1
Muhandislik geodinamikasi. Regional muhandislik geologiyasi
Ma’ruza rejasi:
1. Regional muxandislik geologiyasining maqsadi va vazifalari
2. Regional muxandislik geologiyasining fandagi ahamiyati.
3. Hududlarni muhandislik geologik rayonlashtirish tamoyillari uslublari,
4. Bo‘linmalarini ajratish qo‘rsatkichlari. Hududlarni muhandislik geologik
sharoitlari bo‘yicha rayonlashtirish.
5. Hududlarning muhandislik geologik sharoitlarini o‘rganish, baholash, bashorat
qilish usullari, muammolari.
Kalit so‘zlar:
Aeratsiya zonasi, gidroizogipsa, gravitatsion suvlar, kaplyar suvlar, molekulyar
suvlar, gigroskopik suvlar, gidrotermal suvlar, pezometrik satx.
Ma’ruzaning bayonida qo‘llaniladigan texnik jihoz va ko‘rgazmali
vositalar:
Kompyuter, videoproyektor (taqdimot uchun), tarqatma materiallar.
Ma’ruzada qo‘llanilgan metodika (ped.texnologiya):
“Taqdimot” metodi o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter
xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini
ta’minlaydi. Metodni qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushnchalari,
muhim xususiyatlari kichik matn, jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar
asosida yoritiladi. Ushbu metod talaba (o‘quvchi)larda mavzu mazmunini obrazli,
yaxlit tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
“Aqliy hujum” metodi talabalarda mavzu (masala, muammo) xususida
keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan
ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga
rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida
2
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal yechimlarni topish imkoniyati
tug‘iladi. Mazkur metod tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni
aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg‘ulot jarayonida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi qoidalarga
amal qilish talab etiladi:
1. Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning
mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
2.Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi.
Bildirilgan
fikrlar
orasidan
eng
maqbullari
tanlab
olinadi.
Fikrlarning
rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi.
3. Har bir talaba o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi
mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni
o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg‘ulot jarayonida talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat
qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ularning fikrlari baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya
qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan
ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undash
ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish
maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning dolzarbligi:
Regional muxandis geologiyasi muxandislik geologik tuzilishining rivojlanish
sharoitlarning shakllanish, tarqalish qonuniyatini inshoatlar qurish va xo‘jaliklar
bo‘yicha o‘zlashtiriladigan xududlarning geologik geomorfologik tuzilishi,
gidrogeologik sharoiti, grunt suvlarining tarqalishi, tog‘ jinslarining litologik,
petrografik turlari va ularning muxandislik geologik xossalari, shu xududlarda
tarqalgan ekzogen geologik va muxandislik geologik jarayonlar, yangi tektonik va
seymik xodisalari xudud bo‘yicha tarqalishini o‘rganadi. Ma’lumki, xududlarning
alohida regionlari bo‘yicha yuqorida keldtirilgan mazmundagi muxandislik geologik
sharoitlarini hisobga olmasdan turib, insonlarning yer qobig‘ini ustki qismi bilan
bog‘liq bo‘lgan qurilish va yerlarning o‘zlashtirish muammolarini ijobiy hal qilish
3
mumkin emas.
Maruzaning qisqacha bayoni:
Regional muxandislik geologiyasining asosiy maqsadi aloxida xududlarning
geologik tuzilishining rivojlanishi, hozirgi zamon fizik-geografik jarayonlarining va
texnogen omillarning ta’siri ostida Muxandislik-geologik sharoitlarning shakllanish,
tarqalish rivojlanish va fazoviy o‘zgarishlar qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Bu maqsadni yechish uchun regional muxandislik geologiyasi oldiga
quyidagi vazifa va masalalar qo‘yiladi:
1.Xududlarning geologik geomorfologik, gidrogeologik tuzilish
xususiyatlarining qurilish inshoatlarini loyixalash, ularni qurish va samarali
foydalanish maqsadida muxandislik geologik asos yaratish uchun o‘rganish.
2.Geologik muxitni muxofaza qilish va undan oqilona foydalanish uchun
xududlarning
muxandislik
geologik
sharoitlarini
tarqalishi
va
fazoviy
o‘zgarishlarning muxandislik geologik haritalash, xududlashtirish va turlash usullari
bilan aniqlash, baholash va bashorat qilish.
3.Xududlardagi geologik va muxandislik geologik jarayon va xodisalarning
tarqalashini va rivojlanishini o‘rganish, baholash, haritalashtirish va bashorat qilish.
4.Geologik muxitni muxofaza qilish, undan oqilona foydalanish uchun
xududlarning muxandislik-geologik sharoitlarini texnogen omillar ta’sirida
o‘zgarish natijalarini o‘rganish, baholash va bashorat qilish.
5.Xududlarning muxandislik geologik sharoitlarini baholash haritalashtirish,
xududlashtirish va turlashtirish prinsiplarini va uslubiyatlarini ishlab chiqish va
ularning rivojlantirish.
6.Xalq xo‘jaligini yuqori darajalarda rivojlanishi nuqtai nazaridan alohida
ahamiyatga ega bo‘lgan xududlarning Muxandislik geologik xolatini, shakllanishi
va o‘zgarish qonuniyatlarini alohida regionlar bo‘yicha o‘rganish, ilmiy tahlil qilish,
ularning asosida fundamental monografik ishlar yozish va nashr qilish
Yuqoridagi maqsad va vazifalarni yechishda regiolnal muxandislik
geologiyasi
asosan
geologik
geomorfologik,
gidrogeologik,
geofizikaviy,
aerokosmik tadqiqotlarda qabul qilingan uslubiyatlardan foydalanadi. Bular bilan bir
qatorda ixtisoslashtirilgan muxandislik geologik tadqiqotlar hamda zamonaviy
4
kampyuter texnologiyasi yordamida hisoblash usullari orqali yechadi. Regional
muxandislik
geologiyasining
shakllanishida
va
rivojlanishida
I.V.Papov,
N.V.Kolojiskiy,
M.V.Churinov,
G.A.Goladkovskaya,
V.T.Trafimov,
G.A.Mavlyanov,
V.G.Gafurov,
X.T.Tulyaganov,
A.I.Islamov,
E.V.MavlyanovS.M.qosimov,
E.V.Qodirov,
M.Sh.Shermatov,
A.M.Xudayberganov, K.P.Pulatov, M.F.Achilov, Yu.Irgashev va boshqalarning
hissalari katta.
Regional geologik,zonal geografik va texnogen omillar. Xududlarning
muxandislik-geologik sharoitlarining shakllanishida va rivojlanishida geologik
regional, geografik zonal va texnogen omillarning ahamiyati alohida rol o‘ynaydi.
Geologik regional omillar deganda shu xududning geologik tuzilishi va yer
qobig‘ining tektonik-strukturalarini rivojlanishi, yer osti suvlarining gidrogeologik
strukturalaridagi tarqalishi va hozirgi zamondagi rivojlanayotgan geologik va
muxandislik
geologik
jarayonlarini,
muxandislik-
geologik
sharoitlarning
shakllanishi va rivojlanishini aniqlaydigan asosiy olmillarni tushuniladi.
Geografik zonal omillar-bu shu xududning muxandislik-geologik sharoitini
shakllantirishdagi iqlim va uning ta’sirida yerning ustki va ichki qismlaridagi sodir
bo‘ladigan ekzodinamik jarayonlar, gruntlarning va grunt suvlarining tarqalishi, ular
tarkibining o‘zgarishi tushuniladi.
Zonal omillar ma’lum qonuniyatlar bo‘yicha-kenglik va balandlik
yo‘nalishlari bo‘yicha iqlimga qarab o‘zgarib, xududlarning muxandislik-geologik
sharoitlarning rivojlanishiga o‘zini har xil ta’sirini ko‘rsatadi. O.K Lange, V.S.Ilin
grunt suvlarining tarqalishi bo‘yicha SSSRning xudud larini 3 ta mintaqalarga
ajratgan. 1. Yillik o‘rtacha haroratlari “O” darajadan past. 2. Havo namligi yuqori,
yillik o‘rtacha harorat “O” darajadan ko‘p 3. Havo nihoyatda qurg‘oqchil va
haroratni o‘zgarish amplitudasi katta. Albatta, bu grunt suvlarining tarqalishidagi
zonal qonuniyatlariga aeratsiya zonasidagi gruntlarning xolati, muxandislik geologik
xossalarining o‘zgarishi ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Texnogen omillarga insonlarning qurilish va xo‘jalik faoliyati, barpo qilingan
inshoatlarining foydalanish davrida ma’lum bir maydonlarning gruntlarini, grunt
suvlarini ifloslashtirish zaharlashtirish ta’sirini ko‘rsatishi natijasida geologik
5
muhitning tarkibiy qismlarini o‘zgartiruvchi omillar kiradi.
Geologik muhitning muxandislik geologik sharoitlarini o‘zgartiruvchi
texnogen omillar asosan katta-katta xududlarda joylashgan qo‘ruq yerlarning
sug‘orish bilan bog‘liq o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik ishlarini olib borish, suv
omborlari, kanallarni, gidrotexnik-meliorativ inshoatlarni, insonlar yashaydigan
binolarni, sanoat korxonalarini, yer osti qazilma boyliklarni foydalanish ta’sirining
natijalarida vujudga keladi.
Har bir ayrim (yirik) xududlarning muxandislik geologik sharoitlarini
tarqalish va rivojlanish qonuniyatlarni shu yuqorida keltirilgan regional, zonal va
texnogen omillar ta’sirida shakllanadi. Xududlarning hozirgi muxandislik geologik
xolatini yuqoridagi omilarning hammasini ta’sirini birlashtirib turib o‘rganiladi
baholanadi, haritalashtiriladi, ularning regional o‘zgarishlarini bashorat qilinadi.
Muxandislik geologik haritalash bu xududlarning muxandislik geologik
sharoitlarini shakllanish va tarqalish qonuniyatlarining o‘rganish va baholashda
asosiy usullardan hisoblanadi.
Qurilish uchun o‘zlashtiriladigan xududlarning muxandislik geologik
sharoitlarining tarqalishining va texnogen omillar ta’siri ostida o‘zgarishlarini
fazoviy chegaralarini aniqlash va ularning ob’ektiv ravishda har xil muxandislik
geologik haritalarda ifoda etishning uslub va uslubiyatlari yig‘indisidan iborat.
Bu ta’rif bo‘yicha muxandislik geologik haritalash ikkita alohida-alohida,
lekin bu bir biri bilan chambarchas bog‘langan jarayonlardan iborat: haritalash va
haritalashtirish jarayoni. Birinchi navbatda xududlarning muxandislik geologik
sharoitlarining fazoviy o‘zgarishlarining chegaralarini aniqlab , topografik
haritalarga tushirish, keyin, ikkinchi navbatda fazoviy chegaralari aniqlangan
muxandislik geologik sharoitlarni komponentlarining har xil muxandislik geologik
haritalarida tasvirlash, ifodalash, ko‘rsatish va ularning tuzishdan iborat.
Muxandislik geologik tasvirlashni (s’emkalashni) kuzatish yo‘nalishlari
bo‘yicha olib boriladi. Unda o‘rganilayotgan xududning yuzasi bo‘ylab tabiiy va
texnogen omillar ta’sirida o‘zgargan fizik-geografik, geologik, geomorfologik,
gidrogeologik sharoitlarini, ekzogen, va antropogen jarayonlarining tarqalishini
muxandislik geologik sharoitlarning asosiy komponentlari sifatida tashqi
6
chegaralarini aniqlashtiriladi va haritalanadi. Bu komponentlarning yerning
yuzasidan chuqurlikdagi ichki chegaralarini burg‘i quduqlar va shurflar qazish,
muxandislik geologik tajribalar o‘tkazish va boshqa usullar bilan aniqlanadi va
haritalarga tushiriladi.
Muxandislik geologik tasvirlash ishlari alohida yoki geologik va
gidrogeologik tasvirlash ishlari bilan birgalikda olib boriladi.Keyingi yillarda
O‘zbekiston sharoitida muxandislik geologik tasvirlash ishlari ko‘proq 1:50000-
1:25000, kamroq 1:200000-1:100000 masshtabda, tabiiy sharoitlari murakkab va
xavfli geologik jarayonlar ko‘p tarqalgan maydonlarda 1:10000 va o‘ndan kattaroq
masshtabda ixtisoslashtirilgan ishlar bajarilishi mumkin. Muxandislik geologik
tasvirlashni va boshqa usullarning dala sharoitida boshlashdan oldin unga
tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. Bu davrda o‘rganilayotgan xududlarda ilgari
o‘tkazilgan geologik, gidrogeologik va muxandislik geologiyasi bo‘yicha tuzilgan
hisobotlarni, haritalarning ko‘rib chiqib, to‘plangan ma’lumotlarning taxlil qilib,
tasvirlash, qidiruv va tajriba ishlarini o‘tkazishni geologik asoslarini har xil sxematik
geologik,geomorfologik, gidrogeologik haritalarda yaratiladi. Bu haritalarda ilgari
aniqlangan. Muxandislik geologik sharoitlarning komponentlarini chegaralarini
aniqlanishi kerak bo‘lgan chegaralarning shartli belgilar orqali tushuriladi. Bunday
tuzilgan sxematik maket haritalar asosida kuzatuv yo‘nalishlarini, burg‘ulash
quduqlarni, shurflarning o‘tkaziladigan joylarini, sonini, chuqurligini va qanday,
qancha miqdorda tajribalar o‘tkazishni aniqlanadi va o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarishining real sektorida qo‘llanilishi:
Muxandislik geologisining bu tarmog‘i yirik regionlarning injener-geologik
sharoitini vujudga kelish, rivojlanish va odamlar faoliyati natijasida o‘zgarish
qonuniyatlarini o‘rganadi, bashorat qiladi. Ana shu regionlarning injener-geologik
sharoitining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy geologik va texnogen omillarni
aniqlaydi, mayda masshtabdagi (1:100 000 va bundan kichik) haritalar tuzish
uslublarini ishlab chiqadi va yaratadi. Bu tarmoq yordamida olingan ma’lumotlar
xalq xo‘jaligi inshoatlarini qurish joylarini oldindan aniqlashda va rejlashda
qo‘llaniladi.
7
Mavzuni amaliyot bilan bog‘liqligi:
Mavzu bo‘yicha olingan nazariy bilimlar o‘quv laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlarda, amaliyotda hamda ishlab chiqarish amaliyoti bilan bevosita bog‘liq
xolda mustaxkamlab boriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Regional muxandislik geologiyasi nimani o‘rganadi?
2. Regional muxandislik geologiyasining asosiy tamoyillari?
3. Zonal omillar ma’lum qonuniyatlar bo‘yicha rayonlashtirish tushuntiring.
3. Rayonlashtirish uslublari,
4. Muhandislik geologik sharoitlari bo‘yicha rayonlashtirish.
5. Regional muxandislik geologik haritalashni tushuntirib bering
6. Regional muxandislik geologik tasvirlash deganda nimani tushunasiz?
Mavzu bo‘yicha ochilmagan muammolar:
Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi asoslari fanidan talabalr yerosti
gidrosferasining tarixi, resurslari, tarkibiy qismlari, ularning joylashganlik
qonuniyatlarini, unda kechayotgan jarayonlarni va uning elementlarini yer qatlamlari
(tog‘ jinslari, minerallar va gruntlar) bilan bog‘langan (muxandis geologik)
qonuniyatlar
bo‘yicha
bilim
va
ko‘nikmalarinini
o‘zlashtirib
borishadi.
Talabalarning bilim va ko‘nikmalari yanada mustaxkam o‘zlashtirishlariga erishish
uchun bevosita tabiat bilan bog‘langan sharoitga asoslangan (Marshrutli dala
amliyoti) mashg‘uloti tashkil qilish maqsadga muofiqdir.
Adabiyotlar:
1.Захидов С.З. мухандислик геологияси. Т., “Ўқитувчи”, 1988
2.Иргашев А. Гидрогеология. «Укитувчи», 1994
3.Кирюхин В.А., Коротков А.И., Павлов А.Н. Общая гидрогеология.
Недра, 1988
4.Мавлянов Г.А., Крылов М.М., Захидов С.З. Умумий гидрогеология ва
8
мухандислик геологияси асослари. Фан, 1970
5.Михайлов Л.Е. Гидрогеология, Гидрометоиздат., Ленинград, 1985
6.Шерматов М.Ш. Гидрогеология ва мухандислик геологияси. Тошкент,
«Турон икбол». 2005