MOYLI VA EFIRMOYLI EKINLAR
Reja.
1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot.
2. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Kunjuning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
4. Yeryong‘oqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
5. Maxsarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki mevalarida iste’mol uchun yaroqli, o‘simlik
moyi beradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar, maxsar,
xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko‘knori, Yeryong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga
mansub o‘simliklardir. Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida ahamiyati katta,
chunki ularning urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan tashqari
yog‘ yana tolali o‘simliklardan: paxtadan, zig‘irdan, narkotik ekinlardan nashadan
hamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi. O‘simlik yog‘i oziq-ovqat,
konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda,
terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda
hosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari
uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein
tayyorlashda ishlatiladi.
Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular
o‘simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi
10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga
tushadi. Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi.
O‘simlik moyi hazm bo‘lish jihatidan ham hayvon moyiga qaraganda yengil
hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p
tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga),
Yeryong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer
maydonini tashkil etadi.
O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong‘oq va soyani
ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi,
garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika
aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi.
Kungaboqar
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kungaboqar
ekiladigan maydon va umumiy hosildorligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq
rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma
sohalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab
chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda
qo‘llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan hayvonlar uchun oziq tayyorlanadi.
Kungaboqar poyasi qog‘oz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Poyasi
yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo‘ladi. Undan sovun
pishirishda, shisha sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladigan potash olinadi.
Gullash davrida silos tayyorlanadi. Poyasi o‘tin sifatida ishlatiladi. Kungaboqar
urug‘ini tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo‘ladi. Moyidagi 62% gacha biologik
aktiv lipoya kislotasi, A, D, YE, K vitaminlari uning sifatini oshiradi.
Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani
Shimoliy Amerikaning Janubiy g‘arbiy hududlaridir. Yevropaga ispanlar XVI asrda
olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila
boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo‘lib 1829 yilda Rossiyada
krepostnoy dehqon D.S. Bokorev yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965
yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi
vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan,
urug‘ini Rossiyadan olib borishgan.
Dunyoda 9,4 mln.ga yerga ekiladi. Hosildorligi 14 sga teng ilg‘or xo‘jaliklar
29 s dan hosil yetishtirishgan.
Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik o‘simlik
bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki turga bo‘linadi: madaniy
kungaboqar (H.Cultus Wenzl.) va yovvoiyi kungaboqar (H.Ruderalis Wenzl).
Madaniy kungaboqar yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ
kungaboqarga.
Madaniy kungaboqarning ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 2,5-4 m
bo‘lib, yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo‘lib, ichi oq po‘kak massa
bilan to‘lgan bo‘ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 0,6-2
mm ni tashkil etadi. Silosli sortlari 2,5-4,5 m bo‘ladi. Bargi yuraksimon-oval
shaklida bo‘ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari ketma-ket joylashgan.
Barglar soni har xil bo‘ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta, kech pishar navlarda 25-35
ta bo‘ladi. To‘pguli ko‘p gulli savatchadan iborat. Savatchaning diametri har xil (10-
20 sm, 35-40 sm) bo‘ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta savatchaning gullashi 7-10 kun
davom etadi. Kungaboqar tipik chetdan changlanuvchi o‘simlik. Changlanishi
asalarilar yordamida, kamroq shamol bilan boradi. Kungaboqar dalalariga asalari
uyalari olib kelinsa changlanish yaxshi boradi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim
navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor. Bu nav zararlanmaydi.bo‘ladi. Urug‘ining
rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 C da una boshlaydi, lekin
sekin o‘sadi. 13-15 0 C da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo‘ladi.Harorat 15-
160 C ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 0 C da 6-8 kunda unib chiqadi
Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg hosil qilish fazasida
to‘pguli hosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 0 C li qisqa muddatli
sovuqqa bemalol chidaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullashigacha issiqqa bo‘lgan
talabi ortib boradi. Gullash maysalar hosil bo‘lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-
27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi uchun eng optimal
temperatura 20-240 C, gullash fazasida 25-260 C, pishish yetilish davrida 26-280 C,
300 C dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi.
Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik. Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa,
uning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Kungaboqar qisqa kun o‘simligidir. Shimolga
borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muhiti pH
6,0-6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Kungaboqarda quyidagi rivojlanish fazalari
bor: maysalash, savatcha hosil qilish, gullash, yetilish. O‘suv davri o‘rtapishar
navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki navlarida 120
kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik. Ammo ildiz
sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg‘oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko‘p
talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘simlik vegetatsiya davrida 200
kg dan ortiq suv sarf qiladi. Trantspiratsiya koeffitsiyenti 450-560. Ildiz sistemasi
juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish
xususiyatiga ega. Qoratuproq, kashtan tuproq va bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
O‘g‘itlash. Ozuqaga talabchan, 1 tonna urug‘ yetishtirish uchun 50-60 kg azot,
20-25 kg fosfor va 120-160 kg kaliy sariflanadi. Azotni korzinka rivojlanishidan
gullash fazasini oxirigacha ko‘p talab qiladi, fosforni unishidan gullashgacha, kaliyni
korzinka hosil bo‘lishidan mum pishish davrigacha talab etadi. Azot haddan tashqari
ko‘p berilsa urug‘ tarkibidagi yog‘ni miqdori kamayib ketadi, vegetatsiya davri
uzayib, oqsilni miqdori ortib boradi. O‘g‘it tarkibida fosfor va kaliyni ko‘proq
bo‘lishi yog‘ning miqdorini oshiradi. Kungaboqarning eng ko‘p tarqalgan navlaridan
Milutinskiy 114 navi ko‘p ekiladi.
Almashlab ekishda kungaboqar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar-kuzgi,
bahorgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar va makkajo‘xori hisoblanadi.
Kungaboqar ekish uchun tuproqga sifatli ishlov beriladi, begona o‘tlardan
tozalanadi. Kungaboqar erta bahorda keng qatorlab qator orasi 60-70 sm qilib
ekiladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm, ekish meyori 6-10 kg (100-150 ming.donaga)
bo‘ladi. Kungaboqar silos bostirish uchun ekiladigan bo‘lsa, ekish normasi 35-40 kg
gacha oshiriladi (1 gektarga 0,7-0,8 mln. dona urug‘ ekiladi). Ekilgandan keyin
qatqaloqga qarshi choralar ko‘riladi, qator orasiga 2-3 marta ishlov beriladi. Begona
o‘tlarga qarshi nitran va treflan gerbitsidlardan foydalaniladi. O‘suv davrida 3-4
marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori 800-1000 kub.m.ga. Hosil don kombaynlar
yordamida yig‘ib olinadi. Kombayn faqat savatchani o‘rib yanchiydi. Poyasi o‘rib
olinadi. Urug‘i 7-9% namlikda yaxshi saqlanadi.
Kunjut
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kunjut yog‘ining
miqdori bo‘yicha ajralib turadi. Uning tarkibida eng ko‘p 48-63% yog‘, 16-17%
azotsiz moddalar, 16-19% oqsil bo‘ladi. U oziq-ovqat, qandolat, konserva sanoatida,
tibbiyotda keng ishlatiladi. Kunjut moyi yuqori sifatli o‘simlik moyi hisoblanadi va
qandolat sanoatida, konserva, margarin tayyorlashda hamda tabobatda ishlatiladi.
Qobig‘idan tozalangan va urug‘i maydalangan kunjutdan yuqori navli xolva
tayyorlanadi (taxin xolva). Kunjarasi esa chorvachilikda yuqori sifatli ozuqa
hisoblanadi.
Botanik xususiyatlari. Vatani Afrika., Markaziy Osiyoga Hindistondan
keltirilgan. Dunyo bo‘yicha 6,73 mln.ga yerga kunjut ekiladi. O‘zbekistonning lalmi
yerlariga ekib kelingan. Hosildorligi lalmikor yerlarda gektariga 5-6 s,
sug‘oriladigan yerlarda 15-20 s ni tashkil etadi. Ko‘kat hosili 150-200 sga dan
iborat.
Kunjut bir yillik o‘simlik bo‘lib, Pedaliaceae-kunjutdoshlar oilasiga,
Sesamum Indicum L. madaniy turiga kiradi. Ildizi o‘q ildiz ,tuproqqa 1 m
chuqurlikkacha kirib boradi, uzunligi 1 metr, yuqori qismi yaxshi shoxlanadi. Poyasi
tik o‘sadi, pastdan shoxlanadi, uzunligi 0,5-1,5 m, mayin tuklar bilan qoplangan.
Poyasi qirrali (4-8 ta), shoxlarining soni 10-12 tagacha bo‘lishi mumkin. Bargi
oddiy, bandli yaproqdan iborat bo‘lib, ketma-ket va suprotiv joylashgan. Shakli har
xil. Guli barg qo‘ltig‘ida 1-3 ta bo‘lib joylashadi, besh bargli, toj barglari bir-biriga
qo‘shilib o‘sgan, naychasimon, ikki labli, rangi pushti, binafsha, oq rangda bo‘ladi.
Changchisi 5 ta bo‘lib, bularning bittasi, odatda, rivojlanmaydi. Guli tukli, o‘zidan
changlanadi, ammo tabiatda arilar yordamida chetdan changlanishi mumkin. Mevasi
quticha, cho‘ziq, yassi, tukli. Qutichasi 2-4 mevali bargdan tashkil topgan.
Ko‘saklari to‘la pishib yetilganda chatnaydi. Ko‘sakchasi 4 yoki 8 uyali, uzunligi
4sm va eni 0,9 sm atrofida. Bir tup o‘simlikda 20-100 gacha ko‘sakcha joylashadi.
Urug‘i ko‘sakchaning uyalarida joylashadi, tuxumsimon (yassi) shaklda, mayda,
uzunligi 2,7-4,0 mm, eni 1,9 mm, 1000 dona urug‘ining og‘irligi 3-5 g. Urug‘ining
rangi och yoki to‘q jigarrangli, goho oq va qora rangda bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Kunjut qisqa kun o‘simlik bo‘lib, yorug‘sevar
hisoblanadi. Urug‘i 15-160 C da unib chiqadi,-10 C sovuqda nobud bo‘ladi. Eng
yaxshi temperatura 25-270 C , 150 C dan harorat past bo‘lsa o‘sishdan to‘xtaydi.
Kunjutning o‘suv dari 80-120 kun davom etadi.
Kunjut qora tuproq, bo‘z tuproq, yengil qumoq tuproqli yerlarda va qumloq
tuproqli yerlarda o‘sadi, sho‘r va og‘ir tuproqlarda kunjut yaxshi o‘smaydi.
Kunjutning keng tarqalgan navlaridan Tashkentskiy-122, Saraxskiy-470 va
boshqalar ekiladi.
Kunjut kuzgi don ekinlar, don-dukkakli ekinlar, makkajo‘xoridan keyin
ekiladi. Tuproqga ishlov berish bahorgi ekinlarga qanday ishlov berilsa, shunday
bajariladi. Kunjut bir bor ekilgan yerga 6-7 yildan keyin qayta ekiladi, chunki
kasallik va zararkunandalar bilan ko‘p shikastlanadi. Kunjut aprelning oxiri,
mayning o‘rtalarigacha ekiladi. Ekish usuli -keng qatorlab, qator orasi 45-60 sm.
Ekish chuqurligi 3-5 sm, ekish meyori 1,5-2,0 mln.dona (5-6 kg) tashkil etadi.
Ekishdan so‘ng yer bostiriladi. Maysalari ko‘ringach, qator oralari ishlanadi.
Sug‘oriladigan maydonlarda vegetatsiya davrida 2-3 marta sug‘oriladi.
O‘g‘itlash. O‘g‘itlash meyori tuproq unimdorligiga, rejalashtirilgan hosilga,
ekish usuliga, urug‘ sifatiga qarab belgilanadi. Organik o‘g‘itlar gektariga 20-30 t,
mineral o‘g‘itlar esa azot-50-100 kg, fosfor-100-150 kg, kaliy-50-70 kg miqdorida
beriladi.
Kunjutni 70% mevasi yetilganda o‘riladi va mevasi chatnaganda qoqib urug‘i
ajratiladi. Kunjutni to‘la pishish davrigacha qoldirish mumkin emas, chunki yetilgan
mevalar chatnab urug‘i to‘kiladi. Saqlanadigan urug‘likda namlik 9% dan ko‘p
bo‘lmasligi lozim.
Yeryong‘oq
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Yeryong‘oq qimmatli moyli ekin hisoblanadi.
Urug‘ining tarkibida 45-66% gacha yog‘, 23- 38% oqsil bo‘ladi. Yeryong‘oq yog‘i
konserva, margarin tayyorlash uchun, sovun tayyorlash sanoatida va tibbiyotda
ishlatiladi. Moyi olingandan keyin tayyorlanadigan massada 45% oqsil va 8% yog‘
bo‘ladi uni xolva, tort va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Dukkagi tabiiy holda ham ishlatiladi. Poyasi hayvonlar uchun ozuqa. Quruq poyasi
va bargining tarkibida 11-19% oqsil bo‘ladi. Shulxasidan (dukkagini po‘sti)
izolatsion materiallar tayyorlashda va yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Yeryong‘oqning vatani -Janubiy Amerikadir. Avval Fillipin orollariga,
keyinchalik Yaponiya, Xitoy, Hindistonga keltirilgan. Yevropaga XVI asrda
Xitoydan keltirilgan, shuning uchun ham uni Xitoy yong‘og‘i deb atashgan. Dunyo
bo‘yicha ekin maydoni 21,78 mln. ga yerni tashkil etadi. Asosiy ekin maydonlari
Indoneziya, Hindiston va Xitoyda joylashgan. Bizning mamlakatimizda XIX asrning
boshlarida ekila boshlangan. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. O‘zbekistonda kam
ekiladi va uning ekin maydoni 5,6 ming gektarni tashkil etadi. Hosildorligi 15-18
tsga. Sug‘orib ekiladigan yerlarda 35-40 s ga ni tashkil etadi.
Botanik xususiyatlari. Yeryong‘oq dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga
mansub, - Arachis hypogaea L avlodi va turiga kiradi. Madaniy turi bir nechta kenja
turlarga ega. Eng ko‘p tarqalgani ssp. Vulgaris Z. Luz. Bu kenja turi to‘rt xilga
bo‘linadi. Tur xillari poyaning balandligi, shoxlanishi, bargining shakli va kattaligi,
dukkagining tuzilishi va donining rangi bo‘yicha farqlanadi. Yeryong‘oqning tik
o‘sadigan va yotib o‘sadigan shakllari bor. Bizning mamlakatimizda tik o‘sadigan
shaklsi tarqalgan, poyasini uzunligi 50-60 sm. Ildizi o‘q ildiz, kuchli rivojlangan, 1,5
m chuqurlikgacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar ko‘p shakllanadi. Poyasi o‘tsimon
tik o‘sadi, poyalarining soni 4-20 tagacha, balandligi 10-80 sm gacha boradi va tuk
bilan qoplangan bo‘ladi. Barglari juft patsimon shaklda, bargining ustki qismi silliq,
pastki qismi tukli, barg bandi yo‘g‘onlashgan, uzunligi 5 sm gacha, tukli, pastki
qismida ikkita yon barglari bor. Guli kapalaksimon, barg qo‘ltiqlarida 2-3 ta bo‘lib
joylashadi. Gulining rangi sariq yoki qovoq rangda bo‘ladi. Changchisi o‘nta bo‘lib,
urug‘chisi uzun, ingichka, tumshuqchali, tugunchasi bir uyali. Yer ustki gullari
chetdan ham changlanishi mumkin. Yer ostki gullari o‘z-o‘zidan changlanadi. Yer
ustki gullari changlangandan so‘ng tuguncha yoki urug‘donni pastki qismi
uzunlashib ginofor (poyacha) hosil qiladi. U 5-6 kun yuqoriga qarab o‘sadi, keyin
qayrilib o‘sib tuproqqa kiradi, 8-10 sm chuqurlikka yetgach tuguncha yoki
urug‘dondan meva hosil bo‘ladi. Tuproqqa yetib bormagan ginofordan meva hosil
bo‘lmaydi. Dukkagi pillasimon, bir nechta joyidan kuchsiz yoki qattiq siqilgan,
uzunligi 1,5-2,0 sm dan 3,5-6,0 sm gacha bo‘ladi. Rangi somon rang, yuzasi
to‘rlangan. Naviga qarab dukkaklarining po‘sti qalin yoki yupqa bo‘ladi. Dukkagida
3-6 ta urug‘i bo‘lishi mumkin. Urug‘i uzunchoq oval yoki yumaloq shaklda to‘q qizil
yoki och pushti rangda bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining og‘irligi 300-500 g.
Biologik xususiyatlari. Yeryong‘oq issiqsevar, namsevar, yorug‘sevar va
qisqa kun o‘simlik hisoblanadi. Urug‘lari 140 C issiqda unib chiqadi. Maysalari
sovuqga ta’sirchan, 10 C da nobud bo‘ladi. O‘sishi, rivojlanishi uchun optimal
temperatura 25-280 C. 120 C dan past temperaturada mevalari hosil bo‘lmaydi.
Yeryong‘oq suvga talabchan, ayniqsa gullash davridan meva hosil
bo‘lgungacha suvni ko‘p talab etadi. Shu paytda tuproqning namligi 70% dan kam
bo‘lmasligi kerak. Gullay boshlagandan keyin sug‘orish lozim. Shu davrda suvni
yetarli bo‘lmasligi gullashni va meva hosil bo‘lishini to‘xtatadi, natijada dukkaklar
hosili keskin kamayib ketadi. Yeryong‘oqni sug‘orish meyori-800-1000 kub.mga
teng. Yeryong‘oqning o‘suv davri 120-150 kunni tashkil etadi. Yeryong‘oqni
quyidagi navlari: Tashkentskiy-112, Perzuvan 4612, Jelud navlari bor, hozirda
respublikamizda ko‘proq Qibray-4 navi ekilmoqda.
Yeryong‘oq kuzgi bug‘doy, makkajo‘xori, kanakunjut, kunjutdan keyin
ekiladi. Yeryong‘oqni o‘zi ko‘pgina dala ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin
hisoblanadi. O‘tmishdosh ekinlarga ham talabchan hisoblanadi. Uning uchun eng
yaxshi o‘tmishdosh o‘simliklar: paxta, sabzavot va don ekinlaridir.
O‘g‘itlash. Oziq elementlariga talabchan. 1 s urug‘ va shunga muvofiq
vegetativ massa bilan tuproqdan 6,2 kg N, 1,1 kg R2O5 va 4 kg K2O olib chiqib
ketadi.
Yeryong‘oqga 10-15 t go‘ng, azot-20-30 kg, fosfor-100-140 kg, kaliy-50-75
kg hisobida solinadi. Azotli-fosforli o‘g‘itlar ekish oldidan va gullashdan oldin
oziqlantirishda solinsa va meva hosil bo‘lish davrida berilsa, yaxshi natijalarga
erishiladi.
Yeryong‘oq ekiladigan tuproqlar kuzgi shudgor vaqtida 25-30 sm
chuqurlikda haydaladi. Yeryong‘oq keng qatorlab, qator orasi 60-70 sm, o‘simliklar
orasi 10-15 sm, ekish chuqurligi 5-7 sm qilib ekiladi. Gektariga 70-100 kg urug‘
sarflanadi. 1 gektarda 40-60 ming tup ko‘chat qoldiriladi. Erta bahorda boronalanadi
va 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. Har 15 kunda 5-6 marta sug‘oriladi. Ekish
muddati-aprel-may oyi hisoblanadi. Ekiladigan yeryong‘oq urug‘ining tozaligi 90%
dan kam, unuvchanligi 85% kam bo‘lmasligi kerak.
Yeryong‘oq ko‘proq tozalangan urug‘dan ekiladi. Bunda hosildorlik ezilgan
dukkagiga ko‘ra 2-6 sga yuqori bo‘ladi. Yirik urug‘lar serhosil bo‘ladi.Mayda va
puch urug‘lar ekish uchun ishlatilmaydi. Urug‘larni ekishdan oldin 80% li TMTD (
1 ts urug‘ga 600 g miqdorida) bilan purkaladi.
Maxsar
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Maxsar qimmatli moyli o‘simlik hisoblanib,
urug‘ida 17-37% yog‘ bo‘ladi. Sifati bo‘yicha kungaboqarga o‘xshaydi. Oziq-ovqat
va texnik maqsadlar uchun ishlatiladi. Maxsarning yog‘i lak, bo‘yoq, olif ishlab
chiqarish sanoatida ko‘plab ishlatiladi. Maxsarning kunjarasi chorva-mollari uchun
yem-xashak hisoblanadi, ammo po‘chog‘i va mag‘zining po‘sti ajratilib tashlanishi
kerak, aks holda kunjarasi achchiq bo‘ladi. Maxsar pichanini tuyalar va mayda
mollar xush ko‘rib iste’mol qiladilar.
Maxsarning vatani Afg‘oniston. Hindistonda, Birlashgan Arab amirligida,
Eron Markaziy va Janubiy Amerikada qadimdan ekib kelinadi. O‘zbekistonda,
Qozog‘istonda, Tojigistonda bahorikor yerlarda ekiladi. O‘rtacha hosildorligi
gektariga 3-4 ts, 45-60 ts. ko‘kat yoki 15-23 ts. pichan olinadi.
Botanik xususiyatlari. Maxsar murakkabguldoshlar-Asteraceae oilasiga,
Carthamus tinctorius D. avlodi va turiga mansubdir. Bir yillik o‘tsimon o‘simlik.
Ildizi o‘q ildiz, yaxshi rivojlangan, uzunligi 1,5-2 m ga yetadi. Poyasi tik o‘sadi,
dag‘al, oq rangda, sershox, tuksiz, balandligi 40-100 sm bo‘ladi. Poyasi pastdan yoki
yarmidan boshlab shoxlaydi. Bargi bandsiz, tuksiz, cho‘zinchoq, ponasimon, cheti
tishchali yoki tekis, tikanli yoki tikansiz bo‘ladi. Barglar yuqoriga borib maydalashib
borib, to‘pgulning tashqi barg o‘ramasiga aylanadi. Gulto‘plami-savatcha, diametri
2-3 sm. Bitta o‘simlikda 10 dan 40-50 gacha savatcha hosil bo‘ladi. Savatchasi ko‘p
gulli. O‘rtacha bitta savatchada 30-70 ta gul bo‘ladi. Guli ikki jinsli, naysimon,
beshta gultojibargdan iborat bo‘lib, sariq, zarg‘aldoq, qizil ranglarda bo‘ladi.
Chetdan
changlanadi,
hasharotlar
orqali
changlanadi.
Mevasi-urug‘,
kungaboqarning urug‘iga o‘xshaydi. 1000 ta urug‘ining og‘irligi 25-50 g.
Biologik xususiyatlari. Issiqsevar o‘simlik, ayniqsa gullash va yetilish
fazasida issiqlikni ko‘p talab qiladi. Turli tuproqlarda o‘sadi, hatto sho‘rlangan
tuproqlarda ham o‘sadi. Lekin uning uchun eng yaxshi tuproq qoratuproq va boshqa
unumdor tuproqlardir.
Maxsarning urug‘i 3-50 C unib chiqadi, maysasi 3-50 C sovuqqa chidaydi,
optimal harorat 22-250 C hisoblanadi. Maxsarning o‘suv davri 90-150 kundan iborat.
Lalmi yerlarda Milutinskiy-114 navi ekilmoqda.
Asosiy o‘tmishdoshlar -kuzgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar, texnika
ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Maxsar erta bahorda don ekinlari bilan bir
vaqtda ekiladi. Uni kuzda ham ekish mumkin, ammo hosildorlik kamayadi. Ekish
usuli keng-qatorlab, qator orasi 45-60 sm, ekish chuqurligi bahorda 4-6 sm, kuzda
5-7 sm ni tashkil etadi. Ekish meyori bahorda ekilganda 6-8 kg, kuzda 8-10 kg.
O‘g‘itlash. Ekinlarni parvarishlashda-borona qilinadi, qator orasiga ishlov
beriladi, 2-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori-600-800 kub.m.ga. O‘g‘itlash
meyori: azot-50-100 kg, fosfor 100-150 kg, kaliy 50-70 kg sof modda hisobida
solinadi. Maxsar to‘la yetilganda don kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi.
Sinov savollari.
1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot bering?
2. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting?
3. Kunjuning agrotexnikasi ayting?
4. Yeryong‘oqning botanik ta’riflab bering ?
5.. Maxsarning biologik xususiyatlari ayting