NUTQIDA NUQSONI BO'LGAN O'QUVCHILARNI KORREKTSION O‘QITISH
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
278,5 KB
NUTQIDA NUQSONI BO’LGAN O'QUVCHILARNI KORREKTSION
O'QITISH
Mashg’ulot rejasi:
1. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari.
2. Nutqida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish.
3. O’quvchilarning nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish.
Tayanch tushunchalar: nutq, nutq buzilishi, logoped, logopediya, nutq
normasi, afoniya, disfoniya, fonosteniya, alaliya, logopedik punkt.
1. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari
Logopediya
nutq
faoliyati buzilishin ing sabablari,
mexanizmlari,
alomatlari, oqim lari tarkibin i o‘rganadi. Shun ing uchun uni maxsus
pedagogika sirasiga qo‘shadilar.
«Logopediya» yunon tilida «logos» (so‘z, nutq), «peydeo» (tarbiyalaym
an, o‘qitam an) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «to‘g‘ri nutqni tarbiyalash» m
a’nosini bildiradi.
Logopediyada nutq norm alari va un ing buzilishi tushun- chasini farqlash
m uhim dir.
«Nutq normasi» deganda, nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishin ing
um um iy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati
holatida uning psixofiziologik mexanizm lari saqlangan bo‘ladi.
Nutq kamchiliklari gapiruvchi shaxsnin g m a’lum til m uhiti- da qabul
qilingan, nutq faoliyati zaiflashuviga bog‘liq holda til m e’yorlaridan
chetlashuvi bilan belgilan adi.
Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu
aloqa vositasin ing buzilishidir.
Logopediya fanining maqsadi: nutq kam chiligini o‘rganish, bartaraf etish
va oldini olish. Logopediya fanining ob’ekti: nutq kam chiligiga ega bo‘lgan
shaxs.
Nutq faqatgina insonga xos bo'lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy
munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy
ravishda toidirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o'rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion
pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos — so'z
va paideia — tarbiyalash) shug'ullanadi. Ovoz nuqsonlari quyidagi terminlar bilan
ataladi: afoniya, disfoniya, fonosteniya, rinofaniya, linolaliya. Patogen omil ta'sirida
yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o'z-o'zidan yo'qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan
korreksion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va
endogen (ichki) omillar asosiy rol o'ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fizioiogik,
morfoiogik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy
ta'siri), psixonevroiogik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki
diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta'siri sezilarli bo'ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning
organizmiga salbiy ta'sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli
akusherlik patologiyalari (beltorligi, tug'ilishning cho'zilib ketishi yoki tez sodir
bo'lishi, yo'ldoshga o'ralib qolishi, bolaning noto'g'ri joylashishi va boshqalar),
malakali akusherlik yordamining ko'rsatilmasligi, chala tug'ilish kabi holatlar sabab
bo'ladi. Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
1) tibbiy-psixologik nutqiy buzilish:
2) psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Tibbiy-psixologik turda ko'riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki
yirik guruhga ajratish mumkin:
1) og'zaki nutqning buzilishi:
2) vozma nutqning buzilishi.
Og'zaki nutqning buzilishi o'z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
1) nutq ifodalanishi fonatsion tuzilishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
2)
fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning
buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik1) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda
qo'llashga yo'naltirilgan bo'lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga
yo'naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta'sir ko'rsatish metodlarini ishlab chiqishga
xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko'ra nutqning buzilishi
quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1.
Muomala
vositalari
(fonetik-fonematik
va
nutqning
umumiv
rivoilanmaganlik, ogning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo'llashdagi buzilishlar.
Nutq buzilishlarini belgilash uchun , shuningdek, «nutqning nuqsonlari»,
«nutq kamchiliklari» «nutq buzilishlari» kabi nutq atamalari ishlatiladi.
«Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi» va «nutq buzilishi» tushunchalari bir-
biridan farq qiladi, «nutqning to‘liq rivojlanmay qolishi» atamasi nutq faoliyati
buzilishining faqat alomatli darajasinigina xarakterlaydi. Bundan tashqari,
bunday buzilishda ko‘pincha nutqning rivojlanmay qolishiga nisbatan uning
tizimli buzilishi kuzatiladi.
«Nutqning parchalanishi» tushunchasi mavjud bo‘lgan nutq ko‘nikmalari
va kommunikativ malakaning (bosh miyaning
lokal yoki diffuziyali
xastalanishi oqibatida) yo‘qolganligini anglatadi.
Nutqning buzilishi alomati – bu nutqiy faoliyatning qandaydir buzilishi
belgisi (namoyon bo‘lishi)dir.
Nutqiy buzilish alomati – bu nutqiy faoliyat buzilishining belgilari
majmui (ko‘rinishlari)dir.
Nutq buzilishi mexanizmlari deganda, nutqiy faoliyat buzilishining paydo
bo‘lishi va rivojlanishini shart qilib qo‘yuvchi jarayon va operasiyalarning
bajarilishidan chetlashish xarakteri tushuniladi.
Nutq buzilishining patogenezi – bu nutqiy faoliyatda buzilishlarning paydo
bo‘lishi va rivojlanmay qolishiga sabab bo‘luvchi patologik mexanizmdir.
Nutq buzilishlarini bartaraf etishda shun day tushunchalar qo‘llaniladi:
«logopedik ta’sir etish», «tuzatish», «o‘rnini to‘ldirish», «rivojlantirish»,
«o‘qitish», «tarbiyalash», «qayta tarbiyalash», «tuzatish tarbiyalash orqali
o‘qitish» va boshqalar.
Logoped – bolalar va kattalar nuqtidagi kam chiliklarni bartaraf etish bilan
shug‘ullan adigan pedagog. Logopedning vazifasi nutqida n uqsonlari bor
kishilarni aniqlash, nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish, nuqsonlarning oldini
olish, logopediya bilimlarini aholi va o‘qituvchilar o‘rtasida tashviq qilishdan
iborat. Oliy defektologiya ma’lumotiga ega bo‘lganlargina logoped bo‘lib
ishlashlari mumkin. Toshkent Davlat pedagogika universitetining defektologiya
fakultetlari logopedlarni tayyorlaydi. Logoped um um ta’lim maktablari
qoshidagi logopedik punktlarda, maxsus nutq o‘stirish maktablarida va
bog‘chalarda, poliklinika, psixonevrologik dispanserlar qoshidagi logopedik
kabinetlarda ishlashlari m um kin.
Logopedik ta’sir nutqiy faoliyat buzilishini tuzatish, nutqi buzilgan bolani
tarbiyalash va rivojlan tirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni o‘z ichiga
oladi.
Nutq buzilishini tuzatish - nutq buzilishi alomatini to‘g‘rilash yoki
engillashtirishdir («nutq buzilishlarining oldini olish», «tuzatish» – bu borada
qo‘llaniladigan atam alardir).
Kompensatsiya (muzlash) – organizmning qandaydir harakatlarining
yo‘qolishi yoki buzilishi hollaridagi psixologik funksiyalarni qayta qurishning
ko‘p qirrali, murakkab jarayonini o‘zida namoyon qiladi. Tenglik, shakllanm
agan va buzilgan nutqli hamda nutqsiz harakatlarning rivojlanishi va tiklanishi
logopedik ta’sir etishning maxsus tizimidan qo‘llanish asosida amalga oshadi.
Bu jarayonda kom pensatsiya shakllanadi.
O‘qitish – ikki tomonlama boshqariladigan jarayondir. U bolalarnin g
bilim , malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish borasidagi faol bilish faoliyatini,
bu faoliyat ustidan pedagogik rahbarlikni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
O‘qitish jarayoni uzviy birlikdagi ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish
vazifalarini bajaradi.
Tarbiyalash jam iyat ehtiyojlariga m uvofiq ravishda shaxsning yoki uning
alohida sifatlarining shakllanish jarayonini maqsadga yo‘naltirilgan holda
uzluksiz, tashkiliy tarzda boshqarish demakdir.
Qayta tarbiyalash jarayonida nutqiy faoliyati buzilgan kishilarning o‘ziga
xos m uhim xususiyatlarini tuzatish ishlari am alga oshiriladi. Bosh m iya m
a’lum qism in ing xastalanishi hollaridagi logopedik ishlarda buzilgan nutqiy
va nutqsiz vazifalarni tiklashga qaratilgan tiklovchi ta’lim da foydalaniladi.
Bun day ta’lim asosida harakatning saqlanib qolgan qism iga tayan ish va
barcha funksion al tizim n i qayta qurish yotadi.
«Nutqni tiklash» atamasi afaziya davridagi nutq buzilishining, aksincha,
rivojlanishini belgilash uchun qo‘llaniladi.
1. Dislaliya – bolaning normal eshitishi, ko‘rishi va nutq apparatining
tuzilishi va faoliyati saqlangan holda tovush talaffuzining buzilishi.
2. Rinolaliya – pereferik nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar
bilan bog‘liq holdagi ovoz va tovush talaffuzining buzilishi.
3. Dizartriya – markaziy nutq apparatining organik shikastlanishi natijasida
tovush talaffuzining buzilishi.
4.
Disfoniya – ovoz apparatining patologik o‘zgarishlari oqibatida
ovozning zaiflashuvi.
5.
Afoniya –
nutq (ovoz)
apparatining patologik o‘zgarishlari
oqibatida ovozning yo‘qolishi.
6. Alaliya – bolaning bosh miya qobig‘idagi nutq zonalarining ona qornidagi
yoki ilk rivojlanish davrida organik shikastlanishi natijasida nutqning
rivojlanm ay qolishi.
7. Afaziya – bosh miyaning nutq zonalarining joyi shikastlanishi bilan
bog‘liq holda nutqning to‘liq yoki qism an yo‘qolishi.
8. Duduqlanish – nutq apparati mushaklarini ixtiyoriy pay tortishishi
natijasida sur’at- ohangning buzilishi.
9. Bradilaliya – nutqning patalogik sekinlashgan sur’ati.
10. Taxilaliya – nutqning patologik tezlashgan sur’ati.
11. D isgrafiya – yozish jarayonining qisman buzilishi.
12. Agrafiya – yozish jarayonining mutlaq yo‘q bo‘lishi.
13. D isleksiya – o‘qish jarayonining qisman buzilishi.
14.
Aleksiya – o‘qish jarayonining m utlaq yo‘q bo‘lishi.
Nutqning buzilish sabablari
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvshi sabablar ichiga tashqi
(ekzogen) va ichki (endogen) om illar, shuningdek, atrof- m uhitning tashqi
sharoitlari kiradi. Nutqiy nuqsonn ing turli sabablarini ko‘rib chiqishda
evolyusion-dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini
tahlil qilishdan, nuqsonli rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir
yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir
(Abu Ali Ibn Sino, I.M .Sechenov, L.V.Vigotskiy).
Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologik va
ijtimoiy jarayonlarning birligi tamoyili nutqiy tizimning rivojlanishiga – nutqiy
muhit, mumala, em osional aloqa va boshqa om illarning ta’sirini aniqlash
imkonini beradi. Eshitishi normal bo‘lgan bolaning kar- soqov ota-ona qo‘lida
tarbiyalanuvchi, surunkali kasal bo‘lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvshi
bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy
shikastlanish va ikki tillik bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab
bo‘lishi nutqiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga m isol
bo‘ladi.
Nutq nuqsonlarning sabablari:
1. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiasiya; ishlab chiqarishning,
qishloq xo‘jaligining, avtotransportning, harbiy poligonn ing zararli ta’sirlari;
oziq- ovqat va suv ta’m inotining sifatsizligi.
2. Tibbiy sabablar: er- xotinn ing qarin dosh bo‘lishi; ota- onaning
rivojlanishidagi orqada qolishlari; jarohatlar (jism oniy va ruhiy); ota- on
alarning surun kali kasalliklari; zararli odat- lar (ichkilikbozlik, n ashavandlik,
toksom aniya, kashandalik); onanin g surun kali og‘ir anam nezi: oilani n
oto‘g‘ri rejalashti- rish yo‘llari, abortlar, onaning ginekologik kasalliklari,
erta va kech tug‘ruqlar (birinchi hom ilan ing 16 yoshdan oldin va 40
yoshdan keyin bo‘lishi); tug‘ruqdan oldingi jarohatlar; bolalarda somatik
kasalliklar;
bakterial-virusli
infeksiyalar;
ona
va
bolan ing
to‘liq
oziqlanmasligi; oilaga tibbiy, tashxis va korreksion yordamning o‘z vaqtida
berilm asligi.
E m brion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar:
● hom ilado rlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar,
jarohatlar, onaning rezus- faktorga m os kelm asligi; tug‘ruq vaqtidagi
shikastlanish va asfiksiya;
● bola rivojlanishining birin chi yilidagi bosh m iya kasalliklari (m eningit,
ensofam it);
● m iyan ing chayqalishi bilan birga sodir bo‘ladigan bosh m iya jarohatlari;
● nasliy om illar, bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv tizimi
buzilishlarining bir qismini tashkil etib, in tellektual va harakat kam
chiliklari bilan birga keladi;
3. Ruhiy- ijtimoiy sabablar: ota- onalar tom onidan diqqat- e’tibornin g
sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqo‘llik yoki o‘ta erkalatish, oila va aholi
intellektual saviyasining pastligi; oilaning to‘liqsizligi (ota yoki onaning
yo‘qligi) fojeali (ekologik, ijtim oiy, iqtisod iy, ruhiy) vaziyatlar.
Ijtimoiy sharoitning yomonligi. Bu
holat
pedagogik
qarovsizlikka,
vegetativ disfunksiyaga, emosional- irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqn
ing rivojlanm ay qolishiga sabab bo‘ladi.
Nutq kamchiliklari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
Organik nutq buzilishlari o‘z navbatida m a’lum nutq organi joyining
zararlanishiga ko‘ra m arkaziy va pereferik xarak- terda bo‘ladi.
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv tizimida u yoki bu qismlarining
buzilishi, zararlan ishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik
nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartr iya nutq kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: artikulyasion apparatning noto‘g‘ri tuzilishi yoki
buzilishi
va
pereferik
nerv
artikulyasion organlari
inervasiyasining
buzilishidan kelib chiqadi. Pereferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga:
rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksional buzilishlar – bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar
tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Funksional xarakterdagi
nutq buzilishlariga – dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi.
Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va logopedik
yordam berish nutq kamchiliklarining oldini olish va maktabga nutqiy
jihatdan tayyorlashda o‘ta m uhim . Nutqiy rivojlanishdagi nuqsonlarning
oldini olishda tug‘ilish vaqtida shikastlangan bolalarni dispanserizasiyasi
muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, nutq kamchiliklarini barvaqt aniqlash, ularni
maxsus ta’limga jalb etish – har tomonlama rivojlantirish, insonparvarlik,
fidoyilik ruhida tarbiyalash, o‘qitish, kasbga yo‘naltirish va sog‘lomlashtirish,
hayotga tayyorlash va normal rivojlangan insonlar jamiyatiga m oslashti- rish
am aliy logopedik vazifalarga kiradi.
Nutqiy buzilishi bo'lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy
buzilish, nutqiy buzilishning sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va
tuzilishi uning oldini olish, maxsus (korreksion) o'qitish va tarbiya masalasi bilan
logopediva shug'ullanadi. «Logopediya» terminining yunonchadan tarjimasi «to'g'ri
nutqni tarbiyalash» ma'nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli mutaxassislar - fiziolog,
nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o'rganiladi.
Nutqiy buzilishi bo'lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida funksional
yoki organik chetlanishlar ko'zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli
issiq, transportda yurish, arg'imchoqda ko'p vaqt tebranish bolalarga yomon ta'sir
ko'rsatadi, boshlari og'riydi ko'ngillari ozadi va boshlari aylanadi. Tez charchab
qoladilar, qattiq ta'sirlanishlari, jahllari chiqishi bilan ajralib turadilar. Ular
emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez o'zgaradi, serjahl, agressiv,
bezovta bo'ladilar. Shuningdek, ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi. Bunday
bolalartinch o'tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab
turish qiyin bo'ladi. Juda tez xafa bo'ladilar, gapga quloq solmaydilar. Tanaffusdan
keyin esa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin bo'ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat
va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning bo'shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari
kuzatiladi. Nutq nuqsonlari haqida fikr bildirilganda bolada quyidagi kamchiliklarni
aytib o’tish lozim: til, lab, tanglay, burun, jag` va tish kamchiliklari.
Umumiy o'rta ta'lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi.
Logopedik punkt vazifalari quyidagilardan iborat:
2-rasm. Logopedik punkt tomonidan amalga ohiriladigan vazifalar
O'quvchilar bilan logopedik puntkda korreksion ishlar butun o'quv yili
davomida individual va guruhli shaklda olib boriladi. Nutqi buzilganlik o'ta jiddiy
bo'lsa o'qitish maxsus ta'lim muassasalarida olib boriladi. Bunda o'quvchi bilan
davolash-sog'lomlashtirish va psixologik-pedagogik ishlarni birga olib borish nutqiy
buzilishni
tuzatishning
muhim
sharti
hisoblanadi.
Logopedik-korrektsion
(tuzatish)ishlar sistemasi 4 bosqichda olib boriladi.
Logopedik yordam ko'rsatish sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta'minlash
tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik dispanserlarda
logopedik kabinetlari mavjud bo'lib, bu yerda nutqida buzilishi bo'lgan bolalarga
logopedik yordam ko'rsatiladi. Surxondaryo viloyatida Maxsus yordamchi maktab
internati Sho’rchi tumanida joylashgan bo’lib, mazkur maktab-internatlarda anomal
bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari tizimli olib borilmoqda.
Logopedik punkt
Pedagog va ota-onalar o’rtasida
koreksion-logopedik bilimlarni
tashviqot qilish
Mavjud bo’lgan nutqiy buzilishlari natijasida kelib
chiqish ehtimoli bo’lgan ikkilamchi nuqsonlarning
oldini olish, nutqidagi buzilishlarni o’z vaqtida aniqlash
O’quvchilarning og’zaki
va yozma nutqlaridagi
buzilishlarni tuzatish