Bugun dars davomida quyidagilar to’g’risida
gaplashamiz:
Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash;
Aliment kelishuvini notarial tasdiqlash;
Mol-mulkni bo’lish to’g’risidagi kelishuvni tasdiqlash;
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo’lgan huquq to’g’risida
guvohnoma berish;
Notarial faoliyatda mediatsiya.
Nihoh shartnomasi:
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va
(yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda
majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek
nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh
davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi
lozim.
Shartnomaning mazmuni:
Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini
o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har
birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga
nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Er va xotin nikoh shartnomasida o‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-
birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga,
nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga, shuningdek nikoh
shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli.
Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi
yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin.
Mumkin emas:
Nikoh shartnomasi er-xotinning
huquq layoqatini;
muomala layoqatini,
ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini
cheklashni,
er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni,
er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni,
mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi
qoidalarni,
er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi
qonunchilikning normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi.
Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki
bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning
o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi
yoki bekor qilinishi mumkin
Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham
tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan
majburiyatlar bundan mustasno.
Nikoh shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksda
nazarda tutilgan birimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari bo‘yicha to‘la yoki qisman
haqiqiy emas deb topilishi mumkin
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvini notarial
tasdiqlash
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi)
aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida tuziladi. Agar
aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan
tuziladi.
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi)
aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida tuziladi. Agar
aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan
tuziladi.
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda
tasdiqlanishi lozim.
Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishning qonunda belgilangan shakliga rioya
qilmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan oqibatlarga
olib keladi.
Notarial tartibda tasdiqlangan aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv ijro varaqasi
kuchiga ega bo‘ladi.
Kelishuv bo’yicha aliment miqdori:
Aliment
to‘lash
to‘g‘risidagi
kelishuvga
binoan
to‘lanadigan
alimentlarning
miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.
Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan
to‘lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi
mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
Aliment miqdorini indeksatsiya qilish:
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha aliment to‘lash usullari va tartibi shu
kelishuv bilan belgilanadi.
Alimentlar: aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa
daromadiga nisbatan ulushlarda; vaqti-vaqtida pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada;
bir yo‘la pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada; mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd
etilgan boshqa usullarda to‘lanishi mumkin.
Aliment to‘lash haqidagi kelishuvda aliment to‘lashning turli usullarini birga qo‘shib
qo‘llash nazarda tutilishi mumkin.
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdorini
indeksatsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar aliment to‘lash
to‘g‘risidagi kelishuvda indeksatsiya qilish tartibi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, indeksatsiya
Oila kodeksning 144-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi
Aliment miqdorini sud tartibida indeksatsiya
qilish:
Sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada
undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan
joyda qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Indeksatsiya
qilish
maqsadida
alimentning
miqdori
sud
tomonidan
qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining
muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada
belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish
to’g’risida”gi
qonunning
5-moddasiga
asosan,
alimentlar
to‘lash
to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar ijro etilishi lozim bo‘lgan
hujjatlar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish
to’g’risida”gi
qonunning
7-moddasiga
asosan,
alimentlar
to‘lash
to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar ijro hujjati hisoblanadi.
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv taraflarning o‘zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi
yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni
o‘zgartirish yoki bekor qilish ham o‘sha shaklda amalga oshiriladi.
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvning bajarilishini bir taraflama rad qilishga yoki uning
shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganda hamda aliment to‘lash
to‘g‘risidagi kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ular o‘zaro kelisha olmaganda,
manfaatdor taraf kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat
qilishga haqli. Sud aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish masalasini hal
qilishda taraflarning e’tiborga loyiq har qanday manfaatini hisobga olishga haqli.
Alimentlarni oldindan to’lash, shuningdek aliment to’lash majburiyatini
ta’minlash bo’yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to’g’risidagi Nizom