Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi
Reja:
1. Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi
2.Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari
3. Modulli origami gullari yasash
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mutafakkirlar merosida mehnat
tarbiyasi, kasb-hunarga oid fikrlari kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir
turlari.
O’tmishda yashab, ijod etgan mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va
ma’rifatparvar shoirlar mehnatning o’ziga xos xususiyatlari, uning inson uchun qadr-
qimmati, kasb-hunar egallashning mazmun-mohiyati, mehnatning tarbiyaviy
imkoniyatlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirib o’zlaridan juda katta ilmiy meros
qoldirgan. Shu ilmiy merosning biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki,
ulardan yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda, kasb-hunarga
qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. O’tmish tarixida qayd etilib
o’tilganidek, o’zbek xalqining qadimiy madaniyatida mehnat bilan shug’ullanish
shon-sharaf hisoblangan, kasb-korining asosiy mazmunini esa dehqonchilik,
chorvachilik va hunarmandchilikni tashkil etgan. Zamonlar o’tib milliy madaniyat
rivojlanib borgan, insonlar ongi o’sib borishi natijasida esa ularning turmush tarzi,
yashash sharoitlari ham ijobiy tomonlarga o’zgarib kelgan. Asrlar osha shakllanib
borgan kasb-hunar davr o’tib borishi bilan ularning har biri o’z ichida o’nlab
tarmoqlarni hosil qilgan. Xalq ichidan har bir sohani yaxshi tushunadigan, o’z ishini
a’lo darajada bajaradigan ustalar, bilimli kishilar, mutafakkir allomalar kamol
topgan. O’rta Osiyoda tug’ilib kamol topgan mutafakkirlar mehnatning, turli kasb-
korlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunib o’zlarining oltinga teng ilmiy merosini
qoldirgan. Ularning kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari biz uchun milliy
merosdir. Mutafakkirlar ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish, ularga
kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy an’analarimizga
binoan hunarmand va kosib, me’mor va naqqosh, dehqon va chorvodor, to’quvchi
va
nonvoy
uztoz-shogird
munosabatlarini
amalga
oshirib
kelmoqdolar.
Xalqimizning buyuk farzandi, o’zining ilmiy qarashlari bilan ulug’ mutafakkirga
aylanganlardan biri - Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850)dir.
Uning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan
hech ham mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy
kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi.
Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo’lgan, deydi.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik
vakillaridan yana biri Abu Nasr Al-Farobiy (870-950) hisoblanadi. Al-Farobiyning
o’z davri uchun juda katta xizmatlar qilgan. Uning buyuk xizmatlaridan biri -
insonlarni ilm-ma’rifatli bo’lishga, mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga da’vat
qilishi bo’lgan.Farobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarni bildirib, qimmatli
maslahatlar bergan, chunonchi, ta’lim–so’z va ko’nikmalar majmuyi, tarbiya esa
amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, muayyan kasb-hunarga berilgan, u
bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytrgan. Bu
mulohazalardan anglanib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan zarur
hayotiy vosita bo’lib kelgan.
Al-Farobiy kasb-hunar va xalqoniy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash,
mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini uqtiradi. U insonning kasb-hunar egallashi
bilan bir qatorda ma’naviy madaniyatli bo’lishini e’tirof etadi. Mutafakkir bu borada,
har bir kishi o’zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga topshirilgan ishga
nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o’z “kasb-hunarini mukammal bilmog’i,
yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq- atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak” deb
ta’kidlaydi. Xalqimizning yana bir mutafakkiri - Abu Rayon Beruniy (978-1048) dir.
Beruniy mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va kamoloti, uning
halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb biladi. U kasb-hunarga, turli
asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan
davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli m’alumotlar
berilgan.
Beruniy mehnatni ulug’aydi. Ayniqsa, olimlar mehnati tufayli ilmiy
yodgorliklar bunyod etilishini tasavvur qilgan mutafakkir sifatida alohida ko’zga
tashlanadi. U “har bir kishining qadr- qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida” deb
biladi.
Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga
bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari
mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish,
xayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa
qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida
gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib
turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi
kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining
tayanchi, deb ta’kidlaydi.
Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi.
Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak deydi. Mehnat
tarbiyasida o’sha davr tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi.
Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida
emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar
o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi
pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish
jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani
shogirdlarning malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Abu
Rayhon Beruniyning zamondoshi, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning
ilmiy faoliyatida ham mehnatga bo’lgan ilmiy qarashlarni ko’rishimiz mumkin.
Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat xalqning qadr-qiymati ekanligini,
uning manfaati uchun esa astoydil kurashish kerakligini Ibn Sino asarlarida
uchratamiz. Mutafakkirning ilmiy qarashlaridan birini - “Odam ijtimoiy jondir”
degan fikridan anglash mumkin. Bu fikrning ilgari surilishi shundan dalolat beradiki,
Ibn Sino odamning yaxshi yashashi, sog’lom turmush tarziga erishishi uchun eng
zarur narsa foydali mehnat ekanligini muhim deb biladi.
Olimning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari diqqatga sazovordir.
Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror
hunarni o’rgansa, unu hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani
ta’minlaydigan bo’lsagina, otasi uni uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi.
Olim ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va
hunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga
mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand,
dehqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U
mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir
etishini to’g’ri talqin etadi.O’tmishda O’rta Osiyoda juda ko’plab shoirlar ijod qilib
o’tgan. Ular o’z asarlarida mehnat tariyasini, ijtimoiy foydali mehnatning inson
hayotidagi o’rni va ahamiyatini ko’p bora qayd etganlar. Masalan, O’rta Osiyodagi
juda ko’plab shoirlar ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020) o’zining
“Shohnoma” asarida mehnatni ulug’lab o’tgan. Asarda o’z xalqiga mehr-muhabbat
bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bag’ishlangan misralarni
ko’plab uchratish mumkin:
Hunar bilan aqling birikkan hamon
Har ish bu jahonda yurishgay ravon
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj
Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan biri Nosir Xisrav (1004-1088),
dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlar ekanligi, bunday
insonlar sirasiga jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar,
kosiblar, binokorlar ekanligini o’z asarlarida juda ajoyib misralar bilan bitgan:
Kasbdan shod-u xurram yo’q jahonda,
Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda.
Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay,
Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay.
Arzir uning bo’lsa boshi osmonda,
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb-hunar
tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar
ekan, o’z hayoti mobaynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak, buning uchun
esa mehnatga oshna bo’lmog’i darkor, shundagina mehnat hayot chirog’iga yog’
quyib turadi. Mutafakkir Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida jamiyat
taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: «Agar kishi
har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunari bo’lmasa, u xaloyiqning izzat
va hurmatidan noumid bo’lur. Kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib
borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada deb qaraydi. Dehqonchilik
ilmini egallash, mazkur ishda erni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli bo’lishni
ta’kidlaydi. Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni, mehnatkash insonga hurmat
tuyg’usini tarbiyalaydi, jismoniy mehnat bilan ham aqliy mehnat kabi shug’ullanish
lozimligini bayon etadi. Muslihiddin Sa’diy ham bilim olishning afzalliklarini
yoritib berish bilan birga ma’lum hunar sirlarini egallashning inson hayotidagi
ahamiyatini ko’rsatib berishga urinadi. Allomaning qayd etishicha, muayyan
hunarning egasi bo’lgan inson eng mashaqqatli damlarda ham o’zgalarning yordami
va madadiga muhtoj bo’lmaydi, balki o’z hunarining sharofati bilan muammolarni
hal eta oladi.
Mutafakkir ta’kidlab o’tganidek, “Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Agar
hunarmand molidan mahrum bo’lsa, qayg’usi yo’qdir, chunki hunarning o’zi
davlatdir. Hunarmand qayerga borsa, qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi.
Hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi”:
Istar esang otangdan meros,
Bog’la otang ilmiga ixlos .
Ne nafi bor otang boyligin,
Bir kun tugatursan necha oyligin.
Mehnat, kasb-hunar haqida mutafakkir Mirzo Ulug’bekning ham o’ziga xos
qarashlari bor. U bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga
yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur
deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida
shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kecha-yu kunduz ishladik,
o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha, biz o’zimizga qadar yaratilgan
jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach,
o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik”
Mirzo Ulug’bek kabi davlat arbobi bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur
ijodiy faoliyatida ham mehnat tarbiyasi haqida qarashlari beqiyos. Bobur mehnat
haqida o’z farzandlari va yaqin birodarlariga ko’p marotaba gapirgan. U o’zining
dunyoga mashhur “Boburnoma” asarida chin ma’noda mehnatni va mehnat qilgan
jamoani qadrlash muhimligi to’g’risida yozadi. Mutafakkir alloma Abdurahmon
Jomiy esa hunarni e’zozlagan rahbarning o’z xalqi hurmat-e’tiboriga sazovor
bo’lishi hamda rahbar qachonki, elning ehtiromiga muyassar bo’lar ekan, ana
shundagina mamlakat gullab yashnashi mumkinligini ta’kidlaydi. U hunar sirlarini
o’zlashtirish foydadan holi bo’lmasligini uqtiradi. Ayni o’rinda insonning qadr-
qiymati uning mol-u mulki bilan emas, aksincha, u tomonidan egallangan hunarning
kishilar maishiy hayotini farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishiga
urg’u berib o’tadi.
Odamning qiymati emas sim-u zar,
Odamning qiymati bilim ham hunar.
Nazar sol, dunyoda hunar tufayli,
Xojasidan qadri ortiq ko’p qullar.
Qanchalab xojalar hunarsiz uchun,
Qullari oldida beo’q, besipar.
Mutafakkir bilim hamda hunarsiz kishini o’tindan boshqa narsaga
yaramaydigan mevasiz daraxtga o’xshatadi. U har bir yoshni ilm-u hunar sirlarini
o’rganishga, bu yo’lda sabrli, matonatli bo’lishga undaydi. Insonga baxtli turmush
baxsh etuvchi vosita - mehnat, har bir inson o’z halol mehnati bilan yashamog’i
lozimligini ta’kidlaydi.
Mehnating bo’lsin doim yo’ldoshing
O’zga minnatidan og’ritma boshing.
Ulug’ alloma, o’zbek she’riyatining sultoni, mir Alisher Navoiy asarlarida
mehnatning ulug’vorligi, egallangan kasb-hunarni avaylab-asrab faoliyat yuritish
kerakligini guvohi bo’lamiz:
Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.
Mutafakkirlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariydir. U ixlos bilan qilingan
mehnatning zoye emasligi, kishilarni birlashib mehnat qilishga chorlaydi.
Qoshg’ariy har bir ishda boshqalar maslahati, kengash bilan ish yuritish, olim va
tajribali insonlar fikriga tayanish yaxshi fazilat ekanligini ta’kidlaydi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma ijodiyot avloddan
avlodga o’tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari
haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. Zero, inson halol mehnati
bilan ulug’ savoblar vaqtida qilingan darajalarga erishish mumkin.
Atoqli shoir Nizomiy Ganjaviyning: “O’qib-o’rganilgan har bitta hunar
hunarmandga bir kun foyda keltirar”, - deb yozgani o’ziga xos ilmiy asosga ega.
Biror kasb-hunari bor kishi, albatta, hayotda o’z o’rnini topadi. “Har kimning zari
bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir xavf-xatari bo’lmaydi. Shuning
uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i kerak”, degan hikmatli so’zni Ganjaviy
o’z o’rnida juda to’g’ri ifodalagan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab o’tgan taniqli olim va ma’rifatparvar
Aliy Nazimoning Markaziy Osiyoda katta shuhrat qozongan va maktab-
madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan “Ta’limi banot” (“Qizlar tarbiyasi”)
kitobida: “Yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berishda ular uchun nihoyatda kerakli,
o’rganmaslikning aslo iloji bo’lmagan fandir” degan jumlalarni o’qiymiz. Zero,
mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, yaxshi mehnat qilish
orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Birinchisi, moddiy ehtiyoj, ikkinchisi,
ma’naviy ehtiyoji, uchinchisi esa mehnat ehtiyojini qondirishdir.
Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma`naviy va mehnat ehtiyojlari ham
qondiriladi. O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, nafaqat mehnatni sevishga, balki
u bilan shunday uyg’unlashishiga ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib
ketsin. Ularni kasb-hunarga yo’naltirish orqali biror kasb egasi bo’lishida, mehnatsiz
biror – bir narsaga erisha olmasliklarini o’quvchilar tushunib yetsinlar. Andre Maruo
aytganidek: “Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur
bag’ishlaydi, baxt keltiradi”. Shu o’rinda Naqshbandiya ta’limotining ahamiyatli
tomonlariga ham e’tibor qaratish lozim. Naqshbandiya halol mehnat qilish orqali kun
kechirish g’oyasini targ’ib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan
“Dil ba yoru, dast ba kor” (Dil Allohda, qo’l ish (mehnat)da) shiori fikrimizning
yorqin isbotidir. Shuning uchun ham Naqshbandiya ta’limotiga kirgan kishilar
mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. Tun-u kun toat-ibodat bilan
shug’ullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon,
mamlakatni obod etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar
mazmunida olg’a surilgan g’oyalarga to’la mos tushadi. Bahouddin Naqshbandning
o’zi ham oddiy, pok inson bo’lib, mehnat qilish evaziga kun kechirgan.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o’tmish merosimiz Sharq
allomalarining bebaho asarlaridan to’g’ri foydalana olish, nafaqat milliy
qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni yuksaltiradi, balki komil inson shaxsini
shakllantirishda ham muhim hissa qo’shadi. Chunki inson hayoti davomida
qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan yaxshilik,
adolat, do’stlik, tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona,
keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy
fazilatlar keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib
qolgan. Mutafakkirlar ta’limotining sarchashmalarini XIX asrning ikkichi yarmi va
XX asr boshlarida Turkiston o’lkasida ta’lim-tarbiyaning rivojlantirishga asos
solgan bir qator pedagog-olimlar faoliyatida ko’rish mumkin. Masalan, Abduqodir
Shakuriy Samarqand maktablariga birinchi bo’lib mehnat va musiqa darslarini
kiritdi. U bolalarni qishloq xo’jalik va bog’dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan
tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham o’rgatgan, bu
mashg’ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan.
Abdulla Avloniy o’tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunar
egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan o’quvchilarni, ularning odamgarchilikka
to’g’ri kelmaydigan ishlar bilan shug’ullanayotganini ko’rib, ulardan nafratlanadi.
Avloniy yoshlarni boylikka ruju qo’ymaslikka undaydi. Boylikni o’tkinchi bulutga
o’xshatadi. Abdulla Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha yomon sifatlarning
ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, mehnatni ulug’laydi, mehnat
kishining eng go’zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan uning «Aqlli bog’bon» hikoyasi
xarakterlidir. Hikoyada aytilishicha: «bir bog’bonning uch o’g’li bo’lib, ular dangasa
va ishyoqmas bo’lganlar. Otada ularga meros qoladigan tangatillo yo’q. Ota umri
tugayotganini sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O’ylab-o’ylab
shunday yo’l tutadi. Har uchchala o’g’lini yoniga chorlaydi. «Ko’zim ochiq ekan,
vasiyatimni sizlarga aytib ketay, mehnat-u mashaqqat ila bir ko’za oltin yiqqanman.
Uni mana shu bog’ga, toklarning birini tagiga ko’mganman. U-sizlarniki. Biroq bu
ishga ko’p yil bo’ldi. Harchand urinsam ham ko’milgan joyni xotirlay olmadim. Uni
o’zlaringiz izlab topinglar va o’zaro bo’lishib olinglar», deydi. Bir ko’za tilla
daragini eshitib uch ishyoqmas uni izlashga tushib ketadi. Bog’ning hamma yerini
kovlab chiqishadi. Sirli ko’za chiqmaydi. Yana erinmay kovlashga tushadilar.
Kutilgan natija esa hamon yo’q. Shu taxlit bog’ ichi bir necha qayta ag’dar-to’ntar
qilinadi. Yerlar qazilaverib, tuprog’i upaga aylanib ketadi hamki, oltinli ko’za
topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur ildizlarigacha ochib
ko’riladi. Bog’da o’sha yili chunonam hosil bo’ladiki, undan bir necha ko’zani
to’ldirgulik oltin oladilar. Uch dangasa o’g’illar ota gaplarining asl ma’nosini, oltin
— mehnatda ekanligini tushunib yetadilar.
Adib o’sha hikoyasi bilan mehnatni ulug’laydi, o’quvchi qalbida mehnatga
muhabbat uyg’otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat orqaligina yetishishini
uqtiradi.
Mehnat tarbiyasi masalasi ma’rifatparvarlar ijodida hamisha faxrli o’rin tutgan.
Ular yoshlarni jamiyat manfaati uchun ishlashga chaqirish bilan birga, ustozlar va
ota-onalarning mehnat tarbiyasi sohasidagi vazifalari nimalardan iborat ekanligini
ham ko’rsatganlar. Xalqimizda ajoyib odat bor: kishilarning bir-biri bilan tanishuvi,
hol-ahvol so’rashuvidan, muomala maromidan boshlanib, kasb-hunar, kasb-korini
aniqlash istagi bilan tugaydi. Shu boisdan har bir fuqaro bir kun kelib o’z-o'ziga:
”Dunyoda qay ahvolda yashadim, qanday g’aroyib ishlarni amalga oshirdim, o’z
taqdirimdan xursandmanmi, oldimda turgan vazifalarni amalga oshira oldimmi,
ko’zlagan maqsadimga erisha oldimmi?” kabi savollarni berishi tabiiy hol. Shuning
ushun ham har bir inson mutaffakir Jaloliddin Rumiyning ”Sen hamma narsani
unutishing mumkin, yolg’iz bir narsani – nechun dunyoga kelgansan, shuni
unutmasang bas. O’zingni arzon arzon sotmagaysan, illo bahoying baland”. Ushbu
jumlalarda tafakkur qiluvchilar, bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchilar uchun yetarli
ma’lumot bo'lishi kerak, deb o’ylash mumkin.
Shu o’rinda Nosir Xisravning quyidagi fikrlari ilm o’rganuvchilar uchun
ibratlidir.
Ilm qidirishga urdim boshimni,
Bekorga o’tkazmadim umrimni bir dam,
Qaydaki eshitsam ilm-u donishni,
Eshigin oldida o’ltirdim mahkam.
Hunaringdan bir kun etarsan baxtga,
Hunarsiz kim etar toj ila taxtga.
Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunar bilan
tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning asarlaridan keng foydalanish maqsadga
muvofiq bo’lar edi. Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular
yaratgan asarlarni ko’z qorachig’iday saqlash kerak.
Kasb-hunarga
yo’naltirishga
oid
o’yin
va
tadbir
turlari
Milliy
qadriyatlarimizdan mia’lumki, o’yinlar, jumladan, kasb-hunarga yo’naltirishga oid
o’yinlar bolalar tomonidan azaldan o’ynalib kelingan. O’yin – bolalarda unga
nisbatan mas’ullik tuyg’usini, o’yin qoidalariga qat’iy rioya qilish burchini
shakllantirib borish bilan bir qatorda mehnatga bo’lgan hissiyotini o’stiradi. Bolalar
o’yin sujetiga muvofiq kerakli narsalarni o’z qo’llari bilan tayyorlaydilar, materiallar
to’playdilar. Bu jihatlar harakatni predmet boshqaradigan o’yin turlarda namoyon
bo’ladi. Bolalar o’yinlarni o’ynash uchun tuproq, loy, ro’molcha, lanka, chillak, turli
qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar, parraklar, varraklar, soqollar, g’altakcha va boshqa
narsalarni o’z qo’llari bilan tayyorlaydilar, tikadilar, yasaydilar. O’yinga mos
toshchalar, tanga, hanguz, oshiq, koptok, yong’oqlarni to’playdilar. Bular bolalarda
ijodkorlik malakasini shakllantirishda xizmat qiladi va o’z navbatida o’yinni tashkil
etuvchi topqirlikka o’rgatadi. Masalan, qizlar qo’g’irchoq yasamoqchi bo’lishsa, bir
tugma, ozgina ip va mato, ikkita cho’pchak topishsa bo’ldi, ular uni
tayyorlaverishadi. Bolalar kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib, ular
obrazini yaratishga harakat qiladilar. Masalan, “Bo’yoq sotuvchi” o’yinida
sotuvchining do’konda o’tirib savdo qilish harakatini, pul va xaridor bilan
muomalasini, savdo-sotiqni tashkil qilish, molni maqtash, narxni oshirishga intilish
kabi shu kasbgagina aloqador nozik holatlarni o’ynab turib aks ettirshga intiladilar.
Shu orqali bolalarda sotuvchilik kasbiga oid ko’nikma va malaka hosil bo’la boradi.
“Kadi pishdi” o’yini dehqon bilan xaridor dialogi asosida tashkil etiladi. Unda
dehqon obrazini haqiqiy dehqonlardek tutishga harakat qiladi. Buning uchun u
taqliddan dehqon kabi yer hadayotgandek, hosil ekayotgandek, hosil parvarish
qilayotgandek va nihoyat hosilni avaylab yig’ishtirib olayotgandek harakatlarni
bajarib ko’rsatadi. Kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib ko’rsatishga molik
yana juda ko’p o’yinlarni bolalar katta qiqish bilan o’ynaydilar. “Bog’bon va gullar”,
“Cho’pon va shog’ol”, “Milissioner”, “Samolyotlar”, “Ot ustida sakrash” va boshqa
o’yinlar kasb-hunar egalari faoliyatini taqlid qilib ko’rsatishga molik o’yin turlariga
misol bo’ladi.
Maktablarda sahna ko’rinishidagi turli-tuman tadbirlar, jismoniy mehnat,
bayram tadbirlari, kasbga bag’ishlangan kechalar muntazam o’tkazib kelinadi. Shu
tariqa o’quvchilar zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblari, xo’jalik turlari,
kasbning rivojlanishi, kasblarni o’zlashtirishning shakllari va shartlari, mehnat
faoliyati jarayonida kasbiy malaka usullari bilan tanishib, o’rganib boradilar.
Mavzu yuzasidan savol va topshirilar:
1. O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar ta’limotining
ahamiyati qanday rol o’ynaydi? Misollarda izohlang.
2. Kasb-hunar haqida ma’lumot bering?
3. Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid qarashlari, fikrlarini misollarda
tushuntirib bering?
4. Kasb-hunar haqida qanday tadbirlar mavjud?
5. An’anaviy kasb-hunarlar deganda nimalar nazarda tutiladi?
6. Kasb-hunar haqidagi o’yinlar va ularni o’ynash usullarini izolab bering?
Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar:
1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.
2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi». Darslik. Т.: TDPU.2015-yil.