NARKOZ TUSHUNCHASI, TURLARI, ASORATLARI BO’YICHA SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOT QILISHINING AHAMIYATI
Yuklangan vaqt
2025-01-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
24,6 KB
NARKOZ TUSHUNCHASI, TURLARI, ASORATLARI BO’YICHA
SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOT QILISHINING
AHAMIYATI
Narkoz (yun. narcosis – karaxtlik) – sun’iy yo’l bilan (ba’zi kimyoviy
moddalar va boshqa omillar ta’sirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda
kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki
qisman yo’qoladi.
Qadim zamonlardan beri bemorlarni jarrohlik usulida davolash vaqtida
insonning yuqori og’riq sezgisini yengib o’tish muammosini hal qilish zarurati
olimlar va shifokorlarni tashvishga solib kelgan. Qadim zamonlardan buyon
insoniyat og’riqsizlantirishning ishonchli va xavfsiz usullarini aniqlash maqsadida
izlanishlar olib bormoqdalar va hozirgi kunda og’riqsizlantirish usullarini
o’rganadigan alohida fan ham mavjud bo’lib, bu anesteziologiya fanidir. Hozirgi
kunda anesteziologiya fani og’riqsizlantirish usullarini takomillashtirish yo’lida
izlanishlarni davom ettirib, umumiy og’riqsizlantirish vaqtida tanada salbiy ta’sir va
keyingi asoratlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Anesteziologiya – og’riqsizlantirish to’g’risidagi fan bo’lib, operatsiya
jarohatining bemor tanasiga nojo’ya ta’siridan himoya qilish usullarini o’rganadi.
Zamonaviy nuqtai nazardan, anesteziologiya – tanani jarrohlik jarohati va uning
oqibatlaridan himoya qilish, jarrohlik aralashuvi vaqtida hayotiy funksiyalarni
nazorat qilish va boshqarishdir. Jarrohlik amaliyoti odam organizmi uchun nafaqat
og’riqli, balki ma’lum bir darajada agressiv omil ham hisoblanib, buning natijasida
organizmda kompensatsiya-adaptiv reaksiyalar kompleksini ham keltirib chiqaradi.
Anesteziyaning asosiy turlari.
Umumiy og’riqsizlantirish (anesteziya) – sun’iy tarzda markaziy asab
tizimining faoliyatini susaytirish bo’lib, bunda bemor chuqur uyqu holatida bo’ladi
va bu jarayon qayta orqaga qaytarilishi mumkin. Narkozda kishi hech narsani
sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yo’qoladi,
reflekslarning ayrim turlari ham yo’qoladi.
Mahalliy og’riqsizlantirish – inson organizmining ma’lum bir qismini, kishi
ongi yoki es-hushini saqlab qolgan holda, sun’iy ravishda og’riq sezuvchanligini
yo’qotishdir.
Anesteziyaga
tayyorgarlik.Bemor
anestezilog
ko’rikdan
o’tkazilib,
quyidagilar aniqlanishi shart:
bemor umumiy ahvolini baholash;
anesteziya o’tkazilishiga nojuya ta’sir qiluvchi omillarni bemor anamnezidan
so’rab aniqlash;
klinik va laborator ma’lumotlarini baholash;
jarrohlik va anesteziya xavfini aniqlash;
anesteziya usulini tanlash;
premedikatsiya xarakterini aniqlash.
Premedikatsiya – narkozning kishi organizmiga operatsiya paytida va
operatsiyadan keyingi davrdagi
asoratlarini
kamaytirish
maqsadida
dori
preparatlarini kiritishdir.
Premedikatsiya vazifalari:
• bemor hissiy qo’zg’alishlarini pasaytirish;
• neyrovegetativ stabilizatsiya;
• bemor organizmining tashqi ta’sirotlarga reaksiyasini kamaytirish;
• anestetiklarning ta’siri uchun qulay sharoit yaratish;
• narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning oldini olish;
• so’lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish.
Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo’li bo’yicha umumiy og’riqsizlantirish
turlari:
1. Nafas yo’llari orqali (ingalyatsion) (anestetik moddalar bemorning nafas olish
sistemasiga bug’ shaklida kiritiladi va alveolalar orqali qonga tarqaladi):
a) maskali;
b) traxeya ichi.
2. Tomir orqali.
3. Kombinatsiyalashgan (odatda narkozning ilk bosqichlarida anestetiklar tomir
orqali tanaga kiritilsa, so’nggi bosqichlarida esa nafas yo’llari orqali kiritiladi).
Umumiy og’riqsizlantirishning asoratlari:
• Laringit, traxeobronxit.
• Nafas yo’llari obsruksiyasi – tilni burish, tish yoki protezlarning nafas olish
yo’llariga kirishi).
• O’pka atelektazi.
• Zotiljam
• Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar: kollaps, taxikardiya, yurak
ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga yoki yurak faoliyatining to’xtashi.
• Intubatsiyadagi
shikastlanishlar
(halqum,
hiqildoq
va
traxeya
shikastlanishlari).
• Oshqozon-ichak traktining motor faoliyatidagi buzilishlar: ko’ngil aynishi,
qusish, regurgitatsiya, aspiratsiya, ichak parezi.
• Siydikning tutilishi.
• Gipotermiya.
• Miya shishi.
Tana haroratini o’lchash texnikasi
Maqsad: bemorning holatini kuzatish. Kasalxonada davolanayotgan barcha
bemorlar kuniga 2 marta tana harorati o’lchanadi: ertalab soat 6-8 da va kech soat
16-18 larda, va yana zarurat bo’lganda ham o’lchanadi.
Zarur ashyolar:
• Tibbiy termometr.
• Buyrak shaklidagi idish (lotok yoki maxsus tog’ora).
• Sochiq.
• Harorat qayd qilinadigan daftar.
• Harorat varag’i.
• Dezinfeksiyalovchi eritma uchun idish.
• Toza termometrlarni saqlash uchun idish.
• Momiq paxta.
Qo’ltiq ostidagi haroratni o’lchash
Amalni ketma-ketligi:
1. Termometrni ehtiyotkorlik bilan 34ºCgacha silkiting.
2. Bemor o’tirtiriladi yoki yotqiziladi, bemor yonida issiq suvli shisha, muz
to’plami yoki isitish asboblari (grelka) yo’qligiga ishonch hosil qiling.
3. Mahalliy yallig’lanish jarayonini inkor qilish uchun qo’ltiq sohasini ko’zdan
kechiring, chunki o’lchov natijalari ortiqcha baholanishi mumkin.
4. Qo’ltiq sohasini quruq sochiq bilan arting, chunki namlik simobni sovutishi
mumkin.
5. Termometrni qo’ltiq ostiga qo’ying, simob rezervuarining tana terisiga har
tomonda tegib turganligiga ishonch hosil qiling (rasm.1).
6. Kuchsizlangan, holsiz bemorlarni yelkasini tanasiga biroz siqib turishga
yordam bering.
7. 10 daqiqadan so’ng termometr ko’rsatgichini ko’ring va bemor haroratini
aniqlang.
8. Agar harorat 37°C yoki undan yuqori bo’lsa, o’lchov natijasini haroratni qayd
qilish daftariga yozib qo’ying.
9. Ishlatilgan termometrni dezinfeksiyalang.
10.
Termometrni suv bilan dezinfeksiyalovchi hid yo’qolguncha yuvib tashlang
va toza sochiq artib quriting.
11.
Termometrni tagiga paxta qatlami mavjud toza quruq idishga solib qo’ying.
Idishga "Toza termometrlar" degan yozuvni yozing.
12.
Harorat jadvalidagi o’lchov natijasini grafik yozuv ko’rinishida kiriting (bitta
katakchanin farqi 0,2°C).
Pul’sni aniqlash va o’lchash
Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.
Pul’s aniqlanadigan sohalar: bilak, tirsak, uyqu, chakka, tizza osti va son
arteriyalari (rasm.2).
Pul’s parametrlari: ritm, chastota, to’liqligi, kuchlanish.
Zarur ashyolar:
Sekundomer yoki sekund strelkasi mavjud qo’l soati.
Harorat varag’i.
Bemorning tibbiy daftari.
Bilak arteriyasida pul’sni aniqlash tartibi:
1. Bemorning xotirjam ekanligiga ishonch hosil qiling.
2. Bemorni o’tirg’izing yoki yotqizing, bunda uning qo’llari erkin holda
bo’lishini ta’minlang.
3. Bemorning bilak-kaft bo’g’imidan yuqoriroq joydan qo’lingiz bilan
ushlab oling, bunda katta baromq bilak tomonda qolgan barmoqlaringiz
esa kaft tomonda bo’lsin.
4. II, III va IV barmoqlaringiz bilan bilak arteriyasini bilak suyagiga bosing
va pulsatsiyalanuvchi joyni aniqlang.
5. Pul’sning hamma parametrlarini aniqlang:
Pul’s chastotasi (tezligi) – yurak urish tezligiga mos keladigan to’lqinlar soni
bo’lib, bu ko’rsatkich bemor yoshiga bog’liq bo’ladi:
• yangi tug’ilgan chaqaloqlarda
– 120-140 ta daqiqada;
• yangi tug’ilgan chaqaloqlarda
– 140-160 ta;
• 1 yoshda
– 110-120 ta;
• 5 yoshgacha
– 100 ta;
• 10 yoshgacha
– 90 ta;
• 12-13 yoshda
– 80-70 ta;
• o’smirlar va kattalarda
– 60-90 ta.
Pul’sning bir daqiqada chastotasi 90 zarbadan ortiq bo’lsa – taxikardiya, 60
zarbdan kam bo’lsa – bradikardiya deyiladi.
6. Tadqiqot natijasini bemorning tibbiy yoki ambulatoriya daftarida raqamli
yozuv bilan qayd eting (Masalan Ps=72 zarba daqiqada, to’liq, o’rtacha
taranglikda, katta kuchlanishda).
7. Sinov natijalarini harorat varaqasida ham qayd eting (grafik ko’rinishdagi
yozuvda). Eslatma: bitta katakchaning bo’linish qiymati zarbalar soni 100
gacha bo’lsa 2 ga teng, 100 dan ortiq bo’lsa 4 ga teng bo’ladi).
Arterial bosimni o’lchash texnikasi
Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.
Zarur ashyolar:
• Tonometr.
• Fonndoskop.
• Harorat varag’i.