Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi.

Yuklangan vaqt

2024-12-30

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

33,1 KB


 
 
 
 
 
 
Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi. 
 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya o‘qitish metodikasining 
shakllanishi va rivojlanish tarixi, mustaqillik yillarida mamlakatimiz geografiya 
ta’limidagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 
 № 
Bajariladigan topshiriqlar 
 
Amaliy 
mashg‘ulot 
natijasi 
1 
Quyida 
berilgan 
matndan 
foydalanib, 
O‘zbekistonda 
geografiya ta’limining 1917-1991 yillardagi rivojlanish 
bosqichlarini sxemada ko‘rsating. 
sxema tuzish 
2 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga 
oshirilgan islohotlarni tahlil qiling. 
Yozma tahlil 
3 
Tarqatma materiallar asosida O‘zbekistonda mustaqillik 
yillarida geografiya fani bo‘yicha yaratilgan darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar ro‘yxatini tuzing va 1-jadvalga yozing. 
1-jadval 
4 
O‘zbekistonda 1991 yilgacha va mustaqillik yillarida 
umumta’lim 
maktablarida 
foydalanilgan 
geografiya 
darsliklarini solishtirish, T-sxema tuzing 
sxema 
    
Uslubiy ko‘rsatmalar 
O‘zbekiston maktablarida geografiya ta’limi (darsliklar va dasturlari 
mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa 
xususiyatlariga ko‘ra)ning rivojlanishini 4 ta bosqichga ajratish mumkin: 
    Birinchi bosqich – 1918-1934 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘zbek 
maktablarida geografiya o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bosqichi hisoblanadi. Bu 
bosqichda yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi maktab geografiyasiga asos
Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya o‘qitish metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi, mustaqillik yillarida mamlakatimiz geografiya ta’limidagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash. № Bajariladigan topshiriqlar Amaliy mashg‘ulot natijasi 1 Quyida berilgan matndan foydalanib, O‘zbekistonda geografiya ta’limining 1917-1991 yillardagi rivojlanish bosqichlarini sxemada ko‘rsating. sxema tuzish 2 O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qiling. Yozma tahlil 3 Tarqatma materiallar asosida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida geografiya fani bo‘yicha yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxatini tuzing va 1-jadvalga yozing. 1-jadval 4 O‘zbekistonda 1991 yilgacha va mustaqillik yillarida umumta’lim maktablarida foydalanilgan geografiya darsliklarini solishtirish, T-sxema tuzing sxema Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston maktablarida geografiya ta’limi (darsliklar va dasturlari mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa xususiyatlariga ko‘ra)ning rivojlanishini 4 ta bosqichga ajratish mumkin: Birinchi bosqich – 1918-1934 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘zbek maktablarida geografiya o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi maktab geografiyasiga asos
 
 
solinadi. 1922-1923 yillarda o‘qitishning "kompleks dasturlari" ishlab chiqildi. Bu 
dasturlar turli variantlarda bo‘lib, bir necha marta o‘zgardi va 10 yil mobaynida 
qo‘llanib kelindi. Geografik ma’lumotlar kompleks mavzular orasiga singib ketdi. 
1925-1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya fan sifatida o‘quv 
rejasidan umuman chiqarib tashlanadi. Geografiya tabiiy, fizika, ijtimoiy fanlar 
tarkibiga kiritildi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o‘qitish vazifalarini mutloqo 
bajara olmadilar. Kompleks metod aslida predmetsiz o‘qitish yo‘li edi. Birinchi 
bosqich geografiya fani uchun og‘ir sinov yillari bo‘ldi. 
Oktabr to‘ntarishidan keyin dastlab maxsus qarorlar asosida 9 yillik yagona 
mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi 
bosqich 1-5 sinflar, 2-bosqich 6-9 sinflarni o‘z ichiga olgan. 1918-1922 yillarda 
geografiyaga 
rasmiy 
namunaviy 
dasturlar 
paydo 
bo‘ldi. 
Bunda 
ayrim 
landshaftlarning xususiyatlarini o‘rganishga ko‘proq e’tibor berildi. O‘sha davrlar 
"landshaft 
dasturlari" 
bilan 
mashhurdir. 
Masalan 
"Ovchilar 
landshafti", 
"Ko‘chmanchilar landshafti" va boshqalar. 
    Lekin landshaft dasturlari o‘zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D N.Anuchin 
rahbarligida umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografiya dasturi loyixasi ishlab 
chiqildi. Ungacha ayrim hududlar xatto ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga 
uxshash bo‘lgan dasturlarni o‘zlari tuzar edilar. Anuchin dasturi oktabr tuntarishiga 
kadar bo‘lgan geografiya ta’limining eng yaxshi tomonlarini qisman bo‘lsa ham 
o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda geografiyani o‘qitish sinflar bo‘yicha taksimlangan 
edi. 
    
Anuchin dasturiga muvofiq, 3- sinfda o‘z kishlog‘i, shahari, guberniyasi 
o‘rganildi u bu to‘rni «mamlakatshunoslik» deb atadi. O‘quvchilar geografik nomlar, 
tushunchalar, geografiyaga oid rasmlar bilan tanishtirilar edi. 4-sinfda mamlakatlar, 
turli mintaqalarning tabiati, insonlar hayotini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilinar 
edi. 5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo‘lgan ma’lumotlar va "qit’alar” 
geografiyasi o‘rganiladi. 6 va 7-sinflarda Rossiya geografiyasi, 8- sinfda iqtisodiy 
geografiya, 9-sinfda astronomiya va astrologiya o‘qitilar edi. Mazkur dastur 
o‘quvchilarning geografiyaga oid bilimlarni oshirishda katta rol o‘ynaydi.Unda 
geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko‘p edi.Ammo bu dastur asosida 
darsliklar yaratilmagan edi.
solinadi. 1922-1923 yillarda o‘qitishning "kompleks dasturlari" ishlab chiqildi. Bu dasturlar turli variantlarda bo‘lib, bir necha marta o‘zgardi va 10 yil mobaynida qo‘llanib kelindi. Geografik ma’lumotlar kompleks mavzular orasiga singib ketdi. 1925-1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya fan sifatida o‘quv rejasidan umuman chiqarib tashlanadi. Geografiya tabiiy, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritildi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o‘qitish vazifalarini mutloqo bajara olmadilar. Kompleks metod aslida predmetsiz o‘qitish yo‘li edi. Birinchi bosqich geografiya fani uchun og‘ir sinov yillari bo‘ldi. Oktabr to‘ntarishidan keyin dastlab maxsus qarorlar asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich 1-5 sinflar, 2-bosqich 6-9 sinflarni o‘z ichiga olgan. 1918-1922 yillarda geografiyaga rasmiy namunaviy dasturlar paydo bo‘ldi. Bunda ayrim landshaftlarning xususiyatlarini o‘rganishga ko‘proq e’tibor berildi. O‘sha davrlar "landshaft dasturlari" bilan mashhurdir. Masalan "Ovchilar landshafti", "Ko‘chmanchilar landshafti" va boshqalar. Lekin landshaft dasturlari o‘zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D N.Anuchin rahbarligida umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografiya dasturi loyixasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar xatto ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga uxshash bo‘lgan dasturlarni o‘zlari tuzar edilar. Anuchin dasturi oktabr tuntarishiga kadar bo‘lgan geografiya ta’limining eng yaxshi tomonlarini qisman bo‘lsa ham o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda geografiyani o‘qitish sinflar bo‘yicha taksimlangan edi. Anuchin dasturiga muvofiq, 3- sinfda o‘z kishlog‘i, shahari, guberniyasi o‘rganildi u bu to‘rni «mamlakatshunoslik» deb atadi. O‘quvchilar geografik nomlar, tushunchalar, geografiyaga oid rasmlar bilan tanishtirilar edi. 4-sinfda mamlakatlar, turli mintaqalarning tabiati, insonlar hayotini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilinar edi. 5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo‘lgan ma’lumotlar va "qit’alar” geografiyasi o‘rganiladi. 6 va 7-sinflarda Rossiya geografiyasi, 8- sinfda iqtisodiy geografiya, 9-sinfda astronomiya va astrologiya o‘qitilar edi. Mazkur dastur o‘quvchilarning geografiyaga oid bilimlarni oshirishda katta rol o‘ynaydi.Unda geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko‘p edi.Ammo bu dastur asosida darsliklar yaratilmagan edi.
 
 
 
1924 yildan boshlab maktab geografiyasi yangi dasturlar asosida ishlashga 
o‘tdi, ammo bu darsliklar bo‘yicha, geografiya bo‘yicha alohida predmetlar yo‘q 
edi.Unda geografiyadan tizimli bilim berilmas edi. 1-4 sinflarda alohida geografiya 
kurslari o‘rnini kompleks mavzular egalladi. Bu mavzular mazmuniga qisqacha 
geografik savollar kiritilar edi. Masalan 1-sinfda yil fasllari, 2-sinfda maxalliy tabiat 
va xo‘jalik bilimlari berilar, 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqalar o‘rgatilar 
edi. 
    Ikkinchi bosqich sinflarida geografiya biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari 
tarkibiga singib ketgan edi. Tabiiy geografiya va mamlakatshunoslik haqidagi 
bilimlar nochor ahvolga tushib qoldi. Xullas kompleks dasturlarning qabul qilinishi 
geografiyani mustaqil fan sifatida barham topishiga olib keldi. Faqat 1927 yilda 
avval 1-bosqich maktablarda, keyinroq 2-bosqich sinflarda geografiya fan sifatida 
qayta tiklandi. 
O‘zbekistonda 1920-1930 yillar oralig‘ida geografiya darsliklari rus tilidan 
o‘zbek tiliga tarjima qilindi. G.I.Ivanovning "Boshlang‘ich jo‘g‘rofiya" darsligi 
geografiya darsliklarining to‘ng‘ichi edi. Bu darslik 1927 yilda N.L.Korjenevskiy 
yordamida P.Arxengelskiy tomonidan o‘zgartirib nashr qilindi. G.I.Ivanov, 
G.G.Ivanovlarning, Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha 
o‘zgartirib nashr qilingan "Jo‘g‘rofiya hamda o‘lkani o‘rganish" darsligi ham o‘zbek 
tilidagi dastlabki darsliklardan edi. Bu davrda Balashovning "O‘zbekiston hamda 
unga qo‘shni jumhuriyatlar va viloyatlar" P.Arxangelskiyning "Jo‘g‘rofiya" (o‘lkani 
o‘rganish darsligi), A.Obidovning "O‘zbekiston sotsialistik sho‘rolar jumhuriyat 
jo‘g‘rofiyasi" darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
A.Obidovning "O‘zbekiston jo‘g‘rofiyasi" darsligi O‘zbekistonda geografiya 
ta’limida o‘z respublikasini o‘rganishda birinchi xaqiqiy asar edi. Ammo bu 
darsliklar yagona dastur asosida yozilmagan edi. 1930 yilda o‘zbek tilida dastlabki 
geografiya o‘qitish metodikasi paydo bo‘ldi. Uning muallifi N.Leonov edi. Bu  
metodika  suxbatlar usulida yozilgan bo‘lib, u talay kamchiliklarga ega edi.Unda 
kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi. 
    O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitish samaradorligini oshirishda 1925 
yildan boshlab chop etilgan "Maorif va o‘qituvchi" jurnalining roli katta bo‘ldi. 
Jumladan ushbu jurnalning 1925 yil 5-6 sonlarida "Jo‘g‘rofiyaning foydasi", "Lug‘at
1924 yildan boshlab maktab geografiyasi yangi dasturlar asosida ishlashga o‘tdi, ammo bu darsliklar bo‘yicha, geografiya bo‘yicha alohida predmetlar yo‘q edi.Unda geografiyadan tizimli bilim berilmas edi. 1-4 sinflarda alohida geografiya kurslari o‘rnini kompleks mavzular egalladi. Bu mavzular mazmuniga qisqacha geografik savollar kiritilar edi. Masalan 1-sinfda yil fasllari, 2-sinfda maxalliy tabiat va xo‘jalik bilimlari berilar, 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqalar o‘rgatilar edi. Ikkinchi bosqich sinflarida geografiya biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga singib ketgan edi. Tabiiy geografiya va mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar nochor ahvolga tushib qoldi. Xullas kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil fan sifatida barham topishiga olib keldi. Faqat 1927 yilda avval 1-bosqich maktablarda, keyinroq 2-bosqich sinflarda geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O‘zbekistonda 1920-1930 yillar oralig‘ida geografiya darsliklari rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. G.I.Ivanovning "Boshlang‘ich jo‘g‘rofiya" darsligi geografiya darsliklarining to‘ng‘ichi edi. Bu darslik 1927 yilda N.L.Korjenevskiy yordamida P.Arxengelskiy tomonidan o‘zgartirib nashr qilindi. G.I.Ivanov, G.G.Ivanovlarning, Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o‘zgartirib nashr qilingan "Jo‘g‘rofiya hamda o‘lkani o‘rganish" darsligi ham o‘zbek tilidagi dastlabki darsliklardan edi. Bu davrda Balashovning "O‘zbekiston hamda unga qo‘shni jumhuriyatlar va viloyatlar" P.Arxangelskiyning "Jo‘g‘rofiya" (o‘lkani o‘rganish darsligi), A.Obidovning "O‘zbekiston sotsialistik sho‘rolar jumhuriyat jo‘g‘rofiyasi" darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. A.Obidovning "O‘zbekiston jo‘g‘rofiyasi" darsligi O‘zbekistonda geografiya ta’limida o‘z respublikasini o‘rganishda birinchi xaqiqiy asar edi. Ammo bu darsliklar yagona dastur asosida yozilmagan edi. 1930 yilda o‘zbek tilida dastlabki geografiya o‘qitish metodikasi paydo bo‘ldi. Uning muallifi N.Leonov edi. Bu metodika suxbatlar usulida yozilgan bo‘lib, u talay kamchiliklarga ega edi.Unda kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi. O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitish samaradorligini oshirishda 1925 yildan boshlab chop etilgan "Maorif va o‘qituvchi" jurnalining roli katta bo‘ldi. Jumladan ushbu jurnalning 1925 yil 5-6 sonlarida "Jo‘g‘rofiyaning foydasi", "Lug‘at
 
 
va atamalar", "Samarqand", "Maktabda o‘lkani o‘rganishning ahamiyati", "Muz 
davrining oxirlarida Ovropada qanday irklar yashadilar", "Saxroi kabir" va boshqa 
o‘nlab geografiyaga oid maqolalar elon qilindi. Bu jurnal geografiya o‘qituvchilariga 
ilmiy va metodik jihatdan yaqindan yordam bergan. 1931 yil 4 iyuldan "Madaniy 
inqilob" (keyinchalik "O‘qituvchilar gazetasi", hozirda "Ma’rifat") gazetasi chiqa 
boshladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilinadi. Geografiya ta’limida 
kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo‘lga qo‘yildi.1927 yilda Samarqand oliy 
pedagogika instituti ochildi.1930 yil-lar oxirlariga kelib oliy ma’lumotli geografiya 
o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Bular N.Ibadov, G.Nazarov, I Mirzaboev,A 
Axrorov va boshqalar edilar. 1930 yillarning o‘rtalarida Toshkent, Buxoro, 
Samarqand, keyinchalik Nukus, Urganch, Qo‘qon, Andijon shaharlarida pedagogika 
institutlari ochildi. Ilg‘or o‘qituvchilarda oliy va o‘quv yurtlari o‘qituvchilari 
geografiyadan darslik va boshqa qo‘llanmalar yaratishga jalb etildi. Darslarda 
o‘quvchilarning mustaqil va amliy ishlariga e’tibor kuchaydi. 
Ikkinchi bosqich 1934-1955 yillarni o‘z ichiga oladi.O‘zbek maktablarida 
geografiya o‘qitishning muayyan bir tartibga tushish bosqichi bo‘lib, bu davrda 
yagona dastur asosida muayyan darsliklar yaratiladi.O‘quvchi va o‘qituvchilar 
uchun o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanmalari nashr etila boshlandi. Maktab 
geografiyasiga xissa qo‘sha oladigan metodistlar, geografiya o‘qituvchilari yetishib 
chiqa boshladi. Ko‘plab metodik kitoblar rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girildi. 1935 
yilda O‘rta Osiyo universitetida - geografiya - geologiya fakulteti tashkil etildi. 
1935-1940 yillar mobaynida O‘zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida 
geografiya mutaxasisligi ochildi. 1943 yilgacha Respublikada 10ga yaqin 
o‘qituvchilar institutlari ochildi. Ularda geografiya o‘qituvchilari ham tayyorlangan. 
Geografiya  o‘qituvchilarining  ta’lim sohasidagi ehtiyojlari e’tiborga olinib, ularga 
metodik yordamni kuchaytirish maqsadida o‘qituvchilar malakasini oshirish 
institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari (kafedralari) tashkil etiladi. 
    Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf 
N.N.Baranskiyning xizmatlari katta bo‘lgan.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya 
darsligi 20 yil maboynida muntazam ravishda nashr yetib turildi. N.N.Baranskiy 
"o‘qituvchi-ta’lim jarayonida markaziy figura" deb takidlagan edi. U geografiya 
ta’limida yetakchi o‘rinni karta va ko‘rsatmalilik egallashi zarur deb "karta-
va atamalar", "Samarqand", "Maktabda o‘lkani o‘rganishning ahamiyati", "Muz davrining oxirlarida Ovropada qanday irklar yashadilar", "Saxroi kabir" va boshqa o‘nlab geografiyaga oid maqolalar elon qilindi. Bu jurnal geografiya o‘qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan yaqindan yordam bergan. 1931 yil 4 iyuldan "Madaniy inqilob" (keyinchalik "O‘qituvchilar gazetasi", hozirda "Ma’rifat") gazetasi chiqa boshladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilinadi. Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo‘lga qo‘yildi.1927 yilda Samarqand oliy pedagogika instituti ochildi.1930 yil-lar oxirlariga kelib oliy ma’lumotli geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Bular N.Ibadov, G.Nazarov, I Mirzaboev,A Axrorov va boshqalar edilar. 1930 yillarning o‘rtalarida Toshkent, Buxoro, Samarqand, keyinchalik Nukus, Urganch, Qo‘qon, Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. Ilg‘or o‘qituvchilarda oliy va o‘quv yurtlari o‘qituvchilari geografiyadan darslik va boshqa qo‘llanmalar yaratishga jalb etildi. Darslarda o‘quvchilarning mustaqil va amliy ishlariga e’tibor kuchaydi. Ikkinchi bosqich 1934-1955 yillarni o‘z ichiga oladi.O‘zbek maktablarida geografiya o‘qitishning muayyan bir tartibga tushish bosqichi bo‘lib, bu davrda yagona dastur asosida muayyan darsliklar yaratiladi.O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanmalari nashr etila boshlandi. Maktab geografiyasiga xissa qo‘sha oladigan metodistlar, geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko‘plab metodik kitoblar rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girildi. 1935 yilda O‘rta Osiyo universitetida - geografiya - geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940 yillar mobaynida O‘zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxasisligi ochildi. 1943 yilgacha Respublikada 10ga yaqin o‘qituvchilar institutlari ochildi. Ularda geografiya o‘qituvchilari ham tayyorlangan. Geografiya o‘qituvchilarining ta’lim sohasidagi ehtiyojlari e’tiborga olinib, ularga metodik yordamni kuchaytirish maqsadida o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari (kafedralari) tashkil etiladi. Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf N.N.Baranskiyning xizmatlari katta bo‘lgan.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20 yil maboynida muntazam ravishda nashr yetib turildi. N.N.Baranskiy "o‘qituvchi-ta’lim jarayonida markaziy figura" deb takidlagan edi. U geografiya ta’limida yetakchi o‘rinni karta va ko‘rsatmalilik egallashi zarur deb "karta-
 
 
geografiyaning ikkinchi tilidir", Karta-geografiyaning alfasi va omegasi,"Birgina 
karta bir necha varaq matnning o‘rniga o‘tadi" degan o‘lmas fikr va g‘oyalarini 
o‘rtaga tashladi. 
     2-jahon urushi geografiya ta’limiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan 
qolmadi.Ko‘pgina geografiya o‘qituvchilari frontga jo‘nab ketdilar. Oliy o‘quv 
yurtlarida mutaxasislar tayyorlash izdan chiqdi. O‘quv qo‘llanmalar umuman 
etishmay qoldi. Urushdan keyingi yillarda dastlab 4 yillik, keyin 7 va 8 yillik 
majburiy to‘liq o‘rta ta’limga bosqichma-bosqich o‘tilishi, ta’lim mazmunini tubdan 
qayta qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o‘qituvchilari diqqati ko‘proq 
o‘quv jarayonini amaliyot bilan bog‘lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot 
bilan bog‘lash borasida tabiiy sharoitning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga katta 
e’tibor berildi. O‘z o‘lkasi geografiyasini o‘rganish va o‘z joyini kartasini chizish, 
ob-havoni kuzatish, o‘z joyidagi barcha tabiiy kompleks-komponentlarini o‘rganish 
geografiyani turmush bilan bog‘lashga qaratildi. Maktabni turmush bilan bog‘lash 
haqidagi qaror asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlariga katta e’tibor berildi. 
O‘zbekiston geografiyasini o‘rganishga bir muncha e’tibor kuchaydi. Sinfdan 
tashqari ishlar faoliyati kuchaydi. 1953-1954 o‘qish yillaridan boshlab amaliy 
mashg‘ulotlarni uyutirish majburiy tarzda maktab geografiya dasturlariga kiritildi. 
O‘quvchilar 
dunyoqarashini 
shakllantirishga, 
mehnatga 
muhabbat 
ruhida 
tarbiyalashga e’tibor kuchaydi. 
    Uchinchi bosqich - 1956-1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush 
bilan bog‘lash bosqichi desa bo‘ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo‘yicha ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borildi. O‘qitishning samarali xillari toboro kengroq joriy qilina 
boshlandi. Maxalliy milliy kadrlar, yirik geograf va metodistlar yetishib 
chiqdi.O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy ommobop va metodik adabiyotlar 
tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum bir tizimga tusha bordi. 
1958 yil 24 dekabrda Oliy Sovetning maktab haqidagi qonuni geografiyaning 
takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonun boshqa fanlar qatori 
geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborni 
kuchaytirdi. Geografiya ta’limida o‘z o‘lkasini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan talab 
oshdi. O‘zbekistonda geografiya ta’limini takomilashtirishda bir qancha ilmiy 
maskanlar va oliy o‘quv yurtlari qatori Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish
geografiyaning ikkinchi tilidir", Karta-geografiyaning alfasi va omegasi,"Birgina karta bir necha varaq matnning o‘rniga o‘tadi" degan o‘lmas fikr va g‘oyalarini o‘rtaga tashladi. 2-jahon urushi geografiya ta’limiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi.Ko‘pgina geografiya o‘qituvchilari frontga jo‘nab ketdilar. Oliy o‘quv yurtlarida mutaxasislar tayyorlash izdan chiqdi. O‘quv qo‘llanmalar umuman etishmay qoldi. Urushdan keyingi yillarda dastlab 4 yillik, keyin 7 va 8 yillik majburiy to‘liq o‘rta ta’limga bosqichma-bosqich o‘tilishi, ta’lim mazmunini tubdan qayta qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o‘qituvchilari diqqati ko‘proq o‘quv jarayonini amaliyot bilan bog‘lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan bog‘lash borasida tabiiy sharoitning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga katta e’tibor berildi. O‘z o‘lkasi geografiyasini o‘rganish va o‘z joyini kartasini chizish, ob-havoni kuzatish, o‘z joyidagi barcha tabiiy kompleks-komponentlarini o‘rganish geografiyani turmush bilan bog‘lashga qaratildi. Maktabni turmush bilan bog‘lash haqidagi qaror asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlariga katta e’tibor berildi. O‘zbekiston geografiyasini o‘rganishga bir muncha e’tibor kuchaydi. Sinfdan tashqari ishlar faoliyati kuchaydi. 1953-1954 o‘qish yillaridan boshlab amaliy mashg‘ulotlarni uyutirish majburiy tarzda maktab geografiya dasturlariga kiritildi. O‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga e’tibor kuchaydi. Uchinchi bosqich - 1956-1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush bilan bog‘lash bosqichi desa bo‘ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O‘qitishning samarali xillari toboro kengroq joriy qilina boshlandi. Maxalliy milliy kadrlar, yirik geograf va metodistlar yetishib chiqdi.O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy ommobop va metodik adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum bir tizimga tusha bordi. 1958 yil 24 dekabrda Oliy Sovetning maktab haqidagi qonuni geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonun boshqa fanlar qatori geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborni kuchaytirdi. Geografiya ta’limida o‘z o‘lkasini chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan talab oshdi. O‘zbekistonda geografiya ta’limini takomilashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oliy o‘quv yurtlari qatori Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish
 
 
institutidagi geografiya labaratoriyasining xizmatlari katta bo‘ldi. Bu institut 
geografiya laboratoriyasida P.Musaev rahbarligidagi metodist geograf olimlar 
maktabda geografiya o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha qator izlanishlar olib 
bordi. P.Musaev o‘sha mustamlaka yillarida ham xech narsadan xadiksiramasdan 
milliy maktab muammolari bo‘yicha g‘oyat dadil fikrlarini ilgari suradi. 
    
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo‘llanma va 
darsliklar nashr etila boshlandi. O‘sha davrlarda O‘zbekistonda geografiya  fanini  
takomillashtirishda A.Obidov, O.Saidrasulov, X.Xasanov, N.Dolimov, Z.Akramov, 
O.Muminov, M.Nabixanov, I.Mirzaboev va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi. 
Umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar, darslik 
va metodik qo‘llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi. Bunda X.Xasanov, 
P.Sultonov, M.Koriev, P.G‘ulomov, R.Raximbekovlar unumli mehnat qildilar. 
Jumladan 
N.F.Kurazovning 
"Geografiya 
o‘qitish 
metodikasi" 
(1962) 
P.Budanovning "Tabiiy  geografiya metodikasi" (1950) A.V.Darinskiyning 
"Geografiya o‘qitish metodikasi"(1964) N.Dolimovning "O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasi" yangi darsliklari bosmadan chiqdi. 
    To‘rtinchi bosqich - 1967-1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli 
o‘zgarishlar  paydo bo‘ldi. O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop qilindi. Ta’limni 
isloh qilish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi 
va yangi o‘quv kartalari paydo bo‘ldi. O‘lkashunoslikka e’tibor birmuncha 
kuchaydi.Ammo O‘zbekiston geografiyasini o‘rganish bo‘yicha soatlar xajmi 20% 
dan oshmadi. 1960 yillardan boshlab, O‘zbekistonda geografiya ta’limi 
metodikasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 
O.Muminov "O‘zbek maktablarida tabiiy geografiya o‘qitish masalalari" (1967), 
T.Abdullaeva 
"Tabiiy 
geografiya 
o‘qitishda 
O‘zbekiston 
tabiati 
haqida 
o‘lkashunoslik 
materiallaridan 
foydalanish” 
(1967) 
M.Nabixanov 
"SSSR 
geografiyasida badIIy ko‘rsatmalik vositalarining roli va qo‘llanishi"  (1969) 
P.Musaev "O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasini o‘qitish xususiyatlari" (1968), 
M.Juraboev "O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitishda predmetlararo 
aloqalarni joriy etish" (1969), M.Asanov "Topografik tushunchalarni shakllantirish" 
(197O), M.Yunusova "Geografiya ta’limida natural qo‘llanmalardan foydalanish" 
(1985), R.Qurbonniyozov "Geografiyadan fakultativ mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni
institutidagi geografiya labaratoriyasining xizmatlari katta bo‘ldi. Bu institut geografiya laboratoriyasida P.Musaev rahbarligidagi metodist geograf olimlar maktabda geografiya o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha qator izlanishlar olib bordi. P.Musaev o‘sha mustamlaka yillarida ham xech narsadan xadiksiramasdan milliy maktab muammolari bo‘yicha g‘oyat dadil fikrlarini ilgari suradi. 1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo‘llanma va darsliklar nashr etila boshlandi. O‘sha davrlarda O‘zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, O.Saidrasulov, X.Xasanov, N.Dolimov, Z.Akramov, O.Muminov, M.Nabixanov, I.Mirzaboev va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi. Umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar, darslik va metodik qo‘llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi. Bunda X.Xasanov, P.Sultonov, M.Koriev, P.G‘ulomov, R.Raximbekovlar unumli mehnat qildilar. Jumladan N.F.Kurazovning "Geografiya o‘qitish metodikasi" (1962) P.Budanovning "Tabiiy geografiya metodikasi" (1950) A.V.Darinskiyning "Geografiya o‘qitish metodikasi"(1964) N.Dolimovning "O‘zbekiston tabiiy geografiyasi" yangi darsliklari bosmadan chiqdi. To‘rtinchi bosqich - 1967-1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi va yangi o‘quv kartalari paydo bo‘ldi. O‘lkashunoslikka e’tibor birmuncha kuchaydi.Ammo O‘zbekiston geografiyasini o‘rganish bo‘yicha soatlar xajmi 20% dan oshmadi. 1960 yillardan boshlab, O‘zbekistonda geografiya ta’limi metodikasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O.Muminov "O‘zbek maktablarida tabiiy geografiya o‘qitish masalalari" (1967), T.Abdullaeva "Tabiiy geografiya o‘qitishda O‘zbekiston tabiati haqida o‘lkashunoslik materiallaridan foydalanish” (1967) M.Nabixanov "SSSR geografiyasida badIIy ko‘rsatmalik vositalarining roli va qo‘llanishi" (1969) P.Musaev "O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasini o‘qitish xususiyatlari" (1968), M.Juraboev "O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitishda predmetlararo aloqalarni joriy etish" (1969), M.Asanov "Topografik tushunchalarni shakllantirish" (197O), M.Yunusova "Geografiya ta’limida natural qo‘llanmalardan foydalanish" (1985), R.Qurbonniyozov "Geografiyadan fakultativ mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni
 
 
mehnatga yo‘naltirish" (1986) mavzulari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarini 
himoya qildilar. O‘rta va Oliy maktablarda Geografiya o‘qitish metodikasini 
rivojlantirishda X.Xasanovning xizmatlari katta bo‘ldi. Professor Xasanov 
o‘quvchilar va geografiya o‘qituvchilari uchun o‘nlab ilmiy maqolalar ilmiy 
ommobop adabiyotlarni o‘quvchilar diqqatiga havola etdi va nashr ettirdi. Bular: 
"Geografiya terminlari lug‘ati" (1964) "Sayyoh  geograflar" (1965) "Yer tili" (1967) 
"Maxmud Qoshg’‘ariy" (1965), "Geografik nomlar imlosi" (1962) va boshqalar 
bunga misoldir. X.Xasanov geografiya metodikasiga oid ishlaridao‘quvchi va 
talabalarning mustaqil ishlari, metodlari, bilimlarni nazorat qilishning o‘ziga xos 
tomonlarini ishlab chiqdi, rivojlantirdi, takomillashtirdi. 
    1960-1970 yillar oralig‘ida geografiya o‘qitish metodikasiga oid ko‘plab o‘quv 
qo‘llanmalari chop etildi va tarjima qilindi. Bular: M.Qorievning "O‘rta Osiyo tabiiy 
geografiyasi" (1964,1968 yillarda) O.Mo‘minov, E.Belskaya 2-3-4 sinflar uchun 
"Tabiatshunoslik", M.Qoriev, N.Dolimov, O.Mo‘minov "O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasi" (7 sinf), Z.Akramov, P.Musaev "O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi" 
(8 sinf), M.Nabixanov, E.Safarov, G.Asanovlarning "O‘zbekiston ijtimoiy va 
iqtisodiy geografiyasi" (oliy o‘quv yurtlari uchun) P.Musaev "O‘zbekiston SSR 
iqtisodiy geografiyasini o‘qitish" (1977) O.Muminov "Geografiya ta’limi 
metodikasi" (1978) P.Musaev, R.Qurbonniyozovning "Geografik o‘yinlar" (1978-
1990), I.Abdug‘aniev "Geografiya darslarida ta’limning texnikalaridan foydalanish" 
(1990), ko‘plab darslik o‘quv va metodik qo‘llanmalar chop qilindi. 
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davrlarda geografiya metodikasi erishgan 
yutuqlar bevosita o‘qituvchilar amaliyoti bilan muntazam bog‘langan edi. Bu avvalo 
geografiya ta’limi metodlari bo‘yicha mahalliy sharoitni e’tiborga oladigan 
nazariyalar paydo bo‘ldi. Geografiya fanini o‘qitishda kartalarning o‘rni nihoyatda 
katta. Mamlakatimizda geografik va topografik kartalarni vujudga kelishi, maktab 
geografiyasining mazmunini ancha boyitdi. Bu sohada samarali ilmiy izlanishlar olib 
borildi. T.Mirzaliev, A.Egamberdiev va boshqalar tomonidan talaygina o‘quv 
qo‘llanmalar, kartalar chop qilindi. Bevosita uning rahbarligida geografiya 
o‘qituvchilari uchun geografik kartalar va ulardan foydalanish (1978) "Kartografiya" 
(1982), "Geografik tadqiqotlarda aerokosmik metodlar" (1981), "Kosmos xalq 
xo‘jaligida" (1985) va boshqalar shular jumlasidandir.
mehnatga yo‘naltirish" (1986) mavzulari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. O‘rta va Oliy maktablarda Geografiya o‘qitish metodikasini rivojlantirishda X.Xasanovning xizmatlari katta bo‘ldi. Professor Xasanov o‘quvchilar va geografiya o‘qituvchilari uchun o‘nlab ilmiy maqolalar ilmiy ommobop adabiyotlarni o‘quvchilar diqqatiga havola etdi va nashr ettirdi. Bular: "Geografiya terminlari lug‘ati" (1964) "Sayyoh geograflar" (1965) "Yer tili" (1967) "Maxmud Qoshg’‘ariy" (1965), "Geografik nomlar imlosi" (1962) va boshqalar bunga misoldir. X.Xasanov geografiya metodikasiga oid ishlaridao‘quvchi va talabalarning mustaqil ishlari, metodlari, bilimlarni nazorat qilishning o‘ziga xos tomonlarini ishlab chiqdi, rivojlantirdi, takomillashtirdi. 1960-1970 yillar oralig‘ida geografiya o‘qitish metodikasiga oid ko‘plab o‘quv qo‘llanmalari chop etildi va tarjima qilindi. Bular: M.Qorievning "O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi" (1964,1968 yillarda) O.Mo‘minov, E.Belskaya 2-3-4 sinflar uchun "Tabiatshunoslik", M.Qoriev, N.Dolimov, O.Mo‘minov "O‘zbekiston tabiiy geografiyasi" (7 sinf), Z.Akramov, P.Musaev "O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi" (8 sinf), M.Nabixanov, E.Safarov, G.Asanovlarning "O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi" (oliy o‘quv yurtlari uchun) P.Musaev "O‘zbekiston SSR iqtisodiy geografiyasini o‘qitish" (1977) O.Muminov "Geografiya ta’limi metodikasi" (1978) P.Musaev, R.Qurbonniyozovning "Geografik o‘yinlar" (1978- 1990), I.Abdug‘aniev "Geografiya darslarida ta’limning texnikalaridan foydalanish" (1990), ko‘plab darslik o‘quv va metodik qo‘llanmalar chop qilindi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davrlarda geografiya metodikasi erishgan yutuqlar bevosita o‘qituvchilar amaliyoti bilan muntazam bog‘langan edi. Bu avvalo geografiya ta’limi metodlari bo‘yicha mahalliy sharoitni e’tiborga oladigan nazariyalar paydo bo‘ldi. Geografiya fanini o‘qitishda kartalarning o‘rni nihoyatda katta. Mamlakatimizda geografik va topografik kartalarni vujudga kelishi, maktab geografiyasining mazmunini ancha boyitdi. Bu sohada samarali ilmiy izlanishlar olib borildi. T.Mirzaliev, A.Egamberdiev va boshqalar tomonidan talaygina o‘quv qo‘llanmalar, kartalar chop qilindi. Bevosita uning rahbarligida geografiya o‘qituvchilari uchun geografik kartalar va ulardan foydalanish (1978) "Kartografiya" (1982), "Geografik tadqiqotlarda aerokosmik metodlar" (1981), "Kosmos xalq xo‘jaligida" (1985) va boshqalar shular jumlasidandir.
 
 
   O‘zbekistonda 1969-1970 o‘quv yilida geografiyadan yangi dasturlar joriy etildi 
va u 1980-81 o‘quv yiligacha amal qildi. Bu dastur bir muncha takomillashtirildi. 
Har bir geografiya kursi uchun zarur amaliy ishlar uyushtirish qat’iy qilib qo‘yildi. 
Birinchi marta dasturda mavzular bo‘yicha fanlararo aloqalar, o‘quvchilar bilimi va 
bajara olishi zarur bo‘lgan bilimlar alohida ko‘rsatildi. Umumta’lim maktablarni 
takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga tayyorgarlik ishlari 
ko‘rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan qolmadi. 
Maktab 
geografiyasi 
kurslari 
tarkibida 
ham 
bazi 
o‘zgarishlar 
paydo 
bo‘ldi.Ta’limning 9-yillik tizimga o‘tishi bilan geografiyani o‘qitishda ham mehnat 
ta’limi, kasb tanlash, politexnik ta’lim elementlari, iqtisodiy bilimlar kiritildi.  
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, respublika xo‘jaligining barcha 
sohalarida bo‘lganidek ta’limda ham tub islohatlar davri boshlandi.  1992 yilda ilk 
bor O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi yangi Qonuni qabul qilindi. 
Uning 3- moddasida "Ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan 
yondashuv" zarurligi ta’kidlangan. Bu qonunga asosan mamlakatimizda geografiya 
ta’limida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Yangi mazmundagi o‘quv dasturlar va 
rejalari ishlab chiqildi. Dasturlar asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari metodik 
adabiyotlari yaratishga kirishildi. Sobik SSSR tabiiy va iqtisodiy geografiyalari 
o‘rniga o‘z respublikamizni shu sohadagi geografiyasini atroflicha o‘rganishga 
o‘tildi. Ta’lim muassasalarini ilmiy maktab uchun zarur bo‘lgan didaktik vositalar 
bilan ta’minlashga, o‘quv muassasalarini atestatsiya va ankreditatsiyadan o‘tkazish 
tizimiga kirishildi va amalga oshirildi. Asta-sekin milliy ta’lim tizimi shakllana 
boshladi. Metodist olim P.Musaev rahbarligida geografiya o‘qitishga oid milliy 
ta’lim kontsepsiyasi ishlab chiqildi.Milliy maktablarda geografiya o‘qitish 
mazmunan va deyarlik o‘zgardi.Xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasi bo‘yicha 
hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ulardagi ilg‘or pedagogik texnologiya tankidiy nuqtai 
nazardan ko‘rib chiqildi. Mamlakatimizda tashkil qilingan "Ustoz" jamg‘armasi 
orqali ko‘pgina geograflar xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning tajribalarini 
o‘rganib qaytdilar. Amalga oshrilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o‘ziga xos 
milliy ta’lim tizimi shakllanib, ta’limning moddiy bazasi mustahkamlanib bordi. 
    
Mamlakatimizda yangi turdagi o‘quv muassasalari, litseylar, gimnaziyalar, 
kollejlar tashkil qilindi. Ularda ta’lim tizimi deyarli yangidan uyushtirildi. Barcha
O‘zbekistonda 1969-1970 o‘quv yilida geografiyadan yangi dasturlar joriy etildi va u 1980-81 o‘quv yiligacha amal qildi. Bu dastur bir muncha takomillashtirildi. Har bir geografiya kursi uchun zarur amaliy ishlar uyushtirish qat’iy qilib qo‘yildi. Birinchi marta dasturda mavzular bo‘yicha fanlararo aloqalar, o‘quvchilar bilimi va bajara olishi zarur bo‘lgan bilimlar alohida ko‘rsatildi. Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan qolmadi. Maktab geografiyasi kurslari tarkibida ham bazi o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.Ta’limning 9-yillik tizimga o‘tishi bilan geografiyani o‘qitishda ham mehnat ta’limi, kasb tanlash, politexnik ta’lim elementlari, iqtisodiy bilimlar kiritildi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, respublika xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidek ta’limda ham tub islohatlar davri boshlandi. 1992 yilda ilk bor O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi yangi Qonuni qabul qilindi. Uning 3- moddasida "Ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv" zarurligi ta’kidlangan. Bu qonunga asosan mamlakatimizda geografiya ta’limida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Yangi mazmundagi o‘quv dasturlar va rejalari ishlab chiqildi. Dasturlar asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari metodik adabiyotlari yaratishga kirishildi. Sobik SSSR tabiiy va iqtisodiy geografiyalari o‘rniga o‘z respublikamizni shu sohadagi geografiyasini atroflicha o‘rganishga o‘tildi. Ta’lim muassasalarini ilmiy maktab uchun zarur bo‘lgan didaktik vositalar bilan ta’minlashga, o‘quv muassasalarini atestatsiya va ankreditatsiyadan o‘tkazish tizimiga kirishildi va amalga oshirildi. Asta-sekin milliy ta’lim tizimi shakllana boshladi. Metodist olim P.Musaev rahbarligida geografiya o‘qitishga oid milliy ta’lim kontsepsiyasi ishlab chiqildi.Milliy maktablarda geografiya o‘qitish mazmunan va deyarlik o‘zgardi.Xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ulardagi ilg‘or pedagogik texnologiya tankidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi. Mamlakatimizda tashkil qilingan "Ustoz" jamg‘armasi orqali ko‘pgina geograflar xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning tajribalarini o‘rganib qaytdilar. Amalga oshrilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o‘ziga xos milliy ta’lim tizimi shakllanib, ta’limning moddiy bazasi mustahkamlanib bordi. Mamlakatimizda yangi turdagi o‘quv muassasalari, litseylar, gimnaziyalar, kollejlar tashkil qilindi. Ularda ta’lim tizimi deyarli yangidan uyushtirildi. Barcha