O‘G‘ITLAR HAQIDA TUSHUNCHA. AZOTLI O‘G‘ITLAR
1. O’g’itlar tasniflanishi va xossalari.
2. Azot elementining o’simlik hayotida ahamiyati.
3. Azot yetishmasligini aniqlash usullari.
4. Tuproq tarkibida azot miqdori, birikmalar. Tabiatda azotning aylanishi.
5. Azotli o’g’itlar ishlab chiqarish va ularni turlari. Nitratli o’g’itlar.
Ammoniyli va ammiakli o’g’itlar. Ammoniy nitratli o’g’itlar. Amidli
o’g’itlar
6. O’simliklarning o’g’it azotidan foydalanishi, ahamiyati va uni oshirish
yo’llari.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning asosiy omillaridan biri
o’g’itlar qo’llash hisoblanadi. Yer yuzidagi insonlarning har 4 tasidan biri mineral
o’g’itlar hisobiga olinayotgan qo’shimcha hosil hisobiga kiyinmoqda va
oziqlanmoqda. Qishloq xo’jalik ekinlaridan olinayotgan qo’shimcha hosilning 50%
i o’g’itlar hisobiga olinishi ham ularga nisbatan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida
yondoshish, ularning olinishi, xossa va xususiyatlari, saqlashning o’ziga xos
jihatlarini bilishni talab qiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra barcha o’g’itlar organik va mineral guruhlarga
bo’linadi. Kelib chiqishiga ko’ra sanoat va mahalliy o’g’itlarga ajratiladi. Sanoat
o’g’itlariga azotli, fosforli, kaliyli, kompleks va mikroo’g’itlar, mahalliy o’g’itlarga
go’ng, torf, kul va boshqa turdagi o’g’itlar misol bo’ladi.
Mineral o’g’itlarning turli mineral tuzlar shaklidagi oziqa moddalari saqlaydi.
Tarkibidagi oziqa moddasi turi va miqdoriga ko’ra o’g’itlar ikki guruhga bo’linadi:
Oddiy va murakkab o’g’itlar: Oddiy o’g’it deb tarkibida o’simlik o’sishi va
rivojlanishi uchun zarur bo’lgan bitta oziqa moddasi saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi.
Oddiy o’g’itlarga azotli, fosforli, kaliyli va ayrim mikroo’g’itlar misol bo’ladi.
Kompleks yoki ko’p tomonlama ta’sir etuvchi o’g’itlarga o’simlik ehtiyoji
uchun kerakli bo’lgan ikki va undan ortiq oziqa moddasi saqlovchi o’g’itlar misol
bo’ladi. O’simlik tarkibida 0,1 foizdan to foizlar darajasida uchraydigan, muhim
hayotiy jarayonlarda qatnashadigan elementlar makroelementlar deb, shular asosida
olinadigan o’g’itlar makroo’g’itlar deb ataladi.
O’simlikda foizning 0,0001- 0,000001 miqdorida uchrab muhim hayotiy
jarayonlarda ishtirok etuvchi elementlar mikroelementlar deb, shu asosda olingan
o’g’itlar mikroo’g’itlar deb ataladi.
Mineral o’g’itlardagi ta’sir etuvchi modda miqdori massa foizida: azotli
o’g’itlar N hisobida, fosforli o’g’itlar P2O5 hisobida,kaliyli o’g’itlar K2 O hisobida
ifodalanadi.
Ta’sir etuvchi moddalarni o’g’itlarni fizik tuk hisobida 1 gektar maydonga
belgilagan normada va dozada belgilaydilar.
Kompleks o’g’itlar, tarkibida o’simlik o’sishi va rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan ikki va undan ortiq oziqa moddasi saqlovchi o’g’itlardir.
Kompleks o’g’itlar olinish usuliga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
- Murakkab o’g’itlar
- Murakkab-aralash o’g’itlar
- Aralash o’g’itlar
Murakkab o’g’itlar bitta kimyoviy formula bilan ifoda qilinadigan, tarkibiy
qismi anion va kationdan iborat bo’lgan, qo’shilmalardan holi o’g’itlardir.
Murakkab aralash o’g’itlar deb bitta texnologik jarayonda, ammiak fosfor, azot
va sul’fat kislotalari, ammoniy nitrat, fosforit yoki appatit, kaliy tuzlarini o’zaro
ta’sir ettirib olinadigan tarkibida 2 va undan ko’p oziqa moddasi saqlaydigan
o’g’itlarga aytiladi.
Aralash o’g’itlar bu 2 va undan ortiq oddiy o’g’itlarni quruq aralashtirish yo’li
bilan olingan tarkibida 2-3 oziqa moddasi saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi.
Organik yoki mahalliy o’g’itlarga go’ng, go’ng sharbati, torf, najas, qush
ahlati(guana), kompostlar, sapropel’, xo’jalik chiqindilari, va yashil o’g’itlar misol
bo’ladi.
Har bir o’g’itning olinishi, xossa va xususiyatlari to’g’risida tegishli boblar va
mavzularda so’z yuritishimiz tufayli bu to’g’rida batafsil to’xtab o’tirmaymiz.
Mineral o’g’itlarni xossalari.
Mineral o’g’itlar qo’llash samaradorligini oshirish, to’g’ri saqlashni tashkil
etish, tashish va saqlashda yo’qolishini oldini olish uchun ularning fizikaviy,
kimyoviy va mexanik xususiyatlarini bilish talab etiladi. Ushbu xususiyatlarga:
1.Suvda eruvchanliq
2. Gigroskopikliq
3.Qotib qolish
4.To’liq nam sig’imi
5.Sochiluvchanliq
6.Granulometrik tarkib
7.Granulalarning mustahkamligi misol bo’ladi.
Saqlash davomida o’g’itlar sifatini bo’zilmasligi uchun ularni uyumda saqlash
1. balandligi, 2. tabiiy nishablik burchagi, 3. qatlam va fraksiyalarga ajralish
darajasi, 4. qovushqoqligi kabi xususiyatlarini ham bilishimiz zarur.
O’g’itlarni saqlash davomida uning olovga va portlash xavfliligi, erkin
kislotaligi, ammiak ajratishi, oson eruvchan shakldan qiyin eriydigan shaklga o’tishi
retrogradasiya xossalarini ham bilish talab etiladi.
Namligi - o’g’it namligi davlat standarti va texnik sharoitlari ko’rsatkichlaridan
yuqori bo’lmasligi kerak Masalan, ammoniyli azotli o’g’itlarni namligi 0,2-0,6%
dan ammoniyli nitratli va amidli azotli o’g’itlarda 0,2-0,3%, nitratli o’g’itlarda 1,0-
2,0%, kalsiyli selitrada esa 14,0% dan oshmasligi lozim.
Suvda eruvchan fosforli o’g’itlar uchun namlikni maksimal miqdori 3-5% ni
tashkil etadi, apatitdan olingan oddiy kukunsimon superfosfat bundan mustasno,
undagi namlik miqdori 12% dan oshmasligi lozim, suvda erimaydigan fosforli
o’g’itlar uchun namlik miqdori 1,5-2% dan 8% gacha (presipitat); kaliyli o’g’itlarni
namligi 1-4 foizdan 5-6 foizgacha (kalimagneziya, kaliy-magniyli konsentrat)
bo’lishi lozim. Ohak uni namligi miqdori 1,5- 4 foizini tashkil etsa, po’lat eritish
sanoati shlaklari (tomasshlaq Martenshlaq fosfatshlak) namligi 2 foizni tashkil etadi.
Shuni ta’kidlash joizki, mineral o’g’itlar tarkibidagi namlik miqdori standart
ko’rsatkichdan o’zgarib ketishi uni o’g’it fizikaviy mexanik ko’rsatkichlarining
keskin yomonlashuviga, o’g’itning bo’zilishiga olib keladi.
Gigroskopiklik - mineral o’g’itlar uchun havodan suv bug’larini tortib olish
xususiyati xosdir. O’g’itlarning gigroskopiklik xususiyati 10 ballik tizim bo’yicha
baholanadi. O’ta kuchli gigroskopiklik darajasi kalsiyli selitra uchun xos bo’lib, 9,5
ball bilan baholanadi.
Ammiakli selitraning gigroskopiklik balli - 9,3; karbamidda - 3,6; donador
qo’sh superfosfat va oddiy kukunsimon superfosfatda tegishlicha 4,7 va 5,9. Kaliy
sulfatida gigroskopiklik balli -0,2- 0 bo’lsa, kaliy xloridda- 3,2-4,4.
Gigroskopiklik yuqori bo’lgan hollarda o’g’itlar qotib qoladi, donalarning
mustahkamligi yo’qolib, sochiluvchanlik xususiyati yomonlashadi.
O’g’itlarni tashish va saqlash sharoitlari, qoplash turlari ularning
gigroskopikligi bilan bog’liq.
O’g’itlarni qoplamasdan tashish va saqlash gigroskopikligi 3 ball va undan past
bo’lgan o’g’itlar uchun tavsiya etiladi.
Gigroskopikligi o’rtacha 4-6 ball bo’lgan o’g’itlar bitum bilan to’yintirilgan
qog’oz yoki polietilen qoplarda saqlanadi. Yuqori gigroskopikligi (7-10 ball)
o’g’itlarni faqat germetik polietilen qoplarda saqlash tavsiya etiladi.
Nam sig’imi. O’g’itlarning sochiluvchanligi ularning nam sig’imiga bog’liq.
To’lik nam sig’imi, o’g’itlarning mexanizmlar yordamida sochiluvchanlik xossasini
ta’minlab qolgan maksimal namligiga tengdir.
Qotib qolish. Bu ko’rsatkich bir qator omillarga bog’liq. Masalan: namliq
gigroskopikliq donadorliq tarkib saqlash sharoiti va davomiyligi. Qotib qolish
darajasi 7 ballik tizim bo’yicha baholanadi.
O’ta tez mushtlashib qoluvchi o’g’itlarga karbamid (0,2-1,0 mm li fraksiya),
oddiy kukunsimon superfosfat -V darajali, ammoniylashgan donador superfosfat,
mayda kristalli kaliy xlorid, silvinit - VI darajada.
Karbamid (1-3 mm li fraksiya), ammoniy sul’fati, ammiakli selitra o’g’itlari
tegishlicha 1-P,II, III,II,IV ballga ega.
Kaliy sul’fati, kalimagneziya, kaliy xlorid elektrolitik deyarli mushtlashmaydi.
Yirik kristalli va donador o’g’itlar ishlab chiqarish, germetik idishlar va
qoplarda tashish va saqlash o’g’itlarning yopishib qotib qolish oldini olish imkonini
beradi.
Sochiluvchanlik - avvalom bor donador tarkibga, to’kiluvchanlikka, donalar
mustahkamligiga bog’liq. O’g’itlar sochiluvchanligining sifat jihatidan baholanishi
12 ballik tizim bo’yicha olib boriladi. Sochiluvchanlik qancha yaxshi bo’lsa, ball
shuncha yuqori bo’ladi. Dalada o’g’itlarining bir tekis taqsimlanishi o’g’itning
sochiluvchanligiga va o’g’itlovchi mexanizmning tuzilishiga ham bog’liq.
Granulometrik tarkib – elakdan mexanik usulda o’tkazish orqali aniqlanadi.
Turli fraksiyalarning foizdagi miqdori o’g’it sochiluvchanligi va mushtlashib
qolishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agar o’g’itlash mexanizmlariga bir xil
granulometrik tarkibli o’g’it solinsa, dalada uning bir tekis sochiluvchanligiga
erishishimiz mumkin.
Donalarning mustahkamligi - zarralar shakli o’lchami, namligiga bog’liq.
Saqlash, tashish va qo’llash mobaynida granulometrik tarkibning saqlanib qolinishi
o’g’itlarning fizikaviy xossalarini belgilaydi. Donalarning mustahkamligi ezilganda
mexanik mustahkamlik (1kgs-sm ) va yemirilish (%) bilan o’lchanadi.
Azot sitoplazmaning va hujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan
oqsillar, nuklein kislotalar (PHK- ribonuklein, DNK- dezoqsiribonuklein), xlorofill,
fermentlar, fosfatidlar, fosfalipidlar ko’pchilik vitaminlar va o’simlikda moddalar
almashinish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan boshqa organik
birikmalar tarkibiga kiradi.
D.N.Pryanishnikov azotning o’simliklar hayotidagi vazifasini ilmiy jihatdan
o’rganib, "Azotsiz oqsil modda paydo bo’lmaydi, oqsil moddalarsiz protoplazma
vujudga kelmaydi, demak hayot ham bo’lmaydi" degan edi.
O’simliklarning oziqlanishi uchun nitrat kislota va ammoniy tuzlari azotning
asosiy manbai hisoblanadi. O’simliklar tuproq eritmasida va almashinib singdirilgan
holatda bo’lgan NO3 anioni va NH4 kationlarni o’zlashtiradilar.
O’simlikka o’tgan azotning mineral shakllari murakkab o’zgarishlar sikliga
uchraydi va nihoyat organik azotli birikmalar - aminokislotalar, amidlar va oqsillar
tarkibiga kiradi.
Nitratlar o’simlikda bosqichma bosqich bir nechta fermentlar ta’sirida
ammiakgacha qaytariladi.
HNO3 ---- HNO2---- (HNO)2------ NH2ON-----------
NH3
Nitrat nitrit giponitrit gidroqsilamin
ammiak
Tarkibida molibden, mis, temir va marganes mikroelementlari bo’lgan
nitratreduktaza, giponitritreduktaza, gidroqsilamin reduktaza fermentlari ishtirokida
quyidagi reaksiyalar ro’y beradi.
Nitratlar o’simliklar uchun zaharsiz va ular to’qimalarda ko’p miqdorda
to’planishi mumkin. Bu holat fotosintez jarayoni sust, o’simlik tarkibida uglevod va
fermentlar kamligi tufayli nitratlarni ammiakkacha tiklanishi hamda aminokislotalar
va oqsillar oz hosil bo’lishi natijasida uchraydi. O’simlik tarkibida, ayniqsa
mahsulot tarkibida (sabzavot, lavlagi, poliz, yem-xashak) nitratlarni ko’p miqdorda
to’planishi inson va qishloq xo’jalik hayvonlari uchun zaharli.
Shuning uchun mahsulotlar tarkibida nitratlarni miqdori cheklangan. (Halqaro
sog’liqni saqlash jamiyati tomonidan). Shuni inobatga olish kerakki, o’simlik
tarkibida organik moddalar hosil bo’lishi uchun sarflanmagan ammiak miqdorini
oshishi o’simlik uchun, ayniqsa yosh nihollar uchun o’ta zararli va xavfli. (O’simlik
so’lishi, qurishi). Shuning uchun ayniqsa, vegetasiyaning boshlaig’ich fazalarida
katta miqdorda ammoniyli tuzlar berish mumkin emas).
O’simlikka tuproqdan o’tgan va nitratlarning qaytarilishi natijasida hosil
bo’lgan ammiak azoti birinchi navbatda organik ketokislotalarga (oqsalat- sirka,
ketoglutar) va fumar kislotalarga birikib birlamchi aminokislotalarni - asparagin va
glutamin kislotalarni hosil qiladi.
Oqsil tarkibiga kiruvchi boshqa barcha aminokislotalar (20 dan ortiq) asparagin
va glutamin kislotalarning va ularni amidlari bo’lgan asparagin bilan glutaminning
qayta aminla-nishidan sintezlanadi.
O’simliklarning azot almashinishida amidlar - asparagin va glutamin katta
ahamiyatga ega, ular asparagin va glutamin kislotalarga yana bitta ammiak
molekulasining birikishidan hosil bo’ladi.
D.N.Pryanishnikovning klassik tekshirishlari ko’rsatishicha, amidlar hosil
bo’lishi natijasida o’simliklarda ortiqcha ammiakli oziqlanishdan va uglevodlarni
yetishmasligidan to’planadigan ammiakning zararli ta’siri yo’qoladi.
O’simlikda aminokislotalar va oqsillar sintezi bilan bir vaqtni o’zida ularni
parchalanish jarayoni ham o’tadi. Parchalanish jarayonida ammiak ajraladi.
Oqsillarni gidrolizlanishi proteaza fermentlari yordamida o’tadi. Yosh o’simliklar,
novdalar, barglar o’sishi, nuqtalarda oqsil hosil jarayoni ko’proq o’tsa, kari
organlarda gidroliz parchalanish jarayoni ko’proq.
Shuningdek, o’simlikda o’tadigan murakkab oqsillar va boshqa azotli organik
moddalar sintezi ammiakdan boshlanadi, ularning parchalanishi ammiak bilan
tugaydi.
D.N.Pryanishnikov aytganlar: "ammiak azot moddalarning o’simlik tarkibida
almashinishida alfa va omega hisoblanadi"
O’simliklarning azotga talabi o’simlik biologiq o’sish va rivojlanish davri,
tuproq tarkibida o’simlikka layoqatli azot moddalarning miqdoriga bog’liq. Azotli
o’g’itlarga talabini bir nechta yo’l bilan aniqlash mumkin.
1. O’simlik tarkibidagi azot miqdori
2. O’simlik shirasini tarkibidagi azot miqdori (konsentrasiyasi)
3. O’simlikning tashqi ko’rinishi
4. Tuproq tarkibidagi NH3 va NO2 azotning miqdori.
O’simlik tarkibidagi azot miqdori o’zgaruvchan bo’lib, o’simlik turi,
o’simlikning organi, vegetasiya davri, iqlim va tuproq sharoitiga qarab o’zgaradi,
ammo ilmiy ishlar va ko’p izlanishlar natijasida har bir o’simlik tarkibida, uning
organlari va vegetasiya davriga qarab optimal miqdorlar ma’lum.
Shu miqdordan oz bo’lsa, o’simlikka azotli o’g’itlar berish shart. O’simliklar
diagnostikasi (amaliy darsda o’tiladi) yordamida o’simlik shirasini tarkibida azot
miqdoriga qarab o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlash mumkin.
O’simlikning tashqi ko’rinishi (slaydlarga qarab tushuntirish) rangi oqarishi
yoki sarg’ayishi, barglar so’lishi, och tusli yashil rang paydo bo’lishi, o’suv
nuqtalarining so’lishi, poyasini ingichkaligi, tuplar, shoxlar sonini kamayishi,
barglar soni va sathi kamayishi, tugunlar orasi qisqarishi, gullar soni kamayishi, gul
va hosil to’qilishi, (har bir o’simlik uchun ko’rsatgichlar alohida).
Azot ko’p miqdorda berilganda ham tashqi ko’rinishi o’zgaradi (to’q yashil
rang barglarning chetlari kuyishi va xoqazo).
Tuproq tarkibida azot miqdorini aniqlash NH4 reaktivi yordamida yoki NO3
Grandval usulida aniqlanadi. Har bir o’simlik uchun tuproqda har xil miqdor optimal
hisoblanadi.
O’simliklarni turiga qarab tuproq tarkibidagi NH4 va NO3 shakldagi azotga
talabchanlik va o’zlashtirish qobiliyati ko’p faktorlarga bog’liq: tuproq eritmasining
reaksiyasi, boshqa kationlar miqdori va nisbati, ionlar va kul elementlarning
miqdori, kalsiy ionining konsentrasiyasi, magniy, ammoniy va nitratlar miqdori,
hamda o’simlik tarkibidagi uglevodlar miqdori. Neytral reaksiya sharoitida
ammoniy yaxshi o’zlashtiriladi, nordon sharoitda - nitratlar. Ammoniyli
oziqlanishni tezlashtiradigan ionlar Ca, Mg va K nitrat ionni o’zlashtirishda
molibden va fosfatlar yordam beradi.
Uglevodlar yetishmaydigan sharoitda, harorat pastligida, fotosintez jarayonini
aniqligi pasayganda ammoniyni o’zlashtirishi ham kamayadi.
Azotli o’g’itlarni tanlash, normasini aniqlash, berish muddatlarini va usullarini
to’g’ri tanlash uchun azotli moddalarning tabiatda aylanishi va tuproqda o’zgarishini
bilish zarur.
Tuproq tarkibidagi azotning umumiy zahirasi va o’simlik o’zlashtiradigan
azotli birikmalar miqdori doimiy ravishda o’zgarib turadi. O’zgarishning sabablari:
1. O’simlik o’zlashtirishi
2. Tuproq tarkibidagi har xil mikrobiologik jarayonlar ta’sirida azotning
molekuyar azotga va ammiak holida havoga uchib ketishi
3. Sug’orish natijasida pastki qatlamlarga va sizot suvlariga yuvilib
ketishi
4. Eroziya natijasida yuvilishi
5. Biologik va kimyoviy jarayonlar natijasida mineral azotning gumin
moddalar tarkibiga o’tishi
6. Ammoniyli qaytarmas singdirilishi.
Tuproq tarkibida umumiy va harakatchan azotning ko’payishi ham har xil
jarayonlar ta’sirida o’tadi.
1. Atmosferadan qo’shilishi
2. O’simliklar qoldiqlari va mahalliy o’g’itlar bilan tuproqda ko’payishi
3. Simbiotik va erkin azotofiksasiya ta’sirida ko’payishi
4. Tuproqdagi organik moddalar tarkibidagi azotning mineral holatiga o’tishi.
Ma’lumki har xil tuproqlarda umumiy azot miqdori 0,05 - 0,5 % tashkil etadi,
bo’z tuproqlarda esa 0,05-0,15 % va umumiy miqdori tuproqning haydov qatlamida
1,5- 15 t.ga. Bo’z tuproqlar zonasida bu ko’rsatkich 3-6 t.ga tashkil etadi. Umumiy
azotning 94-95 %, organik birikmalar tarkibida, 3-5% almashinuvchan singdirilgan
ammoniy holatida va 1% ga yaqini o’simlik o’zlashtira oladigan ammoniy va nitrat
shaklida bo’ladi. O’simlikni azot bilan ta’minlanishi tuproqda o’tadigan
mikrobiologik jarayonlarning tezligiga (aktivligiga) bog’liq. Tuproq tarkibidagi
organik moddalar parchalanishi ammonifikasiya deyiladi.
Bu
jarayon
o’tishida
bakteriyalar,
aktinomisetlar
va
zamburug’lar
qatnashadilar. Mikroorganizmlar ajratadigan proteolitik fermentlar ta’sirida oqsillar
aminokislota-largacha gidrolizlanadi, aminokislotalar esa dezaminoza fermenti
ta’sirida NH3, CO2, H2O, H2,CH4 larga parchalanadilar.
Ajralib chiqqan ammiak tuproqdagi karbonat kislota bilan qo’shilib ammoniy
karbonat hosil qiladi, keyinchalik ammoniy tuproq zarrachalarida singdiriladi (TSK)
Ammonifikasiya turli tuproqlarda aerob va anaerob sharoitda o’tadi, lekin
kuchli ishqorli va kislotali sharoitda jarayon sustlik bilan o’tadi.
Ammonifikasiya jarayoni natijasida ajralib chiqkan ammiak va o’g’itlar
tarkibidan tuproqqa tushgan ammiak nitrifikasiyaga uchraydi. Bu jarayon ikki
bosqichda boradi:
Tuproq namligi dala nam sig’imiga nisbatan 60-70% hamda tuproq harorati 25-
320 C va pH 6,2-8,2 atrofida bo’lsa, bu jarayon juda tez o’tadi. (bo’z tuproqlarda
sug’orish, ishlov berish natijasida nitrifikasiya jarayoni tezlashadi).
Ayrim tuproqlarda 1 kg tuproq hisobida bir yil davomida 100 mg.kg nitrat kislotasi
hosil bo’lishi mumkin. (300 kg/ ga).
Nitratlar denitrifikasiya jarayoni natijasida gazsimon azot birikmalari – NO2,
H2O va molekulyar (N2) azotgacha qaytariladi. Denitrifikasiya anaerob sharoitda,
ayniqsa ishqoriy muhitda tez o’tadi.
Sug’orish natijasida tuproqning yuvilish va eroziyaga uchrashi hisobiga ham
15-20% azot, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida yo’qotiladi.
Azotning organik moddalar tarkibiga 5-15% va singdirilish 3-5% tashkil etadi.
Shuningdek tuproqdagi mineral azot va o’g’it tarkibidagi azotning 30-50%
o’zlashtiriladi. Birinchi yili qolgan qismi yukotiladi.
Tuproqka azotning kuyilishi atmosferada 1 ga 5-15 kg.ga bir yilda.
O’simliklar tarkibida 30-100 kg.ga, Simbio fiksasiya 100-300 kg.ga erkin
azotofiksasiya 60-50 kg.ga va organik moddalar tarkibidan mineralizasiya natijasida
10-50 kg.ga qo’shilishi mumkin.
86-jadval
Ammiakatlar tavsifi (D.A.Korenkov ma’lumotlari)
Ammiakatlar
Tarkibidagi
azot miqdori,
%
Tarkibi, %
Ca(NO3)2 CO(NH2)2 NH4NO3
H2O
NH3
Kalsiyli
va
ammiakli selitra.
30,5 –31,6
25-28
-
27-30
22-30
18-20
Ammiakli selitra
34-37,5
-
-
64-67
16-22
14-17
Karbamid
Karbamid
va
ammiakli sel.
37,5-41,0
-
-
53-56
18-24
23-26
Karbamid
va
ammiakli sel.
1.
Ugleammiakatlar - ammoniy karbonat (NH4)2 CO3 ammoniy
bikarbonat NH4HCO3 va karbamid CO(NH2)2 ning suvdagi eritmalari bo’lib,
tarkibida 18-35% azot saqlaydi, 12% karbonat angidrid (CO2) gazi va shuningdek
4-7% erkin ammiak bo’ladi. Past haroratda kristallanadi. Ugleammiakatlar yilning
issiq davrlarida qo’llaniladi. Ugleammiakatlar albatta tuproqning 10-16 sm
chuqurligida solinib ko’milib ketilishi shart. Ugleammiakatlar asosiy o’g’itlashda
ekishdan oldin va oziqlantirishda qo’llaniladi. Qator orasi ishlanadigan ekinlarda
ham qo’llash mumkin. Bunda o’simliklarni kuydirmasligi uchun o’g’it qatorni
o’rtasiga yoki o’simliklardan kamida 10-12 sm uzoqlikda ko’milib ketiladi.
Suyuq azotli o’g’itlar bilan ishlashga faqatgina tibbiy ko’rikdan o’tgan va
maxsus instruksiya (ko’rsatma) asosida ta’lim olgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Suyuq azotli o’g’itlar bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanish shart.
Qattiq ammoniyli o’g’itlar.
Ammoniy sulfat - (NH4)2SO4. Oq yoki och kul rangli kristall tuz
bo’lib,tarkibida 20,8-21,0 % azot saqlaydi. Suvda yaxshi eriydi. Gigroskopikligi va
qotib qolishi kuchsiz. O’g’it namligi 2% dan oshmaganda yaxshi sochiluvchanlikka
ega bo’ladi.Tuproqqa solingach uni kislotaliligini oshiradi. Sintetik ammiakka sulfat
kislota ta’sir ettirib olinadi:
2NH3 + H2SO4=(NH4)2SO4
Ammoniy sulfat ishlab chiqarishda sulfat kislota o’rniga maydalangan gipsni
ammiakli suvga qo’shib chayqatib va ushbu suspenziyadan karbonat angidridni
o’tkazish orqali aralashtiriladi:
Ammoniy sulfat eritmasi kristallanguncha sovitiladi va sentrafugalash yo’li
bilan ajratiladi. Ammoniy sulfat tuproqda almashinuvchan singdiriladi. Singdirilgan
ammoniy kam harakatchan bo’lib, yuvilmaydi,shuning bilan birga o’simliklar
tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Ammoniy sulfat azotli o’g’itlarning qulay shakli
bo’lib, barcha usullarda va muddatlarda qo’llanilishi mumkin. Ayniqsa subtropik
ekinlar,sholi, g’o’za va kartoshkada ammoniy sulfatni qo’llash yuqori samara
beradi. Ammoniy sulfati tarkibida azotdan tashqari 24% oltingugurt bo’lib,o’z
navbatida bu ham o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi.
Ammoniy-natriy sulfati - (NH4)2SO4 + Na2SO4 tarkibida 17% azot bo’lib,
suvda yaxshi eriydi, gigroskipikligi va qotib qolishi juda ham kam darajada.
Fiziologik kislotali o’g’it, sochiluvchanligi yaxshi,tarkibida azotdan tashqari 8%
natriy bo’ladi. Kaprolaktan ishlab chiqarishdagi chiqindi mahsulot bo’lgan sulfatli
eritmalarni qayta ishlash yo’li bilan olinadi. Asoslar bilan to’yingan tuproqlarda
qo’llaganda yuqori samara beradi. Tuproqdagi o’zgarishi ammoniy sulfatga
o’xshash bo’ladi.
Ammoniy xlorid - NH4CI oq yoki sarg’ish rangli kristalsimon kukun
ko’rinishida bo’lib, tarkibidagi azot 24-25% ni tashkil qiladi. Sochiluvchanligi
qoniqarli. Soda ishlab chiqarishida qo’shimcha mahsulot sifatida olinadi.
Fiziologik jihatdan kislotali o’g’it. Bundan tashqari o’g’it tarkibida 66,6% xlor
bo’ladi, shuning uchun ammoniy xloridni xlorga sezgir ekinlar kartoshka, tamaki va
tokzorlarda qo’llash tavsiya etilmaydi. Shuningdek xloridli sho’rlanish xavfi bo’lgan
tuproqlarda qo’llanilmaydi.
Ammoniy xlorid tuproq eritmasida erib,TSK dagi kationlar bilan o’rin
almashadi:
NH4 (TSK)Ca + 2NH4Cl = (TSK)NH4 + CaCl2
TSK da singdirilgan ammoniy kationini sug’oriladigan sharoitda yuvilish xavfi
kamayadi va o’simliklarni oziqlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Neytral va
kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan tuproqlarda qo’llash mumkin, bunda xlor
yuviladi, ammoniy esa TSK da singdiriladi.
Ammoniy karbonat va ammoniy bikarbonat – ammoniy karbonat ammiakli
suvni kislota bilan to’yintirish orqali olinadi. Juda ham kam miqdorda ishlab
chiqariladi.
Ammoniy karbonat (NH4)2CO3, beqaror birikma bo’lib, ochiq havoda
parchalanadi va ammiak ajralib chiqadi, hamda ammoniy bikarbonati hosil
bo’ladi, uning tarkibida 21-24% azot bo’ladi.
Ammoniy bikarbonat (NH4HCO3) tarkibida 17 % azot bo’lib ancha barqaror
birikmadir, lekin ammiakni yo’qolishi ehtimoli mavjud. Ushbu o’g’itlarni saqlash
va qo’llashda o’ziga xos sharoitlar talab qilinadi, aks holda ammiak yo’qotilishi
mumkin. Bo’larga o’g’itni yopiq idishlarda saqlash, tuproqqa ko’mib ketish va
boshqalar. Markaziy Osiyoda deyarli qo’llanilmaydi.
Ammiakli-nitratli o’g’itlar
Tarkibida ammiak va nitrat shaklidagi azot saqlovchi o’g’itlar.
Ammiakli selitra – NH4NO3 (ammoniyli nitrat,ammmoniyli selitra)
Kristallari, qobiklari yoki granulalari oq yoki och sarg’ish rangli bo’lib, tarkibidagi
azot 33,6-34,8% ni tashkil etadi.Ushbu azotning yarmi harakatchan va oson
o’zlashtiriladigan nitrat shaklida, yarmi esa uzoqroq muddat ta’sir etadigan
ammoniy shaklida bo’ladi. Suvda oson eriydi, kuchli gigroskipiklik xususiyatiga ega
bo’lib, qotib qoladi, sochiluvchanligi qoniqarli darajada. 50-60% li nitrat kislotasini
gazsimon shakldagi ammiak bilan neytrallash orqali olinadi:
HNO3 + NH3 (gaz) = NH4NO3 + 35600 kal.
O’g’itni qotib qolishini oldini olish uchun unga 2-3% miqdorida mayin ezilgan,
kam gigroskopiklik xususiyatiga ega bo’lgan moddalar (fosforit yoki suyak uni,
gips, kaolinit va boshq.) qo’shiladi.
Ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’it bo’lib,uni kislotaliligi ammoniy
xlorid va ammoniy sulfatga nisbatan ancha kuchsizdir. TSK da kalsiy yetishmagan
hollarda tuproq kislotaligini oshiradi:
Ammiakli selitra universal azotli o’g’it bo’lib hisoblanadi. Uni barcha tuproqlarda
va hamma qishloq xo’jalik ekinlarida asosiy o’g’itlashda, ekishdan oldin ekish bilan
birgalikda va oziqlantirishda qo’llash mumkin. Sug’oriladigan dehqonchilikda
qo’llaniladigan o’g’itlardan biridir.
Ca
NH4
(TSK)Ca + 2NH4NO3 = (TSK)NH4 + Ca(NO3)2
Ca
H
NH4
(TSK)Ca + 3NH4NO3 = (TSK)NH4 + HNO3 + Ca(NO3)2
NH4
Ushbu kislotalik vaqtinchalik bo’lib, nitratli azot o’simliklar tomonidan
o’zlashtirilishi bilan tuproq reaksiyasi o’z o’rniga tushadi.
Ohakli-ammiakli selitra - NH4NO3 + CaCO3. Ammiakli selitra va ohak
qotishmasi. Tarkibida 20-26% azot bo’ladi. Suvda faqat NH4NO3 eriydi. CaCO3 esa
erimaydi. Juda ham kuchli gigroskopiklik xususiyatiga ega. Qotib qolishi kuchsiz.
Sochiluvchanligi qoniqarli (o’rtacha). Ammiakli selitra mayin ezilgan ohakni
qo’shish orqali olinadi. O’g’it neytral reaksiyaga ega bo’lib, G’arbiy Yevropaning
mamlakatlari kislotali muhit reaksiyasiga ega bo’lgan tuproqlarida keng doirada
qo’llaniladi.
Ammoniy nitrat - sulfati - (NH4)SO4 x 2NH4NO3 (sulfonitrat). Tarkibidagi
azot miqdori 25,5-26,5% ni tashkil etadi. NH4NO3 va (NH4)2 SO4 tuzlarini
qotishmasidan hosil bo’ladi. Ushbu qotishmada 65% (NH4)2 SO4 va 35% NH4NO3
qo’shiladi. Ushbu o’g’it suvda yaxshi eriydi, fiziologik kislotali. Uni barcha
tuproqlarda va hamma ekinlarda asosiy o’g’itlashda va oziqlantirishda qo’llash
mumkin.
Amidli o’g’itlar
Amidli o’g’itlar tarkibida azot amid NH2 shaklida bo’ladi. Tuproqda amidlar
ammiak va nitratlarga o’zgaradi. Bunday o’g’itlarga karbamid (mochevina), MFU
(mochevina formaldegid o’g’iti), mochevina asetat, krotoniliden-di mochevina,
izobutilen-di mochevina, oqsamid kiradi.
Karbamid - CO(NH2)2 - (mochevina karbonat kislotasi diamidi).
Tarkibidagi azot 46,3%. Suvda yaxshi eruvchan, kuchli gigroskopik bo’lib,
qotib qolish xususiyatiga ega. Germetik idishlardagina qotib qolmaydi.
Quruq
holatdagi
sochiluvchanligi
yaxshi.
Biroz
nam
bo’lganida
sochiluvchanligi yomonlashadi. Donador va kichik oq yoki sarg’ish kristall
holatlarda ishlab chiqariladi. Qotib qolishini oldini olish uchun donalarining sirti oz
miqdorda (vazniga nisbatan 0,05%) hayvon yog’i bilan qoplanadi. Karbonat
angidrid gazini ammiak bilan yuqori bosim va yuqori haroratda ta’sir ettirish yo’li
bilan olinadi. Bunda harorat 185-200 0C bosim esa 180-200 atmosfera bo’lishi talab
etiladi.
2NH3 + CO2 = CO(NH2)
Karbamid tarkibida zaharli bo’lgan biuret moddasi bo’ladi. Agarda uning
miqdori ko’p bo’lsa o’simliklarni ham zaharlashi mumkin. Biuret yuqori haroratda
o’g’itni donadorlashtirish jarayonida hosil bo’ladi. Mochevina tarkibidagi biuret
miqdori 1% dan oshmasligi lozim.
Tuproqda ureaza fermenti ta’sirida mochevina ammonifikasiyaga uchraydi,
bunda ammoniy karbonat hosil bo’ladi. Ammoniy karbonat gidrolitik ishqoriy tuz
bo’lib, muhitni vaqtinchalik ishqoriylashtiriladi. Ammoniyning bir qismini
o’simliklar o’zlashtiradi, bir qismi esa TSK da singdiriladi:
CO (NH2)2 + 2H2O = (NH4)2CO3
(TSK)Ca+ (NH4)2CO3 = (TSK)2NH4+ + CaCO3
Singdirilgan ammoniy o’simliklarni oziqlanishi uchun maqbo’l sharoit
yaratadi. Keyinchalik ammoniy asta-sekin nitrifikasiyaga uchraydi, bunda uning
nitrifikasiyasi (NH4)2SO4 va xususan NH4Cl ga nisbatan ancha tez kechadi.
Nitrifikasiya jarayoni natijasida tuproq eritmasi muhiti biroz kislotalashadi.
Karbamid - azotli o’g’itlar ichida eng keng tarqalgani va yaxshisi bo’lib,
samaradorligi jihatidan ammiakli selitra kabidir. Uni barcha tuproqlarda va hamma
qishloq xo’jaligi ekinlarida asosiy o’g’itlashda hamda oziqlantirishda qo’llash
mumkin. Mochevina ekinlar hosildroligida ammiakli selitra kabi samara beradi,
sug’oriladigan dehqonchilikda esa uning samaradorligi ammiakli selitraga nisbatan
ancha yuqoridir. Mochevina turli ekinlarda qo’llaniladi. Shuningdek ildizdan
tashqari oziqlantirish uchun donli, sabzavot ekinlari va mevali bog’larga qo’llash
tavsiya etiladi. Mochevinani tuproq yuzasiga sepish tavsiya etilmaydi, chunki bunda
ammiak uchib ketib, azotning foydasiz yo’qolishi kuzatiladi. Bu holat ayniqsa
karbonatli va ishqoriy tuproqlarda kuchli kechadi.
MFU - mochevina formaldegidli o’g’it. Oq rangli amorf, gigroskopik
bo’lmagan kukun. Mochevinaning konsentrlangan ekvimolyar eritmasi va
formaldegid CH2O ni kondensasiyalab olinadi. Kondensat filtrlanib, qo’g’itiladi va
maydalanadi.
MFU - sekin ta’sir etuvchi o’g’it. Tarkibidagi azot 33-42 % ni tashkil etadi,
shundan 3-10% suvda eruvchan shaklda, qolgani esa suvda erimaydigan holatda
bo’ladi.
Tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar tufayli ushbu o’g’it azoti
o’simliklar oziqlanishi uchun kerak bo’ladigan shaklga o’tadi. Sug’oriladigan yerlar
uchun istiqbolli o’g’it bo’lib hisoblanadi.
Mochevina - asetaldegid o’g’iti - o’z xususiyatlariga ko’ra MFU ga o’xshash,
istiqbolli o’g’it.Tarkibidagi azot 36-38 % ni tashkil etadi.
Krotoniliden – di mochevina - (KDM) - sekin ta’sir etuvchi istiqbolli azotli
o’g’it. Donador holatda ishlab chiqariladi, tarkibidagi azot 28% ni tashkil qiladi.
Ushbu o’g’it tez minerallashadi (MFU ga nisbatan), tarkibidagi azot esa mochevina
va ammiakli selitraga nisbatan o’simliklar tomonidan sekin o’zlashtiriladi.
Izobutilen - diomochevina - (IBDM). Ancha yaxshi fizik xossalarga ega
bo’lgan o’g’it bo’lib suvda sekin eriydi. Tarkibida 31% azot saqlaydi.
Ular uchun, shuningdek sug’oriladigan sharoitda sizot suvlari yaqin joylar
uchun istiqbolli o’g’itdir.
Oqsamid – oqsalat kislotasining diamidi, tarkibidagi azot 31,8%, uzoq muddat
ta’sir etadi. Buni barcha qishloq xo’jalik ekinlarida qo’llash mumkin. Oq rangli
granula (donador) shaklida ishlab chiqariladi, suvda deyarli erimaydi.
Barcha sekin ta’sir etuvchi azotli o’g’itlar donador shaklda va donalar sirti
polimer plyonka bilan qoplangan hollarda yuqori samara beradi.
Nazorat savollari
1. O’g’itlar kelib chiqishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
2. Azot elementining o’simlik o’sishi va rivojlanishida ahamiyati
3. O’simlik qanday shaklda azot elementini o’zlashtiradi
4. Ammoniyli o’g’itlar
5. Nitratli o’g’itlar
22 - Mavzu. Fosforli o’g’itlar
Reja
1. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati.
2. Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori.
3. Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari va qo’llanishi.
Ma’lumki deyarli barcha tirik organizmlar uchun fosfor zarur hisoblanadi.
Fosforsiz tirik hujayra mavjud bo’lishi mumkin emas. Hujayra yadrosining asosiy
tarkibiy qismi – nukleoproteidlar fosfor moddasi saqlaydi. Nukleoproteidlar -
nuklein kislotalarning oqsil bilan hosil qilgan murakkab birikmalaridir. Uning ikki
turi mavjud (RHK, DNK). Nuklein kislotalar prosiy axborotni saqlaydigan,
tashiydigan, oqsil sintezi to’g’risida ma’lumot beradigan birikmalardir.
Nuklein kislotalar tarkibida 20% ga yaqin P2O5 hisobida fosfor uchraydi.
O’simlik organlarida uning miqdori turlichadir. Barg va poyalar 0,1-1% P2O5
saqlasa, urug’, changchi hamda poya va ildiz uchlarida esa ancha ko’p uchraydi.
Fosfor bundan tashqari fitin, lesitin, qandli fosfatlar kabi qator organik
birikmalar tarkibiga ham kiradi.
Fitin - olti atomli spirt inozit va olti molekula fosfor kislotasining efirsimon
birikmasi bo’lib, 27,5% fosfor saqlaydi. Urug’ va vegetativ organlarda fosforli
birikmalar ichida eng ko’p fitin uchraydi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’ida 1-2%,
donli ekinlar donida 0,5-1% fitin bor.
Tayanch iboralar: fosfor, ATF, fitin, leysitin, qandli fosfatlar, fosforli
o’g’itlar, suvda eriydigan, kam eriydigan, erimaydigan fosforli o’g’itlar,
superfosfat.
Adabiyotlar: A4, A5, Q5, Q6, X1, X2
Lesitin - yog’simon fosfatidlar guruhiga mansub bo’lib, asosan o’simlik
urug’ida uchraydi. Lesitin tarkibida 1,37% P2O5 bor. Lesitin juda muhim biologik
ahamiyatga ega. U fosfolipid membranalar tarkibiga kiradi, hujayra plazmolemmasi
o’tkazuvchanligini boshqaradi.
Qandlarning fosforli efirlari - qandli fosfatlar - nafas olishda, oddiy
uglevodlardan murakkab uglevodlar biosintezida, fotosintez fosforni ko’p
o’zlashtiradi, o’zida zahira hosil qiladi, keyinchalik ushbu hosil bo’lgan zahirani
barcha organlar bo’yicha qayta taqsimlaydi.
O’suv davri boshida fosfor yetishmasligini keyingi har qancha oziqlantirish
bilan o’rnini bosib bo’lmaydi. Bu holat ayniqsa g’o’za yetishtirishda yaqqol
namoyon bo’ladi.
Yirik ekinlarning urug’i (makkajo’xori, g’o’za) urug’ endospermida ham fosfor
zahirasi tezda tugaydi, bu davrda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo’lishi,
maysalarning o’sishdan ortda qolishga, fosfor yetishmasligi tashqi belgilari paydo
bo’lishiga olib keladi. G’o’za chigitdagi fosfor zahirasini 10-20 kun mobaynida
to’liq o’zlashtirib bo’ladi, makkajo’xori esa 14 kunda o’zlashtiradi.
Fosfor o’simlik o’sish va rivojlanishi mobaynida asosan tovar qismida ko’p
to’planadi, bu jihat o’g’itlarni qo’llash tavsiyasida o’z ahamiyatiga ega. Chunki
ko’pchilik hollarda tovar mahsulot xo’jalik hududlaridan chetga olib ketilib, fosfor
balansida salbiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari fosfor balansini hisobga olganda
yem-xashak ekinlari bilan xo’jalikdan chiqib ketgan fosfor miqdori, o’g’itdan
foydalanish koeffisiyenti ham hisobga olinadi.
Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori.
Fosfor 1662 yili nemis aptekachisi G.Brant tomonidan ochilgan, keyinchalik
bu element oqsillari barcha tirik organizmlar uchun zarur ekanligi aniqlangan.
Fosforning tuproqdagi umumiy miqdori o’rtacha 0,12% yoki 1,10 tonnani tashkil
etadi.
Qo’riq yerlardagi fosfor zahirasi uning ona jins tarkibidagi miqdoriga bog’liq.
Haydaladigan va o’g’itlanadigan tuproqlarda bu holat o’zgacha bo’ladi. Tuproq
eritmasida fosforning konsentrasiyasi - 1 litrda 0,1-1 mg atrofida bo’ladi.
Magmatik otqindi jinslar tarkibida 0,275% P2O5 bo’lgani holda ulardan
yemirilish natijasida hosil bo’lgan tuproq tarkibida ko’pi bilan 0,14% atrofida fosfor
bo’ladi.
Tuproqda fosforli birikmalar organik va mineral shaklda uchraydi.
Mineral fosfatlar miqdori ancha yuqori bo’ladi. Ularning tuproqlardagi miqdori
tuproq tipiga, mexanik tarkibiga, sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgarib boradi.
Masalan, kuchli podzollashgan qumoq tuproqlarda mineral fosfatlar - 73%, o’rta
podzollashganda - 69, kulrang o’rmon- 56, kuchli qavatli qora-65, kashtan - 75, bo’z
tuproqlarda 86% ni tashkil etadi.
Tuproq muhiti neytral sharoitda mineral fosfatlar asosan apatit shaklida, nordon
tuproqlarda temir, allyuminiy fosfatlari shaklida zahirada bo’ladi.
Fosforning organik shakli gumus (0,8-2,5% P2O5) va fitatlar tarkibida bo’ladi.
Fitatlar tuproqdagi organik fosforning yarmidan ko’pini tashkil etadi. Organik fosfor
turli mikroorganizmlar ta’sirida yemiriladi. Bir qism fosfor shu mikroblar tarkibida
bo’ladi.
Tuproqdagi bir valentli kationlarning fosforli tuzlari suvda yaxshi eriydi,
o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Kalsiy va magniy monofosfatlari ham
xuddi shu xususiyatga ega. Kalsiy gidrofosfat va kalsiy fosfat suvda kam eriydi.
1 kg tuproqda 1 mg P2O5 bo’lsa, 0-20 sm lik haydov qatlamida uning umumiy
miqdori 3 kg ni tashkil etadi. G’alla ekinlari o’rtacha hosildorlikda gektaridan 20 kg
R2O5, texnik ekinlar esa bundan ham ko’proq o’zlashtiradi. Bundan ko’rinib
turibdiki, suvda eruvchan fosfor o’simlikning talabini qondira olmaydi.
Ammo o’simliklar nafaqat suvda eruvchan balki kuchsiz kislotalarda eruvchan
fosfor birikmalarini ham o’zlashtira oladi. Kuchsiz (karbonat, limon, olma
kislotalari) kislotalarni o’simliklar ildizi ajratib, qisman tuproq fosfatlarini
parchalaydi. Fosfat va gidrofosfat shaklidagi kalsiy va magniy tuzlarini o’simlik
o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi.
Ikki
valentli
asoslarning
uch
o’rinli
fosforli
tuzlarini
o’simliklar
o’zlashtirmaydi. Bundan lyupin, xantal, grechixa mustasno. Ushbu ekinlarning
xususiyati ildizdan ajraladigan kislota miqdori va tarkibida fosforga nisbatan
kalsiyning ko’pligi bilan tushuntiriladi.
Zamonaviy qarashlar bo’yicha tuproqda uch kalsiyli fosfat hosil bo’lishi uchun
deyarli sharoit bo’lmaydi. Balki bundan ham erishi qiyin bo’lgan oqtakalsiy fosfat
Ca4H(PO4)3 * 3H2O appatit Ca5(OH)(PO4)3, nordon tuproqlar sharoitida strengit
Fe(OH)2H2PO4 va varissit AI(OH)2H2PO4 hosil bo’ladi.
Alyuminiy va temir fosfatlari erishi uchun tuproq muhit reaksiyasi minimal
ko’rsatkichi 2,2-3,7 uch kalsiyli va magniyli fosfatlar uchun esa 6,5-10 bo’ladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, kuchsiz nordon tuproqlar (pH-6)
o’simliklarni fosfat bilan oziqlanishi uchun nisbatan qulay tuproq sharoiti hisoblanar
ekan.
Tuproqda organik fosfor kam bo’lgan sharoitda oson eruvchan fosforli
birikmalar birmuncha kamayishi mumkin. Aniqlanishicha, tarkibida 0,2-0,3% dan
kam fosfor saqlaydigan moddalar minerallashuvi natijasida, o’simlik uchun
o’zlashtiriluvchan fosfor to’lasincha mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi.
O’simliklar oson o’zlashtiradigan fosfor birikmalari tuproqda juda kam.
O’simlik oziqlanishi uchun eng maqbo’l fosforli birikmalar suvda eruvchan fosfatlar
hisoblanadi.
Ammo o’simliklarning fosfor bilan ta’minlanish darajasi haqida fikr yuritish
uchun suvda eruvchan fosfatlar miqdori yetarli emas, shu tufayli keyingi yillarda
kuchsiz nordon so’rimdagi fosfor miqdori aniqlanadi.
Bu so’rimga suvda eruvchan fosforga nisbatan o’simlik uchun zaxira bo’lgan
birikmalarning ham bir qismi ajralib chiqadi.
Tuproq tarkibidagi o’zlashtiriluvchan fosfor miqdorini laboratoriyada aniqlash
asosida agrokimyoviy xaritanoma tuziladi va shu asosda o’g’itlashga tavsiyalar
beriladi.
Tabiatda fosfor saqlovchi minerallar juda ko’p uchraydi, ammo ulardan apatit
va fosforit fosforli o’g’it ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib hisoblanadi.
Apatit – tuproq hosil kiluvchi ona jins tarkibida dispers holda tarqalgan otqindi
jins hisoblanadi. Ammo uning konlari kam tarqalgan.
Eng yirik apatit koni Rossiya Federasiyasi Kola yarim orolida Xibin tog’larida
1925 yili ochilgan. Bundan tashqari uning konlari Braziliya, Ispaniya, Kanada,
AQSh, Shvesiyada uchraydi.
Fosforitlar uzoq yillar davomida hayvon skeletlari minerallashuvi, kalsiy
ta’sirida dengiz suvlarida fosforli birikmalarning cho’ktirilishi natijasida hosil
bo’lgan cho’kindi jins.
Fosforit konlari yer yuzida keng tarqalgan bo’lsada, uning sanoat ahamiyatiga
ega bo’lganlari nisbatan ozdir. Fosforitning eng katta konla-ridan Janubiy
Qozog’iston Qoratov fosforit koni hisoblanadi. Apatit kristall modda, fosforit amorf
va kristall holda uchraydi. Shu tufayli fosforitni kimyoviy ishlov bermasdan turib
o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Apatit va fosforit kelib chiqishi turlicha bo’lishi bilan bir vaqtda bir-biriga
o’xshash jihatlari ham ko’p.
Apatit empirik formulasi Ca5(PO4)3F yoki (Ca3(PO4)2)* CaF2 xom-ashyo
tarkibidagi ftor o’rniga xlor, gidroqsil birikkan holda ham uchrashi mumkin, shu
tufayli xlor-apatit, ftor-apatit, gidroqsil-apatit deb ataladi.
Fosforitlar fosfat minerallaridan tashqari qum, loyqa kabi qo’shilmalar ham
saqlaydi. Fosforitlar tabiatda 2 xil holda: katta-katta xarsang holida yoki plast
shaklida uchraydi. Qoratov fosforitlari qalinligi 7metrgacha yetadigan plast holidagi
kon hisoblanadi. Qoratov fosforitlari sifat jihatidan ham boshqa xom-ashyolardan
ustun turadi: 29,6-35,6 % P2O5 2-2,5 %, Al2O3, Fe2O3 saqlaydi. Ammo Qoratov
fosforitlarining bitta kamchiligi magniy miqdorining yuqori bo’lishidadir, bu uni
qayta ishlashda xalaqit beradi.
Dunyodagi eng qimmatli fosfor xom-ashyosi Xibin apatiti hisoblanadi.
Flotasion usulda tozalangan Xibin apatiti 39-40% P2O5 saqlaydi.
Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari.
Barcha fosforli o’g’itlar 3guruhga bo’linadi:
1 .Suvda eriydigan fosforli o’g’itlar.
2 .Suvda kam eriydigan, kuchsiz kislotada eriydigan.
3. Suvda erimaydigan, kuchsiz kislotada kam kuchli kislotada eriydigan
fosforli o’g’itlar.
Suvda eruvchan fosforli o’g’itlar
O d d i y s u p e r f o s f a t - maydalangan fosfat xom ashyosiga 57% li sulfat
kislotasi bilan ishlov berish natijasida kaliy monofosfat va kalsiy sulfat, vodorod
ftorid aralashmasi olinadi. Vodorod ftorid uchib ketadi, u maxsus uskunalar orqali
to’plab olinadi.
(Ca3(PO4)2)3 * CaF2 + 7H2SO4 + 3H2O = 3Ca(H2PO4)2 *H2O
+7CaSO4+2HF
1 tonna xom ashyo uchun 1 t kislota sarflanadi va 2 tonna mahsulot olinadi.
Shu tufayli o’g’it tarkibidagi fosfor miqdori xom-ashyoga nisbatan 2 marta
kamayadi.
Apatitdan tayyorlangan superfosfatda kamida 19%, fosforitdan olinganda esa
14% o’zlashtiriluvchan P2O5 bo’ladi.
O’g’it ishlab chiqish jarayonida aralashmani yaxshilab aralashtirmaslik sababli
sulfat kislotasi bir muncha ortiqcha miqdorda to’planib, qolib, u uch kalsiyli fosfatni
fosfor kislotasi, kalsiy sulfat va vodorod ftoridgacha parchalaydi.
(Ca3PO4)2) *CaF2 + 10H2SO4 =6H3PO4 + 10CaSO4 + 2HF
Erkin fosfor kislotasi tayyor mahsulot tarkibida 5-5,5% gacha yetishi mumkin.
Erkin kislotaning bo’lishi o’g’itning fiziologik nordonligi va gigroskopikligi yuqori
bo’lishiga olib keladi. O’g’it nordonligini neytrallash maqsadida ammiaq ohak yoki
fosforit qo’shiladi.
Agar o’g’it olish jarayonida yaxshilab aralashtirmaslik oqibatida sulfat kislota
yetishmasa, kalsiy gidrofosfat - suvda kam eruvchan fosfat hosil bo’ladi:
(Ca3(PO4)2)3 * CaF2 + 4H2SO4 + 12H2O = 6CaHPO4 * 2H2O + 4CaSO4+
2HF
Shunday qilib, superfosfat tarkibiga kalsiy monofosfat, kalsiy difosfat, erkin
fosfor kislotasi kiradi. Monofosfat va fosfor kislotasi o’g’it tarkibidagi P2O5 ning 75-
90% ini, difosfat esa 10-25% ini tashkil etadi. Superfosfat kukun holida va donador
shaklda ishlab chiqariladi.
K u k u n s i m o n s u p ye r f o s f a t - och kul rang (apatit) yoki to’q kul rang
(fosforit) o’ziga xos o’tkir hidli kukun modda.
Neytral asoslar bilan to’yingan tuproqlarda kukunsimon superfosfat difosfat
shaklidagi birikmaga tezda o’tib ketadi:
Ca(H2PO4)2 + Ca(HCO3)2 =2CaHPO4 * 2H2O + 2CO2
Karbonatli tuproqlarda bu o’zgarish yanada davom etadi:
Ca(H2PO4)2 + 2Ca(HCO3)2 = Ca3(PO4)2 + 4H2O + 4CO2
Neytral tuproqlarda superfosfat fosforining kimyoviy singdirilishi, bu tipdagi
tuproqlarda uning harakatchanligi kamligidan dalolat beradi.
Nordon tuproqlar sharoitida superfosfat fosfori, o’simlik o’zlashtira
olmaydigan temir va alyuminiy fosfatlari hosil qiladi:
Ca(H2PO4)2 + 2AI(OH)3 = 2AIPO4 + Ca(OH)2 + 4H2O
D o n a d o r s u p e r f o s f a t - tayyorlash uchun kukunsimon superfosfat
namlanib, barabanda aylantirish natijasida donadorlash-tiriladi. U 1,4% nam, 19,5-
22% P2O5, 1-2,5% erkin kislota saqlaydi, fizik xususiyatlari yaxshi, sochiluvchan
o’g’it.
K o n s ye n t r l a n g a n s u p ye r f o s f a t - ishlab chiqarish ikki fazadan
iborat. Dastlab fosforitga erkin kislota olish uchun sulfat kislota bilan ishlov beriladi.
So’ngra hosil bo’lgan H3PO4 ajratib, u bilan fosfat xom ashyosiga ishlov beriladi va
tayyor o’g’it olinadi:
(Ca3(PO4)2)3 * CaF2 +14H3PO4 +10H2O = 10Ca(H2PO4)2 * H2O + 2HF
Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 45-49% P2O5, 2,5% gacha erkin kislota
mavjud.
S u p e r f o s – fosforitlarni fosfor kislotasi bilan qisman parchalash orqali
olinadigan istiqbolli o’g’it. Bu usulda qo’sh superfosfat olishda ishlatiladigan fosfor
kislotasidan ancha kam H3PO4 olinadi, shu tufayli parchalanish qisman bo’ladi.
Superfos ahamiyatiga ko’ra presipitatdan qolishmaydi, qo’sh superfosfatga yaqin
turadi. O’g’it tarkibida 38% P2O5 bo’lib, 19% gacha P2O5 o’zlashtiriluvchan
hisoblanadi.
K a l s i y m e t a f o s f a t - tarkibida fosfor saqlovchi oddiy o’g’it, Ca(PO3)2 -
suvda erimaydi. Uning tuproqdagi parchalanish jarayoni quyidagicha kechadi:
Ca(PO3)2 + H2O = CaH2P2O7 (kalsiy digidropirofosfat).
CaH2P2O7 + H2O = Ca(H2PO4)2
Oqibatda reaksiya oxirida kalsiy digidrofosfat superfosfat kabi hosil bo’ladi.
Kalsiy metafosfat 64 % P2O5 saqlovchi konsentrlangan o’g’it hisoblanadi.
Suvda kam eriydigan kuchsiz kislotalarda eriydigan fosforli o’g’itlar.
P r e s i p i t a t - fosfor kislotasini ohakli suv bilan neytrallash orqali olinadi:
H3PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4 * 2H2O
Presipitatda xom ashyo sifatiga bog’liq ravishda 25-27% dan 30-35% gacha
P2O5 saqlanadi. P2O5 limon kislotasida eriydi va o’simlik bemalol o’zlashtiradigan
holda bo’ladi. Presipitat qotib qolmaydi, yaxshi sepiluvchan oq yoki oqish-kul rang,
kukunsimon o’g’it.
Presipitat asosan kuzgi shudgor davrida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Nordon
tuproqlarda presipitat superfosfatga nisbatan samarasiga ko’ra ustun keladi. Qo’llash
me’yori xuddi superfosfatniki kabi bo’ladi.
F t o r s i z l a n t i r i l g a n f o s f a t – fosforli o’g’it. Superfosfat ishlab
chiqarish sanoati sulfat kislotasini asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Ammo H3PO4
ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetishmaydi. Shu tufayli fosforli o’g’it ishlab
chiqarishda
kislotasiz
ishlov
berish
texnologiyalarini
yaratish
dolzarb
muammolardan sanaladi. Bu sohada ayniqsa termik ishlov berish yo’nalishi
bo’yicha katta yutuqlarga erishilgan.
Ftorsizlangan fosfat ishlab chiqarish 1400-1450 0C haroratda apatit (2-3%
kremnezem qo’shib) yoki fosforit (ohak qo’shib) suv bug’lari ishtirokida qizdiriladi.
Apatitdan olingan o’g’itda 30-32% P2O5, fosforitdan olinganda 20-22% P2O5
saqlaydi.
T o m a s sh l a k - fosforga boy temir rudalarini Tomas uslubida qayta ishlash
jarayonida olinadigan qo’shimcha mahsulot.
Metal eritilayotganda kuydirilgan ohak qo’shiladi. Bunda P2O5 ohak bilan
reaksiyaga kirishib, tetrakalsiy fosfat hosil qiladi 4CaO*P2O5 Bu shlak eritma yuziga
so’zib chiqadi, ajratib olinib, maydalanadi. Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 7-8%
dan 16-20% gacha P2O5 saqlaydi.
M a r t ye n f o s f a t sh l a k i - cho’yandan po’lat olishda fosforni biriktirib
olish uchun ohak qo’shiladi. Bu chiqindida tomasshlakka nisbatan kam fosfor
bo’ladi. Bu o’g’itda kalsiy tetrafosfati qo’sh tuzi va kalsiy silikati, temir, marganes,
magniy va boshqa moddalar mavjud.
P2O5 miqdori 8-12% limon kislotasida eriydi. Asosiy o’g’itlash uchun kuchsiz
va kuchli kislotali tuproqlarda tavsiya etiladi.
Suvda va kuchsiz kislotada erimaydigan kuchli kislotada eriydigan fosforli
o’g’itlar.
F o s f o r i t u n i - fosforitni mayda un holigacha maydalash orqali olinadi.
Fosfor gidroqsilapatit, karbonat-apatit, ftor-apatit shaklida uchraydi. Ca3(PO4)2
suvda erimaydi. Tuproq potensial kislotaligi 100 g tuproqda 2,5 mg.ekv. dan kam
bo’lmagan hollardagina fosforit eriydigan holga o’tadi. Tuproqning asoslar bilan
to’yinish darajasi 70% dan kam bo’lganda fosforit samarasi yuqori bo’ladi.
Fosforit uni tarkibida - oliy navida 25% fosfor, birinchi navida –22%, ikkinchi
navida 19% fosfor bo’ladi, namligi barcha navlarda - 3% dan oshmaydi, maydaligi
0,18 mm elakda qolishi lozim bo’lgan miqdori 20% dan oshmasligi lozim.
Nazorat savollari
1. O’simlikda modda almashinishi jarayonida fosfor elementining o’rni
2. O’simliklarda fosfor yetishmasligini aniqlash yo’llari
3. O’zbekistonda qo’llaniladigan asosiy fosforli o’g’itlar
4. Suvda eriydigan fosfatlarni erimaydigan holga o’tish sharoitlari
5. Fosforli o’g’itlarni samaradorligini oshirish yo’llari
23-Mavzu. Kaliyli va murakkab o’g’itlar
Reja
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi ahamiyati, tuproqdagi kaliy miqdori va
shakllari.
2. Asosiy kaliyli o’g’itlar, olinishi va ularni qo’llash usullari.
3. Kompleks o’g’itlar va ularning turlari
4. Kompleks o’g’itlarni qollash usullari.
Kaliyni birinchi marta ingliz kimyogari G.Devi 1807 yilda suyuqlangan
o’yuvchi kaliyni (KOH) elektroliz qilib olgan. Kaliy Yer qobig’i massasining 2,5%
ini tashkil etadi. Tarkibida kaliy tutuvchi yuzlab minerallar ma’lum: selvin KCl,
gallit NaCl. Ortoplaz Yer qobig’i massasining 18% ni tashkil etadi. Ortoplaz suv
bilan kuchsiz reaksiyaga kirishsa ham, kaliyning ko’p qismi tuproqqa ortoplazdan
o’tadi. Ortoplazning tabiiy suvlar, karbonat angidrid ta’sirida kimyoviy
parchalanishi natijasida portlash hosil bo’ladi. U suvda yaxshi eriganligi uchun
o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Kaliy sulfat eng qimmatli hisoblanadi. Odatda kaliy
tuz shaklida ishlatiladi. Oqsillovchi va antiseptik modda kaliy xlorat KClO3 (bertole
tuzi) gugurt ishlab chiqarishda, potash K2CO3 esa shisha ishlab chiqarishda zarur.
Tabiatda kaliyning 3 ta izotopi: (39K, 40K, 41K) bo’lib, oxirgisi radioaktiv
hisoblanadi, yemirilish davri 1,3 * 109 yilga teng.
Azot va fosfor bilan bir qatorda kaliy ham asosiy mineral oziq elementlaridan
biri hisoblanadi. U azot va fosfordan farq qilib, o’simliklarni biror organik moddasi
tarkibiga kirmaydi, balki o’simliklar hujayralarida ion formasida, hujayra shirasida
eruvchan tuzlar holida va qisman sitoplazma kolloidlari bilan beqaror adsorbsion
komplekslar holida bo’ladi. O’simliklarning qarigan organlariga nisbatan yosh
o’suvchan qism va organlarida kaliy ko’p bo’ladi. Oziq muhitda kaliy
yetishmaganda u qari organ va to’qimalardan o’suvchan yosh organlarga oqib keladi
va bu yerda qayta foydalaniladi.
Tayanch iboralar: kaliy, kaliyli o’g’itlar potash, silvin, galit, silvinit,
kaliy xlor, kaliy sulfat, murakkab, murakkab-aralash, aralash (aralshtirilgan),
ammofos, diammofos.
Adabiyotlar: A4, A5, Q5, Q6, X1, X2
Kaliyning o’simliklar organizmidagi fiziologik funksiyalari turli tumandir. U
sitoplazma kolloidlarining fizik holatiga ijobiy ta’sir etadi, ularning suvliligini,
bukuluvchanligini va qovushqoqligini oshiradi.
Bu esa hujayralardagi moddalar almashinuvi jarayonlari uchun, shuningdek
o’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega.
Kaliy yetishmaganida va transpirasiya kuchayganida o’simliklar tezda turgorni
yo’qotadi va so’lib qoladi. Kaliy bilan yaxshi taminlanganda o’simliklarning suvni
saqlab turish qobiliyati kuchayadi va qisqa vaqt qurg’oqchilikka bardosh beradi.
Kaliyning fotosintez, oksidlanish jarayonlari intensivliligi va o’simlikda
organik kislotalar hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir etishi, uning uglevod va azot
almashinuvida ishtirok etishi isbotlangan. Kaliy yetishmaganida o’simlikda oqsil
sintezi sekinlashadi natijada azot almashinuvi umuman bo’ziladi. Kaliy
yetishmaganida oddiy uglevodlarning murakkab uglevodlarga aylanishi to’xtab
qoladi.
Kaliy
moddalarning
barglardan boshqa
organlariga
qarab o’tishini
kuchaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning, jumladan
saxaraza va amilazaning aktivligini oshiradi.
Kaliy ta’sirida o’simliklarning sovuqqa chidamligi kuchayadi, bu hol shakar
miqdorining ko’payishi va hujayra osmotik bosimining ko’tarilishi bilan bog’liq.
Kaliy bilan yetarli darajada oziqlantirilganda o’simliklarning turli kasalliklariga
chidamliligi, masalan, g’alla ekinlarining un shudring kasalligi, zang kasalligiga
sabzavot
ekinlari,
kartoshka
va
ildizmevalilarning
chirish
kasalligini
qo’zg’atuvchilariga chidamliligi ortadi. Kaliy mexanik elementlar lub tolalarining
rivojlanishiga yordam beradi, shuning uchun poyalarning baquvvatligiga va yotib
qolishiga chidamliligiga zig’ir va kanop tolalarining miqdori hamda sifatiga ijobiy
ta’sir etadi.
Paxtachilikda paxta bargi va ko’sagining mikrosporioz kasalligi bilan
kasallanishi o’simlikning kaliy bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’lib,
ko’p yillik tajribalardan shu narsa ma’lumki kaliy bilan o’g’itlanmagan variantlarda
bu kasallik kaliy bilan o’g’itlangan variantlarga nisbatan 1,5-2 barobar ko’payib
ketdi va o’z navbatida hosilning texnologik sifatining ham pasayishiga sabab
bo’ladi.
Kaliy yetishmaganida reproduktiv organlarning rivojlanishi to’xtaydi- shonalar
va boshlang’ich to’p gullar rivojlanmay qoladi, don puch bo’ladi va unib chiqish
darajasi pasayadi.
O’simliklardagi kaliy miqdori uning optimal miqdoridan 3-5 marta kamayib
ketganida kaliy yetishmasligining aniq tashqi belgilari ko’rinadi. Kaliy odatda
urug’lar, ildiz va tuganaklarga qaraganda vegetativ organlarda ko’p bo’ladi.
Kungaboqar, tamaki, qand lavlagi, kartoshka barglarida kaliyning nisbiy miqdori
quruq massaga nisbatan 4-6% , g’allagullilar somonida 1-1,5% , karamda 0,5%
gacha bo’ladi. Donli ekinlar urug’ida 0,5% atrofida, kartoshka tuganaklarida,
ildizmevalarda 0,3-0,6% kaliy bo’ladi.
O’simliklarni kaliyga bo’lgan kritik davri ular rivojlanishining boshlang’ich
fazalariga to’g’ri keladi (unib chiqqandan 15 kun -keyin). O’simlik kaliyning asosiy
qismini biologik massasi intensiv o’sish davrida iste’mol qiladi. Donli ekinlar
gullashgacha kartoshka, qand lavlagi, karam esa butun vegetasiya davrida kaliyni
o’zlashtiradi. Kartoshka kaliyning asosiy qismini gullash va tuganak hosil qilish
davrida, qand lavlagi ildiz meva hosil qilish davrida o’zlashtiradi.
86-jadval
Bir qator qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi kaliyning
o’rtacha miqdori (quruq moddaga nisbatan % hisobida)
Ekin turi
Mahsulot
turi
K2O, %
Ekin turi
Mahsulot
turi
K2O, %
G’o’za
Bargida
Poyasida
Chigitida
Ko’sak
pallasida
Tolasida
2,07
1,25
1,07
3,50
0,55
Kartoshka
Poyasida
Tuganagida
3,70
2,40
Tomat
Mevasida
5,60
Bodring
Mevasida
5,65
Beda
Pichanida
1,8
Kuzgi
Donida
0,65
Karam
Mevasida
4,6
Bug’doy
Somonida
1,10
Sabzi
mevasida
3,2
Makkajuxori
Donida
poyasida
0,43
1,93
10 s hosil uchun galla ekinlari 25-37 kg, dukkakli ekinlar 15-20 kg, kartoshka
7-10 kg, xashaki va qand lavlagi 6,0 8,0 kg sabzavotlar 5-4 kg, 40-60 kg kaliy
iste’mol qiladi.
Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari hosilidagi kaliy miqdori
Ekinlar
Mahsulot, t/ga
Umumiy olib chiqib
ketish, K2O, kg/ga
Tovar
Qo’shimcha
G’alla ekinlari
Kartoshka
Qand lavlagi
Karam
Beda (pichan)
Kungaboqar
2-2,5
20,0
30
70
10
1,8
4-6
12,0
20
40
-
7,5
45-77
200
175
310
150
360
Har xil tuproqlarda kaliyning (K2O) miqdori 0,5-3% gacha bo’ladi, kaliy
miqdori ayniqsa ularning mexanik tarkibiga bog’liq. Kaliy tuproqlarning loyqa
fraksiyasida ko’p bo’ladi. Shu sababli og’ir soz tuproq va qumoq tuproqlarda, qumli
va qumloq tuproqlardagiga qaraganda kaliy ko’p bo’ladi. Trofli tuproqlarda kaliy
juda kam (0,03-0,05%) bo’ladi ko’pchiliq madaniy qumoq tuproqlarda kaliy 2-2,5%
ni tashkil etadi. Tuproqda kaliyning asosiy manbai kaliy minerallari bo’lib, O’rta
Osiyo tuproqlarida bu ko’rsatkich 1-3% ni tashkil etadi. Kaliyning tuproqdagi
umumiy miqdori azotga nisbatan 5-50, fosforga nisbatan 8-40 marta ko’p.
Tuproqlarning haydalma qatlamida K2O ning umumiy zahirasi 50-75 ming kg/ga ga
to’g’ri keladi, lekin kaliyning asosiy qismi (98-99%) tuproqda erimaydigan va
o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan alyumosilikatli birikmalar holida bo’ladi.
Tuproqdagi kaliy birikmalarini harakatchanlik darajasiga va o’simliklar o’zlashtira
olishiga qarab kaliy quyidagi asosiy shakllarga bo’linadi:
1. Barqaror alyumosilikat minerallar, asosan dala shpatlari hamda slyuda
(muskovit, biotit) tarkibiga kiruvchi kaliy. Bu minerallar ham eruvchanligi qiyin va
o’simliklar yaxshi o’zlashtira olmasligi bilan tavsiflanadi. Dala shpatlaridagi kaliyni
o’simliklar qiyin o’zlashtiradi, lekin suv va unda erigan karbonat angidrid ta’sirida,
tuproq haroratining o’zgarishi va tuproq mikroorganizmlarining faoliyati ta’sirida
bu minerallar asta-sekin parchalanadi va kaliyning eruvchan tuzlarini hosil qiladi.
Slyudalardagi kaliyni o’simliklar birmuncha oson o’zlashtiradi.
2. Almashinuvchi tuproq kolloilariga yutilgan kaliy - bu elementning
tuproqdagi umumiy miqdorini ko’pi bilan 0,5-1,6% ni tashkil etadi. U
o’simliklarning oziqlanishida asosiy ahamiyatga ega. Almashinuvchi kaliyni
o’simliklar oson o’zlashtirishiga sabab, uning boshqa kationlar bilan almashinib
eritmaga
oson
o’tish
xususiyati
va
eritmadan
o’simliklar
tomonidan
o’zlashtirilishidir. Almashinuvchi kaliy miqdori tuproqlarning o’zlashtiriladigan
kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
3. Suvda eriydigan kaliy - tuproq eritmasida erigan har xil tuzlar (kaliy nitratlar,
fosfatlar, sulfatlar, xloridlar, karbonatlar) hosil qiladi. Ularni o’simliklar bevosita
o’zlashtiradi. Tuproqda bunday kaliy miqdori odatda oz ( almashinuvchi kaliy
miqdoriga nisbatan 10% atrofida) bo’ladi. Ba’zi tuproqlarda suvda eriydigan kaliy
almashinmaydigan shaklda yutilishi mumkin, natijada uning o’simliklar tomonidan
o’zlashtirilishi keskin kamayib ketadi. Bo’z va o’tloq tuproqlarning 0-40 sm
qatlamida almashinuvchi kaliyning umumiy miqdori gektariga 150-450 kg gacha
bo’ladi. Bu ko’rsatkich 1 metrli qatlamga aylantirilganda gektariga 700-1300 kg ni
tashkil etadi. O’g’it sifatida tuproqqa solingan kaliyning o’simliklar tomonidan
o’zlashtirilganidan qolgan qismi tuproqda saqlanib qolaveradi.
Jarikov A.Ye. ma’lumotiga asosan, o’rta mintaqadagi bo’z tuproqlarning
haydalma qatlamida o’rtacha 1 kg tuproqda 139-165 mg gacha almashinuvchi kaliy
bo’ladi. So’nggi yillarda bir necha yillar davomida bir turdagi ekin ekilib
kelinayotgan O’rta Osiyo tuproqlarida almashinuvchi kaliyning miqdori tobora
kamayib bormoqda. Buning sababi tuproqqa har yili azot bilan fosfor katta normada
solinsada, kaliyli o’g’itlar yetarlicha berilmayotganligidir.
Umumiy kaliy quyidagicha sinflanadi:
1. Suvda eruvchan kaliy (o’simliklar oson o’zlashtiradi)
2. Almashinuvchi kaliy (o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi)
3. Harakatchan kaliy (suvda eruvchan va almashinuvchan kaliy miqdori)
4. Almashinmaydigan gidrolizlanadigan kaliy (qiyin almashinuvchiyoki
rezerv)
5. Kislotalarda eriydigan kaliy
6. Minerallar tarkibidagi kaliy
Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliyga bo’lgan ehtiyoji ularni qiyg’os gulga kirib
hosil tugish davrida yanada kuchli bo’ladi. Kaliy yetishmaganda sariq dog’lar kun
sayin ko’paya boradi, eski barglar esa och jigar rangga kiradi. O’simliklarning pastki
va o’rta qismidagi barglari avval yashil va sariq yashil rangda bo’lib, so’ng tez orada
qo’ng’ir rangli dog’larga aylanadi. Barg plastinkasi bilan barglarning chetlarida
qo’ng’ir rangli to’qimalarhosil bo’ladi.
O’simlik barg sistemasining hamma qismi qorayib, qurishi hamda to’qilishi
kaliyning yetishmasligidan dalolat beradi. Barglarning erta to’qilishi esa, hosilning
kamayishiga va sifatiga ta’sir etadi. Masalan: paxta misolida olsak ko’sak atrofida
har xil shirali dog’lar hosil bo’ladi, tola sifati past bo’ladi, tolasi qorayib tez
o’ziluvchan bo’lib, qoladi Kaliy normadan past bo’lganda ekinlarning kattalikdagi
asosiy poyasi noziq bo’lib yerga yotib qoladi.
Tuproq tarkibida oziq moddalar miqdorining turlicha, unumdorligining esa har
xil bo’lishi, qishloq xo’jalik mutaxassislaridan o’simliklarning o’g’itlarga bo’lgan
ehtiyojini to’g’ri aniqlashni talab etadi.
O’simliklarni ildiz orqali oziqlanishi tekshirish maqsadida bir qator kimyoviy
analiz metodlari ishlab chiqilgan. Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi, o’sish
davrining turli paytida o’simliklarning oziq moddalarga bo’lgan ehtiyojini
aniqlashga imkon beradi.
O’simlikdagi oziq elementlar tarkibini analiz qilish usuli ularning ma’lum
reaktivlar bilan bo’yalishi yoki cho’kma hosil qilish xususiyatiga asoslangan.
Tekshirilayotgan eritmalar tarkibi standart eritmalar bilan solishtirib ko’riladi.
Kaliy yetishmasligining tashqi alomatlari barg plastinkasi chekkalarining
qo’ng’irlashishida namoyon bo’ladi. Barglarning chetlari va uchlari kuydirilganga
o’xshash ko’rinishga kiradi, plastinkada zang dog’lari hosil bo’ladi. Kaliy
yetishmaganida hujayralar notekis o’sadi, bu esa barglarning buralib, gumbazsimon
shakl olishiga sabab bo’ladi. Kartoshka barglarida ham o’ziga xos, bronza dog’lar
paydo bo’ladi. G’allagullilar kaliy yetishmaganda yaxshi shoxlamaydi, poyalarining
bo’g’in oralari qisqaradi, barglar, ayniqsa pastki barglar tuproqda yetarli miqdorda
namlik bo’lganida ham so’lib qoladi.
Tabiatda kaliyning uchta izotopi mavjud: kaliyning K izotopi radioaktiv
hisoblanadi. Tajriba maqsadlarida yarim yemirilish davri 12,4 soat bo’lgan un’iy
izotopi ham ishlab chiqariladi.
Kaliy o’simlikda ion shaklida uchraydi va bironta ham organik modda tarkibida
kirmaydi. U asosan hujayra shirasi va sitoplazmada bo’lib, yadroda umuman
uchramaydi. Hujayra sitoplazmasi kolloidlari tomonidan 20 % kaliy almashib-
singdiridgan holda 1% qismi mitoxondriya tomonidan almashinmay singdirilgan
holatda, 80% esa hujayra shirasida bo’lib, suv bilan oson siqib chiqariladi.
Xloroplast va mitoxondriyda tuplangan kaliy ular tuzilishi, tarkibini
muqumlashtirib,fotosintetik
va
oqsillanuvchan
fosforlanish
jarayonlarida
energiyaga boy ATF hosil bo’lishiga yordam beradi. Yorugda kaliyning hujayra
kolloidlari bilan bog’lanish kuchi ortadi, kechasi esa susayib, ildiz orqali kaliyning
qisman yuqolishi kuzatiladi.
Kaliy avvalombor hujayra kolloidlarining gidrotasiyasini kuchaytirib, ular
dispersligini oshiradi, bu esa o’z navbatida o’simlik hujayrasida suvni to’tib turish
kobiliyatini oshirib, vaqtinchalik qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi. Kaliy
ta’sirida kartoshka tuganaklarida kraxmal,qand lavlagida saxaroza, meva-sabzavot
ekinlarida monosaxaridlar tuplanishi kuchayadi. Hujayra shirasi tarkibida osmotik
bosimning ortishi hisobiga o’simliklarning sovukka va kishga chidamliligi,
zambrkgli va bakteriyali kasalliklarga chidamliligi oshadi.
Kaliy yuqori molekulyar uglevodlar gemisellyuloza, sellyuloza, pektin
moddalari, ksilan sintezini tezlashtiradi, natijada donli ekinlar hujayra jevorlari
qalinlashib, yotib qolishga chidamligi ortadi, zigir va kanop tolasi sifati
yaxshilanadi, ba’zi fermentlar aktivligini kuchaytiradi, ba’zi vitaminlar hosil
bo’lishi va tuplanishiga yerdam beradi, barg ogizchasi oxirgi hujayralari faoliyati
uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy qishloq xo’jalik ekinlarning ammoniyli
oziqlanishida muxim rol uynaydi. Kaliyning o’simlikda yetishmasligi moddalar
metabolizmini bo’zilishiga olib keladi. Bir qator fermentlar faoliyati susayadi,
o’simlikda oqsil va uglevod almashinuvchi bo’ziladi, qandning nafas olish jarayoni
uchun ortikcha sarflanishiga olib keladi, natijada donning puch bo’lishi, urug’
unuvchanligi va hayotchanligi susayishi, oqibatda esa sifatsiz hosil olinishiga olib
keladi. Kaliyli oziqlanishning yetarli bo’lmasligi, ekinlarning kasalliklarga chalinish
darajasini oshiradi, hosilning saqlash davrida yuqolishi ortadi.
Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kaliy yetishmasligi belgilari dastlab eski
barglarda kurinadi, barglar chetlaridan boshlab sargaya boshlaydi, keyinchalik barg
chetlari va uchi qo’ng’ir rangga o’tadi, so’ngra qurib to’kila boshlaydi, barg xuddi
yirtilganga uxshab qoladi. Kaliy yetishmasligi dastlab uncha talabchan ekinlarda
namoyon bo’ladi. Kaliy yetishmaganda modda almashuvining biokimyoviy
jarayonlari susayishi kuzatiladi.
Kaliy kation holida o’zlashtiriladi, hujayrada zaryadlangan ion holida bo’lishi
sababli hujayra moddalari bilan kuchsiz bog’ hosil qiladi. U hujayrada
elektroneytrallikni ta’minlaydi, hujayra va muhit o’rtasidagi potensiallar farqi va
assimetriyasini ta’minlaydi. Ehtimol mana shu funksiyasi uchun kaliy mineral
oziqlanishida o’simlik uchun almashtirib bo’lmaydigan element hisoblanadi.
Kaliyning bu xossasi D.A.Sabinin tomonidan shunday ta’riflanadi,"-kaliy,
natriy va qisman kalsiy kationlarining ahamiyati sitoplazma tuzilmalarini hosil
bo’lishida, protoplast hosilalarining elektr xossalarini ta’minlashda kurinadi".
Ma’lumki, kaliyning hujayradagi boshqa kationlarga nisbatan miqdori bir
necha marta ko’p bo’ladi, tashki muhitdagi kaliy konsentrasiyasiga karaganda
hujayrada konsentrasiya 100-1000 marta yuqori bo’ladi.
Ko’plab tadkikotlarda hujayra tarkibidagi kaliy miqdori va o’sish jarayonlari
o’rtasida bog’liq yakin bo’lishi aniqlangan. Kaliy yetishmasligi hujayra o’sishi,
cho’zilishi va bo’linishini sekinlashtiradi.
Hozirgi vaqtda o’simliklar tarkibidagi kaliy miqdori va oqsil moddasi sintezi
jadalligi o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjudligi haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud.
Kaliy yetishmasligi fotosintez mahsuldorligi susayadi, bargdan fotosintez jarayoni
mahsulotlarini boshqa organlarga kuchishi kamayishi aniqlangan
Kaliyli oziqlanishning kritik davri o’simlik o’sishining dastlabki davri (unib
chiqqandan so’ng 15 kun) maysa fazasiga to’g’ri keladi. O’simlik eng ko’p
o’zlashtirish davri esa biomassa jadal tuplanish fazasiga to’g’ri keladi. Donli va
dukkakli-don ekinlarining kaliyni o’zlashtirishi gullash-sut pishishi fazasiga kelib
tuxtaydi, zig’ir o’simligida-yalpi gullash,- kartoshka, qand lavlagi va karaMga usuv
davri oxirigacha davom etadi.
Kartoshka kaliyni eng ko’p gullash - tugunak hosil qilishida, qand lavlagi -
ildizmeva hosil bo’lishida, karam - bosh urash fazasida o’zlashtiradi.
Bahori bug’doy tuplash fazasigacha - 25,4, naychalash fazasida 42,1%, boshoq
tortishda - 100% kaliyni o’zlashtiradi, kaliyning eng ko’p o’zlashtirilishi naychalash
– boshoq tortish davriga to’g’ri keladi. G’o’zaning kaliyni o’zlashtirishi usuv
davrida bo’yicha kuyidagicha kechadi: shonalashgacha (31kun) - 2,8%,
shonalashdan gullashgacha (o’nib chiqqandan so’ng 58 kun mobaynida) - 17,8%,
birinchi terim boshlanishida - 100%. G’o’zaning kaliyni o’zlashtirish davri nisbatan
cho’zilgan. Kartoshkaning kaliyni o’zlashtirishi: iyunda - 20%, iyulda -80%,
avgustda - 98%, sentyabrda - 100%. Qand lavlagida kaliy butun usuv davri
mobaynida o’zlashtirilib, maksimum iyul-avgust oylariga to’g’ri keladi.
Kaliy fosfatlarni organik birikmalar tarkibiga o’tkazish uchun zarur
hisoblanadi, bundan tashqari u fosfat guruhlarni kuchirish jarayonlari uchun kerak
Kaliy tomonidan faolligi oshiriladigan fermentlar hujayrada turli-tuman
reaksiyalarni boshqaradi, asetilkoenzim A hosil bo’lishini kuchaytiruvchi ferment
faoliyatini boshqaradi. Kaliy o’simlikning yosh usuvchi organlarida meristema va
kambiyda ko’p miqdorda uchraydi. Eski barglardagi kaliy reutilizasiya uchrab yosh
barglarga o’tadi. Bu jarayonga natriy ioni yordam beradi. U kaliy ioni urnini
egallaydi. Kaliy miqdori o’simlik quruq moddasiga nisbatan barg va poyada pastdan
yuqoriga karab ortib boradi. Kaliyning o’simlik tuproqda va o’g’itdagi miqdori oqsil
shaklida ifodalanadi – K2O.
Donli va dukkakli-don ekinlariga nisbatan kartoshka, lavlagi quruq modda
birligi uchun kua kaliy talab qiladi. Donli ekinlar azotga teng miqdorda, fosforga
nisbatan 2-3 marta ko’p kaliy o’zlashtiradi (N:P2O5:K2O nisbati 2,0-3,0:1,0:2,5-3,5).
Sabzavot ekinlari, kartoshka, lavlagi kaliyni azotga nisbatan 1,5 marta,fosforga
nisbatan 3-4,5 marta ko’p o’zlashtiradi.
Turli ekinlar 1 tonna asosiy va qo’shimcha mahsulot bilan turlicha miqdorda
kaliy o’zlashtiradi: donli ekinlar - 25-37kg, dukkakli-don ekinlar - 16-20 kg,
kartoshka - 7,9, lavlagi - 6,7-7,5 ,sabzavot ekinlari - 4,0-5,0 , yungichka 20-24 kg.
Hosil birligi uchun olib chiqiladigan oziqa moddalari miqdori asosiy va
qo’shimcha mahsulot nisbatiga bog’liq. Donli ekinlar tovar hosilida kaliy kam
bo’lsa, ildizmeva ko’p yillik o’tlar, sabzavotlar asosiy mahsulot tarkibida K2O
miqdori yuqori bo’ladi. Qancha tovar mahsuloti tarkibida kaliy kam bo’lsa uning
xo’jalik tuproqlaridan chiqib ketishi kam bo’lib, ijobiy rol uynaydi.
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib, tabiiy kaliy tuzlari
hisoblanadi. Ularning asosiy konlari, Rossiya, Belorussiya, Qozog’iston, O’rta
Osiyoda va Dehqonobodda joylashgan.
Barcha kaliy tuzlari konlari 2 turga bo’linadi: xloridli (92%) va sulfatli. Xom-
ashyoga bog’liq ravishda ishlab chiqariladigan o’g’itlar ham xlorli va sulfatli
turlarga bo’linadi.
Xloridli kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo bo’lib, silvin
(KCl) va galit (NaCl) minerallari aglomerati bo’lgan silvinit hisoblanadi. Silvinit 12-
15% K2O saqlaydi.
Karnalit KCl*MgC12*6H2O rudalaridan magniy ajratib olingach kaliy –xlorid
elektrolit olinadi.
Kaliyli o’g’itlar konsentrlangan (xlorli kaliy, kaliy sulfati, xlorli kaliy elektrolit,
kaliy tuzi, kalimagneziya, kaliy-magniyli konsentrat) va xom kaliy tuzlari (silvinit
kapHalit) turlariga bo’linadi.
K a l i y x l o r i d i - KCl Asosiy kaliyli o’g’it bo’lib umumiy ishlab
chiqarilayetgan kaliy saqlovchi o’g’itlarning 80-90% ini tashkil etadi. Tarkibida
53,7-60,6 % K2O, 1% dan kamroq namlik saqlaydi. Tashqi ko’rinishi oq yoki pushti
rangdagi kristall modda.
Kaliy xloridi 2 usulda flotasion va galurgik usulda olinadi.
Flotasion uslubda KCl silvinit rudasidan olinadi. Bu usul KCl va NaCI
minerallarining yuzasi suv bilan turliga namlanishiga asoslangan. Maydalangan ruda
suvli eritmaga moysimon aminlar qo’shilib, pulpa orqali havo purkaladi. Eritma
yuzasiga so’zib chiqayotgan pufakchalarga KCl ning gidrofob mineralli silvin
qo’shilib chiqadi. NaCl esa chukmada qoladi. Pufakchalar so’zib olinadi,
sentrifugada qo’g’itilib olinadi.
Galurgik usul silvinit rudasi tarkibiy qismi bo’lgan silvin va galit rudalarining
suvda turlicha eruvchanligiga asoslangan. Eritish 90-100oC haroratgacha olib
boriladi va 20-25oC haroratgacha sovitiladi. Eritma harorati 100oC darajaga
yetganda KCl eruvchanligi 2 marta oshadi, NaCl eruvchanligi kamayadi.
Sovutilganda silvin kristall holatda bo’ladi, galit esa eritmada qoladi.
Hozirgi paytda kaliy xloridi olishning gidrosiklon usuli ham qo’llaniladi. Bu
usul silvin (1,987 g\sm) va galitning (2,176 g\sm) turlicha zichligi asosida ajratib
olishga asoslangan.
Flotasion va galurgik usulda olingan kaliy xlorid mayda kristall bo’lib,
saqlanganda qotib qoladi. Shu tufayli uni ulchami 1-3 mm kattalikda donador holga
keltiriladi. Kaliy xloridi qotib qolishini kamaytirish maqsadida uning tarkibiga
aminlar qo’shiladi.
K a l i y s u l f a t i – K2SO4. Mayda kristalli oq rangdagi kukunsimon, 1,2%
namlikdagi modda. Tarkibida 46-50 % K2O saqlaydi, qotib qolishga moyiligi
kuchsiz, qopda va ochiq holda tashiladigan o’g’it.
Kaliy sulfati 2 bosqichda shenit minerallini langbeynitga konversiyalash va
kaliy xlorid qo’shish orqali olinadi:
2KCl + 2MgCO4 = K2SO4 * MgCO4 + MgC12
K2SO4 * MgCO4 + 2KCl = K2SO4+ MgC12
Fizikaviy xususiyatlariga ko’ra juda yaxshi, suvda oson eruvchan, xlorga
sezuvchan ekinlar uchun qo’llash qulay bo’lgan o’g’it. Kaliy sulfati tannarxi yuqori
bo’lgani bilan boshqa kaliyli o’g’itlardan farq qiladi.
K a l i y x l o r - e l ye k t r o l i t - kaliy xloridning natriy va magniy xloridli
aralashmasi. Tarkibida 31,6-45,5 % K2O, 5% dan MgO, NaO, va 50% gacha xlor
saqlaydi. O’simliklarga ta’siri bo’yicha kaliy xlorididan qolishmaydi. Tarkibida 4%
gacha namlik saqlovchi changlanuvchan sarg’ish rangli kukunsimon o’g’it. Ochiq
holda saqlanganda qotib qolmaydi.
Qog’oz holta yoki ochiq holda tashish mumkin.
K a l i m a g n ye z i ya - K2SO4 * MgSO4. Kainit-langbeynit rudalaridan olinadi.
Tarkibida 26-28 % K2O, 9% MgO saqlaydi, namligi 5% dan oshmaydi. Ochiq
havoda qotib qolmaydi. Yengil mexanik tarkibli tuproqlarda kartoshka ekini uchun
qo’llashga tavsiya etiladi.
K a l i y - m a g n ye z i a l k o n s ye n t r a t - kulrang, donador 1,5-7 %
namlikdagi 18,5% K2O ,9% MgO oziqa moddalari saqlovchi o’g’it. Xlorga sezgir
ekinlar, xlorli sho’rlangan tuproqlar sharoitida qo’llash uchun tavsiya etiladi.
40% li k a l i y t u z i - KCl * KCl + NaC1. Pushti rang kristallari mavjud
bo’lgan kulrang kristalli kukunsimon holdagi kaliy xlorid va silvinit aralashmasidan,
iborat o’g’it. Namligi 2% dan ko’p bo’lmagan, 40% K2O saqlovchi, ochiq havoda
saqlanganda
qotib
qoladigan
kaliyli
o’g’it.
Nitriyga
talabchan
ekinlar
(ildizmevalilar) va qum va qumloq mexanik tarkibli tuproqlar sharoiti uchun tavsiya
etiladi.
K a i n i t - KCl*MgSO4*3H2O qisman NaCl saqlaydi. Qo’ng’ir-pushti rangli
yirik kristalli, 5% dan ko’p bo’lmagan namlikdagi kaliyli o’g’it. Tarkibida 10%
oziqa moddasi saqlaydi. Ochiq holda saqlaganda qotib qolmaydi.
S ye m ye n t ch a n g i - Sement ishlab chiqarish sanoati chikindisi, xlorsiz
kaliyli o’g’it hisoblanadi.10-15% K2O saqlovchi, donador qog’oz qoplarga solingan
holda ishlab chiqariladi. ushbu o’g’itda kaliy karbonat,-bikarbonat, sulfat va silikatli
tuzlar shaklida bo’ladi. Kislotali tuproqlarda xlorga sezgir ekinlar uchun tavsiya
etiladi.
P o t a sh - K2CO3 . Fiziologik ishqoriy kaliyli o’g’it, tarkibida 63-67 % K2O
saqlaydi. Gigroskopikligini kamaytirish maqsadida Sa qo’shiladi Kaliy bikarbonati
KHCO3 47,0 % K2O saqlaydi. O’tloqzor va dalalarni asosiy o’g’itlash uchun tavsiya
etiladi.
S i l v i n i t - KCl*NaC1. Maydalangan silvinit rudasi bo’lib, pushti-qo’ng’ir
rangli kristall modda, kristallar ulchami 1-4 mm, 11-12% K2O va 75-80% NaC1
salaydi. Ochiq havoda qotib, mushtlashib qoladi, ildizmevali natriyga talabchan
ekinlar uchun tavsiya etiladi. Tarkibida kaliy kam bo’lgani sababli uzoq masofaga
tashish maqsadga muvofik emas.
K a r n a l i t - KCl*MgC1 *6H2O. 12-13% K2O saqlovchi, juda gigroskopiq
ochiq havoda qotib qoluvchi, maydalangan rudadir. O’g’it sifatida deyarli
qo’llanilmaydi. Magniy ishlab chiqarish uchun xom-ashyo hisoblanadi.
Tuproqlarning haydalma qatlamida kaliyning yalpi miqdori azot miqdoriga
nisbatan 5-50 fosforga nisbatan 8-40 marta ko’pdir. Shunga bog’liq ravishda uning
zahirasi ham azot va fosforga nisbatan yuqori miqdorda bo’ladi.
Mexanik tarkibi qumoq chimli-podzol tuproqlarda yalpi kaliyning miqdori -1-
2%, kulrang o’rmon, podzollashgan, ishqorsizlashgan, oddiy qora, bo’z tuproqlarda
- 2,5%, janubiy qora va kashtan tuproqlarda - 2% ga yaqin, qizil tuproqlarda - 0,6-
0,9, sho’rtob va sho’rxoqlarda 1,2-3,0%. Torfli tuproqlarda yalpi kaliy miqdori juda
oz (0,03-1,0%), qayir tuproqlarida ham kaliy oz miqdorda uchraydi (0,22-2,0%).
Kaliy tuproqning asosan mineral qismida uchraydi. Tuproqda kaliy ko’yidagi
shakllarda uchraydi:
1. Birlamchi va ikkilamchi minerallar kristall panjarasida.
2. Kolloid zarrachalarga almashinib va almashinmay singigan holda.
3. O’simlik ildizi, ang’izi, qoldiqlari va mikroorganizmlar tarkibida.
4. Tuproq eritmasida mineral tuzlar holida.
Tuproqdagi umumiy kaliy birikmalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
-
suvda eruvchan (oson o’zlashtiriladi)
-
almashuvchan (yaxshi o’zlashtiriladi)
-
harakatchan (suvda eruvchan va almashuvchan kaliy yig’indisi)
-
almashinmaydigan gidrolizlanuvchan kaliy (0,2n yoki 10% HCl eritmasi
bilan gidrolizlanuvchi, zaxira)
-
almashinmaydigan kaliy.
O’simliklar oziqlanishi uchun asosiy hisoblangan harakatchan kaliy uning
tuproqdagi umumiy miqdoriga nisbatan 0,5-2,0% ini tashkil etadi.
Umumiy kaliyning 9% ini almashinmaydigan kaliy tashkil etadi O’simlik
tomonidan o’zlashtirilgan kaliy almashinmaydigan kaliy hisobiga, u esa o’z
navbatida qiyin almashinadigan kaliy hisobiga zahirasi to’lib boradi.
Tuproqdagi yalpi kaliyning 2-15% kislotada eruvchan, kislotada eruvchan
kaliyga nisbatan 5-25% almashuvchan, almashuvchan kaliyga nisbatan 10-25%
suvda eruvchan kaliy tashkil etadi.
Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Ammo ular tuproqqa solinganda
kaliy ioni kolloid zarrachalar bilan fizik-kimyoviy va almashinmay singish tipida
o’zaro ta’sirlashadi.
Kaliyning tuproqda almashinmay singishi uning qo’llanilgandan bir sutka
o’tishi bilan deyarli tugaydi va o’g’it qo’llash muddati davomiyligiga umuman
bog’liq emas.
Tuproqning kaliyni almashuvchan singdirishi umumiy singdirish sigimining
1\4 qismini tashkil etadi. Tuproqning kaliyni almashib singdirish reaksiyasi kaytar
jarayondir:
Keltirilgan reaksiyadan ko’rinib turibdiki, tuproq muhiti nafakat H ioni
hisobiga balki A1 ioni hisobiga ham nordonlashishi mumkin. Kaliy kationi TSK
almashib singdirilishi hisobiga tuproq eritmasiga ekvivalent miqdorda boshqa
kationlarni siqib chiqarib, tuproq muhiti reaksiyasini o’zgartirishga va oqibitda
o’simliklar o’sishi sharoitiga ham ta’sir ko’rsatadi. O’z harakteriga ko’ra barcha
kaliyli o’g’itlar fiziologik nordon hisoblanadi. Bu holat ayniksa kislotalik
tuproqlarda yaqqol seziladi.
Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kaliyli o’g’itlarning tuproq kislotaligiga
ta’siri kuchli seziladi.
O’g’it kaliyning tuproqdagi fiksasiyasi turli tuproqlarda katta miqdorga (80%)
yetishi mumkin. V.U.Pchelkin tajribalarida kaliyning almashinmay singishi tuproq
mineralogik tarkibiga va o’g’it me’yoriga bog’liq holda 14-82% ni tashkil etgan. K
radioaktiv izotopi bilan o’tkazilgan tajribalarda qumloq va og’ir qumoq tuproqlarda
usuv davri oxiriga kelib o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmay qolgan kaliy miqdori
tegishlicha 63 va 70% ni tashkil etgan. Uning bor yo’g’i 1\6 - 1\8 qismi harakatchan
kaliyga to’g’ri kelgan. Kaliyning almashinmay singgigan kationlari o’simliklar
uchun befoyda, ayrim hollarda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kaliyni fiksasiyasi
montmorillionit guruhida, gidroslyuda guruhiga kiruvchi minerallar uchun xos.
Yengil mexanik tarkibli tuproqlarda og’ir tuproqlarga nisbatan kaliy kamroq
fiksasiyalanadi.
Tuproqning qurub ketishi va namlanishi galmagal bo’lib turadigan sharoitlarda
kaliy fiksasiyalanishi kuchli kechadi. Shu tufayli kaliyli o’g’itlarni chuqur qatlamga
berish tavsiya etiladi.
Kaliyli o’g’itlarning yirik kristalli va donador turlarini qo’llash almashinmay
singish jarayonini 20-30% ga kamaytiradi.
Kaliyli o’g’itlarni sistematik ravishda qo’llash va uning ijobiy balansida,
tuproqda harakatchan hamda almashinmay singigan kaliy shakllari miqdori ortadi.
Bunda almashuvgan kaliy miqdori, eruvchan kaliyga nisbatan ko’proq ortadi.
Tuproqdagi kaliy shakllarining o’zaro ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
Kristall panjaradagi kaliy = almashinmay singdirilgan kaliy = almashinib
singdirilgan kaliy = tuproq eritmasidagi kaliy.
Kaliy o’g’itlarning tuproq singdirish kompleksi bilan o’zaro ta’sirini o’rganish
shundan dalolat beradiki, kaliy tuproq profili buylab juda sekin ko’chadi va asosan
0-60 sm haydov qatlamida qoladi.
Kaliyli o’g’itlarni migrasiyasi kuchsiz bo’lganligi sababli yuza qatlamga berish
tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari yuza qatlam qurib qolishi hisobiga uning
fiksasiyasi kuchli o’tib, foydalanish koeffisiyenti kamayadi.
Kaliyli o’g’itlar tuproq mexanik tarkibiga, undagi harakatchan kaliy miqdoriga,
namlanish darajasi, ekin biologik xususiyati, rejalashtirilgan hosil miqdori va
sifatiga bog’liq ravishda taqsimlanadi. Kaliyli o’g’itlar avvalo qumli, qumloq
chimli-podzol, torfli-botqoq va qayir tuproqlar sharoitida samaralidir.
Qumoq mexanik tarkibli kulrang o’rmon, ishqorsizlangan qora tuproqlarda
kaliy bilan o’rta va kam ta’minlangan sharoitlarda o’g’itlarning ekinlar hosiliga
ta’siri yuqori bo’ladi.
Kaliyli o’g’itlar samarasi O’zbekiston eskidan haydaladigan tuproqlar
sharoitida g’o’za yetishtirishda yanada yuqori bo’ladi.
Kaliyli o’g’itlarning samarasi ularni azotli va fosforli o’g’itlar bilan maqbul
nisbatda qo’llanilganda yanada ortadi.
Kaliyli o’g’itlarning asosiy qismi kuzgi shudgorlashda qo’llash maqsadga
muvofiqdir. Xlorli sho’rlanish sharoitida xlor saqlovchi o’g’itlar sho’r yuvishdan
ilgari qo’llash tavsiya etiladi.
Yengil mexanik tarkibli tuproqlarda hamda sug’oriladigan sharoitda kaliyli
o’g’itlarning bir qismi oziqlantirish uchun tavsiya etiladi.
Kaliyga talabchan ekinlarga kungaboqar, tamaki, kartoshka, qandlavlagi,
sabzavot ekinlari, mevali daraxtlar hisoblanadi.
Tamaki, toq mevali daraxtlar, sitrus ekinlari, kartoshka, zig’ir xlorga sezgir
bo’lib, xlorsiz kaliyli o’g’itlar qo’llash tavsiya etiladi.
Qand lavlagi va boshqa ildiz mevalilar uchun tarkibida Na bo’lgan kaliyli
o’g’itlar ahamiyati beqiyos.
Karbonatli sho’rlangan tuproqlarda kaliyli o’g’itlarni oshirilgan me’yorda
qo’llash lozim. Kaliyli o’g’itlardan foydalanish koeffisiyenti katta oraliqda o’zgarib
boradi (12-50%). Bu ekin turi, tuproq iqlim sharoitiga bog’liq.
Kaliyli o’g’itlar samaradorligini oshirishi yo’llari:
- kaliyli o’g’itlarni, uni jadal o’zlashtiruvchi ekinlarda qo’llash.
- kaliyli o’g’itlarni azotli-fosforli o’g’itlar fonida qo’llash.
- kaliy o’g’itlarning samarali shakllaridan unumli foydalanish.
- kaliyli o’g’itlarni tuproq - iqlim zonasi va o’simlik talabidan kelib chiqib
qo’llash.
Kaliyli o’g’itlar qo’llash samarasi, ekinlardan olinadigan qo’shimcha hosilda
quyidagi ko’rsatkichlarda kurinadi:
100 kg K2O hisobiga olinadigan qo’shimcha hosil:
donli ekinlar
- 0,2-0,3 t\ga
kartoshka
- 2,0-3,3 t\ga
qand lavlagi
- 3,5-4,0 t\ga
paxta
- 0,1-0,2 t\ga
zig’ir tolasi
- 0,1-0,15t\ga
ko’p yillik o’tlar
- 2,0-3,3 t\ga
KOMPLEKS O’G’ITLAR
Tarkibida ikki yoki undan ortiq oziq elementini turli miqdor va nisbatlarda
tutadigan o’g’itlar kompleks o’g’itlar deb yuritiladi.
Tarkibiga ko’ra ikki komponentli (fosforli-kaliyli, azotli-fosforli, azotli-
kalishsh) va uch komponentli (azotli-fosforli-kalipli), olinish usuliga ko’ra murakkab,
murakkab-aralash va aralashtirilgan, agregat holatiga ko’ra esa qattiq va suyuq
kompleks o’g’itlar farqlanadi.
Murakkab o’g’itlar kation va anionlardan tarkib topgan bo’lib, qatiy kimyoviy
formula bilan ifodalanadi KNO3, NH4H2P04 va boshqa.
Murakkab-aralash o’g’itlar deganda, yagona texnologik jarayonda ammiaq
fosfat, nitrat va sulfat kislotalar, ammiakli selitra suyuqlanmasi, fosforit yoki
apatit, kaliy tuzlarning o’zaro ta’sirlashishi asosida olinadigan va har bir
zarrachasida kimyoviy birikmalar holida ikki yoki uchta oziq elementini tutadigan
o’g’itlar tushuniladi. Aralash o’g’itlar ikki yoki uchta quruq holatdagi oddiy
mineral o’g’itlarni aralashtirish yuli bilan olinadi.
Bir paytning o’zida tarkibida yuqori konpentrasiyali ikki yoki uchta oziq
elementni tutishi kompleks o’g’itlarga xos ijobiy xususiyatdir. Masalan, ammofos,
diammofos, ammoniilashtirilgan superfosfat, nitrofos ikkita oziq elementi tutsa,
nitrofoska, karboammofoskalar tarkibida uchta oziq elementi mavjud. Ayrim
murakkab o’g’itlar tarkibiga mikroelementlar ham kiritiladi.
Kompleks o’g’itlar qo’llash asosida o’g’itlarni tuproqda kiritish bilan bog’liq
sarf-xarajatlarni oddiy mineral o’g’itlarni alohida-alohida qo’llashga nisbatan 1,5-
2,0 marta kamaytirish mumkin.
Ayni chog’da kompleks o’g’itlar tarkibidagi fosfor usimliklar tomonidan
oddiy fosforli o’g’itlardagidan ko’proq o’zlashtiriladi.
Kompleks o’g’itlar faqat o’simliklarni oziq elementlar bilan ta’minlashni
yaxshilab qolmay, o’g’itlarni yuklash, tashish va tushirish bilan bog’liq xarajatlarni
kamaytiradi, o’g’it omborlari adjlishini arzonlashtiradi.
87-jadvalda keng tarqalgan kompleks o’g’itlar tarkibidagi oziq elementlarning
miqdori va nisbatlari keltirilgan.
Asosiy kompleks o’g’itlar tarkibining oziq moddalar miqdori va
nisbatlari
(A. V. Peterburgskiy, 1989)
O’g’it nomi
Oziq moddalar
nisbati
Oziq moddalarning yalpi
miqdori
Ammofos
Diammofos
Nitroammofos
Nitroammofoska
Nitrofoska
1:4:0
1:2,5:0
1:1:0
1:1:1
1:1:1
56-63
66-6S
48
48-51
33-35
Murakkab o’g’itlar, Tarkibida ikki yoki uchta oziq, elementi tutgan murakkab
o’g’itlar farqlanadi.
Ammofos - NH4H2PO,. Fosfat kislota tarkibidagi bitta vodorod urnini NH4
olishidan hosil bo’ladi, tarkibidagi ionlar (ammoniy va fosfat) o’simliklar
tomonidan barcha tuproq, tiplarida oson o’zlashtiriladi. Ballastsiz o’g’it, tarkibida
11-12 % azot va 46- 60 % fosfor mavjud.
Olinishi juda sodaa: Fosfat kislotani ammiak bilan to’yintirish asosida
olinadi
NH3+H3PO4=NH4H2PO4
Diammofos eng yuqori konsentrasiyali murakkab o’g’itlardan biri bo’lib,
tarkibida 18 % dan ortiq azot va 50% atrofida fosfor tutadi. (N;P2O5-1:2,5),
2NH3+H3PO4=(NH4)2HPO4
Ammofos va diammofos tarkibidagi N:P2O5 nisbatning 1:2,5:4 ga teng bo’lishi
ularni nihollarni qo’shimcha oziqlantirish paytida qo’llash imkonini cheklaydi, lekin
urug’larni ekish, ko’chat o’tqazish va kuzgi shudgor kiritish yaxshi samara beradi.
Polifosfatlar (Npt2 PpO,p+|) - tarkibida ko’p sonli PO4 guruh tutgan chizikli
polimerlardir. Ular hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan o’g’itlardan tarkibidagi
fosfat komponentning tuzilishi bilan farqlanadi. Polifosfat atomi zanjiri va
halkasining
shakllanishi
uchun
xizmat
qiladigan
P-O-P
bog’ning
makroenergetikaviy tabiati o’simliklarda kechadigan fizikaviy - biologik
jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi.
Polifosfatlarning gidrolizlanish quyidagi tartibda sodir bo’ladi:
2NPO3+H2O=H4P2O7 ; H4P2O;+H2O=2H3PO4 va h. q
Harorat 7-12 daraja bo’lganda gidroliz sekin kechadi, 12-15 darajada
kuchayadi, eng ma’kul harorat 30-35°C dir.
Istiqbolli murakkab o’g’itlar jumlasiga ammoniy polifosfatni (15 % azot, 60
% P2O, tutadi) kiritish mumkin. Bu o’g’it O’rta Osiyoning serkarbonat
tuproqlarida qo’llanilganda yuqori iqtisodiy samara beradi.
mujassam bo’ladi va u sulfatli nitrofoska deb yuritiladi.
Yuqoridagi jarayonda pulpa (kalsiyli selitraning kalsiy fosfatlar bilan
aralashmasi) ga ammiak va fosfat kislota qo’shilsa, kalsiy nitrat kalsiyning bir va
ikki almashgan fosfatlariga, ammiakli selitra hamda ammofosga aylanadi.
3H2O+2Ca(NO)2+4H3PO4+5NH3==4NH4NO3+CaHPO4-
2H2O+Ca(H2PO4)2H2O+NH4H2PO4
Qo’shimcha ravishda KCI kiritilganda yuqoridagi moddalar tarkibiga NH4CI va
KNO3 qo’shiladi. Bu o’g’it - nitrofoskadir. Nitrofosfatlarning donalari 3 - 4 mm
kattalikda bo’ladi va ularning quyidagi turlari ishlab chiqariladi
Nitroammofos - monoammoniy fosfat asosida olinadigan murakkab aralash
o’g’it. Tarkibiga kaliy kiritilsa, nitroammofoska deyiladi.
Aytilganlardan tashqari karboammofoska (20% azot, 20 % fosfor, 20% kaliy),
mochevina fosfat CO(NH2)2* (NH4)2HPO4 (27 % azot, 27 % fosfor) va fosfamid deb
nomlanadigan o’g’itlar ishlab chiqariladi.
Murakkab-aralash (kombinasnyalangan) o’g’itlar
Akademik D.N.Pryanishnikov 1908 yilda fosforitlarga sulfat kislota bilan
emas, bachki nitrat kislota bilan ta’sir etish bir yo’la azotli va fosforli o’g’it olish
imkonini berishini ta’minlagan edi.
Fosforitga nitrat kislota ta’sir ettirilganda kalsiyli selitraning CaHPO4 *2H2O
va ular bilan aralashmasi - nitprofos olinadi.
Shu toifaga kiradigan ammoniylashtirilgan superfosfat oddiy superfosfat
ammiak bilan to’yintirib olinadi. Odatda, kukunsimon superfosfat 6 % gacha
ammiak
azotini
yutishi
mumkin,
lekin
kalsiy
monofosfatning
retrogradasiyalanishini oldini olish uchun 3-4 % atrofida NH3 yuttiriladi. Bu o’g’it
tarkibidagi azot o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, lekin o’simliklarni
azot bilan ta’minlashda uncha katta rol uynamaydi.
Suyuq va suspenziyalangan kompleks o’g’itlar
Suyuk kompleks o’g’itlar (SKO’) deb tarkibida barcha makro va
mikroelsmentlarii tutgan suyuq aralashlarga aytiladi. Qattiq va suyuq, kompleks
o’g’itlar samaradorligi birdek bo’lishi aniqlangan. SKO’lar - istiqbolli o’g’itlardan
hisoblanadi. Ular fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash (pH=6,5) asosida
olinadi. Tarkibidagi azot miqdorini oshirish uchun suyuk o’g’itlarga ammiakli
selitra, mochevina yoki ularning aralashmalari qo’shiladi. Ortofosfat kislota asosida
olingan o’g’itlar (24-30% ozis elementi bor) tiniq, eritma holida, superfosfor
kislota asosida olingan o’g’itlar esa (40 % dan ortiq oziq, elementlari tutadi)
loyqaroq eritma holida bo’ladi. Bu turdagi o’g’itlar o’z tarkibida erkin ammiak
tutmaydi. Shu sababdan ularni tuproqqa purkab, izidan ishlov berish texnikasini
tushirish mumkin. Suv bilan oqizib ishlatilganda ham yaxshi samara beradi. Suyuk
kopleks o’g’itlarni yuklash, tashish, tuproqqa solishni to’la mexanizasiyalash va shu
yo’l bilan isrofgarchilikning oldini olish mumkin. Tavsiflanayotgan o’g’itlarni
ishlatishdan katta iqtisodiy samara olish mumkin. Bu birinchidan ishlab chiqarish
sexlari qurishga 20-30% kam mablag’ sarflanishi va ikkinchidan, mexnat sarfining
3-3,5 marta kamligi bilan borlikdir. Muayyan haroratlarda kristallanishi,
korroziyaga chidamli idishlarda sakdashni talab qilishi va yuqori nishablikka ega
maydonlarga kiritilganda fosforning bir qismini yuvilib ketishi SKO’larga xos
salbiy xususiyatdir.
SKO’lardagi oziq elementlari miqdorini istalgancha oshirib boraverishning
iloji yo’q, chunki ma’lum haroratdan boshlab ular kristallana boshlaydi.
Konsentrasiyasini oshirish uchun ularga stabillashtiruvchi qo’shimcha - kolloid loy
(1 t o’g’itga 10-22 kg) ko’shiladi. Shunday usulda olingan o’g’it 12 % azot, 40% P2O5
tutishi mumkin, SKO’larning saqlash muddati 3 oygacha. SKO’larni serkarbonat
bo’z tuproqoarda ko’llash yaxshi iktisodiy samara beradi.
Aralashtirilgal o’g’itlar
Aralashtirilgan o’g’itlar komponentlarni kimyoviy o’zgarishga uchratmasdan
olinadi. Ular kukunsimon yoki donador holatda bo’lishi mumkin.
O’g’itlarni quruq holatda aralashtirish kompleks o’g’itlar olishdagi eng oddiy va
samarali usuldir. Bu tadbir ikki xil usulda amalga oshiriladi:
-
bevosita xo’jaliklarning o’zida muqim va ko’chma o’g’it
aralashtirgichlar yordamida aralashtirish;
-
yuqori
quvvatli
moslamalar
(40-60
t/soat)
yordamida
aralashtirish.
Aralashtirilgan o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy kukunsimon yoki donador
o’g’itlarni maxsus o’g’it aralashtirish zavodlarida, agrokimyo markazlarining yirik
mexanizasiyalashtirilgan omborlarida yoki bevosita xo’jaliklarda aralashtirish
yo’li bilan olinadi.
Bunda o’g’itlarni qo’llashga ketadigan vaqt hamda mehnat o’g’itlarni alohida -
alohida solishdagiga qaraganda ancha tejaladi, ularning samaradorligi ortadi,
chunki barcha zaruriy elementlar birdaniga solinadi, ular paykalga bir me’yorda
taqsimlanadi.
O’g’itlarni aralashtirishni birin-ketin bajariladigan quyidagi besh bosqichdan
iborat jarayon deb qarash mumkin:
1) O’g’itlarni aralashtirishga tayyorlash;
2) Komponentlarni aralashtirishga o’zatish;
3) Me’yorlash (aralashtirish uchun tegishli miqdordagi o’g’itlarni
ajratish);
4) Aralashtirish;
5) Aralashmani tashish moslamalari yoki omborlarga olish.
Aralashtiriladigan o’g’itlarning o’ziga xos fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari
ko’p hollarda ularni aralashtirish imkoniyatlarini cheklab quyadi.
Masalan, ammiakli selitra superfosfat bilan aralashtirilganda, nitrat kislota
bug’lari yoki azot oksidlari hosil bo’ladi:
Shuningdek, hosil bo’ladigan kalsiy nitrat aralashmaning gigroskopikligini
oshiradi:
2NH4NO3+Ca(H2PO4)2=2NH4H2PO4+Ca(NO3)2+nH2O
Tarkibida kalsiy oksidini tutgan metallurgiya shlaklarini ammiakli selitra yoki
ammoniy sulfat bilan (shuningdek ammoniy fosfat bilan) aralashtirish mum-kin
emas, chunki bunda ammiak ajralib chikadi:
CaO+ (NH4)2SO4=2NH4 + CaSO4 + H2O
Superfosfat va fosforit uni kaliyli o’g’itlar bilan, shuningdek, ammiakli selitra
va ammoniy sulfat presipitat bilan aralashtirilganda nomaqbul o’zgarishlar sodir
bo’lmaydi.
Eng keng tarqalgan o’g’itlar - ammiaki selitra, superfosfat va kaliy xlorid
aralashmalarining fizik xossalarini yaxshilash maqsadida superfosfatdagi erkin
kislotani boqlash va gigroskopiklikni kamaytirish uchun maydalangan - dolomit,
fosforit uni kabi mu’tadillovchi moddalar qo’shiladi. Bunday aralashmani
sochiluvchanligi 4-5 oy davomida ham o’zgarmaydi.
Mochevinani tuproqka kiritish oldidan fosforli va kaliyli o’g’itlarning barcha
shakllari bilan aralashtirish mumkin. Uni superfosfat bilan ancha oldindan
aralashtirganda ham salbiy o’zgarishlar kuzatilmaydi. Donador o’g’itlar, ayniqsa
donachalarining
o’lchamlari
bir
xil
bo’lgan
o’g’itlar
aralashtirilganda
aralashmaning fizikaviy xossalari va sochiluvchanligi yaxshilanadi.
O’g’itlarni aralashtirishda ekinlarning oziq moddalarning muayyan nisbatiga
(N:P2O5:K2O) ehtiyojini shuningdek, tuproq, xossalari, o’g’itlash usullari va
muddatlarini hisobga olish zarur.
Tarkibida oziq, moddalari ko’p va fizikaviy xossalari yaxshi bo’lgan o’g’it
aralashmalarini tayerlash uchun birinchi navbatda mochevina yoki ammiakli
selitra, qo’shsuperfosfat yoki ammofos, yirik kristalli kaliy xloridni ishlatish
lozim. O’g’it aralashmalarini mexanizmlar yordamida tayerlash va qo’llash bir
tomonlama ta’sir etadigan o’g’itlarni alohida-aloxida solishga qaraganda ko’proq
ikqtisodiy samara beradi.
Hozirgi davrda konsentrlangan oddiy va kompleks o’g’itlarni ishlab
chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kompleks o’g’itlarning qishloq xo’jaligida tutgan ahamiyati e’tirof etilgan.
Aksariyat xorijiy davlatlarda ularning salmog’i ishlab chiqarilayotgan o’g’itlarning
60-70% ini tashkil qiladi.
Kompleks o’g’itlarning sifati aa samaradorligini oshirish uchun ekinlar
ehtiyojini hisobga olgan holda magniy va ayrim mikroelementlar qo’shilishi
mumkin.
Nazorat savollari
1. Kaliyni o’simlik tarkibida miqdori va ahamiyati
2. Tarkibida kaliy tutuvchi minerallarni ayting
3. Kaliyning o’simlik hayotidagi ahamiyati va vazifalari
4. Tuproqlardagi kaliy miqdori va shakllari qanday
5. Kaliyni sinflanishi
6. Kaliy yetishmasligi belgilari
7. O’zbekistonda qo’llaniladigan kaliyli o’g’itlar
8. Kompleks o’g’itlarni guruhlarini ayting?