NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt

2025-08-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

21,6 KB


 
 
 
 
NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH 
FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
 
 
   Reja: 
1.Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 
2 .Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar. 
3. Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. 
 
 Tаyanch soʻz va iboralar: nutq mаdаniyati, til, nutq, оnа tili, oʻzbеk tili, dаvlаt 
tili, nutq mаhоrаti, sаvоdхоnlik, nоtiqlik, nоtiqlik sаnʼаti. 
 
1. Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 
 O`quv maqsadi talabalarda nutq madaniyati fanining maqsadi va vazifalari, 
asosiy muammolari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. 
 Fanining mazmuni: o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma 
nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari asosida to‘g‘ri shakllantirishga, 
hujjatchilik-munshaot ishini puxta egallashlariga qaratilgan. 
 Fanning maqsadi: adabiy til me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn 
qurilishi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish, ish hujjatlari va ularga 
qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va 
uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida, farmoyish 
hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi kabi masalalar yuzasidan 
ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berishdan iborat. 
Logotip
NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1.Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 2 .Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar. 3. Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. Tаyanch soʻz va iboralar: nutq mаdаniyati, til, nutq, оnа tili, oʻzbеk tili, dаvlаt tili, nutq mаhоrаti, sаvоdхоnlik, nоtiqlik, nоtiqlik sаnʼаti. 1. Nutq madaniyati fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. O`quv maqsadi talabalarda nutq madaniyati fanining maqsadi va vazifalari, asosiy muammolari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Fanining mazmuni: o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga, yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me’yorlari asosida to‘g‘ri shakllantirishga, hujjatchilik-munshaot ishini puxta egallashlariga qaratilgan. Fanning maqsadi: adabiy til me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn qurilishi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish, ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida, farmoyish hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi kabi masalalar yuzasidan ixcham va tushunarli tilda zarur nazariy ma’lumotlar berishdan iborat.
 Fanning vazifasi: talabalarda til estetikasini tarbiyalash, ona tilida puxta, 
lo‘nda va shirador, ravon va ifodalarga boy nutq tuza olish malakasi va mahoratini 
shakllantirish, davlat tilida ish yuritish qobiliyatini o‘stirish, ish qog‘ozlari, hujjatlar 
namunasini yuqori saviyada tuza olish malakasini o‘stirish. 
 Madaniyat – (arabcha sivilizatsiya). Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, 
ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui. O‘qimishlilik, ta’lim-
tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat. 
Nutq madaniyati – bizning o‘zbek tilining tuganmas boyligini egallash 
darajamizdir. Insoniyat umummadaniyatining katta qismini nutq madaniyati tashkil 
etadi.  
 Nutq madaniyati deyilganda, birinchidan, nutqning fazilatlari tushunilsa, 
ikkinchidan nutq madaniyati – fazilatlari yig‘indisi va tizimi haqidagi ma’lumotni 
anglatadi. 
Nutqning fazilati deyilganda uning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, 
ifodaviyligi, boyligi, sofligi tushuniladi. 
Nutq madaniyatining asosiy tekshirish obyekti adabiy til me’yorlari, asosiy 
vazifasi esa ushbu me’yordagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo‘lmog‘i kerak. 
 2.Nutq madaniyati fani doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar.Bugungi 
kunda o‘zbek tilining me’yorlari mukammal ravishda ishlab chiqilgan va ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, til imkoniyatlaridan 
foydalanish taraqqiyotning bugungi kundagi darajasida deb bo‘lmaydi. Bu borada 
jiddiy muammolar yuzaga kelayotganligi sir emas. Jamiyat a’zolarining tildan 
foydalanish umumiy saviyasi o‘zbek millati muhtasham madaniyati darajasida 
bo‘lmas ekan, ijtimoiy madaniy nutq to‘la qaror topganligi haqida hukm chiqarib 
bo'lmaydi. Ijtimoiy madaniy nutq har bir shaxsdagi ayrim sifatlarni tarbiyalash, 
takomillashtirish natijasida vujudga keladi. 
 Ma’lumki, madaniyatlilik tushunchasi xilma-xil talqinlarga ega. 
Ularning barchasini umumlashtirib aytish mumkinki, madaniyatli shaxsda uch 
xususiyat yaqqol namoyon bo‘lib turadi: 
• bilimlilik; 
Logotip
Fanning vazifasi: talabalarda til estetikasini tarbiyalash, ona tilida puxta, lo‘nda va shirador, ravon va ifodalarga boy nutq tuza olish malakasi va mahoratini shakllantirish, davlat tilida ish yuritish qobiliyatini o‘stirish, ish qog‘ozlari, hujjatlar namunasini yuqori saviyada tuza olish malakasini o‘stirish. Madaniyat – (arabcha sivilizatsiya). Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui. O‘qimishlilik, ta’lim- tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat. Nutq madaniyati – bizning o‘zbek tilining tuganmas boyligini egallash darajamizdir. Insoniyat umummadaniyatining katta qismini nutq madaniyati tashkil etadi. Nutq madaniyati deyilganda, birinchidan, nutqning fazilatlari tushunilsa, ikkinchidan nutq madaniyati – fazilatlari yig‘indisi va tizimi haqidagi ma’lumotni anglatadi. Nutqning fazilati deyilganda uning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi tushuniladi. Nutq madaniyatining asosiy tekshirish obyekti adabiy til me’yorlari, asosiy vazifasi esa ushbu me’yordagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo‘lmog‘i kerak. 2.Nutq madaniyati fani doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar.Bugungi kunda o‘zbek tilining me’yorlari mukammal ravishda ishlab chiqilgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, til imkoniyatlaridan foydalanish taraqqiyotning bugungi kundagi darajasida deb bo‘lmaydi. Bu borada jiddiy muammolar yuzaga kelayotganligi sir emas. Jamiyat a’zolarining tildan foydalanish umumiy saviyasi o‘zbek millati muhtasham madaniyati darajasida bo‘lmas ekan, ijtimoiy madaniy nutq to‘la qaror topganligi haqida hukm chiqarib bo'lmaydi. Ijtimoiy madaniy nutq har bir shaxsdagi ayrim sifatlarni tarbiyalash, takomillashtirish natijasida vujudga keladi. Ma’lumki, madaniyatlilik tushunchasi xilma-xil talqinlarga ega. Ularning barchasini umumlashtirib aytish mumkinki, madaniyatli shaxsda uch xususiyat yaqqol namoyon bo‘lib turadi: • bilimlilik;
• farosatlilik; 
• kamtarinlik. 
Madaniyatli shaxs kim bilan qayerda va qanday sharoitda munosabatda 
bo‘lmasin, unda ushbu xislatlarning alohida ajralib turganligiga guvoh bo`lamiz. 
Oddiy misol sifatida haydovchini olaylik. U uch holatdan birida yo‘l harakati 
qoidasini buzadi: 
1) yo‘l harakati qoidalarini bilmaslik (bilimsizlik) natijasida; 
2) yo‘l harakati qoidalariga e’tibor qilmaslik (farosatsizlik) natijasida; 
3) yo‘l harakati qoidalarini pisand qilmaslik (nokamtarlik) natijasida. 
Kishilararo muloqot ham bamisoli yo‘l harakatiga o'xshaydi. 
Bilimli, farosatli, kamtarin kishilar hech qachon muloqot jarayonida mulzam 
bo‘lib qolmaydi - muloqot qoidalarini buzmaydi. Masalan, madaniyatli kishi o‘zi 
bilmagan, yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan narsa haqida gapirmaydi, hukm 
chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi bo‘lgan masala haqida 
zarur bilimga ega bo'lsagina, suhbatga aralashadi. Muloqotda farosat muhim rol 
o‘ynaydi. U madaniylik unsurlarining tarkibiy qismi boisa-da, asosiy o‘rinda turadi, 
ular sirasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli kishi 
bilmasdan gapirmaydi, yuksak farosat kishini kamtarin qilib qo‘yadi. 
Muloqot jarayonida bilim uch ko'rinishda namoyon bo‘ladi: 
• muloqot obyekti haqidagi bilim; 
• muloqot qilayotgan kishi haqidagi bilim; 
• muloqot vositasi (til) bo‘yicha bilim. 
Mana shu uch sifatdan biri bo‘lmasa, muloqot sifatli kechmaydi, hamsuhbatda 
suhbatdoshning madaniyatli shaxs ekanligi haqida tasavvur paydo bo'lmaydi. 
Hamsuhbatni birinchi bor ko‘rib turgan kishida suhbatdosh haqida qanday bilim 
bo`ladi, bu (yuqorida sanalgan ikkinchi) unsur asosli emas degan e’tiroz bo‘lishi 
mumkin. Bunga javob shuki, muloqotning ilk daqiqalaridayoq farosatli kishi 
hamsuhbatining fe’l-atvorini anglab yetadi va muloqotning samarali bo'lishini 
istasa, suhbat o'zagini shu asosda qurish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘ryapsizmi, yana 
farosat unsuri yetakchilikni qo‘lga oladi. 
Logotip
• farosatlilik; • kamtarinlik. Madaniyatli shaxs kim bilan qayerda va qanday sharoitda munosabatda bo‘lmasin, unda ushbu xislatlarning alohida ajralib turganligiga guvoh bo`lamiz. Oddiy misol sifatida haydovchini olaylik. U uch holatdan birida yo‘l harakati qoidasini buzadi: 1) yo‘l harakati qoidalarini bilmaslik (bilimsizlik) natijasida; 2) yo‘l harakati qoidalariga e’tibor qilmaslik (farosatsizlik) natijasida; 3) yo‘l harakati qoidalarini pisand qilmaslik (nokamtarlik) natijasida. Kishilararo muloqot ham bamisoli yo‘l harakatiga o'xshaydi. Bilimli, farosatli, kamtarin kishilar hech qachon muloqot jarayonida mulzam bo‘lib qolmaydi - muloqot qoidalarini buzmaydi. Masalan, madaniyatli kishi o‘zi bilmagan, yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan narsa haqida gapirmaydi, hukm chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi bo‘lgan masala haqida zarur bilimga ega bo'lsagina, suhbatga aralashadi. Muloqotda farosat muhim rol o‘ynaydi. U madaniylik unsurlarining tarkibiy qismi boisa-da, asosiy o‘rinda turadi, ular sirasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli kishi bilmasdan gapirmaydi, yuksak farosat kishini kamtarin qilib qo‘yadi. Muloqot jarayonida bilim uch ko'rinishda namoyon bo‘ladi: • muloqot obyekti haqidagi bilim; • muloqot qilayotgan kishi haqidagi bilim; • muloqot vositasi (til) bo‘yicha bilim. Mana shu uch sifatdan biri bo‘lmasa, muloqot sifatli kechmaydi, hamsuhbatda suhbatdoshning madaniyatli shaxs ekanligi haqida tasavvur paydo bo'lmaydi. Hamsuhbatni birinchi bor ko‘rib turgan kishida suhbatdosh haqida qanday bilim bo`ladi, bu (yuqorida sanalgan ikkinchi) unsur asosli emas degan e’tiroz bo‘lishi mumkin. Bunga javob shuki, muloqotning ilk daqiqalaridayoq farosatli kishi hamsuhbatining fe’l-atvorini anglab yetadi va muloqotning samarali bo'lishini istasa, suhbat o'zagini shu asosda qurish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘ryapsizmi, yana farosat unsuri yetakchilikni qo‘lga oladi.
Ba’zilar o‘zi tuzuk bilimga ega bo‘lmagan narsa va hodisalar, kishilar haqida 
soatlab gapiradi. Yoki bilgan narsasini tavsiflash, tushuntirishda qiynaladi. Demak, 
uning so‘z boyligi kam, nutqiy malaka rivojlanmagan, nutq a’zolarida tug‘ma yoki 
orttirilgan nuqson bo'Iishi mumkin. Bunday kishi muloqot “halokat”ini keltirib 
chiqaradigan vaziyatlarda nutqiy “harakatlar” qilmasligi lozim - xuddi jismoniy 
holati rulga o‘tirishga imkon bermaydigan haydovchi kabi. 
Farosatli kishi suhbatdoshini noqulay ahvolga solib qo‘ymaydi. Uning qalbiga 
“jarohat” yetkazmaydi, aksincha, qiyin vaziyatlarda uni qo‘llab yuboradi - xuddi 
yo‘lda haydovchi boshqa haydovchilarni mushkul holatlarga solib qo‘ymaganligi 
yoki qiyin vaziyatlardan olib chiqqanligi kabi. 
Farosatli haydovchi tezlik jilovini ushlay oladi, qayerda to‘xtab, qayerda burilish 
kerakligiga amal qiladi, oraliq va yon masofani saqlaydi, qachon to‘xtash 
kerakligini, zarur hollarda yo‘l berishni biladi. Madaniy muloqot sohibida ham 
shunday holatni ko‘ramiz. Nutqning tezligi fikrni anglab olishni qiyinlashtiradi, 
hamsuhbat shoshib qoladi. Farosatli suhbatdosh hamsuhbatning kimligini bilib, u 
bilan zarur oraliq masofani saqlaydi. Kezi kelganda gapirishdan to'xtaydi. Hadeb 
hamsuhbatning fikrini rad qilaverish farosatning pastligidan dalolat beradi, chunki 
“yo‘l berish” ham madaniy muloqotning zaruriy shartlaridan biridir. Farosatli 
haydovchi transportni qayerda qanday haydashni biladi va shunga amal qiladi. Aks 
holda, u yozuvchi Abdulla Qahhorning “Nutq” hikoyasidagi lektor kabi 
boshqalarning ensasini qotiradi, nutq sharoitini hisobga olmasdan, “sartaroshning 
eski qaychisidek shaqillayversa”, boshqalarga malol keladi. 
Tilni bilish so‘zamollik, mahmadonalik, gapga chechanlik bilan bir narsa emas. 
Kundalik, siyqasi chiqqan so‘zlarni aylantirib, soatlab tinimsiz gapirish mumkin. 
Lekin so‘zlarni tanlab qo‘llash, har bir hodisaga mos so'zni o‘z o'rnida ishlatish, so‘z 
vositasida o'zgalarni mahliyo qilish, odamlar qalbiga yo‘l topish boshqa narsa. 
Oliftagarchilik qilib vulgar, varvar, yopishmagan ajnabiy so‘zlarni qo`llash balki 
“moda”dir, ammo madaniyat belgisi emas. Ayrimlar madaniyat bilan modani 
chalkashtiradi. Eng so‘nggi urfdagi kiyimni kiyish, buyumni ishlatish 
madaniyatsizlik emas, lekin madaniylik belgisi ham bo‘la olmaydi. Zamonaviylik 
Logotip
Ba’zilar o‘zi tuzuk bilimga ega bo‘lmagan narsa va hodisalar, kishilar haqida soatlab gapiradi. Yoki bilgan narsasini tavsiflash, tushuntirishda qiynaladi. Demak, uning so‘z boyligi kam, nutqiy malaka rivojlanmagan, nutq a’zolarida tug‘ma yoki orttirilgan nuqson bo'Iishi mumkin. Bunday kishi muloqot “halokat”ini keltirib chiqaradigan vaziyatlarda nutqiy “harakatlar” qilmasligi lozim - xuddi jismoniy holati rulga o‘tirishga imkon bermaydigan haydovchi kabi. Farosatli kishi suhbatdoshini noqulay ahvolga solib qo‘ymaydi. Uning qalbiga “jarohat” yetkazmaydi, aksincha, qiyin vaziyatlarda uni qo‘llab yuboradi - xuddi yo‘lda haydovchi boshqa haydovchilarni mushkul holatlarga solib qo‘ymaganligi yoki qiyin vaziyatlardan olib chiqqanligi kabi. Farosatli haydovchi tezlik jilovini ushlay oladi, qayerda to‘xtab, qayerda burilish kerakligiga amal qiladi, oraliq va yon masofani saqlaydi, qachon to‘xtash kerakligini, zarur hollarda yo‘l berishni biladi. Madaniy muloqot sohibida ham shunday holatni ko‘ramiz. Nutqning tezligi fikrni anglab olishni qiyinlashtiradi, hamsuhbat shoshib qoladi. Farosatli suhbatdosh hamsuhbatning kimligini bilib, u bilan zarur oraliq masofani saqlaydi. Kezi kelganda gapirishdan to'xtaydi. Hadeb hamsuhbatning fikrini rad qilaverish farosatning pastligidan dalolat beradi, chunki “yo‘l berish” ham madaniy muloqotning zaruriy shartlaridan biridir. Farosatli haydovchi transportni qayerda qanday haydashni biladi va shunga amal qiladi. Aks holda, u yozuvchi Abdulla Qahhorning “Nutq” hikoyasidagi lektor kabi boshqalarning ensasini qotiradi, nutq sharoitini hisobga olmasdan, “sartaroshning eski qaychisidek shaqillayversa”, boshqalarga malol keladi. Tilni bilish so‘zamollik, mahmadonalik, gapga chechanlik bilan bir narsa emas. Kundalik, siyqasi chiqqan so‘zlarni aylantirib, soatlab tinimsiz gapirish mumkin. Lekin so‘zlarni tanlab qo‘llash, har bir hodisaga mos so'zni o‘z o'rnida ishlatish, so‘z vositasida o'zgalarni mahliyo qilish, odamlar qalbiga yo‘l topish boshqa narsa. Oliftagarchilik qilib vulgar, varvar, yopishmagan ajnabiy so‘zlarni qo`llash balki “moda”dir, ammo madaniyat belgisi emas. Ayrimlar madaniyat bilan modani chalkashtiradi. Eng so‘nggi urfdagi kiyimni kiyish, buyumni ishlatish madaniyatsizlik emas, lekin madaniylik belgisi ham bo‘la olmaydi. Zamonaviylik
va zamonasozlik mos kelmaganligi kabi, madaniyatlilik bilan modaparastlik ham 
muvofiq emas. Deylik, keksa otaxon va onaxonlar oldida yangi neologizmlarni 
qo‘llash, avvalo, farosatning, qolaversa, madaniyatsizlikning o‘zginasi bo‘lganligi 
kabi “til uchida turgan” so‘zni topolmaslik til bilimining yetishmasligidir. 
Ko'rinadiki, madaniy nutq faqat chiroyli ifodalarni qo‘llash emas, balki 
shaxsdagi ichki va tashqi omillarning yaxlitligidan iborat. Nutq madaniyati kursi har 
bir shaxsda mana shu sifatlarni takomillashtirish zarurati tufayli o‘z zimmasiga 
yangi-yangi vazifalarni olmoqda. 
Bundan xulosa qilish mumkinki, kursning asosiy maqsadi talabalarning 
muloqot imkoniyatlarini madaniyat darajasiga ko‘tarishdan iborat. Buning uchun 
nutq madaniyatining nazariy va amaliy muammolari haqida tushuncha berish hamda 
kerakli sharoitlarda ulardan foydalanishni o‘rgatish, nafaqat o‘zbek adabiy tili 
me’yorlariga amal qilgan holda yozma va og‘zaki nutq tuzish ko‘nikmasini 
shakllantirish, balki umuman nutq tuzish, uni bayon qilishning, ya’ni nutqning 
nutqiy bo‘lmagan hodisalarga munosabatidan kelib chiqadigan holatlarga 
(vaziyatga) e’tiborli bo`lish kerakligini ham shakllantirishdan iborat. 
Shu ma’noda shaxsning nutqiy malakasi va muloqot akti Nutq madaniyati 
kursining tahlil va tavsif predmeti hisoblanadi. 
Belgilangan maqsad esa muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi: 
-ta’lim 
oluvchilarning 
o‘zgalarga 
munosabatini 
takomillashtirishga 
ko‘maklashish; 
- ta’lim oluvchilarning muloqot madaniyatiga doir bilim saviyasini 
takomillashtirishga doir yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; 
- ta’lim oluvchilarning o‘zlarida til hodisalarini his qilish tizimini 
tarbiyalashlariga va til bo’yicha zarur bilimlarini boyitishlariga doir tavsiyalarni 
berish; 
- talabalarda nutq me’yorlari nazariyasi terminlarining ishlatilish ко‘lami, ularni 
amalda ham o‘quv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qo‘llash masalasini 
shakllantirish; 
- nutq me’yorlariga oid faktlarini ishonchli tarzda, izchil to‘plash, saralash; 
Logotip
va zamonasozlik mos kelmaganligi kabi, madaniyatlilik bilan modaparastlik ham muvofiq emas. Deylik, keksa otaxon va onaxonlar oldida yangi neologizmlarni qo‘llash, avvalo, farosatning, qolaversa, madaniyatsizlikning o‘zginasi bo‘lganligi kabi “til uchida turgan” so‘zni topolmaslik til bilimining yetishmasligidir. Ko'rinadiki, madaniy nutq faqat chiroyli ifodalarni qo‘llash emas, balki shaxsdagi ichki va tashqi omillarning yaxlitligidan iborat. Nutq madaniyati kursi har bir shaxsda mana shu sifatlarni takomillashtirish zarurati tufayli o‘z zimmasiga yangi-yangi vazifalarni olmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, kursning asosiy maqsadi talabalarning muloqot imkoniyatlarini madaniyat darajasiga ko‘tarishdan iborat. Buning uchun nutq madaniyatining nazariy va amaliy muammolari haqida tushuncha berish hamda kerakli sharoitlarda ulardan foydalanishni o‘rgatish, nafaqat o‘zbek adabiy tili me’yorlariga amal qilgan holda yozma va og‘zaki nutq tuzish ko‘nikmasini shakllantirish, balki umuman nutq tuzish, uni bayon qilishning, ya’ni nutqning nutqiy bo‘lmagan hodisalarga munosabatidan kelib chiqadigan holatlarga (vaziyatga) e’tiborli bo`lish kerakligini ham shakllantirishdan iborat. Shu ma’noda shaxsning nutqiy malakasi va muloqot akti Nutq madaniyati kursining tahlil va tavsif predmeti hisoblanadi. Belgilangan maqsad esa muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi: -ta’lim oluvchilarning o‘zgalarga munosabatini takomillashtirishga ko‘maklashish; - ta’lim oluvchilarning muloqot madaniyatiga doir bilim saviyasini takomillashtirishga doir yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; - ta’lim oluvchilarning o‘zlarida til hodisalarini his qilish tizimini tarbiyalashlariga va til bo’yicha zarur bilimlarini boyitishlariga doir tavsiyalarni berish; - talabalarda nutq me’yorlari nazariyasi terminlarining ishlatilish ко‘lami, ularni amalda ham o‘quv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qo‘llash masalasini shakllantirish; - nutq me’yorlariga oid faktlarini ishonchli tarzda, izchil to‘plash, saralash;
- nutqning adabiy til me’yorlari (umumiy, xususiy me’yorlar) bilan munosabati 
haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish; 
- nutq tuzish va bayon qilishning me’yorlarini to‘g‘ri belgilash va unga amal 
qilishni shakllantirish; 
- talabalarda har qanday nutqni tahlil eta olish, shu asosda uni baholay olish, 
tuzata olish qobiliyatini rivojlantirish; 
- nutqning nutqiy bo‘lmagan hodisalar bilan munosabatini (ong, borliq, til, 
vaziyat kabilar) hisobga olgan holda nutq tuzish va bayon qilish ko‘nikmasini 
shakllantirish. 
 3. Nutq madaniyati fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. 
Madaniy nutq salohiyatiga erishish va ta’limda uni ta’minlashga ko‘maklashish 
boshqa fanlar bilan aloqador ish ko‘rishni taqozo etadi.  
Nutq madaniyati sohasi boshqa fanlarda ham bo’lgani kabi bir qator fanlar, fan 
sohalarining materiallari va yutuqlariga suyanadi. 
 Nutq madaniyati ta’limida falsafa, pedagogika, metodika, psixologiya, axborot 
texnologiyalari, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, etika, estetika fanlari 
yutuqlariga tayanilsa, nutq madaniyatini egallashda ulardan falsafa, pedagogika, 
metodika, psixologiya, axborot texnologiyalari birinchi darajali fanlar doirasida 
turmaydi. 
Sohaning boshqa fanlar bilan aloqasi ikki yo‘nalishda qaror topadi: 
- nutq madaniyati ta’limi yo‘nalishi; 
- nutq madaniyatini egallash yo‘nalishi. 
Nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatda, tilshunoslikning fonetika, 
morfologiya, leksikologiya, sintaksis, uslubshunoslik sohalari, adabiyotshunoslik 
fani bilan, ikkinchidan, esa mantiqshunoslik, psixologiya, falsafa, estetika va etika 
kabi ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqada. 
Nutq madaniyati sohasi fan sifatida falsafa fani bilan aloqador. 
Chunki falsafa nutq madaniyati ta’limining ilmiy metodikasini, metodologik 
asoslarini belgilab beradi. 
Logotip
- nutqning adabiy til me’yorlari (umumiy, xususiy me’yorlar) bilan munosabati haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish; - nutq tuzish va bayon qilishning me’yorlarini to‘g‘ri belgilash va unga amal qilishni shakllantirish; - talabalarda har qanday nutqni tahlil eta olish, shu asosda uni baholay olish, tuzata olish qobiliyatini rivojlantirish; - nutqning nutqiy bo‘lmagan hodisalar bilan munosabatini (ong, borliq, til, vaziyat kabilar) hisobga olgan holda nutq tuzish va bayon qilish ko‘nikmasini shakllantirish. 3. Nutq madaniyati fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. Madaniy nutq salohiyatiga erishish va ta’limda uni ta’minlashga ko‘maklashish boshqa fanlar bilan aloqador ish ko‘rishni taqozo etadi. Nutq madaniyati sohasi boshqa fanlarda ham bo’lgani kabi bir qator fanlar, fan sohalarining materiallari va yutuqlariga suyanadi. Nutq madaniyati ta’limida falsafa, pedagogika, metodika, psixologiya, axborot texnologiyalari, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, etika, estetika fanlari yutuqlariga tayanilsa, nutq madaniyatini egallashda ulardan falsafa, pedagogika, metodika, psixologiya, axborot texnologiyalari birinchi darajali fanlar doirasida turmaydi. Sohaning boshqa fanlar bilan aloqasi ikki yo‘nalishda qaror topadi: - nutq madaniyati ta’limi yo‘nalishi; - nutq madaniyatini egallash yo‘nalishi. Nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatda, tilshunoslikning fonetika, morfologiya, leksikologiya, sintaksis, uslubshunoslik sohalari, adabiyotshunoslik fani bilan, ikkinchidan, esa mantiqshunoslik, psixologiya, falsafa, estetika va etika kabi ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqada. Nutq madaniyati sohasi fan sifatida falsafa fani bilan aloqador. Chunki falsafa nutq madaniyati ta’limining ilmiy metodikasini, metodologik asoslarini belgilab beradi.