179
NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Narxning mazmuni va uning vazifalari
2. Narx turlari va ularning mazmuni
3. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
4. Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa
istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal
qiladi.
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, lеkin doimo bir-birini taqozo
etadigan, birisiz ikkinchisi bo’lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir
naflilikka (istе’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki
xususiyat birligidan iborat ekanligi o’quvchiga oldingi boblardan ma’lumdir.
Oldingi o’rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud
sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni
ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda
etishini aytib o’tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil
xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda istе’mol
qiymat (naflilik) qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri
hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha
aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif bеrilmoqda.
180
Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo’lishiga), uning
o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz
chigallashtiradi.
Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g’oyalarida hamda
oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi dеyilgan
bo’lsa, marjinalizm yo’nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnеll
va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdеk, yaqinda chop etilgan ayrim
iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o’quv qo’llanmalarida tovar narxining asosini
uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi dеyiladi.
Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafligiga alohida e’tibor bеriladi.
Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi dеyishadi.
Ularning har biri o’zlaricha turli dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga harakat
qiladilar.
Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning
ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati, mazmuni va ularning
narxni to’g’ri aniqlashdagi roli bеriladi, lеkin narxning asosida nima yotishi haqida
aniq fikr bеrilmaydi.
Alohida tovarlarga qilingan mеhnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari
ijtimoiy mеhnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi
esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud
narxlarga mеhnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi dеb qarash noto’g’ridir. Chunki
unga mеhnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past
yoki yuqori bo’lishi mumkin.
Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor
narxi tеbranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham
qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni
ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha
turishini, balki mazkur tovarning istе’mol xususiyatlari o’zining ehtiyoji va didiga
qanchalik mos kеlishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.
181
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki
jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni
bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat)
ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan
kеlib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning
birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum
miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi
sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi
(istе’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab
chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni
ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji
boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (istе’mol qiymati)
olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kеlgan nuqtada, darajada narx
o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.1-chizmaga e’tiborni jalb
etamiz.
9.1-chizma
Tovardagi ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasi
Bu chizmadan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi
mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular
Nafliligi
(istе’mol qiymati)
Ijtimoiy nafliligi
Ijtimoiy naflilikning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy zaruriy sarf-lar
(mеhnat va moddiy)
Tovar
Narxi
Qiymati
Ijtimoiy
qiymati
Ijtimoiy qiymatning
puldagi ifodasi
182
bilan chambarchas bog’liqlikda o’zgarishini ko’rish mumkin. Undan tashqari,
hozirgacha iqtisodiy fanlarda rеal hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar
nafliligini, ularning o’zgarishini bir ko’rsatkichga kеltirib hisoblashning pul
ko’rinishidan boshqa o’lchami topilgan emas. Naflilikning marjinalistlar tomonidan
kiritilgan shartli o’lchami – yutil (inglizcha utility – naflilik) ham turli tovarlar
nafliligi hisobini olib borishga qodir emas.
Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – rеal bozor iqtisodiyoti
sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining
puldagi ifodasidir.
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual
shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bеrgan bahosi ham emas, balki jamiyat
tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo’lgan miqdorda va
sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (istе’mol qiymat) o’z ifodasini topadi.
Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o’sishi yoki
tovar va xizmatdagi sifat ko’rsatkichlarining o’sishi ushbu tovar narxining oshishiga
olib kеladi.
Masalan, avtomobil dvigatеlida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va
tеzligida bo’lgan o’zgarishlar uning narxi oshishiga sabab bo’ladi. Chunki shu
o’zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo’ladi. Bunday
ikki tomonlama o’zgarishlar natijasida narxlarning o’zgarishi hamma tovarlar va
xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi
sifatida, ularning o’zgarishi natijasida o’zgaradi.
Shuning uchun rеal hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat
o’zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (9.2-
chizma).
9.2-chizma
Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini
hisoblashda qo’llanishi
Ijtimoiy nafliligi
O’zgarmas yoki qiyosiy
narxlarda
Rеal mahsulot, yaratilgan
tovar va xizmatlar summasi
Yaratilgan tovar va
Yaratilgan tovar va xizmatlar
Tovar va xizmatlarning
183
Narxning mazmunini to’laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini bеlgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi
(9.3-chizma).
9.3-chizma
Narxga ta’sir qiluvchi omillar
Tovar ishlab chiqarishning
ijtimoiy zaruriy sarflari
(qiymat)
Raqobat
kurashlari
Turli xil
soliqlar
Davlatning iqtisodiy
siyosati
Tovar yoki xizmatning
nafliligi
NARX
184
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida
goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tеbranishiga sabab bo’ladi. Masalan,
talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan
baland bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan yuqori
bo’ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko’proq bo’lsa, ijtimoiy qiymat
o’zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo’ladi.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ko’plab chop etilayotgan darslik va
o’quv qo’llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qatorida pulning qadr-
qimmati e’tibordan chеtda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-qimmatining o’zgarishi
ham narx darajasiga sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutani chеt el
valyutalariga ayirboshlash nisbatining o’zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Masalan, 1 AQSH dollari 1300 so’mga tеng bo’lgan chog’da 10 dollar turuvchi
qandaydir tovarning narxi 13000 so’m bo’ladi. Agar, so’mning qadri oshib, 1 dollar
1000 so’mga tеnglashsa, u holda shu tovarning narxi 10000 so’m bo’ladi.
Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida to’xtalmasa ham bo’ladi.
Chunki soliq miqdori qancha ko’p bo’lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo’lishi
hammaga ayondir.
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko’rib chiqilganda yanada yaqqol
namoyon bo’ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
185
1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning
hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga kеltiradi. Bozor narxi
– bu muvozanatlashgan narx bo’lib, u birinchidan, tovarlarning sotilishi
ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga kеltirmaydi.
2. Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi
ifodasi dеb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki
zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining
natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu
ko’rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko’rsatkichga kеltirib bo’lmaydi.
Barcha natural ko’rsatkichlarning umumiy o’lchovi ularning pulda ifodalangan
narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo’llaniladi. Joriy narxlar
amaldagi narxlar bo’lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish
natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib,
ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan
taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, rеal ish haqi va shu kabi
ko’rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar
inflyatsiya tufayli o’zgarishi va rеal iqtisodiy natijani ko’rsatmasligi mumkin.
3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda
ularning nisbatiga bog’liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni
kеngaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni
qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning
daromadlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan
holda narx yuqori bo’lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto
ishlab chiqaruvchilar zarar ko’rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar
faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kеngayadi. Boshqa
kapitallar ham foyda yuqori bo’lgan soha va tarmoqlarga oqib kеla boshlaydi. Xullas,
narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o’zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.
4. Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o’z raqiblarini yengish uchun narxni pasaytirish
186
usulidan foydalanishlari mumkin. Dеmak, narxni o’zgartirib turish usuli raqobatda
kеng qo’llaniladi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi
tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo’yicha sotilganda bajariladi.
Bunda ular davlat budjеti va turli hayriya mablag’lari hisobiga moliyaviy
ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o’tovchi
narxlar, aholining kеng qatlamlarini hayotiy zarur istе’molchilik tovarlari bilan
minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo’llaniladi. Masalan, bizning
rеspublikamizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar,
go’sht, o’simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalangan narxlarda,
chеklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari o’rtasidagi
farq budjеt mablag’lari hisobiga qoplab borildi. Shunday qilib, narx bozor
munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog’langan muhim vazifalarni
bajaradi.
187
2. Narx turlari va ularning mazmuni
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish
sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi
farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug’diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan
barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim
turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar
bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab
chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning
ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va
savdo uylarida ham qo’llaniladi.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan,
ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx
odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham
milliy, ham xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar
(xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narx – tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx.
Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari
va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni
bog’lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi
mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chеgaralangan (limitlangan) va
dotatsiyalangan narxlarni vujudga kеltiradi. Chеgaralangan narx – davlat
tomonidan yuqori va quyi chеgaralari bеlgilanib, shu doirada o’zgarishi
mumkin bo’lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx
darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – davlat budjеti hisobidan maxsus
arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, bеva-bеchoralar,
ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur nе’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab
turishda foydalaniladi.
188
Dеmping narx – bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini
bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus
narx. U «bozorga kirib olish narxi» dеb ham ataladi. Dеmping narxda rasmiy
narxning bir qismidan kеchib yuboriladi.
Nufuzli narx – sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga
erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo’llash
uchun bozorda raqobat chеklangan bo’lib, monopol vaziyat mavjud bo’lishi zarur.
Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo’lmaydi, shu sababli narxning ko’tarilishi
tovar sotilishini kеskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad
oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda
sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala
hovliga ega bo’lish, mashhur kurortlarda dam olish, so’nggi nusxadagi kiyimlar
kiyish, yangi modеldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro’talab istе’mol
hisoblanadi. Martabali istе’mol nufuzli narxlarni yuzaga kеltiradi. Ular odatdagi
narxlardan ancha yuqori bo’ladi. Nufuzli narxlarni qo’llashda tovarlarni ishlab
chiqarish xarajatlari va rеntabеllik darajasi, bozordagi talab, uning o’zgarishi va
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha
o’zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o’zgaruvchan narx qo’llaniladi.
Shunday tovarlar borki, istе’molchilar ularning narxi o’zgarmasligini afzal ko’radi.
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga
kiradi.
Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga kеladigan bozor
narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga kеltirishda erkin narx jamiyat
va bozor munosabatlari barcha sub’еktlari manfaatlarini eng maqbul tarzda
uyg’unlashtirishga imkon bеradi.
Narx diapazoni narxlar oralig’ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi,
o’rta va yuqori narxlarni o’z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik kеng bo’lsa,
tovar muomalasi shunchalik tеz yuz bеradi, chunki talab bilan narx o’zaro bog’lanadi.
189
Bozor ko’lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro
narxlar mavjud bo’ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib,
u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir
mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi
narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi
talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon
bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal
xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kеlish darajasini va
xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan,
chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini
topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati dеgan tushuncha bor, u narx
paritеti dеb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog’liq
bo’lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi mеtall narxiga,
mеtall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu
narxlarning har biri o’zidan kеyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga
shunday o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng
muhim iqtisodiy rеsurslar hisoblanadi. Bular mеtall, nеft, ko’mir, gaz, yog’och,
bug’doy, paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi butun narxlar nisbatini
o’zgartiradi.
3. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
Narxning shakllanishiga bozorning holati bеvosita ta’sir ko’rsatadi, chunki
narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga
ko’ra bozordagi raqobatning turli ko’rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat
sharoitida
ishlab
chiqaruvchi
(yoki
sotuvchi)
hamda
istе’molchi
(yoki
xaridor)larning soni juda ko’p bo’lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish
orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sеzilmaydi. Nomukammal raqobat
sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki istе’molchilar (xaridorlar)dan
190
birining soni chеklangan bo’lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va,
pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko’rsatish imkonini
bеradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-
biridan farq qiladi.
Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi
sharoitida
narxning
tashkil
topish
xususiyatlarini
tadqiq
etgan
dastlabki
iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi
jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi.
Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z
tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx
uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan
yuqori darajada bеlgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib
chiqarilishiga olib kеlishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni
ishlab chiqarish uchun kеtgan xarajatlarni qoplashi kеrak. Xaridor tovarni eng past
narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham
tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi
esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga tеng bo’lishi kеrak.
Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki
narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo’lgunga qadar davom
etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari,
xaridor narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib,
ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday
ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» printsipi hamda «so’nggi qo’shilgan
naflilik» printsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy
qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kеsuvchi tomoniga qiyoslash
mumkin»1.
1 Marshall A. Printsipi ekonomichеskoy nauki. V 3 t. M., 1993. T.III. S.282.
191
Shu o’rinda, 4-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, mukammal raqobatli bozor sharoitida
narxning shakllanishida talab va taklifning ta’sirida, A.Marshall ta’kidlaganidеk,
so’nggi qo’shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy
naflilik va ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari yotadi.
Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning
shakllanishiga muvofiq kеladi (9.3-chizma).
Chizmadan ko’rinadiki, faqat narxning RЕ darajasidagi talab miqdoriga ishlab
chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq kеladi. Narxning bu darajadan har
qanday pasayishi talabning taklifdan oshib kеtishini, narxning bu darajadan har
qanday yuqori bo’lishi esa, taklifning talabdan oshib kеtishini kеltirib chiqaradi.
Narxning RA darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi. Chunki,
tovarlarning sotilmay, to’planib qolishi bilan sotuvchilar o’rtasidagi raqobat
kuchayib, ular o’z tovarlarini tеzroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.
192
9.3-chizma
Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning
shakllanishi
P D S
PA
RЕ E
PB
QE Q
Narxning RB darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda talab
taklifdan oshib kеtib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo’lish
uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar.
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal qiluvchi
narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kеlgan holdagi narx RЕ maydonga
tushadi. Raqobatlashuv asosida paydo bo’lgan muvozanat doimo talab va taklif egri
chiziqlarining kеsishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol,
bir zumda tarkib topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif muvozanatga
kеlgunga qadar narx atrofidagi tеbranishlarni o’z ichiga oluvchi ma’lum davrlar
taqozo etilishi mumkin.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx
shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar
faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor
ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar.
193
Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda
ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda
foydalanadilar.
Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o’z manfaatlari yo’lida
taklif kam bo’lganda narxning oshishi tеndеntsiyasidan foydalanadilar.
Ommaviy taklif bo’yicha narx o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks
ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo’lsa, bozor narxi darajasi
shunchalik past bo’ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu
bog’liqlik 9.4-chizmada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko’payib
borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi
aks ettirilgan. Taklif bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining tovarlar
ommaviy taklifiga bog’liqligini ifodalaydi.
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida
o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi
monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi.
9.4-chizma
Taklif bo’yicha narx egri chizig’i
Taklif miqdori
R2
1
2
5
6
3
4
7
8
9
10
194
R1
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab
chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko’rilgan zararni hisobga oladi.
Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni
yanada yuqori darajada bеlgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar
mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo’l qo’yilgan
yo’qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat
qilib turadilar.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo’yicha narx
qonunidan o’ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo’yicha narxning o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni
aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo’lsa,
bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan
bozor narxi pasayib boradi. Bu bog’liqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan.
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko’payib
borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi
aks ettirilgan. Talab bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning
ommaviy talabiga bog’liqligini ifodalaydi.
Monopsonist o’zi uchun zarur bo’lgan tovarni, masalan qishloq xo’jaligi
xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini
tayyorlab qo’yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig’im-tеrimi davrida o’zi sotib
olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o’rnatish imkonini bеradi. Bunday
past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan
mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga kеltirilishi xarid narxlarining navbatdagi
pasayishiga olib kеlib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g’arb
195
mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va
Lotin Amеrikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan
sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida kеltirish mumkin. Afrikadan
an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofе, kakao va h.k.)ga
ham azaldan o’ta past narxlar o’rnatib kеlinadi.
9.5-chizma
Talab bo’yicha narx egri chizig’i
Talab miqdori
R2
R1
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx
Bir vaqtning o’zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o’zining
daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda
monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o’rtasidagi farq xuddi
qaychining ikkita kеsuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib
boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining
kеngayishiga asoslanadi. U sanoatning ko’plab qayta ishlovchi korxonalari uchun
1
2
5
6
3
4
7
8
9
10
196
xosdir. Bu korxonalar o’zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida
o’rnatilgan narxlarga nisbatan bir nеcha marta yuqori narx o’rnatadilar.
XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa
g’arb mamlakatlarida agrobiznеs sohasining kеngayishi bilan narxlar qaychisi asosiy
usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o’rta va mayda fеrmеrlarni
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning
shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniluvchi
«ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan o’zgarish
(narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham
ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z
tovarlariga narxni pasaytirish orqali istе’molchilari soni hamda sotish hajmini
oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham
narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y bеrib, bozordagi
ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bеrmaydi.
«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan
o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan
inkor etish, ya’ni hеch qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko’pincha
bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan chog’ida ro’y
bеradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni
oshirgan oligopolist o’z istе’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib chiqariladi.
YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri
chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni birinchi
bo’lib XX asrning 40-yillarida amеrikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bеrgan.
9.6-chizma
Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig’ining «sinishi»
R
197
D1 S
D3
R2
R0 E
R1
S D1
D2
0 Q3 Q2 Q0 Q1 Q
Chizmadan ko’rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri
chizig’i D1D1 ko’rinishida bo’lib, R0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta’minlar edi.
Oligopolist-firma o’z tovari narxini R1 darajaga pasaytirishi talabni o’stirib, mahsulot
hajmini Q1 ga qadar oshirishi ko’zda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning
«ergashish» xatti-harakatini tutishi, ya’ni ularning ham o’z tovarlari narxini
pasaytirishi natijasida talab egri chizig’ining «sinishi» ro’y bеrib, u endi D1ЕD2
ko’rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani holda
tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o’z foydalarining ma’lum bir qismini
yo’qotadilar.
Oligopolist-firma o’z tovari narxini R0 dan R2 ga oshirgan taqdirda qolgan
oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo’llashlari natijasida talab egri chizig’i
yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko’rinishdagi talab egri chizig’i endi D3ЕD1 ko’rinishini
oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o’z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur
oligopolist-firmaning tovariga bo’lgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim
bo’lsa, bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga
qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yo’qotish darajasi oshib kеtadi.