Mulk ijarasi tushunchasi va mohiyati
• Mulk ijarasi shartnomasining shakli va muddati
Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish, tasarruf
qilish va saqlash
Ijaraga beruvchining va ijaraga oluvchining talabi
bo’yicha mulk ijarasi shartnomasini muddatidan
oldin bekor qilish asoslari va oqibatlari
. Mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha ijaraga
beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-
mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish
yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini
oladi.
Umumiy qoidaga ko’ra,
mulk ijarasi
shartnomasida mol-mulk
ijaraga beruvchi
tomonidan ijaraga
oluvchiga egalik qilish va
foydalanish uchun
topshiriladi. Masalan,
transport vositalari ijarasi
shartnomasi, prokat
shartnomasi (FK 558 va
564–moddalar).
Shu bilan birga, alohida
hollarda ijaraga mol-mulk
faqat foydalanish uchun
topshirilishi mumkin.
Masalan, bino va
inoshootlar ijarasida
ob’ekt ijaraga oluvchiga
faqat foydalanishga
topshirilishi mumkin (FK
573–moddasi).
Mulk ijarasi shartnomasi
haq evaziga tuziladi.
Mulk ijarasi shartnomasi
ob’ektlari ijaraga
oluvchiga haq evaziga
topshiriladi. Aks holda
mol-mulkdan tekin
foydalanish (FK 36-bobi)
yuz beradi
Vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish
shartlari mulk ijarasi shartnomasi bilan
belgilanadi.
Agar shartnoma ijaraga
oluvchi tomonidan
tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun
tuzilgan bo’lsa, u holda
ijaraga olingan mol-
mulkdan tegishli
daromad olishni
nazarda tutadi.
Umumiy qoida
bo’yicha bunday
hollarda olingan
daromad, shu jumladan,
mahsulot, hosil va
mevalar ijaraga
oluvchining mulki
hisoblanadi.
qonunda yoki mulk
ijarasi shartnomasida
ushbu mol-mulkni
ijaraga olib
foydalanishdan
olinadigan
daromadlarni kimga
tegishli bo’lishi haqida
boshqacha shartlar ham
belgilanishi mumkin.
FKning 537–moddasida mulk
ijarasi shartnomasi bo’yicha
topshirilishi mumkin bo’lgan
ob’ektlarning taxminiy ro’yxati
keltirilgan.
Jumladan, er uchastkalari,
er osti boyliklari joylashgan
uchastkalar va boshqa
alohida tabiiy ob’ektlar,
korxonalar va boshqa
mulkiy komplekslar,
binolar, inshootlar,
uskunalar, transport
vositalari.
Demak, mulk ijarasi
shartnomasining
ob’ekti bo’lib
ko’chmas mulk ham,
ko’char mulk ham
bo’lishi mumkin
Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga
tegishlidir.
Qonun yoki mulkdor
tomonidan mol-mulkni
ijaraga berish vakolati
berilgan boshqa shaxslar
ham ijaraga beruvchi
bo’lishlari mumkin(538–
modda).
FK 79, 214 va 215–
moddalariga asosan, davlat
nomidan mulk ijarasi
munosabatlarida davlat
hokimiyati organlari va
boshqa maxsus vakolatli
organlar ishtirok etadi.
Er kning 23–m.ga ko’ra,
shartnoma asosida er
uchastkalari: O’zR.ning
yuridik va jismoniy
shaxslarga tuman va shahar
hokimlari tomonidan; chet
el investistiyalari
ishtirokidagi korxonalar,
xalqaro tashkilot va
birlashmalar, xorijiy yuridik
va jismoniy shaxslarga
O’z.R. VM tomonidan
beriladi
Mulk ijarasi shartnomasi
og’zaki va yozma, shu
jumladan notarial tartibda
tasdiqlanadigan shaklda
bo’lishi mumkin.
Mulk ijarasi shartnomasining shakli
shartnomaning muddati, uning
taraflari bo’lib kimlar ishtirok etishi,
ijaraga berilayotgan mol-mulkning
turi, mol-mulkning taqdiriga doir
shartlarga bog’liq bo’ladi.
Mulk ijarasi shartnomasi
jismoniy shaxslar o’rtasida
og’zaki shaklda faqat bir
yildan ortiq bo’lmagan
muddatga tuzilishi
mumkin.Bunda bitim
bahosi ahamiyatga ega
emas.
аgar mulk ijarasi
shartnomasining alohida
turlariga nisbatan qonunda
yozma shakl belgilangan
bo’lsa, u holda jismoniy
shaxslar o’rtasida
tuziladigan bunday mulk
ijarasi shartnomasi
muddatidan qat’iy nazar
og’zaki tuzilishi mumkin
emas.
Yuridik shaxslar o’rtasida
yoki yuridik va jismoniy
shaxslar o’rtasida
tuziladigan mulk ijarasi
shartnomasi yozma shaklda
tuzilishi lozim.
Bir yildan ortiq muddatga tuziladigan mulk
ijarasi shartnomasi shartnoma taraflari
bo’lib kimlar ishtirok etishidan qat’iy nazar
yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ko’chmas mulk ijarasi
shartnomasi taraflari
bo’lib kimlar ishtirok
etishidan qat’iy nazar
yozma shaklda tuzilishi
hamda davlat ro’yxatidan
o’tkazilishi talab qilinadi.
FK 556–moddasiga muvofiq agar mulk ijarasi
shartnomasi kelgusida ushbu mulkka nisbatan mulk
huquqi ijaraga oluvchiga o’tishini nazarda tutsa, u
holda mazkur shartnoma ushbu mol-mulklarni oldi-
sotdi shartnomasi uchun talab qilinadigan shaklda
tuzilishi lozim, chunonchi, ko’chmas mulk oldi-sotdi
shartnomasi uchun taraflar imzolagan yozma shakldagi
bitta hujjat tarzida tuzilishi nazarda tutilgan (FK 480–
modda). Demak, ushbu holatda pochta, telefon yoki
boshqa aloqa vositasida hujjatlar almashish tarzida
yozma shaklda shartnoma tuzib bo’lmaydi.
FKning tegishli moddalarida mulk ijarasi shartnomasi shakliga doir
qo’shimcha talablar ham belgilangan. Jumladan, prokat shartnomasi
yozma shaklda tuziladi (FK 558–moddasi).
Transport vositalari ijarasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
bunda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan transport
vositalari ijarasi shartnomasi notarial tartibda tasdiqlangan bo’lishi
lozim (FK 565–moddasi).
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan
bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi, agar shartnoma muddati bir
yildan kam bo’lmagan muddatga tuzilsa, shartnoma davlat ro’yxatidan
o’tkazilishi ham lozim (FK 574–moddasi).
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat
tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial guvohlantirilishi hamda
davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim (FK 580–moddasi).
shartnoma muddati
Umumiy qoidaga ko’ra, mulk ijarasi
shartnomasi taraflar kelishuviga
muvofiq belgilanadigan muddatga
tuziladi.
qonun ijara muddatini
shartnomaning muhim shartlari
jumlasiga kiritmaydi.
Shu sababli shartnoma uni amal
qilish muddatini belgilamagan
holda ham tuzilishi mumkin.
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada
belgilanmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan
muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Bu taraflardan har biriga
istagan paytda
shartnomadan voz kechish
huquqini beradi.
Faqat taraflar bir birini
bir oy oldin, ko’chmas
mulk ijarasida esa – uch
oy oldin yozma ravishda
ogohlantirishi talab
qilinadi.
Ko’rsatilgan muddat
dispozitiv xususiyatga ega,
ya’ni qonun yoki
shartnomada
ogohlantirishning boshqa
muddatlari ham belgilanishi
mumkin.
Ijaraga oluvchiga mol-
mulkni topshirish
Topshirilayotgan mol-
mulkning holati
shartnoma shartlariga
va mol-mulkning
vazifasiga muvofiq
bo’lishi lozim
Mulkni ijaraga berishda
qoida tariqasida mol-
mulk bilan birgalikda
unga mansub ashyolar
va unga tegishli
hujjatlar ham qo’shib
beriladi
. Mol-mulk ijaraga
oluvchiga shartnomada
ko’rsatilgan muddatda,
agar shartnomada
bunday muddat
ko’rsatilgan bo’lmasa,
oqilona muddatda
Agar mol-mulk ko’rsatilgan muddatda
taqdim qilinmasa, u holda ijaraga oluvchi
o’z xohishiga asosan, FK 331–moddasida
belgilangan qoidaga muvofiq, ijaraga
beruvchidan ushbu mol-mulkni berishni
talab qilishi yoki shartnomani bekor
qilishni so’rab murojaat qilishi mumkin.
Har qanday holatda ham ijaraga oluvchi
o’ziga etkazilgan zararni qoplanishini sud
tartibida talab qilishi mumkin.
ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma
shartlariga va vazifasiga muvofiq holda topshirishi lozim.
ijaraga beruvchi hatto ijaraga berayotgan vaqtda
bular haqida bilmagan bo’lsa ham javobgar
sanaladi.
a) mol-mulkdagi
kamchiliklarni
tekinga bartaraf
etishni;
b) ijara haqini
mutanosib ravishda
kamaytirishni;
v) mol-mulkdagi
kamchiliklarni
bartaraf etish uchun
qilgan o’z
xarajatlarini
qoplashni talab
qilishi mumkin;
g) shartnomani
muddatidan oldin
bekor qilishni talab
qilishga haqli
ijaraga beruvchi ijaraga berilgan mol-
mulkdagi kamchiliklar uchun
javobgarlikdan ozod qilinadi:
a) kamchiliklar
shartnoma tuzish vaqtida
ijaraga beruvchi
oldindan aytib qo’yilgan
bo’lsa;
b) kamchiliklar ijaraga
oluvchiga oldindan
ma’lum bo’lgan bo’lsa;
v) agar kamchiliklar
shartnomani tuzishda
yoki mol-mulkni ijaraga
topshirish paytida uni
ko’zdan kechirganda
yoxud uning sozligini
tekshirganda ijaraga
oluvchi aniqlashi kerak
bo’lgan bo’lsa.
Qonun yoki shartnomaga asosan mol-
mulkka nisbatan boshqa shaxslarning
huquqlarining mavjud bo’lishi
garov, servitut huquqining
mavjudligi mol-mulkning
mulkdoriga uni tasarruf
qilish, shu jumladan uni
ijaraga berish huquqidan
mahrum qilmaydi
mulkni ijaraga
berish ko’rsatib
o’tilgan uchinchi
shaxslarning
huquqlarini
buzmasligi lozim
(FK 9–moddasi
mulk ijaraga
berilganda uchinchi
shaxslarning
huquqlari to’liq
saqlanib qolinadi.
Masalan, garovga oluvchi xatto garov
shartnomasi tuzilgandan so’ng ushbu
mol-mulk ijaraga berilgan taqdirda
ham belgilangan tartibda undiruvni
garovga olingan mol-mulkka qaratishi
mumkin.
Agar ijaraga oluvchi uchinchi
shaxslar huquqlari haqida
ogohlantirilgan bo’lmasa,
ijaraga
beruvchidan
ijaraga olingan
mol-mulk uchun
to’lanadigan haq
miqdorini
kamaytirishni
shartnomani
bekor qilish
o’ziga etkazilgan
zararlarni
qoplashni talab
qilishi mumkin.
Mol-mulkdan
foydalanganlik
uchun haq to’lash
Mulk ijarasi shartnomasida
taraflar o’z xohishiga
qarab mol-mulkdan
foydalanganlik uchun haq
to’lash tartibi, shartlari va
muddatlarini belgilaydilar.
FK 354–moddasiga ko’ra,
mazkur shartning
mazmuniqonunchilikda
imperativ norma tarzida
ko’rsatib qo’yilishi mumkin.
Mulk ijarasi shartnomasi
yuzasidan pul to’lovlarini
to’lash eng ko’p tarqalgan
to’lov shakli bo’lib, qoida
tarzida vaqti-vaqti bilan yoki
bir yo’la to’lanadi.
FKning 544–moddasi 5-qismida ko’rsatib o’tilgan
ijaraga olingan mol-mulk bo’yicha to’lov miqdorini bir
yilda ko’pi bilan bir marta qaytadan ko’rib chiqish
haqidagi norma dispozitiv hisoblanadi. Ya’ni, undagi
qoida agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha holat
belgilanmagan bo’lsa qo’llaniladi
FKning 542–moddasida ijaraga
beruvchining ijaraga
topshiriladigan mol-mulkni
kamchiliklari bilan
topshirganlik uchun javobgarlik
belgilanganidek, FKning 544–
moddasidaham ijaraga
oluvchiga mol-mulkdan
foydalanganlik uchun to’lovni
kamaytirish talabini qo’yish
huquqini beradi
Ushbu holatda ijaraga
oluvchining bunday huquqi
ijaraga oluvchi o’zi javobgar
bo’lmagan holatlarga ko’ra
(masalan, engib bo’lmaydigan
kuch ta’sirida), shartnomada
nazarda tutilgan foydalanish
shartlari yoki mol-mulkning
holati jiddiy yomonlashgan
hollarda vujudga keladi
Agar ijaraga oluvchi
shartnomada belgilangan
muddat tugagandan so’ng
ketma-ket ikki martadan ko’p
mol-mulkdan foydalanganlik
uchun haqni to’lamasa, ijaraga
oluvchi sud tartibida mulk
ijarasi shartnomasini
muddatidan oldin bekor qilishni
talab qilishi mumkin.