Mustamlaka davridagi tibbiyot
Tibbiy bilimlar qatorida tibbiyot tarixi fani aloxida o’rin egallaydi.U
tibbiyotning tarixiy rivojlanish yo’llari va uning xozirgi kungacha etgan darajasi
haqida umumlashtiruvchi tushuncha beradi,tibbiyotning tarakkiyot qonunlarini
ochadi va shunga asosan uning kelgusidagi yunalish yo’llarini ko’rsatib
beradi.Tibbiyot tarixi umuminsoniyat tarixining muxum qismidir
Bo’lajak xaqim uchun tibbiyot tarixini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Tibbiyot tarixi Fani tibbiyotning rivojlanish yo’llarini chuqur o’rganishda,uning
erishgan yutuqlarini to’g’ri anglashda talabalarga dastur bo’lib xizmat
qiladi,ularning bilim darajasi va saviyasini oshiradi.Umuman,tibbiyot tarixi fani
talabalarning kasbiy-estetik, ma’naviy-g’oyaviy va madaniy jixatdan yuksak
darajadagi mutaxassislar bo’lib etishishlarida katta rol o’ynaydi.
XIX asrning 60 yillarida O’rta Osiyo xududining ko’p qismi rus podshoxining
tomonidan zabd etildi. Quqon xonligi tugatildi. Uning o’rniga chor xukumatining
Turkiston general - gubernatorligi barpo etildi. Uning tarkibida xarbiy- tibbiy
boshqarma tashkil etildi.
Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi chor xukumatining vassallariga aylantirildi.
1886 yilda Turkiston general-gubernatorligi «Rossiyaning Turkiston o’lkasi» deb
e’lon qilindi. Shunday qilib, XIX asrga kelib, butun O’rta Osiyo chor xukumatining
mustamlakasi bo’lib koldi.
O’rta Osiyo rusiya tomonidan olingandan so’ng, bu erda muhim siyosiy,
iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yo’z beradi.
Siyosiy jixatdan o’zbek xonliklari o’z mustaqilliklarini yoqotdilar, ular chor
xukumatiga qaram bo’lib koldilar.
Iqtisodiy jixatdan esa jonlanish ro’y berdi. Rus kapitalistlari borgan sari ko’proq
paxta talab qilardilar. Shu munosabat Bilan paxta ekiladigan maydonlar yil sayin
kengaytirilardi. Ammo dexqonlarning ish sharoiti va ularning iqtisodiy axvoli
yaxshilanmadi. Dexqonchilikda ishlatiladigan texnika juda past darajada edi. Oddiy
ketmondan boshqa xech qanday texnika yoq edi. Hamma ish qo’l mexnati bilan
bajarilar edi. Bunday og’ir mexnat sharoiti kishilarning salomatligiga putur etkazib,
ular orasida xar xil kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bulardi. Bundan tashqari,
qishloq sharoitiga xos kasalliklar (bezgak, qoraoqsoq, leyshmanioz, xar xil
gelmintozlar) keng tarqalgan edi.
Sanoatda ham ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. O’lkada qishloq xujalik
maxsulotlarini dastlabki ishlash korxonalari (paxta tozalash zavodlari, moy va sovun
ishlab chiqaruvchi zavodlar, vino zavodlari) qurildi. Ammo bu zavodlarda ham ish
sharoiti og’ir edi. Mexnat xavfsizligi choralari ko’rilmasdi, ishchilarga tibbiy
yordam ko’rsatish tashkil etilmagandi. Ishchilar og’ir sharoitda 12-14 soatlab
ishlardilar. Bunday og’ir ish sharoiti ishchilarning sog’lig’iga putur yetkazib, ular
orasida turli kasalliklarni tarqalishiga sabab bulardi. Ammo, umuman tibbiyotning
rivojlanishida ba’zi ijobiy o’zgarishlar ham yuz berdi. O’lkada birinchi zamonaviy
tibbiy muassasalar barpo etildi. 1868 yil sentyabr oyida Toshkentda 30-o’rinli xarbiy
lazaret ochildi. U 1870 yilda xarbiy gospitalga aylantirilib, o’rinlar soni 415 taga
yetkazildi. 1870 yilda Samarqanda 15 o’rinli kasalxona ochildi. 1873 yilda shunga
o’xshash kasalxona Kattakurg’on shaxrida barpo etildi. 1883 yilda Toshkentda
ayollar ambulatoriyasi ochildi. 1886 yilda esa erkaklar uchun ambulatoriya tashkil
qilindi.
1870 yilda Toshkent viloyatidagi To’ytepa qishlog’ida axolining o’z mablagi
xisobiga kasalxona qurildi. Bunday kasalxonalar Samarqandda, Toshkentda, Xivada
va Buxoroda ham bunyod etildi. Ammo bu kasalxonalar juda Kichik va etarli
darajada jixozlanmaganligi uchun ularning axoliga beradigan yordami etarli emas
edi. 1874 yilda Toshkentda birinchi zamonaviy dorixona ochildi. U shaxar xokimyati
qaramogida edi. So’ng xususiy dorixonalar ham ochila boshladi. 1913 yilga kelib
ularning soni 33 taga etdi. Bu kasalxona, ambulatoriya va dorixonalar etarli bo’lmasa
ham, ularning paydo bo’lishi maxalliy tabiblarning faoliyatiga ham o’z ta’sirini
ko’rsatdi. Masalan, ular kasallarni davolashda zamonaviy dorixonadan sotib
olinadigan dorilarni ham ishlata boshladilar. Chunonchi, tabiblar aspirin, xinin,
sulema, mis quporosi, fuksin kabi dorilardan foydalanishni o’rganib oldilar. Ammo
tibbiyot soxasidagi bu ijobiy o’zgarishlar Xiva xonligi va Buxoro amirligi xududida
amalga oshirilmadi. Chunki bu xonliklar rasmiy jixatdan o’z xonliklarini saqlab
qolgan edilar. Eski qonun va qoidalar o’zgarmay qolgandi. Xayot eskicha davom
etardi. Turkiston o’lkasida yo’z bergan iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar bu
xonliklarga yoyilmadi. Xiva va Buxoroda ochilgan ikki kasalxona faqat axolining
yuqori tabaka vaqillariga xizmat qilardi, xolos.
Turkistonning Rossiyaga qo’shib olinishi natijasida, ilmiy tibbiyot soxasida
yana bir ijobiy xodisa ro’y berdi. Rossiyadan kelgan tabiblar va olimlar bu erda
uchraydigan kasalliklarni ilmiy jixatdan tekshira boshladilar va bu soxada muhim
kashfiyotlar qildilar. Masalan, rus sayyoxi tabiatshunos olim A. P. Fedchenko 1869
yilda rishtaning oralik xujayinini topdi. 1895 yilda rus xarbiy tabibi P. F. Borovskiy
teri leyshmaniozining ko’zgatuvchisini topdi. Rus olimi K.I. Skyabin 1912 yilda
shistoma gelmintining yangi to’rini topdi. Bu tadqiqotlar muhim ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega edi. Ammo chor mustamlaka rejimi sharoitida bu kashfiyotlar
amaliyotda qo’llanmadi. 1915 yilga kelib, Turkiston xududida hammasi bo’lib xar
biri 15-20 o’rinli 72 kasalxona, 23 ta qishloq vrachlik uchastkasi, 64 ta ambulatoriya,
7 ta tugruk muassasasi, 2ta ruxiy kasalliklar shifoxonasi, 2 ta ko’z kasalliklar
shifoxonasi va shaxar kasalxonasi xuzo’rida 1ta teri va tanosil kasalliklari bo’limi
barpo etilgan edi. Bu 6- millionlik o’lka axolisi uchun etarli emas edi. Buning ustiga
bu tibbiy muassasalar asosan rus xarbiylari va ularning oilalariga xizmat qilardi.
Maxalliy axoli esa bu zamonaviy tibbiy muassasalarda davolanish imkoniyatiga ega
emasdi.
Xar yili turli kasalliklar tarqalib ketib, minglarcha kishilarning yostig’ini
quritar edi. Faqat 1893 yilning o’zidagina Turkiston o’lkasida 200 000 dan ortiq
kishi bezgak bilan ogrib, shulardan 40 000 kishi xalok bo’lgan. O’zbekiston
xududida issiq mamlakatlarda uchraydigan, o’lkaga xos kasalliklar- bezgak, rishta,
qoraoksok, xar xil yoqumli kasalliklar keng tarqalgan edi. Axoli bu kasalliklardan
ko’p azob chekardi.
XX asr boshlarida metropoliyada (Rusiyada) muhim siyosiy o’zgarishlar yuz
berdi. Bu o’zgarishlar Rusiya mustamlakalaridagi xalqlarning xayotiga ham o’z
ta’sirini ko’rsatdi. Bu erlardagi siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy xayotda ma’lum
o’zgarishlar bo’ldi. SHu jumladan, sog’liqni saqlash ishida ham ba’zi bir
o’zgarishlar amalga oshirildi.
1917 yil fevralida Rusiyada siyosiy to’ntarish yuz berib, rus podshosi taxtdan
tushirildi, monarxiya tuzumi tugatildi. Davlat Kerenskiy boshlik vaqtli xukumat
qo’liga utdi. Turkistonda esa chor general gubernatorligi o’rniga vaqtli xukumatning
Turkiston kumitasi joriy etildi. Siyosiy va iqtisodiy xayotda ba’zi bir o’zgarishlar
amalga oshirildi. Tibbiyot soxasida ham qisman engilliklar yaratildi. O’lkadagi axoli
rus shifoxonalarida qisman kengroq davolanish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ammo
vaqtli xukumatning Turkiston komiteti mustamlakachilik siyosatidan voz kechmadi.
Bu masalada axvol deyarli o’zgarmay qoldi.
1917 yil oktyabr oyida xokimyat V.I.Lenin boshliq bolsheviqlar qo’liga o’tdi.
Bolsheviklar bu xodisani sotsialistik revolyusiya, deb e’lon qildilar. Bu revolyusiya
natijasida barpo etilgan tuzumni sotsialistik davlat deb atadilar.
Mamlakatda respublika tuzumi joriy qilindi. U Rosiya sovet federativ
sotsialistik respublikasi nomini oldi. Fevral to’ntarishi ham, bolsheviklar
revolyusiyasi ham Turkistonga mustaqillik keltirmadi. O’lka Rosiyaga tobe bo’lib
qolaverdi. U «Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi» nomi bilan
Rusiyada barpo etilgan sovet respublikasi tarkibiga kiritildi.
Bolsheviklar siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy xayotga muhim o’zgartirishlar
kiritdilar. Tibbiyot soxasida birmuncha yangiliklar joriy etildi. Tibbiyot davlat
ixtiyoriga olindi va davolash bepul qilindi. Tibbiyot rejali va profilaktika prinspida
ishlaydigan bo’ldi. Bunday tadbirlar Turkistonda ham amalga oshirildi. Chunonchi,
bu erda ham sog’liqni saqlash xalq komissarligi tashkil etilgan edi. Rosiyada amalga
oshirilgan boshqa choralar ham bu erda joriy qilindi. Buning natijasida dastlab
sog’liqni saqlash soxasida ba’zi bir muvaffaqiyatlarga erishildi. Masalan, tibbiyot
davlat ixtiyoriga olinganligi tufayli axoli zamonaviy tibbiyotdan foydalanish
imkoniyati paydo bo’ldi. Davolanish bepul qilinganligi tufayli, axolining
ko’pchiligini tashkil qiladigan kambag’allar ham tibbiy yordamdan foydalana
oladigan bo’ldilar. O’lkada yoshlardan tibbiy mutaxassislar yetishib chiqishi uchun
ham sharoit yaratildi. 1918 yilda o’rta tibbiy bilim yurti, 1919 yilda esa oliy tibbiy
o’quv yurti barpo etildi. Ammo ko’p o’tmay o’lkada xar xil voqealar yuz berib,
tibbiyot soxasida katta qiyinchiliklar kelib chiqdi. Masalan, inqilobdan so’ng
o’lkadan ko’p vrachlar Rosiyaning markaziy shaxarlariga ketib qoldilar.
Kasalxonalar va ambulatoriyalar bo’shab qoldi. Umuman o’lkada bunday
muassasalarning o’zi juda kam edi. Shuning uchun davolanishga muxtoj
bo’lganlarning hammasi kasalxonalarga joylasha olmas edilar.
Ikkinchi qiyinchilik shundan iborat bo’ldiki, davlat ixtiyoriga o’tkazilgan
kasalxona, ambulatoriya va dorixonalarning sobik egalari birlashib olib, o’lka
xukumatining sog’liqni saqlash ishini yo’lga qo’yishga qaratilgan tadbirlarga
qarshilik ko’rsata boshladilar. Dorixona egalari esa dorilarini er ostiga ko’mib,
berkitib tashladilar. Buning natijasida kasallarni davolash uchun dori etishmay,
ularni ko’pi o’lib ketdi. Ayniqsa, yoqumli kasallik bilan og’riganlar ko’p nobud
bo’ldi.
Tibbiyotning o’z soxasidagi qiyinchiliklarga boshqa qiyinchiliklar ham
qo’shildi. Masalan, 1918 yilning kuzida o’lkada ocharchilik boshlandi. Bu o’z
navbatida yana sog’liqni saqlash ishini og’irlashtirdi. Ocharchilik natijasida yangi
kasallik alimentar distrofiya kasalligi kelib chiqdi. Keyingi yillarda bu qiyinchiliklar
asta sekin yoqolib, o’lka tibbiyoti bir qadar izga tushib oldi. Milliy tibbiy kadrlar
yetishtirish maqsadida 1920 yilda shu yili ta’sis etilgan Turkiston dorulfununi
tarkibida tibbiy fakultet tashkil etildi. Tibbiy soxasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borish uchun maxsus oliy bilimgoxlar ochildi.
Lekin kasallarni tibbiy yordam bilan to’la ta’minlash uchun kasalxona va
ambulatoriyalar xali etishmasdi. Tibbiy xodimlar juda oz edi.
1924 yilda O’rta Osiyoda milliy chegaralanish o’tkazildi. O’sha vaqtda mavjud
bo’lgan Turkiston avtonom sovet sotsialistik jamxuriyati, Xorazm va Buxoro xalq
jamxuriyatlari birlashtirilib, O’zbekiston SSJ, Turkmaniston SSJ va Qirg’iziston SSJ
tashkil etildi. O’zbekiston SSJ tarkibiga Tojikiston avtonom jamxuriyati kiritildi.
O’zbekiston SSJ shakllangandan keyin o’lkada iqtisodiy, siyosiy va madaniy
xayotida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Sanoat va qishloq xujaligi rivojlana
boshladi. Tibbiyot soxasida ham ba’zi siljishlar yuz berdi. Masalan, 1931 yilga kelib
tibbiy fakultet mustaqil tibbiy oliy bilimgoxga aylantirildi. Samarqanda ikkinchi
tibbiy oliy o’quv yurti barpo etildi.
1932 yilda Toshkentda vrachlarning malakasini oshirish oliy bilimgoxi tashkil
qilindi. 1937 yilda farmatsevtika oliy bilimgoxi ochildi. Xar xil kasalliklar, ayniqsa,
o’lka kasalliklari deb ataluvchi kasalliklar ilmiy jixatdan o’rganildi. Ularga qarshi
davo va profilaktika choralari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Buning natijasida
ba’zi kasalliklar tugatildi.
1926-1932 yillarda O’zbekistonda sanoat va qishloq xujaligi soxasida
birmuncha muhim o’zgarishlar yuz berdi. Sog’liqni saqlash tashkilotlari ham o’z
faoliyatlarida ancha muvaffaqiyatlarga erishdilar. Asosiy masala sanoat va qishloq
xujaligida mexnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarni tibbiy yordam bilan ta’min
etishdan iborat edi. Bu ishni yaxshi tashkil etish maqsadida yangi tashkiliy ish
metodlari ishlab chiqildi. Masalan, dispanserizatsiya usuli qo’llandi. Sanoat
korxonalari xuzo’rida maxsus tibbiy muassasalar, tibbiy sanitariya qismlari tashkil
etildi. Bu vaqtning muhim vazifalaridan biri ishchi va xizmatchilar orasida ish
qobilyatini vaqtincha yoqotish bilan kechadigan kasalliklarni kamaytirishdan iborat
edi. Shu maqsadda korxonalarda, kolxoz va sovxozlarda profilaktik choralar amalga
oshirildi. Yuqumli kasalliklarni kamaytirish choralari ko’rildi.
Dispanserizatsiya qilinadiganlarning soni va qo’lami oshirildi. Davolash
profilaktika muassasalarining tuzilishi o’zgartirildi. Qishloq axolisiga tibbiy yordam
ko’rsatishni yaxshilash choralari ko’rildi. Qishloq tibbiy muassasalariga ko’proq
tibbiy kadrlar yuborildi. Tibbiy kadrlar tayyorlash ancha ko’paytirildi. Mamlakatni
sanitariya jixatdan muxofaza qilish va yoqumli kasalliklar tarqalib ketmasligi uchun
zarur choralar amalga oshirildi. 1933 yilda «Davlat sanitariya inspeksiyasi tashkil
etish haqida» qaror qabul qilindi. Sog’liqni saqlash tashkilotlari o’z faoliyatlarida
birnchi o’ringa kasalliklarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish vazifasini
qo’ydilar.
1933-1937 yillarda umuman ittifoqda bo’lganidek, O’zbekistonda ham
iqtisodiy, siyosiy va madaniy jixatdan siljishlar davri bo’ldi. Fan, madaniyat, shu
jumladan, sog’liqni saqlash soxasida ham ma’lum natijalarga erishildi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida O’zbekistonda tibbiy xodimlar ham frontga
junadilar. Oliy va o’rta tibbiy o’quv yurtlarida o’qitish muddati qisqartirilib, frontga
o’z fursatda ko’p tibbiy kadrlar yetkazib berila boshlandi. Juda ko’p ma’muriy
binolar, maktablar va boshqa tashkilotlar binolari xarbiy gospitallarga aylantirildi.
Frontga yaqin qishloqlardan O’zbekistonga yuz minglab axoli ko’chirib olib kelindi.
Ular orasida darmonsiz kishilar va bemorlar ko’p edi. Ularga uy joy, oziq-ovqat va
tibbiy yordam tashkil qilindi.
Urush yillari tibbiyot soxasidagi ba’zi ilmiy tadqiqot ishlari kamaydi. Ba’zi
ilmiy tadqiqot oliy bilimgoxlari yopildi. Ulardagi ilmiy xodimlar frontga yuborildi.
Urushdan keyin mamlakat tiklanish davriga kirdi. Sog’liqni saqlash soxasida
ham tiklanish va rivojlanish ishlari olib borildi. Urush vaqtida yopib qo’yilgan oliy
bilimgoxlar qayta tiklandi. Ulardagi ilmiy tadqiqot ishlari yanada kengroq qo’lamda
olib borila boshlandi. Yangi oliy bilimgoxlar tashkil qilindi. Masalan, 1965 yilda
Andijonda uchinchi tibbiy oliy bilimgox ochildi. 1972 yilda Toshkendda O’rta Osiyo
pediatriya tibbiy oliy bilimgoxi barpo etildi. 1990 yilda Buxoro va Xorazmda
tibbiyot oliy bilimgoxlari tashkil etildi.
Bu tadbirlar tibbiyot ishini birmuncha yaxshi yo’lga qo’yishga imkon berdi.
Ammo sobiq SSSRning boshqa respublikalarida bo’lganidek, O’zbekistonda ham
sog’liqni saqlash ishlarini tashkil qilish va tibbiy kadrlar tayyorlashda muhim
xatoliklarga ham yo’l qo’yilgan edi. Ayniqsa vrachlarning nazariy va amaliy
tayyorgarligi va tibbiy yordam ko’rsatishning sifati jixatidan bizning sog’liqni
saqlash sistemamiz ko’p xorijiy mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qolgan
edi. Oliy tibbiy o’quv yurtlarini bitirib chiqqan ko’pgina xaqimlar kasallarga
mustaqil tashxis qo’yib, to’g’ri davolash usulini amalga oshirishni yaxshi
bilmasdilar. Ular, umuman, mustaqil ishlashga unchalik tayyor emasdilar. Ularning
nazariy bilimlari va tajribalari etarli emasdi.
1980 yillarda boshlangan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy o’zgarishlar
O’zbekiston tibbiyotiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Kadrlar tayyorlash, ilmiy
tadqiqot ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish, xaqimlarning malakasini oshirish soxasida
birmuncha tadbirlar amalga oshirildi. Tibbiy ishni tashkil qilish ham
takomillashtirildi. Masalan, kasalxona, poliklinika va dispanserlarning ish faoliyati
qaytadan tashkil etildi. Tibbiy xodimlarning moddiy manfaatdorligi oshirildi. Tibbiy
xodimlar yaxshi ishlashga astoyidil xarakat qila boshladilar. Buning natijasida
diagnostika va davolash ishlarining sifati yaxshilandi.
1991 yilning 1-avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
respublikamizni mustaqil deb e’lon qildi. O’zbekiston 123 yil davom etgan Rusiya
mustamlakasi asoratidan qutildi. Bu buyuk siyosiy voqea respublikamizning butun
iqtisodiy, moddiy va ma’naviy xayotida juda katta ijobiy o’zgarishlar paydo qildi.
Bu voqea respublikamiz tibbiyotiga ham katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Respublikamiz
tibbiyoti o’tmishdagi buyuk an’analarimiz merosiga asoslanib, yangi rivojlanish
yo’liga kirdi. Tibbiyotimiz tarixida yangi davr boshlandi.