
P1 =1,25* P2, birinchi sort mahsulot narxi ikkinchi sort mahsulot narxidan
1,25 marta ortiq qilib belgilanishi kerak.
IE1I = IE2I bo`lgani uchun, ya`ni birinchi sort mahsulot talab elastikligi
ikkinchi sort mahsulot elastikligidan kichik bo`lgani uchun, ikkinchi sort
mahsulotning talab chizig`i birinchi sort mahsulotning talab chizig`iga ko`ra
yotiqroq bo`ladi.
Misol. Hayvonot bog`iga kirish chiptasiga bo`lgan narx kattalar va bolalar
uchun har xil bo`lsin. Kattalarning chiptaga bo`lgan talab chizig`i quyidagicha:
Pk =10-(1+
1
8000) Qk,
bu erda Pk - kattalar uchun chipta narxi; Qk - kattalarning chiptaga talabi.
Bolalarning talabi: Pb =6-(1+
1
8000) Qb, bu erda Pb - bolalar uchun chipta
narxi; Qb - bolalarning chiptaga talabi.
Hayvonot bog`iga 56000 kishi bir vaqtda kirishi mumkin. Hayvonot bog`i
rahbariyati
5600
ta
chiptani
sotish
uchun
narx
differentsiatsiyasidan
foydalanmoqchi. Rahbariyat kattalar va bolalar uchun qanday narx belgilaydi?