OG‘IZ BO‘SHLIG‘I – DAHLIZI VA XUSUSIY OG‘IZ BO‘SHLIG‘I: RIVOJLANISHI, FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI. LAB VA LUNJ TUZILISHI. MILKLAR – TUZILISHI, QISMLARI, MIKL CHO‘NTAGI HOSIL BO‘LISHI
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
544,2 KB
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I – DAHLIZI VA XUSUSIY OG‘IZ BO‘SHLIG‘I:
RIVOJLANISHI, FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI. LAB VA
LUNJ TUZILISHI. MILKLAR – TUZILISHI, QISMLARI, MIKL
CHO‘NTAGI HOSIL BO‘LISHI.
Og‘iz tubining anatomiyasi: qavatlari, mushaklar, kletchatka bo‘shliqlari.
Til: tuzilishi, mushaklari va so‘rg‘ichlari. Qattiq va yumshoq tanglay.
Yumshoq tanglay mushaklari. Protez o‘rni to‘g‘risida tushuncha. Katta va
kichik so‘lak bezlari, ularning funksional va klinik anatomiyasi
Og`iz bo`shlig`ining taraqqiyoti.
Embrionning kalla qismida ektoderma qavatidan bo`lajak og`iz bo`shlig`i
hosil bo`ladigan sohada chuqurcha hosil bo`ladi. Bu chuqurcha embrionning
entoderma qavatidan taraqqiy etadigan xalqum bilan qo`shiladi. Og`iz
bo`shlig`ining atrofi o`rta burun kurtaklari, yuqori jag` kurtaklari va pastki jag`
kurtaklari bilan o`ralgan bo`ladi. YUqori lab va yuqori jag` hamda tanglayning
hosil bo`lishi uchun o`rta burun kurtaklarini yuqori jag` kurtaklari bilan qo`shilish
kerak. O`rta burun kurtaklari yuqori jag` kurtaklari bilan qo`shilmasa yuqori labda,
yuqori jag`da, tanglayda yon tirqishlar holida anomaliyalar uchraydi. Bunday
anomaliya holatlari bir tomonlama - unilateral yoki ikki tarafda - bilateral tirqishlar
holida uchraydi.
O`rta burun kurtaklarining o`zaro qo`shilmasligidan yuqori lab sohasida,
yuqori jag`da, tanglayda o`rta tirqish holidagi anomaliyalar uchraydi. Pastki lab,
pastki jag` suyaklari pastki jag` kurtaklarining o`zaro qo`shilishidan hosil bo`ladi.
Pastki jag` kurtaklarining o`zaro qo`shilmasligi pastki labda, pastki jag`da
uchraydigan o`rta tirqish anomaliyasini keltirib chiqaradi.
YUqori jag` kurtaklari va pastki jag` kurtaklari o`zaro og`iz teshigining
burchagi sohasida qo`shiladi. Bu kurtaklar qo`shilishining anomaliya holatida:
katta og`iz tirqishi - macrostoma yoki kichik og`iz tirqishi - microstoma holatlari
hosil bo`ladi.
Og`iz bo`shlig`i tashqi embrion parda - ektodermadan hosil bo`lgan ko`p
qavatli epiteliy bilan qoplangan bo`ladi. Bu yassi epiteliydan tishlarning emal
qavati rivojlanadi. Epiteliyning ostidagi mezenxima to`qimasidan esa dentin,
pulpa, tsement va tish ildizini o`rab turgan periodont moddalari rivojlanadi.
Doimiy tishlar hosil bo`ladigan moddalar ham, sut tishlari singari ektoderma
va mezenximadan rivojlanadi. Sut va doimiy tishlar uchun emal kurtagi umumiy
bo`ladi. Kurtakning orasiga mezenxima moddasining o`sib kirishi natijasida emal
kurtagi ikkiga ajraladi va doimiy tishlarning kurtagi chuqurlashadi. Natijada yuqori
va pastki jag`larda 10 tadan sut va doimiy tish kurtaklari hosil bo`ladi. Embrion
taraqqiyotining 5 oyida oxirgi sut tishlarining orqasida 1-chi doimiy katta oziq
tishlarning kurtagi hosil bo`ladi. Tug`ilgandan so`ng, jag` suyaklarining o`sishi
natijasida 6-7 oyda 2-nchi doimiy katta oziq tishining kurtagi hosil bo`ladi. 3-chi
doimiy katta oziq tishlarining kurtaklari 4-5 yoshdagi bolalarda hosil bo`lishi
mumkin.
Doimiy tish tanasi bilan sut tishining ildizlari orasida suyakdan hosil
bo`lgan to`siq bo`ladi. Doimiy tishlarning o`sishi ko`p yadroli hujayralar -
osteklastlarning suyakni yemirishi bilan bog`liq bo`ladi. Sut tishlari ildizlari
atrofida esa tsementoklast hujayralari paydo bo`lib, ular sut tish ildizlarini yemira
boshlaydi. Natijada doimiy tishlar chiqayotganida, sut tishlarning toj qismi -
koronkasi qoladi holos.
Hazm a’zolarining ko`p qismi ichki embrional parda - entodermadan rivojlanadi.
Og`iz bo`shlig`i
Og`iz bo`shlig`i tashqi muhit bilan og`iz tirqishi rima oris vositasida aloqa
qiladi
Og`iz bo`shlig`i - cavitas oris (grekcha stoma - og`iz) - ikki qismdan tashkil
topgan: og`iz daxlizi - vestibulum oris, hamda og`izning xususiy bo`shlig`i -
cavitas oris propria. Bu ikki bo`lim orasidagi chegara - yuqorigi va pastki tish
qatorlaridan tashkil topadi. Og`iz daxlizining oldingi devorini lablar - labia oris
tashkil etib, yuqori va pastki lablarning og`iz tirqishi burchagidagi birlashuvi
natijasida commissurae labiorum hosil bo`ladi.
Lablar – og`iz xalqasimon mushak tolalaridan hosil bo`lib, tashqi yuzasi teri,
ichki yuzasi esa shilliq qavat bilan qoplangan.
Og`iz daxlizining orqa devori tishlar va milklardan (gingiva) hosil bo`ladi.
YUqori lablar ichki tarafda milk bilan - yuqori lab yuganchasi - frenulum labii
superioris - vositasida birlashadi; pastki lab esa ichki tarafda milk bilan va pastki
lab yuganchasi - frenulum labii inferiores vositasida birlashadi. Og`iz daxlizinin
tashqi yon devorlarini lunj - buccae tashkil etadi.
Lunj–buccae- lunj mushagi m. buccinator tashqi tarafdan teri va ichki
tarafdan shilliq qavat bilan qoplanagn.
Og`izning xususiy bo`shlig`i cavitas oris propria ning yuqori devorini qattiq
va yumshoq tanglay hosil etadi. Bu bo`shliqning tubi esa og`iz diafragmasi
diaphragma oris deb atalib til bilan to`lib turadi. Til ostida - til yuganchasi -
frenulum linguae bo`lib, uning ikki tarafida til osti so`rg`ichlari caruncula
sublingualis joylashadi. Bu so`rg`ich yuzasiga jag` osti va til osti so`lak
bezlarining naylari ochiladi.
Diophragma oris- juft m. mylo hyoideus lardan hosil bo`ladi va til
joylashadi.
Tanglay
Tanglay - palatum, ikki qismdan tashkil topgan bo`lib, oldingi sohada
qattiq tanglay - palatum osseum seu palatum durum; va orqa sohada yumshoq
tanglay - palatum molle bo`ladi.
Qattiq tanglay yuqori jag` suyagining tanglay o`simtasi hamda tanglay
suyagining gorizontal qismi hisobiga hosil bo`ladi. Qattiq tanglayning o`rta
qismida tanglay choki - raphe palatinae va oldingi sohada esa ko`ndalang
burmalar - plicae palatinae transversa bo`ladi.
YUmshoq tanglay - palatum molle - orqa sohada erkin holda, chodir singari
osilib turadi va velum palatinum deyiladi. YUmshoq tanglay chodirining ikki yon
tarafida yoylar bo`lib, tanglaydan til ildiziga arcus palatoglossus hamda
tanglaydan xalqum devoriga - arcus palatopharyngeus - yo`naladi. Bu yoylar
orasidagi bo`shliqda tanglay murtagi - tonsilla palatina joylashadi.
YUmshoq tanglayning asosi serbar qo`shuvchi to`qimadan – aponeurosis
palatina va mushaklardan tashkil topgan.
YUmshoq tanglayni hosil etishda ko`ndalang - targ`il mushaklar qatnashadi:
1. M. palatopharyngeus - tanglay - xalqum mushagi. Bu mushak o`z nomidagi
yoyni hosil etishda qatnashib, yumshoq tanglaydan hamda asosiy suyakning
qanotsimon o`simtasining ilmog`i hamulus pterygoideus dan boshlanib, xalqum
devorida yakunlanadi. Mushak tutamlari fasciculus anterior – oldingi tutamlarga
va fasciculus posterior – orqa tutamlariga bo`linadi. Orqa tutamlar m. sphincter
palatopharyngeus – tanglay – xalqum torayma mushagini tashkil etadi. Vazifasi:
yumshoq tanglayni pastga, xalqumni esa yuqoriga tortadi.
2. M. palatoglossus - tanglay - til mushagi. Bu mushak o`z nomidagi tanglay
yoyini hosil etib, yumshoq tanglaydan boshlanadi va tilning yon sohasiga birikadi.
Mushak tutamlari tilning hususiy guruh ko`ndalang mushagi m. transversus
linguae ga davom etadi.
Tanglay
1 - labium oris superius, 2 -
plicae palatinae transversae,
3 - raphe palati, 4 - m.
orbicularis oris, 5 - gll.
palatinae,
6
-
arcus
palatopharyngeus, 7 - arcus
palatoglossus, 8 - uvula, 9
- tonsilla lingualis, 10 -
papillae
vallatae,11
-
foramen caecum, 12 -
sulcus medianus linguae, 13
- papilla fungiformes, 14 -
m. uvulae, 15 - sulcus
terminalis,
16
-
dentes
molares, 17 - tonsilla
palatina, 18 - m. palatopharyngeus, 19 m. palatoglossus, 20 - dentes molares, 21 -
dentes premolares, 2 - dens caninus, 23 - dentes incisivi.
3. M. levator veli palatini - yumshoq tanglay chodirini ko`taruvchi mushak.
Kalla asosidan, chakka suyagidagi YEvstaxiy nayi sohasidan boshlanib yumshoq
tanglay tutamlarida yakunlanadi.
Vazifasi: yumshoq tanglayni ko`taradi. Innervatsiyasi: n. vagus (X)
4. M. tensor veli palatini - yumshoq tanglay chodirini taranglaydigan
mushak. Kalla asosidan, chakka suyagidagi YEvstaxiy nayi sohasidan boshlanib,
uning tutamlari asosiy suyakning qanotsimon o`simtasining ilmoqli o`simtaci
hamulus processus pterygoidei ni aylanib o`tib, yumshoq tanglay chodiriga
davom etadi.
Vazifasi: yumshoq tanglayni taranglaydi. Innervatsiyasi: n. trigeminus (V)
5. M. uvulae - tilcha mushagi - chodirning o`rtasidan orqa tarafga erkin holda
osilib turadi. Bu mushak tanglay suyagidagi spina nasalis posterior o`simtasidan
boshlanib, tilchani hosil etadi.
Vazifasi: tilchani qisqartiradi.
Xususiy og`iz bo`shlig`idan chiqish sohasini tomoq (bo`g`iz) - istmus fauces
deyiladi. Bu sohaning chegaralari: yuqoridan - yumshoq tanglay; ikki yon tarafdan
yumshoq tanglay yoylari arcus palatoglossus va arcus palatopharyngeus;
pastdan - til ildizi.
Til
Til - lingua (grekcha - glossa) - ko`ndalang targ`il mushaklardan tashkil topgan
a’zo. Tilning o`rta qismida - tanasi - corpus linguae, oldingi sohada - tilning uchi
- apex, hamda orqa sohada ildiz qismi - radix linguae tashkil etadi. Til tanasi va
ildiz chegarasida chuqurcha bo`lib, ko`r teshik - foramen cecum linguae deyiladi.
Bu chuqurchadan yon tarafga egat - sulcus terminalis yo`naladi.
Til
1 - aditus laringis, 2 - epiglottis, 3 -
recessus piriformis, 4 - radix linguae,
5 - plica triangularis, 6 - foramen
caecum linguae, 7 - dorsum linguae,
8 - corpus linguae, 9 - sulcus
medianus linguae, 10 - margo
linguae, 11 - papillae linguales, 12 -
apex
linguae,
13
-
papillae
fungiformes, 14 - papilla foliata, 15 -
papillae
vallatae,
16
-
sulcus
terminalis, 17 - arcus palatoglossus,
18 - folliculi linguales, 19 - tonsilla
palatina, 20 - tonsilla lingualis, 21 -
plica glossoepiglottica lateralis,
22 - valecula epiglottica,
23 - plica glossoepiglottic mediana.
Tilning ustki yuzasi dorsum linguae, uning uchidagi egatgacha bo`lgan qismi
pars anterior va egat orqasidagi qismiga pars posterior larga bo`linadi. Tilning
ostki yuzasi facies inferior linguae sohasida burmalar bo`lib plica fimbriata
deyiladi. Tilning yon chetlari margo linguae deb ataladi. Tilning o`rtasidagi egat
sulcus medianus linguae deyiladi. Til ildizi sohasida limfo-epitelial to`qimadan
hosil bo`lgan til murtagi - tonsilla lingualis joylashadi. Til ildizi sohasida burmalar
bo`lib, ular hiqildoq usti tog`ayi bilan birlashadi. O`rta burmaga plica
glossoepiglottica mediana va ikki yon tarafdagisini plicae glossoepiglottica
laterales deyiladi. Tilning ustki yuzasi shilliq qavat funica mucosa linguae bilan
qoplangan. Ostki yuzasida yuganchasi frenilum linguae ko`rinadi.
Tilning ustki va yon yuzalarida ta’am bilishda qatnashadiga so`rg`ichlar
joylashadi.
1. Ipsimon va konus shaklidagi so`rg`ichlar - papillae filiforme et conicae -
tilning ustki yuzasining oldingi sohasida joylashadi. Bu so`rg`ichlar taktil sezgi
vazifasini bajaradi.
2. Zamburug`simon so`rg`ichlar - papillae fungiformes - til uchida va yon
tarafida joylashadi - ta’am sezish vazifasini bajaradi.
3. YAproqsimon so`rg`ichlar - papillae foliatae - tilning yon yuzasida
joylashadi.
4. Ko`tarma bilan o`ralgan so`rg`ich - papillae vallatae - til ildizi sohasida
ko`r teshikning oldida V raqamiga o`hshash joylashadi. Bu so`rg`ichlar miqdori 7-
12 bo`lib, uchi orqaga yo`nalgan holda joylashadi.
Tilning o`rtasida o`tgan qo`shuvchi to`qima septum linguae to`siqni hosil
etsa, til asosini serbar qo`shuvchi to`qima aponeurosis linguae tashkil etib, ularga
til mushaklari birikadi.
Til mushaklari ikki guruh: xususiy hamda skelet suyaklaridan boshlanadigan
ko`ndalang - targ`il mushaklardan hosil bo`ladi. Tilning skelet mushaklari uning
xususiy mushaklariga davom etadi.
1. M. geniglossus – engak til mushagi, m. verticalis – vertikal xususiy
mushagiga davom etadi
Engak-til mushagi m. genioglossus pastki jag` suyagining engak sohasidagi
spina mentalis o`simtasidan boshlanib, tilning xususiy mushagi bo`lib
hisoblangan vertikal mushak m. verticalis tolalariga davom etadi. Bu mushak
odamlarda so`zlashishga o`tilganligi tufayli taraqqiy etgan bo`ladi.
Vazifasi: tilni oldinga harakatlantiradi va tilning qalinligi kamayadi. Bu
mushaklar I jabra ravog`idan taraqqiy etadi. Innervatsiyasi: n. hypoglossus (XII)
2. m. styloglossus.- bigizsimon – til mushagi, tilning xususiy m.
longitudinalis superior – yuqoriga bo`ylama mushagiga va m. longitudinalis
inferior – pastki bo`ylama mushagiga davom etadi.
Bigizsimon - til mushagi m. styloglossus - tilning skelet mushaklari guruhiga
kirib, chakka suyagidagi bigizsimon o`simta processus styloideus dan boshlanib
tilning xususiy mushaklari bo`lgan yuqorigi va ostki bo`ylama m. longitudinalis
superior, m. longitudinalis inferior mushaklarga davom etadi.
Vazifasi: tilni yuqoriga va orqaga tortadi. Bu mushaklar II jabra ravoqlaridan
taraqqiy etadi. Innervatsiyasi: n. hypoglossus (XII)
3. m. hyoglossus – til osti – til mushagi, tilning xususiy m. transversus
linguae – ko`ndalang mushagiga davom etadi.
Til osti - til mushagi m. hyoglossus - tilning skelet mushaklari guruhiga kirib,
til osti suyagining tanasidan va katta shoxlaridan boshlanadi. Bu mushak o`z
navbatida ikki gurux tolalarga ajraladi: m. chondroglossus – til osti suyagining
tog`ayidan boshlansa, m. ceratoglossus til osti suyagining shoxchalaridan
boshlanadi. Bu mushak tilning xususiy mushagi bo`lgan - ko`ndalang mushak m.
transversus linguae tutamlariga davom etadi. Vazifasi: tilni orqaga va pastka
tortadi. Bu mushaklar III jabra ravoqlaridan taraqqiy etadi. Innervatsiyasi: n.
hypoglossus (XII)
4. M. palatoglossus -yumshoq tanglaydan boshlanib, tilning yon tarafiga
birikadi va tilning ko`ndalang mushagiga davom etadi.
Vazifasi: yumshoq tanglayni tushiradi, tomoq sohasini toraytiradi va m.
transversus linguae ga davom etadi.
So`lak bezlari - glandulae salivales