O’g’itlar tasniflanishi va xossalari. Azot elementining o’simlik hayotida ahamiyati. Azot yetishmasligini aniqlash usullari. Tuproq tarkibida azot miqdori, birikmalar. Tabiatda azotning aylanishi.
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
29,6 KB
O‘G‘ITLAR HAQIDA TUSHUNCHA. AZOTLI O‘G‘ITLAR
REJA
1. O’g’itlar tasniflanishi va xossalari.
2. Azot elementining o’simlik hayotida ahamiyati.
3. Azot yetishmasligini aniqlash usullari.
4. Tuproq tarkibida azot miqdori, birikmalar. Tabiatda azotning aylanishi.
5. Azotli o’g’itlar ishlab chiqarish va ularni turlari. Nitratli o’g’itlar.
Ammoniyli va ammiakli o’g’itlar. Ammoniy nitratli o’g’itlar. Amidli
o’g’itlar
6. O’simliklarning o’g’it azotidan foydalanishi, ahamiyati va uni oshirish
yo’llari.
Tayanch iboralar: tabiatda azotning aylanishi, nitratli o’g’itlar. ammoniyli va
ammiakli o’g’itlar. ammoniy nitratli o’g’itlar. amidli o’g’itlar.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning asosiy omillaridan biri
o’g’itlar qo’llash hisoblanadi. Yer yuzidagi insonlarning har 4 tasidan biri mineral
o’g’itlar hisobiga olinayotgan qo’shimcha hosil hisobiga kiyinmoqda va
oziqlanmoqda. Qishloq xo’jalik ekinlaridan olinayotgan qo’shimcha hosilning 50%
i o’g’itlar hisobiga olinishi ham ularga nisbatan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida
yondoshish, ularning olinishi, xossa va xususiyatlari, saqlashning o’ziga xos
jihatlarini bilishni talab qiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra barcha o’g’itlar organik va mineral guruhlarga
bo’linadi. Kelib chiqishiga ko’ra sanoat va mahalliy o’g’itlarga ajratiladi. Sanoat
o’g’itlariga azotli, fosforli, kaliyli, kompleks va mikroo’g’itlar, mahalliy o’g’itlarga
go’ng, torf, kul va boshqa turdagi o’g’itlar misol bo’ladi.
Mineral o’g’itlarning turli mineral tuzlar shaklidagi oziqa moddalari saqlaydi.
Tarkibidagi oziqa moddasi turi va miqdoriga ko’ra o’g’itlar ikki guruhga bo’linadi:
Oddiy va murakkab o’g’itlar: Oddiy o’g’it deb tarkibida o’simlik o’sishi va
rivojlanishi uchun zarur bo’lgan bitta oziqa moddasi saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi.
Oddiy o’g’itlarga azotli, fosforli, kaliyli va ayrim mikroo’g’itlar misol bo’ladi.
Kompleks yoki ko’p tomonlama ta’sir etuvchi o’g’itlarga o’simlik ehtiyoji
uchun kerakli bo’lgan ikki va undan ortiq oziqa moddasi saqlovchi o’g’itlar misol
bo’ladi. O’simlik tarkibida 0,1 foizdan to foizlar darajasida uchraydigan, muhim
hayotiy jarayonlarda qatnashadigan elementlar makroelementlar deb, shular asosida
olinadigan o’g’itlar makroo’g’itlar deb ataladi.
O’simlikda foizning 0,0001- 0,000001 miqdorida uchrab muhim hayotiy
jarayonlarda ishtirok etuvchi elementlar mikroelementlar deb, shu asosda olingan
o’g’itlar mikroo’g’itlar deb ataladi.
Mineral o’g’itlardagi ta’sir etuvchi modda miqdori massa foizida: azotli
o’g’itlar N hisobida, fosforli o’g’itlar P2O5 hisobida,kaliyli o’g’itlar K2 O hisobida
ifodalanadi.
Ta’sir etuvchi moddalarni o’g’itlarni fizik tuk hisobida 1 gektar maydonga
belgilagan normada va dozada belgilaydilar.
Kompleks o’g’itlar, tarkibida o’simlik o’sishi va rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan ikki va undan ortiq oziqa moddasi saqlovchi o’g’itlardir.
Kompleks o’g’itlar olinish usuliga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
-
Murakkab o’g’itlar
-
Murakkab-aralash o’g’itlar
-
Aralash o’g’itlar
Murakkab o’g’itlar bitta kimyoviy formula bilan ifoda qilinadigan, tarkibiy
qismi anion va kationdan iborat bo’lgan, qo’shilmalardan holi o’g’itlardir.
Murakkab aralash o’g’itlar deb bitta texnologik jarayonda, ammiak fosfor,
azot va sul’fat kislotalari, ammoniy nitrat, fosforit yoki appatit, kaliy tuzlarini o’zaro
ta’sir ettirib olinadigan tarkibida 2 va undan ko’p oziqa moddasi saqlaydigan
o’g’itlarga aytiladi.
Aralash o’g’itlar bu 2 va undan ortiq oddiy o’g’itlarni quruq aralashtirish yo’li
bilan olingan tarkibida 2-3 oziqa moddasi saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi.
Organik yoki mahalliy o’g’itlarga go’ng, go’ng sharbati, torf, najas, qush
ahlati(guana), kompostlar, sapropel’, xo’jalik chiqindilari, va yashil o’g’itlar misol
bo’ladi.
Har bir o’g’itning olinishi, xossa va xususiyatlari to’g’risida tegishli boblar va
mavzularda so’z yuritishimiz tufayli bu to’g’rida batafsil to’xtab o’tirmaymiz.
Mineral o’g’itlarni xossalari.
Mineral o’g’itlar qo’llash samaradorligini oshirish, to’g’ri saqlashni tashkil
etish, tashish va saqlashda yo’qolishini oldini olish uchun ularning fizikaviy,
kimyoviy va mexanik xususiyatlarini bilish talab etiladi. Ushbu xususiyatlarga:
1.Suvda eruvchanliq
2. Gigroskopikliq
3.Qotib qolish
4.To’liq nam sig’imi
5.Sochiluvchanliq
6.Granulometrik tarkib
7.Granulalarning mustahkamligi misol bo’ladi.
Saqlash davomida o’g’itlar sifatini bo’zilmasligi uchun ularni uyumda saqlash
1. balandligi, 2. tabiiy nishablik burchagi, 3. qatlam va fraksiyalarga ajralish
darajasi, 4. qovushqoqligi kabi xususiyatlarini ham bilishimiz zarur.
O’g’itlarni saqlash davomida uning olovga va portlash xavfliligi, erkin
kislotaligi, ammiak ajratishi, oson eruvchan shakldan qiyin eriydigan shaklga o’tishi
retrogradasiya xossalarini ham bilish talab etiladi.
Namligi
-
o’g’it
namligi
davlat
standarti
va
texnik
sharoitlari
ko’rsatkichlaridan yuqori bo’lmasligi kerak Masalan, ammoniyli azotli o’g’itlarni
namligi 0,2-0,6% dan ammoniyli nitratli va amidli azotli o’g’itlarda 0,2-0,3%,
nitratli o’g’itlarda 1,0-2,0%, kalsiyli selitrada esa 14,0% dan oshmasligi lozim.
Suvda eruvchan fosforli o’g’itlar uchun namlikni maksimal miqdori 3-5% ni
tashkil etadi, apatitdan olingan oddiy kukunsimon superfosfat bundan mustasno,
undagi namlik miqdori 12% dan oshmasligi lozim, suvda erimaydigan fosforli
o’g’itlar uchun namlik miqdori 1,5-2% dan 8% gacha (presipitat); kaliyli o’g’itlarni
namligi 1-4 foizdan 5-6 foizgacha (kalimagneziya, kaliy-magniyli konsentrat)
bo’lishi lozim. Ohak uni namligi miqdori 1,5- 4 foizini tashkil etsa, po’lat eritish
sanoati shlaklari (tomasshlaq Martenshlaq fosfatshlak) namligi 2 foizni tashkil etadi.
Shuni ta’kidlash joizki, mineral o’g’itlar tarkibidagi namlik miqdori standart
ko’rsatkichdan o’zgarib ketishi uni o’g’it fizikaviy mexanik ko’rsatkichlarining
keskin yomonlashuviga, o’g’itning bo’zilishiga olib keladi.
Gigroskopiklik - mineral o’g’itlar uchun havodan suv bug’larini tortib olish
xususiyati xosdir. O’g’itlarning gigroskopiklik xususiyati 10 ballik tizim bo’yicha
baholanadi. O’ta kuchli gigroskopiklik darajasi kalsiyli selitra uchun xos bo’lib, 9,5
ball bilan baholanadi.
Ammiakli selitraning gigroskopiklik balli - 9,3; karbamidda - 3,6; donador
qo’sh superfosfat va oddiy kukunsimon superfosfatda tegishlicha 4,7 va 5,9. Kaliy
sulfatida gigroskopiklik balli -0,2- 0 bo’lsa, kaliy xloridda- 3,2-4,4.
Gigroskopiklik yuqori bo’lgan hollarda o’g’itlar qotib qoladi, donalarning
mustahkamligi yo’qolib, sochiluvchanlik xususiyati yomonlashadi.
O’g’itlarni tashish va saqlash sharoitlari, qoplash turlari ularning
gigroskopikligi bilan bog’liq.
O’g’itlarni qoplamasdan tashish va saqlash gigroskopikligi 3 ball va undan
past bo’lgan o’g’itlar uchun tavsiya etiladi.
Gigroskopikligi o’rtacha 4-6 ball bo’lgan o’g’itlar bitum bilan to’yintirilgan
qog’oz yoki polietilen qoplarda saqlanadi. Yuqori gigroskopikligi (7-10 ball)
o’g’itlarni faqat germetik polietilen qoplarda saqlash tavsiya etiladi.
Nam sig’imi. O’g’itlarning sochiluvchanligi ularning nam sig’imiga bog’liq.
To’lik nam sig’imi, o’g’itlarning mexanizmlar yordamida sochiluvchanlik xossasini
ta’minlab qolgan maksimal namligiga tengdir.
Qotib qolish. Bu ko’rsatkich bir qator omillarga bog’liq. Masalan: namliq
gigroskopikliq donadorliq tarkib saqlash sharoiti va davomiyligi. Qotib qolish
darajasi 7 ballik tizim bo’yicha baholanadi.
O’ta tez mushtlashib qoluvchi o’g’itlarga karbamid (0,2-1,0 mm li fraksiya),
oddiy kukunsimon superfosfat -V darajali, ammoniylashgan donador superfosfat,
mayda kristalli kaliy xlorid, silvinit - VI darajada.
Karbamid (1-3 mm li fraksiya), ammoniy sul’fati, ammiakli selitra o’g’itlari
tegishlicha 1-P,II, III,II,IV ballga ega.
Kaliy
sul’fati,
kalimagneziya,
kaliy
xlorid
elektrolitik
deyarli
mushtlashmaydi.
Yirik kristalli va donador o’g’itlar ishlab chiqarish, germetik idishlar va
qoplarda tashish va saqlash o’g’itlarning yopishib qotib qolish oldini olish imkonini
beradi.
Sochiluvchanlik - avvalom bor donador tarkibga, to’kiluvchanlikka, donalar
mustahkamligiga bog’liq. O’g’itlar sochiluvchanligining sifat jihatidan baholanishi
12 ballik tizim bo’yicha olib boriladi. Sochiluvchanlik qancha yaxshi bo’lsa, ball
shuncha yuqori bo’ladi. Dalada o’g’itlarining bir tekis taqsimlanishi o’g’itning
sochiluvchanligiga va o’g’itlovchi mexanizmning tuzilishiga ham bog’liq.
Granulometrik tarkib – elakdan mexanik usulda o’tkazish orqali aniqlanadi.
Turli fraksiyalarning foizdagi miqdori o’g’it sochiluvchanligi va mushtlashib
qolishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agar o’g’itlash mexanizmlariga bir xil
granulometrik tarkibli o’g’it solinsa, dalada uning bir tekis sochiluvchanligiga
erishishimiz mumkin.
Donalarning mustahkamligi - zarralar shakli o’lchami, namligiga bog’liq.
Saqlash, tashish va qo’llash mobaynida granulometrik tarkibning saqlanib qolinishi
o’g’itlarning fizikaviy xossalarini belgilaydi. Donalarning mustahkamligi ezilganda
mexanik mustahkamlik (1kgs-sm ) va yemirilish (%) bilan o’lchanadi.
Azot sitoplazmaning va hujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan
oqsillar, nuklein kislotalar (PHK- ribonuklein, DNK- dezoqsiribonuklein), xlorofill,
fermentlar, fosfatidlar, fosfalipidlar ko’pchilik vitaminlar va o’simlikda moddalar
almashinish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan boshqa organik
birikmalar tarkibiga kiradi.
D.N.Pryanishnikov azotning o’simliklar hayotidagi vazifasini ilmiy jihatdan
o’rganib, "Azotsiz oqsil modda paydo bo’lmaydi, oqsil moddalarsiz protoplazma
vujudga kelmaydi, demak hayot ham bo’lmaydi" degan edi.
O’simliklarning oziqlanishi uchun nitrat kislota va ammoniy tuzlari azotning
asosiy manbai hisoblanadi. O’simliklar tuproq eritmasida va almashinib singdirilgan
holatda bo’lgan NO3 anioni va NH4 kationlarni o’zlashtiradilar.
O’simlikka o’tgan azotning mineral shakllari murakkab o’zgarishlar sikliga
uchraydi va nihoyat organik azotli birikmalar - aminokislotalar, amidlar va oqsillar
tarkibiga kiradi.
Nitratlar o’simlikda bosqichma bosqich bir nechta fermentlar ta’sirida
ammiakgacha qaytariladi.
HNO3 ---- HNO2---- (HNO)2------ NH2ON-----------
NH3
Nitrat nitrit
giponitrit
gidroqsilamin
ammiak
Tarkibida molibden, mis, temir va marganes mikroelementlari bo’lgan
nitratreduktaza, giponitritreduktaza, gidroqsilamin reduktaza fermentlari ishtirokida
quyidagi reaksiyalar ro’y beradi.
Nitratlar o’simliklar uchun zaharsiz va ular to’qimalarda ko’p miqdorda
to’planishi mumkin. Bu holat fotosintez jarayoni sust, o’simlik tarkibida uglevod va
fermentlar kamligi tufayli nitratlarni ammiakkacha tiklanishi hamda aminokislotalar
va oqsillar oz hosil bo’lishi natijasida uchraydi. O’simlik tarkibida, ayniqsa
mahsulot tarkibida (sabzavot, lavlagi, poliz, yem-xashak) nitratlarni ko’p miqdorda
to’planishi inson va qishloq xo’jalik hayvonlari uchun zaharli.
Shuning uchun mahsulotlar tarkibida nitratlarni miqdori cheklangan. (Halqaro
sog’liqni saqlash jamiyati tomonidan). Shuni inobatga olish kerakki, o’simlik
tarkibida organik moddalar hosil bo’lishi uchun sarflanmagan ammiak miqdorini
oshishi o’simlik uchun, ayniqsa yosh nihollar uchun o’ta zararli va xavfli. (O’simlik
so’lishi, qurishi). Shuning uchun ayniqsa, vegetasiyaning boshlaig’ich fazalarida
katta miqdorda ammoniyli tuzlar berish mumkin emas).
O’simlikka tuproqdan o’tgan va nitratlarning qaytarilishi natijasida hosil
bo’lgan ammiak azoti birinchi navbatda organik ketokislotalarga (oqsalat- sirka,
ketoglutar) va fumar kislotalarga birikib birlamchi aminokislotalarni - asparagin va
glutamin kislotalarni hosil qiladi.
Oqsil tarkibiga kiruvchi boshqa barcha aminokislotalar (20 dan ortiq)
asparagin va glutamin kislotalarning va ularni amidlari bo’lgan asparagin bilan
glutaminning qayta aminla-nishidan sintezlanadi.
O’simliklarning azot almashinishida amidlar - asparagin va glutamin katta
ahamiyatga ega, ular asparagin va glutamin kislotalarga yana bitta ammiak
molekulasining birikishidan hosil bo’ladi.
D.N.Pryanishnikovning klassik tekshirishlari ko’rsatishicha, amidlar hosil
bo’lishi natijasida o’simliklarda ortiqcha ammiakli oziqlanishdan va uglevodlarni
yetishmasligidan to’planadigan ammiakning zararli ta’siri yo’qoladi.
O’simlikda aminokislotalar va oqsillar sintezi bilan bir vaqtni o’zida ularni
parchalanish jarayoni ham o’tadi. Parchalanish jarayonida ammiak ajraladi.
Oqsillarni gidrolizlanishi proteaza fermentlari yordamida o’tadi. Yosh o’simliklar,
novdalar, barglar o’sishi, nuqtalarda oqsil hosil jarayoni ko’proq o’tsa, kari
organlarda gidroliz parchalanish jarayoni ko’proq.
Shuningdek, o’simlikda o’tadigan murakkab oqsillar va boshqa azotli organik
moddalar sintezi ammiakdan boshlanadi, ularning parchalanishi ammiak bilan
tugaydi.
D.N.Pryanishnikov aytganlar: "ammiak azot moddalarning o’simlik tarkibida
almashinishida alfa va omega hisoblanadi"
O’simliklarning azotga talabi o’simlik biologiq o’sish va rivojlanish davri,
tuproq tarkibida o’simlikka layoqatli azot moddalarning miqdoriga bog’liq. Azotli
o’g’itlarga talabini bir nechta yo’l bilan aniqlash mumkin.
1. O’simlik tarkibidagi azot miqdori
2. O’simlik shirasini tarkibidagi azot miqdori (konsentrasiyasi)
3. O’simlikning tashqi ko’rinishi
4. Tuproq tarkibidagi NH3 va NO2 azotning miqdori.
O’simlik tarkibidagi azot miqdori o’zgaruvchan bo’lib, o’simlik turi,
o’simlikning organi, vegetasiya davri, iqlim va tuproq sharoitiga qarab o’zgaradi,
ammo ilmiy ishlar va ko’p izlanishlar natijasida har bir o’simlik tarkibida, uning
organlari va vegetasiya davriga qarab optimal miqdorlar ma’lum.
Shu miqdordan oz bo’lsa, o’simlikka azotli o’g’itlar berish shart. O’simliklar
diagnostikasi (amaliy darsda o’tiladi) yordamida o’simlik shirasini tarkibida azot
miqdoriga qarab o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlash mumkin.
O’simlikning tashqi ko’rinishi (slaydlarga qarab tushuntirish) rangi oqarishi
yoki sarg’ayishi, barglar so’lishi, och tusli yashil rang paydo bo’lishi, o’suv
nuqtalarining so’lishi, poyasini ingichkaligi, tuplar, shoxlar sonini kamayishi,
barglar soni va sathi kamayishi, tugunlar orasi qisqarishi, gullar soni kamayishi, gul
va hosil to’qilishi, (har bir o’simlik uchun ko’rsatgichlar alohida).
Azot ko’p miqdorda berilganda ham tashqi ko’rinishi o’zgaradi (to’q yashil
rang barglarning chetlari kuyishi va xoqazo).
Tuproq tarkibida azot miqdorini aniqlash NH4 reaktivi yordamida yoki NO3
Grandval usulida aniqlanadi. Har bir o’simlik uchun tuproqda har xil miqdor optimal
hisoblanadi.
O’simliklarni turiga qarab tuproq tarkibidagi NH4 va NO3 shakldagi azotga
talabchanlik va o’zlashtirish qobiliyati ko’p faktorlarga bog’liq: tuproq eritmasining
reaksiyasi, boshqa kationlar miqdori va nisbati, ionlar va kul elementlarning
miqdori, kalsiy ionining konsentrasiyasi, magniy, ammoniy va nitratlar miqdori,
hamda o’simlik tarkibidagi uglevodlar miqdori. Neytral reaksiya sharoitida
ammoniy yaxshi o’zlashtiriladi, nordon sharoitda - nitratlar. Ammoniyli
oziqlanishni tezlashtiradigan ionlar Ca, Mg va K nitrat ionni o’zlashtirishda
molibden va fosfatlar yordam beradi.
Uglevodlar yetishmaydigan sharoitda, harorat pastligida, fotosintez jarayonini
aniqligi pasayganda ammoniyni o’zlashtirishi ham kamayadi.
Azotli o’g’itlarni tanlash, normasini aniqlash, berish muddatlarini va
usullarini to’g’ri tanlash uchun azotli moddalarning tabiatda aylanishi va tuproqda
o’zgarishini bilish zarur.
Tuproq tarkibidagi azotning umumiy zahirasi va o’simlik o’zlashtiradigan
azotli birikmalar miqdori doimiy ravishda o’zgarib turadi. O’zgarishning sabablari:
1. O’simlik o’zlashtirishi
2. Tuproq tarkibidagi har xil mikrobiologik jarayonlar ta’sirida azotning
molekuyar azotga va ammiak holida havoga uchib ketishi
3. Sug’orish natijasida pastki qatlamlarga va sizot suvlariga yuvilib ketishi
4. Eroziya natijasida yuvilishi
5. Biologik va kimyoviy jarayonlar natijasida mineral azotning gumin
moddalar tarkibiga o’tishi
6. Ammoniyli qaytarmas singdirilishi.
Tuproq tarkibida umumiy va harakatchan azotning ko’payishi ham har xil
jarayonlar ta’sirida o’tadi.
1. Atmosferadan qo’shilishi
2. O’simliklar qoldiqlari va mahalliy o’g’itlar bilan tuproqda ko’payishi
3. Simbiotik va erkin azotofiksasiya ta’sirida ko’payishi
4. Tuproqdagi organik moddalar tarkibidagi azotning mineral holatiga o’tishi.
Ma’lumki har xil tuproqlarda umumiy azot miqdori 0,05 - 0,5 % tashkil etadi,
bo’z tuproqlarda esa 0,05-0,15 % va umumiy miqdori tuproqning haydov qatlamida
1,5- 15 t.ga. Bo’z tuproqlar zonasida bu ko’rsatkich 3-6 t.ga tashkil etadi. Umumiy
azotning 94-95 %, organik birikmalar tarkibida, 3-5% almashinuvchan singdirilgan
ammoniy holatida va 1% ga yaqini o’simlik o’zlashtira oladigan ammoniy va nitrat
shaklida bo’ladi. O’simlikni azot bilan ta’minlanishi tuproqda o’tadigan
mikrobiologik jarayonlarning tezligiga (aktivligiga) bog’liq. Tuproq tarkibidagi
organik moddalar parchalanishi ammonifikasiya deyiladi.
Bu jarayon o’tishida bakteriyalar, aktinomisetlar va zamburug’lar
qatnashadilar. Mikroorganizmlar ajratadigan proteolitik fermentlar ta’sirida oqsillar
aminokislota-largacha gidrolizlanadi, aminokislotalar esa dezaminoza fermenti
ta’sirida NH3, CO2, H2O, H2,CH4 larga parchalanadilar.
Ajralib chiqqan ammiak tuproqdagi karbonat kislota bilan qo’shilib ammoniy
karbonat hosil qiladi, keyinchalik ammoniy tuproq zarrachalarida singdiriladi (TSK)
Ammonifikasiya turli tuproqlarda aerob va anaerob sharoitda o’tadi, lekin
kuchli ishqorli va kislotali sharoitda jarayon sustlik bilan o’tadi.
Ammonifikasiya jarayoni natijasida ajralib chiqkan ammiak va o’g’itlar
tarkibidan tuproqqa tushgan ammiak nitrifikasiyaga uchraydi. Bu jarayon ikki
bosqichda boradi:
Tuproq namligi dala nam sig’imiga nisbatan 60-70% hamda tuproq harorati
25-320 C va pH 6,2-8,2 atrofida bo’lsa, bu jarayon juda tez o’tadi. (bo’z tuproqlarda
sug’orish, ishlov berish natijasida nitrifikasiya jarayoni tezlashadi).
Ayrim tuproqlarda 1 kg tuproq hisobida bir yil davomida 100 mg.kg nitrat kislotasi
hosil bo’lishi mumkin. (300 kg/ ga).
Nitratlar denitrifikasiya jarayoni natijasida gazsimon azot birikmalari – NO2,
H2O va molekulyar (N2) azotgacha qaytariladi. Denitrifikasiya anaerob sharoitda,
ayniqsa ishqoriy muhitda tez o’tadi.
Bu jarayon natijasida 10-15% azot atmosferaga uchib ketishi mumkin.
Biologik denitrifikasiyadan tashqari tuproqda, ayniqsa ildiz atrofida
xemodenitrifikasiya o’tishi kuzatiladi.
(To’xtatish
yo’llari:
ishlov
berish,
to’g’ri
sug’orish,
nitrifikasiya
ingibitorlarini qo’llash).
Sug’orish natijasida tuproqning yuvilish va eroziyaga uchrashi hisobiga ham
15-20% azot, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida yo’qotiladi.
Azotning organik moddalar tarkibiga 5-15% va singdirilish 3-5% tashkil
etadi. Shuningdek tuproqdagi mineral azot va o’g’it tarkibidagi azotning 30-50%
o’zlashtiriladi. Birinchi yili qolgan qismi yukotiladi.
Tuproqka azotning kuyilishi atmosferada 1 ga 5-15 kg.ga bir yilda.
O’simliklar tarkibida 30-100 kg.ga, Simbio fiksasiya 100-300 kg.ga erkin
azotofiksasiya 60-50 kg.ga va organik moddalar tarkibidan mineralizasiya natijasida
10-50 kg.ga qo’shilishi mumkin.
62-jadval
Ammiakatlar tavsifi (D.A.Korenkov ma’lumotlari)
Ammiakatlar
Tarkibidagi
azot miqdori,
%
Tarkibi, %
Ca(NO3)2 CO(NH2)2 NH4NO3
H2O
NH3
Kalsiyli
va
ammiakli selitra.
30,5 –31,6
25-28
-
27-30
22-30
18-20
Ammiakli selitra
34-37,5
-
-
64-67
16-22
14-17
Karbamid
Karbamid
va
ammiakli sel.
37,5-41,0
-
-
53-56
18-24
23-26
Karbamid
va
ammiakli sel.
1.
Ugleammiakatlar - ammoniy karbonat (NH4)2 CO3 ammoniy
bikarbonat NH4HCO3 va karbamid CO(NH2)2 ning suvdagi eritmalari bo’lib,
tarkibida 18-35% azot saqlaydi, 12% karbonat angidrid (CO2) gazi va shuningdek
4-7% erkin ammiak bo’ladi. Past haroratda kristallanadi. Ugleammiakatlar yilning
issiq davrlarida qo’llaniladi. Ugleammiakatlar albatta tuproqning 10-16 sm
chuqurligida solinib ko’milib ketilishi shart. Ugleammiakatlar asosiy o’g’itlashda
ekishdan oldin va oziqlantirishda qo’llaniladi. Qator orasi ishlanadigan ekinlarda
ham qo’llash mumkin. Bunda o’simliklarni kuydirmasligi uchun o’g’it qatorni
o’rtasiga yoki o’simliklardan kamida 10-12 sm uzoqlikda ko’milib ketiladi.
Suyuq azotli o’g’itlar bilan ishlashga faqatgina tibbiy ko’rikdan o’tgan va maxsus
instruksiya (ko’rsatma) asosida ta’lim olgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Suyuq azotli o’g’itlar bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish
shart.
Qattiq ammoniyli o’g’itlar.
Ammoniy sulfat - (NH4)2SO4. Oq yoki och kul rangli kristall tuz
bo’lib,tarkibida 20,8-21,0 % azot saqlaydi. Suvda yaxshi eriydi. Gigroskopikligi va
qotib qolishi kuchsiz. O’g’it namligi 2% dan oshmaganda yaxshi sochiluvchanlikka
ega bo’ladi.Tuproqqa solingach uni kislotaliligini oshiradi. Sintetik ammiakka sulfat
kislota ta’sir ettirib olinadi:
2NH3 + H2SO4=(NH4)2SO4
Ammoniy sulfat ishlab chiqarishda sulfat kislota o’rniga maydalangan gipsni
ammiakli suvga qo’shib chayqatib va ushbu suspenziyadan karbonat angidridni
o’tkazish orqali aralashtiriladi:
Ammoniy sulfat eritmasi kristallanguncha sovitiladi va sentrafugalash yo’li
bilan ajratiladi.
Ammoniy sulfat tuproqda almashinuvchan singdiriladi.
Singdirilgan ammoniy kam harakatchan bo’lib, yuvilmaydi,shuning bilan
birga o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.
Ammoniy sulfat azotli o’g’itlarning qulay shakli bo’lib, barcha usullarda va
muddatlarda qo’llanilishi mumkin.
Ayniqsa subtropik ekinlar,sholi, g’o’za va kartoshkada ammoniy sulfatni
qo’llash yuqori samara beradi.
Ammoniy sulfati tarkibida azotdan tashqari 24% oltingugurt bo’lib,o’z
navbatida bu ham o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi.
Ammoniy-natriy sulfati - (NH4)2SO4 + Na2SO4 tarkibida 17% azot bo’lib,
suvda yaxshi eriydi, gigroskipikligi va qotib qolishi juda ham kam darajada.
Fiziologik kislotali o’g’it, sochiluvchanligi yaxshi,tarkibida azotdan tashqari 8%
natriy bo’ladi. Kaprolaktan ishlab chiqarishdagi chiqindi mahsulot bo’lgan sulfatli
eritmalarni qayta ishlash yo’li bilan olinadi.
Asoslar bilan to’yingan tuproqlarda qo’llaganda yuqori samara beradi.
Tuproqdagi o’zgarishi ammoniy sulfatga o’xshash bo’ladi.
Ammoniy xlorid - NH4CI oq yoki sarg’ish rangli kristalsimon kukun
ko’rinishida bo’lib, tarkibidagi azot 24-25% ni tashkil qiladi. Sochiluvchanligi
qoniqarli. Soda ishlab chiqarishida qo’shimcha mahsulot sifatida olinadi.
Fiziologik jihatdan kislotali o’g’it. Bundan tashqari o’g’it tarkibida 66,6%
xlor bo’ladi, shuning uchun ammoniy xloridni xlorga sezgir ekinlar kartoshka,
tamaki va tokzorlarda qo’llash tavsiya etilmaydi. Shuningdek xloridli sho’rlanish
xavfi bo’lgan tuproqlarda qo’llanilmaydi.
Ammoniy xlorid tuproq eritmasida erib,TSK dagi kationlar bilan o’rin
almashadi:
NH4 (TSK)Ca + 2NH4Cl = (TSK)NH4 + CaCl2
TSK da singdirilgan ammoniy kationini sug’oriladigan sharoitda yuvilish
xavfi kamayadi va o’simliklarni oziqlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Neytral va
kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan tuproqlarda qo’llash mumkin, bunda xlor
yuviladi, ammoniy esa TSK da singdiriladi.
Ammoniy karbonat va ammoniy bikarbonat – ammoniy karbonat ammiakli
suvni kislota bilan to’yintirish orqali olinadi. Juda ham kam miqdorda ishlab
chiqariladi.
Ammoniy karbonat (NH4)2CO3, beqaror birikma bo’lib, ochiq havoda
parchalanadi va ammiak ajralib chiqadi, hamda ammoniy bikarbonati hosil
bo’ladi, uning tarkibida 21-24% azot bo’ladi.
Ammoniy bikarbonat (NH4HCO3) tarkibida 17 % azot bo’lib ancha barqaror
birikmadir, lekin ammiakni yo’qolishi ehtimoli mavjud. Ushbu o’g’itlarni saqlash
va qo’llashda o’ziga xos sharoitlar talab qilinadi, aks holda ammiak yo’qotilishi
mumkin. Bo’larga o’g’itni yopiq idishlarda saqlash, tuproqqa ko’mib ketish va
boshqalar. Markaziy Osiyoda deyarli qo’llanilmaydi.
Ammiakli-nitratli o’g’itlar
Tarkibida ammiak va nitrat shaklidagi azot saqlovchi o’g’itlar.
Ammiakli selitra – NH4NO3 (ammoniyli nitrat,ammmoniyli selitra)
Kristallari, qobiklari yoki granulalari oq yoki och sarg’ish rangli bo’lib, tarkibidagi
azot 33,6-34,8% ni tashkil etadi.Ushbu azotning yarmi harakatchan va oson
o’zlashtiriladigan nitrat shaklida, yarmi esa uzoqroq muddat ta’sir etadigan
ammoniy shaklida bo’ladi. Suvda oson eriydi, kuchli gigroskipiklik xususiyatiga ega
bo’lib, qotib qoladi, sochiluvchanligi qoniqarli darajada. 50-60% li nitrat kislotasini
gazsimon shakldagi ammiak bilan neytrallash orqali olinadi:
HNO3 + NH3 (gaz) = NH4NO3 + 35600 kal.
O’g’itni qotib qolishini oldini olish uchun unga 2-3% miqdorida mayin
ezilgan, kam gigroskopiklik xususiyatiga ega bo’lgan moddalar (fosforit yoki suyak
uni, gips, kaolinit va boshq.) qo’shiladi.
Ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’it bo’lib,uni kislotaliligi ammoniy
xlorid
va
ammoniy
sulfatga
nisbatan
ancha
kuchsizdir.
TSKdakalsiyyetishmaganhollardatuproqkislotaliginioshiradi:
Ca
NH4
(TSK)Ca + 2NH4NO3 = (TSK)NH4 + Ca(NO3)2
Ca
H
NH4
(TSK)Ca + 3NH4NO3 = (TSK)NH4 + HNO3 + Ca(NO3)2
NH4
Ushbu kislotalik vaqtinchalik bo’lib, nitratli azot o’simliklar tomonidan
o’zlashtirilishi bilan tuproq reaksiyasi o’z o’rniga tushadi.
Ammiakli selitra universal azotli o’g’it bo’lib hisoblanadi. Uni barcha
tuproqlarda va hamma qishloq xo’jalik ekinlarida asosiy o’g’itlashda, ekishdan oldin
ekish bilan birgalikda va oziqlantirishda qo’llash mumkin. Sug’oriladigan
dehqonchilikda qo’llaniladigan o’g’itlardan biridir.
Ohakli-ammiakli selitra - NH4NO3 + CaCO3. Ammiakli selitra va ohak
qotishmasi. Tarkibida 20-26% azot bo’ladi. Suvda faqat NH4NO3 eriydi. CaCO3 esa
erimaydi. Juda ham kuchli gigroskopiklik xususiyatiga ega. Qotib qolishi kuchsiz.
Sochiluvchanligi qoniqarli (o’rtacha). Ammiakli selitra mayin ezilgan ohakni
qo’shish orqali olinadi. O’g’it neytral reaksiyaga ega bo’lib, G’arbiy Yevropaning
mamlakatlari kislotali muhit reaksiyasiga ega bo’lgan tuproqlarida keng doirada
qo’llaniladi.
Ammoniy nitrat - sulfati - (NH4)SO4 x 2NH4NO3 (sulfonitrat). Tarkibidagi
azot miqdori 25,5-26,5% ni tashkil etadi. NH4NO3 va (NH4)2 SO4 tuzlarini
qotishmasidan hosil bo’ladi. Ushbu qotishmada 65% (NH4)2 SO4 va 35% NH4NO3
qo’shiladi. Ushbu o’g’it suvda yaxshi eriydi, fiziologik kislotali. Uni barcha
tuproqlarda va hamma ekinlarda asosiy o’g’itlashda va oziqlantirishda qo’llash
mumkin.
Amidli o’g’itlar
Amidli o’g’itlar tarkibida azot amid NH2 shaklida bo’ladi. Tuproqda amidlar
ammiak va nitratlarga o’zgaradi. Bunday o’g’itlarga karbamid (mochevina), MFU
(mochevina formaldegid o’g’iti), mochevina asetat, krotoniliden-di mochevina,
izobutilen-di mochevina, oqsamid kiradi.
Karbamid - CO(NH2)2 - (mochevina karbonat kislotasi diamidi).
Tarkibidagi azot 46,3%. Suvda yaxshi eruvchan, kuchli gigroskopik bo’lib,
qotib qolish xususiyatiga ega. Germetik idishlardagina qotib qolmaydi.
Quruq
holatdagi
sochiluvchanligi
yaxshi.
Biroz
nam
bo’lganida
sochiluvchanligi yomonlashadi. Donador va kichik oq yoki sarg’ish kristall
holatlarda ishlab chiqariladi. Qotib qolishini oldini olish uchun donalarining sirti oz
miqdorda (vazniga nisbatan 0,05%) hayvon yog’i bilan qoplanadi. Karbonat
angidrid gazini ammiak bilan yuqori bosim va yuqori haroratda ta’sir ettirish yo’li
bilan olinadi. Bunda harorat 185-200 0C bosim esa 180-200 atmosfera bo’lishi talab
etiladi.
2NH3 + CO2 = CO(NH2)2 + H2O
Karbamid tarkibida zaharli bo’lgan biuret moddasi bo’ladi. Agarda uning
miqdori ko’p bo’lsa o’simliklarni ham zaharlashi mumkin. Biuret yuqori haroratda
o’g’itni donadorlashtirish jarayonida hosil bo’ladi. Mochevina tarkibidagi biuret
miqdori 1% dan oshmasligi lozim.
Tuproqda ureaza fermenti ta’sirida mochevina ammonifikasiyaga uchraydi,
bunda ammoniy karbonat hosil bo’ladi. Ammoniy karbonat gidrolitik ishqoriy tuz
bo’lib, muhitni vaqtinchalik ishqoriylashtiriladi. Ammoniyning bir qismini
o’simliklar o’zlashtiradi, bir qismi esa TSK da singdiriladi:
CO (NH2)2 + 2H2O = (NH4)2CO3
(TSK)Ca+ (NH4)2CO3 = (TSK)2NH4+ + CaCO3
Singdirilganammoniyo’simliklarnioziqlanishiuchunmaqbo’lsharoityaratadi.
Keyinchalik
ammoniy
asta-sekin
nitrifikasiyaga
uchraydi,
bunda
uning
nitrifikasiyasi (NH4)2SO4 va xususan NH4Cl ga nisbatan ancha tez kechadi.
Nitrifikasiya jarayoni natijasida tuproq eritmasi muhiti biroz kislotalashadi.
Karbamid - azotli o’g’itlar ichida eng keng tarqalgani va yaxshisi bo’lib,
samaradorligi jihatidan ammiakli selitra kabidir. Uni barcha tuproqlarda va hamma
qishloq xo’jaligi ekinlarida asosiy o’g’itlashda hamda oziqlantirishda qo’llash
mumkin. Mochevina ekinlar hosildroligida ammiakli selitra kabi samara beradi,
sug’oriladigan dehqonchilikda esa uning samaradorligi ammiakli selitraga nisbatan
ancha yuqoridir. Mochevina turli ekinlarda qo’llaniladi. Shuningdek ildizdan
tashqari oziqlantirish uchun donli, sabzavot ekinlari va mevali bog’larga qo’llash
tavsiya etiladi. Mochevinani tuproq yuzasiga sepish tavsiya etilmaydi, chunki bunda
ammiak uchib ketib, azotning foydasiz yo’qolishi kuzatiladi. Bu holat ayniqsa
karbonatli va ishqoriy tuproqlarda kuchli kechadi.
MFU - mochevina formaldegidli o’g’it. Oq rangli amorf, gigroskopik
bo’lmagan kukun. Mochevinaning konsentrlangan ekvimolyar eritmasi va
formaldegid CH2O ni kondensasiyalab olinadi. Kondensat filtrlanib, qo’g’itiladi va
maydalanadi.
MFU - sekin ta’sir etuvchi o’g’it. Tarkibidagi azot 33-42 % ni tashkil etadi,
shundan 3-10% suvda eruvchan shaklda, qolgani esa suvda erimaydigan holatda
bo’ladi.
Tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar tufayli ushbu o’g’it azoti
o’simliklar oziqlanishi uchun kerak bo’ladigan shaklga o’tadi. Sug’oriladigan yerlar
uchun istiqbolli o’g’it bo’lib hisoblanadi.
Mochevina - asetaldegid o’g’iti - o’z xususiyatlariga ko’ra MFU ga o’xshash,
istiqbolli o’g’it.Tarkibidagi azot 36-38 % ni tashkil etadi.
Krotoniliden – di mochevina - (KDM) - sekin ta’sir etuvchi istiqbolli azotli
o’g’it. Donador holatda ishlab chiqariladi, tarkibidagi azot 28% ni tashkil qiladi.
Ushbu o’g’it tez minerallashadi (MFU ga nisbatan), tarkibidagi azot esa mochevina
va ammiakli selitraga nisbatan o’simliklar tomonidan sekin o’zlashtiriladi.
Izobutilen - diomochevina - (IBDM). Ancha yaxshi fizik xossalarga ega
bo’lgan o’g’it bo’lib suvda sekin eriydi. Tarkibida 31% azot saqlaydi.
Ular uchun, shuningdek sug’oriladigan sharoitda sizot suvlari yaqin joylar uchun
istiqbolli o’g’itdir.
Oqsamid – oqsalat kislotasining diamidi, tarkibidagi azot 31,8%, uzoq muddat
ta’sir etadi. Buni barcha qishloq xo’jalik ekinlarida qo’llash mumkin. Oq rangli
granula (donador) shaklida ishlab chiqariladi, suvda deyarli erimaydi.
Barcha sekin ta’sir etuvchi azotli o’g’itlar donador shaklda va donalar sirti
polimer plyonka bilan qoplangan hollarda yuqori samara beradi.
Nazorat savollari
1. O’g’itlar kelib chiqishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
2. Azot elementining o’simlik o’sishi va rivojlanishida ahamiyati
3. O’simlik qanday shaklda azot elementini o’zlashtiradi
4. Ammoniyli o’g’itlar