OB-HAVO VA IQLIM
Mundarija
KIRISH………………………………………………………………………….3
I BOB. OB-HAVO VA UNING UMUMIY XUSUSIYATLARI......
1.1. Ob-havo haqida umumiy tushuncha…………………………………………
1.2. Ob-xavo va uning elementlari………………………………………………...
1.3. Ob-havo bashoratlari …………………………………………………………
II BOB. IQLIM VA IQLIM HOSIL QILUVCHI OMILLAR..........
2.1. Iqlim haqida tushuncha va Iqlim hosil qiluvchi omillar………………………..
2.2. Iqlimlar ta’snifi………………………………………………………………...
2.3. Iqlim mintaqalari………………………………………………………………
XULOSA ………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ob-havo insonlarning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy
ta’sir ko‘rsata-di. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan qishloq xo‘jaligida
turli ishlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Ob-
havoning qulay sharoitlarida ekinlar yaxshi o‘sadi va rivojlanadi, noqulay
sharoitlarida esa ozmi-ko‘pmi zararlanadi yoki juda noqulay ob-havo sharoitida
butunlay nobud bo‘ladi. O‘rmonlar ham qulay ob-havo va iqlim sharoitlarida
yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Shuning uchun ob-havoning yaqin kunlarda qanday
bo‘lishini, qishloq xo‘jaligi uchun zararli hodisalarning ro‘y berishini oldindan
aytish yoki bashorat qilish amaliy ahamiyatga ega. Chunki qishloq xo‘jaligi uchun
xavfli atmosfera hodisalari kutilayotganligidan xabar topgan dehqonlar ekinlarni
ulardan saqlab qolish yoki ularning keltiradigan zararini eng oz darajaga
tushirishga doir tadbirlarni qo‘llaydilar.
Xalq xo‘jaligining boshqa turli sohalari, masalan, aviasiya, temir yo‘l va avto
transport uchun ham ob-havoning yaqin vaqtda qanday bo‘lishi haqidagi
ma’lumotlar zarur. Bu ishni turli xududlarda joylashgan meteorologik
stansiyalardagi o‘lchash natijalariga tayanib ish ko‘radigan maxsus tashkilot ob-
havo xizmati bajaradi.
Mavzuning o`rganganlik darajasi. Mavzuni o`rganish bizning kundalik
hayotimizda yuz berayotgan o`zgarishlar, va dunyoda yuz berayotgan global
iqlimning keskin ko`tarilishini bartaraf etishni taqazzo etadi. Bu borada butun
jaxonda bu muamoni hal etish ishlari olib borilmoqda. 2015-yilda Fransiyaning
Parij shaxrida bo`lib o`tgan iqlimga oid kafrensiyada bir qator masalalar ko`rib
chiqildi.
Ishni maqsadi va vazifalari : Kurs ishining asosiy maqsadi iqlim va iqlimni hosil
qiluvchi omillar va unda ro‘y beradgigan jarayonlarni taxlil qilishdan iborat.
Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
Atmosferadagi jarayonlar va ularning ahamiyati fikrlarni taxlil qilish;
Havo bosimi,shamollar, havo massalari va frontlarini o’rganish;
Atmosferadagi namlik va yog’inlar. Ob-xavo va uning elementlari haqida
to’la ma’lumotga ega bo’lish;
Tadqiqot usullari: Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar asosida atroflicha tahlil
qilindi. Aerokosmik, landshaft indikatsiyasi, etalonlashtirish, taqqoslash, landshaft
kesmalarini o’tkazish, ob-havo xizimidan olingan ma’lumotlar bilan birgalikda
tarixiy va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Ishning hajmi va tuzilishi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi, tadqiqotning ketma–
ket bajarilishi va mazmunini o’zida aks ettiruvchi kirish, 2 bob, xulosa, adabiyotlar
ro’yxati va ilovadan iborat.
I BOB. OB-HAVO VA UNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
1.1. Ob-havo haqida umumiy tushuncha
Biror joyda ma'lum vakt davomida xavoning kuyi kismida yuz beradigan
xodisalar (xarorat, bosim, xavo namligi, yogin, shamol, chakmok va b.) yigindisiga
ob-xavo deyiladi. Ob-xavo juda uzgaruvchan bulib sutka davomida bir necha marta
uzgarishi mumkin, chunki yer shari bir vaktning uzida turlicha kiziydi. Natijada
ayrim yerda bosim yukori ayrim joyda esa bosim past bulishi mumkin. Bu esa
xavo massalari xarakatini keltirib chikaradi va joyning xarakatiga va unga boglik
boshka meterologik elementlari xam uzgarishiga sabab buladi. Bu xavoni prognoz
kilish 1- sodik kun xatto 1 oy ilgari aytiladi. Ob xavo prognozi xalk xujaligida
ayniksa kishlok xujaligi va ayniksa transport muxim axamiyatga ega. Buning
uchun yer sharining turli joylarida kuzatishlar olib boriladi xamda metiorologik va
aerologik stansiyalarning bergan xabarlariga asoslanib sinoptik xarita tuziladi. Ob-
xavoni kuzatish xalkaro mikyosda Grivinch vakti bilan soat 00, 0,3, 0,6, 0,9, 12,
15, 18, 21, da olib boriladi. Yer sharida 10 mingdan ortik sinoptik meterologik
stansiya bulib markaziy Gidrometmarkaz xar kuni ulardan 650 ming metioxabarlar
olib turadi va shular asosida sinoptik karta tuziladi. Kartaga karab xavvo massalari
kaysi tomonga va kanday tezlik va xarakat kilayotgani, uning xarorati namligini
bilib olish mumkin. M: Artika xavosi janubiga karab xarakat kilsa u 3-4 kundan
sung Urta Osiyoga yetib kelishi mumkin. Sunggi yilda ob-xavoni prognoz kilishda
kosmik avtomatik stansiyalarning xabarlardan xam foydalanmokda. Yerning sun'iy
yuldoshlari avtomatik stansiyalar va kosmanavtlarning bergan ma'lumotlari anik
bulib uning tugri chikishligi 86-90% ni tashkil kiladi.
Ob-xavoning kanday bulishini kishilar uzlarining kup yillik tajribalari asosida
maxalliy alomatlariga karab xam aniklaydilar. Ma'lum joyda ob-xavoning kup
yillik takrorlanishiga iklim deyiladi. Iklim kupgina tabiiy omillarning bir birlariga
murakkab ta'sir etishi natijasida tarkib topadi. Bunda kuydagilar asosiy rol
uynaydi. Kuyoshdan keladigan nur energiyasi va uning sarf bulishi. Bu – Yer
sharidagi iklim farklarining asosiy sababidir: atmosferaning va uning tagidagi yer
yuzasi issiklik xolati, barik relyef, atmosfera sirkulyasiyasi va namning aylanma
xarakati Kuyoshning nur energiyasiga boglikdir.Atmosfera sirkulyasiyasi, issiklik
va nam atmosfera sirkulyasiyasi yordamida kayta taksimlanadi. Yerda namning
aylanma xarakati; buglanish, bulutlar, tumanlar, yoginlar, namning aylanma
xarakatidir. Namning aylanma xarakatining amalda atmosfera sirkulyasiyasidan
ajratib bulmaydi.Yer sharida issiklik natijasida vujudga keladigan atmosfera
siirkulyasiya va namning aylanma xarakati uz navbatida yer sharining issiklik
sharoitiga, binobarin shu sharoit bilan boglik bulgan xamma narsaga ta'sir etadi.
Bunda sabablar va natijalar bir biri bilan shu kadar boglikki, biz uchala faktorni
birgalikda murakkab narsa deb karashimiz kerak. Bu faktorlarning xar biri joyining
geografik kengligiga dengiz satxidan balandligiga va yer yuzasi xarakteriga juda
boglikdir. Chunki, Kuyosh radiasiyasining oz-kup kelishi geografik kenglikka
boglik, joyningt kenglikka boglik, joyning dengiz satxidan balandligiga karab nur
energiyasining kelish sharoiti xavoning namligi, bosimi shamollar esish sharoiti
uzgaradi, yer yuzasining xususiyatlari esa radiasiya balansiga va atmosfera
sirkulyasiyasiga xamda namning aylanma xarakatiga kuchli ta'sir kursatadi. Yer
yuzasining kuruklik yoki suvdan iboratligi xavo massalariga kuchli ta'sir etib,
iklimning ikki asosiy tipi dengiz iklimi va kontinental iklim xosil buladi.
Meteorologik stansiyalarda kuzatishlar har uch soatda o‘tkazilganidan sinoptik
xaritalar ham ularga mos ravishda har uch soat muddat uchun tuziladi. Кetma-ket
muddatlar uchun tuzilgan sinoptik xaritalarni eng keyingi muddat uchun bo‘lgan
sinoptik xarita bilan solishtirib quyidagilar:
a) siklon va antisiklonlarning qanday tezlik bilan qaysi yo‘nalishda
siljiyotganligini;
b) iliq va sovuq frontlarning qaysi yo‘nalishda siljiyotganligini;
v) quyuq (zich) bulutlar bilan qoplangan joylarni va ularning ham qaysi
yo‘nalishda siljiyotganligini;
g) yog‘inlar zonalarining qaerda joylashganligini va ularning harakat
yo‘nalishini, yog‘inlarning kuchaya yotganligini yoki kamaya yotganligini
aniqlanadi.Sinoptik xaritalar yordamida o‘rganiladigan barik tizimlar, frontlar va
havo massalarini sinoptik ob’ektlar, sinoptik xaritalarni tahlil qilish asosida
kelgusida ob-havoning o‘zgarishlarini yoki kutilayotgan ob-havoni oldindan
aytish-bashorat qilish mumkin va ob-havo bashorat qilishning bunday
usulini sinoptik usul deyiladi.
1.2. Ob-xavo va uning elementlari
Ob-havo tushunchasi bilan iqlim tushunchasi o‘zaro chambarchas bog‘langan.
Biz ob-havo deganda biror joy yoki hudud ustidagi atmosferaning biror aniq
vaqtdagi meteorologik kattaliklar majmuasi bilan aniqlanadigan holatini
tushunamiz. Ob-havoni tavsiflash uchun havo bosimi, havo harorati va namligi,
bulutlik, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘inlar kabi asosiy meteorologik
kattaliklarning biror vaqt paytidagi qiymatlarini bilish kerak. Кo‘pincha biror
muddatdagi (o‘n kunlik, oylik va h.k.) ob-havo haqida gap boradi, bunday holda
ob-havoni
meteorologik
kattaliklarning
shu
davrdagi o‘rtacha qiymatlari
yordamida tavsiflaymiz.Ob-havo kamdan-kam va qisqa vaqt davomidagina
barqaror turadi, u odatda juda tez o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Meteorologik
kattaliklarning o‘zgarishi bilan ob-havo ham o‘zgarib ketadi. Ob-havo
o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun meteorologik stansiyalarda o‘lchashlarni uzluksiz
ravishda sutkasiga 8 martadan o‘tkaziladi.Ma’lumki, jarayon va hodisalarning vaqt
o‘tishi bilan qonuniy ravishda takrorlanib turishiga rejim deyiladi. Ob-havo
rejimi esa atmosferada ro‘y beradigan jarayon va hodisalarning yil davomida
qonuniy ravishda oldinma-ketin tartib bilan almashinib turishini bildiradi.
O‘zbekistonda har yili yozda havo juda isib ketadi, so‘ngra kuzda havo
salqinlashadi, qishda esa uzoq vaqt sovuq bo‘lib turadi, bahor kelishi bilan kunlar
yana isiy boshlaydi.Quyosh nurlari faqat tropik kengliklardagina 90 burchakda yer
yuzasiga tushadi. Boshqa kengliklarda esa u doimo 90 dan kam. Shuning uchun
turli kengliklarda turlicha miqdorla Quyosh issiqligini oladi.Turli kengliklarda teng
kunlik va Quyosh turush davirlarida Quyoshning
ufqdan balandigi
Kengliklar
21 mart
22 iyunh 23 sentyabr
22 dekabr
Shimoliy qutib
0
23.5
0
-
Shimoliy qutub doirasi
23.5
47
23.5
0
Shimoliy tropik
66.5
90
66.5
43
Ekvator
90
66.5
90
66.5
Janubiy tropik
66.5
43
66.5
90
Janubiy qutub doirasi
23.5
0
23.5
47
Janubiy qutub
0
-
0
23.5
Quyosh radiyattsiyasi to’g’ri va tarqoq radiyatsiyaga bo’linadi
Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya to’gri radiatsiya
yeyiladi. Lekin Quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer betiga yetib
kelmaydi. Uning 20 foizga yaqin qismi xavo qobig’idan aks etib, Yana fazoga
qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini xavodagi suv bug’lari, changlari,
shuningdek bulutlar yutadi va tarqatib yuboradi. Natijada atmasferada taro’oo’
radiatsiya vujudga keladi.
Yer yuziga to’g’ri radiatsiya ham, tarqoq ham
tushadi. yer yuziga tushadigan tarqoq radiyatsiya bilan to’g’ri radiatsiya birgalikda
yalpi radiatsiya deb ataladiBulutlik yuqori bo’lsa to’g’ri radiatsiyadan tarqoq
radiatsiya ko’p bo’ladi, atmasfera tiniq bo’lsa to’g’ri radiatsiya tarqoq
radiatsiyadan ko’p bo’ladi. Tropik cho’llarda yalpiradiatsiya miqdori yuqori
bo’ladi, maskur xududlarda ekvator tomon yillik radiatsiya miqdori maydon birligi
120 - 160 kkal. ga kamayadi. Mo’tadil kengliklarda yillik Quyoshdan keladigan
radiatsiya miqdori 80 - 100 kkal, Arktikada 60 - 70 kkal, antaktidada esa atmosfera
tiniq bo’lganligi uchun yalp radiatsiya 100-120 kkal. ni tashqil qiladi.Bunday ob-
havoning tartib bilan almashinishi har yili takrorlanib turadi, ammo takrorlanishlar
bir xil tarzda ro‘y bermaydi. Ba’zi yillari yoz issiqroq, qish esa sovuq kelsa,
boshqa bir yillari yoz esa salqinroq, qish esa iliqroq keladi. Bu davrlarda
meteorologik kattaliklarning o‘zgarishi o‘rtacha qiymatlardan katta chegaralarda
ro‘y bermaydi va qishdan-yozga o‘tishda katta keskin tartibsiz o‘zgarishlar sodir
bo‘lmaydi. Masalan, Toshkent shahri hududida havo hech qachon yanvar
oyida Q350,Q400 issiq va quruq bo‘lmagan, iyul oyida esa sovuq tushib qor
yog‘magan.
Yer sharining turli qismida ob-havo jarayonlarining ko‘p yillik rejimi ham har
xil tarzda bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hududi yozda ancha issiq,
qishi sovuq emas, sernam (ba’zi yillarni hisobga olmaganda) iqlimga ega.
Rossiyaning Sibir qismida esa qish juda sovuq, uzoq muddatli, ko‘p qor yog‘adi,
yozi esa salqin bo‘ladi. Demak, turli joylarning ko‘p yillik ob-havo rejimi o‘ziga
xos xususiyatlarga ega.
1.3. Ob-havo bashoratlari
Ob-havo bashorati – bu ilmiy asosda ob-havoning kelajakdagi holati haqida
ma’lumot berishdir. Atmosferada sodir bo‘layotgan jarayonlar rivojlanish
qonuniyatlarini hisobga olgan holda ob-havoning kelajakdagi holatlari aniqlanadi.
Ob-havo bashorati alohida joy, hudud, trassa, viloyat va respublika hududi uchun
berilishi mumkin.Avvallari (30-40 yil oldin) faqat yer yuzasidagi meteorologik
kuzatishlarga asoslangan sinoptik usul hozirgi vaqtda aerologik ya’ni yer
yuzasidan ma’lum balandliklardagi erkin atmosfera holatlari ustidan kuzatishlar
bilan boyidi. Turli balandliklardagi kuzatishlarga mos xaritalar tuzish boshlandi.
Chunki erkin atmosfera va yer sirtiga yaqin atmosfera qatlamlarida o‘tadigan
jarayonlar orasida muayyan bog‘lanishlar borligi aniqlandi.Shunday qilib,
sinoptik-mutaxassis ob-havo xaritalarini sinchiklab tahlil qilish va solishtirish
asosida har bir tuman hududidagi ob-havoning qanday o‘zgarayotganligini, iliq va
sovuq frontlarning, siklon va antisiklonlarning qaysi tomonga, qanday tezlik bilan
siljishini va qanday o‘zgarayotganligini bilgan holda ularning o‘z yo‘lidagi
hududlar (shaharlar)ga qanday ob-havoni olib kelishini oldindan aytish-bashorat
qilish imkoniyati yaratiladi.Demak, ob-havoni bashorat qilishda vaqt bo‘yicha
ekstrapolyasiya, ya’ni sinoptik ob’ektlar kuzatish paytidagi siljishi va evolyusiyasi
tezligi va tezlanishini oldindan yana bir muncha vaqt saqlaydi deb qarash eng
muhimdir. Ammo aniq bashorat berish juda qiyin ishdir. Chunki siklon va
antisiklonlarning qaralayotgan muddatlarda tezligi (12 soat davomida) yoki
yo‘nalishi o‘zgarib qolishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ob-havoni sinoptik usulda bashorat qilishdan tashqari
gidrodinamika va termodinamika tenglamalarini atmosfera jarayonlariga qo‘llab,
ob-havoning qanday bo‘lishini oldindan hisoblash usullari ishlab chiqilgan va
takomillashtirilmoqda. Meteorologik raketalar va yerning sun’iy yo‘ldoshlari
uchirilga-nidan keyin atmosferani tadqiq qilishning yangi davri boshlandi.
Ob-havo bashoratlari o‘ta qisqa muddatli (12 soatgacha), qisqa muddatli (12
soatdan 3 sutkagacha), uzaytirilgan o‘rta (10 kundan 30 kungacha) va uzoq (30
sutkadan ortiq) muddatlar uchun beriladi. Barcha muddatlar uchun bashorat
tuzishda sinoptik xaritalarni tahlil qilish tamoyiliga amal qilinadi. Endi qisqa
muddatli ob-havo bashoratlarini tuzishga qisqacha to‘xtalaylik.
Dastavval sinoptik-meteorolog eng keyingi tuzilgan sinoptik xaritani
sinchiklab o‘rganadi. U izobaralarni chizib, siklon va antisiklonlarning qanday
joylashganini aniqlaydi. So‘ngra siklon va antisiklonlarning kelgusida qaysi
tomonga
siljishini
va
rivojlanishlarini
bilish
uchun
izobaralardan
tashqari izotendensiya chiziqlarini o‘tkazadi. Bu chiziq sinoptik xaritada 3 soat
ichida bosim qiymatlari bir xil o‘zgargan nuqtalarni o‘zaro birlashtiradi,
izotendensiya chiziqlari har 1 gPa dan o‘tkaziladi. Izotendensiya chiziqlari
yordamida xaritadan bosimi oshib yoki kamayib ketgan joylar aniqlanadi. Shundan
keyin xaritaga tushirilgan kerakli ma’lumotlar asosida frontlar chiziladi. Ayni
vaqtda oldin mavjud bo‘lgan va yangi hosil bo‘lgan frontlarning xususiyatlari va
turi belgilanadi. Shulardan tashqari atmosferaning yuqori qatlamlarida bosim
taqsimlanishini ko‘rsatuvchi barik topografiya xaritalari chiziladi.
Barik topografiya xaritalari va kerakli grafiklar yordamida mutaxassis-
sinoptiklar ob-havo jarayonlarining qay tarzda ketayotganligini aniqlaydi.
Sinoptiklar yuqorida aytib o‘tilgan xaritalar va grafiklarni tuzib chiqqanlaridan
keyin ob-havoning kelgusida qanday bo‘lishini oldindan aytib berish-bashorat
qilishga kirishadilar.
O‘zbekiston gidrometeorologiya markazidagi sinoptik meteorologlar ertaga
bo‘ladigan ob-havoni bugungi kun (kecha va kunduz) uchun tuzilgan sinoptik
xaritalardan eng oxirgisini olib, undan oldingi muddatlar uchun tuzilgan xaritalar
bilan solishtirib tahlil qiladi va har bir tuman hududida ob-havo qanday
o‘zgarayotganligini, iliq va sovuq frontlarning hamda siklonlar, antisiklonlarning
qaysi tomonga va qanday tezlikda siljiyotganligini aniqlaydi. Siklon va
antisiklonlarning qaysi tomonga qanday tezlik bilan siljiyotganligini va qanday
o‘zgarayotganligini bilgan holda ularning yo‘lidagi hududlar (shaharlar)da qanday
ob-havo sharoiti vujudga kelishini aytish mumkin bo‘ladi.Hozirgi vaqtda qisqa
muddatli ob-havo bashoratlarining aniqligi 92-94 foizga etgan. Hamma kishilar
foydalaniladigan qisqa muddatli bashoratlar asosan bir sutka uchun tuziladi. Har
kuni radio va televidenie orqali Toshkent shahri va respublika uchun O‘zbekiston
gidrometeorologiya markazi tomonidan beriladigan ob-havo bashoratlari qisqa
muddatli hamma foydalaniladigan bashoratlar qatoriga kiradi.
Bundan tashqari ob-havo xizmati aviasiya maqsadlari uchun samolyotlarning
uchishidan boshlab to qo‘ngunicha yo‘nalishdagi ob-havo bashoratini tuzadi. Bu
ishni har bir katta aeroportlardagi ob-havo xizmati xodimlari bajaradi. Ob-havo
xizmati tuzilgan bashoratlarga binoan zarar keltirishi mumkin bo‘lgan
meteorologik hodisalar haqidagi ma’lumotlarni tegishli muassasalarga, jumladan
qishloq xo‘jaligi muassasalariga etkazib turadi.Uzoq muddatli ob-havo bashoratlari
bir oy va undan ko‘p muddat uchun beriladi. O‘zbekiston gidrometeorologiya
markazi har oyda O‘rta Osiyo respublikalari uchun ob-havo bashoratlarini bir oylik
byuletenlar tarzida chiqarib turadi. Uzoq muddatli bashoratlar tuzish uchun
gidrodinamik, analog (o‘xshashlik), fizika-statistik usullar qo‘llaniladi. Lekin uzoq
muddatli bashorat tuzishda mamlakatimizda asosiy usullardan biri bo‘lib sinoptik
usul hisoblanib kelinmoqda va usul atmosfera jarayonlarining rivojlanish
qonunlariga
asoslanadi.Uzoq
muddatli
ob-havo
bashoratlarining
analogi
(o‘xshashi)ni topish usulini B.P.Multanovskiy va uning shogirdlari ishlab
chiqqanlar. Uzoq muddatli ob-havo bashoratining analog usuli-bo‘lib o‘tgan ob-
havo va atmosfera jarayonlarining hozirgi vaqtda kuzatilayotgan atmosfera
jarayonlariga
o‘xshashligi
asosida
kelgusidagi
uzoq
muddatli
ob-havo
bashoratlarini berish usulidir. Bu usul boshlang‘ich bir xil bo‘lgan atmosfera
jarayonlari kelgusida ham bir xil rivojlanishda davom etadi deb qarashga
asoslanadi. Shu maqsadda ko‘p yillik arxiv materiallaridan qaralayotgan oy bilan
bir xil-o‘xshash ob-havo sharoitiga ega bo‘lgan avvalgi xuddi shu oyni tanlanadi.
So‘ngra o‘sha tanlangan oydan keyingi oyning ob-havosining qanday bo‘lganligini
bilgan holda hozirgi qaralayotgan oydan keyingi oy uchun ob-havo bashoratini
beriladi.Hozirgi vaqtda oylik bashoratlarning aniqligi o‘rtacha 65-70 foizni tashkil
qiladi. Кeyingi yillarda olimlar ob-havo bashoratlarini takomillashtirib, uning
aniqligini oshirish ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
II BOB. IQLIM VA IQLIM HOSIL QILUVCHI OMILLAR
2.1. Iqlim haqida tushuncha.Iqlim hosil qiluvchi omillar
Biror joyning geografik joylashuv o‘rni bilan yuzaga kelgan ko‘p yillik ob-
havo rejimiga iqlim deyiladi. Yoki ma’lum bir joy (yoki hudud)ga xos bo‘lgan
ko‘p yillik ob-havo rejimiga shu joyning iqlimi deyiladi. Iqlim ta’rifini yanada
to‘laroq qilib aytsak, iqlim deb biror joyda er yuzasiga tushadigan quyosh
radiasiyasiga, taglik sirtning xususiyatlariga va atmosfera sirkulyasiyasiga bog‘liq
ravishda yuzaga chiqqan ko‘p yillik ob-havo rejimiga aytiladi.
Кo‘pchilik «ob-havo» va «iqlim» tushunchalarini aralashtirib yuboradilar. Bu
tushunchalar orasida katta farq bor. Ob-havo yuqorida aytganimizdek berilgan joy
ustidagi atmosferaning biror aniq vaqtdagi meteorologik elementlarning majmuasi
bilan aniqlanadigan fizik holatidir. Iqlim esa ob-havoning ko‘p yillik rejimi asosida
aniqlanadi.Iqlim tabiatga va insonlarning xo‘jalik faoliyatiga ob-havo sharoitlari
bilan ta’sir qiladi, turli iqlimli hududlarning ob-havo sharoitlari bir-biridan farq
qiladi. Er sharining turli joylarida tabiiy ravishda tarqalgan o‘rmonlarning turlari
ham ob-havo sharoitlariga bog‘liq.U yoki bu hududda parvarish qilinadigan
ekinlarning
turlari
ham
shu
hududning
ob-havo
sharoitlariga
moslab
tanlanadi.Biror hududning iqlimini baholashda shu hududda ko‘p yillar davomida
kuzatilgan ob-havo rejimining o‘rtacha qiymatlarini olish kerak. Yanada aniqroq
qilib aytganda, ma’lum hududning iqlimini belgilashda shu xududda 50-100 yil
davrida kuzatilgan meteorologik elementlarning o‘zgarishlariga asoslanib ish
ko‘rish kerak.Iqlim yildan-yilga ma’lum chegaralarda o‘zgarib turadi. Ammo biror
ko‘p yillik davrdan boshqa ko‘p yillik davrlarga nisbatan o‘zgarishi juda kam
bo‘ladi. Iqlim o‘zgarishlari ma’lum bir o‘rtacha qiymatlar atrofida tebranish
xususyatiga ega. Iqlimning tubdan o‘zgarishi faqat geologik davrlar ichida bo‘lishi
mumkin. Iqlim tarixiy davrda geologik davrga nisbatan juda kam o‘zgaradi.
Er sharida yoki uning ayrim qismlarida iqlimlarning shakllanish sharoitlari va
iqlimiy rejimini o‘rganadigan fanga iqlimshunoslik deb ataladi.
Iqlimshunoslik iqlim hosil qiluvchi turli omillarning o‘zaro bog‘lanishi va
ularning taglik sirt bilan o‘zaro ta’sirini tekshiradi. Iqlimshunoslik Er shari sirtida
turli meteorologik xodisalar va iqlim turlarining taqsimlanishidagi qonuniyatlarni
o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Biror joyning iqlimiy sharoitlarini aniqlash uchun
shu joydagi meteorologik stansiyalarning ko‘p yillik ma’lumotlaridan keng
foydalaniladi. Bu ma’lumotlar meteorologik elementlarning o‘rtacha va eng chetki
(eng yuqori va eng oz) qiymatlarini topish imkonini yaratadi; ulardan olingan
joyning iqlimini miqdoriy tavsiflashda va turli joylar iqlimini o‘zaro taqqoslashda
qo‘llaniladi. Bu ma’lumotlar xalq xo‘jaligining talablarini ta’minlash uchun ham
zarur.Umumlashtirib aytganda iqlimshunoslik iqlim yaratuvchi jarayonlar va
geografik omillar ta’sirida iqlimlar genezisi (hosil bo‘lish sharoitlari)ni aniqlash,
Er sharining turli mintaqalari va viloyatlari iqlimini tavsiflash, tasniflash va
ularning taqsimlanishi, o‘tgan geologik (paleoiqlimshunoslik) va tarixiy davrlar
iqlimini o‘rganish bilan shu-g‘ullanadi. Shuningdek, iqlimshunoslik fani hozirgi
vaqtda insonlarning xo‘jalik faoliyati ta’sirida iqlim o‘zgarishini ham tekshiradi.
Iqlim yaratuvchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi: Quyosh radiasiyasi.
Joyning geografik kengligi. Atmosfera sirkulyasiyasi. Yer yuzasining turi va uning
xossalari. Joy relefi. Insonlarning er yuzasini o‘zgartiruvchi faoliyati.
Endi biz bu omillarning har biriga to‘xtalamiz. Quyosh radiasiyasi eng muhim
iqlim yaratuvchi omillardan bo‘lib, uning ta’sirida er yuzasi va atmosferada turli-
tuman fizikaviy jarayonlar o‘tadi.
Yer sirtidagi biror joyga tushuvchi quyosh radiasiyasining miqdori shu
joyning geografik kengligiga bog‘liq. Joyning geografik kengligi Quyoshning
tushki paytdagi ufq (gorizont)dan balandligini, kunduz va tun davomiyligini,
demak Quyosh nurlanish oqimi energiyasining kelishi-sarfini belgilaydi. Dastavval
ta’kidlaymizki, Quyoshdan Yer sirtiga nurlanish oqimi tushadi va uning faol sirtda
yutilgan qismi issiqlikka aylanadi. Shuning uchun yer yuzasiga qancha ko‘p
quyosh radiasiyasi tushsa, faol yuza shuncha ko‘p issiq oladi deb aytamiz.
Ekvatorda Quyosh har doim ufqqa nisbatan tik va quyosh nurlari erning
gorizontal yuzasiga katta burchaklarda tushgani uchun quyosh radiasiyasining
yillik miqdori boshqa kengliklardagiga nisbatan eng ko‘p bo‘ladi. Tropik
kengliklardagi birlik yuzaga ekvatorial zonadan kamroq quyosh radiasiyasi tushadi
(ammo boshqa kengliklardan ko‘p). Shuning uchun ekvatorial zona va tropik
kengliklar quyosh energiyasini eng ko‘p oladi. Shuning uchun bu yerlarda issiq
tropik iqlim vujudga kelgan.
Ekvatorial iqlimda harorat rejimi yil davomida deyarli bir me’yorda bo‘ladi.
Havoning oylik o‘rtacha harorati 24-280S orasida o‘zgaradi. Minimal harorat
ba’zan 200S ga, maksimal harorat esa 350S ga etadi. Haroratning yuqori
bo‘lmasligiga sabab quyosh radiasiyasining 75 foizcha qismi bug‘lanishga sarf
bo‘lishidir
Ekvatorial zonada havoning nisbiy namligi 70-90% atrofida o‘zgaradi.
Bunday iqlim o‘simliklarning o‘sishi uchun qulay ob-havo sharoitlarini yaratadi.
Bu zonada yog‘inning yillik miqdori 2000 mm dan yuqori. Bu zonalarda yalpi
(yig‘indi) quyosh radiasiyasining yillik miqdori 200-220 kkal/sm2·yil gacha etadi.
Ekvatordan yuqori kengliklarga siljigan sari gorizontal yuzaga quyosh nurlari
tobora kichikroq burchaklarda tushadi. Qutbiy mamlakatlar va qutb atrofidagi
rayonlar quyosh issiqligini eng kam oladi, shuning uchun qutbiy kengliklarda
qattiq sovuq iqlim hukm suradi. Markaziy Arktikada yanvar oyida havoning
o‘rtacha harorati –400, materik qirg‘oq bo‘ylarida –300 atrofida. Manfiy haroratli
davr quruqlikda 10 oydan, okeanda 11 oygacha davom etadi. Eng
issiq oyningharorati okeanda 00 atrofida, sohillarda esa 3-50S. Yiliga iliq davr ikki
oydan oshmaydi.
Arktika kengliklarida yillik yalpi radiasiya yig‘indisi miqdori 55-75
kkal/sm2 yil ga teng.Antarktida erlari ustida doim antisiklon havosi hukm suradi.
Shuning uchun bulutsiz kunlar soni ko‘p bo‘lganidan va atmosferaning tiniqligi
sababli yalpi radiasiyaning yillik miqdori yig‘indisi 100-120 kkal/sm2. yil gacha
etadi. Ammo turli sabablarga ko‘ra Antarktida iqlimi Er sharidagi eng sovuq
iqlimdir.Radiasion balansning eng ko‘p miqdorlari nam tropik iqlimlarda
kuzatiladi. Masalan, Araviya dengizi va Bengal ko‘rfazining shimolida radiasion
balansning yillik miqdori 120-140 kkal/sm2 yil gacha etadi.
Yuqori kengliklarga o‘tilgan sari yillik radiasion balans yig‘indisi kamayib
boradi va qutbiy rayonlarda 20 kkal/sm2 yil dan ham kamayib ketadi. Arktikaning
markazida radiasion balans nolga yaqinlashadi.Atmosfera sirkulyasiyasining
xususiyatlari iqlimga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimning hosil bo‘lishida havo
massalarining adveksiyasi, havo massalarining transformasiyasi va frontogenez
hodisalarining ahamiyati katta.
Adveksiya jarayonida havo massalari bir hududdan ikkinchi hududga kirib
keladi. Shu sababli hosil bo‘lgan iqlim havo massalarining kirib kelishiga, ularning
tez-tez yoki kam takrorlanishiga va havo massalarining xususiyatlariga bog‘liq.
Havo massalarining transformasiyasi, ya’ni bir xususiyatli havo massasi etarli
ravishda bir jinsli taglik sirt ustida uzoq vaqt turib qolsa, shu hududga xos
xususiyatli havo massasiga aylanishi ham iqlim hosil qilishda ahamiyatga ega.
Masalan, ayrim yillari yozda ham Arktikaning sovuq havosi O‘rta Osiyoga kirib
keladi. Ammo Arktika muzlari ustida hosil bo‘lgan sovuq havo O‘rta Osiyoga etib
kelguncha qiziydi va O‘rta Osiyodagi biror hudud ustida turib qolsa, quruq issiq
havoga aylanadi.
Iqlimning
hosil
bo‘lishida frontogenez hodisasining,
ya’ni
atmosfera
frontlarining tashkil topishi va kuchayishining ahamiyati juda katta.Iqlim
shakllanishiga taglik sirtning xususiyatlari ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Agar
quyosh radiasiyasining er sirtiga tushishi va sarf bo‘lishi faqat geografik kenglikka
bog‘liq bo‘lganda edi, u holda bir xil kenglikdagi hamma joylarning iqlimi bir xil
bo‘lar edi. Ammo iqlimning hosil bo‘lishida taglik sirtning turi va uning
xususiyatlari ham katta rol o‘ynaydi.Taglik sirtning turiga qarab uning ustidagi
havo massalarining fizik xossalari ham turlicha bo‘ladi. Taglik sirtlar quruqlik va
suv sirtidan iborat. Suv va quruqlikning tabiiy xususiyatlari bir-biridan katta farq
qiladi. Shuning uchun ham suv va quruqlik iqlimga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Tinch (oqmayotgan) suvning yuzasi tekis bo‘ladi. Yer sirti esa tekisliklardan,
tog‘lardan, o‘rmonlardan, ekinlardan iborat.
Tog‘ning iqlimi vodiy iqlimidan farq qiladi. Yalang er va o‘simliklar qoplami
iqlimga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. O‘tzorlarning iqlimga ta’siri o‘rmonnikidan farq
qiladi. Shuningdek qor va muz qoplami iqlimga katta ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimga
dengiz va quruqlik ayniqsa turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Suvning issiqlik sig‘imi katta,
shuning uchun suv havzasi yozda kunduzi quruqlikka nisbatan sekin isiydi va
kechasi sekin soviydi. Shuning uchun yozda quruqlik ustidagi havo harorati suv
ustidagi havo haroratidan yuqori, kechasi esa past bo‘ladi. Bundan tashqari
quruqlik ustidagi havoning namligi oz, dengiz havosining namligi yuqori bo‘ladi.
Demak, quruqlik ustidagi havo haroratining tebranishi, suv ustidagi havo
haroratining tebranishidan kuchliroq bo‘ladi.
Quruqlik va suvning isishi xususiyatlaridagi farq dengizlarda, okeanlarda,
orollarda va qirg‘oq joylarda iqlimning alohida turi dengiz iqlimini vujudga
keltiradi. Quruqlikda yuzaga kelgan iqlimni esa kontinental iqlim deb yuritiladi.
Yilning sovuq davrlarida tropiklardan tashqaridagi okeanlar yoz oylarida
jamg‘argan issiqligi hisobiga ko‘p issiqlik ajratadi. Bu esa havo haroratiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Yilning sovuq davrida okean ustidagi havo harorati quruqlik
ustidagi havo haroratidan yuqori bo‘ladi.
Musson shamoli ta’sirida qirg‘oq hududlarida musson iqlimi vujudga keladi.
Musson iqlimida qish quruq, yoz esa sernam bo‘ladi. Musson iqlimiga Hindiston,
Hindi-xitoy, Uzoq Sharq, Sharqiy Xitoy iqlimlari misol bo‘ladi.O‘simliklar
qoplami ham iqlimga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar qoplami bor bo‘lganida
shox-shabbalarning ustki qismi faol sirt vazifasini bajaradi. Bunday faol sirtning
nur chiqarish va nur yutish qobiliyati tuproqnikidan farq qiladi. Shuning uchun
ham bunday faol sirt o‘ziga tutashgan havo qatlamiga tuproqdan farqli ta’sir qiladi.
O‘rmon daraxtlari ham iqlimga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Insonlarning xo‘jalik faoliyati ham iqlimga ta’sir qiladi. Suv omborlarini
qurish, yangi erlarni sug‘orish, o‘rmonlarni kesib shudgor qilish, cho‘llarni
o‘zlashtirish, ayrim hududlarda sanoat inshootlarini qurish tadbirlari yer
yuzasining xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Bundan tashqari kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat ob’ektlarida
yoqilg‘ining yonishi tufayli atmosferada yildan-yilga oz-ozdan bo‘lsada oshib
borayotgan karbonat angidrid gazining miqdori ham iqlimning ilishiga sabab
bo‘lmoqda.
2.2. Iqlimlar ta’snifi
Yer sharida kuzatiladigan iqlimlarni, ularning biror belgilari yoki paydo
bo‘lish sharoitlariga ko‘ra turlarga ajratishga iqlimlar tasnifi deb ataladi.
Iqlimlarni tasniflashning amaliy ahamiyati shundaki, bunda iqlimlarni ayrim
turlarga ajratiladi, yer sharida uchraydigan iqlim turlarining bir-biriga o‘xshashligi
va tafovuti aniqlanadi.
Yer sharidagi iqlimlarni tizimga solish va alohida iqlim turlarining tarqalish
chegaralarini aniqlaydigan har xil iqlimlar tasnifi mavjud.Hozirgi vaqtda
V.P.Кyoppen, L.S.Berg, B.P.Alisovlar tuzgan iqlimlar tasniflari eng keng
tarqalgan.V.P.Кyoppenning iqlimlar tasnifi. Bu tasnif hozirgi vaqtda ancha keng
tarqalgan. Кyoppen o‘z tasnifiga aniq (eng sovuq va eng issiq) oylarning o‘rtacha
haroratlarini, o‘rtacha yillik haroratni va yog‘in (o‘rtacha oylik va yillik
miqdor)larini asos qilib olgan.
V.P.KYOPPENING IQLIMLAR SXEMASI
Iqlim minlaqalari
Iqlim
chegarasini
belgilovchi
temperaturalar
Iqlim tiplari
Ba’zi izohlar
Nam tropik iqlimlar
mintaqasi. A.
Eng salqin oyning
o’rtacha
temperaturasi 18oC
dan yuqori
Nam
tropik
o’rmonlar
iqlimi
tipi, A
Savannalar
iqlimi
tipi, Aw.
Doimiy nam
Qishki quruq
Quruq
iqlimlar
mintaqasi, B.
Tropik va mo’tadil
mintaqalarning cho’l
va
dashtlari,
iyul
+36o gacha, yanvar -
10o gacha
Dashtlar iqlimi tipi.
Bs
Iqlimi quruq biroq
yog’in
miqdori
qurg’oqchilik
chegarasidan
ko’p.
yoz
eng
qurg’oqchilik fasl.
Cho’llar iqlimi Bw
Qor
qoplami
bo’lmaydigan
mo’tadil, iqlim van
am
iqlimlar
mintaqasi, C
Eng
salqin
oy
izotermasi
janubda
18 o, shimolda-3o
Iliq, qishki quruq,
Cw
Musson
Iliq, yozi quruq Cs
O’rta dengiz
Yog’in yil bo’yi bir
tekis tushadi, Cf
G’arbiy Yevropa
Qor
qoplami
bo’ladigan
boreal
yoki mo’tadil sovuq
iqlim mintaqasi, D
Janubda eng sovuq
oyning
-3o
li
izotermasi, shimolda
eng iliq oyning 10o li
izotermasi
Qishki quruq, sovuq,
Dw
Zabaykal’e
Qishki
sernam
sovuq, Df
Yevropa taygasi
Qutubiy yoki qorli
iqlimlar
Janubda
eng
iliq
oyning
izotermasi
10 o dan past
Tundra iqlimi tipi,
ET
Iliq
oy
temperaturasi
0
dan 10 o gacha
Eng
iliq
oy
izotermasi 0o dan
past
Muttasil
sovuq
iqlimi tipi, EF
Muz zonasi
Кyoppen iqlimning 5 ta asosiy turlarini: tropik nam, quruq, mo‘’tadil iliq,
mo‘’tadil sovuq va qorli iqlimlarni ajratgan.
Bu asosiy iqlim turlarini Кyoppen 12 ta iqlim turiga ajratgan va keyingilarni
qator kichik iqlim turlariga taqsimlagan.Кyoppen ajratgan iqlimning 5 ta asosiy
turi quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
1. Tropik nam iqlim. Eng sovuq oyning o‘rtacha harorati 180S dan yuqori.
Yog‘inlar ko‘p yog‘adi. Iqlimning bu turi yana quyidagi iqlimlarga ajratiladi:
tropik o‘rmonlarning issiq va nam iqlimlari, qishi quruq savannalar iqlimi va tropik
mussonlar iqlimi (masalan, Hindiston iqlimi).
2. Quruq iqlim. Eng iliq oyning o‘rtacha harorati 100S dan yuqori. Iqlimning
bu turi cho‘l va dasht iqlimiga bo‘linadi.
3. Mo‘’tadil iliq iqlim. Eng sovuq oyning o‘rtacha harorati –30 dan 180S
gacha. Iqlimning bu turi yozi quruq iliq iqlim (masalan, O‘rta er dengizi
qirg‘oqlari), qishi quruq iliq iqlim (masalan, Janubiy Xitoy) va nam mo‘’tadil
iqlim (Fransiya, Angliya va boshqalar).
4. Mo‘’tadil sovuq iqlim. Eng iliq oyning o‘rtacha harorati 100S dan yuqori,
eng sovuq oyning o‘rtacha harorati – 30S dan past. Iqlimning bu turi qishi quruq
sovuq iqlimga (masalan, Sharqiy Sibir) va qishi nam mo‘’tadil sovuq iqlimga
(masalan, Sharqiy Evropaning katta qismi) bo‘linadi.
5. Qorli iqlim. Eng iliq oyning o‘rtacha harorati 100S dan past. Iqlimning bu
turi eng iliq oyning o‘rtacha harorati 00S dan yuqori tundra iqlimiga va eng
iliq oyning o‘rtacha harorati 00Sdan past abadiy sovuq iqlimga (Grenlandiya,
Antarktika) bo‘linadi.
Кyoppenning iqlimlar tasnifi botanika-geografik rayonlar bilan uzviy
bog‘langan. Bu tasnifda iqlimlar turlari nomlari aniq landshaft zonalariga
moslashgan (tropik o‘rmon, savanna, ko‘l va h.k.) Bundan tashqari Кyoppenning
iqlimlar tasnifi turli turdagi iqlimlarning miqdoriy aniq tavsiyalarini ham beradi.
Shuning uchun geobotaniklar orasida bu tasnif keng tarqalgan.Akademik
L.S.Bergning iqlimlar tasnifi asosida quruqlikni landshaft zonalari-tundra, tayga,
keng bargli o‘rmonlar va h.k.larga ajratish turadi. Landshaft – relefi, iqlimi,
tuproqlari, o‘simlik turkumlari, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib
turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo‘lgan hudud. Masalan, o‘rmon landshafti,
cho‘l landshafti va h.k.Iqlimiy zonalar esa landshaft zonalari bilan mos tushadi.
Iqlimiy zona-bir xil iqlimiy ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadigan iqlimiy
hududlashtirishning eng katta bo‘lagi hisoblanadi.
L.S.Bergning iqlimlar tasnifi turli zonalarning iqlim sharoitlarini, ularning
fizik-geografik sharoitlari, xususan tuproq qoplami va o‘simliklari bilan bog‘laydi.
Bu tasnif iqlim, relef, tuproq qoplami va o‘simliklar orasida uzviy bog‘lanish va
o‘zaro ta’sir borligini ko‘rsatadi.
Qutbdan ekvatorga borgan sari iqlim sharoiti o‘zgarib boradi. Iqlim omillari
relef va tuproq xillari bilan birgalikda yer sharining turli rayonlaridagi
o‘simliklarning
juda
xilma-xilligiga
sababchidir.Zonallik deb
muayyan
kengliklarda o‘simliklar turlarining birin-ketin o‘zgarib borishiga aytiladi. Er
sharida o‘simliklar taqsimoti zonallik xususiyatiga ega. Boshqacha aytganda turli
zonalarda iqlim ta’sirida turlicha landshaftlar vujudga kelgan.
L.S.Berg tasnifiga muvofiq iqlim turlari dastavval 2 ga: tekisliklar va
balandliklar iqlimiga ajratiladi. Mazkur tasnif bo‘yicha tekisliklarda quyidagi 12 ta
iqlimiy zona ajratilgan:
Abadiy sovuq iqlim.
Tundra iqlimi.
Tayga iqlimi.
Mo‘’tadil zonaning keng bargli o‘rmonlar iqlimi.
Mo‘’tadil kengliklar musson iqlimi.
Dashtlar iqlimi.
O‘rta dengiz iqlimi.
Subtropik o‘rmonlar iqlimi.
Notropik cho‘llar iqlimi.
Subtropik cho‘llar iqlimi.
Savannalar iqlimi.
Nam tropik o‘rmonlar iqlimi.
L.S.Berg keng bargli o‘rmonlarning janubiy qismiga o‘rmon-dashtlarni, ya’ni
o‘rmon zonadan dasht zonaga o‘tish polosasini ham qo‘shadi.
Endi L.S.Berg tasnifi bo‘yicha yer sharidagi iqlimiy zonalarning qisqacha
tavsifini keltiramiz.
Abadiy sovuq iqlim. Bu iqlim Arktikada-Grenlandiyaning muz platolarida
(janubi-g‘arbdagi, janubdagi, sharqiy-sohilning ba’zi yerlaridagi ingichka qirg‘oq
polosasidan tashqari), Frans-Iosif erida, Yangi Erning shimoliy qismida, Shimoliy
Erda, Antarktikada vujudga keladi.Arktikada yilning sovuq davrida uzoq davom
etadigan qutb tunlari davrida taglik sirt va havo juda ham sovib ketadi. Eng sovuq
oyning o‘rtacha harorati –400S va undan ham past bo‘ladi. Yoz davrida Arktikada
uzoq muddat kechasi-kunduz yorug‘ bo‘lib turganidan harorat 00S atrofida
bo‘ladi.Arktika iqlimi bilan Antarktida iqlimi orasida ancha katta farq
bor.Antarktida iqlimi yer sharidagi eng sovuq iqlimdir. Antarktida qish juda sovuq
va uzoq davom etadi. Bu erda qish aprel oyida boshlanib, oktyabr oyida tugaydi.
Iyul va avgust oylari eng sovuq bo‘ladi. Ularning o‘rtacha harorati sohillarda –
15….-250S, ichki rayonlarda esa –50…-700S largacha o‘zgaradi. Minimal harorat
ayrim hollarda –800S va undan ham pasayadi.
Antarktidada eng iliq oylar dekabr va yanvar oylaridir. Bu oylarda o‘rtacha
harorat –50S atrofida. Qirg‘oqlardan uzoqlashgan sari harorat pasayib boradi va
ichki rayonlarda –280S gacha etadi.
Sohillarda yog‘inlar yiliga 400 dan 600 mm gacha yog‘adi. Muz platosining
ichki qismlarida yillik yog‘in miqdori 75 mm dan oshmaydi.Talabalarning
Antarktika va Antarktida atamalarining tushunishlari uchun ushbu ma’lumotni
keltiramiz.Antarktika-Janubiy
Qutb
atrofidagi
sovuq
o‘lka.
Antarktikaga
Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash
qismlari, shuningdek Antarktida materigi atrofidagi dengizlar va orollar
kiradi.Demak, Antarktida materigi okeanlar va dengizlar bilan o‘rab olingan
quruqlikdir.Tundra iqlimi. Bu zona Shimoliy Amerika, Evropa va Osiyo
materiklarining eng chetki shimoliy qismini egallaydi. Tundra zonasi Rossiyaning
eng shimoliy qismini ishg‘ol etib, Shimoliy Muz okeanidagi orollarni hamda
Norvegiya bilan chegaradosh masofadan Кamchatkagacha bo‘lgan okean sohilini
o‘z ichiga oladi.
L.S.Berg tundraning janubiy chegarasi sifatida yil davomidagi eng iliq oyning
10-120 lik izotermasi bilan mos tushadigan o‘rmonlarning shimolga tarqalishi
chegarasini qabul qilgan. Bu zona asosan tekisliklardan iborat bo‘lib, ba’zi
joylaridagina uncha katta bo‘lmagan tog‘lar uchraydi. Tundra hududida
botqoqliklar va ko‘llar ko‘p.Tundraning iqlimi juda sovuq. Eng iliq oyning
o‘rtacha harorati 00S dan past, qishi sovuq va uzoq davom etadi, sharqiy
rayonlarida havo harorati –700S gacha pasayadi. Tundraning iqlimi juda sovuq
bo‘lgani uchun unda o‘rmonlar o‘smaydi. Tundrada o‘rmonlar yo‘q. Asosiy
o‘simliklari-mox, lishaynik, past bo‘yli o‘tlar, butalar va chala butalardan iborat.
Tundrada yillik yog‘in miqdori 200-300 mm dan, ba’zi erlarda esa yillik
yog‘in miqdori 150 mm dan oshmaydi. Tundrada qish 8-9 oyga cho‘ziladi, yoz esa
qisqa va salqin.Tundrada yanvarning o‘rtacha harorati –50 dan –350S gacha
tebranadi, iyul oyida esa 120S dan yuqori emas. Tundrada vegetasiya davri 50-100
kun davom etadi. Qor qoplami yupqa. Tundra tuprog‘i doim muzlab yotadi, hattoki
yoz oylarida tuproqning yuza qatlamigina eriydi. Aniqrog‘i yozda tuproqning 0,5-
1,5 m li ustki qatlamigina eriydi. Tundrada yog‘in kam bo‘lsada bulutli kunlar soni
ko‘p.Tayga iqlimi. Bu iqlimiy zona shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerika va
Evrosiyoda katta maydonni ishg‘ol etadi. Janubiy yarim sharda tekisliklarda
bunday turdagi iqlim uchramaydi. Tayga shimolga tomon siyraklasha borib,
o‘rmonli tundraga aylanadi. Tayganing Janubiy chegarasi G‘arbiy Evropada 60-
paralleldan o‘tadi, sharqqa borgan sari janubroqqa tusha boradi va Uzoq Sharqda
50-parallelga etadi.
Tayganing iqlimi keskin kontinentallik xususiyatiga ega. Iqlimning
kontinentalligi Evrosiyo taygasida g‘arbdan sharqqa tomon ortib boradi. Yakutsk
shahrida harorat iyulda 190, yanvarda –440, yillik yog‘in miqdori 190 mm.
Yakutiya hududida iqlimning kontinentalligi eng yuqori qiymatiga erishadi.
Taygada qish juda sovuq bo‘lib, yanvar oyida havoning o‘rtacha harorati –300….-
400S gacha, Sharqiy Sibirda esa – 500S gacha pasayadi. Taygada yoz nisbatan iliq,
iyul oyida havoning o‘rtacha harorati 100S dan yuqori, zonaning janub qismida esa
iyul oyida harorat 18-200S gacha etadi.Taygada yillik yog‘in miqdori 300-600 mm
ga etadi, yog‘inlar asosan yozda yog‘adi. Tayganing iqlim sharoiti o‘simliklar
uchun qulay. Bu zonada yozda mo‘’tadil harorat, sernam, yog‘inlar etarli.
O‘simliklarning vegetasiya davri tundradan ko‘ra uzoqroq davom etadi.
Tayga qoraqarag‘ay, pixta (oq qarag‘ay), kedr, qarag‘ay daraxtlaridan tashkil
topgan qalin (zich) igna bargli o‘rmonlardan iborat. Sharqiy Sibirning kontinental
rayonlarida aksari tilog‘och o‘sadi; bargli daraxtlardan qayin, tog‘terak uchraydi.
Tayganing tuprog‘i asosan podzol tuproq.Mo‘’tadil zonaning keng bargli
o‘rmonlar iqlimi.Кeng bargli o‘rmonlar deganda qishda barg tashlaydigan
shapaloq yaproqli daraxtlar – buk, dub, zarang, jo‘ka, grab va boshqalardan iborat
o‘rmonlarni tushunish kerak. Кeng bargli o‘rmonlar deyarli butunlay Shimoliy
yarim sharning mo‘’tadil iqlim zonasida, ya’ni biz qarayotgan zonada tarqalgan.Bu
iqlim Shimoliy Amerikada 500 li paralleldan janubroqda va 1000 li meridiandan
sharqroqda (janubi-sharqiy shtatlardan tashqari), Buyukbritaniyada, Irlandiyada,
Skandinaviya yarim orolining janubiy qismida G‘arbiy Evropada (o‘rta er dengizi
mamlakatlaridan tashqari), Boltiqbo‘yi davlatlarida, Belorussiyada, Rossiyaning
Evropadagi hududining markaziy qismida, Sibirning janubiy rayonlarida tarqalgan.
Janubiy yarim sharda bu iqlim janubiy Amerikada, Avstraliyaning janubi-sharqiy
sohillarida, Yangi Zelandiyada uchraydi.
L.S.Berg o‘rmonlardan dashtga o‘tish zonasini, ya’ni o‘rmon- dasht zonasini ham
keng bargli o‘rmonlar zonasiga qo‘shgan.Zonaning iqlimi o‘simliklar uchun tayga
iqlimidan ham qulay, bu zonaning qishi ancha yumshoq, yozi ancha iliq. Eng
sovuq oyning o‘rtacha harorati –160 dan Q50S gacha, eng issiq oyning o‘rtacha
harorati 160dan 220S gacha tebranadi. Yillik yog‘in miqdori 500-600 mm ga teng,
ammo shu zonaning ayrim joylarida relefga bog‘liq ravishda yiliga 1000 mm
gacha yog‘in yog‘adi. Bu zonada G‘arbiy Evropada qora qayin o‘rmonlar, Sharqiy
Evropada esa emanzorlar ko‘p tarqalgan.Bu zona iqlimiga janubiy yarim sharda
har doim yashil o‘sadigan keng bargli va igna bargli o‘rmonlar iqlimi mos keladi.
Janubiy yarim sharda o‘rmon-dasht zonasi yo‘q.Dashtlar zonasi. O‘tlar bilan
qoplangan o‘rmonsiz hududni dasht deb yuritiladi. Bu zona qurg‘oqchil iqlim bilan
tavsiflanadi. Dasht zonasining katta qismida yillik yog‘in miqdori 450 mm dan
oshmaydi, zonaning ba’zi joylaridagina 500-550 mm ga etadi. Yog‘inlarning ko‘pi
yoz davriga to‘g‘ri keladi. Bu zonada bug‘lanish ancha kuchli. Dashtlarda yoz issiq
va quruq. Eng issiq oyning o‘rtacha harorati 22-240S, eng sovuq oyning harorati
o‘rtacha esa 00dan –200S gacha o‘zgaradi. Dashtlarda qurg‘oqchilik, quruq issiq
shamollar, changli bo‘ronlar tez-tez kuzatilib turiladi. Qish sovug‘i sharqqa tomon
borgan sari ortadi. Masalan, Nikolaev shahrida yanvar oyi o‘rtacha harorati –40S,
undan sharqda joylashgan Ostona shahrida esa –170S ga teng. Namgarchilik
o‘rmon zonasida ortiqcha, dashtlar zonasida esa etishmaydi.
Dashtlar ikki xil bo‘ladi: mo‘’tadil kengliklarning salqin yoki sovuq qishli
dashtlari, subtropik va tropik kengliklarning iliq qishli dashtlari. 1-xilga sobiq
SSSRning Evropa hududining janubiy polosasidagi dashtlar (Azov-Qora dengiz
dashtlari), O‘rta Povoljya dashtlari, Predkavkazya, Shimoliy Qozog‘iston,
Zabaykale, Mongoliya, Shimoliy Amerikaning g‘arbiy shtatlari kiradi.
Qishi iliq dashtlar subtropik va tropik kengliklarning chekka qismlarida
joylashgan. Dasht zonasida xukmron havo massasi bo‘lib, yoz vaqtida kontinental
tropik havo massasiga aylanadigan mo‘’tadil kengliklarning kontinental havosi
hisoblanadi.Кontinental tropik havo umuman olganda subtropik va tropik
dashtlarda hukmron havo massasidir, shuning uchun dashtlarda yozda tez-tez
yuqori haroratlar, nisbiy namlikning past qiymatlari qurg‘oqchilik va issiq quruq
shamollar (O‘rta Osiyoda garmsellar) ro‘y beradi.
Mo‘’tadil
kengliklar
mussonlar
iqlimi. Bunday
iqlim
turi
Amur
daryosining o‘rta
oqimida,
Ussuriysk o‘lkasida,
Saxalinda,
Yaponiya
va
Кoreyaning shimoliy rayonlarida, Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Xitoyda kuzatiladi.
Yozgi davrda bu joylarda, okeandan havoni olib keladigan janubiy va janubi-
sharqiy yo‘nalishdagi shamollar ko‘rinishida yozgi musson oqimi hukm suradi. Bu
davrda mussonlar okeandan quruqlikka esganligi uchun bu zonada yozda eng ko‘p
yomg‘irlar yog‘adi.