NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATI. NOTIQLIK TARIXI. YUNON VA RIM NOTIQLIK TARIXI
Yuklangan vaqt
2025-08-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
25,5 KB
NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATI. NOTIQLIK TARIXI.
YUNON VA RIM NOTIQLIK TARIXI
Reja:
1. Yunonistonda notiqlik san’ati taraqqiyoti va sabablari .
2. Notiqlik san’ati va Arestotel ijodi .
3. Yunon notiq tarixi.
4. Rim notiqlik tarixi
Tаyanch soʻz va iboralar: аntik dаvr nоtiqligi, nоtiqlik sаnʼаti, Yunоn vа Rim
nоtiqligi, vоizlik, suхаndоnlik, оgʻzаki nutq turlаri.
Notiqlik qadim davrlardan beri alohida mahorat, san’at sifatida, insondagi
maxsus noyob qobiliyat sifatida qabul qilib kelingan. Shuning uchun notiqlikni nutq
madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og`zaki nutq shakli nutqiy mahorat
ma’nosidagi notiqlik bо‘lavermaydi. Notiqlik san’atida tinglovchilarni, ommani
о‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi о‘rinda turadi. Notiqning nutqi chiroyli,
jozibali bо‘lishi shart. Bunga erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy
kuchiga, jumlalarning jimjimadorligiga katta e’tibor beriladi. Kishilar chiroyli,
mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya
(Yunoniston)da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq
oldiga qо‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bunga quldorlik tuzumining rivojlanishi,
quldorlik demokratiyasi sabab bо‘ldi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud
ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga kо‘tardi. Yetuk
inson bо‘lish uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib qо‘yiladi. Ana shu
ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Uning Sitseron, Demosfen, Kvintilian,
Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramizning 335 yilida Aristotelning
«Ritorika»si yaratiladi. Arastu "Ritorika"si notiqlik san'ati nazariyasiga daxldor
to‘laqonli asardir. Arastu notiqlik san'atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi: 1.
Matnni har tomonlama tayyorlash.
2. Matnni rеja asosida mutanosib holida joylashtirish.
3. Matnni o‘zlashtirish.
4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish uchun tayyorgarlik.
5. Matnni to‘gri talaffuz qilib, tinglovchiga yеtkazish.
Aristotеl fikrlari bugun uchun ham qimmatli, jumladan, ifodali o‘qish uchun
ham ahamiyatlidir. Qizig‘i shundaki, Dеmosfеn ham Arastu kabi 384-322-yillarda
yashagan. Afinada tug‘ilgan Dеmosfеnning umri ota mеrosini tog‘asidan qaytarib
olish kurashlari ichida o‘tadi. Singlisi va unga qolgan mеros tog‘asi qo‘lida qoladi.
Tog‘asi unga pand bеrgach, ko‘p yil sudlashadi. Sudlashishdan oldin 4 yil Isеy
dеgan mashhur advokat qo‘lida o‘qiydi. Ustozi unga mashhur tarixchi Fukidid va
Aflotun asarlarini o‘rgatadi. Oqibat notiqlikni o‘rganadi. Dеmosfеnning xalq
oldidagi 1-nutqi ayanchli holda, to‘polon, kulgu, masxaralash bilan kutib olindi.
Chunki Dеmosfеnning tovushi past bo‘lib, bir oz duduqlanar, "r" harfini aytolmas,
yеlkasini qimirlatib turar, ko‘pchilik orasida o‘zini to‘g‘ri tuta olmas edi. Dеmosfеn
ikki marta ham muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Oqibat har kuni bir nеcha soat mashq
qildi va mashhur notiq bo‘lib yеtishdi. Yunon notiqligi O‘rta Osiyo voizligi uchun
ham poydеvor bo‘ldi.
Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀπιστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira
– miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va
Iskandar Zulqarnayn ustozi bo`lgan. U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq,
ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib
qoldirgan.Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil
ko`rdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan
e’tiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga
murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, o`zining Likey
maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan so`ng 323 yilda xudosizlikda ayblanib,
Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo`ldi va umrining oxirigacha shu erda
yashadi. Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning
ta’limoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan
sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu insoniyat tafakkurini
rivojlantirishga juda kuchli ta’sir ko`rsatdi. Arastu ijodi o`z zamonidagi deyarli
barcha bilim sohalarini qamrab oldi. O`zining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“)
asarida Platonning g`oyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon g`oyalari“ moddiy
predmetlarning oddiy nusxasi, aynan o`zi ekanini ko`rsatdi. Arastu ayrimlik va
umumiylikning o`zaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir
joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin.
Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“)
mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok
qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish
mumkin. Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini 4 guruhga
bo`ladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuzaga
keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi Arastu materiyani dastlabki
sabablardan biri, deb e’tirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan
uch sababni esa – faol sabab, deb hisoblaydi.
Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:
“Politiya“,“Farovonlik haqida“,”Birinchi analitika“,”Ikkinchi analitika“
”Kategoriyalar“, Fizika“,”Metafizika“, “Jon haqida“, “Nikomax axloqi“ ,
“Yevdem axloqi“, “Axloqi kabir“, “Siyosat“ “Ekonomika“, “Etika“, “Poetika“,
“Ritorika“
Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning
qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7-8-
asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Ma’mun davrida Arab xalifaligi
hududida Arastu asarlari tarjima etilib o`rganildi, ularga o`nlab izoh va sharhlar
bitildi. Bu ishda O`rta Osiyoning ulug` olimlari katta rol o`ynadi Abu Nasr Forobiy
Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“,
„Analitika“ asarlariga ilmiy sharhlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga
sazovor bo`ldi. Abu Ali Ibn Sino o`z ustozlarining ilg`or g`oyalarini yanada
rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi. Ibn Sino
bilan Beruniy o`rtasida Arastuning „Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari
to`g`risidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga qiziqish benazir bo`lganidan
dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd o`z safdoslari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn
Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targ`ib
etib, asarlariga sharhlar yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi. O`rta asr Sharqida
Arastu ta’limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan
faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni bilan mashhurdir.
Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir.
U о‘zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqlikning birinchi
sharti qilib qо‘yadi. Kvintilian notiqlikka doyir bilimni juda yoshlikdan о‘rgana
borish
kerak,deydi.
Rim notiqligi
Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir
paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana
bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi
deb ham yuritiladi.
Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan
bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati
taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim
bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan
Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining
ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish
davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or
yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi
tabiiy bir hol edi.
Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati
kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va qullar
bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy
(eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan.
Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu
qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim
imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik
notiqlar yetishib chiqdi.
Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga
ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani
muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U masalani g‘oyat keskin tarzda
qo‘ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g‘oyat go‘zal konstruksiyada, ifodali va
ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni
atroflicha o‘rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli
mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini
yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan
kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash
borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.
Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining
zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo‘lgan
notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud
notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga
– konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va
demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.
3.Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.
4.Jami 800 ga yaqin maktub.
Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola –
"Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari
juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik
san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni
bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning
nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy
qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z
tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan.
Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar
ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu
ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham
foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan
uslubga ham o‘xshab ketardi.Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va
musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan.
Sitseron o‘z nutqiga katta tayyorgarlik ko‘rgan. Shunday bir rivoyat bor,
Sitseron bir kuni nutq so‘zlashga tayyorlanib ulgura olmagani uchun nima qilishini
bilmay turgan ekan. Xuddi shu paytda bir qul xizmatkor kirib, majlis qoldirilganini
xabar qilibdi. Sitseron quvonganidan o‘sha qulni shu zahotiyoq ozod qilib yuborgan
ekan. Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, ammo notiq bo‘lib yetishadi, degan hikmatni olg‘a
surgan Sitseron chindan ham notiqlik san’atini izlanish va mehnat tashkil etishini
yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan.
Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning
kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va
kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan.Sitseron nutq
jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning
kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy
qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va
nazariy ahamiyatga molikdir.
Sharq notiqligi
O‘rta Osiyoda hozirgi O‘zbekiston hududida notiqlik, ya’ni voizlikning
vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari juda qadimiydir. Ma’lumki,
qadimiy Sharqda, taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini shoh, xalifa, sulton, qirol
va harbiy sarkardalar bajarganlar. Ular asosan, juma kunlari, hayit, navro‘z va
boshqa bayram marosimlarida jamoani to‘plab, davlat siyosati, tuzumi,
fuqarolarning majburiyat va burchlari, jumladan, bahodirlik, itoatkorlik, qonunlarga
rioya qilish, boshqa qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari,
mudofaa, o‘z ichki, tashqi siyosatlari va boshqalar haqida va’z aytganlar.
O‘rta Osiyoda ilk Uyg‘onish davrining mashhur mutafakkiri va voizlaridan
bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (870-950) va’z aytganda to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri
mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq matnini tuzishda
leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta
e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq
bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta
olsin»,deydi.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga
ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab bahs-
munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni
yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar
talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi
bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida
ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq
so‘zlash uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sino voizlikning amaliy va nazariy masalalarini quyidagicha talqin
etadi: nutq qo‘pol ohangda bo‘lmasligi kerak;tinglovchilarning ilm darajasini
hisobga olish zarur;va’zxonlikka ko‘p berilmaslik kerak;nutqni muloyim ohangda
olib borish kerak;
agar (nutqingda) biror kishini tanqid qilmoqchi bo‘lsang, boshqalarning
kamchiliklari bilan qiyoslab tanqid qil; agar haqiqatni aytmoqchi bo‘lisang, faqat
bir faktga tayanma, balki ko‘p masalalar bilan isbotla, shu narsa haqida o‘ylashga
va haqiqatni izlashga ishontir; agar tinglovchilar sening nutqingni e’tibor bilan
quloq solib tinglayotgan bo‘lsa, nutqingni davom ettir va hech nimani sir saqlama,
lekin tinglovchilarning e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga burganing
ma’qul.
Mashhur voizlardan yana biri Abu Homid ibn Muhammad al-
G‘azzoliy «Oxiratnoma» asarida voizlarning mahorati va o‘ziga xos uslublari
xususida shunday mulohaza yuritadi; «Ahli mo‘minga va’z aytishda ehtiyot
bo‘lishing lozim. Chunki voizlikda ofat ko‘p. Agar aytadigan pand-nasihatlaringga
avval o‘zing amal qilib, so‘ngra xalqqa izhor etsang, bu voizlik durustdir.XI asrning
ikkinchi yarmida G‘arbiy Eronda podshohlik qilgan Kaykovus voizlik san’atining
so‘nmas yulduzlaridan biridir. Uning mashhur "Qobusnoma" asaridagi 7-bob
suxandonlik, notiqlikka bag‘ishlangan.Mahmud Qoshg‘ariy «Devonu lug‘otit
turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlarida ham nutq odobi borasida
qadimiy turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbeklar amal qilgan asosiy qonun-qoidalar,
rasm-rusmlar haqidagi fikrlar yozilgan.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy kishi fazilatlaridan biri
hisoblanmish nutq madaniyatiga katta e’tibor bergan. U nutqning g‘alizligi tilga
zarar yetkazishini, aksincha, yaxshi, chiroyli nutq tilning boyishiga xizmat qilishini
ta’kidlaydi. Shoir nutqning tilga bevosita ta’sir qiluvchi vosita ekanligini shunday
ifodalaydi: «Til muncha sharaf bilan nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar
nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidir». Alisher Navoiy nutqning aniq va to‘g‘ri,
ta’sirli va jozibali bo‘lishini targ‘ib qiladi. Bunday nutqqa erishish uchun so‘z
ma’nosiga alohida e’tibor berish lozim. Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida
voizlikka xos fazilat va xususiyatlarga alohida to‘xtalib, u xalqni o‘z nutqiga qarata
oladigan, o‘z ortidan ergashtira oladigan donishmand kishi bo‘lishi kerakki, qalbida
ma’naviy, ruhiy bo‘shliq bo‘lgan har qanday odam esa bunday voizning suhbatidan
olam-olam ma’naviy zavq olib, ko‘ngli ko‘tarilsin, deydi.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi:
Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir,
noyob hunardir.