MUSIQIY SAHNAVIY JANRLAR.
Reja:
1. XX asrda opera, musiqali drama janrlarining rivojlanishi.
2. XX asrda balet janrlarining rivojlanishi.
1. XX asrda opera, musiqali drama janrlarining rivojlanishi. Zamonaviy
musiqali teatr, ya’ni musiqali drama, opera, musiqali komediya, operetta kabi
janrlar qachon va qaerda bunyodga kelgan degan savol doimo hammani
qiziqtiradi. Ma’lumki, Italiyada XIV asrni oxirlarida Florentsiya shahrida
istiqomat qilgan graf Jovanni Bardi di Vernioni tashabbusi bilan, uning saroyida,
bir guruh shoirlar, sozanda va xonanda musiqachilar, aktyorlar, rassomlar doimiy
ravishda yig’ilib, o’z san’atlari bilan o’rtoqlashar edilar. Ular qadimgi yunon
teatrini qaytadan tiklash niyatida Esxil, Sofokl va Evripidlarning drama va
tragediyalariga murojat qildilar, lekin bu dramaturglarni asarlariga o’z davrida
kiritilgan musiqalar XVI asrga qadar etib kelmagani sababli, yangi musiqa
bastalaydilar. Qizig’i shundaki, bu to’da a’zolari o’tkazgan ijodiy tajribalari,
birinchilardan bo’lib, kelgusida yangi uslubli musiqali teatr va musiqali drama,
opera, musiqali komediya janrlarini bunyodga kelishiga sabab bo’ladi deb
hayollariga ham keltirmagan edilar. Shu to’da a’zosi, ulug’ astronom Galeleo
Galileyning o’g’li, kompozitor, matematik, sozanda Vinchentso Galiley qadimgi
yunon madaniyati va san’atining puxta bilimdoni, bir yunon dramasiga musiqa
bastalaydi, undan so’ng yunon afsonasi "Orfey va Evridika"ga kompozitorlar Peri
va Kachchinilar musiqa bastalaydilar, lekin ularning yaratgan musiqalari
tragediyani atroflicha ifodalay olmadi. Bu kompozitorlardan ibrat olgan Mantuya
gertsogi saroyida xizmat qiluvchi, kompozitor, xonanda va skripkachi-sozanda
Klaudio Monteverdi "Orfey" nomli musiqali drama (opera) yaratadi. Zamonaviy
musiqali teatr, musiqali drama va opera san’atining shakllanish va rivojlanish
jarayoni va tarixi shu Monteverdining "Orfey" sahna asaridan boshlanadi. Chunki
uning ijodida opera yoki musiqali drama janrlarining tashkil qiladigan asosiy
jihatlar: adabiy mazmun (libretto), musiqa san’atining hamma turlari va janrlari,
raqs san’ati, tasviriy san’at va sahna harakatlarining uzviy bog’lanishi (sintezi)
mukammal ravishda shakllangan. Bundan tashqari, Monteverdidan avval opera
yoki musiqali drama yaratgan kompozitorlar sahna asarda ishtirok etuvchi
qahramonlarni musiqiy obraziga jiddiy ahamiyat bermaganliklari va bergan holda
ham,
ularning
ruhiy
his-tuyg’ulariga
aloqador
bo’lmagan
musiqalar
yaratganliklari sababli, ular tarixda chuqur iz qoldira olmadilar. Bu vazifani
birinchilardan bo’lib Monteverdi bajardi. U shunday degan edi: "Musiqa,
spektaklda tomashabinning vaqtini chog’ qilaman deb, ermak uchun sayr-
tomosha bo’lib qolmasligi kerak. Sahna asarda musiqani asosiy vazifasi, uni boy
va mo’’jizali tili, tebranish-harakatlari va turli vositalari bilan ishtirok etuvchi
qahramonlarni ruhiy his-tuyg’ularini, hatti-harakatlarini va voqealarni muhitidan
kelib chiqib, har bir sahnani musiqa sadolari btslan boyitish lozim. Men shu
talabga o’z ijodimda amal qildim". Kelgusida musiqali sahna asar yaratuvchi ko’p
kompozitorlar ham bu talabga amal qiladilar va bu uslub an’ana bo’lib qoladi.
Shunday qilib, Italiyada XIV-XVII asrlarda yangi uslubli musiqali sahna janri
paydo bo’ldi. Uni avval "Musiqali drama" (ygatta reg tizyua), va kelgusi asrdan
boshlab "OPERA" (italyancha - ORERA - so’z, harakat, ijod) deb atadilar. Bu
ikki atamani ma’nosi bir bo’lsa ham, lekin ularni bir-biridan asosiy farqi quyida:
"Musiqali drama"da ishtirok etuvchi personajlar, spektakl mazmunidagi
dialoglarni oddiy so’z iboralari bilan, monologlar, ariya, ariozo, qo’shiq, romans
va boshqa ovozli musiqa sadolari orqali ijro etadilar. Shunda, ba’zi bir asarlarda
ishtirok etuvchi erkaklar va xotin-qizlar ovozlarining farqlanish turlarini oldindan
partituraga kiritiladi, ba’zi-bir asarlarda umuman bular ko’rsatilmaydi. Shuning
uchun artistlar qandayin tabiiy ovozga ega bo’lsalar, shu ovozda ijro etadilar.
"Opera"da ishtirok etuvchi personajlar, asosan, dialoglarni -REChITATIV (ital.
gesiaiuo, yoki gesyage - ifodali o’qish san’ati) orqali ijro qiladi. Rechitativ ikki
xil bo’ladi: 1 - rechitativ zesso - quruq, tez, musiqa jo’rligida, so’zlarni burro-
burro aytish. 2 - rechitativ assot - ohangli, ya’ni musiqa jo’rligida so’zlarni ohang
(cho’zib) bilan aytish. Bulardan tashqari, musiqali drama bilan opera janrlarini
farqlarini ajratish qoida uslublari, albatta ko’p. Lekin, yana bir asosiy farqlardan
birisi shundaki, operada ishtirok etuvchi xotin-qizlar ovozi: koloroturali-soprano,
soprano, metstso-soprano, alt, erkaklarniki: tenor, bariton, bas, va bas-profundo
kabi ovozlarga bo’lingan holda operani partiturasiga yoziladi va musiqa asarni
har bir ko’rinishida yoki pardasida ariya, ariozo, qo’shiq, xor, balet va
rechitativlar to’xtovsiz ijro etiladi. Bularni hammasini operada musiqali
dramaturgiya birlashtiradi. Musiqali dramada esa ishtirok etuvchi personajlarni
so’z-dialoglari musiqa bilan almashtirilgan holda ijro etiladi. Aytish mumqinki,
"Musiqali drama" va "Opera"larni, bir-birisidan farq qiluvchi, ko’rsatilgan ayrim
alomatlari bo’lsada, lekin ularning tuzilishlari bir xildir. Shuning uchun bu
uslubdagi musiqali teatr va janrlarni tuzilishi hamma davlatlarda bir xil, lekin
ularning ichki hayoti, musiqiy til iboralari, ishtirok etuvchi personajlarning
xarakterlari, tafakkuri, milliy ruh bilan sug’orilgan bo’ladi. Ovropa va Rossiyada
bunyodga kelgan opera va balet teatrlar, asarlar va ularni yaratgan kompozitorlar
hamda dramaturglar to’g’risida tarixiy manbalar mavjud. Ular orqali har bir
musiqali teatrning yoki musiqali sahna asarni alohida-alohida bosib o’tgan yo’lini
va musiqiy xususiyatlarini partitura yoki sahna, plastinkalar, kinofilmlar, audio
va videokassetalar orqali tanishish, o’rganish mumkin.
Musiqali teatrlar Ovropa mamlakatlarida va Rossiyada, avval podshohlar,
gertsoglar, dvoryanlar, knyazlar va yirik boylar saroylarida paydo bo’ldi va saroy
ahliga xizmat qildi. XVIII asrdan boshlab, katta shaharlarda ham musiqali teatrlar
qad ko’tara boshladi. Bu teatrlarda "Musiqali drama", "Opera-seria", "Opera-
buffa", "Opera-balet", "Musiqali komediya" kabi janrlardagi musiqali sahna
asarlar paydo bo’ldi. XIX asrda esa Ovropa davlatlarida va Rossiyada opera, balet
va operetta san’ati avj oldi. Klassik asarlar va ularni yaratuvchi kompozitorlar
etishib chiqdi. XX asrdan bu an’ana davom etib kelmokda. Umuman, teatr san’ati
- insoniyat madaniyatining eng ulkan yutuqlaridan biridir.
Urush yillari O’zbekistonda yaratilgan A.Kozlovskiyning “ Ulug’bek”,
O.Chishkoning “ Maxmud Torobiy” operalari sovet san’atining o’sha davrga oid
xususiyatlari, tarixiy vatanparvarlik va tarixiy qaxramonlik mavzuiga intilishini
aks ettirdi. Ikkala opera ham, o’zbek xalqining qahramonona o’tmishga
bag’ishlangan bo’lib, davr talabiga javob berardi. Mazkur asarlar badiiy daraja
jihatidan bir-biridan farqlanib, ularning sahnadagi taqdiri ham xar-xil bo’ladi.
“Ulug’bek” operasi, O’zbekiston musiqa madaniyatida ancha qiziqarli
lekin ziddiyatli bo’lishiga qaramay, respublikada opera janri rivojida ma’lum
o’rin egallaydi .Tasodifiy emaski, Kozlovskiy operani 1942 yilda yozib tugatib,
keyinchalik asaridagi kamchiliklarini sezadi va ularni bartarf etish, shu orqali
dastur hayotini davom ettirish niyatida 1958 yilda yangi redaktsiyani yaratadi.
2.XX
asrda
balet
janrlarining
rivojlanishi.
O’zbekiston
kompozitorlarining balet janriga qiziqishi, aynan urushdan keyingi yillarda ancha
kuchaydi. Agar 50-yillarda zamonaviy yoki eratk mavzuidagi yozilgan
baletlarning musiqali sahna rivojida, epik qissalar harakteri ustun turgan bo’lsa,
60-70-yillar baletlarida shubhasiz, 50-yillar oxirida boshlangan, Sovet
xoreografik san’atining bog’liq bo’lgan yirik dramatik to’liq spektakllar
yaratishga keskin, ko’pincha fojeali syujetlarni ifodalashga intilishi seziladi.
Xilma-xil mavzu va syujetlarda balet uchun an’anaviy mavzu bo’lgan
sevishganlar taqdiri xaqida ( Manas Levievning “Suhayl va Mehri”,
I.Akbarovning
“Layli
va
Majnun”,
M.Ashrafiyning
“Sevgi
tumori”,
G.Mushelning
“Bibixonim”
baletlari)
qahramonlik
va
vatanparvarlik
(M.Ashrafiyning “Sevgi va qilich“ baleti), ijtimoiy ommabop mavzuda (
A.Kozlovskiyning “Tanovar” baleti) asarlar yaratildi.
Urushdan keyingi davr, balet san’atida G.Mushelning “Raqqosa” katta
ahamiyatga molikdir. Balet Sovet O’zbekistoning san’atkor yoshlariga
bag’ishlangan. Yoshlarning katta san’atga chiqishi, sahnaga intilishiga katta
yoshli avlod ko’pincha e’tiroz bilan qarar edi. Balet stsenariysining asosiga ana
shunday hayotiy ziddiyatlik olingan. Asar markazida, dastlab qishloq havaskorlik
to’garagining eng yaxshi raqqosasi, so’ng xoreografiya bilim yurtining talabasi
Gulnora obrazi turadi. Uning intilishlariga otasi qarshi chiqadi. Lekin bu ziddiyat,
voqelikning bosh prujinasi bo’lib qolmaydi u osonlikcha echilib, voqelikka
hikoya xarakterini baxsh etadi.
“Raqqosa” ning musiqali xoreografik kompozitsiyasi, uzining umumiy
xususiyatlarida klassik balet spektakli tuzilishiga tayanadi. Buni kam vokelilik,
raqs va pantomima epizodlarini almashinishi, yaxlit kompozitsiyaning asosi
sifatida, klassik syuita va xalk raks syuitalari mavjudligida ko’rish mumkin.
Birinchi akt-katta syuita, ikkinchi akt-bitta (xoreografik bilim yurtida dars
jarayoni), uchinchisi-xilma-xil milliy rakslardan tuzilgan syuitani tashkil etib,
nixoyat, final butun vokeani bayram ruxi (yoshlar va studentlar festivali)da
yakunlochi aofeoz sifatida berilgan.
Balet musiqasi yorug’ lirik ohanglarda ifodalanadi va asosan, dramatik
tarang epizodlardan holidadir. Balet partiturasida, etakchi muzikali obraz bo’lib,
o’zbek xalq lirik qo’shiqlari “Qalk’a bandi“ va “Bulmasa” vositasida ifodalangan
Gulnora obrazi turadi. “Qal’a bandi” ning kuyi, Gulnoraning asosiy leytmotivi
bo’lib, qahramonning yumshoq, shoirona va nozik muzikali portretini ifodali
gavdalantiradi.
Balet spektaklining o’zgacha janrini, Ik.Akbarovning “Layli va Majnun”
baleti tashkil etadi. Balet xususiyati, avvalambor, kompozitor Navoiyning
mashhur dostonini o’qishi va undagi obrazlarni ijodiy talqin etishiga bog’liqdir.
Bir aktli balet doirasida muzika mazkur poemaning konkret syujetini emas,
balki uning emotsional mohiyatini: ikki dil sevgisi, bu sevgi sevinchi va baxti,
xijron fojeasi va o’limni ifodalaydi. Dunyo adabiyoti ushbu mazmundagi
afsonalarning juda ko’piga ega. Akbarov aynan shu nuqtai nazardan, bu abadiy
syujetga yondashadi. “Layli va Majnun” baleti, o’zbek ijodkori muzikasida aks
ettirilgan umuminsoniy afsona sifatida qabul qilinadi.
Balet avtori tomonidan adabiy syujet umumlashtirib, talqin etilishi sababli,
muzikali to’qimasi yorqin nomoyon bo’luvchi, simfonizatsiyali, muzikali,
xareografik poema yaratildi. Syujet roli bo’shashtirilgan va balet, zamonaviy
xoreografiyada keng tarqalgan “balet simfoniya” janriga yaqinlashadi. “ Layli va
Majnun “ muzikasi bayonining qizg’inligi bilan ajralib, bunga relefli, ifodali
kuyning etakchiligida simfonik rivojni teranlashtirish va kuchaytirish natijasida
erishiladi. Baletda bosh ahamiyatga quyidagi tema teziz ega.
Ovozning baland-pastligi jihatidan, mazkur tema o’zbek monodiyasi uchun
tipikdir. U butun balet muzikasidan o’tibgina qolmay, balki rivojlanish jarayonida
yangi tematik tuzilmalarini yaratishda serimkoniyat “manba” sifatida xam o’zini
ko’rsatadi. Ijodiy niyatga ko’ra, asar muzikasi obrazlarning individual
xarakteristikalariga ega emas, lekin g’oyaviy niyatni u obrazli, simfonik
umumlashmada ifodalaydi.
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi”
1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T.
”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.