Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari
Yuklangan vaqt
2025-03-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
67,0 KB
1
Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning
axloqiy asoslari
Reja:
1. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy asoslari.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni.
3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni.
2
1. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy
asoslari.
Odil sudlov davlat faoliyatinig bir turi hisoblanadi. Odil sudlovni amalga oshirish
insonning huquq va manfaatini himoya qilishga, adolatni ta’minlashga chaqiriladi.
Bunday muhim vazifani bajarish uchun esa odil sudlov huquqiy va axloqiy asoslarga
suyanishi kerak bo’ladi. Odil sudlovda esa qonuniylik bilan axloqiylik ajratib bo’lmas
birlikda bo’ladi. Qonun axloqiylik talablariga javob berishi lozim, uning sud
tomonidan qo’llanishi esa axloqiy normalarga sid bo’lmasligi kerak. Qonuniylik va
axloqiylikning birligi inson huquqi va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shaxsning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash odil sudlovning bosh axloqiy
vazifasini ifoda etadi va bunga xalqaro hamjamiyat alohida ahamiyat berib kelmoqda.
Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarning axloqiy mazmuni
qiziqish uyg’atadi, chunki ularda mujassamlangan axloqiy tamoil va normalar
O’zbekiston qonunchiligini isloh qilish asosiga qo’yilgan. Bu holat O’zbkistonda
inson huquqlari sohasida ijobiy ishlar olib borilayotganligining belgisidir.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan ushbu huquq va erkinliklar
oliy qadriyat hisoblanadi, qonunlarni qo’llashning mazmunini, mohiyatini, davlat
hokimiyati organlarining faoliyatini aynan ular aniqlab berishi lozim.
O’rganilganda inson huquqlari bo’yicha har davrlarda, turli xil mamlakatlarda
qabul qilingan yuridik artlar o’rganib chiqilganda ildizi inson huquqlarini himoya
qilishga qaratilgan xalqaro huquqdan kelib chiqib qabul qilinganligini bildiradi. Faqat
sud hukmi bilan aybdor deb topish, huquqbuzarlik bilan jazoning mutanosibligi,
aybsizlik prezumptsiyasi, so’zga chiqish erkinligi, so’z erkinligi, matbuot erkinligi,
vijdon erkinligi, mamlakatdan chiqib ketish va qaytib kelish, mansabdor shaxslarning
fuqarolarning huquqlarini buzganligi uchun javobgarligi birinchi marotaba Buyuk
ozodlik xartiyasida (1215) kiritilgan edi, angliyaning Huquqlar to’g’risidagi Billda,
Fuqaro va inson huquqlari Dekloratsiyasida rivojlantirilgan. Bu o’rinda qadimgi grek
faylasoflarining ijtimoiy adolat va tenglik to’g’risidagi g’oyalarni aytib o’tish o’rinli
bo’ladi.
3
Davlatlarning inson huquqlari bo’yicha hamkorligiga Ikkinchi jahon urushidan
keyin Birlashgan millatlar tashkilotining tashkil etilishi bilan asos solindi. Birlashgan
millatlar tashkilotining Ustavida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik
xususiyatidagi muommalarni hal qilish bo’yicha xalqaro munosabatlarni amalga
oshirish va barchaning millati, jinsi, tili, dinidan qat’i nazar inson huquqlariga va
asosiy erkinliklariga hurmatni rag’batlantirish va kuchaytirish belgilab qo’yilgan.
Xalqaro munosabatlar tarixida inson huquqlari bo’yicha davlatlarning keng
hamkorligiga asos slogan ko’p tomonlamalik birinchi shartnoma bu BMTning Ustavi
bo’ldi. BMTning Ustavi davlatlar zimmasiga biron bir kamsitishlarga yo’l
qo’masdan insonning asosiy huquq va erkinligiga rioya qilish yuridik majburiyatini
yuklagan.
BMT birinchi bosqichda inson huquqlari to’g’risidagi Xalqaro Bill uchta
hujjatdan iborat bo’lishligi haqida qaror qabul qildi. Birinchisi inson huquqlari haqida
Dekloratsiya, ikkinchsi inson huquqlari to’g’risida Pakt va uchinchisi Paktni
to’ldirish choralari haqida.
1948 yilning 10 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tantanali ravishda Inson
huquqlari bo’yicha Umumjahon Dekloratsiyasini qabul qildi. O’sha paytdan boshlab
10 dekabr butun dunyoda inson huquqlari kuni tariqasida nishonlanib kelmoqda.
Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon Dekloratsiyasi tomonidan e’lon qilingan
demokratik normalar va tamoyillar milliy qonunchilikning rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatdi. Urushdan keyingi Italiya, Yaponiya, GFR konstitutsiyalarida inson
huquqlari alohida maxsus bo’limlarda berilgan. Frantsiyada asosiy siyosiy va fuqrolik
huquqlari 1946 yildagi Konstitutsiyasining muqaddimasida berilgan.
Butunjahon Dekloratsiyasini qabul qilgandan ko’p o’tmay Bosh Assambleya
o’zining birlamchi qarorini bekor qilib, inson huquqlari bo’yicha bitta Pakt o’rniga
ikkita Pakt qabul qilishni taklif etgan. Natijada Bosh Assambleya 1966 yilda ikkita
shartnoma qabul qildi, bular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt va
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Pakt. Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to’g’risidagi Pakt ga asosan Inson huquqlari bo’icha Komitet tuzilgan
bo’lib, Paktda tan olingan huquqlarni hayotga tatbiq etish bo’yicha ko’rilhan choralar
4
bo’yicha hisobotlar, ayrim shaxslarning shuningdek davlatlararo shikoyatlarni ko’rlb
chiqadi. 1989 yilning 15 dekabrida Bosh Assambleya Xalqaro Paktda o’lim jazosini
bekor qilish haqidagi ikkinchi fakultativ Protokolni qabul qildi.
1949 yilda tashkil etilgan Evropa Kengashi eng birinchi regional
tashkilotlardan hisoblanadi. Bu tashkilot doirasida inson huquqlari bo’yicha 150 dan
ortiq konventsiya va bayonnomalar qabul qilingan.
Evropa konventsiyasi 1948 yildagi Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon
Dekloratsiyasining o’ziga xos davomi va rivoji bo’ldi. Ammo Umumjahon
Dekloratsiyadan farqli o’laroq Konventsiya nafaqat asosiy huquqlarni elon qildi,
balki ularni himoya qilishning mexanizmini ham ishlab chiqdi. Avval bosgda bu
mexanizm o’z ichiga uchta organni oldi, qaysikim Konventsiya ishtirokchi davlatlar
tomonidan majburiatlarga amal qilishni nazorat qildi. Bular Inson huquqlari bo’yicha
Evropa komissiyasi, inson huquqlari bo’yicha Evropa Sudi, Evropa Kengashining
minisrlar komiteti.
1998 yilning 1 noyabridan boshlab birinchi ikki organ doimiy harakatda
bo’lgan inson huquqlari bo’yicha Evropa Sudi bilan almashtirilgan. Inson huquqlari
bo’yicha Evropa Sudi Strasburgda (Fransiya) Inson huquqlari Saroida joylashgan,
Evropa Kengashining o’zi ham shu erda joylashgan. Evropa Sudi 1959 yilda ish
boshlagan. Konventsiyadagi normalar, tamoillar davlatning huquqiy vakolati
doirasini sezilarli cheklaydi, fuqarolik jamiyatining demokratik tuzilmalarining rivoji
uchun va insonning asosiy huquq va erkinligini ta’minlashga asos bo’lib xizmat
qiladi.
5
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni.
O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat tarixida huquq va erkinlik
sohasida xalqaro standartlarning, xorijiy mamlakatlarning demokratik qonunchiligi
ta’siri, tajribasi asosida tuzilgan, inson huquq va erkinlligining keng turlarini o’z
ichiga olgan huquqiy hujjat hisoblanadi.
Konstitutsiyaning muqaddimasida inson huquqlariga sodiqligini tantanali
ravishda elon qilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,
xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab, fuqarolar tinchligi va
milliy totuvligini ta’minlash maqsadida O’zbekiston xalqi maskur Konstitutsiyani
qabul qilganligi alohida qayd etilganligi buning aynan dalili hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 13-moddasida O’bekiston Respublikasida demokratiya
umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qjnunlar bilan himoya qilinadi, deb
belgilab qo’yilgan.
6
Konstitutsiyaning
17-moddasida
O’bekiston
Respublikasi
xalqaro
munosabatlarning to’la huquqli sub’ektidir va xalqaro huquqning umum e’tirof
etilgan qoidalari va normalariga asoslanishi ko’rsatib o’tilgan.
Konstitutsiyaning 18-moddasida O’bekiston Respublikasida barcha fuqarolar
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, etiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar,
ta’kidlangan va davlat tomonidan barcha fuqarolarning huquq va erkinlari
kafolatlanadi va himoya qilinishi belgilangan, 19-moddasida fuqarolarning
Konstitutsiya va qjnunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir,
ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklaab qo’yishga hech kim haqli
emasligi alohida belgilab qo’ylgan, 22-moddasida O’bekiston Respublikasi o’z
hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqoralarini huquqiy himoya qilish va
ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi va fuqarlik pasportida “Ushbu pasportning
egasi O’bekiston Respublikasining himoyasidadir” yozib qo’yilgan, 25-moddada esa
har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega, hech kim qonunga asoslanmagan
holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mimkin emasligi alohida qayd etilgan,
27- moddasida har kim o’z sha’ni va obr’siga qilingan tojovuzlardan, shaxsiy
hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligigi huquqiga egaligi
belgilangan, 43-moddasida esa davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi, deb, davlatning mas’ulligi
belgilab qoyilgan.
Umuman olganda, muhim xalqaro-huquqiy hujjatlarning axloqiy-huquqiy
qadriyatlarini tan olgan, qabul qilgan holda O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
o’zbekiston qonunchiligining asosini jiddiy takomillashtirganligini ko’rib turibmiz.
3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni.
7
O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni
jinyat-protsessual qonunchilikning ayrim qat’iy normalari bilan tanishish barobarinda
yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasining yangi jinoyat-protsessual kodeksi
“Jinoyat protsessi printsiplari” deb nomlangan maxsus 2-bob mavjud.
Ma’lumki jinoyat protsessual qonuunchilikda adolad faqat qonuniylik
tamoilining ishlashi sharoitlaridagina ta’minlanadi.
Chuqur axloqiy mazmunga ega bo’lgan Jinoyat-prorsessual kodeksning
qonuniylik tamoiliga bag’ishlangan 11-moddadasida sud’ya, prokuror, tergovchi,
surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi
barcha shaxslar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va
O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga aniq rioya etishlari va ularning
talablarini bajarishlari shartligi belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-prorsessual
kodeksning
konstitutsion
tamoillaridan hisoblangan “Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish” deb
nomlangan 9-moddasi axloqiy-etik jihatdan juda dolzarb hisoblanadi, chunki jinoyat
sudlob ishini yuritisgda turli xil majburlav choralarini qo’llash imkoniyati bilan
shaxsning bir qator huquqlari va erkinliklarining harakatini cheklash bilan bog’liq.
Bu o’rinda Jinoyat-prorsessual kodeksning 9-moddasida sud’ya, prokupop, tergovchi
va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat
qilishlari shartligi belgilangan. Bir qator xalqaro konventsiyalarning qoidalaridan
kelib chqib, hech kim qiynoqqa solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni
va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin
emaslig qat’iy belgilab qo’yilgan.
Inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli
ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sog’ligini xaf ostiga qo’yadigan,
asossiz ravishda unga jismoniy va ma’naviy azob-uqubat etkazadigan harakatlar
qilish yoki bo’lmasa shunday qarorlar chiqarish taqiqlanadi deb belgilanganligi o’ta
ahamiyatlidir.
8
Jinoyat ish yurituvining axloqiy tamoillariiga rioya qilish uchun O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning shaxsning daxlsizligi tamoiligiga
bag’ishlangan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish” deb
nomlangan 18-moddasi alohida ahamiyatli hisoblanadi va unda jinoyat ishini yuritish
uchun mas’uliyatli barcha dalat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida
qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shartligi
alohida belgilab qo’yilgan.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda
saqlqnishi mumkin emas;
Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum eetilgan yoki
qonun yoki sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan
yoki qamoqda saqlangan har qanday shaxsni darhol ozod qilish shart, shlab turish
muddati ushlangan militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvch boshqa organga
keltirilgan paytdan boshlab ko’pi bilan 72 soatni tashkil rtadi, tergovchi yoki
prokuror tomonidan zarur va etarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning
qarori bilan qo’shimcha ravishda 48 soatga uzaytirilishi mumkin;
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, o’zaro
yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali so’zlashuvlarining sir saqlanishi
qonun bilan qo’riqlanishi belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Haqiqatni aniqlash”
ga
bag’islangan
22-moddasida
gumon
qilinuvchidan,
ayblanuvchdan,
sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa
shaxalardan zo’rlash, qo’rqitish,huquqlarni cheklash va qonunga xilof bo’lga
o’zgacha choralar bilan ko’rsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
O’zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-prorsessual
kodeksning
“Aybsizlik
prezumptsiyasi” deb nomlangan 23-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda
isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz
hisoblanadi, qat’iy belgilab qo’yilgan.
9
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Sudda ishlarni
yuritishda tortishuv” ga bag’ishlangan 25-moddada birinchi instantsiya sudining sud
majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko’rilayotganda ish yuritish taraflarning
o’zaro tortishuvi asosida amalgam oshirilishi belgilangan, 27-moddasida protsess
ishtirokchilari va boshqa shaxlar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor
bo’lgan korxonalar,muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab
qo’yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud’ya va sudning
protsessual harakati yoki qarori ustidan shkoyat berishga haqliligi belgilab
qo’yilganligi, asosiy etirof talab qiladi.
Albatta axloqiy mazmunga ega bo’lgan tamoillar O’zbekiston Respublikasi
Jinoyat-prorsessual kodeksning boshqa moddalarida o’z ifodasini topgan. Bu
normalar haqida kelgusi ma’ruzalarda o’rganiladi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Odil sudlov qaysi axloqiy va huquqiy asoslarga tayanishi lozim?
2. Inson huquqlari institutlarining tuzilish tarixidan gapiring.
3. Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining qaysi horma va tamoillari milliy
qonunchilikning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan?
4. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni nimaldan iborat?
5. Jinoyat-protsessual qonunchilikda odillikni ta’minlash qanday amalgam oshirilish
mumkin?
6. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat –protsessual kodeksi qaysi konstitutsion
tamoillarni o’zida aniqlashtiradi va ularning axloqiy xususiyati nimada ifodalanadi?
10
Taklif qilinayotgan adabiyotlar:
1. Karimov I. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy
qadriyat // “Xalq so`zi”. 2005, 10 dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2012
3. O‘zbekiston Respubliksining “Sudlar to‘g‘risida”gi (yangi taxrirdagi) qonuni.
T., 2001
4. Vseobщaya deklaratsiya prav cheloveka ot 10.12.1948 g.
5. Deklaratsiya prav cheloveka i grajdanina 1789 goda /
6. Fransuzskaya Respublika: Konstitutsiya i zakonodatelnыe aktы.- M., 1989.- S.
26-29.
7. Zakon RF «O statuse sudey v Rossiyskoy Federatsii» - M.,
8. 1992.
9. Karpes I. I. Ugolovnoe pravo i etika. M., 1985.
10.
Kartashkin V.A. Prava Cheloveka v mejdunarodnom i vnutri-
11.
gosudarstvennom prave. – M, 1995.
12.
Koblikov A.S. Yuridicheskaya etika. Uchebnik dlya vuzov. – M.:
13.
NORMA, 2004. – 176 s.
14.
Kovalev M. I. Rol pravosoznaniya i yuridicheskoy texniki v
15.
razvitii
16.
ugolovnogo zakonodatelstva//Sovetskoe gosudarstvo i