OILADA BOLALARNI MILLIY URF-ODATLAR ASOSIDA AXLOQIY TARBIYALASH
Yuklangan vaqt
2025-01-17
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
42,4 KB
OILADA BOLALARNI MILLIY URF-ODATLAR ASOSIDA AXLOQIY
TARBIYALASH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
nazariy asoslari
1.1. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning mohiyati
1.2. Maktabgacha yosh bolalarda axloqiy tarbiya berishda tarbiyachining o’trni
II BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
ahamiyati
2.1. Oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashda ota-ona tarbiyachining hamkorligi
2.1. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalash jarayonida
erishilgan natijalar samaradorligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
2
I BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
nazariy asoslari
1.1. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo‟ladi. Ushbu
fikrni bir qator SHarq mutafakkirlari ham tahkidlab o‟tishgan. Bolani
tarbiyalash
uchun,
avvalo
ota-onaning
o‟zi
tarbiyalangan bo‟lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan
sog‟lom ota-onadan sog‟lom farzand dunyoga keladi. Prezidentimiz
I.A.Karimov sog‟lom avlod to‟g‟risida fikr yuritib: «Sog‟lom avlod
deganda, shaxsan men, eng avvalo sog‟lom naslni, nafaqat jismonan
baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog‟lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli,
ma‟naviyati yuksak, mard va jasur, vatan‟arvar avlodni tushunaman»1,
deb tahkidlaganlar. Ushbu fikrni har bir ota-ona, „edagog, tarbiyachilar
tushunib yetmog‟i va o‟ziga shior qilib olmog‟i lozim.
Farzand tug‟ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu
davrda bolani to‟g‟ri ovqatlantirish, to‟g‟ri „arvarish qilish juda muhim.
Bir yoshgacha bo‟lgan davrda bola o‟ziga yaqin kishilarni ko‟rganda
xursand bo‟ladi, rangdor o‟yinchoqlarni xush ko‟radi. Bu davrda bolani
alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o‟yinchoqlar orqali tarbiyalab borish
lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‟lgan bolalar esa turli o‟yinchoqlarni
o‟ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda
bolalar o‟yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog‟laydilar, tasavvur, fikrlash
jarayoni shakllanadi.
Ta'lim-tarbiya ishlarining takomillashib borishida SHarq va G'arbning qomusiy
olim va pedagoglarining o'rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar:
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn
Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat,
Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o'zlarining qator asarlarida
ta'lim-tarbiyaga kata e'tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o'zining «Fozil
3
shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12
fazilatni sharhlab beradi.
Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida g'oyat ibratli fikrlarni bildiradi.
«Pedagogika — Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani,
demakdir ». «Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi—biluvchi,
tarbiya oluvchi—amal qiluvchidir». Bu erda pedagogika faniga qisqa va lo'nda ta'rif
berib, ta'lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga o'xshatib, ularni bir-biridan ajratib
tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta'kidlashicha,
tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab,
ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shug'ullanadi, chunki
bunda inson taqdiri hal etiladi deydi. Bu sohada Sharq va G'arb xalqlari yaratgan
og'zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning
ta'lim-tarbiyaga doyr ilg'or fikrlarini o'rganib, tahlil qilib, barkamol insonni
tarbiyalash jarayonini o'rganish biz uchun juda qimmatlidir:
— ta'lim-tarbiya to'g'risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar
bog'chalari amaliy hayoti bilan bog'lab, bo'lajak tarbiyachi — o'qituvchilarga
o'rgatish
hamda xalq ta'limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o'rganib, bo'lajak
tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;
— maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har
tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish.
Bunday vazifalarda tadqiq etish:
— birinchidan, bolalar sog'lig'ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy
rivojlanishini ta'minlaydi;
— ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojl antiradi;
— uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o'lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni,
o'rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va
intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;
— to'rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi.
4
Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg'ulari shakllanadi. Eng
muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat
qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va
individual xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ularning har tomonlama
rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr
bo'lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik
rivojlanishiga poydevor bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga
qaratilgan, ta'lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik
manbalarga, O'rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari
va ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning
fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma'lum maqsad asosidagi
ta'sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni
tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otish, aqliy malaka va
ko'nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning
roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuyg'ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va
tasavvur etishgacha bo'lgan jarayonlar yig'indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning
kengligida voqealarni har xil bog'lanishlarda, munosabatlarda ko'ra bilish,
umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo'lish,
narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o'quv, mehnat, samarali
faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish
yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta'lim va
tarbiya samarali ta'sir ko'rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to'g'ri tashkil
etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab
5
belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali
hal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi
tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan
ortiqcha toliqtirish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o'rganish
bilan shug'ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari
maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta
imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarga beriladigan bilim malaka va ko'nikmalar mazmunini yanada
chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to'g'risida
kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo'ladilar, asosiy fikrlash
jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina
to'laqonli aqliy rivojlanish ro'y beradi, shuning uchun o'qituvchi va tarbiyachilarning
asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko'zlab tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish
uchun kerakli sharoit yaratishdir. Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida
bo'ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko'radi,
hidlaydi, tortib ko'radi, nimagadir quloq soladi. SHu tariqa asta-sekin dunyoni bilib
boradi. Tevarak-atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari —
analizatorlariga ta'sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim
xossalarini: sovuq-issiq, gadir-budur, silliq-yaltiroq, xushbo'y va h.k. ni bilim
olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi
sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to'g'risida bilim, tajriba
to'plab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bo'lib, sezgilar asosida hosil
bo'ladi. Bola olmani qo'lida ushlab ko'rib, qarab chiqib va eb ko'rib, uni yaxlit bir
buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbo'y, mazali va h.k. tarzda idrok
qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir
nechta analizator: ko'rish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi.
Analizatorlar bir vaqtning o'zida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va belgilarini
6
aniqroq hamda to'laraq bilish imkonini beradi. SHuning uchun katta yoshdagi
kishilar bolani ilk yoshlik chog'idan boshlaboq aqliy jihatdan to'g'ri tarbiyalash
maqsadida buyumlarni ko'pгoq analizatorlar yordamida idrok qilishga imkon
tug'diгishlaгi, analizatorlarning rivojlanishiga, ya'ni bolaning sensor madaniyatiga
alohida еЧЛог berishlari kerak.
Bolada nutq paydo bo'lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to'la boshlaganda
birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini
kata yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga to'lganda uning so'z
zaxirasi 1200—1500 taga etadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida
gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katga yoshdagi kishilar nutqidan har
tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi.
Bolalarning aqliy jihatdan o'sishida xotira katga ahamiyatga ega. Bola tug'ilganda
hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U rivojlanishning birmuncha
yuqoriroq darajasiga ko'tarilib biror bir foydali ish uchun ko'pgina bilim va
malakalarini eslab qolishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi ko'pincha beixtiyor tarzda
bo'ladi.
SHuningdek,
maktabgacha
tarbiya
yoshidagi
bolalarning
aqliy
rivojlanishida xayol muhim rol o'ynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning
faoliyatida ta'lim va tarbiya ta'sirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli o^in^
o'ynay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o'sha ertaklarga
qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo bo'ladi. Ammo boladagi xayol ko'proq
aniq vaziyatga bog'liq bo'ladi (masalan, qo'g'irchoq ko'rinib qolsa, uni uxlatadi,
mashina bo'lsa, biror narsani tashiydi va h.k.). Katta bog'cha yoshiga kelganda,
bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola
xayolida sezilarli o'zgarish yuz beradi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni aqliy
tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy
rivojlanish mohiyati va tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi. Aqliy tarbiyaning asosiy
vazifalari:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to'g'risidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish.
7
2. Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-xil
usullarini rivojlantirish.
3. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
4. Aqliy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.
Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar
shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi
bolalarda voqea va hodisalarni to'la aks ettiradigan yuksak darajadagi
umumlashtirilgan
bilimlar
tizimini
shakllantirishdan
iboratdir.
Bilim
dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak-atrofdagi narsalar,
ularning vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq bo'ladi, yirtiladi, to'kiladi)
haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladi. U
tabiat hodisalari, ularning o'zaro bog'liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining o'ziga
xos belgilari, ular o'rtasidagi bog'lanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va yashash
tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni bilib
oladilar.
Jonsiz tabiat, o'simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida
tarbiyachi bolalarda borliq to'g'risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib
boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi.
Bola san'atning har xil turlari to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi.
Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni
rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog'liq. Aqliy faoliyatni ivojlantirish esa
psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni
shakllantirishni
ham
bildiradi.
Bunda
ularga
aqliy
faoliyatning
g'oyat
samaradorligini ta'minlaydigan his-tuyg'ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning
sobitqadamligi va to'laqonli, esda qolishning mustahkamligi hamda ongligi, tafakkur
mantiqi va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka xos bo'lishi
kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o'zlariga tushunarli bo'lgan ijtimoiy
voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda
yashaydigan ba'zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz
8
ijtimoiy
hayotiga
qiziqish
uyg'otish,
Vatanga
muhabbat
tuyg'usi
va
baynalmilalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi.
Aqliy ta'lim — maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini
muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog'chasi dasturida
belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta'lim etakchi
rol o'ynaydi. CHunki ta'lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal
etiladi. Ta'lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va
tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ta'lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi
sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta'lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda
muvaffaqiyatli o'qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot ta'limning ikki
xil yo'l bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda.
Birinchi yo'l — bolalarning bilim, malaka ko'nikmalarini kattalar bilan o'zaro
munosabatda bo'lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu
kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo'l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga
hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi.
Ta'limning ikkinchi yo'li — maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus
o'quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va ko'nikmalar bilan rejali
ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yo'l bilan ta'lim berishdan maqsad yosh
avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida
faol qatnashish uchun zarur bo'lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilar o'z davrining nufuzli ta'lim maskanlarida
o'qish bilan hurmat- e'tibor topganlar.
Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg'ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon
Jomiy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu
Saidrasul Aziziy, Muhammad SHarif So'fizoda, Abdulqodir SHokiriy, Abdulla
Avloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida
9
buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm
egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim berish
tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670)
tomonidan yaratilgan.
Ya.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'lim va tarbiya berish
mumkinligini ko'rsatib berdi. YA.A. Komenskiy 19 bo'limdan iborat maktabgacha
ta'lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, er, havo, olov, yomg'ir,
qor, muz, tosh, o't, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astrnomiya,
geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab
berdi. Bolalar bog'chasida beriladigan ta'lim bolalarning maktabda oladigan
bilimlari bilan uzviy bog'liq bo'lishi kerakligini ta'kidladi. U o'zining «Onalar
maktabi» kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturi hamda
metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan.
Shu bilan Ya.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil
fan sifatida shakllanishiga asos soddi. SHveysar pedagogi I.G. Pestalotssi (1746—
1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarning rivojlantirish masalasiga katga e'tibor beradi. G. Pestalotssi tomonidan
ishlab chiqilgan ta'limning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining
rivojlanishda va bolalarga keyinchalik makgabda sistemali ta'lim berishda asosiy
dastur bo'lib xizmat qildi. Hozirgi zamon maktabgacha ta'lim nazariyasini yaratishda
A.P.Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi
1.2. Maktabgacha yosh bolalarda axloqiy tarbiya berish
Dastlab, o'rta maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi bolaga
axloqiy qadriyatlarni o'rgatadigan ta'lim uslublarining butun majmuasini o'z ichiga
olgan keng tushuncha ekanligini ta'kidlaylik. Ammo bola, bundan oldin ham, o'z
bilim darajasini bosqichma-bosqich oshirib boradi, ma'lum bir ijtimoiy muhitga
qo'shiladi, boshqa odamlar bilan o'zaro aloqada bo'lib, o'z-o'zini tarbiyalashni
boshlaydi. Shuning uchun kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy
tarbiyasi ham muhimdir, bu haqda biz ham gaplashamiz, chunki aynan shu davrda
10
shaxsiyatda jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi.Qadim zamonlardan buyon faylasuflar,
olimlar, ota-onalar, yozuvchilar va o'qituvchilar kelajak avlodni axloqiy tarbiyalash
masalasi bilan qiziqishgan. Yashirmaylik, har bir keksa avlod yoshlarning axloqiy
asoslari pasayganligini belgilaydi. Muntazam ravishda yangi tavsiyalar ishlab
chiqilmoqda, ularning maqsadi odob-axloq darajasini oshirishdir.
Ushbu jarayonga davlat katta ta'sir ko'rsatadi, bu aslida zarur insoniy
fazilatlarning ma'lum bir to'plamini shakllantiradi. Masalan, ishchilar eng sharafli
bo'lgan kommunizm davrlarini ko'rib chiqing. Har qanday vaqtda yordamga
kelishga va rahbariyat buyrug'ini aniq bajarishga tayyor bo'lgan odamlar maqtovga
sazovor bo'lishdi. Ma'lum ma'noda shaxsiyat ezilgan, kollektivchilar esa eng yuqori
baholangan. Kapitalistik munosabatlar birinchi o'ringa chiqqanda, nostandart
echimlarni izlash qobiliyati, ijodkorlik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabi insoniy
xususiyatlar asosiy o'rinni egalladi. Tabiiyki, bularning barchasi bolalar tarbiyasida
o'z aksini topgan.
Ko'pgina olimlar bu savolga har xil javob berishadi, ammo har qanday holatda
ham javob noaniq. Aksariyat tadqiqotchilar shunga qaramay, bolada bunday
fazilatlarni tarbiyalash mumkin emas, faqat ularni singdirishga harakat qilishingiz
mumkin degan fikrga qo'shilishadi. Har bir bolaning individual idrokini
belgilaydigan narsani aniq aytish qiyin. Ehtimol, bu oiladan kelib chiqqan. Agar bola
xotirjam, yoqimli muhitda o'sgan bo'lsa, unda undagi bu fazilatlarni "uyg'otish"
osonroq bo'ladi. Zo'ravonlik va doimiy stress sharoitida yashaydigan bola
o'qituvchining urinishlariga kamroq berilib ketishi mantiqan to'g'ri. Bundan tashqari,
ko'plab psixologlarning ta'kidlashicha, muammo bola uyda va jamoada beriladigan
tarbiya o'rtasidagi nomuvofiqlikda. Bunday qarama-qarshilik oxir-oqibat ichki
ziddiyatga aylanishi mumkin.
Masalan, ota-onalar bolada egalik va tajovuzkorlik tuyg'usini tarbiyalashga,
tarbiyachilar esa - xayrixohlik, do'stona va saxiylik kabi fazilatlarni tarbiyalashga
harakat qilayotgan voqeani olaylik. Shu sababli, bola ma'lum bir vaziyat to'g'risida
o'z fikrini shakllantirishda biroz qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Shuning
uchun hozirgi paytda ota-onasi qaysi tamoyillarga amal qilishidan qat'i nazar, yosh
11
bolalarni ezgulik, halollik, adolat kabi eng yuqori qadriyatlarga o'rgatish juda
muhimdir. Buning yordamida bola ma'lum bir ideal variant borligini tushunadi va
o'z fikrini shakllantira oladi.
Tushunadigan birinchi narsa shundan iboratki, trening har tomonlama bo'lishi
kerak. Biroq, zamonaviy dunyoda, biz bir tarbiyachidan ikkinchisiga o'tayotgan bola
mutlaqo qarama-qarshi qadriyatlarni o'zlashtiradigan vaziyatni tobora ko'proq
kuzatmoqdamiz. Bunday holda, odatdagi o'quv jarayoni mumkin emas, u tartibsiz
bo'ladi. Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy-vatanparvarlik
tarbiyasining maqsadi ham kollektivistning, ham shaxsning fazilatlarini har
tomonlama rivojlantirishdir. Ko'pincha o'qituvchilar shaxsga yo'naltirilgan
nazariyani qo'llaydilar, buning natijasida bola nizoga tushmasdan o'z fikrini ochiq
aytishni va o'z pozitsiyasini himoya qilishni o'rganadi. Shu tarzda o'z-o'zini hurmat
qilish va ahamiyatlilik shakllanadi. Biroq, maksimal natijalarga erishish uchun
maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash usullari ataylab va maqsadga
muvofiq tanlanishi kerak.
Axloqiy xarakterni shakllantirish uchun bir nechta yondashuvlar mavjud. Ular
o'yin, mehnat, ijodkorlik, adabiy asarlar (ertaklar), shaxsiy misol orqali amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, axloqiy tarbiyaga har qanday yondashuv uning barcha
shakllariga ta'sir qiladi. Keling, ularni ro'yxatlang: vatanparvarlik tuyg'ulari;
hokimiyatga munosabat;shaxsiy fazilatlar; jamoaviy munosabatlar; aytilmagan
odob-axloq qoidalari.Agar o'qituvchilar ushbu yo'nalishlarning har birida kamida bir
oz ishlasalar, demak ular allaqachon ajoyib bazani yaratmoqdalar. Agar butun
tarbiya va ta'lim tizimi bir xil sxema bo'yicha ishlasa, ko'nikma va bilimlar bir-biriga
qatlam bo'lib, sifatlarning ajralmas majmuasini tashkil etgan bo'lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash muammolari shundaki,
bola ikki hokimiyat o'rtasida o'zgarib turadi. Bir tomondan, bular o'qituvchilar,
boshqa tomondan, ota-onalar. Ammo bu masalaning ijobiy tomoni ham bor. Erta
bolalik ta'limi bilan shug'ullanadigan provayderlar va ota-onalar katta natijalarga
erishish uchun birgalikda ishlashlari mumkin. Ammo, boshqa tomondan, bolaning
shakllanmagan shaxsiyati juda chalkash bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, bolalar
12
o'zlarining ustozi deb bilgan odamning xatti-harakatlari va reaktsiyalarini ong osti
darajasida nusxalashlarini unutmaylik.
Ushbu xatti-harakatning eng yuqori nuqtasi dastlabki maktab yillariga to'g'ri
keladi. Agar Sovet davrida har bir bolaning barcha kamchiliklari va xatolari hamma
ko'rishi uchun tarbiyalangan bo'lsa, zamonaviy dunyoda bunday muammolar yopiq
eshiklar ortida muhokama qilinadi. Bundan tashqari, olimlar tanqidga asoslangan
ta'lim va mashg'ulotlar samarali bo'la olmasligini uzoq vaqtdan beri isbotlab
kelmoqdalar.
Ayni paytda har qanday muammolarni ommaviy ravishda oshkor qilish jazo
sifatida talqin qilinmoqda. Bugungi kunda ota-onalar o'qituvchidan shikoyat
qilishlari mumkin, agar uning ish uslublari qoniqmasa. E'tibor bering, aksariyat
hollarda bu aralashuv etarli emas. Ammo katta maktabgacha yoshdagi bolalarni
axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasida tarbiyachining obro'si katta ahamiyatga ega.
Ammo o'qituvchilarning faoliyati tobora kamayib bormoqda. Ular betaraf bo'lib,
bolaga zarar etkazmaslikka harakat qilishadi, lekin shu tarzda va unga hech narsa
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning maqsadlari:
biron bir narsa haqida turli xil odatlar, fazilatlar va g'oyalarni shakllantirish;tabiatga
va boshqalarga insonparvarlik munosabatini tarbiyalash;vatanparvarlik tuyg'ularini
shakllantirish va o'z mamlakatlari bilan faxrlanish;boshqa millat vakillariga nisbatan
bag'rikeng munosabatni tarbiyalash;jamoada samarali ishlashga imkon beradigan
aloqa
qobiliyatlarini
shakllantirish;o'zini
o'zi
qadrlashni
etarli
darajada
shakllantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash ba'zi
vositalar va metodlardan foydalangan holda sodir bo'ladi, biz ularni quyida
muhokama qilamiz.
Birinchidan, bu ijodkorlik o'zining barcha ko'rinishlarida: musiqa, adabiyot,
tasviriy san'at. Bularning barchasi tufayli bola dunyoni obrazli ravishda idrok etishni
va uni his qilishni o'rganadi. Bundan tashqari, ijodkorlik o'z his-tuyg'ularingizni va
his-tuyg'ularingizni so'zlar, musiqa yoki rasmlar orqali ifoda etish imkoniyatini
beradi. Vaqt o'tishi bilan, bola har kim o'zini o'zi xohlaganicha anglash uchun erkin
ekanligini tushunadi.
13
Ikkinchidan, bu sog'lom psixikani shakllantirishning zarur omili bo'lgan tabiat
bilan aloqa. Dastlab, tabiatda vaqt o'tkazish har doim nafaqat bolani, balki har
qanday odamni ham kuch bilan to'ldirishini ta'kidlaymiz. Atrofdagi dunyoni kuzatib,
bola tabiat qonunlarini tahlil qilishni va tushunishni o'rganadi. Shunday qilib,
chaqaloq ko'plab jarayonlarning tabiiy ekanligini tushunadi va ulardan uyalmaslik
kerak.
Uchinchidan, o'yinlarda, ishda yoki ijodda o'zini namoyon qiladigan faoliyat.
Shu bilan birga, bola o'zini ifoda etishni, o'zini tutishni va o'zini qandaydir tarzda
namoyon etishni, boshqa bolalarni tushunishni va muloqotning asosiy tamoyillarini
amalda qo'llashni o'rganadi. Bundan tashqari, buning natijasida chaqaloq muloqot
qilishni o'rganadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim
vositasi atrof-muhitdir. Ular aytganidek, chirigan olma savatida va sog'lig'i tez orada
buzila boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash vositalari,
agar jamoada to'g'ri atmosfera bo'lmasa, samarasiz bo'ladi. Atrof-muhitning
ahamiyatini ortiqcha baholash mumkin emas, chunki zamonaviy olimlar uning ulkan
rol o'ynashini isbotladilar. E'tibor bering, agar inson hech narsaga intilmasa ham,
muloqot muhiti o'zgarganda, u sezilarli darajada yaxshi tomonga o'zgaradi, maqsad
va istaklarni egallaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy-
vatanparvarlik tarbiyasi davomida mutaxassislar uchta asosiy usulga murojaat
qilishadi. Bu o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan o'zaro aloqalar o'rnatish haqida.
Bunday aloqa bilan, hatto manfaatlar to'qnashuvi bilan ham, bu mojaro emas, balki
muammoni muhokama qilish boshlanadi. Ikkinchi usul yumshoq ishonchli ta'sir
bilan bog'liq. Bu shuni anglatadiki, ma'lum bir vakolatga ega bo'lgan tarbiyachi
bolaning xulosalariga ta'sir qilishi va agar kerak bo'lsa, ularni tuzatishi mumkin.
Uchinchi usul - musobaqalar va musobaqalarga ijobiy munosabatni shakllantirish.
Aslida, albatta, raqobatga munosabat tushuniladi. Bolada ushbu atama haqida to'g'ri
tushunchani shakllantirish juda muhimdir. Afsuski, ko'pchilik uchun bu salbiy
rangga ega va boshqa odamga nisbatan yomonlik, hiyla-nayrang va xiyonat bilan
bog'liq.
14
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun axloqiy ta'lim dasturlari o'ziga,
atrofdagi odamlarga va tabiatga nisbatan uyg'un munosabatni rivojlantirishni
nazarda tutadi. Shaxsning axloqini ushbu sohalarning faqat bittasida rivojlantirish
mumkin emas, aks holda u kuchli ichki qarama-qarshiliklarni boshdan kechiradi va
oxir-oqibat ma'lum bir tomonga suyanadi.
15
II BOB. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalashning
tahlili
2.1. Oilada bolalarni axloqiy tarbiyalash
Oila o’z vazifasini lozim darajada amalga oshirishi uchun unga tegishlicha
ma’rifiy-metodik qurollantirish, ijtimoiy, ma’naviy, tadbirlarni o’tkazish yo’li bilan
unga yordam berib borish zarur. Xalqimizning buyuk ma’rifatparvari Abdurauf
Fitrat 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarini yozgan bo’lib, unda oilaviy hayotni
islohotidan bahs yuritilgan va adib najot yo’llarini axtarib xalqlarning umuminsoniy
qardoshlik g’oyasini targ’ib etgan. Fitrat oilani ijtimoiy vazifalari deb, «Avlod
tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo’ladi. Insonning
ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti
belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi
bo’lsa, noto’g’ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, xatto, xalokatga
aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir qatorda oila
tarbiyasiga ham katta ahamiyat bergan. Oilada to’g’ri yo’lga qo’yilgan tarbiya
maktab uchun katta madaddir va aksincha, oilada tegishli tarbiya ishlari olib
borilmasa, bu xolda maktabning ta’lim-tarbiya ishini juda qiyinlashtirib qo’yadi.
Jamiyat ma’naviy hayotida yuz beradigan salbiy illatlarning genezisini bola
tarbiyasida yo’l qo’yilgan xatolar oqibati deb bilmoq zarur. Oila hayotini asli
muddaosi va bosh maqsadi bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa oiladagi o’zaro
munosabatlardir. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ustida to’xtalganda,
milliy -axloqning o’ziga xos xususiyatini ochib bermoq zarur. Milliy axloq ota-
bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovdan o’tgan hayot saboqlari va o’git
ko’rsatmalari jamuljamdir. Ana shu tufayli milliy ahloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha
avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Har qanday axloqiy fazilat u yoki bu
yo’sinda insonda xatti-harakat tartibga solinishining ifodasi bo’lib, insonga bo’lgan
hurmat e’tibor, mehr-muhabbatni bildirar ekan, u umubashariy mazmunni beradi.
Zotan, har qanday shaxs odamzotning bir zarrasi ekan, unda butun odamzotning
mohiyati mujassam, shuning uchun ham butun insoniyatga mansubdir. Shunga
ko’ra, har bir ota-ona o’z farzandi tarbiyasida, uni barkamol inson bo’lishida
16
umuminsoniy ma’no va mazmunni ko’rmog’i lozim. Bolaning axloqiy fazilatlari
umuminsoniy xarakter kasb etib umumbashariy qadriyatga aylanishini anglab
yetgan ota-ona farzandlari tarbiyasidagi ma’suliyatni chuqur his qilmoqlari
maqsadga muvofiqdir. Milliy axloq milliy tarbiya natijasida tarkib topadi. Milliy
tarbiya negizida oilaviy tarbiya yotadi. Oilaviy tarbiya esa tarixan tarkib topgan xalq
pedagogikasiga asoslanadi. Oilada shaxsni ma’naviy-axloqiy shakllantirish
bolaning tug’ilishidanoq boshlanadi va u oilaviy munosabat, xarakter, ota-
onalarning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi, umummadaniy saviyasi, hamda
umumpedagogik madaniyati va oilaviy hayotni tashkil etishdan iborat. Darhaqiqat,
har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning
ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga
erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam
g’ayratshijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq
ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq
topishining asosiy shartidir. Shu nuqtai nazardan, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va
odatlar orqali bolalarimiz ongiga milliy g’oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni
ta’minlovchi psixologik ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные
исследования (2021 год Сп.вып.) http://interscience.uz 397 omillar va shart-
sharoitlarni aniq bilish o’ta dolzarb va muhim vazifadir. Oiladagi sog’lom muhit
insonni halol va pokiza bo’lishiga, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarga alohida e’tibor
berishga dav’at etadi, chunki insonning ma’naviy va ahloqiy xislatlarini, muomala
madaniyatini, uning oilasi, oilada olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi.
Ta’kidlash joizki, oila ijtimoiy institut sifatida o’zining barcha vazifalarini bajargan
taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli o’chog’iga aylanadi. Zero, har bir
oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o’stirish, ularni jismoniy,
intellektual va ma’naviy tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli
insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan
sog’lom, barkamol inson faqat sog’lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi
sog’lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining aslosidir.
Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy
17
tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o’smirning eng avvalo oilaviy
munosabatlar tizimida tutgan o’rnidan, ota va ona, oiladagi boshqa katta avlod
vakillarining ijtimoiy mavqyelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero,
mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar
shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi. Milliy g’oyani oila
muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi – bu oilaviy
qadriyatlarni saqlash va ilg’or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy
etish, turmush tarzining bir bo’lagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning o’rni va roli
bevosita xarakterga ega bo’lib, faqat sog’lom muomala va samimiyat muhitigina
o’smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Har bir insonning,
ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday
fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga
bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to’la-
to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab
yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy
shartidir. Shu nuqtai nazardan, oilaviy an’analar, rasm-rusumlar va odatlar orqali
bolalarimiz ongiga milliy g’oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi
psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o’ta dolzarb va muhim vazifadir.
Vaholanki, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o’stirish,
ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yetuk, axloqan pok , ota-
onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Bolaning psixik
jihatdan rivojlanishi, shaxs sifatida shakllanishi uning ruhiyatiga ta’sir ko’rsatuvchi
obyektiv va subyektiv omillarga, xususan,oilaviy munosabatlar psixologiyasiga,
ota-onaning bolaga ta’siri, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining
kasbiy mahorati, pedagogik-psixologik bilimdonligihamda mahalla a’zolari ta’siri
va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar holatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Biz
maktabdan mehmonlarni qo'shma bayramlar va musobaqalarga tez-tez taklif
qilishga harakat qilamiz. Maktabgacha ta'lim muassasasining pedagogik jarayonida
muhim o'rin egallaydi bayramlar va o'yin-kulgilar. O'yin-kulgi har ikki haftada bir
marta o'tkaziladi. O'yin-kulgining mazmuni xilma-xildir. Bu mavzuli adabiy va
18
musiqiy kechalar bo'lishi mumkin. Birlashtirgan o'yin-kulgining estetik rivojlanishi
uchun foydalidir turli xil turlari san'at. Turli materiallar tanlanadi - bir xil mavzudagi
adabiy, musiqiy va vizual ("Kuz - go'zallik"). Bayramdagi muhitning go‘zalligi,
musiqaning tantanaliligi, umumiy ko‘tarinki kayfiyat – voqelikning estetik tomoniga
nisbatan sezgirlikni oshiradi. Bolalar bayramda faol ishtirok etishni xohlashadi, ular
kuzatuvchilarning rolidan qoniqmaydilar. Bunday ko‘ngilochar va bayram kechalari
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga quvonch bag‘ishlaydi, ularni
milliy madaniyat bilan tanishtiradi, estetik tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Ota-onalar
doimiy mehmonlar va bayramlar va o'yin-kulgilarning ishtirokchilaridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda ularni shahar va viloyat
musobaqalarida ishtirok etishga jalb qilish ham muhim rol o'ynaydi.
Mazkur o`quv-seminarda bolalarga kichik yoshidanoq huquqiy bilim va
ko`nikmalarni singdirib borishning dolzarbligi va ahamiyati mavzusi asosiy o`rinni
egalladi. Ta`kidlash joiz, dasturda bolalarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini shakllantirish yuzasidan amaliy ahamiyati yuqori bo`lgan chora-
tadbirlar belgilangan. Jumladan: bolalarga mo`ljallangan huquqiy mavzudagi
animasion filmlar yaratiladi; tarbiyachilar uchun “Bolalarga huquqiy tarbiya berish
asoslari” mavzusida o`quv seminarlari yo`lga qo`yiladi; huquqiy audioertaklar
bazasi yaratiladi. Dasturda shu kabi ko`plab amaliy va innovasion chora-tadbirlar
o`rin olgan. Shuningdek, bo`lib o`tgan tadbirda maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari
dastur yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Kichik yoshdagi bolalarga
huquqiy ma`lumotlar etkazishning o`ziga xos jihatlari va huquqiy asoslari,
shuningdek, Konstitusiya, mehnat qonunchiligi, norma ijodkorligi, korrupsiyaga
qarshi kurash, inson huquqlari kabi masalalar yuzasidan ham xodimlar o`zlarini
qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
19
2.1. Oilada bolalarni milliy urf-odatlar asosida axloqiy tarbiyalash jarayoni
Oila insonlarning tabiiy – biologik – fizalogik, moddiy – iqtisodiy, huquqiy –
qonuniy, ma’naviy – axloqiy, aloqa – munosabatlari asosiga qurilgan ijtimoiy
birlikdan iboratdir. Insonlarning tabiiy –biologik – fizologik munosabati deganda
jinsiy aloqa va nasl qoldirish ( farzand tug’dirish va tarbiyalashni), moddiy –
iqtsodiy munosabatida - uy ro’zgorini boshqarish, mulkiy munosabat – nikoxining
qonuniyligini, ma’naviy – axloqiy munosabatda esa er – xotin inoqligi, pokligi, ota
– ona bilan farzand o’rtasidagi mehr – oqibat, hurmat, burch va shu kabilarni
tushunish lozim. Hozirgi kunda yuqoridagi zikir etilgan oila va uning bilan
bevosita bog’liq masalalar qonun yo’li bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan.
Jumladan, yurtboshimiz oilaning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati to’g’risida
shunday deydi; “Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga
xos an’analar, qadriyalar urf - odatlar bola zuvolasini shakllantiradi. Eng muhimi,
farzandlar oilaviy hayot maktab orqali jamiyat talablarini anglaydi his etadi. Bu
o’rinda ilgari surulayotgan pedagogik g’oyani tub moxiyatini oila tarbiyasini
to’g’ri yo’lga qo’yish mustaxkamlash va yanada chuqurlashrish bilan
bog’liqdir.Oila tarbiyasi deganda ota - ona, oiladagi katta kishilar, buva va buvilar ,
aka -opalar va shu kabilar tomonidan bolalarning to’g’ri , milliy axloq-odob
no’rmalari asosida tarbiyalanish tushunish lozim. Zotan kelajakda qanday inson
bo’lib yetilishini ota-ona, aka-opa, boshqalarni muomula – munasabatlar, xulq
atvoriga ,tartib –intizomiga bevosita bog’liqdir. Xalqimiz: :Qush uyasida
ko’rganini qiladi” deb bejiz aytmagan.
Oilada axloqiy tarbiyani negiziga asoslanadi. U bolada shakllanish lozim bo’lgan
barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.
O’zbek xalqi tabiatan bolajon xalq. Bolaga bag’ri kenglik, mehrdar yolik, o’ta
fidoyilik o’zbeklargagina xos xususiyatidir. Shu boisdan ham, ota – onamiz
farzandlarning baxti va kelajagi uchun qayg’uradi. Ularning puxta bilim olishlari
qiziqishlari bo’yicha kasb – hunar egallashlari, axloq – odob qoidalarni mukammal
bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratadilar.
Chunki oilada bolani to’g’ri tarbiyalash mustahkam poydevorli jamiyat barpo
20
etishning garovidir.Oilada bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va
mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini uning ongini, axloqiy hislatlarini, shaxsiy
sifatlari va xulqi tarbiyalash va rivojlantirishni taqoza eyadi. Axloqiy tarbiyaning
vazifalari asosan quydagilardir. Oilada amalga oshirilgan axloqiy tarbiyaning
mazmuni farzandda o’z ota – onasidan, oilasi, avlod – ajdodlari tarixidan, o’zi
tug’ulib o’sgan o’lkasi, vatani, millati, tili, dini, an’analardan g’ururlanishi hissini
shakllantirishdan iborat.Davlatimiz va hukumatimizning ota – ona va tarbiyachi
murabbiylar oldiga qo’yayatgan talabi ham aynan shundan ibratdir.“Bola ongi
yoshlikdan boshlab” , “Sen tarixi boy, ulug’ millatning farzandisan”, “Sen ulug’
mutafakkirlar, alloma zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalangan
bobokolanlarning ajdodisan”, “O’zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqa
sadoqatli xalq”, “Bizning mamlakatda dunyoda tabiati eng go’zal, boy diyor”,
“O’zbek xalqi bag’ri keng , insonpavar, mexmondo’st xalq” kabi tushunchalar
bilan shakllantirilsa, uning ongida milliy g’urur, o’zligini anglash paydo bo’lib
boradi. Shundagina u o’z avlod ajdodlari an’analari kelgusida davomchisi
ekanligini , ongli ravishda tushunib yetdi. Mamlakat, oila tug’ulib o’sgan hudud
ravnaqi, amalga oshirayotgan islohatlarning muvaffaqiyoti har bir shaxsning
ma’naviy madaniyatliligi darajasiga, uning fidokorligiga, halol mehnatiga bog’liq
ekanligini qalb anglaydi.
Yoshlarning ma’naviy – axloqiy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash davlatimi-
zning siyosatini ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.Oila esa tarbiyaning poydevori
o’ziga xos jarayon bo’lib, u farzand tug'ulmasdan ancha oldin boshlanadi. Yaniy
bo’lajak ota – onanig salomatligi , nasl – nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi
dunyosi, axloq – odobi, moddiy va ma’naviy va jismoniy tayyorligi kelajak farzand
tarbiyasida mumkin ahamiyatga egadir.Milliy g’urur ona suti, ota namunasi, avlod
– ajdotlarining irsiy fazilatlari, axloq – odabi mezonlari orqali far-zand ongiga
singdiriladi.
21
XULOSA
Demak Yosh avlodni tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat
ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy
tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish
maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir
ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur
va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning
insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va
boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va
bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, keraqli
shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan
kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi
olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish
uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini
rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga
tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql xis-tuyg’ular va
idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo’lgan jarayonlar
yig’indisidir.
Aqliy
rivojlanish
fikrning
kengligida
voqealarni
har
xil
bog’lanishlarda, munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida
namoyon bo’ladi.Demak, kattalar mehnati va tabiatni kuzatish bolalarda estetik
xislarni, shakllantirishga yordamlashadi, ijodiy faoliyat uchun material beradi.
Ammo oilalarda umumxalq bayramlari -“Navro’z”, “Xayit”, “Yangi yil”,
“Mustatsillik” kuni va boshqalar keng nishonlanadi. Bolalar bu bayramlarda
qatnashadilar. Katta yoshdagi bog’cha bolalariga har bir bayram va tantananing
ahamiyatini ularning yoshlariga mos holda tushuntirishadi. Bu o’rinda
tarbiyachining vazifasi-bolalarning xissiyotlarga ta’sir etib, ularda o’z xalqidan
hamda uning qadriyatlaridan g’ururlanish xissini shakllantirishdan iboratdir.
22
Shunday qilib, bog’cha bolalarini tabiat, xozirgi davr voqealari bilan tanishtirish
orqali ularning aqliy qobiliyati, axloqiy va estetik xislari shakllanib boradi.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
"O'zbekiston
Respublikasi
maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini
tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori,13 may PQ4312 son.
2. Mirziyoev SH.M “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz” _Toshkent:O'zbekiston,2017.-488 bet.
3. Abu Nasr Farobiy.”Fozil odamlar shahri” Toshkent:O'qtuvchi,1998.-43-bet.
4. O'zbekistonRespublikasiPrzidentining 2018 22 yanvardagi "2017-2021-
yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishni Beshta ustuvor yo'nalishi
bo'yicha Harakatlar strategiyasini faol tadbirkorlik inavatsion g'oyalar va
texnalogiyalarni qo'llab quvvatlash yili" amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to'g'risida" gi PF-5308 sonli farmoni.
5. O'zbekistonRespublikasiPrezidentining"2017-2021- yillarda Maktabgacha
ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi" PQ-2707
sonli qarori.2016
6. Sh. Abdullayeva “Ilk yoshdagibolalarning sensor tarbiyasi”
7. Sh. Sodiqova “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2013
8. R.Mavlonova , N.Vohidova, N.Rahmonqulova “Pedagogika nazariyasi va
tarixi” Toshkent 2010.
9. M.Xayrullayev. O`zbek pedagogik antologiyasi. T.: «O`qituvchi» 1995 y
10.
N.Ochilov. Muallim qalb mehmori. T.: «O`qituvchi» 2001 y
N.N.Azizxodjaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.:
«O`qituvchi» 2005 y
11.
B.Ziyomuhamedov. Yangi pedagogik texnologiya: nazariy va amaliy. T.:
«Chinoz» ENK. 2002 y.
12.
N.Saidahmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “O`qituvchi” 2002 y.
23
13.
O‘zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining “Maktabgacha ta‟lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 22 dekabrdagi
802-sonli qaroriga 1-ilova Maktabgacha ta‟lim va tarbiyaning Davlat
Standarti.
14.
A.D. Qurbonovna –“Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va
metodikasi” – Namangan-T:2020
15.
F.Qodirova, Sh.Toshpо‘latova, N.M.KayumovaMaktabgacha pedagogika”.-
T., “Tafakkur”. 2019
16.
Berdiyeva
M.M.-
«
Maktabgacha
pedagogika
»
fanidano‘quv-
uslubiymajmua- Termiz-2018.
Elektronresurslar
17.
www.ziyonet.uz
18.
wikipedia.org
19.
https://bigenc.ru
20.
https://www.healthline.com