OG’IR XIRURGIK BEMORLARDA KIYIM–KECHAK VA OQLIKLARNI ALMASHTIRISHNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI, YOTOQ, YARALARNI OLDINI OLISH
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
25,2 KB
OG’IR XIRURGIK BEMORLARDA KIYIM–KECHAK VA OQLIKLARNI
ALMASHTIRISHNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI, YOTOQ,
YARALARNI OLDINI OLISH
Bolalar toza tutilishi, ko’rinishi chiroyli bo’lishi lozim. Tibbiy hodim bola
sochini tarashi, tirnog’ini olishi, lozim bo’lsa kiyinishiga yordam berishi shart.
Maktab yoshidagi bolalar umumiy rejimda bo’lsa o’zlari ertalab va kechqurun
yuvinishi, tishini, qulog’ini yuvishi shart. Lozim bo’lsa bolaga tish cho’tkasidan
qpnday foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarga
g’amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni sochini shaxsiy tarog’i bilan
tarashi, ertalab va kechqurun tashqi jinsiy a’zolarini iliq suvda oldidan orqaga qarab,
orqa teshikka qarab yuvishi lozim. Xaftasiga bir marta tirnoqlarni tekshirishi, 7-10
kunda bir marta vanna qabul qildirishi kerak. Vanna qabul qilgan kuni o’rin-
ko’rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak. Lozim bo’lsa yotoq choyshablari va
ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak
O’rin-ko’rpa tarkibi. Krovat palataga shunday joylashtirilishi kerakki, unga
har tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni devorga qaragan bo’lishi lozim.
Qo’shni krovatlar bilan orasi kamida 1,5 m bo’lishi kerak. Krovat setkasi yaxshi
tortilgan bo’lishi, yuzasi tekis, ustiga to’shak tashalgan, uning ustidan toza choyshab
tashalib chetlari to’shak ostiga buklangan bo’lishi kerak, choyshab chetlari osilib,
o’ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab ustida ovqatlansa, choyshabni qoqib
qaytadan yoyish lozim. Paxta, par yostiqlar ustidan toza yostiqjild kiygizish kerak.
Ko’rpa toza, yengil, issiq bo’lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. YOz oylvarida
bemorlar matoli ko’rpalardan foydalanishi mumkin. Ko’rpa ustiga ko’rpajild
kiygizili shart. Bolalar va keluvchilar boshqa krovatlarda o’tirishi mumkin emas.
Ota-onalar stulda o’tirishlari kerak.
Ba’zi bemorlarga, ya’ni umurtqa pog’onasi, bo’g’imlar, ichki a’zolar
patologik joylashganda (adashgan buyrak) krovat setkasi ustidan taxta, uning ustidan
to’shak tashlanadi.
Og’ir bemorlar uchun maxsus funktsional krovatlar ishlatiladi, ularda bemorga
kerakli holatlarni berish mumkini (masalan, yarim o’tirgan holat). Funktsional
krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, ikkita yon panjaradan, krovat usti
stolidan va korzinadan tashkil topgan. Krovat paneli uchta harakatlanuvchi
seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq.
Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi, shuningdek vena
ichiga uzoq vaqt dori yuborishda bola qo’l-oyog’ini bintlashda yordamchi vazifani
va h.o. bajaradi. Krovat usti stoli patnis va ikkita oyoqchadan tashkil topgan bo’lib,
bevosita bemor yuzi oldiga krovat ustidan qo’yiladi, agarda bemor yarim o’tirgan
holatda bo’lsa. Tuvak uchun korzina bo’ladi.
Har bir krovat yonida tumbochka bo’lib, bola shaxsiy gigiyena anjomlari,
kiyimlari, o’yinchoqlari, kitoblar turadi. Tumbochka holatni hamshira nazorat qilib
turadi.
O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish 7-10 kunda bir marta vanna qabul
qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi
mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik
yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi.
Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak
chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza
kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa
oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga,
keyin sog’ qo’lga kiygiziladi.
Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. Agar
bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga o’tirg’izib, hamshira oqliklarni almashtiradi.
Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli bor: 1) eski
choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. Ikki tomondan
bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi ostiga qo’yiladi va
krovatga uzunasiga yoyiladi; 2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab
uzunasiga o’raladi, ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga
o’tkaziladi, keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa idishlarga
yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. Bo’lim bekasi
boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, kasalxonaning
markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni
almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy gipoxlorid
eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.
Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. Oqliklarni
markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.
O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar
rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Yotoq yaralarni oldini olish. Gigiyenik vanna qabul qila olmaydigan, uzoq
vaqt yotoq rejimda yotadigan bolalarni terisini parvalishlash alohida ahamiyatga ega.
Teri dezinfeksiyalovchi eritmaga (yarim spirtli eritma, odekalon, oshxona uksusi,
kamfora spirti va h.o.) namlangan sochiq yoki yumshoq mato (doka) bilagn artiladi.
Sochiqni bir uchi namlanadi va quloq orqasi, bo’yin, yelka, ko’krak qafasi, dumba,
qo’ltiq osti va chov burmalari, qo’l-oyoqlar artiladi. Keyin quruq tomoni bilan yana
o’sha sohalar artib quritiladi.
Yotoq yara — yumshoq to’qimalar (teri va teri osti qavati) nekrozidir.
Ko’pincha yotoq yaralar nimjon bolalarda dumg’aza, kurak, son suyagi boshi, tirsak,
tovon sohalarda, ya’ni yumshoq to’qima o’rin va suyak orasida bosilib eziladigan
sohalarda uchraydi.
Yotoq yaralarni rivojlanishiga terini noto’g’ri parvalishlash, yomon va
noto’g’ri yoyilgan choyshab sababchi bo’lib, ular teri va teri osti qavatida qon
aylanishini buzadi. Oldin teri oqaradi, keyin qizaradi, shishadi va epidermis
ko’chadi. Pufakchalar va teri nekrozi hosil bo’lishi mahalliy o’zgarishlarni
kuchayganidan va yotoq yaralarni erta belgilarini tibbiyot xodimi to’liq
baholamaganidan dalolat beradi. Og’ir holatlarda nafaqat yumshoq to’qimalar, balki
suyak usti pardasi, hattoki suyak ham zararlanadi. Infeksiyani qo’shilishi sepsisni
rivojlanishiga olib keladi.
Yotoq yaralarni oldini olishga har kuni bemor bolani yonga aylantirish (agar
ahvoli ko’tarsa), choyshabni yig’ilib qolgan sohalarini to’g’rilash, ovqat
qoldiqlaridan tozalash, terini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish kiradi. Uzoq
vaqt yotadigan og’ir bemorlar ostiga kichik choyshab bilan o’ralgan rezina
(shishirilgan) aylanalar qo’yiladi. Uni shunday qo’yish kerakki, dumg’aza aylana
o’rtasida bo’lishi kerak. Agar terida qizarish paydo bo’lsa qon aylanishini yaxshilash
uchun quruq sochiq bilan sekin artiladi. Ultrabinafsha nurlantirishdan foydalaniladi.
SHilingan teri sohalari sovuq suvda bolalar sovunida yuviladi, spirt bilan artiladi,
keyin tal’k yoki oddiy pudra sepiladi.
Pufakchalar brilliant yashili bilan artiladi, quruq bog’lam qo’yiladi. Nekrozni
chegaralash uchun vrach o’lgan to’qimalarni kesib olib tashlaydi, yara 1% kaliy
permanganat eritmasiga namlangan steril salfetka bilan o’rab qo’yiladi. Keyinchalik
hamshira kuniga 2-3 mahal bog’lamni almashtiradi va yara holati to’g’risida vrachga
xabar berib turadi. Yara tozalanishiga qarab mazli (Vishnevskiy mazi, sintomitsin
emul’siyasi va h.o.) bog’lamlar qo’llaniladi.
Bolalarda yotoq yaralarni paydo bo’lishi yomon parvarishdan, bo’lim tibbiy
xodimlarini past tibbiy madaniyatidan, o’z vazifalariga sovuqqonlik bilan
yondashishidan dalolat beradi.
Og’ir bemorlarni o’rin-ko’rpasini almashtirish
Maqsad. Yotish sharotini yaxshilash (davo chora-tadbirlaridan biri); yotoq
yaralarni oldini olish; bemorni shaxsiy gigiyenasiga rioya qildirish.
Ko’rsatma. Bemorni yotoq rejimi.
Kerakli anjomlar. Toza, katta, tikinsiz choyshab; toza ko’rpajild, ikkita
yostiqjild.
Bajarish texnikasi:
Og’ir bemorni o’rin-ko’rpasini almashtirishni bo’ylama usuli:
- bemorni yon tomonga bura olishda qo’llaniladi
1. Toza choyshabni 2/3 qismini uzunasiga valik qilib o’raladi.
2. Ko’rpa olinadi, bemor boshi sekin ko’tariladi va yostiq olinadi.
3. Bemorni yuzini teskari tomonga qilib yon tomonga aylantiriladi.
4. Bo’shagan sohadagi eski choyshab krovat o’rtasigacha o’raladi (bemor
ostigacha).
5. Bo’shagan sohaga valik qilib o’rab tayyorlangan toza choyshab yoyiladi.
6. Bemorni yuzini o’zimizga qaratib boshqa tomonga aylantiriladi.
7. Bo’shagan sohadan eski choyshab to’liq olinadi va toza choyshab yoyiladi,
chetlari tortilib hamma tomondan to’shak ostiga tiqiladi.
8. Bemor chalqancha yotqiziladi, toza yostiqjildli yostiqlar qo’yiladi.
9. Ko’rpajild almashtiriladi, bemor ko’rpa bilan o’raladi.
Og’ir bemorni oqliklarini almashtirishni ko’ndalang usuli:
- primenyaetsya, kogda patsiyenta nel’zya povernut’ na bok, no mojno posadit’ ili
pripodnyat’ verxnyuyu chast’ tulovisha (rasm.2).
1. Choyshab yumaloq qilib kengligi bo’yicha 2/3 qismda o’raladi.
2. Kichik tibbiy xodimdan bemorni ko’tarish so’raladi, bemor yelka va kuraklar
sohasidan ushlagan holda.
3. Yostiq olinadi, eski choyshab yumaloq qilib bemor orqa sohasigacha
o’raladi.
4. Toza choyshab yumaloqlanadi va bemor orqa sohasiga o’raladi.
5. Yostiqqa yangi yostiq jild kiygiziladi va bemor yotqiziladi.
6. Kichik tibbiyo xodimdan bemor tos sohasini ko’tarish so’raladi.
7. Eski choyshab o’rab oyoq sohalarigacha olinadi va o’rniga yangi choyshab
yoyiladi, bemor yotqiziladi.
8. Kichik tibbiy xodimdan bemor oyoqlarini ko’tarish so’raladi.
9. Eski choyshab o’rab olinadi va o’rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor
yotqiziladi.
10.
Yangi choyshab hamma tomondan to’shak ostiga tiqib chiqiladi.
11.
Ko’rpajild almashtiriladi, bemor o’rab qo’yiladi.
Bemorlarni yuvintirish
Maqsad: Gigiyenaga rioya qilish, yotoq yaralarni, bichilishlarni oldini olish.
Ko’rsatma: Siydik qopini kateterlash, siydikni tahlil qilishga olish,
ginekologik manipulyatsiyalar. Yotoq rejimdagi hamma bemorlar ertalab,
kechqurun va har ichi kelgandan va siygandan keyin yuvintiraldi.
Kerakli anjomlar: Taglik kleyenka; metall yoki plastmassa sudna;
“Yuvintirish uchun” yozuvli Esmarx krujkasi; (+35...+38°S) iliq suv; 5% kaliy
permanganat; kornsang; suv; buyraksimon lotok; rezina qo’lqop.
Bemorlarni yuvintirish texnikasi:
1. Esmarx krujkasiga su solinadi va bir necha tomchi 5 % kaliy permanganat
eritmasidan tomiziladi, to och-pushti rang bo’lguncha.
2. Qo’lqop kiyiladi.
3. Bemorga chalqancha yotish so’raladi, tizzalaridan bukiladi, sonlari ochiladi.
4. Kleyenka to’shaladi, sudna qo’yiladi.
5. Kornsngga paxta qistiriladi. Bunda uning o’tkir qirralari paxta bilan yopilgan
bo’lishi shart.
6. Chap qo’lga iliq dezinfeksiyalovchi eritmali idish olinadi, bemor soniga ozgina
quyiladi va so’raladi: “Sizga issiq emasmi?”. Agar suv harorati qoniqarli bo’lsa,
manipulyatsiya davom ettiriladi.
7. Iliq dezinfeksiyalovchi eritma bilan jinsiy a’zolar yuviladi. O’ng qo’lga paxtali
kornsang olinadi, jinsiy a’zolar oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Oldin
kichik uyatli lablar, keyin katta uyatli lablar, chov soha, qov usti yuviladi.Ohirda
orqa teshik yuqoridan pastga qilib yuviladi.
8. Kornsangdan iflos paxta olib tashlanadi, toza paxta qo’yiladi va teri quritiladi,
huddi yuqoridagi ketma-ketlikda.
9. Sudna olinadi, bemorga krovatda o’rnashib yotishiga yordam beriladi.
Erkaklar ham yuqoridagi ko’rsatmalar bo’yicha yuvintiraladi. Yuvintirishda
“markazdan pereferiyaga” prinsipiga amal qilish kerak, ya’ni olat boshidan chov
sohaga qarab.
Izoh. Yarim yotoq rejimdagi bemorlarga bidedan foydalanish o’rgatiladi, agarda u
bo’limda bo’lsa.
Terini parvarishlash
Uzoq vaqt yotoq rejimda bo’lgan bemorlarni terisini parvarishlash katta
ahamiyat kasb etadi. Terini ter, yog’ bezlari sekreti yoki boshqa sekretlar bilan
qoplanishi kuchli qichishishga, terini ikkilamchi infitsirlanishiga, ba’zi sohalarda
(oyoq barmoqlari orasi, dumba, qo’ltiq osti bukilmalari) zamburug’ kasalliklarini,
yotoq yaralarni rivojlanishiga olib keladi.