MOSLASHUVGA TAYYOR BO‘LISH
REJA:
1. Iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’siri
2. Iqlim o‘zgarishining suv resurslarga ta’siri
3. Iqlim o‘zgarishiga moslashish
Iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jalik ekinlariga ta’siri
Iqlim ssenariyalariga ko‘ra yozgi haroratning o‘sishi uncha katta emas, lekin
qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishida noqulay hisoblangan o‘ta issiq kunlar
soni ortishi mumkin. A.X. Abdullaevning (1997) ma’lumotlari bo‘yicha maksimal
havo haroratining 400dan yuqori bo‘lishi qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda,
ayniqsa ularning gullashi davrida noqulayliklar keltirib chiqaradi. Ekin muddatining
optimal muddatlariga nisbatan 5-10 kunga surilishi hosildorlikni o‘rta hisobda 10-
20% ga pasaytiradi.
O‘rtapishar va o‘rta kechpishar sholi navlarining hosildorligi barcha ekin
zonalarida havo harorati 2-30 ga ko‘tarilganida hozirgi darajaga nisbatan 80-90%ga
pasayadi, kechpishar navlar uchun bu ko‘rsatgich 80-100% ni tashkil qiladi. Havo
harorati yanada ko‘tarilib borganida sholining hosildorligi 55-80% ga pasayadi.
G‘o‘za suv bilan optimal ta’minlanganida va mavjud melioroativ holatda havo
harorati 1-20 ga ko‘tarilganida hamda optimal muddatda ekilganida hosildorlik 3-
12% ga ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati yana 2-30 va undan ortiqqa ko‘tarilganda
hosildorlik 2-4% ga pasayadi. Havo harorati o‘rtacha 2-30 ko‘tarilganda va baland
haroratli kunlar soni ortib borganda Zarafshon vohalarida, ya’ni Samarqand va
Buxoro viloyatlarida paxta hosildorligi 6-12% pasayishi mumkin.
Havo haroratining 2-30 va undan yuqoriga ko‘tarilishi bugungi suv ta’minoti
sharoitlarida, ayniqsa, ekishning optimal muddatlariga va sug‘orish rejimiga rioya
qilinganida qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining jiddiy pasayishiga olib keladi.
Haroratning 2-30 oshishi ekinlarning suvga nisbatan talabini hozirga qaraganda
10%ga oshiradi.
Samarqand viloyatining Urgut tumani O‘zbekiston Respublikasida tamaki
etishtirishga ixtisoslashgan yagona tuman hisobalanadi. Tamaki paxtaga nisbatan
salqin ob-havo sharoitida yaxshi rivojlanadi va uning tomirlariga havo erkin kirib
turishi lozim. SHu sababli ham tamaki og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarida yaxshi
o‘smaydi. Engil mexanik tarkibli tuproqlar tarqalgan chala-cho‘l mintaqadan dasht
mintaqaga o‘tuvchi tabiiy sharoit tamaki uchun eng optimal sharoit hisoblanadi. Biz
yuqorida keltirgan raqamlar bo‘yicha iqlim isshi ro‘y bersa, tamaki uchun ham
agroiqlimiy sharoit o‘zgaradi va tamakining hosildorligi pasayib ketishi mumkin.
Iqlim o‘zgarishining suv resurslarga ta’siri
Havoning isishi O‘rta Osiyodagi daryolarga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Bu eng
avvalo daryolarning to‘yinishidagi farqlar bilan izohlanadi. Qordan to‘yinuvchi
daryolarda harorat ko‘tarilgan sari suv oqimi kamayib boradi. Muzlikdan
to‘yinuvchi daryolar esa «inertroq»dir, chunki haroratning ko‘tarilishi bilan baland
tog‘lardagi mangu va muzlar ko‘proq erib, dastlab suv ko‘payadi, keyinchalik esa
suvda keskin kamayish ro‘y beradi (6.10-rasmda). Iqlimiy vaziyatning sun’iy
ssenariysida, masalan havo harorati 1,2,3,40 ga ko‘tarilganda to‘yinish turi har xil
bo‘lgan daryolar suv oqimi ko‘rsatilgan.
Zarafshon va Vaxsh daryolari muz va qordan ozuqlanuvchi daryolar
hisoblanadi, shu tufayli ham havo harorati 10 oshganda bu daryolarda suv hajmi
deyarlik o‘zgarmaydi. Qor va muzdan, asosan qordan va buloq suvlaridan
ozuqlanuvchi daryolarda (Ohangaron, CHotqol, Piskom, Kuchart) harorat 10
ko‘tarilganda ham suv 2-6%ga kamayadi. Havo harorati 20 va 30 oshsa daryolar suvi
ko‘payishi o‘rtacha me’yordagi suvga nisbatan 5-6%, 10-12%dan 20%gacha
kamayadi. Harorat 40 oshgan holatda Ohangaron daryosi suvi 40%, Zarafshon
daryosi suvi esa 30%gacha kamayishi mumkin. So‘zsiz, daryo suvlarining kamayishi
daryolar vodiysida qurilgan suv omborlari suvining ham kamayishiga sabab bo‘ladi.
Havo haroratining 1-20ga ko‘tarilganda daryolar suvi ancha kamayadi va uzoq
istiqbolda qor va muzdan to‘yinuvchi suv oqimlari keskin qisqaradi. Havo
haroratining 1-20 ga ko‘tarilishi muzlarning erishini kuchaytiradi. 1957-1980
yillarda Orol dengiz havzalaridagi muzliklar 115 km3 muz (taxminan 104 km3 suv)
yo‘qotgan, bu 1957 yilgi muz zahiralarining deyarlik 20% tashkil etadi. 2000
yilgacha bo‘lgan yo‘qotishlar 1957 yilgi zahiralarning yana 14%ni tashkil qiladi.
2020 yilga borib muzliklar dastlabki hajmga nisbatan yana 10%ni yo‘qotadi.
Havo harorati 3-40 ko‘tarilsa tog‘larda muzliklarni halokatga olib keladi. Suv
resurslari hozirgi holatiga nisbatan 30-40% kamayishi mumkin. Havo haroratining
1-20 ga ko‘tarilishi suvdagi yo‘qotishlarni (bug‘lanish, filtratsiyaning kuchayishi)
yana 10% ortishiga olib keladi.
Kuchayib borayotgan suv resurslari taqchilligi davlat va umuman regionning
barqaror rivojlanishini suv bilan ta’minlashga yangicha yondashuvlarni ishlab
chiqish, ularni mavjud barcha suv resurslaridan samarali foydalanishga zarurligini
belgilaydi. Suv Bilan ta’minlanganlikni oshirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan
iborat:
- suv iste’molini qisqartirish;
-sug‘orish tizimlarini takomillashtirish;
-sug‘orishda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish;
-atmosfera yog‘inlaridan samarali foydalanish;
-tog‘ suvlaridan suv omborlari qurilish yo‘li bilan foydalanish;
-suvni iqtisodiy baholash;
-minerallashgan suvlarni tozalash va ulardan qayta foydalanish.
Tuproqlarning sho‘rlanishga iqlim o‘zgarishining ta’siri
Iqlimning biroz darajada isishi sug‘oriladigan erlarda bug‘lanishni va o‘simliklar
transpiratsiyasini kuchaytiradi, bu hodisalarning muttasil takrorlanishi tuproqlarda
tuz to‘planishini, sizot suvlar minerallashuvini kuchaytiradi, tuproqning ustki
qatlamining qurishiga olib keladi.
Hozirgi kunda Respublikamizdagi sho‘r bosgan sug‘oriladigan erlar umumiy
sug‘oriladigan er maydonining 52% ga yaqinini tashkil qiladi, shu jumladan
erlarning 18% o‘rtacha va kuchli sho‘rlangandir. Zarafshon vodiysining quyi
qismida sho‘rlangan erlar maydoni katta. Masalan Buxoro viloyatining 96%, Navoiy
viloyatining 87% erlari sho‘rlangan. SHo‘rlangan er maydonlarining ko‘payishi,
erlardan ilmiy asoslanmasdan, agrotexnik qoidalarga rioya qilmasdan foydalanish va
foydali ish koeffitsientining pastligi bilan bog‘liq. Foydali ish koeffitsienti
Qoraqalpog‘istonda -0,56% Buxoro viloyatida 0,58%ni tashkil qiladi. Hozirgi
paytda zovurlar yordamida sug‘oriladigan erlarning har gektaridan 15-40
tonnagacha sho‘r yuvilmoqda. Lekin zovurlarning ish samaradorligi pastligidan
tuzlarning sug‘oriladigan erlardan chetki hududlarga chiqarish samarasi katta emas.
Juda ko‘p vohalarda zovurlar taglarini loyqa bilan va turli xil suv o‘tlari bilan to‘lgan.
Bular zovurlar faoliyatini juda susaytiradi. Erlarning sho‘rlanishi paxta hosildorligini
pasaytiruvchi jiddiy omillardan hisoblanadi. Agarda Buxoro viloyatini olib qarasak
sho‘rlanish tufayli paxta hosildorligi 50% gacha, Qoraqalpog‘istonda esa 60% gacha
kamayganligi ko‘rinib turibdi.
Iqlimning o‘zgarishi va havo haroratining ortishi munosabati bilan, sizot
suvlar er yuzasiga yaqin (0,5-1,5 m) joylashgan erlarda ikkilamchi sho‘rlanishning
ortishi, tuproq degredatsiyasi jarayonlarining jadallashuvi ro‘y berishi mumkin.
Qish oylarida sho‘r yuvish payti harorat yuqori bo‘lganda suv yuzasidan
bug‘lanish 20-70% ga ortadi. Havo haroratining 1-20 ko‘tarilishida ham sho‘rlangan
er maydonlari va sho‘rlanish darajasining ortish tendensiyasini kuchaytiradi.
Iqlim isish bilan tuproq hurorat ham ko‘tariladi. Natijada sho‘rlangan erlarda
g‘o‘za va ba’zi boshqa ekinlarning vertitsillez vilt bilan kasallanishi ham ko‘payyadi.
Havo harorati hozirgi darajadan o‘rtacha 2-30 ga ko‘tarilganda chidamlilik darajasi
past bo‘lgan o‘simliklarning kasallanishi 26-40% ortishi kuzatiladi.
Iqlim o‘zgarishiga moslashish
Agroiqlim resurslari va iqlim o‘zgarishlarining qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishiga ta’sirini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil 15-20 yil davomida
(istiqbolda) asosiy dehqonchilik ekinlarini joylashtirish sxemalarini tubdan qayta
ko‘rib chiqish talab qilinmasligini ko‘rsatdi.
Qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga moslashuvi er fondi va suv
resurslaridan foydalanishni optimalizatsiyalash bilan bog‘liq. Bu quyidagi
tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
- suv xo‘jaligi va irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish;
-suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va foydalanish;
-buzilgan erlarni tiklash;
-ekinlar strukturasini yaxshilash;
-yuqori hosilli va qurg‘oqchilikka chidamli navlarni joriy qilish;
-ilg‘or agrotexnik tadbirlarni qo‘llash;
-o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanish;
-oqimlar shakllanadigan zonada va cho‘l hududlarida yog‘inlar miqdorini oshirish
uchun faol ta’sir ko‘rsatish vositalaridan foydalanish.
Sug‘oriladigan erlarda iqlim o‘zagrishiga moslashish uchun qo‘yiladiganlarni
amalga oshirish zarur:
-sho‘r bosgan erlarning meliorativ holatini yaxshilash;
-suv va shamol eroziyasining oldini olish;
-iqlimning kutilayotgan o‘zgarishlariga mos sug‘oriladigan erlarda yiliga bir
yarimdan ikki-uch hosilgacha olish imkonini beradigan ekinlardan foydalanish va
almashlab ekishni qo‘llash;
- iqlim o‘zgarishini inobatga olgan holda o‘zgarayotgan iqlim parametrlariga mos
hosildor navlarni tanlash;
-qurg‘oqchilik, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli yangi turlar va navlarni
hisobga olib, muntazam ravishda ekinlar strukturasini va qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishni takomillashtirish.
Suv resurslari o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun ishonchli
gidrometeorologik monitoring yaratish, qor qoplami va muzliklar xarakteristikasini
baholash uchun radiolakatsion va sun’iy yo‘ldoshlar axborotlardan keng foydalanish
va suv xo‘jalik tadbirlarini rejalashtirish zarur.
Iqlim o‘zgarishi ekstramal hodisalar (qurg‘oqchilik, kuchli toshqin, sel,
surilma) takrorlanish sonining ko‘payishiga olib keladi. Favqulotda hodisalar
boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘limi hodimlarining ma’lumotlari bo‘yicha
viloyatdagi tog‘larda sel hodisasi ancha jadallashgan. 2012 yilning yanvar-may
oylarida viloyat va qo‘shni hududlarda o‘ndan ortiq sel hodisasi kuzatildi, bu
Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlar iqtisodiyotiga ancha zarar etkazadi. Keyingi
yillarda sel hodisasining ko‘payib borayotganligi ma’lum darajada iqlim o‘zgarishi
bilan, asosan tog‘larda cho‘llanish jarayonining kuchayib ketayotganligi bilan
bog‘liq. Nafaqat daraxt-butalardan, hatto maysa o‘t qoplamidan ochilib qolgan
yalong‘och yonbag‘irlarga tushgan yomg‘ir suvlari erga singmasdan, yumshoq
yotqiziqlarni yuvib soyliklarga olib tushib sel hodisasini kuchaytirmoqda.
Selning oldini olish choralaridan biri-tog‘ yaylovlaridan chorvachilikda
foydalanishni tartibga solish va yonbag‘irlarda fitomeliorativ tadbirlarni amalga
oshirish kerak. Buning uchun eng avvalo tog‘ hududida yashayotgan mahalliy aholi
yoqilg‘i va elektr energiya bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lishi zarur.
Sel hodisasining oldini olish va tog‘lardagi soy suvlaridan samarali
foydalanish uchun soylarda suv omborlarini qurish zarurligini vaqt taqoza etmoqda.
Hozirgi Samarqand viloyatida To‘sinsoyda Ko‘lto‘sin suv ombori (24 mln m3) va
Omonqo‘tonsoyda Qoratepa suv ombori (19 mln m3) qurilgan. SHu suv omborlariga
o‘xshash va suv hajmi 15-20 mln m3 suv to‘planishi mumkin bo‘lgan soylar soni
Samarqand viloyatidagi tog‘larda 15 dan ortiq. Bulardan tashqari suv hajmi 8-12 mln
m3 suv sig‘imiga ega bo‘lgan suv omborlarini 20 ta kichik soylarda ham qurish
mumkin.
Kelajakda suv ta’minotini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish uchun
sug‘orishda tomchilab sug‘orish texnologiyasidan foydalanishni jadallashtirish
zarar. Hozir Samarqand viloyatida 600 gektardan ortiq erlarda tomchilatib sug‘orish
yo‘li bilan olma va uzum etishtirilmoqda.
Suv xo‘jaligini qayta tashkil qilish strategiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-xo‘jalikning hamma sohalarida suvdan tejab foydalanish texnologiyalarni keng
joriy qilish;
-daryo havzalarida suv taqsimlashning mexanizatsiya va avtomatizatsiya darajasini
oshirish;
-suv resurslaridan foydalanishning chiqindisiz tizimiga o‘tish;
-tabiiy yog‘inlar suvlardan samarali foydalanish.
Sug‘oriladigan erlarda suvni tejash va muhofaza qilish tadbirlari amalga
oshirilsa 2010 yil hisobida sug‘orishda 4,5-5,4 km3 suvni tejash imkoniyatlari
mavjud. Tejalgan suv hisobiga yangi erlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari ochiladi.