Nivelirlash
Reja
1. Nivilerlash to’g’risida ma’lumot.
2. Geometrik nivelerlash.
3. Trigonometrik nivelerlash.
4. Barometrik nivelerlash.
Tayanch so’zlar: Niviler, geometrik nivilerlsh, trigonometrik, barometrik,
nisbiy va mutloq balandlik, normal bosim, niviler reykasi.
Topografik kartalarda har bir ob’ektning planli holati va uning balandligi
nivilerlash yo’li bilan aniqlanadi. Unda bir nuqtaning balandligi ma’lum bo’lsa,
qolgan nuqtalarning balandligini o’lchash va hisoblash yo’llarini aniqlash nivilerlash
deyiladi. Nivilerlash ishlatiladigan asboblari va nivinerlanadigan joylar aniqlik
natijalari bo’yicha geometrik, trigonometrik, barometrik va boshqa turlarga
bo’linadi. Nivilerlash ishlari davlatlarning tayanch nuqtalarini aniqlashda, joylarda
turli xo’jalik ishlarini olib borishda (yo’llar, kanallar,inshoatlar qurishda), topografik
plan olishda, s’yomka nuqtalarini belgilashda ishlatiladi, nivilerlash asosida
joylarning profillari tuziladi.
Nivilerlash turlari
Geometrik nivilerlash – nuqtalar balandligini aniqlashda niviler asbobi va
reykalardan foydalaniladi. Geometrik nivilerlashda gorizontal vizerlash orqali
nuqtalar orasidagi baland-pastlik aniqlanadi.Niviler asboblari turli xil bo’lib,
shundan quyma niviler quyidagi qismlardan iborat: ko’rish trubasi, silindrik adilak,
vertikal o’q, taglik doirasi, uchta ko’rsatgich vint, shtativ, asosiy o’qqa
mahkamlovchi vint va mikrovintdan iborat. Niviler reykalarining uzunligi 3-4 m, eni
8-10 sm, qalinligi 2 sm bo’lgan taxtadan iborat. U sm larga bo’lingan bo’lib, oq,
qora va qizil rangga bo’yaladi. Raqamlar reykaning pastki qismiga yozilib,
ko’zimizga teskari bo’lib ko’rinadi, dalnomerdan u o’ng qilib ko’rsatiladi.reykadagi
sanoq 1 mm aniqlikda hisoblanadi.
Geometrik nivilerlashda biron nuqtaning balanligi ma’lum bo’lsa, unga
nisbatan qolgan nuqtalarning balandligini aniqlash mumkin va u quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
h=a-b Hb=Ha+h
Bu erda a-orqadagi reykadan olingan sanoq, v-oldingi reykadan olingan
sanoq.
Agar ikkita nuqtaga reyka o’rnatilib, ularning o’rtasiga niviler qo’yib
balandligi aniqlansa o’rtada turib nivilerlash, agar bitta reyka bilan balandlik
aniqlansa oldinga qarab nivilerlash deyiladi. Faqat bitta yoki ikkita nuqtaning
balandligi aniqlansa, oddiy nivilerlash, bir nechta nuqtaning balandligi aniqlansa,
murakkab nivilerlash deyiladi. Agar AV yo’nalish nivilerlanadigan bo’lsa, niviler K
nuqtaga o’rnatiladi va 1 piketning A nuqtaga nisbatan nisbiy balandligi h=a1-b1
formula bilan aniqlanadi. Keyin 1 bilan 2, 2 bilan 3 va hakozo nisbiy balandliklar
aniqlanadi.
Trigonometrik nivilerlash – bir nuqtadan ikkinchi nuqtaning farqi
trigonometrik usulda burchak o’lchash asosida aniqlanadi va u trigonometrik
nivilerlash deyiladi. Agar AVV 1 uchburchakning VV1 tomoni shu uchburchakning
A nuqtasiga nisbatan V nuqtasining balandligi (h), bo’ladi. U quyidagi trigonometrik
formula bilan aniqlanadi.
h
Sin & = -------- ; h=ABSin& ; h= D Sin & ;
AB
YOki
h
tg&= ---------- h=AB1 tg& h= d tg&
AB
Trigonometrik nivilerlashda joydagi predmet va nuqtalarning balandligini
eklimetr, teodalit, kiprigel asboblari yordamida aniqlash mumkin.
Barometrik nivilerlash – Nivilerlashni barometr va termometr asboblari
yordamida bajarsa ham bo’ladi, bunda joydagi nuqtaning havo bosimi va harorati
farqlariga asoslaniladi. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqish mumkin:
V nuqtada turib havo bosimini barometr bilan, haroratini termometr bilan
o’lchaymiz. Bunda V1=712,2 mm; t=+20,20C. So’ngra V2 nuqtaga borib, u erda ham
havo bosimi va haroratini o’lchaymiz. V2-=710,0; t=19,40S. Bu o’lchangan
ma’lumotlar quyidagi formulada aniqlanadi.
B1+B2 t1+t2
h = ------------ t = --------------------
2 2
712,2+710,0 1422,2
Bunda h = ------------------- = ------------------ = 711,1 (o’rtacha havo
bosimi) mm
2
2
20,2+19,4 39,6
t = ------------------ = --------------- = 19,8 (o’rtacha harorat C0) aniqlandi
2 2
Hosil bo’lgan o’rtacha bosim va haroratlardan barometrik balandlik
bosqichlari jadvalidan bosim qiymatini topamiz, ya’ni jadvalning chap tomonida
200S ni, yuqoridan 710 mm bosim topiladi, ularning kesishgan joyida 12,12 topiladi.
Bu (12,12) sonni bosimlar farqiga (712,2-710,0=2,2) ko’paytiramiz, 12,12 x 2,2 =
26,6.
Natijada V1 nuqta bilan V2 nuqta orasidagi nisbiy balandlik kelib chiqadi,
ya’ni 26,6 m ekanligi aniqlanadi.