NUTQ, UNING SHAKLLARI, TURLARI VA USLUBLARI

Yuklangan vaqt

2025-08-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

32,5 KB


 
 
 
 
NUTQ, UNING SHAKLLARI, TURLARI VA USLUBLARI 
 
Reja: 
1. Til va nutq. Nutqiy faoliyat. 
2. Nutq shakllari. 
3. Nutq uslublari. 
4. Nutq turlari. 
 
Tаyanch soʻz va iboralar: til, lison, nutq, nutqiy faoliyat, nutq shakli, nutq 
uslubi, nutq turi.  
1. Til va nutq. Nutqiy faoliyat. Til muayyan tilda so‘zlashuvchilarning 
nutqiy qobiliyati va imkoniyati bo`lib, u tafakkurni shakllantirishga, bilimlarni 
xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborot uzatish va qabul qilishga 
imkoniyat beruvchi eng muhim, bevosita va bilvosita muloqot qilish vositasi. Til 
lison, nutq va me’yordan iborat bo`ladi. 
Lison deyilganda ma’lum bir til jamiyatining barcha a’zolari uchun ajdodlar 
tomonidan tayyor holga keltirib qo‘yilgan, ma’lum bir tilda so'zlashuvchilar uchun 
umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan 
so‘z va qo‘shimchalar hamda ularning o‘zaro birikish qoidalari. So‘z va 
qo‘shimchalarning birikish qoidalari shu tilda so‘zlashuvchilarning ongida 
yashaydi. 
Lison kishilarning so‘z va qo‘shimchalar zaxirasi hamda ularning shu tilda 
so'zlarni bog‘lab nutq so‘zlash malakasidir. Lison, umuman olganda, kishilarning 
nutq so'zlash imkoniyati hisoblanadi. 
Logotip
NUTQ, UNING SHAKLLARI, TURLARI VA USLUBLARI Reja: 1. Til va nutq. Nutqiy faoliyat. 2. Nutq shakllari. 3. Nutq uslublari. 4. Nutq turlari. Tаyanch soʻz va iboralar: til, lison, nutq, nutqiy faoliyat, nutq shakli, nutq uslubi, nutq turi. 1. Til va nutq. Nutqiy faoliyat. Til muayyan tilda so‘zlashuvchilarning nutqiy qobiliyati va imkoniyati bo`lib, u tafakkurni shakllantirishga, bilimlarni xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborot uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi eng muhim, bevosita va bilvosita muloqot qilish vositasi. Til lison, nutq va me’yordan iborat bo`ladi. Lison deyilganda ma’lum bir til jamiyatining barcha a’zolari uchun ajdodlar tomonidan tayyor holga keltirib qo‘yilgan, ma’lum bir tilda so'zlashuvchilar uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan so‘z va qo‘shimchalar hamda ularning o‘zaro birikish qoidalari. So‘z va qo‘shimchalarning birikish qoidalari shu tilda so‘zlashuvchilarning ongida yashaydi. Lison kishilarning so‘z va qo‘shimchalar zaxirasi hamda ularning shu tilda so'zlarni bog‘lab nutq so‘zlash malakasidir. Lison, umuman olganda, kishilarning nutq so'zlash imkoniyati hisoblanadi.
Nutq - kishilarning ongida mavjud lisoniy imkoniyatlarni og‘zaki yoki yozma 
shakllarda voqelantirilishi. Masalan, aytgan yoki yozgan gaplarimiz nutq bo‘lib, u 
lisoniy bilim va malakamiz tufayli sodir bo‘ladi. 
Me’yor lisoniy imkoniyatlarni ishga solishimizda jamiyat tomonidan 
shakllantirilgan qoidalardir. Masalan, jamiyat qoidalari о'Imoq so‘zi o‘rnida vafot 
etmoq, ketmoq, kuni bitmoq, joni uzilmoq ifodalarini ishlatishni qoidalashtirgan. 
Yoki biz bir o'rinda turq, boshqa o‘rinda jamol so‘zini qo'llaymiz, ammo ularni 
noo‘rin ishlatsak, mulzam bo‘lamiz. Me’yor tildan foydalanishimizni tartibga solib 
turadi. 
Nutqiy faoliyat tildan foydalanuvchilarning gapirish, nutq so'zlash bilan birga, 
tinglash jarayoni ham. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl Kamegi “yaxshi 
suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan 
suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini 
nazarda tutgan edi. Nutqiy faoliyat kundalik faoliyatimizning tarkibiy qismidir. 
Nutq madaniyati kishilarning kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqador. Adabiy 
tilning o‘zi nutq madaniyatini tashkil eta olmaydi. Adabiy tildan, uning 
madaniylashgan vositalaridan nutqiy faoliyatda foydalanilgandagina adabiy til nutq 
madaniyati vositasiga aylanadi. Masalan, hozirgi zamon o'zbek adabiy tilda ta’lim-
tarbiya ishlari olib boriladi, ilmiy va badiiy adabiyotlar nashr etiladi, gazeta va 
jurnallar chiqariladi. Radio va televideniye eshittirishlarida ushbu til me’yorlariga 
amal qilinadi. Yozma nutqda o‘zbek tilining imlo qoidalariga, gapirganda esa, adabiy 
talaffuz talablariga rioya etiladi. 
Adabiy nutq, uning yozma va og'zaki shakli me’yorlari bu tilda 
so‘zlovchilarning shaxsiy nutqlari va bu nutqlar yig'indisidan iborat bo‘lgan umumiy 
me’yor sifatida namoyon bo'ladi.Adabiy nutq madaniyatini egallashda tilga e’tibor, 
unga chinakam hurmat va muhabbat muhim rol o‘ynaydi. Adabiy nutq me’yorlarini 
shunchaki qiziqish va u bilan nomigagina shug‘ullanish bilan egallab bo‘lmaydi. 
Buning uchun shaxsning saviyasi yuksalishi, bilimi o‘sishi ham talab etiladi. Shunga 
ko‘ra, adabiy nutq madaniyati nutqiy ko‘nikma, nutqiy malaka natijasidir. Nutq 
madaniyati malakasiga adabiy til qoidalari, til bo‘yicha bilimlar, tajriba orqali 
Logotip
Nutq - kishilarning ongida mavjud lisoniy imkoniyatlarni og‘zaki yoki yozma shakllarda voqelantirilishi. Masalan, aytgan yoki yozgan gaplarimiz nutq bo‘lib, u lisoniy bilim va malakamiz tufayli sodir bo‘ladi. Me’yor lisoniy imkoniyatlarni ishga solishimizda jamiyat tomonidan shakllantirilgan qoidalardir. Masalan, jamiyat qoidalari о'Imoq so‘zi o‘rnida vafot etmoq, ketmoq, kuni bitmoq, joni uzilmoq ifodalarini ishlatishni qoidalashtirgan. Yoki biz bir o'rinda turq, boshqa o‘rinda jamol so‘zini qo'llaymiz, ammo ularni noo‘rin ishlatsak, mulzam bo‘lamiz. Me’yor tildan foydalanishimizni tartibga solib turadi. Nutqiy faoliyat tildan foydalanuvchilarning gapirish, nutq so'zlash bilan birga, tinglash jarayoni ham. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl Kamegi “yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Nutqiy faoliyat kundalik faoliyatimizning tarkibiy qismidir. Nutq madaniyati kishilarning kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqador. Adabiy tilning o‘zi nutq madaniyatini tashkil eta olmaydi. Adabiy tildan, uning madaniylashgan vositalaridan nutqiy faoliyatda foydalanilgandagina adabiy til nutq madaniyati vositasiga aylanadi. Masalan, hozirgi zamon o'zbek adabiy tilda ta’lim- tarbiya ishlari olib boriladi, ilmiy va badiiy adabiyotlar nashr etiladi, gazeta va jurnallar chiqariladi. Radio va televideniye eshittirishlarida ushbu til me’yorlariga amal qilinadi. Yozma nutqda o‘zbek tilining imlo qoidalariga, gapirganda esa, adabiy talaffuz talablariga rioya etiladi. Adabiy nutq, uning yozma va og'zaki shakli me’yorlari bu tilda so‘zlovchilarning shaxsiy nutqlari va bu nutqlar yig'indisidan iborat bo‘lgan umumiy me’yor sifatida namoyon bo'ladi.Adabiy nutq madaniyatini egallashda tilga e’tibor, unga chinakam hurmat va muhabbat muhim rol o‘ynaydi. Adabiy nutq me’yorlarini shunchaki qiziqish va u bilan nomigagina shug‘ullanish bilan egallab bo‘lmaydi. Buning uchun shaxsning saviyasi yuksalishi, bilimi o‘sishi ham talab etiladi. Shunga ko‘ra, adabiy nutq madaniyati nutqiy ko‘nikma, nutqiy malaka natijasidir. Nutq madaniyati malakasiga adabiy til qoidalari, til bo‘yicha bilimlar, tajriba orqali
erishiladi. Nutq madaniyati malakasi egallangan bilim, o‘rganilgan qoidalar emas, 
balki kishining ularga o‘z nutqiy faoliyatida amal qilishga, qo‘llashga erisha olgan 
ko'nikmasidir. Ko‘rinadiki, nutq madaniyati aniq nutqiy faoliyat, aniq nutqiy amaldir. 
Nutq madaniyati va nutqiy faoliyat uzviy bog‘liq. Madaniy nutq madaniy nutqiy 
faoliyat mahsulidir.Shunday qilib, nutq madaniyatini egallash madaniy nutq 
ko‘nikmasini hosil qilish demakdir. 
2.Nutq shakllari. Nutq ikki shakldan birida namoyon bo‘ladi: 
• og‘zaki nutq; 
• yozma nutq. 
Har bir nutq shakli o‘ziga xos qoidalarga ega. Masalan, og‘zaki nutq talaffuz 
me’yorlariga ega bo‘lsa, bu yozma nutqda imlo qoidalari bilan almashadi. Og‘zaki 
nutqda ohang, talaffuzning to‘g‘riligi, aniqligi, ovozning baland pastligi, samimiyligi 
nosamimiyligi katta rol o‘ynaydi. Yozma nutqda harf shakllari, savodxonlik, 
jumlalarning to‘g‘riligi va mantiqiyligi kabilar ahamiyatga ega. Shuningdek, og‘zaki 
nutq leksikasi yozma nutq leksikasidan farqlanadi. Masalan, tilimizda apteka va 
dorixona so‘zlari mavjud. Ikkalasi ham lug‘atlarimizda qayd etilgan. Ammo ulaming 
biri og‘zaki, ikkinchisi yozma nutqqa xos. 
So'zlashuvda yozma nutqdagidek, yozishda og‘zaki nutqdagidek ish ko‘rish 
kulgili. Masalan, o‘zbek tilidagi -gach qo'shimchasi yozma nutqqa xos. Salim 
kelgach, men ketdim tipidagi gaplami og‘zaki nutqda qo`llamaymiz Lekin ayrim 
kishilaming bu o‘zbek tili tabiatiga xos emas, u sun’iy qo‘shimcha deganlarini ham 
eshitganmiz.  
Demak, so‘zlovchining nutq madaniyati deganda nutq sharotiga mos ravishda 
so‘z va iboralami o‘z o'mida qoilab, fikrini to‘g‘ri, ravon, tushunarli ifodalash 
tushuniladi. Misol qilib keltirilgan -gach qo‘shimchasi ham kitobiy uslubga xos. 
So‘zlashuvda esa uning sinonimi bo‘lgan -gandan keyin shaklini ishlatish o‘rinli: 
Salim kelgandan keyin men ketdim tarzida. 
3.Nutq uslublari. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo'lib, nutq 
jarayonida til hodisasidan maqsad, sharoit va muhitga mos ravishda foydalanish 
qonuniyati bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslub va uning turi, til vositasining 
Logotip
erishiladi. Nutq madaniyati malakasi egallangan bilim, o‘rganilgan qoidalar emas, balki kishining ularga o‘z nutqiy faoliyatida amal qilishga, qo‘llashga erisha olgan ko'nikmasidir. Ko‘rinadiki, nutq madaniyati aniq nutqiy faoliyat, aniq nutqiy amaldir. Nutq madaniyati va nutqiy faoliyat uzviy bog‘liq. Madaniy nutq madaniy nutqiy faoliyat mahsulidir.Shunday qilib, nutq madaniyatini egallash madaniy nutq ko‘nikmasini hosil qilish demakdir. 2.Nutq shakllari. Nutq ikki shakldan birida namoyon bo‘ladi: • og‘zaki nutq; • yozma nutq. Har bir nutq shakli o‘ziga xos qoidalarga ega. Masalan, og‘zaki nutq talaffuz me’yorlariga ega bo‘lsa, bu yozma nutqda imlo qoidalari bilan almashadi. Og‘zaki nutqda ohang, talaffuzning to‘g‘riligi, aniqligi, ovozning baland pastligi, samimiyligi nosamimiyligi katta rol o‘ynaydi. Yozma nutqda harf shakllari, savodxonlik, jumlalarning to‘g‘riligi va mantiqiyligi kabilar ahamiyatga ega. Shuningdek, og‘zaki nutq leksikasi yozma nutq leksikasidan farqlanadi. Masalan, tilimizda apteka va dorixona so‘zlari mavjud. Ikkalasi ham lug‘atlarimizda qayd etilgan. Ammo ulaming biri og‘zaki, ikkinchisi yozma nutqqa xos. So'zlashuvda yozma nutqdagidek, yozishda og‘zaki nutqdagidek ish ko‘rish kulgili. Masalan, o‘zbek tilidagi -gach qo'shimchasi yozma nutqqa xos. Salim kelgach, men ketdim tipidagi gaplami og‘zaki nutqda qo`llamaymiz Lekin ayrim kishilaming bu o‘zbek tili tabiatiga xos emas, u sun’iy qo‘shimcha deganlarini ham eshitganmiz. Demak, so‘zlovchining nutq madaniyati deganda nutq sharotiga mos ravishda so‘z va iboralami o‘z o'mida qoilab, fikrini to‘g‘ri, ravon, tushunarli ifodalash tushuniladi. Misol qilib keltirilgan -gach qo‘shimchasi ham kitobiy uslubga xos. So‘zlashuvda esa uning sinonimi bo‘lgan -gandan keyin shaklini ishlatish o‘rinli: Salim kelgandan keyin men ketdim tarzida. 3.Nutq uslublari. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo'lib, nutq jarayonida til hodisasidan maqsad, sharoit va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyati bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslub va uning turi, til vositasining
qo‘llanish xususiyati, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birlikning uslubiy 
imkoniyati o‘rganiladi. 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi 
adabiy nutq uslubi deyiladi. 
0‘zbek adabiy tilida 5 ta asosiy nutq uslubi bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy 
uslub, rasmiy-idoraviy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub. 
Ayrim darslikda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslub kitobiy uslub 
degan umumiy nom ostida beriladi. 
Barcha uslubda cheklanmagan tarzda ishlatiladigan so‘z va qo'shimcha uslubiy 
betaraf deyiladi: suv, tog‘, bola, xat. 
So‘zlashuv uslubi. Keng qo'llanadigan uslubdan biri - so‘zlashuv uslubi. Bu 
uslubda, odatda, adabiy til me’yoriga rioya qilinmaydi. So'zlashuv uslubidagi gap 
asosan dialogik shaklda bo‘ladi. Bunda turli uslubiy bo‘yoqdor so‘z, grammatik 
vosita qo‘llanadi. Shuningdek, tovush tushib qolishi, orttirihshi ham mumkin:Obbo, 
hamma ishni do`ndiribsiz-da. Mazza qildik Ketaqoool! 
So'zlashuv uslubida gapdagi so‘z tartibi ancha erkin. Ko'proq sodda, to`liqsiz, 
undalmali gaplardan foydalaniladi. Jargon, argo, vulgar, varvar so‘zlar ham 
ishlatilaveradi. Ayniqsa, bu nutq madaniyati yuqori bo'lmagan kishilarda ko‘proq 
uchraydi. 
Ilmiy uslub. Fan-texnikaning turli sohasiga doir ilmiy asarlar, darslik va 
qo‘llanmalar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumot asosida chiqarilgan 
ilmiy xulosa (qoida, ta’rif)larga boy bo‘lishi bilan boshqa uslubdan farq qiladi: 
Yomg'ir — suyuq tomchiholidagi atmosferayog'ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 
mm bo‘ladi.Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan 
foydalaniladi, bu uslubda so‘z o‘z ma’nosida qo'llanadi, qoida yoki ta’rifning 
mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘lak, kirish so‘z, kirish birikma, 
shuningdek, qo‘shma gaplardan keng foydalaniladi. 
Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idorasi tomonidan chiqariladigan qaror, 
qonun, nizom, xalqaro hujjat rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. 
Logotip
qo‘llanish xususiyati, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birlikning uslubiy imkoniyati o‘rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi adabiy nutq uslubi deyiladi. 0‘zbek adabiy tilida 5 ta asosiy nutq uslubi bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub. Ayrim darslikda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslub kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi. Barcha uslubda cheklanmagan tarzda ishlatiladigan so‘z va qo'shimcha uslubiy betaraf deyiladi: suv, tog‘, bola, xat. So‘zlashuv uslubi. Keng qo'llanadigan uslubdan biri - so‘zlashuv uslubi. Bu uslubda, odatda, adabiy til me’yoriga rioya qilinmaydi. So'zlashuv uslubidagi gap asosan dialogik shaklda bo‘ladi. Bunda turli uslubiy bo‘yoqdor so‘z, grammatik vosita qo‘llanadi. Shuningdek, tovush tushib qolishi, orttirihshi ham mumkin:Obbo, hamma ishni do`ndiribsiz-da. Mazza qildik Ketaqoool! So'zlashuv uslubida gapdagi so‘z tartibi ancha erkin. Ko'proq sodda, to`liqsiz, undalmali gaplardan foydalaniladi. Jargon, argo, vulgar, varvar so‘zlar ham ishlatilaveradi. Ayniqsa, bu nutq madaniyati yuqori bo'lmagan kishilarda ko‘proq uchraydi. Ilmiy uslub. Fan-texnikaning turli sohasiga doir ilmiy asarlar, darslik va qo‘llanmalar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumot asosida chiqarilgan ilmiy xulosa (qoida, ta’rif)larga boy bo‘lishi bilan boshqa uslubdan farq qiladi: Yomg'ir — suyuq tomchiholidagi atmosferayog'ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘z o‘z ma’nosida qo'llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘lak, kirish so‘z, kirish birikma, shuningdek, qo‘shma gaplardan keng foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idorasi tomonidan chiqariladigan qaror, qonun, nizom, xalqaro hujjat rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi.
Shuningdek, ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifhoma, 
shartnoma, tarjimayi hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu 
uslubda bitiladi. 
Rasmiy-idoroviy uslubdagi hujjat qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli bo'lishi 
lozim. Bu uslubning asosiy belgisi - jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. 
Rasmiy-idoraviy uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo'llanadi, ko‘pchilikka 
ma’lum bo'lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o'ziga xos 
atamalaridan foydalaniladi. Bu uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, 
ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan foydalaniladi. Gap bo'lagining odatdagi 
tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi. 
Ommabop (publitsistik) uslub. Tashviqot-targ‘ ibot ishlarini olib borishda 
qo`llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub deyiladi. Bu uslubda 
ijtimoiy-siyosiy so'zlar ko‘p qo'llanadi. Nutq ta’sirchan bo`lishi uchun ifodali so‘z va 
birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan keng foydalaniladi. Bunday uslubda gap 
bo‘laklari joylashuvi odatdagi tartibda bo‘ladi, kesim buyruq va xabar maylidagi 
fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplar, yoyiq undalma, 
takroriy so‘z va birikmalar unumli qo`llanadi. 
Badiiy uslub. Adabiy asarlar badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga 
ma’lumot berish bilan birga, timsol (obraz) vositasida estetik ta’sir ham ko'rsatadi. 
Badiiy uslubda qahramon nutqini jonli berish oddiy nutq so‘zi, sheva, 
vulgarizmdan ham foydalaniladi: 
U davradan chiqdi. Oqsoqollardan Amir polvonni tirsagidan chetga tortdi. 
- Polvonlaring har yerda o'tlab yuribdi, bu nima о ‘tirish? - dedi. 
- 
Menga 
qara, 
zo'r-zo'rlarini 
bir 
yerga 
yig 
‘. 
Sho'rchiliklar 
kepti...Tushundingmi? О‘zing bosh bo'l. Qurga tartib bilan chiqar. Shoshma,yetti 
o'lchab, bir kes. Sho'rchiliklarning o'ngi-chapiga e ’tibor qil qaytarib aytaman, faqat 
sho 'rchiliklarga ко ‘z tikinglar. Binoyimi? 
- Binoyi, polvon bova, binoyi. 
- Bir-ikkita dadilrog'i bilan bizning Tilovberdini davra oxiriga asra. Yo'g'on 
cho'zilib, ingichka uzilganda kunimizga yaraydi. Yana kim bor? 
Logotip
Shuningdek, ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifhoma, shartnoma, tarjimayi hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda bitiladi. Rasmiy-idoroviy uslubdagi hujjat qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli bo'lishi lozim. Bu uslubning asosiy belgisi - jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Rasmiy-idoraviy uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo'llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo'lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o'ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Bu uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan foydalaniladi. Gap bo'lagining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi. Ommabop (publitsistik) uslub. Tashviqot-targ‘ ibot ishlarini olib borishda qo`llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub deyiladi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so'zlar ko‘p qo'llanadi. Nutq ta’sirchan bo`lishi uchun ifodali so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan keng foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari joylashuvi odatdagi tartibda bo‘ladi, kesim buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplar, yoyiq undalma, takroriy so‘z va birikmalar unumli qo`llanadi. Badiiy uslub. Adabiy asarlar badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsol (obraz) vositasida estetik ta’sir ham ko'rsatadi. Badiiy uslubda qahramon nutqini jonli berish oddiy nutq so‘zi, sheva, vulgarizmdan ham foydalaniladi: U davradan chiqdi. Oqsoqollardan Amir polvonni tirsagidan chetga tortdi. - Polvonlaring har yerda o'tlab yuribdi, bu nima о ‘tirish? - dedi. - Menga qara, zo'r-zo'rlarini bir yerga yig ‘. Sho'rchiliklar kepti...Tushundingmi? О‘zing bosh bo'l. Qurga tartib bilan chiqar. Shoshma,yetti o'lchab, bir kes. Sho'rchiliklarning o'ngi-chapiga e ’tibor qil qaytarib aytaman, faqat sho 'rchiliklarga ко ‘z tikinglar. Binoyimi? - Binoyi, polvon bova, binoyi. - Bir-ikkita dadilrog'i bilan bizning Tilovberdini davra oxiriga asra. Yo'g'on cho'zilib, ingichka uzilganda kunimizga yaraydi. Yana kim bor?
-Shu, Bakirboyning Samarqandda о'qiyotgan Jonibek uli kelgan.Yaxshi olishi 
bor-da. О‘tgan yili kelganda Sariosiyoni mot qilib edi. 
- Uning kelganini ко'pchilik bilmaydi-ya? Ma’qul. Ayt, tom ustiga chiqib, 
o'zini yashirib o'tirsin. 
-H a y 
                    (Tog‘ay Murod) 
Til imkoniyati barcha uslublarga teng moslashgan. Tilda bejiz sinonimlar 
mavjud emas. Sinonim bo`lgan har bir so‘z, ibora, birikma va gap har xil uslub uchun 
mo`ljallangan. Yuqorida aytganimizdek, til imkoniyatidan foydalanish uchun nafaqat 
bu so‘zlarning tilda borligini, balki ularni qachon, qanday sharoit va vaziyatda 
qo`llashni ham bilish lozim. Turqingni sog'inib jonon deyilmaganligi kabi 
jamolingni sovunlab yuv ham deyilmaydi, albatta. Ba’zilaming aftingni 
art,basharasi tanishga о'xshaydi deganlarini eshitganmiz. Bu til birliklarining 
uslubiy xoslanishini bilmaslik yoki unga e’tibor qilmaslikdir. 
4.Nutq turlari. Nutq rasmiy va norasmiy turlarga bo`linadi. Yozma nutqning 
so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublaridagi nutq norasmiy nutq hisoblanadi. 
Shuning uchun bu uslublarda nutq egasi erkin harakat qiladi. Nutqdan maqsad va 
uning kimga mo`ljallanganligiga qarab nutq egasi til birliklaridan istaganicha 
foydalana oladi. Masalan, so'zlashuv nutqida so‘zlovchining adabiy yoki sheva 
unsurlaridan, ilmiy terminlardan foydalanishini, jumlalarning to`liq yoki noto`liq 
bo‘lishini, imo-ishora vositalarini qay tarzda qo`llashini hech kim nazorat qilmaydi 
va hech kimga baho berib o'tirmaydi. So‘zlovchi faqat nutq sharoiti, nutq vaziyati va 
hamsuhbatning kimligidan kelib chiqqan holda o‘zini o‘zi nazorat qiladi. Badiiy va 
publitsistik uslub nutqi haqida ham shunday deyish mumkin. 
Rasmiy va ilmiy uslubdagi nutq rasmiy nutq hisoblanadi. Rasmiy nutq 
o'rnatilgan qoidalar asosida tashkil etiladi. Ma’ruzalar, dokladlar og‘zaki ko‘rinishda 
bo‘lganda ham, rasmiy nutq hisoblanadi. Shuning uchun bunday og‘zaki nutq bilan 
yozma nutq orasida jumlalar qurilishi, so‘zlaring qo`llanishida farqlar kam 
seziladi.Rasmiy doiralarda norasmiy, norasmiy doiralarda rasmiy nutq tinglovchilar 
uchun noqulay holatni keltirib chiqaradi. Buning yorqin misolini yozuvchi Abdulla 
Logotip
-Shu, Bakirboyning Samarqandda о'qiyotgan Jonibek uli kelgan.Yaxshi olishi bor-da. О‘tgan yili kelganda Sariosiyoni mot qilib edi. - Uning kelganini ко'pchilik bilmaydi-ya? Ma’qul. Ayt, tom ustiga chiqib, o'zini yashirib o'tirsin. -H a y (Tog‘ay Murod) Til imkoniyati barcha uslublarga teng moslashgan. Tilda bejiz sinonimlar mavjud emas. Sinonim bo`lgan har bir so‘z, ibora, birikma va gap har xil uslub uchun mo`ljallangan. Yuqorida aytganimizdek, til imkoniyatidan foydalanish uchun nafaqat bu so‘zlarning tilda borligini, balki ularni qachon, qanday sharoit va vaziyatda qo`llashni ham bilish lozim. Turqingni sog'inib jonon deyilmaganligi kabi jamolingni sovunlab yuv ham deyilmaydi, albatta. Ba’zilaming aftingni art,basharasi tanishga о'xshaydi deganlarini eshitganmiz. Bu til birliklarining uslubiy xoslanishini bilmaslik yoki unga e’tibor qilmaslikdir. 4.Nutq turlari. Nutq rasmiy va norasmiy turlarga bo`linadi. Yozma nutqning so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublaridagi nutq norasmiy nutq hisoblanadi. Shuning uchun bu uslublarda nutq egasi erkin harakat qiladi. Nutqdan maqsad va uning kimga mo`ljallanganligiga qarab nutq egasi til birliklaridan istaganicha foydalana oladi. Masalan, so'zlashuv nutqida so‘zlovchining adabiy yoki sheva unsurlaridan, ilmiy terminlardan foydalanishini, jumlalarning to`liq yoki noto`liq bo‘lishini, imo-ishora vositalarini qay tarzda qo`llashini hech kim nazorat qilmaydi va hech kimga baho berib o'tirmaydi. So‘zlovchi faqat nutq sharoiti, nutq vaziyati va hamsuhbatning kimligidan kelib chiqqan holda o‘zini o‘zi nazorat qiladi. Badiiy va publitsistik uslub nutqi haqida ham shunday deyish mumkin. Rasmiy va ilmiy uslubdagi nutq rasmiy nutq hisoblanadi. Rasmiy nutq o'rnatilgan qoidalar asosida tashkil etiladi. Ma’ruzalar, dokladlar og‘zaki ko‘rinishda bo‘lganda ham, rasmiy nutq hisoblanadi. Shuning uchun bunday og‘zaki nutq bilan yozma nutq orasida jumlalar qurilishi, so‘zlaring qo`llanishida farqlar kam seziladi.Rasmiy doiralarda norasmiy, norasmiy doiralarda rasmiy nutq tinglovchilar uchun noqulay holatni keltirib chiqaradi. Buning yorqin misolini yozuvchi Abdulla